Научная статья на тему 'ALI SHARIATIY DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTINING MARKAZIDA INSON MUAMMOSI'

ALI SHARIATIY DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTINING MARKAZIDA INSON MUAMMOSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

737
189
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
islom jamiyati / ayollar erkinligi / borliq / Qur’ondagi g’oyalar / inson mohiyati. / Islamic society / women's freedom / existence / ideas in the Qur'an / human nature.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Ulugbek Jumayevich Mansurov

Mazkur maqolada, Eron faylasufi hamda diniy olimi Ali Shariatiy diniy-falsafiy ta’limotida inson muammosi, ayollar erkinligi bilan bir qatorda inson va borliq hamda din o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar ochib berilgan. Bu orqali, Eron jamiyatidagi ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE HUMAN PROBLEM AT THE CENTER OF ALI SHARIA'S RELIGIOUS AND PHILOSOPHICAL THEORY

In this article, the religious and philosophical teachings of the Iranian philosopher and theologian Ali Shariati reveal the human problem, the freedom of women, as well as the interrelationships between man and being and religion. In doing so, it focuses on the social problems of Iranian society.

Текст научной работы на тему «ALI SHARIATIY DINIY-FALSAFIY TA’LIMOTINING MARKAZIDA INSON MUAMMOSI»

ALI SHARIATIY DINIY-FALSAFIY TA'LIMOTINING MARKAZIDA

INSON MUAMMOSI

Ulug'bek Jumayevich Mansurov

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali o'zbek tili va adabiyoti

kafedrasi o'qituvchisi mansurov1224@mail .ru

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada, Eron faylasufi hamda diniy olimi Ali Shariatiy diniy-falsafiy ta'limotida inson muammosi, ayollar erkinligi bilan bir qatorda inson va borliq hamda din o'rtasidagi o'zaro bog'liqliklar ochib berilgan. Bu orqali, Eron jamiyatidagi ijtimoiy muammolarga e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: islom jamiyati, ayollar erkinligi, borliq, Qur'ondagi g'oyalar, inson mohiyati.

THE HUMAN PROBLEM AT THE CENTER OF ALI SHARIA'S RELIGIOUS AND PHILOSOPHICAL THEORY

Ulugbek Jumayevich Mansurov

Teacher of the Uzbek Language and Literature Department of the Termez branch of Tashkent State Agrarian University mansurov1224@mail .ru

ABSTRACT

In this article, the religious and philosophical teachings of the Iranian philosopher and theologian Ali Shariati reveal the human problem, the freedom of women, as well as the interrelationships between man and being and religion. In doing so, it focuses on the social problems of Iranian society.

Keywords: Islamic society, women's freedom, existence, ideas in the Qur'an, human nature.

KIRISH

Insoniyat yaralibdiki, tabiat va jamiyat qonunlarini o'zlashtirishga intilib yashaydi. Bu o'rinda ajdodlardan qolgan ma'naviy meros ulug' qadriyatdir. Ular bilan muntazam tanishib borish inson uchun keng imkoniyatlar kaliti bo'lib xizmat qiladi. Zero, Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyev "Oliy Majlisga qilgan muurojaatnomalarida

ta'kidlaganidek, faqat ma'rifatgina insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi." [1]. Ana shunday meroslardan biri Shariatiy diniy-falsafiy ta'limoti hisoblanadi. Uning asosida ilk islom jamiyati tepasida boshqaruvchi sifatida turgan "mukammal inson" - Muhammad (s.a.v) bo'lgan zamonaviy sivilizatsiyaning mutloq bo'lib turganligini bilish mumkin.

Faylasuf o'zining oldiga inson muammosini islom ruhiy madaniyati konteksida yechishni maqsad qilib qo'ygan. Shu bilan birga insonning o'zga diniy falsafiy konsepsiyalarini gumanistik (insonparvar) jihatlar bilan ko'rib chiqadi. U ko'plab diniy-falsafiy doktirinalarning bosh maqsadi bo'lgan inson takomili va "qutqaruvi"ga ba'zi holatlarda erishilgani, ba'zilarida aks natijaga ega bo'lganini ta'kidlab o'tadi. Shariatiy "haqiqiy" islom ta'limotiga murojaat qilar ekan, payg'ambar Muhammad s.a.v vafotidan so'ng inson masalasiga noto'g'ri urg'u berilganini aytadi. "Inson "mavhum kuch"larga qul bo'lganini, ular ustidan hukmronlik qila olmasligini va o'zining irodasini ushbu harakatlari orqali yo'q qilayotganini va bu hozir biz tanish bo'lgan o'sha dinga ta'luqlidir"-deydi olim.

Zamonaviy islomning insonga nisbatan qarashlarini qayta ko'rib chiqish masalasini ilgari suradi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Shariatiy quyidagi savollarga javob berishga intiladi:

• "Haqiqiy" inson nigohida islom qanday?

• Islom insonni Alloh oldida kuchsiz va ojiz deb hisoblaydimi?

• Islom insonning tabiat kuchlariga qarshi chiqa olishi va unda farovonlikka erisha olishiga ishonadimi?

Shariatiy ushbu savollar javobini muqaddas Qur'oni Karimdan izlash kerakligini aytadi. Uning hal qiluvchi g'oyasi- inson oliy mavjudot, uning tabiati arginal va samimiydir. Bu fikrlar Qur'oni Karimda ham o'z ifodasini topgan: "Yerda o'z vakilimni yuboraman!"

Islom olamda insonga alohida o'rin beradi va insonni oddiygina "oliy" emas, xattoki "Hudonamo" mavjudot ekanini aytadi. Shariatiyning bunday xulosasi terirangi, ijtimoiy tarkibi va mavqeyidan qat'iy nazar barcha insonlarning kelib chiqishi umumiy ildizga ega ekanligini ta'kidlaydi.

Shariatiy Eron ulamolardan birinchilardan bo'lib musulmon ayollarini himoya qilishga kirishadi.U o'zining ma'ruzalarida zamonaviy islom jamiyatida ayollarning ro'li masalasini ko'taradi. U ilgari surgan tezizga binoan, islom boshqa g'arb dini va idealogiyalari kabi ayollarda "jinsiy obyekt"ni emas balki revolyutsion va ijtimoiy hayotning teng huquqli ishtirokchisini ko'radi. Shariatiy ayollarni siyosiy hayotda faol

qatnashishga chaqiradi va "siyosatda ayollarga o'rin yo'q" degan noto'g'ri tushunchani inkor qiladi. U ayollarni teng huquqli deganda, G'arbdagi ayollarning tenglini nazarda tutmaydi. G'arb davlatlarida yuzaga kelayotgan feministik harakatlar ayollarni "jinssiz" mavjudotlarga aylantirib qo'yadi va ularning siyosiy kurashdagi ayollik pozitsiyasi o'z ahamiyatini yo'qotadi. Islom, o'zining konkret tarixiy amalyotidan kelib chiqqan xolda jamiyatdagi ayollarning tengsizlik muammosini hal etishga yangicha yondashuvlarni bera olishga qodir. Masalan, Shariatiy payg'ambar Muhammad s.a.v.ning qizi, Imom Alining rafiqasi, Imom Xasan va Xusanning onasi bo'lagn- Fotimaning erkaklar bilan yelkama-yelka olib borgan kurashni yodga oladi. Ushbu harakatlar orqali Fotima nafaqat o'z oilasidagi erkaklarni ruhlantiradi, balki ijtimoiy va siyosiy hayotdagi ketayotgan kurashlar uchun o'z ma'suliyati va javobgarligini his etadi. Ayol va erkak- "bir-biridan farq qiladi ammo teng huquqlidir"-degan tezisni taklif qiladi va ushbu tezis ko'pgina musulmon davlatlarga tarqaladi shu orqali shariatiy inson muammosini faqatgina nazariy nuqtai nazaridan emas balki amaliy jihatdan ham ko'rib chiqadi va ijtimoiy realikda qo'llash mumkin bo'lagn yechimlarni topishga harakat qiladi.

Inson tushunchasiga bergan izohida Shariatiy yana bir muhim asosga- iroda erkinligiga katta ahamiyat beradi. Kimki Quroni Karimning mohiyatiga yetmoqchi bo'lsa, Alloh insonga tanlash imkoniyatini berganligini tushunib yetishi kerak.Buning sababi esa inson "umid va ishonch"ga ega bo'lgan holda o'z maqsadiga erishishi mumkinligidadir. Inson doimo "ilohiy ruh" yoki "yerdagi lazzat"ni tanlash chorahasida turadi: "Birinchi yo'nalishda eng yuksak tushunchalar- mukamallik, go'zallik, haqiqat, kuch, bilim, absolyut va tuganmas iroda yotadi. Ikkinchisida esa eng tuban tushunchalar- qabihlik, ikkiyuzlamachilik, nimjonlik, absolyut qaramlik va bizning dunyoyimizda tasavvur qilib bo'lmaydigan egoistiklik va daxshatlilik yotadi. Ushbu holat bizning olamimizga tegishli". Inson Qur'oni Karimda berilgan vakolatlarga binoan Allohga yetishish yo'lini o'zi tanlashi va o'z kamolotiga yetishishni boshlashi mumkin. Shariatiy o'ylashicha Allohga yetish va unga singib ketish inson ruhining doimiy "hijro"si hisoblanadi va u hech qachon unga yetaolmaydi. Ammo bu xolat insonga berilgan imkoniyatlar (tarixga, tabiatga, taqdirga nisbatan insonning ta'siri)dan foydalanmaslik emas.

MUHOKAMA

Insonga berilgan eng asosiy, muhim sifatlardan -anglash va o'zni anglash dunyoni tushunishga va kamolotga yetishishga yordam beradi. _Anglashning asosida-ong, o'zni anglash asosida - mistik kechinmalar yotadi. Anglash -"tashqi Men" -fan va mantiqga suyanadi. O'zni anglash -"ichki Men" -qalb va sevgida yashaydi. Aynan

sevgi Shariatiy ta'kidlashicha, "unitilgan inson rahi"ni qondirishga va absolyut ruh bilan boyitishga qodir. Yaratgan va yaratilagn o'rtasidagi yuksak ruhiy sevgini Shariatiy "do'stlik" deb nomlaydi. "Do'stlik" -bu doim kuchayib boruvchi chanqoqlik, absolyut avtoritetga bo'lgan ishonchdir va uni inson tabiat va jamiyat hukumr onligini chetga surgan holda o'z-o'ziga singdirib boradi. "Do'stlik" insonni umuman boshqa dunyoga olib boradi u yerda inson o'zi topgan ilohiy obyekt bilan singib ketadi. Bu jarayon o'tda yonish kabidir. Unda birinchi navbatda his qilinayotgan jarayonni ratsional va mantiqiy anglash hohishi yo'q bo'lib ketadi. Aynan shu holat insonga faqatgina kanstruktiv faoliyat bilan shug'ullanish, mehnat quroli orqali tabiatni o'zgartirish mumkinligini emas balki sanatkor bo'lish sanat bilan shug'ullanish imkonini beradi. Shu boizdan inson hech qachon ega bo'lgan narsalaridan mamnun bo'lmaydi va doim tasavvuri orqali namoyon bo'lgan qandyadir "ideal"ni yaratishga harakat qilaveradi. O'z oldiga ideal maqsadlarni qo'ygani sari inson jamiyat progressi, uning yo'nalishlarini notarixiy va nosatsiol qadriyatlar bilan ilohiy subustansiyaning aloqasini mustahkamladi. Mohiyatiga binoan ko'rsatilgan qadriyatlar Shariatiy tushunishicha, -bu Alloh atributining inson hayoti (shahsiy va ijtimoiy hayoti)ga emanotsiyasidir. "Inson qadriyatlari -bu turli shakillarda namoyon bo'lishi mumkin bo'lgan, ham absolyut va doimiy bo'lgan, ham inson mohiyati o'zgarganda yoki uning yo'q bo'lib ketganida o'zgarishi mumkin bo'lgan ilohiy g'oyalardir."

Zamonaviy dunyoda insonning "asl" qiyofasi "jamoaviy" va "g'oyaviy" tizimlar deformatsiyasiga uchraydi. Shariatiy ta'kidlashicha, zamonaviy sotsiyumida (jamiyatida) insonning muhim jihatlaridan bo'lgan va o'zida muqaddas nomoddiy substansiyani saqlaydigan "oliy mavjudot"lik unitilgan. Inson ijtimoiy tizimda kerak, va o'z siyosiy harakteridan mustaqil ravishda birinchi navbatda iqtisodiy ishlab chiqaruvchi yoki iste'molchi sifatida tan olinadi. Buning zamirida huddi kapital tizimdagidek, industrial jamiyatda ham "iqtisodiy maqsadlilik" yotadi. Shundan so'ng insonlar ongiga "istemolchilik" funksiyasi singadi va ma'naviy qadriyatlarning qurbon bo'lishiga olib keladi. Shariatiy hisoblaydiki Allohga manfaatsizlik ruhi bilan hizmat qilgan holda o'z moddiy takomiliga yetish, shu orqali iqtisodiy ishlab chiqarish va istemolni nazorat qilish imkoniga ega bo'lish mumkin bu esa inson ongliligini kuchaytiradi. Dunyoning yuqori takomillashgan davlatlari idealogiyasi Shariatiy fikricha inson hayotning yuqori mohiyatini unutgan, ruhiy qadriyatlarini yo'qotgan va insonlarni mahsulotga aylantirib qo'ygan. Ushbu joylarda fan va falsafa davlatning "ekspluator" kansepsiyasiga xizmat qiladi va inson rolini "obyektga", obyektni esa "obyektiv qonuniyat"larga bo'ysundiradi. Insonning hozirgi zamon jamiyatidagi ro'lini tushuntirishga asoslangan negative (salbiy) urunishlarni Shariatiy o'zining "Islom insonparvarligi" konsepsiyasiga qarshi qo'yadi.

Bundan tashqari Shariatiy Haj ma'rosimini ham tahlil qilishga uringan. Ushbu ma'rosim vaqtida din aqidalariga binoan iblisni ifoda etuvchi uch Idillarga tosh otiladi, va bu uch idil: kapitalizim, despotizm va diniy ikki yuzlamachilikdir. Shu bilan birga u islom lug'atiga sinfiy urush terminini kiritdi. Bu termin Qur'onda ta'kidlab o'tilgan Mustaqbirin (o'zgarmas) va Mustadofin so'zlariga qarama-qarshi (oppozitsion) ravishda tanlangan .

Hozirgi kundagi Sharq va G'arb o'rtasida diniy va g'oyaviy kelishmovchiliklarni tan olgan holda Shariatiy ta'limoti ular o'rtasidagi ishonch va tushunishni keltirib chiqarishga asos bo'laoladi desak mubolag'a bo'lmaydi. Chunki hozirgi kunda inson masalasini falsafiy tahlil etish shuni ko'rsatadiki avvalo uning ta'biati va hayot tarziga e'tibor qaratish zarur. Chunki aynan shu jihatlar insonni ta'riflashdagi "kalit" tushunchalardir. Aynan din deydi Shariatiy inson yaratuvchanlik tabiyatini namayon qilishiga hizmat qilishi mumkin. Zero inson o'z ichki mehanizmiga, boy ruhiy patensialiga insonparvarlik qadryatlariga va yangi tarixiy voqealarni kashf etishga qodirdir.

Shariatiy o'zining dindagi progressiv ilg'or qarashlari uchun A. Forobiyva M.Voreg'oniylarga minnatdor bo'lsa, Yevropalik olimlarga esa chuqur nazariy bilimlari, ilmiy qiziqishlari va albatta metadalogik qarashlarni o'rgangani uchun raxmat aytadi. Aynan ikkinchilarning ta'siri natijasida Shariatiy, "3-dunyo" jamiyatlardagi fan satsial reallikni tushinib yeta oladi. Aynan G'arb madaniayti ekispansianizm qarshi g'oyalarining Shariatiy ongida shakllanganligi tufayli, "G'arblashuv" jarayoning islom dunyosida rivojlanayotgani uchun faylasuf islomning nazariy kansepsiyalarini qayta ishlab chiqishga harakat qilgan.

Shariatiyning yana bir maqsadi jamiyatning asosiy notinchligiga olib keluvchi noto'g'ri islomiy aqidalarni yo'qotib, din ichidagi, mashablar va boshqalar asosida shakillanib borayotgan urushlarga barham berishdan iborat. Uning aynan shu urinishlari Erondagi g'ayriinsoniy tizimga qarshi chiqishi bilan ham ifodalanadi desak mubolag'a bo'lmaydi. Bu qarshi chiqishlar uninig hayoti va ijodiga kuchli bosimni yuzaga keltirgan. Shuning uchun ham umri davomida u birnecha hibisga olingan.

Shariatiy ta'limotiga binoan, islom payg'ambar Muhammad s.a.v va Imom Alilar davrida ham biroz buzilgan ko'rinishida bo'lgan. Vaholanki o'sha paytlar ham hudo va odam o'rtasidagi aloqa olloh va inson o'rtasidagi yaxshilik tan olingan. Islom dinining asosi bo'lgan - yakka xudolik prinspi: ("tavhid") insonlar va xalqlar o'rtasidagi tenglik va yagonalik g'oyasini tastig'i edi. Insondagi iroda erkinligini va mustaqil tanlov imkoniy borlig'i musulmonlar amal qiladigan harakat va qoidalar tizimining shakllanganligi e'tiqodini mustaqil kreteriyal orqali baho berish imkonini beradi. Umuman "boshlang'ich islom" inson takomili vasatsial hayotini to'g'ri

yo'naltirishga hizmat qilgan. Ammo uni chuqurlashtirmagan edi.Bu bilan Shariatiy burchini "avvalgi islomga" qaytishga emas balki aksincha oldinga "din haqiqati" tomon yo'naltirgan. Ushbu g'oya yangi jamiyat qurishi va yangicha tarbiyalangan insinni shakillantirish uchun uneveral vosita bo'lib hizmat qiladi. "Shubhasiz, - deydi Shariatiy - islom o'ziga yuklangan asosiy vazifani bajaradi. Qachonki o'zini asriy aqidalar, dogmatik fikrlar va yanglishishlardan ozod qilsa anashundagina islom haqiqiy, sof va jonli idealogiyaga aylanadi. Shariatiy fikricha musulmon madaniayti o'ta chuqur ildizlarga ega va hattoki bu g'arb davlatlari madaniyatidan ham milliy-madaniy ildizlarga ega va qadimiyroqdir shu boisdan musulmon svilizatsiyasini qayta ishlash masalasi g'arb modelini mehanik yo'l bilan ko'chirib olish bilan emas, balki boshqacha usul bilan amalga oshirishi ozim. Masalan shariatiy maskur muammoni an'anaviy tarixiy prizma orqali yechishga urinadi.U milliy ozodlik harakatlari aynan shu maqsad sari erishishga ko'maklashadi.Lekin bu o'zga madaniyatni qat'iy inkor qilish, tan olmaslik emas deydi. Faylasuf o'zaro aloqani tenglik munosabatida shakillantira olish qobilyati o'zga davlatlar va birga xalqlar bilan munosabat o'rnatish Eron ijtimoiy revolyutsiyasi g'alabasi bo'ladi. Qachonki diniy qarashlar yangi yo'lga tushganida.

Shariatiy borliq haqidagi ta'limotining eng asosiy prinsipial tushunchasi bo'lib, "Tavhid" - yakkaxudolik yoki falsafiy terminalogiyadan foydalanib monoteizm hisoblanadi deyish mumkin. Aynan Touhid islomning eng birinchi va eng asosiy ustunidir. Alloh yagona yaratuvchidir va u barcha narsalarning sabapchisidir. Alloh borliq ustidan hukumronlik qiladi va obsolyut olam haqidagi bilimlarga ega. Uning irodasi butun dunyo bo'lib tarqaladi va o'z ichiga tiriklik va yagonalikni qamrab oladi. Faylasuf tomonidan Touhid tushunchasi Allohning yagonaligi tarzida tushuniladi. Inson mohiyatini tushunishga kelsak, bu masala yuzasidan faylasuf Qur'onda ta'kidlangan Odam atoning paydo bo'lishi qissasiga suyanadi. Qur'onda deyilishicha, ilohiy irodani tadbiq etish uchun yerga elchi sifatida yuborilgan jonzodni yaratish lozim edi. Alloh shuni hohladi va yerda o'zining soyasini -insonni yaratdi. Shu bilan birga Alloh insonga isimlar, nomlar ato etdi va bu Shariatiy fikricha insondagi ilmiy faktlarni tushunish imkoniyati potensialining borligidan dalolat beradi. Shunday ekan islomda inson yordamga muhtoj va qadrsiz jonzod emas balki Alloh tomonidan e'tirof etilgan zotdir.

Qur'onning keying qismlarida Odam atoning bir tomonda loydan ikkinchi tomondan esa Alloh unga singdirgan ruhdan iboratdir. Bu fikirlar ta'kidlashicha ushbu joyda avvalo insonning boshqa jonzotlardan farqli ravshda ikki asosliligidadir. Loy insondagi barcha eng qabih, pastkash va yomon tushunchalarni va ularning rivojlanishdan orqaga qolganini ifodalaydi. Alloh tomonidan singdirilgan ruh esa

insondagi barcha faol va yaratuvchanlik hislatlarini, shu jumladan doimo komilikka intilishini ifodalaydi. Shariatiy konsepsiyasiga binoan tabiat yagona va u faqatgina Allohaga bo'ysunadi. Tabiatda yomonlik yo'q. Inson ichki dunyosida esa doim yaxshilik va yomonlik o'rtasida jang bo'ladi. Bu ikki kuchlar ramziy ma'noda insonni tashkil qilgan loy va ruhni anglatadi. Aynan shunga o'xshash holat jamiyatda kuzatiladi. Islomda boshqa o'zga dinlardan farqli o'laroq iblis insonning buyukligini tan olmaslik, Allohga qarshi chiqish pozitsiyasida emas balki, inson ichki mohiyatidagi ilohiylikka qarshi turishi bilan ifodalanadi.

Aynan shuning uchun ijtimoiy sohaga Shariatiy dialektik metodni qo'llashga harakat qiladi. Ammo bu metod Touhid prinsipiga qarshi emas. Barcha o'zga jonzotlardan inson birinchidan, yuqorida ta'kidlangan uning ikki asosliligi, ikkinchidan esa unda iroda va tanlash imkoniyati borligi bilan ajralib turadi. Sunga binoan har bir inson yaxshilik yoki yomonlik tarafini tanlashni o'zi hal qiladi va Allohga yoki loyga o'xshashini belgilaydi. Tanlash imkoniyatining borligi insonda o'z tanlovi uchun javobgarliknigina emas, balki uning zimmasiga yuklangan hayotiy missiya (vazifa) -ilohiy burchni bajarishni talab etadi. Aynan inson tanlovi uning asl mohiyatini tushunishga, uni muayyan tarzda harakterlashga imkon yaratadi. Tabiat va insonning ro'li haqidagi masala Shariatiy ta'limotiga so'zsiz ekzistensialistlar qarashi bilan yaqin. Ularning qarashlariga binoan insonning ilk mohiyatida uning ozodligi haqida hech qanday asos yo'q. Shariatiy shuni ta'kidlaydiki, inson erkinligi faqat iloh irodasi bilan cheklanadi. Iloh irodasi o'z navbatida cheklangan inson irodasidan obsolyutligi bilan farq qiladi.

NATIJALAR

Ali Shariatiy XX-asr musulmon falsafasi va madaniyatining yirik namayondalaridan biridir. Uning ta'limoti Eron va boshqa ko'plab musulmon davlatlariga mashhur bo'ldi. Buning sababi Shariatiy ta'limotining 60-20 yillarida sodir bo'lgan Eron yoshlari revolyutsiyaga ta'siri bo'libgina qolmay balki yaratgan konsepsiya (ta'limot) zamirida "Islom gumanizmi" (Islom insonparvarligi) yotganida hamdir desalar mubolag'a bo'lmaydi.Bundan tashqari faylasuf islomning "qayta tug'ulishi" tarafdori edi.Bunga "Quroni karim" "hadisi sharafiga" o'zgartirishi orqali erishish bilan emas, balki islom dini aqidalarini yangi talqin qilish orqali erishilardi. Shariatiy musulmon jamiyati orasida, yuzaga kelgan va o'z yechimini kutayotgan ko'plab savollarga javob topishni, ularni izohlashni va aholiga ularga tushuntirishni istardi. Bu kabi savollarning vujudga kelishi esa o'z navbatida G'arb sivilizatsiya va an'anaviy islomning to'qnashuvi holatida yuzaga kelgan edi.

Shariatiy o'zining avtobiografik kitob "Sahro"da shunday yozadi:

"Inson o'zining ruhiy farovonligiga yetadi, qachonki u o'zini zamonaviy hayotning salbiy jihatlari, hamda G'arb madaniyatining akstasiridan saqlansagina.Hattoki u bunday holatga noxaq sivilizatsiya" maqomi berilganini ham ta'kidlaydi.

Inson o'z hayoti yo'lini boshlar ekan u hali haqiqat nurlaridan uzoqda. Ammo haqiqatning borligini va unga yetishish yolida ko'plab to'siqlar bor ekanligini ta'kidlaydi. Anashunday to'siqlarga misol keltirar ekan, Shariatiy haqiqatga erishish har doim oson kechmaganini aytaydi. Masalan, oddiy jihatdan ta'minlangan inson bo'lishi yoki o'z ruhuyatiga katta e'tibor qaratib umri davomida uni takomillashtirishga harakat qilish kabilar orasidan to'g'ri tanlovni amalga oshirish bu kabi tanlovlar inson hayotida abadiy uchraydi deydi. Shariatiy ushbu tanlovda adashmaslik, yanglishmaslik undan esa insonlarga ruhiy madat kuchlari, ularni o'z namunalari orqali ruhlantirib, yaxshi yo'l tomon boshlovchi, avtoritetga aylangan va albatta o'zining diniy bilimlari orqali inson qanday bo'lishi lozimligini tushuntiruvchi rahnamolar zarurligini aytadi.

Faylasuf o'zining anashu kabi rahnamolarining borligini aytadi. Ular: Eron tarixshunos g'oyashunosi va siyosatshunosi M Vazirg'oniy, J.P.Sartir, J. Kokta, F. Fanon, G.Gurvich, A. Lefer kabi qator Yevropalik faylasuf va satsiologlardir. O'tgan asrning 70-80 yillarida Afg'osniston va Erondagi voqealar, Yaqin Sharq mojarosining keskinlashuvi natijasida xalqaro munosabatlarda islom omili katta ro'l o'ynay boshladi. Shunisi qizikki, siyosiy mustaqillikka erishgan yosh davlatlar, jumladan, O'zbekistonda ma'naviyat va madaniyat, til va ta'lim tizimida o'tkazilgan islohotlar va umuman milliy uyg'onish jarayonlari ham obyektiv ravishda islom omilining yuksalishiga olib keldi.

Demak, XIX - XX asr Erondagi Islomiy harakatlar va Eron revolyutsiyasi qaysidir ma'noda Ali Shariatiy ta'limoti tasirida vujudga keldi.

Ali Shariatiy Islom dinidagi buyuk namayondalaridan biri ekanligini, XX-asr Eron ulamolari ichida eng qobiliyatli va orginal mushohadaga ega bo'lgan buyuk Ideolog sifatida ko'z oldimizda gavdalanadi. Yuqorida ta'kidlaganimizdek Shariatiy jasur va arginal shaxs edi. U Shia mashabi doktrinasini, umuman Islom didnini qayta tahlil qilishga urindi va o'zining o'sha davrga mos falsafiy ta'limotini yaratdi. "Islom faqatgina masjid va madrasalar ichidagi din bo'lib qolmay, balki jamiyatning barcha sohalarida harakatlantiruvchi g'oyaviy ta'limot sifatida qabul qilinishi lozim" deb hisoblaydi Shariatiy.

Umuman olganda Shariatiy bizga modernizatsiyalangan din sohasini, hech qanday "G'arbiy qarashlar" ta'sirisiz unversal revolyutsion loyihasini yaratdi.

Shariatiyning ko'p qarashlarini Oyatulloh Humayniy, Eron Islom respublikasining asoschisi, o'rgandi va o'z siyosiy pozitsiyasini aynan uning ta'limotiga asoslangan holda olib bordi.

Bundan tashqari faylasuf Eron revolyutsion ommasiga ham juda katta o'zining g'oyaviy hissasini qo'shdi.

XULOSA

Biz Shariatiyning ilmiy hamda falsafiy merosi asosida quyidagicha xulosalarga kelishimiz mumkin, U Eron revolyutsiyasi g'oyachisi sifatida namoyon bo'ladi; Hech qanday vesternizatsya (g'arbiylashuv)siz Islom modernizatsiyasini dasturini Musulmon mamlakatlariga taklif qildi. U Sunniylar va Shiyalar o'rtasidagi ko'p asrlik urush muammosini barcha Musulmonlarning taqdirga ma'sul ekanligi g'oyasi bilan yechishga urindi; Islomga o'zgacha yondashish lozim ekanligin, uni zamonga moslashtirilish lozimligi g'oyasini beradi; U "Inson" muammosiga o'z ta'limotining asosiy kategoriyasi sifatida qarab, uni ulug'lagan; Din falsafasi mohiyatini tushuntirib berdi; U ijtimoiy va g'oyaviy jarayonlar tahlilini dialektik metod yordamida amalga oshiradi va unda marksizm g'oyasini tan olmaydi (garchi faylasufning ba'zi mulohazalarida marksizm ta'siri sezilsada); Siyosiy doktrina ishlab chiqdi; Islomda ayyollar ro'li va mavqeyini oshirish va ularni teng huquqli jamiyat va siyosiy hayot a'zosi ekanligini tan olishga barchani chaqiradi va o'zining qator asarlarini aynan shu masalaga qaratadi; Tarixda shaxsning roli haqida qator ma'ruzalar o'qidi va bu bilan o'z gumanistik (insonparvarlik) pozitsiyasini bildiradi. Shariatiy nafaqat Eron islom ma'naviy va ijtimoiy hayotida, balki butunjahon musulmon ahliga tegishli bo'lgan o'z falsafiy ta'limotini ishlab chiqdi. Qolaversa faylasuf boy ijodiy merosini bizga qoldirgan. Bu me'ros nafaqat faylasufning turli chiqishlardagi nutq va ma'ruzalari, siyosiy qarashlari bayon qilingan asarlari, falsafiy va diniy fikrlaridan balki, uning she'riy to'plamlaridan ham iboratdir. Yuqorida ta'kidlangan misollardan ham ko'rinib turibdiki, Shariatiy ko'p qirrali ijodkordir. U faqat din doirasidagina fikrlamay balki zamonaviy fikrlash qobiliyatiga ega inson ekanligin ko'ramiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. Sh.M.Mirziyoyev. "Niyati ulug' xalqning- ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi faropvon bo'ladi". Toshkent. "O'zbekiston" - 2019.

2. Shariati A. Desert - Tehran: Attila, 1970 -135 r.

3. Malushkov V. G. Khoromova K. A. The quest of the Reformation in Islam: the experience of Iran - Moscow: Nauka, 1991 - 207 r.

4. Gordon A. V. The problems of the national liberation struggle in the work of F. Fanon. - Moskow: Nauka, 1977 - 208 c.

5. Shariati A. Marxism and Other Western Fallacies: an Islamic Ciritique Translator: R. Campbell. - Berkeley: Miran Press, 1980 - 122 r.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev. "Niyati ulug' xalqning- ishi ham ulug', hayoti yorug' va kelajagi faropvon bo'ladi" Toshkent. "O'zbekiston" - 2019.

2. Shariati A. Desert - Tehran: Attila, 1970 -135 r.

3. Malushkov V. G. Khoromova K. A. The quest of the Reformation in Islam: the experience of Iran - Moscow: Nauka, 1991 - 207 r.

4. Gordon A. V. The problems of the national liberation struggle in the work of F. Fanon. - Moskow: Nauka, 1977 - 208 c.

5. Shariati A. Marxism and Other Western Fallacies: an Islamic Ciritique Translator: R. Campbell. - Berkeley: Miran Press, 1980 - 122 r.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.