Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR VA TARJIMA
Anjela Alimardon qizi Kuganova
Chirchiq davlat pedagokika instituti Turizm fakulteti Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili yo'nalishi 1-bosqich talabasi
anj elakuganova325@gmail .com
Shohsanam Doniyorovna Asiljonova
Chirchiq davlat pedagokika instituti Turizm fakulteti Xorijiy til kafedrasi o'qituvchisi
shohsanamasilionova7@gmail.com
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada ingliz tilidagi frazeologik iboralarni ularning o'zbek tilidagi muqobillari bilan berish kerakmi yoki ularni so'zma-so'z tarjima qilsak foydaliroq bo'ladimi? degan savolga yechim topishga harakat qilamiz.
Kalit so'zlar: leksik va frazeologik birliklar, uslubiy vazifa, badiiy obraz, tarjima funksiyalari.
PHRASEOLOGICAL UNITS AND TRANSLATION
ABSTRACT
It is necessary to use English phraseological expressions in this article and their Uzbek alternatives, or is it more useful to translate them literally? We will try to find an answer to the question.
Keywords: Lexical and phraseological units, methodological task, artistic image, translation functions.
KIRISH
Til birliklari asosan leksik va frazeologik vositalardan iborat bo'lib, ularni bir tildan ikkinchi tilga o'girish tarjimon oldiga ma'lum qiyinchiliklarni ko'ndalang qilib qo'yadi.
Ma'lumki, frazeologik birliklar tilning leksik birliklarga nisbatan birmuncha murakkab tarkibiy vositalari hisolanadi. Chunki frazeologik birliklar nutqning badiiy - tasviriy vositalari sifatida fikrning oddiy bayonidan ko'ra ko'proq turli - tuman uslubiy maqsadlarning ifoda etishida ishtirok etadi. Ularning ushbu vazifalarini
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
tarjimada bejirim talqin etishi badiiy asarning obrazli hamda hissiy - tasviriy qiymatini qayta yaratish bilan chambarchas bog'liqdir.
Tarjimadagi u yoki bu frazeologik birliklarning asl nusxa tarkibidagi frazeologizm ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos kelishi yoki kelmasligini ilmiy- matniy tahlil asosidagina aniqlash mumkin. Leksik birliklar singari frazeologizmlar ham ko'p ma'noli va ko'p vazifali bo'lganligi tufayli mazmun jihatdan mos ikki til birliklari tarjimada har doim ham bir - birlarini almashti-ravermaydi. Muayyan matniy holatda bir birlarini bemalol almashtira oladigan fraziologik ekvivalentlar yoki muqobil variantlar boshqa bir holatda ma'no berishlari yoki uslubiy vazifalari jihatidan farq qilib qolishlari mumkin.
Bunday vazifalarda san'atkorning o'z ma'suliyatiga ijodiy munosabatda bo'lishi asl nusxaning tarimada noto'g'ri talqin etilib qo'yishi havfini bartaraf etadi.
"Frazeologiya masalalari va turli tillarda so'zlarning har xil birikishiga oid umumiy muammo , tarjima amaliyoti bilan birga , tarjima nazariyasi uchun ham g'oyat muhimdir. Chunki turli tillarda moddiy ma'nosi bir xil bo'lgan birikmalarning funksiyalari bir - biridan tafovut qilishi , turli tillarda bunday so'z birikmalarining farq qilinganligi uchun , tarjima amaliyotida katta mushkullik tug'dirib, nazariy jihatdan ham juda katta qiziqish uyg'otadi".
ADABIYOTLAR TAHLILI
Frazeologik iboralar badiiy asarda muallif tilida hamda unda tasvirlangan personajlar nutqida ko'p uchrashi sababli, ular badiiy adabiyot uchun juda xarakterlidir. Biroq , A.V. Fedorovning fikricha, nutq vositalarining bu kartegoriyasi faqatgina badiiy adabiyotning xususiy mulki bo'lolmaydi. Chunki frazeologik iboralar publitsistikada va qisman, ilmiy adabiyotlarda ham ishlatikadi. Shuning uchun ularga faqat badiiy adabiyotga taalluqli masala deb emas, balki juda muhim umumiy til masalasi sifatida qaramoq kerak.
Ingliz tilidagi frazeologik iboralarni ularning o'zbek tilidagi muqobillari bilan berish kerakmi yoki ularni so'zma-so'z tarjima qilgan ma'qulmi? Avvalo, agar hamma frazeologik birliklarni so'zma-so'z tarjima qilib bo'lganda edi, frazeologiya muammosi ham bo'lmasdi. Badiiy tarjimada frazeologiyani aks ettirishni quyidagicha talqin qilish mumkin:
1. Asliyat frazeologiyasini tarjima tilidagi ekvivalentlari bilan almashtirish.
2. Asliyat tili frazeologiyasini tarjima tilidagi muqobil variantlar bilan o'girish
3. Asliyat tilining frazeologiyasini aynan tarjima qilish (bular frazeologik iboralarni tarjima qilishning umumiy yo'lidir).
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
Ma'lumki, tarjimon muallifning nomidan qalam tebratar ekan, demak u muallifning uslubini aks ettiradi. Agar bir asarni badiiy quvvati bir xil bo'lgan o'n kishi tarjima qilsa ham, bir-biridan tamomila farq qiluvchi o'nta tarjima hosil bo'ladi. Buning sababi shuki , avvalo, muallifning uslubini aks ettirishni har kim o'zicha tushunadi , bunadan tashqari , har qanday tarjimada ham tarjimon uslubining ta'siri bilinib turadi, chunonchi, N.V.Gogolning, A.Qahhor tarjimasidagi asarlarida anchayin Qahhorning uslubi seziladi, L.N.Tolstoyning o'zbekchaga o'girilgan romanlarida Mirzakalon Ismoiliy qalamining izi bilinadi, N.A.Nekrasovning bir o'zbek tilida o'qib turgan she'r va poemalaridan Mirtemir ijodining "isi" kelib turadi. Ammo bu narsa tarjimon, muallifning uslubini aks ettirish o'rniga, o'z uslubini taqdim etganligini bildirmaydi.
MUHOKAMA
Tarjimada asliyatning milliy xususiyati va muallifning uslubini aks ettirishida frazeologiyani aks ettirishning ahamiyati katta. Shunga asoslanib, ba'zi olimlar asardagi frazeologik birliklarni xuddi o'ziday tarjima qilishni tavsiya etadilar. Frazeologik birliklarni tarjima qilishda har xillik juda ko'p uchraydi. Tarjima nazariyasida bunga salbiy hodisa sifatida qaraladi. Daraqiqat, agar bir matal yoki idiomani bir nechta tarjimon o'sha birikmaning uzoq o'xshash variantlari bilan yoki quruq tarjima qilsalar (bunday xollar tez-tez uchrab turadi), buni chinakam tarjima deb bo'lmaydi.
Biroq bu o'rinda tamomila boshqa narsani ta'kidlash joizdir. Chunonchi, tillarda o'zaro ekvivalent frazeologik iboralar borki, ular deyarli har qanday kontekst ichida ham bir xilda tarjima qilinishi mumkin. Ammo ko'pchilik frazeologizmlar hamma vaqt, hamma tarjimonlar, har qanday kontekst ichida ham muayyan bir xil ekvivalent yoki muqobil birikma bilan bera olmaydilar va tarjimon oldiga bunday talabni qo'yib ham bo'lmaydi. Zotan, har bir tarjimon muallif uslubini aks ettirar ekan , bunda uning o'z individual uslubining ham izi bo'ladi. Frazeologik birliklarni tarjima qilganda bu narsa yaqqol ko'zga tashlanadi. Butun bir asarni , undagi barcha frazeologizmlarni ikki tarjimon bir-biriga mutloq o'xshaydigan qilib tarjima etishi mumkin emas. Shuning uchun frazeologik birliklarni ayni kontekstga mos holda , ikki tarjimon ikki xil tarjima qilar ekan , buning uchun tarjimonlarni ayblash badiiy tarjimaning spetsifikasiga tushunmaslik demakdir.
Frazeologik iboralar maqol va matallar singari, oddiygina so'zlar yig'indisi bo'lib qolmay, xalq donishmandligining, uning tasavvuri va badiiy fantaziyasi mahsulidir.Alohida xalqchil harakterga ega bo'lgan bu iboralar o'zida yaratuvchi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
xalq, yurt xususiyatlarini aks ettiribgina qolmay jahondagi ko'pgina tillar frazeologiyasini shakllantirishga kuchli ta'sirini ham o'tkazadi. Shunday ekan , ularni o'rgiruvchi kishi har ikki xalq madaniyatiga mansub va ularning til boyligidan xabardor bo'lishi kerak. Tarjima shunday san'atki, unda biror so'z yoki iboraning tarjimasi shundaygina lug'atdan olib , ikkinchi tekstga ko'chirib qo'yilmaydi. Lug'at ko'p hollarda tekstda tasvirlanayotgan voqeani, vaziyatni ifodalash uchun ojizlik qilib qoladi.
METODOLOGIYA
Frazeologik birliklarning tasnifi frazeologik birliklarning oz yoki ko'proq motivatsion ma'nolariga , tarkibiy qismlarning semantic birlashuviga asoslangan . Akademik V.V.Vinogradovdan so'ng uchta asosiy turini ajratish odatiy holdir.
Frazeologik bitimlar- bular ma'nosi jihatidan bir-biriga mos kelmaydigan frazeologik birliklar , ularning butun ma'nosi tarkibiy so'zlarning ma'nolari bilan mutlaqo asoslanmagan bo'ladi.
Frazeologik birlashish- bu frazeologik birliklar , ularning yaxlit ma'nosi tarkibiy qismlarning ma'nosidan iborat va shu bilan birga tarkibiy qismlardan biri birlashma deb ataladi.
Frazeologik birlashma- tuzilishining bo'linishiga qaramay , ular umumlashtirilgan yaxlit ma'noga ega bo'ladi.
Yuqorida sanab o'tilgan frazeologik birliklarni qo'llar ekanmiz. Ular tarjimada juda qo'l keladi. Chunki badiiy adabiyotda bu birliklar so'zlarni jozibali tarjima
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
qilinishga yordam beradi.
Frazeologik birliklarnng shakl va ma'no turlariga ko'ra tasnifi:
• Omonimlik- shakli bir xil ma'nosi har xil iboralar . Masalan: boshga ko'tarnoq - e'zozlamoq ; boshga ko'taTmoq - shovqin solmoq.
• Sinonimlik- bir -biriga ma'nosi yaqin ma'nodosh iboralar. Masalan: dunyoga kelmoq- tavallud topmoq.
• Antonimlik- qarama-qarshi ma'noli iboralar zid ma'noli iboralar. Masalan: dunyoga kelmoq - dunyodan ketmoq.
• Paronimlik- bitta so'z bilan farqlanadigan iboralar. Masalan: yetti uxlab tush(i)ga kirmaslik va yetti uxlab tush(i)da ko'imaslik.
Frazeologik birliklarning variantliligiga ko'ra tasnifi:
• Leksik variant- deganda ibora tarkibidagi mustaqil so'z turkumiga oid so'zi o'zgarishi nazarda tutiladi.
• Grammatik variant- deganda ibora tarkibidagi biror Grammatik qismning almashtirilishi nazarda tutiladi.
Bunday frazeologizmlar og'zaki tilda ham , badiiy adabiyotda ham keng tarqalgan. Tarjima jarayonida biz bunday matnlarni tez-tez uchratamiz. Frazeologik birlik- tarkibi va tuzilishida barqaror , alohida leksik birlik vazifasini bajaradigan leksik jihatdan bo'linib tarjima qilinmaydigan va qiymatli so'z birikmasidir. Frazeologik birliklarning tildan tilga tarjima qilinishi frazeologiyaning juda qiyin sohasi bo'lib , bu fanni o^ganishda katta tajriba talab etiladi.Frazeologik birliklarning yana bir muhim xususiyati shundaki , har birining ma'nosi unga kiritilgan so'zlaming ma'nolariga qo'shilmaydi. Shuning uchun frazeologik birliklar yunoncha "o'ziga xos"degan ma'noni anglatuvchi "idioma" atamasi bilan belgilanadi. Ingliz tilida ularni "idioma" deb ham atashadi.Ba'zi tilshunoslar dastlab frazeologik birliklarni boshqa tillarga tarjima qilib bo'lmasligini ta'kidlashdi. Hoziïgi kunda tarjima san'atining yanada jozibador bo'lishi uchun tilshunos olimlar nafaqat hozirgi va o'tmishdagi tillarning dalillarini , balki xalq hayotining o'ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi tarixiy ma'lumotlaráan, etnografiyadan ham foydalanmoqdalar. Tadqiqotchi olimlar odamlarning axloqi va urf-odatlarini, ularning e'tiqodlari va xurofotlarini bilishi kerak, chunki bu frazeologiyaning kelib chiqishini aniqlashga yordam beradi. Ularning mazmuniy tomoni frazeologik ma'nodir
XULOSA
Ma'lumki, frazeologik birliklar har bir tilning lug'at boyligini tashkil etuvchi til birligi sanaladi. Ular til birligi sifatida nutqqacha tayyor holatda bo'ladi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-72-77
Shuningdek , har bir tilda frazeologik birliklar o'ziga xos lingvistik xususiyatga ega. Ammo barcha tillarda frazeologik birliklar til boyligi bo'lib xizmat qiladi. Polisemantik fraeologik birliklar tilning lug'aviy tarkibini va nutqni boyitishga xizmat qiladi va hissiy bo'yoqdorlik ma'nolarini mujassamlashtiradi. Shuning uchun biz tarjima qilayotgan vaqtimizda frazeologik birliklarini omonimlarini to'g'ri qo'llay bilishimiz kerak. Ana shundagina, tarjimonlik sohasida katta yutuqlarga erishsak bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Abdulaziz.A, Sodiqov.N, Bashakov.N, Umumiy tilshunoslik T., 1979
2. Rahmatullayev.Sh . Hozirgi o'zbek adabiy tili. 1978
3. Musayev. Q. Tarjima nazariyasi asoslari . T . 2005
4. Salomov.G'. Tarjima tashvishlari- Toshkent . Fan.1983
5. www.ziyonet.uz