Научная статья на тему 'BUYUK FAYLASUFLAR QARASHLARIDA “BILIM” VA “E’TIQOD” TUSHUNCHALARINING DIFFERENSIATSIYASI'

BUYUK FAYLASUFLAR QARASHLARIDA “BILIM” VA “E’TIQOD” TUSHUNCHALARINING DIFFERENSIATSIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

3014
184
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ilohiylik / empidokl / intuitiv bilish / g‘oyibona bilish / g‘oyalar dunyosi / tafakkur / epistemologiya / bilim / gnoseologiya / irratsional ishonch / ixlos / Divinity / empidocles / intuitive knowledge / occult knowledge / world of ideas / thinking / epistemology / knowledge / epistemology / irrational belief / sincerity

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Gofur Bobonazarovich Xolmominov

Bilim va e’tiqod uyg‘unligi, xususan epistemologiya bevosita ilmiy izlanishlar jarayoni bilan bog‘liq muhim qirralarini chuqur o‘rganilishi yangi kashfiyotlar uchun sharoit yaratadi. Ushbu maqolada, bilim va e’tiqod uyg‘unligining epistemologik xususiyatlarining falsafiy metodologik tahlili bugungi kunda o‘ta dolzarb hisoblanadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIFFERENCE OF THE CONCEPTS OF "KNOWLEDGE" AND "FAITH" IN THE VIEWS OF GREAT PHILOSOPHERS

The combination of knowledge and belief, in particular the in-depth study of important aspects of epistemology directly related to the process of scientific research, creates the conditions for new discoveries. In this paper, a philosophical methodological analysis of the epistemological features of the combination of knowledge and belief is very relevant today

Текст научной работы на тему «BUYUK FAYLASUFLAR QARASHLARIDA “BILIM” VA “E’TIQOD” TUSHUNCHALARINING DIFFERENSIATSIYASI»

BUYUK FAYLASUFLAR QARASHLARIDA "BILIM" VA "E'TIQOD" TUSHUNCHALARINING DIFFERENSIATSIYASI

G'ofur Bobonazarovich Xolmo'minov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi kholmuminovgofur@ gmail. com

ANNOTATSIYA

Bilim va e'tiqod uyg'unligi, xususan epistemologiya bevosita ilmiy izlanishlar jarayoni bilan bog'liq muhim qirralarini chuqur o'rganilishi yangi kashfiyotlar uchun sharoit yaratadi. Ushbu maqolada, bilim va e'tiqod uyg'unligining epistemologik xususiyatlarining falsafiy metodologik tahlili bugungi kunda o'ta dolzarb hisoblanadi.

Kalit so'zlar: Ilohiylik, empidokl, intuitiv bilish, g'oyibona bilish, g'oyalar dunyosi, tafakkur, epistemologiya, bilim, gnoseologiya, irratsional ishonch, ixlos.

DIFFERENCE OF THE CONCEPTS OF "KNOWLEDGE" AND "FAITH" IN THE VIEWS OF GREAT PHILOSOPHERS

Gafur Bobonazarovich Kholmuminov

Teacher of Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region kholmuminovgofur@gmail. com

ABSTRACT

The combination of knowledge and belief, in particular the in-depth study of important aspects of epistemology directly related to the process of scientific research, creates the conditions for new discoveries. In this paper, a philosophical methodological analysis of the epistemological features of the combination of knowledge and belief is very relevant today.

Keywords: Divinity, empidocles, intuitive knowledge, occult knowledge, world of ideas, thinking, epistemology, knowledge, epistemology, irrational belief, sincerity.

KIRISH

Olamni bilish murakkab va serqirra jarayon. Odamlar qadimdan o'zilarni o'rab turgan olam, undagi narsa va hodisalarning mazmun mohiyatini o'rganganlar va borabora zamonlar o'tishi bilan jamiyat rivoji davomida bu boradagi masalalar ko'lami kengayib borgan. Falsafa tarixida aksariyat falsafiy oqimlar va faylasuf olimlar olamni

bilish haqida hilma xil qarashlarni ilgari surishgan. Ilohiylik va insoniylikning tutashgan qismini tafakkur deb atagan yunon faylasuflaridan biri Empidokl insonning bilish jarayonini sezgilarda deb hisoblaydi: "Ilk ma'lumotlar sezgi a'zolaridan olinadi-deydi u va to'g'ridan to'g'ri aqlga etib boradi hamda jon(inson) o'ziga nima zarur ekanligini sezgilar orqali aql vositasida bilib boradi (1-102-b)".

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Insonning bilish qobiliyati hissiy a'zolari bilan bog'liq ekan, olam to'g'risidagi ilk ma'lumotni inson sezgi a'zolari orqali oladi va idrok qiladi. Falsafa tarixida sensualizm oqimi mavjud bo'lib, bu falsafiy oqim bilishning mohiyatini sezgi a'zolarining ma'lumotlaridan keltirib chiqarishga urinuvchi oqimdir. Sezgining xususiyati haqida fikr yuritganda Q.Nazarov o'zining "Bilish falsafasi" kitobida "Inson sezgi a'zolari taraqqiyoti, bir tomondan, organik olam evolyusiyasi, boshqa tomondan esa, ijtimoiy taraqqiyot natijasi hisoblanadi (2-113-b)"- deydi. Arastu ham bilishning ilk bosqichini hissiy bilish deb belgilaydi va moddiy olamni, tabiatni bilish, sezgilar orqali amalga oshadi (3-125-b). Faylasuf bilishning predmeti va manbai kishi ongidan tashqaridagi mavjud olam deb hisoblaydi. Arastu fikricha, sezish tirik organizmga taalluqli bo'lib, u tashqi ob'ektiv moddiy olamning ta'siri tufayli yuzaga keladi. Sezgi a'zolari orqali yakka-yakka jism va hodisalarning sifat va xususiyatlari to'g'ri aks ettiriladi. Arastu bilish jarayonida empirik va ratsional bilimlarning birligi ob'ektiv ekanligini ta'kidlaydi.

Aql bevosita oliy asosni idrok qiladi va bevosita ularning haqqoniyligini aniqlaydi. Inson borliqdagi narsa va hodisalarning ichki tomonlarini, ularning o'zgarish va rivojlanish qonunlarini, mohiyatini faqat mantiqiy bilish orqaligina anglay oladi. "Aqliy bilish borliqdagi narsa va hodisalarning inson miyasidagi umumlashgan, mavhumlashgan va konkretlashgan fikriy ifodalanishidir (4-412-b)". Insonning bilish jarayoni hissiy bilishdan aqliy bilishga, jonli mushohadalardan abstrak tafakkurga tomon borishlardan iborat dialektik jarayondir. Intuitiv bilishga kelsak, insonning borliqni bilishi hissiy bilishdan aqliy bilishga tomon va aksincha, intuitiv bilishdan mantiqiy bilish tomon dialektik yo'l bilan sodir bo'ladigan jarayon. Intuitiv bilish esa odatda kishi biror narsa yoki hodisa haqida muayyan tasavvurlar va bilimlarga ega bo'lgan, uning fikri ma'lum muammo yoki masalani echishga yo'naltirilgan, shu asosda o'z fikrini rivojlantirayotgan bir paytda ruy beradi. Intuitiv bilish inson bilish jarayonining muhim jihatini tashkil qiladi va uning borliqni bilishida muhim rol o'ynaydi. Intuitiv bilish hissiy va mantiqiy bilishlardan farq qilib, o'z tabiatiga ko'ra,

hech bir bevosita hissiy idroksiz va mantiqiy muhokamasiz yangi tasavvur yoki yangi fikrning birdaniga, kutilmaganda tug'ilishidir. Prezidentimiz I.Karimov ta'kidlaganlaridek, "Ijtimoiy hayotda shunday muammolar bo'ladiki, ularni ilm fan aql idrok bilan hal etib bo'lmaydi, faqat intuitsiya yordamida echimini topish mumkin." Fanda uzoq davr intuitiv bilishning mexanizmi ma'lum bo'lmay keldi. Shu sababli intuitiv bilish haqida har hil qarashlar, har hil yondoshishlar, turli tuman ta'limotlar paydo bo'ldi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ba'zilar intuitiv bilishni ilohiylashtirib, uni faqat buyuk va mumtoz kishilargagina xos, degan fikrni bildirgan bo'lsalar, boshqalari faqat ijodiy jarayonga, ya'ni ilmiy kashfiyotlar, ixtirolar va ba'diy ijod jarayoniga xos, degan qarashlarni ilgari surdi. Ularning nuqtai nazaricha, intuitiv bilish, bu - ijodiy jarayonda fikrning rivojlanishiga eski fikrdan yangi fikrga o'tish, ya'ni sakrashdan iboratdir. Yana bir guruh tadqiqotchilarning fikricha, intuitiv bilish - badiiy ijod bilan bog'liq, intuitiv bilish bu yangi g'oyaning tug'ilishdir. Haqiqatdan ham intuitsiya insonning ijodiy faoliyati bilan bog'liq bo'lib, bunda tadqiqotchi yoki ijodkorning butun fikri zikri biron narsa bilan qattiq band bo'lgan paytda, uning miyasiga hech kutilmaganda yangi g'oya to'satdan kelib qolishi oqibatida sodir bo'ladi. Intuitiv bilish, aslida inson bilish jarayonining bir jihatiga, ya'ni faqat ijodiy jarayonga xos bo'lmasdan, balki insonning oddiy kundalik amaliy bilish faoliyatiga ham xosdir. Intuitiv bilish inson bilishining boshqa shakllari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ularni to'ldiradi 1-408-b" Inson bilishini turlarga bo'lishda intuitiv bilishdan farqli ravishda qadimdan g'oyibona bilish haqida ham turli fikrlar mavjud bo'lgan. G'oyibona bilish inson bilishining shunday turiki, bunda kishi uzoq masofadan turib sodir bo'lgan yoki bo'ladigan hodisa va voqeani bilishi, his qilishi, bu hodisa va voqeaning qanday sodir bo'lishi unga ayon bo'lishi nazarda tutiladi.

"O'z-o'zini anglash" haqida fikr yuritgan yunon faylasufi Suqrot birinchi bo'lib, o'z falsafasi markaziga inson qalbini qo'yadi. Ezgulik to'g'risidagi diologlarida yaxshilikni intuitiv tushunish mumkinligini isbotlab beradi, ya'ni ezgulik, Suqrot fikricha, "inson ruhining eng yuksak pog'onasidir, uni tafakkur, tushunchalar orqali ochib, tushuntirib bo'lmaydi, uni faqat ongli ravishda his etish mumkin. Har bir inson qalb ovoziga ega va inson unga quloq tutishi lozim 1-117-b" -deydi u. Qalb ovozini keyinchalik Suqrot daholik deb ataydi." Bundan ko'rinib turibdiki, ko'p hollarda insonni uning ruhiy holati boshqaradi. Tasavvuf olamida oriflar fikricha, inson ruhi chegarasiz ruhoniyat dengizidagi bir kichik to'lqin hisoblanadi. Ibn al-Arabiy bir ilm

borki, uni bizda mavjud bo'lgan hech bir vasila bilan egallab olishimiz mumkin emas, uni xudo bizning yuragimiz va ruhimizga yuboradi va biz uni hech qanday tashqi sababsiz egallay olmaymiz, bizning bilimimiz o'sha erdan keladi va tangri bizning o'qituvchimizdir 2-25-26-b" -deydi u. Tasavvuf ahlining fikricha, aql dunyo sir asrorini bilishga ojizlik qiladi.

Geraklik qarashini Aflotun davom ettiradi. Go'zallik va mutanosiblik dunyosini Aflotun g'oyalar dunyosi deb ataydi. "G'oyalar dunyosi"da fikr yuritgan Aflotun: "Inson bilish jarayonida guyoki, uning ongi toza, abadiy, barhayot va o'zgarmas joyga yo'l oladi 3-103"-deydi. Faylasuf insonni o'z holatida oliy darajada ilohiy, abadiy, aql orqali biluvchi mavjudotdir deb, uning bilishi zamon sharoitidan va borliqning o'zgarishiga bog'liq bo'lmagan holda mavjudligini ta'kidlaydi. Aflotun bilimni rangsiz, shaklsiz va aniqlanmaydigan mohiyatga o'xshatadi: "Bilim faqat aqlga ko'rinishi mumkin 4-132-b" -deydi u. Faylasuf ta'limoti ilohiylik bilan sug'orilganligi uchun u inson bilimiga quyidagicha qiyosiy darajani beradi: "Xudolar ketidan boruvchi insonlarning eng qobiliyatlilari xudolar ketidan qolmay, ularga o'xshab osmonning aylanma harakati bilan qiziqishadi. Ana shu aylanma harakat chog'ida u ilmni his qiladi 1-135-b" Aflotun yana shu narsaga e'tibor beradiki, inson ko'pgina hissiy qabullash asosida mantiqiy mulohazalar orqali umumiylikka erishishi mumkin va bu umumiylikka o'tishda u xotirani asos qilib oladi. Aflotunda ayni paytning o'zida insonning bilish jarayonidagi holatida intuitsiyaning ilk xususiyatlaridan biri tarixiylikni ko'rish mumkin. Faylasufni bilim nima degan savol qiziqtiradi va quyidagi fikrlarni beradi,

- birinchidan, bilim—bu to'g'ri fikrdir;

- ikkinchidan, bilim—bu hissiy qabullashdir;

- uchinchidan, bilim—bu ma'noga ega bo'lgan to'g'ri fikrdir;

Uning fikricha, bilish jarayonida inson intihoga emas, balki, ibtidoga qarab intiladi. Faylasuf fikricha, "tafakkur" faqat birgina aqlning faoliyatidir, u hissiy qorishmadan holi. U bevosita aqliy jismlarni his etadi.

Bilim har doim amaliy informatsion xususiyatga ega bo'lgan. Agar biron-bir g'oyaga ehtiyoj tug'ilsa, u universitet laboratoriyalari va kafedralardan ko'ra ishlab chiqarish, amaliyotda tezroq ro'yobga chiqarilgan. Ustoz N.Shermuxamedova ta'kidlab o'tganlaridek, ""Bilim tushunchasiga aniq ta'rif berish qiyin, balki hatto mumkin ham emas. Gap shundaki, birinchidan, bu tushuncha eng umumiy tushunchalardan biri hisoblanadi, umumiy tushunchalarga esa doim aniq ta'rif berish qiyin. Ikkinchidan, bilimning juda ko'p turlari mavjud va ularning hammasini yonma-yon qo'yib bo'lmaydi 2-12-b.

"Epistemologiya" so'zining etimologiyasi bizga faqat bilim faqat aynan shu falsafiy yo'nalishning predmeti ekanligini anglatadi. "Bilim" umumiy tushunchalardan biri bo'lganligi sababli, unga bir ma'noni beruvchi aniq ta'rifni keltirish murakkabdir. Biroq, epistemologiya refleksiv yo'nalish sifatida insonlarni turli xil faoliyat yuritish sohalarida mavjud bo'lgan bilimni real fenomenini tahlil qilish va aniqlashga qaratilgan. Bilimning bir qancha shakllari mavjud bo'lib, ular intersub'ektivlik, ijtimoiy xarakterga egadir: mifologik va kundalik tajribadan tortib pozitiv fanlar va texnik bilimlarni ham qamrab oladi.

Mumtoz bilish nazariyasiga nazar tashlasak, zamonaviy epistemologik adabiyotlarda uchun "bilim" atamasi kengroq ta'riflansa-da, boshqa tarafdan epistemologiya uchun tanqidiy dastur xos bo'lib, bu esa o'z navbatida har qanday kognitiv fenomen ham bu tarzdagi maqomga ega bo'la olmasligini ko'rsatadi. Kishilar falsafiy fikr yuritganda, fan yoki kundalik faoliyat bilan mashg'ul bo'lganlarida bilimga ega bo'ladilar. Bunday yondashuvni Kont shakllantirgan edi.

Tanqidiy tahlil shunday mulohazaga olib keladiki, ya'ni "bilim" so'zi o'zining ma'nosiga ega bo'lmasligi uchun unga asoslanganlik va haqiqiylik kabi jihatlarni qo'shishimizga to'g'ri keladi, chunki biz illyuziya yoki yanglishishni bilim deya olmaymiz.

Adabiyotlarda bilimning quyidagi ta'riflari uchraydi:

Bilim - chin deya baholangan, tilda yoki biror bir belgili shaklda ifodalanuvchi bilish jarayonining natijasidir.

Bilim - sub'ektning ishonchli ratsional dalillari va faktlari bilan asoslangan.

Bilim - bilish jarayonida muloqot, ob'ektni anglash, strukturalashtirish va ma'no berish kabilarni qamrab olib, individual va ijtimoiy xotira hisoblanadi.

"Bilim" atamasining ta'rifi fundamental muammo hisoblanib, uning echimi falsafani fandan, refleksiyani bilishning turli xil shakllaridan farqlashga shuningdek, bir nazariy - bilish konsepsiyasini ikkinchisidan alohida qarashga olib keladi 1-34-b.

Bilim - bu borliqni idel obrazidir. U ma'lum bir asoslarga ega bo'lib, bilish predmetiga muvofiq kelishi va sub'ektning o'z tasavvurlarini chinligiga ishonchni talab etadi. Bilim bilishning natijasi sifatida shakllanadi va uning keyingi rivojlanishiga zamin yaratadi.

O'z navbatida, bilish jarayoni va unda olinadigan bilimlar amaliyot va bilishning tarixiy rivojlanishi mobaynida tabaqalanadi va o'zining har xil shakllarida mujassamlashadi. Bilishning bu shakllari, garchi o'zaro bog'liq bo'lsa-da, lekin bir-biriga o'xshamaydi va har bir biri o'ziga xos xususiyatlarga ega.

Bilish, ma'naviy faoliyat shakli sifatida, jamiyat paydo bo'lgan davrdan va jamiyat bilan birga ma'lum rivojlanish bosqichlaridan o'tib kelmoqda. Bu bosqichlarning har birida bilish jarayoni insoniyat tarixi mobaynida yuzaga kelgan rang-barang va o'zaro bog'langan ijtimoiy-madaniy shakllarda amalga oshiriladi. Shu bois yaxlit hodisa sifatidagi bilishni biron-bir shaklga, hatto so'zning o'z ma'nosidagi bilishni to'liq «qoplamaydigan» ilmiy shaklga ham bog'lash mumkin emas. SHu sababli gnoseologiya umumlashtirish uchun faqat bir soha - ilmiy bilimdan va hatto yuksak darajada rivojlangan tabiatshunoslikdan material olib, o'z xulosalarini chiqara olmaydi.

Demak, bilim - bilish faoliyatining natijasi, mazkur faoliyat yordamida olingan borliq haqidagi tushunchalar tizimi.

Bilim zamirida aniq, ishonchli va xatosiz asoslar yotishi lozim, degan tasavvur bilish nazariyasidagi eng nufuzli yondashuv hisoblanadi. Unga antik faylasuflarning asarlaridayoq duch kelish mumkin, eng aniq ko'rinishda va dasturilamal sifatida u YAngi davrda mashhur faylasuflar F.Bekon, R.Dekart va J.Lokk tomonidan ta'riflab berilgan. Bu yondashuvni klassik fundamentalizm deb nomlash, uning barcha muqobillarini esa, hozircha undan ma'lum darajada chetga chiqish sifatida tavsiflash mumkin.

«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis - bilim, ilm va logos - ta'limot, fan so'zlaridan kelib chiqqan. So'zma-so'z ma'nosi - «bilish haqidagi ta'limot (fan)», «ong haqidagi ta'limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug'atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. SHu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so'zi ham qo'llaniladi 1-5-b.

Shuni ta'kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo'llanilishini o'rinli deb bo'lmaydi. Zotan, «episteme» so'zi «pistis» - e'tiqod so'zi bilan uzviy bog'liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e'tiroz bildirmaydigan narsalar - falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G'arbiy Evropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba'zan esa - uch xil talqin qilinadi.

Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda - falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e'tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e'tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o'rganadi.

Demak, epistemologiya gnoseologiyaning tarkibiy qismi yoki uning amaliy ifodasidir. Tom ma'nodagi epistemologiya hozirgi kunda ilmiy, haqiqiy bilimning mazmunini, shuningdek diniy e'tiqodlarning gnoseologik mohiyatini o'rganish bilan shug'ullanadi. Bunda esa bilish (ong)ning mohiyati to'g'risida bahs yurituvchi falsafiy ta'limot ma'nosidagi «gnoseologiya» atamasidan foydalaniladi.

Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko'p muammolar bilan shug'ullanadi. U bizning bilimlarimiz qay darajada e'tiqod, qay darajada ko'r-ko'rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in'ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. Rasselning fikriga ko'ra, «bilim haqiqiy ishonchning ko'rinishidir». Bu o'rinda keng ma'nodagi ishonch nazarda tutilayabdi. Lekin ishonchning o'zi ma'lum bir bilimning natijasi emasmi 1-130-b?"

E'tiqod shaxs, jamoa, guruh, jamiyatning muayyan g'oyalarga, baho va me'yorlarga ikkilanmasdan shubha qilmasdan, qat'iy ishonch asosida shakllangan eng muhim va birinchi darajali sobit tushunchalari, tasavvurlari va qarashlaridir(ilm): ularni faol aqliy va hissiy qabul qilish, sevish (ishq): ularga ixlos qilish, vafodor bo'lish, o'z ideallarini, ijtimoiy intilishlari va amaliyotini moslashtirishdir(sodiqlik) 2-25-b.

E'tiqodning mazmunini ilm tashkil qiladi. Zotan, inson nimaga e'tiqod qilayotganini - nimaga ishonayotganini, nimaga intilayotganini, xulq atvori va ijodini nimaga moslashtirish lozimligini bilishi lozim. Bu ilm diniy yoki dunyoviy yoxud ularning muayyan darajadagi qorishig'i bo'ladimi - qat'i nazar, u e'tiqodning keng ma'nodagi hayotiy mazmunini tashkil etadi. Zero ilmsiz e'tiqod yo'q, bo'lishi ham mumkin emas.

E'tiqodning ilg'orligi yoki qoloqligi, insonparvarlik yoki xudbinlik va boshqa ko'plab insoniy xususiyatlari shaxsning ilm darajasiga bog'liq. Ammo, har qanday ilm, ayniqsa kundalik bilimlar, e'tiqod bo'lavermaydi. Kundalik bilimlargina emas, balki ilm-fanning ko'pgina sohalari ham, masalan faqat axborot tarzidagi hamda asosiy ustuvor tamoyillarni shakllantirishga xizmat qiluvchi, ta'bir joiz bo'lsa, "yordamchi" tushunchalar, ijtimoiy hayotda bilim va ilmiy tadqiqot sifatida naqadar ahamiyatli bo'lmasin, e'tiqodning asl tarkibiy qismiga aylana olmaydi. SHuningdek, amaliyotda tasdig'ini topmagan, faraz shaklidagina olg'a surilgan ilmiy tushunchalar va nazariyalar, tabiiyki e'tiqod bo'la olmaydi.

E'tiqod borasida ishonch muhim o'rin tutadi. Ishonchlar, g'oyalar, ta'limotga ilm(bilim)ga nisbatan kuchli emotsional (hissiy) ijobiy munosabatdir. Ishonch turmush tajribasi negizida hosil bo'lgan kundalik ong darajasiga va ilmiy bilimlarni muayyan tushunishda hosil bo'lgan nazariy ong darajasiga oid bo'lishi mumkin. Ishonch oilaviy

tarbiya va turmush saboqlari natijasida ta'lim muassasalari va umuman ijtimoiy ongni boshqarishga yo'naltirilgan muassasalar faoliyati natijasida - butun jamiyatning muayyan ta'siri vositasida vujudga keladi 1-25-b.

Ishonch mazmuniga ko'ra ratsional va irratsional sifat kasb etadi. Ratsional ishonch shaxsning faol harakatiga, yaratuvchiligiga asoslanadi. Uning ob'ektini tashkil qilgan g'oya, ta'limot, ideal to'g'ri yoki xato yoki xayoliy bo'lishi mumkin. SHaxs ularga qarab mo'ljal oladi. Natijada u ko'zlangan maqsadga etolmasa ham muayyan samaraga erishadi.

Irratsional ishonch esa shaxsning ijodiy susligi yoki mutaassibligiga asoslanadi. E.Fromm ta'kidlaganidek, "Agar irratsional ishonch biror narsani azbaroyi ko'pchilik yoxud allaqanday baobro' shaxs haqiqat deb bilagni uchun e'tirof etsa, ratsional ishonch kishining aniq samara beruvchi kuzatish va mushohadalarga asoslangan e'tiqod mustaqilligini bildiradi 2-159-b" Faylasufning asosiy xulosasi nihoyatda teran va to'g'ri deb fikrlaymiz, ratsional ishonch - samara beruvchi e'tiqod mustaqilligidir. Boshqacha aytganda, ishonchning ratsional bo'lishi e'tiqod mustaqilligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Demak, mustaqil e'tiqod kishisi shaxs va jamiyat ehtiyojlarini nisbatan to'g'ri anglaydi, bitnobarin u yangiliklarga, rang- baranglikkka, mavjud holatni o'zgartirishga intilib yasaydi.

E'tiqod dunyoqarashning, u orqali butun ma'naviyatning o'zagi sifatida voqelikka inson munosabatini, kishi xulq-atvorining faolligini belgilaydi. Faollik uchun, ayniqsa ijodkorlik uchun oddiy ishonchga asoslangan ilm ko'p hollarda kamlik qiladi. Ijodkorlik va faollik ishonchning ixlos va ishq bilan boyitilishini taqozo etadi.

Ixlos shunchaki ko'ngil qo'yish emas, ko'ngil qo'yadigan narsani bilish, hissiy tarzda baholash va unga intilish hamdir. Ixlos biroqning tazyiqi asosida shakllanmaydi. Ixlos tarkibiga intilish bilan birga ixtiyor ham kiradi. Ixlos bilan boyigan ishonch axloqiylik kasb etadi.

Ixlos e'tiqodning insoniy qiyofasini belgilovchi unsurlardan biridir. Zero, e'tiqod milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ijodkor shaxslar va mutafakkirlarning asarlari, ibratli hayotiga, hamda tarixiy voqealarga aynan ixlos vositasida bog'lanadi, uning sharofati bilan konkretlashadi, hayotiylashadi. Ixlos tufayli e'tiqod aqliy hodisadan ko'ngil hodisasiga aylanadi. E'tiqod ixlos orqali individual shaklga ega bo'ladi, muayyan shaxsning e'tiqodiga aylanadi.

Umuman olganda, ixlos, ilm va ishonch e'tiqodning tarkibiy qismidir. E'tiqodning tarkibiga kirgan unsurlar o'zaro naqadar rivojlansa, e'tiqod shu qadar boy, teran va mustahkam bo'ladi.

Bilim - saralangan, tartibga solingan, muayan usul yordamida olingan muayyan mezonlarga muvofiq rasmiylashtirilgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan ma'lum ijtimoiy sub'ektlar va butun jamiyat tomonidan aynan bilim sifatida tan olinadigan axborot.

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, bilimning ma'no va mohiyatini anglab etmasdan turib uni tushunib bo'lmaydi. Xuddi shuning uchun ham anglab olingan bilim o'z taraqqiyotining ikkinchi bosqichida tushunish holatiga kiradi. Inson, bilimlarning ma'no va mohiyatini tushunib etgach, uning to'g'ri yoki noto'g'ri ekanligi to'g'risida fikr bildiradi. Inson tomonidan o'zlashtirib olingan bilimlar, ularning moddiy va ma'naviy ehtiyojlariga, manfaatlariga xohish-istaklariga bir ibora bilan aytganda hayotiy mo'ljallariga mos tushsa, ana o'shanda kishida o'zlashtirib olgan bilimlarni turmushga tatbiq etish istagi hosil bo'ladi.

REFERENCES

1. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari./ Uslubiy qo'llanma. -T.:StarPoligraf, 2008, -22 bet

2. Bekon F. Novaya Atlantida -S.: Nauka, 1999, S-56

3. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari./ Uslubiy qo'llanma. -T.:StarPoligraf, 2008, -24 bet

4. Yoqubova M. Axborot texnologiyalarining falsafiy asoslari./ Uslubiy qo'llanma. -T.:StarPoligraf, 2008, -25 bet

5. Sharifxo'jaev M. O'zbekistonda ochiq fuqarolik jamiyatining shakllanishi -T.:Sharq, 2003. - 148 bet

6. Moiseev N.N. Chelovek i noosfera. -M.: 1990, S-198

7. Abdullaeva M. Va boshqalar Milliy g'oya va fanning metodologik muammolari -T.:"Falsafa va huquq instituti" nashriyoti, 2009. - 80 bet

8. Davronov Z. Ilmiy ijod metodologiyasi.-T.:Iqtisod-moliya, 2007, - 180 bet

9. Polani M. Lichnostnbie znaniya. -M., 1985, S.9

10. Abdullaeva M. va boshqalar Milliy g'oya va fanning metodologik muammolari -T.:"Falsafa va huquq instituti" nashriyoti, 2009. - 86 bet

11. Ismayilov, A. Z. (2020). Demokratik fuqarolik jamiyati va unda huquqiy ongni bilishning ijtimoiy-falsafiy dialektik asoslari. Academic Researchin Educational Sciences, 1(1), 202-210.

12. Ismayilov, A. Z. Xolmo'minov, G'.B. (2020). O'zbekiston Respublikasida huquqiy davlat barpo etishning tarixiy-nazariy ildizlari. Proceedings of Global Technovation- An International Multidisciplinary Conference. Hosted from Samsun, Turkey 31 October 2020. 93-96 betlar.

13. Ziyadillaevich, I.A., & Bobonazarovich, G.K. (2020). THE ORIGIN OF THE STATE AND THE IMPLEMENTATION OF LEGAL STATEHOOD IDEAS ON THE TERRITORY OF UZBEKISTAN. EPRA International Journal of Multidisciplinary Research, 6(10), 520-524.

14. Xolmo'minov G'. October 2020 Ta'lim tizimida metodlar va innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligi. "Science and Education" Scientific Journal . 472-475 - betlar.

15. Hojiyev R.B., Xolmo'minov G.B., Sharipov M.L. (2020) Raising a harmoniously developed generation is a priority of democratic reforms in uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 5, Part II ISSN 2056-5852.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.