Научная статья на тему 'TASAVVUF VA SO‘FIY TUSHUNCHALARINING QIYOSIY TAHLILI'

TASAVVUF VA SO‘FIY TUSHUNCHALARINING QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
9183
336
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shariat / ilm / axloq / tarbiya / Tasavvuf / Ibn al-Arabiy / “Fusus ul-hikam” / “Futuhot ul-Mak-kiya” Uilyam K.CHittik / Sufiy(mutasavvif) / kalom falsafasi / muhaqqiq / Shari'a / knowledge / ethics / education / Sufism / Ibn al-Arabi / "Fusus ul-Hikam" / "Futuhot ul-Mak-kiya" William K. Chittik / Sufi (mystic) / philosophy of theology / researcher

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Raxmonberdiev Islombek Ilhom O‘g‘li, Xolmo‘minov J. M.

Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma’naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to’g’risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida “Tasavvuf” va “So’fiy” tushunchalarining qiyosiy tahlilini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan tasavvuf va mutasavvif(Sufiy) tushunchalari bo‘yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE ANALYSIS OF SUFI SUFIAN CONCEPTS

In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Sufism" and "Sufi" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed

Текст научной работы на тему «TASAVVUF VA SO‘FIY TUSHUNCHALARINING QIYOSIY TAHLILI»

Scientific Journal Impact Factor

TASAVVUF VA SO'FIY TUSHUNCHALARINING QIYOSIY TAHLILI.

Raxmonberdiev Islombek Ilhom o'g'li islombekrakhmonberdiev@gmail.com

ToshDSHU 1-kurs magistranti Ilmiy rahbar:f.f.d. Xolmo'minov J.M.

Annotatsiya: Mazkur tadqiqot ishida bugungi kun yosh avlodlarining ma 'naviy axloqiy tarbiyasining shakllanishida tasavvuf ilmining ahamiyati to 'g 'risida va uni amaliyotga tadbiq etish jarayonida "Tasavvuf" va "So'fiy" tushunchalarining qiyosiy tahlilini ochib berish maqsadga muvofiqdir. Tasavvuf ilmining bugungi kundagi ahamiyati va islom olamidagi tariqatlari asosida shakllanishi nuqtai nazaridan tasavvuf va mutasavvif(Sufiy) tushunchalari bo 'yicha mulohazalar keltirilgan va muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Shariat, ilm, axloq, tarbiya, Tasavvuf, Ibn al-Arabiy,"Fusus ul-hikam", "Futuhot ul-Mak-kiya" Uilyam K.CHittik, Sufiy(mutasavvif), kalom falsafasi, muhaqqiq.

Abstract: In this research work it is expedient to reveal the importance of mysticism in the formation of spiritual and moral education of today's younger generation and a comparative analysis of the concepts of "Sufism" and "Sufi" in the process of its application in practice. In terms of the importance of mysticism today and its formation on the basis of the teachings of the Islamic world, the concepts of mysticism and Sufism have been discussed.

Keywords: Shari'a, knowledge, ethics, education, Sufism, Ibn al-Arabi, "Fusus ul-Hikam", "Futuhot ul-Mak-kiya" William K. Chittik, Sufi (mystic), philosophy of theology, researcher.

Аннотация: В данном исследовании целесообразно раскрыть значение мистицизма в формировании духовно-нравственного воспитания современного молодого поколения и провести сравнительный анализ понятий «суфизм» и «суфизм» в процессе его применения. Что касается важности мистицизма сегодня и его формирования на основе учений исламского мира, обсуждались концепции мистицизма и суфизма.

Ключевые слова: шариат, знание, этика, образование, суфизм, Ибн аль-Араби, «Фусус уль-Хикам», «Футухот уль-Мак-кия» Уильям К. Читтик, суфий (мистик), философия теологии, исследователь.

Mustaqilligimiz tufayli mamlakatimizda tasavvuf tariqatiarini o'rganish, unga doir asarlarni tarjima qilish, atoqli mashoyixlarning maqbaralarini qayta qurish va

15

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ta'mirlashga katta ahamiyat berilmoqda. Inson hayotda komil inson bo'lish uchun haqiqat yo'lidan yurishi lozim. Haqiqatni qidirgan inson hayotda o'z baxtini ham to'g'ri yo'lga yo'naltirgan inson sifatida ulug'lanadi. Bu jarayonda inson yaxshilik va yomonlik o'rtasidagi kurashish kerakligini anglab yetadi. Shu bilan birga bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan ishlar samaradorligi ham Islom falsafasiga e'tibor kuchayayotganligidan dalolat bermoqda.

Tasavvuf, sufiylik - islomda insonni ruhiy va axloqiy jihatdan komillik sari yo'llovchi ta'limot. Tasavvuf so'zining o'zagi va mazmuni haqida olimlar turli fikr va taxminlar bildirishgan. Ular ichida Ibn Xaldunning fikri haqiqatga yaqin deb e'tirof etilgan. U "Muqaddima" asarida tasavvuf "suvf" ' - "jun", "po'stin" so'zidan olingan bo'lishi kerak, zero qadimdan tarkidunyo qilgan zohidlar jundan to'qilgan kiyim yoki po'stin kiyib yurishni odat qilganlar, bu bilan ular bashang kiyinib yuruvchi axli dunyolardan farqli hayot tarzini o'zlarida namoyon etganlar, deydi.

Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Tasavvuf va so'fiy tushunchalarining qiyosiy tahlili mantiqiy izchillik jihatdan yoritib berildi. Tadqiqot jarayonida Xolmo'minov J.M. ning "Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti" nomli monografiyasi metodologik manba bo'lib belgilandi.

Tasavvuf bir tomondan, o'ta rangbarang, xilma-xil, qiziqarli va kezi kelganda sirli, ziddiyatli, murakkab va chigal aqidaviy-falsafiy qarashlar majmuasidan, ikkinchi tomondan, Alloh ta'ologa bo'lgan o'ta kuchli e'tiqod va muhabbat (ilohiy muhabbat) hamda Uning Rasuli Muhammad (sav)ga bo'lgan kuchli ixlos, irodat va muhabbat tuyg'ularidan, uchinchi tomondan, o'ziga xos axloq va odob, tartib-qoida, shart-sharoitlar hamda marosimlar majmuasidan tarkib topgan ta'limotdir. Taniqli tasavvufshunos olim Najmiddin Komilov ta'rifi bilan aytganda, "tasavvuf diniy e'tiqod, hikmat (falsafa), badiiy ijod omuxtaligidagi hissiy-tafakkuriy ta'limot bo'lib, ilohiy ishq bayonnomasidir"

Tasavvufning mazmuni: Bu Islomning hayoti va ma'naviy ta'limoti bilan bog'liq. Shu sababli, tasavvufni islomning mahsuli deb ko'rish noto'g'ri bo'lmasada, tasavvufda g'ayriislomiy unsurlar ta'siri borligi ham qabul qilinadi. Shu bilan bog'liq holda, tasavvufda islomiy unsurlar mavjudligini yoki yo'qligini tadqiq qilganlardan biri Massignon "islomiy tasavvuf o'zining ildizlari va rivojlanishi jihatidan doimo o'qib, ko'rib chiqilib, muomala qilinadigan Qur'ondan tug'ilgan" deb da'vo qiladilar.

Tasavvufning islomdan tashqari ta'limot sifatida ko'rilishining sababi, dastlabki so'fiylarning (mutasavvif) shariatning ibodat qilish tomonlaridan chiqib, o'z

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Scientific Journal Impact Factor

asarlarida va amallarida bu narsadan butunlay ustun bo'lgan haqiqatga erishishga intilishidir. Tasavvuf dastlab turli xil ijtimoiy va siyosiy tazyiqlar tufayli odamlarning so'fiy hayotini afzal ko'rganliklari tufayli shaxsiy hayot tarzi sifatida amalga oshirildi. So'fiylikning eng muhim xususiyati shundaki, u nazariy bilimlardan ko'ra hayot va tajribaga asoslangan intizomdir. So'fiylikning markazida Xudoga Uni ko'rgandek sig'inish yotadi.

Tasavvuf. Boshqa islomiy fanlardan farqli o'laroq, sub'ektiv bo'lganligi sababli uni aniqlash eng qiyin bo'lgan intizomdir. Ko'pchilikning fikriga ko'ra, so'fiylikning ildizi jun degan ma'noni anglatuvchi so'f so'zidir. SHunga qaramay, birinchi so'fiylarga jun kiyimi kiyganliklari uchun bu nom berilgan.

Tasavvuf ta'limotining Musulmon SHarqi xalqlari, jumladan, o'zbek xalqining milliy ma'naviyatini shakllantirishdagi o'rni yo ahamiyati haqida so'z yuritganda quyidagi jihatlarga alohida e'tibor qaratishga to'g'ri keladi:

Tasavvuf ta'limoti Musulmon SHarqida ratsional falsafa turlari - Qadimgi YUnon falsafasi (SHarq aristotelizmi va neoplatonizm) va islom teologiyasi -kalom falsafasi (Mu'taziliya, Ash'ariya, Moturidiya, Botiniya)dan so'ng falsafiy tafakkur olamida mutlaq irratsional hisoblangan uchinchi yo'nalish - irfon falsafasini boshlab berdi va hatto to'rtinchi yo'nalish - Ishroq falsafasining shakllanishida ham (SHayx SHahobiddin Suhravardiy ta'limoti misolida) faol qatnashdi. SHuningdek, ma'lum darajada ratsional falsafaga ham ta'sir ko'rsatdi (masalan, Ibn Sinoning "Hay ibn Yaqzon", "Salomon va Absol", "Risola fil-ishq", "Risola fit-tayr", "Risolai mashriqiya" kabi asarlari misolida).

Tasavvuf tadrijiy taraqqiyotga ega ta'limot bo'lib, islom olamida VIII asrning o'rtalarida paydo bo'lgan. Dastlab u zohidlik harakati ko'rinishida kurtak yoyadi. Gap shundaki, hazrat Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallam vafotlaridan keyin musulmonlar jamoasi ichila bo'linish yuz beradi, ayniqsa, xalifa Usmon raeiyallohu anhu eamonida boylikka ruju qo'yish, qimmatbaho tuhfalar bilan qarindosh-urug'lar, yaqin do'st-birodarlarni siylash rasm bo'ladi. Umaviya xalifaligi davriga kelib esa, saroy hashamlari, dabdabali bezaklar, oltin-kumushga berilish, xazina to'plash avj oldi YA'ni diniy mashg'ulotlar, Xudo yo'lidagi toatibodat o'rnini dunyoviy ishlar, dunyo moliga muhabbat egallay boshladi. Bu hol diniy amrlarni ado etishni har qanday dunyoviy ishlar, boyliklardan ustun qo'ygan e'tiqodli kishilarning noroziligiga sabab bo'ldi. Ular orasida hadis to'plovchi muhaddislar, ilgaridan qashshoq bo'lib, uy-joy, mol-mulkka e'tibor qilmagan sahobalar ham bor edi. Bularning bir qismi dinni himoya qilib, ochiq kurashga otlangan bo'lsalar, ikkinchi qismi qanoat va zuhdni («euhd» so'eidan «eohid» so'ei kelib chiqqan) asosiy maqsad qilib olib, saroy ahli va sarvatdorlar, boylar axloqiga qarsh i norozilik belgisi sifatida

17

Scientific Journal Impact Factor

tarkilunyochilik g'oyasini targ'ib etib, ijtimoiy faoliyatdan butunlay chetlashganlar, surunkali toatibodat bilan shug'ullanganlar.Barcha dinlarda va ba'zi bir buyuk falsafiy tizimlarda Xudo boshqa mavjudotlardan ustun bo'lgan mutlaqo yaratuvchi va hamma narsani boshqaruvchi kuch sifatida tasavvur qilingan.

Kufa, Bag'dod, Basra shaharlarida tarkidunyo qilgan zohidlar ko'p edi, aytish kerakki, ularning obro'-e'tibori ham xalq orasida katga bo'lgan. Chunonchi, Uvays Qaraniy, Hasan Basriy kabi Yirik so'fiylar aslida zohid kishilar edilar, shuning uchun bu zotlarning nomi shayxlar va so'fiylar haqidagi tazkiralarda zohid sifatida tilga olinadi, ba'zi mualliflar esa ularni so'fiylar qatoriga qo'shmaganlar ham.

Buning boisi shuki, zohidlar uzlat va taqvoni pesha etgan bo'lish lariga qaramay, ishq va irfon (ilohiy ma'rifat)dan bexabar kishilar edilar. Ular falsafiy mushohadakorlik, ajzu irodat bilan ma'naviy-axloqiy kamolot sari intilish, valiylik, karomatlar ko'rsatish kabi xislatlarga ega emasdilar. Zohidlarning niyati ibodat bilan oxirat mag'firatini qozonish, Qur'onda va'da qilingan jannatning hueur-halovatiga etishish edi. So'fiylar nazarida esa jannat umidida toat-ibodat qilish ham tamaning bir ko'rinishidir. Holbuki, so'fiy uchun na dunyodan va na oxiratdan tama bo'lmasligi kerak. Yagona istak bu — Haq taoloning diydoridir, xolos.

Ho'sh, so'fiy so'zi qaerdan paydo bo'lgan? Bu haqda bir necha xil qarashlar bor. Ba'zilar bu so'z «saf» so'zilan kelib chiqqan deylilar, chunki so'fiy Iloh yo'liga kirganlarning birinchi safida turuvchidir. Ba'zi olimlar uni «suffa» so'zidan hosil bo'lgan deb aytadilar: ashobi suffa Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tirikliklaridayoq tarki dunyo qilgan taqvodor kishilar bo'lib, so'fiylar shularga taqlid qiladilar, deb tushuntiradilar.

Yana bir guruh olimlar so'fiy so'zi «safo» so'zidan kelib chiqqan, chunki bu toifaning qalbi siyaqu safo oftobiday porlab turadi, deganlar. Yana ba'zilar so'fiy «sufuh so'zidan yasalgan, sufuh — biror bir narsaning xulosasidir, bu jamoa xalqnint xulosasi bo'lganligi sababli ularni so'fiy deganlar, deb yozadilar. So'fiy so'zi «sof» so'zidan kelib chiqqan, deguvchilar ham bor. Abu Rayhon Beruniy bo'lsa «Osor ul -boqiya» asarida ushbu so'zni yunoncha «suf», ya'ni faylasuf so'zining oxirgi qismidan yasalgan deb ko'rsatadi. Ammo ko'pchilik so'fiy so'zi arabcha «suf» so'zidan hosil bo'lgan, degan fikrni billiradilar. «Suf» so'zining lug'aviy ma'nosi jun va jundan to'qilgan matodir. So'fiylar ko'p hollarda jun chakmon yoki qo'y terisidan tikilgan po'stin kiyib yurishni odat qilganlari uchun ularni jun kiyimlilar (forschasi pashminapo'sh), ya'ni so'fiy deb yuritganlar. Bizningcha, shu keyingi etimologik ma'no haqiqatga yaqinroqdir, zero, so'fiy so'zining «suf» so'zidan yasalishi arab tili qonun-qoidalariga mos keladi.

Agar «suf» so'zidan so'fiy yasalgan bo'lsa, o'z navbatida, «sufiy»dan

Scientific Journal Impact Factor

«tasavvuf», «mustasuf», «muttasuf», «mutasavvif» so'zlari hosil bo'lgan. Mustasuf o'zini so'fiylarga o'xshatib, taqpid qilib yuradigan, ammo asl maqsadi amal-mansab, molu mulkka intilishdan iborat bo'lgan kishilarga nisbatan ishlatilgan so'z bo'lsa, muttasuf tariqat va haqiqatda muayyan manzillarni egallagan, biroq so'fiy darajasiga ko'tarila olmagan kishidir. Qalban so'fiyona g'oyalarga moyil, tasavvufni e'tiqod — maslak qilib olgan, lekin tariqat amaliyotini o'tamagan, rasman so'fiy bo'lmagan odamlar esa mutasavvif hisoblanganlar.

«Mavlono Jaloliddin, uning hayoti, falsafasi, asarlari» nomli kitob muallifi, turkiyalik olim Abdulboqiy Go'pyonarli so'fiylarning sakkiz toifasini ajratib ko'rsatadi. CHunonchi:

1. Hayot va dunyo lazzatlariga qatgiq bog'langan so'fiylar. Ular gunohu savob, isyon va axborni arzimas, ortiqcha deb biladilar. SHar'iy amrlar jamiyat intizomi uchundir, bizga u taalluqli emas, biz zavqu hol kishilarimiz, taqvodan xalosmiz, deb o'ylaydilar.

2. Koinotni Parvardigor zoti tajallisining surati deb biladigan so'fiylar. Ular dunyoni naqsh va ranglardan iborat deb bilib, butun olamni esa Parvardigorning zotidan iborat, deb hisoblaydilar. Ularning fikricha, Mutlaq iloh dunyo suratida tajalliy etibdur va mohiyat Uning O'zilir. Oshiq va Ma'shuq ham Udir, demak haqiqiy qibla ham Uning O'zidir.

3. Hamma narsani Mutlaq iloh tajallisi deb bilib, Isoga o'xshab fikr yuritadigan va o'ng yuzingga shapatilasalar, chap yuzingni ham tut, degan aqidani olga suradiganlar. Ular zulmga e'tiroz bildirm aydilar, ammo mazlumlarga iloji boricha iltifot ko'rsatadilar. Ular uchun dunyo va uning ishlari ma'nisiz, arzimas, inson burchini Ilohni tanishdan iborat, deb biladilar.

4. Falsafani, aqlni rad etuvchi so'fiylar. Ular xayol olamiga g'arq bo'lib, lohut olam idan so'z ay tadi lar, o'tm ish dan va kelajakdan karomat qilalilar. «Yer yuzidan xabarlari yo'q, ammo osmonni qadamlab kezib chiqqanday gapiradilar. Oeqlari ostidagi quduqni bilmaydilar, lekin sayyoralar sayri-yu samoviy ajoyibotlardan so'zlaydilar.

5. Uz tasavvurlarida falsafa va hikmatni rad etmoqchi bo'lgan, lekin aslida so'fiyona aqilalarnn falsafiy mushohadalar bilan sinovdan o'tkazgan, omuxta etgan so'fiylar. Bular orada qolganliklari uchun shariat ahdi tomonidan ham, tariqat ahli tomonidan ham malomatga uchraganlar.

6. Tasavvufning nozik haqiqatlari, falsafa va hikmat bilan mojarolarini sezgan holda, ammo shariatdan ko'ngil uzolmaydigan so'fiylar. Ular tariqat odobini shariat ahkomiga singdirib yuborishga intilalilar va tavhil ilmida mutaassiblar bilan bir xil e'tiqodda bo'lishga urinadilar.

Scientific Journal Impact Factor

7. SHunday so'fiylar ham bo'lganki, o'zlarini zamon payg'ambari, ko'kdan tushgan Mahai, deb e'ion qilganlar. Zamona oxir bo'lgani, oxirat va dunyo birlashgani haqida xabar beradilar, o'zlarini Tangri zotining erdagi ko'rinish i, Buyuk adolat davrining asoschisi deb tanishtiradilar. Bunday urinishlar tarixda qonli fojialar bilan tugagan.

8. Arosatda, zidyaiyatlar ichila qolgan so'fiynamo kishilar ham bo'lgan. Ular na toza musulmon, na butunlay g'ayri imondirlar. Dardlari ichlarida, yonib qiynalib yuradilar. Biror dinga yoki mazhdbga bog'lanmaydilar. Ammo ularning botiniy olami nihoyatda boy. Ular eohirlarini berkitib, sir saqdab yuradilar. Ularning a'moli va so'elariga diqqat qilsangiz, ziddiyatni ko'rasiz. Barcha hollarda Tangriga bandalikni bajo keltiradilar va ayni holda suratu siyratlar, rasmu rusumlarni pisanl qilmaydilar, axloqu ilmlari bilan barchadan ustunliklarini namoyon etadilar, zakovat va qobiliyatlari hayratlanarlidir.

Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» nomli asarida so'fiylarning o'zini ham uch guruhga ajratgan: muoshirlar, mutarassimlar, muhaqqiqlar. Muoshirlar — tariqat aqaining muxlislari. Ular darveshlarga muhabbat bilan qaraydilar, darveshlar suhbatida ishtirok etadilar, ularning xizmatlarini bajaradilar va savobga o'zlarini sherik deb biladilar. «Mutarassim» so'zining ma'nosi rasmu rusumga ergashuvchi demak, ammo mutarassnmlar darveshlarning odatlariga zohiran taqlid qilsalar-da, botinan hol talabgorndirlar va shu toifaga ixloslari tufayli ilohiy fayzdan bahramanddirlar.

So'fiyga hech bir narsa va hech bir kishi qaram bo'lmasligi; uning o'zi ham hech bir narsaning, hech bir odamning qarami bo'lmasligi kerak. Xoja Bahouddin Naqshband aytganlariday:

Hechi mo neyu hech kam ne, Az payi hech-hech-hech g'am ne, Janda bar pushtu pusht-go'riston, Ro'ze, ki mirem hech motam ne.

Ma'nosi: Hech narsamiz bo'lmaganligi uchun hech kamimiz yo'q, o'sha «hech», ya'ni narsa ketidan quvib, g'am ham chekmaymiz. Egnimizda — janda, orqamizda - go'riston, biz vafot etgan kun hech bir motamning ham keragi yo'q.

Tasavvuf ta'limotining markaeida Inson turadi, aslida buni Inson ruhiyati haqidagi fan desa ham bo'ladi. Mutafakkir ajdodlarimizni qiziqtirgan asosiy masala insonni uning o'ziga anglatish, insonni tushunish edi. Inson kim, uning buyukligi nimada, tubanlash uvining sababi-chi? I nson o'z faoliyatida ozodmi yoki qul, agar qul - banda bo'lsa, kimga banda, uning erki nimala-yu erksizligi nimada? I nsonni qanday qilib qugqarish kerak? Ushbu savollar har doim kun tartibida bo'lib kelgan va

Scientific Journal Impact Factor

shu bois tasavvuf ahpi axloqiy tarbiyaga juda katga ahamiyat bergan.

Inson orzularining intihosi yo'q. Orzusiz hayotning go'zalligi ham, qiymati ham sariq chaqachalik emas. Mana shuning uchun tasavvuf ahli insonni moddiy ehtiyojlardan g'olib kelishga, o'zining ilohiyligiga qarab borish , muqaddasligini o'ylash, ulug'ligiga munosib harakatlar qilishga undagan. Buning uchun vujudni unutish, foniylik nazariyasi, tariqat g'oyalari yuzaga keldi. Tasavvuf ahli shu g'oyalar asosida insokda manmanlikni engish, odamning ruhini chiniqgirish, ma'naviyatini yuksaltirish bilan M ENni kuchaytirishga harakat qilgan.

Bu o'rinda hazrat Abdurahmon Jomiyning «Subhat ul-abror» dostonida so'fiyga bergan ta'rifini keltirmoqchiman, o'ylaymanki, bu quyma hikmatlar so'fiylar xislatini yorqinroq ochishga yorlam berajak:

Zavqi so'figari ar hast turo, Boyad az xesh naear bast turo. So'fiy on ast, ki az xud rastast, Az neku jastau az bad rastast. Zodai kavnu ei kavn ozoda, Bandi hastivu zi hasty soda. Bo ieofat ei ieofat berun, V-az masofat zi masofat berun. Dar makon nevu makon ae vay pur, Dar zamon nevu eamon ae vay pur. Azalashro ba abad jange ne, Abadashro zi azal nange ne. Ne ei advor dar u ta'sire, Ne dar atvor ae u tag'yire.

Ma'nosi: Agar senda so'fiylik zavqi bo'lsa, sen o'zingni unutishing kerak; o'zingga boqma, o'zgaga boq. So'fiy o'zilan qutulgan, yaxshilikdan sakrab o'tib, yomonlikdan ozod bo'lgan odamdir. U dunyoning farzandi, ammo dunyodan ozoddir, borliqning tuzog'ida-yu, lekin borliqdan xalosdir. Ortiqchaliklar (moddiylik) bilan birga, biroq ortiqchaliklardan tashqdrida; masofada turib, masofalardan tashqaridir. U makonda emas, (makondan tashqarida), ammo makon, ya'ni dunyo undan to'la, u zamondan tashqarida, lekin zamon u bilan birga. Uning azali va abadiyati orasida ziddiyat yo'q, abadiyati azalidan or qilmaydi. Davrlarning aylanishi, o'tishi unga ta'sir etmaydi, uning siyrati zamonlar aylanishilan o'zgarmaydi.

Ayrim tadqiqotchilar tasavvufni, so'fiylarni Odam Ato zamonidan beri bor edi, deydilar. Bu, bejiz emas. CHunki tasavvufda Odam Atodan meros ehtiyojlar, g'oyalar, fikrlar bor. Menimcha, tasavvuf - odamning orzulari bilan real hayot

Scientific Journal Impact Factor

orasidagi kelish movchiliklar, qarama-qarsh iliklarni murosaga keltirish uchun paydo bo'lgan fandir. CHunki. umuman odam bolasi paydo bo'lganidan buyon unda bir-biriga zid ikki ibtido mavjuddir. Vujudimizning talablari bizni hayvonot olamiga, tabiatga yaqinligimizni eslatsa, ma'naviy barkamollik istagi bizning ruhlan iborat ekanimiz, ilohiyatga taalluqligimizdan nishonadir. Bu ikki ibtilo doimo inson vujudila ziddiyatda bo'lib kelgan. Ana shu qarama-qarshiliklar girdobidagi inson tabiiy ehgiejlar qobig'idan yorib chiqishga intiladi. «Men insonman», «Men Ilohdanman», «Men Ruhsanman», degan fikr bot-bot uning shuuriga keladi. Biroq, insondagi tabiiy ehtiyojlar ham uni o'e izmidan xoli bo'lishga yo'l qo'ymaydi. SHu ehtiyoj talabidan inson modpiy ne'matlar ishlab chiqaradi, tabiiy ko'payadi. Inson tirik ekan, ana shu o'zaro zid va ayni paytda bir-birisiz yashay olmaydigan ikki qutb hukmila bo'ladi.

Islom falsafasi, ayniqsa, tasavvuf falsafasi (irfon) tarixi, mazmun-mohiyati, uning SHarq va G'arb falsafiy tafakkuri rivojidagi o'rni, o'zaro ta'sir kabi masalalar ko'pdan buyon amerikalik olimlarni ham qiziqtirib kelmoqda. Bu borada xususan, amerikalik eronshunos, jomiyshunos, tasavvufshunos va islomshunos olim, Nyu Yorkdagi Stoni Bruk universiteti Osiyo va Osiyo-Amerika tadqiqotlari kafedrasining xizmat ko'rsatgan professori Uilyam K.CHittikning (1943 yilda AQSH ning Konnektikut shtati Milford shahrida tug'ilgan) xizmatlarini alohida qayd qilib o'tishga to'g'ri keladi. Uning tasavvuf adabiyoti va falsafasi bo'yicha fors va arab tillarida yozilgan asarlar-dan amalga oshirgan tarjimalari, Abdurahmon Jomiy-ning "Naqd an-Nusus fi sharhi Naqsh al-Fusus", Ibn al-Arabiyning "Fusus ul-hikam", "Futuhot ul-Makkiya" nomli asarlari, forsiy adabiyot va tasavvuf, Rumiy tasavvufi, tasavvuf adabiyoti va falsafasiga oid bir qator monografiya va maqolalari diqqatga sa-zovor. Bu sohada o'ziga xos maktab yarata olgan U.CHittik tadqiqotlarida tasavvuf falsafasi, xususan, Ibn al-Arabiyning falsafiy-irfoniy ta'limoti islom olamida falsafiy tafakkurnining rivojlanishiga xizmat qilgan muhim omil sifatida baholanadi.

Tassavvuf tushunchasi islom olamida vujudga keldi va shu bilan bir necha tariqatlari shakllangan. Mashhurlari - tayfuriya, junaydiya, hakimiya, qodiriya, yassaviylik, malomatiylar, rifoiya, kubroviylik, suhravardiylik, chishtiya, akbariya, shoziliya, bektoshiya, mavlaviya, naqshbandiya, sanusiya tariqatlaridir. Bugungi kunda Hindistonda ham bu oqimlar mavjud desak adashmagan bo'lamiz. Chunki inson faoliyati davomida hayoliy jarayonlarni boshidan o'tkazadi. Odamzod qalbidagi orzularni nazar-pisand qilmaslik, inson ruhiyatini nazarga ilmasliklan kelib chiqadi bu fikr. Vaholanki, tasavvuf hech qachon reallikni, modliylikni inkor qilgani

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

yo'q. Aksincha, moddiy ehtiyojlar bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, deya ta'lim bergan. Agar sen haqiqiy inson bo'lmay, moddiy ehtiyojlar girdobida qolish bilangina chegaralansang, senda hayvoniy xislatlar rivoj topib, ilohiyliging unutilib boradi. Oxir-oqibatda sen tubanlashib ketaverasan, deydi tasavvuf ahli.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Frithjof Schuon, Islomni anglash (Tarj.: Mahmut Kanik), Istanbul, 1999, 203-bet

2. Husayn Voiz Koshifiy «Futuvvatnomai sultoniy» A.Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,1994. Najmiddin Komilov tarjimasi

3. Ja'far Xolmo'minov.Vahdat ul-vujud falsafasi va Naqshbandiya ta'limoti. Monografiya. Toshkent "Tafakkur"2020

4. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.

5. Komilov N. Tasavvuf. - T.: Movarounnahr" - "O'zbekiston", 2009. - B.3

6. Majid Fahri, Islom falsafasi tarixi (Tarj.: QosimTurxon), Istanbul, 2004, 278-bet.

7. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.

8. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.

9. Saidov S.A., Ibn al-Muqaffaning islom tarjima san'atiga qo'shgan hissasi. // "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" Scientific journal Volume 1, 2021. 332-336 P.

10.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf,(Tasavvuf haqida tasavvur),"Hilol-

Nashr"Toshkent 2019,32-bet 11.Sulaymonov, J. Abdurahmon ibn Xaldunning tamaddun taraqqiyoti haqidagi qarashlarida jamiyat tahlili/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R. 12.Sulaymonov, J.Karimov N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.

13.William C. Chittick. Divine Love: Islamic Literature and the Path to God (New Haven: Yale University Press, 2013, selected as a Choice Outstanding Academic Title for 2013);

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.