Научная статья на тему 'TARJIMANING 3 XIL TILDA: O’ZBEK, RUS, INGLIZ TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK MUAMMOLARI'

TARJIMANING 3 XIL TILDA: O’ZBEK, RUS, INGLIZ TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
572
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turg‘un birikmalar / semantik moslashish / kalkalash / dialektik birlik / leksem

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shoxsanam Doniyorovna Asiljonova, Shahrizoda Olim Qizi Qodirqulova, Muborak Dilshod Qizi Bobojonova, Shohista Alisher Qizi Sa’dullayeva

Ushbu maqola frazeologik birikmalarning tarjima qilishda qiyinchiliklar, erkin birikmalarni tarjima qilishdagi farqalari va o‘ziga xos xususiyatlari haqida.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TARJIMANING 3 XIL TILDA: O’ZBEK, RUS, INGLIZ TILLARIDAGI FRAZEOLOGIK MUAMMOLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-292-295

TARJIMANING 3 XIL TILDA: O'ZBEK, RUS, INGLIZ TILLARIDAGI

FRAZEOLOGIK MUAMMOLARI

Shoxsanam Doniyoroyna Asiljonoya

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o'qituvchisi

Shahrizoda Olim qizi Qodirqulova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Muborak Dilshod qizi Bobojonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

Shohista Alisher qizi Sa'dullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola frazeologik birikmalarning tarjima qilishda qiyinchiliklar, erkin birikmalarni tarjima qilishdagi farqalari va o'ziga xos xususiyatlari haqida.

Kalit so'zlar: Turg'un birikmalar, semantik moslashish, kalkalash, dialektik birlik, leksema.

KIRISH

Turg'un birikmalarni tarjima qilish erkin birikmalarni tarjima qilishdan farq qiladi. Turg'un birikmalar tarjimasi haqida gapirishdan avval ularning o'z va ko'chma yoki obrazli turlarini farqlab olish lozim. O'z ma'nosida qo'llangan turg'un birikmalarni tarjima qilish yuqorida fikir yuritilgan prinsiplarga asoslanadi. Eng muhim prinsiplardan biri - tarjima tili normalarini unutmaslik hisoblanadi.[1]

METODOLOGIYA

Frazeologik birliklar bir tilidan boshqa tilga to'rt yo'l orqali tarjima qilinadi:

1. Grammatik, semantik va uslubiy moslashish orqali.

2. Semantik ekvivalenlar orqali.

3. Kalka orqali.

4. Tasviriy (bayon) tarjima orqali.

To'liq frazeologik birliklarning moslashishi 2 ta tilda bir xil bo'lishi mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-292-295

"Black frost - qora sovuq (суровый мороз); to lose one's head - kallasini yo'qotmoq (потерять голову)".

Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida ularning tuzilishi va mazmunini solishtirish orqali funksional va semantik mustaqil birliklar tanlab olinadi. Bu prinsiplar til elementlarini o'xshashlik va mos kelish orqali ifoda qilinadi. Ushbu birliklarning tuzilishi va ma'nosi mos kelishi mumkin yoki moslashishda ayrim kamchiliklar orqali taqdim etiladi. Frazeologik birliklarning tuzilishi va mazmuni jihatidan to'liq mos bo'lishi kam kuzatiladi. [1]

Frazeologik birliklarni tarjima qilish, o'ta murakkab amaliy jarayon ekanligi asosan mazkur birliklar tabiatiga, ularning leksik, semantik va qurilish jihatlaridan murakkabligidadir. Boz ustiga, talay frazeologizmlar milliy xususiyatga egadirlarki, bu xol ham tarjimonlar oldiga qator amaliy qiyinchiliklarni ko'ndalang qilib qo'yadi. Tarjima tilida tanlangan muayyan frazeologik birlikning asl nusxa tarkibida uchragan frazeologizmga ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos kelishi yoki kelmasligini ilmiy-matniy tahlil asosidagina muayyan qilish mumkin.[2]

MUHOKAMA

Tarjima nazariyasi bo'yicha nashir etilgan adabiyotlarda turg'un birikmalarni tarjima qilishning quydagi usullari borligi haqida ma'lumot beriladi.

Ular quydagilardan iborat:

1) Obrazni qanday bo'lsa shundayligicha saqlash;

2) Obrazni qisman o'zgartirish;

3) Obrazni butunlay boshqa obraz bilan almashtirish va tarjimada obrazni butunlay saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish.

Endi yuqoridagi usullar bo'yicha alohida to'xtalib o'tamiz:

Odatda umumiy obrazlar tarjimada to'liq saqlanadi. Bunday frazeologik birliklar tarixiy, afsonaviy, diniy, mistik, mifologik va shu kabilarga asoslangan bo'ladi. Masalan, "In the seventh heaven" "yettinchi osmonda".Bunday frazeologik birliklar asliyatning tarjima tilidagi ekvivalentlari deb ataladi. Masalan: "chumchiqdan qo'rqqan tariq ekmas"o'zbek maqolini olsak, rus tili va inliz tiliga tarjima qilinayotganida avvalo ushbu tillarda ekvivalenti topiladi yoki tarjima usullaridan foydalanib ma'nosidan uzoqlashmagan holda, maqol, frazeologik birikmalardagi obrazlarni o'rniga-o'rin tushadigan sinonamik, birliklar tanlanadi. "Вольков бояться - в лес не зодеет" rus xalq maqoli yuqorida misol sifatida keltirilgan o'zbek maqoliga ekvivalent sifatida mos bo'ladi. Bu o'rinda

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-292-295

ma'no bir, lekin obrazlar o'zgargan. Aksaryat hollarda asliyat va tarjima tillarida bir xil fikir ifodalanadi, biroq ular obrazlari bilan farq qiladi. Ularning har ikkisi ham bir xil ko'chma ma'noga ega bo'ladi. "good things come to those who wait" - "Sabrning tagi sariq oltin" ingliz va o'zbek frazeologik birliklari o'rtasida muqobillik yo'qdek ko'rinadi. Chunki, birlikning birorta so'zi bir-biriga to'g'ri kelmaydi, biroq frazeologik birlikda ifodalangan obraz bir-biriga qiyosiy jihatdan yaqinroq "wait" so'zi "sabr" so'zining o'rninga qo'yilishi, uning natijasida "good things", "sariq oltin" misolida yaqqol tasvirlanyapti.Shunday hollar bo'ladiki, tarjima tilida asliyat tiliga na ekvivalen na o'xshash frazeologik birikma topiladi. Tasviriy usul erkin ko'chma ma'noga asoslanmagan frazeologik birliklarni qo'llash talab etiladi:"skeleton in the cup"—"oila siri", "in a whole skin"—"bekamu-ko'st, soppa-sog', sog'-salomat, beziyon".[1]

TAHLIL NATIJALARI

Frazeologik birliklarni tarjima qilish jarayonida so'zlarning milliy xususiyatlarini hisobga olish lozim bo'ladi. Milliy xususiyatlarga ega bo'lgan so'zlar, ya'ni realiy (xos so'zlar) tarjimasi, frazeologik birliklar tarjimasi juda murakkab hisoblanadi, tarjimondan katta kuch va ko'p vaqt talab qiladi. Ma'no jihatdan "to carry coals to Newcastle" iborasi "Surxandaryoga xurmo olib bormoq, Marg'ilonga atlas tashimoq", "Chinozga baliq tashimoq" deb emas balki neytral ma'noga ega "daryoga suv tashimoq" "o'rmonga o'tin olib bormoq" kabi neytral birikmalar topish, zarur bo'lsa, yangi erkin frazeologik birliklar yaratish tavsiya etiladi. Ingliz tilidan o'zbek tiliga tarjima qilingan frazeologik birliklar o'zbekchalashtirilishi lozim, lekin bu tarjimaning o'zini oqlamangan usullardan foydalanish, uni suiiste'mol qilish nafaqat tarjima usuliga, balki mazmuniga ham putur yetkazadi, tarjima sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. [1]

Ayniqsa, ingliz va o'zbek maqollarini qiyosiy o'rganish asnosida har ikkala xalqning madaniy va milliy odatlarini tilda qay darajada aks etganini ifodalab, xalqning mentalitetidagi o'zaro o'xshash va farqli tomonlarini isbotlab beradi. Mazkur masalani o'rganish uchun ingliz va o'zbek xalqining milliy madaniyatini ifodalovchi maqollarni qiyoslash, milliy mentalitet va uni ifodalalovchi xususiyatlarini tahlil etish lozim.[3]

Frazeologik birliklar har bir tilda tashkil topishi jihatidan ijtimoiy-tarixiy hodisalar, aqliy va ruhiy holatlar, din, milliy an'ana va urf-odatlarni o'z ichiga oladi. Frazeologik milliy xususiyatga ega bo'lganda boshqa tilga kalka orqali tarjima

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-292-295

qilinadi. Masalan: "Golden wedding—oltin to'y". Asliyat tilida ibora hisoblanmagan, lekin iboralar bilan yaxshi tarjima qilinadigan so'zlar bo'lishi mumkin. Masalan: "Dutch courage" iborasi o'zbek tiliga "kayf, mastlik" so'zlari bilan tarjima qilinadi.[1] Tarjimon nafaqat frazeologik birliklarni mahorat bilan tarjima qilishi, balki asardagi qo'pol so'zlarni ham milliylikka moslagan holda tarjima qilishi zarur bo'ladi. Masalan: "Чёрт возьми!", "Чёрт побери!" kabi birliklarning asl kelib chiqish ma'nosi "Yovuz jinsifat maxluq biror kishini o'zi bilan olib ketishini tilashdir". Bu iboraning ma'nosi "o'lib jahannamga ketishini tilash"ni anglatadi. [4]

Frazeologizmlarning shakily tomonini so'zlar tashkil qiladi.Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma'nodir. Masalan, mustaqil so'z turkumlariga kiruvchi frazeologizmlar:(burgaga achchiq qilib, ko'rpaga o't qo'ymoq, tarvuzi qo'ltig'idan tushmoq, ko'ngli bo'sh, hash-pash deguncha) denotativ ma'noga ega bo'lsa, turgan agp, shunga qaramay kabi nomustaqil frazeologizmlar faqat grammatik vazifa bajaradi.[5]

XULOSA

Frazeologizmlar birdan ortiq so'zdan tashkil topadi. Biroq, ularning ma'nosi tashkil etuvchi ma'nolarining oddiy yig'indisi emas. Masalan, "qo'yniga qo'l solmoq "frazeologizimning ma'nosi "qo'yin", "qo'l", "solmoq" leksemalari ma'nolari s intezi yoki qo'shiliuvchi emas. Frazeologizmlar ma'nosi tashkil etuvchi so'zlar to'la yoki qisman ko'chma ma'noda ishlatilishi natijasida hosil bo'ladi. Masalan, birovning fikrini bilishga urinishga harakati uning qo'ynini titkilab, nimasi borligini bilishga intilish harakatiga o'xshaydi. Natijada, qo'yniga qo'l solmoq erkin birikmasi o'zidan anglashilgan mazmunga o'xshash bo'lgan boshqa bir mazmunni ifodalashga ixtisoslashadi va qurilma frazeologizmga aylanadi. Biror narsadan ruhiy tushkunlikka tushgan odamning holati shunga monanddir va natijada erkin birikma frazeologizm mohiyatiga ega bo'ladi.[5]

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. I.G'afurov, O.Mo'minov, N.Qambarov "Tarjima nazariyasi"

2. Qudrat Musayev "Tarjima nazariyasi asoslari"

3. Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., Safarov O. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. Toshkent, 2002,b

4. Жамшид Муслимов, yaxshilar_uzb

5. arxiv.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.