Научная статья на тему 'IBN RUSHD E'TIQOD VA AQL UYG’UNLIGI BORASIDA'

IBN RUSHD E'TIQOD VA AQL UYG’UNLIGI BORASIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

742
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Arastu / Averroes / G’azzoliy / Foma Akvinskiy / Galileo Galiley / din / ilm / falsafa / Aristotle / Averroes / Ghazali / Thomas Aquinas / Galileo Galilei / religion / science / philosophy.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Iroda Rixsivayevna Ikramova

Ilmiy tafakkur tarixi shuni ko'rsatadiki, din va ilm-fan, o'zaro tafovutlariga qaramay, ijobiy yo'llarda o'zaro ta'sir o'tkazishlari mumkin. Ushbu maqolada men Sharq arastuchiligi yo’nalishining so’nggi vakili Ibn Rushdning e'tiqod va aql haqidagi qarashlarini muhokama qilaman va taqqoslayman. Mening maqsadim uning bu boradagi nuqtai nazarini tushuntirish hamda din va ilm-fanni uyg'unlashtirish bo'yicha zamonaviy nazariy munozaralarda qay darajada qo'llanilishini ko'rib chiqish. Shu munosabat bilan men falsafiy germenevtikaning diniy ta'limotlar hamda ilmiy nazariyalar o'rtasidagi vositachilik vositasi sifatida ahamiyatini tushuntiraman.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IBN RUSHD ON THE HARMONY OF FAITH AND REASON

The history of scientific thinking shows that religion and science, despite their differences, can interact in positive ways. In this article, I discuss and compare the views of Ibn Rushd, the last representative of Oriental studies, on faith and reason. My aim is to explain his point of view on this subject and to see to what extent it can be applied in modern theoretical debates on the harmonization of religion and science. In this regard, I explain the importance of philosophical hermeneutics as a mediator between religious teachings and scientific theories.

Текст научной работы на тему «IBN RUSHD E'TIQOD VA AQL UYG’UNLIGI BORASIDA»

IBN RUSHD E'TIQOD VA AQL UYG'UNLIGI BORASIDA

Iroda Rixsivayevna Ikramova

ToshDSHU Sharq falsafasi va madaniyati kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ilmiy tafakkur tarixi shuni ko'rsatadiki, din va ilm-fan, o'zaro tafovutlariga qaramay, ijobiy yo'llarda o'zaro ta'sir o'tkazishlari mumkin. Ushbu maqolada men Sharq arastuchiligi yo'nalishining so'nggi vakili Ibn Rushdning e'tiqod va aql haqidagi qarashlarini muhokama qilaman va taqqoslayman. Mening maqsadim uning bu boradagi nuqtai nazarini tushuntirish hamda din va ilm-fanni uyg'unlashtirish bo'yicha zamonaviy nazariy munozaralarda qay darajada qo'llanilishini ko'rib chiqish. Shu munosabat bilan men falsafiy germenevtikaning diniy ta'limotlar hamda ilmiy nazariyalar o'rtasidagi vositachilik vositasi sifatida ahamiyatini tushuntiraman.

Kalit so'zlar: Arastu, Averroes, G'azzoliy, Foma Akvinskiy, Galileo Galiley, din, ilm, falsafa

IBN RUSHD ON THE HARMONY OF FAITH AND REASON

Iroda Rikhsivayevna Ikramova

Teacher at the Department of Oriental Philosophy and Culture Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

The history of scientific thinking shows that religion and science, despite their differences, can interact in positive ways. In this article, I discuss and compare the views of Ibn Rushd, the last representative of Oriental studies, on faith and reason. My aim is to explain his point of view on this subject and to see to what extent it can be applied in modern theoretical debates on the harmonization of religion and science. In this regard, I explain the importance of philosophical hermeneutics as a mediator between religious teachings and scientific theories.

Keywords: Aristotle, Averroes, Ghazali, Thomas Aquinas, Galileo Galilei, religion, science, philosophy.

KIRISH

Jahonda diniy ta'limotlarni noto'g'ri talqin etish, ayniqsa islom dini asoslarini ratsional tafakkur yuritmaslik natijasida diniylik va dunyoviylik, falsafa va dinni ajratish holatlari o'rta asrlarda ham, bugungi kunda ham kuzatilmoqda. Shunday

vaziyatlarda islom dini ta'limotlarini falsafiy talqin qilish, ilohiyot mavzusibi ratsional yo'l orqali tushuntirish mazkur masalalarni ilmiy asosda tushunishga yordam beradi. Shunda yosh avlod ham tog'ri xulosa chiqaradi. Prezidentimiz bu borada quyiidagicha fikr bildirganlar: "Tarbiya qancha mukammal bo'lsa, xalq shuncha baxtli yashaydi", deydi donishmandlar. Tarbiya mukammal bo'lishi uchun esa bu masalada bo'shliq paydo bo'lishiga mutlaqo yo'l qo'yib bo'lmaydi. Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshavqat raqobat, qarama-qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstrimizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzod asrlar davomida amal qilib kelgan e'tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda. Mana shunday va boshqa ko'plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi" [1; 504-505].

Ilmiy tafakkur tarixi shuni ko'rsatadiki, din va ilm-fan, o'zaro tafovutlariga qaramay, ijobiy yo'llarda o'zaro ta'sir o'tkazishlari mumkin. Din va ilm-fan o'rtasidagi munosabatlar asrlar davomida munozara mavzusi sifatida tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu, ayniqsa, zamonaviy Yevropada zamonaviy ilm-fan rivojlanib borgandan keyin paydo bo'lgan. Din ham, ilm ham ekzistensial savollarga javob beradi va keng ma'noda voqelikning tavsiflari va tushuntirishlarini taklif qiladi. Biroq bu dunyoqarashlarning haqiqat deb ta'kidlagan narsalariga erishish yo'llari bir-biridan farq qiladi: din e'tiqodga asoslangan bo'lsa, fan oqilonalik usulidan foydalanadi. Ushbu fundamental farq muhim savolga olib keladi: umumiy til va uslubni baham ko'rmasliklariga qaramay, fan va din bir-biriga foyda keltiradimi? Aftidan, hanuzgacha oxirgi javob yo'q, chunki ilohiyotshunoslar, faylasuflar va olimlarning fikrlari hozirgi kunda ham har xil. Shunga qaramay, ilm-fan va dinni uyg'unlashtirish bo'yicha yangi sa'y-harakatlarni amalga oshirish hamda olimlar va dinshunoslar o'rtasidagi samarali almashinuv bir tomondan ilmiy turg'unlikni oldini olishga, boshqa tomondan xurofotlar va aqidalarni cheklashga yo'l qo'ymaslik uchun foydali bo'lishi mumkin deb o'ylayman. O'ylaymanki, o'rta asrlar faylasufining fikrlari din va ilm-fan haqidagi munozalarga hali ham ta'sir qilishi mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ibn Rushdning falsafiy qarashlari, ijtimoiy-siyosiy qarashlari, "Ikki haqiqat" haqidagi qarashlari rus olimlari, Yevropa olimlari tomonidan keng o'rganilgan. Maqolada Ibn Rushdning din va falsafa uyg'unligi borasidagi qarashlari bu borada fikr bildirgan faylasuflar qarashlari bilan qiyosiy tahlil qilingan.

Tadqiqot olib borish mobaynida dialektik, tizimlashtirish, germenevtik va sinergetik metodlardan hamda to'ldiruvchanlik, verifikatsiya, tarixiylik, vorisiylik tamoyillaridan foydalanildi.

NATIJALAR

Shubhasiz, zamonamizning hal qilinmagan muammolari bilan o'tmishdagi javobsiz savollar o'rtasida bog'liqlik bor. Shu muammoda Ibn Rushdning fikrlari va nazariyalarini ko'rib chiqamiz. Shu ma'noda aytish mumkinki, din va ilm-fanni uyg'unlashtirish bo'yicha munozaralarda G'arbning avvalgi vakillari qadimgi yunon faylasuflari bo'lgan. Aslida ular mantiq va ratsionallikdan shubhasiz haqiqatlarga erishish uchun vosita sifatida tizimli foydalanishni joriy etdilar va uning nazariy o'lchamlarini o'rganish muhimligini ta'kidladilar. Aristotelning mantiqni tushuntirishi, fanlarni tasniflashi va tabiatni o'rganishga bo'lgan qiziqishi keyinchalik Aristotelni sxolastika uchun namuna deb hisoblagan ilmiy tafakkurni shakllantirdi [2;102]. O'rta asrlarda Yevropada Aristotelning qayta kashf etilishi faqat XII va XIII asrlarda qaror topdi. Xristian olamida Aristotel asarlarining deyarli har birining lotin yozuvidagi tarjimalari mavjud edi. Aristotelning qayta kashf etilishida Ibn Rushdning o'rni beqiyos. Bu davrga kelib ratsionalistik sharhlari bilan ajralib turadigan va sharq arastuchiligi falsafasi an'analarida so'nggi shaxs deb hisoblangan Andaluziyalik Ibn Rushdning sharhlariga katta ahamiyat berildi.

O'rta asrlar Islom olamida ilohiyotshunoslar va huquqshunoslar faylasuflarning qarashlariga zid bo'lgan pozitsiyalarni egallashgan. Masalan, Gazzoliy "Faylasuflarni rad etish" ("Tahafut ul-falasifa") asarida, Ibn Sinoni islom dinini aristotelizm va neoplotanizm ta'limotlari bilan yarashtirish maqsadidagi harakatlari uchun tanqid qilgan. Keyinchalik, Ibn Rushd o'z navbatida "Raddiyani rad etish" ("Tahafut ut-tahafut") asarida Gazzoliyning dalillarini tanqid qiladi va o'zining ilmiy yondashuvin i asoslashni zarur deb topadi [3; 88-91].

Darhaqiqat, O'rta asrlarda va undan avval ham fan falsafaning bir tarmog'i hisoblangan, chunki falsafa faoliyati mavjud mavjudotlarni o'rgandan. Shuning uchun Ibn Rushd o'zining "Din va falsafa uyg'unligi to'g'risida" ("Kitab fasl al-maqal va taqrir ma bayna ash-shari 'ah va al-hikmah min al-ittisäl") risolasida "falsafa dinning do'sti " [4;3] ekanligini namoyish etishga harakat qilgan.

Gazzoliyning ta'kidlashicha, Qur'onda barcha fanlarning qoidalari, birinchi navbatda, diniy fanlarga taalluqli qoidalar mavjud, lekin u ta'kidlaganidek, Xudo bilimi cheklovlarga ega emas, shuning uchun o'z ichiga tabiiy fanlarni ham olishi kerak [3 ; 88-91].

Ibn Rushd esa tabiatni o'rganishga nafaqat ruxsat berilishini, balki qonunda ham tavsiya etilishini ta'kidlaydi [4;4]. Biz faqat Qur'on tabiatni o'rganishga undaydi degan fikrga rozi bo'lishimiz mumkin: aslida uning ko'plab oyatlari tabiat hodisalarini tasvirlaydi va ilm atamasi Qur'onda juda tez-tez uchrab turadi. To'g'ri ilm deganda

faqat dunyoviy ilmlarni emas diniy ilmlarni ham nazarda tutiladi. Qurdoba qozisi nuqtai nazaridan1 diniy va falsafiy haqiqat o'rtasida hech qanday farq yo'q:

Endi bu din haqiqat ekanligi va Haqiqatni bilishga olib keladigan o'rganishga chaqirganligi sababli, biz musulmon jamoatchiligi aniq namoyish etish, Muqaddas Kitob bizga bergan narsalarga zid kelishiga olib kelmasligini aniq bilamiz; chunki haqiqat haqiqatga qarshi emas, aksincha unga muvofiq keladi va u haqda guvohlik beradi [4;3-7].

NATIJALAR

U shuningdek, namoyish etuvchi fikrlash usulidan foydalanishga hamma ham tayyormasligini ta'kidlaydi: Haqiqatni noto'g'ri yetkazish uchun (ayniqsa Muqaddas bitikni sharhlash uchun) yolg'on ishlatgan kishi noto'g'ri va xavfli xulosalar chiqarishi mumkin. Andalus faylasufi shu maqsadda ishlatilishi mumkin bo'lgan uch turli xil usullarni muhokama qiladi.

Endi hukm chiqaruvchilar uchun mavjud bo'lgan uchta usul mavjud: namoyishiy, dialektik va ritorik; [...] Ammo hamma ham namoyishiy dalillarni yoki dialektik dalillarni qabul qilish qobiliyatiga ega emas. Namoyishiy dalillarni olaylik, ularni o'rganish juda qiyin, ularni o'rganishga qodir bo'lganlardan esa juda ko'p vaqt talab etiladi. Binobarin, bitikning maqsadi shunchaki barchaga ta'lim berishdir, shuning uchun bitikda har qanday hulosa chiqarish usullari va tushunchalarni shakllantirishning har bir usuli bo'lishi kerak [4; 3-7].

Andalus faylasufi vahiy qilingan Haqiqat va dinning mazmuni hamma uchun ekanligini ta'kidlaydi. Biroq, Muqaddas bitikning bir nechta o'qish darajasi mavjud: ritorik usul yozuvni so'zma-so'z va yuzaki talqin qilishga asoslangan; dinshunoslar tomonidan qo'llaniladigan dialektik usul ritorikaga qaraganda chuqurroq ketadi; ammo Qur'onning ichki ma'nosini (batin) anglash uchun faqat faylasuflarning namoyishiy usulidan foydalanish mumkin:

Umuman olganda, bu matnlarning barchasida allegorik talqinni qabul qiladigan narsani faqat namoyish orqali tushunilishi mumkin. Bu yerdagi elitaning vazifasi bunday talqinni qo'llash, holbuki ko'pchilikning (ommaning) vazifasi ularni aniq ma'nosida qabul qilishdir. Chunki ularning tabiiy imkoniyatlari bundan ortiq narsaga imkon bermaydi [4;7].

"Ifodaning ahamiyatini realdan metaforik ahamiyatga qadar kengaytirish" deb ta'riflangan allegorik talqin ushbu konseptsiyada asosiy rol o'ynaydi. Aslida Qurdoba qozisi falsafa va din o'rtasidagi ziddiyat asosan namoyishiy va dialektik mulohazalar

1 Ibn Rush Qurdoba shahrida qozilik vazifasida ham faoliyat olb borgan. Shuningdek, faylasuf shaharda mashhur tabib ham bo'lgan. Hozirgi kungacha uning tabobat borasidagi qarashlaridan foydalanib kelingan.

o'rtasidagi tafovut tufayli lingvistik tushunmovchilikdan kelib chiqadi deb hisoblaydi [2;103].

MUHOKAMA

Ibn Rushd din va falsafa uyg'unligi borasidagi qarashlarini alohida konsepsiyada barchaga ma'lum qildi [6;87]. Ibn Rushd dindor musulmon edi va hech qachon o'z dinini rad qilmagan. Shunday bo'lsa-da, O'rta asrlar Islom olamida uning qarashlariga salbiy qaraldi va so'nggi paytlarga qadar asosan unutilib ketildi. Biroq, uning asarlari G'arbda katta shov-shuvga ega bo'ldi. Sxolastika yo'nalishi vakillari orasida Andalus faylasufi Ibn Rushd "Arastu haqida "buyuk sharh yozgan Averroes"" nomi bilan tanilgan. Biroq, Sxolastika yo'nalishi ba'zi vakillari orasida uning falsafiy qarashlari shunchalik noto'g'ri tushunilganki, ba'zi olimlar Lotin Averroizmi deb nomlanuvchi yangi, haqiqat deb atalmish munozarali falsafiy ta'limotga asoslanib, noto'g'ri xulosalarga keldilar [2;103].

Tarixdan olib qarasak, din va fan o'rtasidagi munozarali vaziyat hech qachon barham topmagan. Bunga Eynshteyn ham o'z fikrini bildiradi: "Garchand din va fan o'z vazifasini belgilab qo'ygan bo'lsa ham, bu ular o'rtasida o'zaro aloqa va bog'liqlik yo'q degani emas. Din yashsashdan maqsadni belgilab berishi mumkin, biroq unga keng ma'noda qanday vositalar orqali yetish mumkinligini fandan o'rganadi. Fanni bo'lsa haqiqat va bilishga ishtiyoqi baland o't yuraklar yaratadi. Bu ishtiyoqni fan emas, din uyg'otadi. Bunga mavjud dunyoni tartibga solib turuvchi qonuniyatlar aqlga muvofiqligi va ularni aql yordamida bilish mumkinligi haqidagi e'tiqod ham taalluqlidir. Bu e'tiqodga bo'y bermaydigan birorta ham chinakam olim yo'q [5;2]."

Ibn Rushdning din va falsafa borasidagi "Ikki Haqiqat" konsepsiyasi o'z izdoshlari tomonidan keng o'rganildi. Maymonid, Galileo Galiley va boshqa faylasuflar Ibn Rushd qarashlarini himoya qildilar. Shuningdek, bu konsepsiyaga o'z tahlillarini ham taqdim etdilar. Biroq, tanganing ikkinchi tarafi bo'lganidek, faylasufning mazkur konsepsiyasi yillar davomida qattiq tanqidlarga uchradi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh. M. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqihga ko'taramiz. - T.: O'zbekiston, 2017. - B 504-505.

2. Francesco Malaguti. Philosophical Perspectives on the Relationship Between Religion and Science: Averroes, Maimonides, Thomas Aquinas and Galileo. Jewish-Muslim Relations. 101-117.

3. Cf.Campanini (2004, pp. 88-91, 2005, pp. 49-50).

4. Averroes. (2012). On the Harmony of Religion and Philosophy (trans: Hourani, G.F.). http://www.muslimphilosophy.com/ir/fasl.htm. Accessed 6 July 2017.

5. Eynshteyn "Ideas and Opinions" (Crown Publishers, Inc. 1954) nomli qaydlar to'plami.

6. "Markaziy Osiyo mamlakatlarida madaniy hayot va ijtimoiy-gumanitar fanlar rivojining dolzarb muammolari"// Xalqaro ilmiy-amaliy onlayn konferensiya. 2020.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.