Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
NEMIS TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING
O'RGANILISHI
Zarifjon Kuvonov
ChDPI, Turizm fakulteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada nemis tili tilshunosligida frazeologizmlarning o'rni va ahamiyati haqida so'z boradi. Maqolada frazeologizmlarni tadqiq qilgan olimlar va ularning fikrlari jumladan frazeologiya va frazeologizm terminlarining muqobil variantlari xususida so'z boradi. Kirish qismida frazeologizmlarning bugungi kundagi ahamiyati va roli, uning lingvistik mohiyati to'g'risida so'z boradi.
Adabiyotlar tahlili qismida qaysi o'zbek va nemis tilshunos olimlari ushbu sohada tadqiqotlar olib borganligi, ilmiy ishning bazasini yaratilishida asos bo'lib xizmat qilgan manba adabiyotlar to'g'risida fikr yuriladi. Metodlar va nazariy asoslar qismida nemis tili frazeologiyasi va frazeologizmlari haqida haqida fikr yuritiladi.
Kalit so'zlar: Tilshunoslik, frzazeologiya, frazeologizm, erkin birikma, barqaror birikma, frazeologik birlik, leksik birlik.
ABSTRACT
This article discusses the role and importance of phraseology in German linguistics. The article discusses scholars who have studied phraseology and their opinions, including alternatives to the terms phraseology and phraseology. The introductory part deals with the significance and role of phraseology today, its linguistic significance.
In the analysis of the literature, it is considered which Uzbek and German linguists have conducted research in this field, the source literature, which served as the basis for the creation of the basis of scientific work. The Methods and Theoretical Foundations section discusses German phraseology and idioms.
Keywords: Linguistics, phraseology, phraseology, free compound, stable compound, phraseological unit, lexical unit.
KIRISH
Frazeologizmlar - bu hozirgi zamon frazeologik sistemasining asosiy birligi bo'lib, tildagi mavjud so'z birikmalarining umumiy hisobidan juda qiyinchilik bilan farqlanadigan ko'p aspektli til hodisasi xisoblanadi. Shuning uchun ham
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
tilshunoslikka oid adabiyotlarda frazeologizmlarning lingvistik mohiyati masalasi hanuzgacha munozaraligicha qolmoqda. Sh. Balli frazeologiyaning asosiy belgisi uning o'rnini o'sha iboraning ma'nosiga to'g'ri keladigan so'z bilan almashtirish mumkin yoki mumkin emasligi, deb hisoblasa, B. A. Larin esa uning asosiy belgisi frazeologik birliklarni tashkil qiluvchi alohida so'zlarning ma'nosidan o'sha birliklar umumiy ma'nosining kelib chiqmasligidadir, deb hisoblaydi. Frazeologizmlarning paydo bo'lishi inson tafakkuri bilan tilning leksik imkoniyatlari o'rtasidagi nomutanosibliklarni kamaytirishga xizmat qiladi. Nemis frazeologiyasi boy va shu bilan birga uzoq tarixga ega. Bunda sof nemis tilidagi frazeologizmlar qatorida chet tilidan qabul qilingan, ya'ni internatsional frazeologizmlar ham mavjud. Frazeologizmlarga faqatgina tilning "bezagi" sifatida qarab bo'lmaydi. Dunyoda iboralarsiz tilning o'zi yo'q, xususan nemis tili frazeologiyasi ham juda boy va o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Nemis tili lingvistikasida frazeologiya nazariyasiga oid bir qator ilmiy ishlar mavjud. Tilshunoslik tarixiga nazar tashlaydigan bo'lsak, Sharl Balli phraseologie atamasini «stilistikaning so'z birikmalarini o'rganuvchi bo'limi» ma'nosida kiritdi, ammo mazkur atama G'arbiy Yevropa lingvistlarning asarlarida boshqa uch ma'nolarda o'z aksini topdi:
1. so'z tanlash, ifoda shakli, ta'riflash;
2. til, bo'g'in, uslub;
3. ifoda, so'z birikmasi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Ushbu maqolani yoritishda quyidagi adabiyotlardan foydalanildi. Телия В. Н. Русская фразеология. Семантический аспект, прагматический и лингвокультурологический аспекты. Москва, Школа «Языки русской культуры», 1996, Burger Harald. Idiomatik des Deutschen. Frankfurt am Main, Tübingen, Max Niemeyer Verlag, 1973, Schippan Thea. Lexikologie der deutschen Gegenwartssprache. Tübingen, Niemeyer, 1992, Fleischer Wolfgang. Phraseologie der deutschen Gegenwartssprache. 1. Aufl. Leipzig, VEB Bibliographisches Institut, 1982 va boshqa adabiyotlardan foydalanildi.
Frazeologiya atamasi orqali, tomondan esa bir tomondan, so'z birikmalarini o'rganuvchi tilshunoslik bo'limi, boshqa, ma'lum tilning barcha barqaror birikmalari majmui tushuniladi. Tilning lug'at tarkibini nafaqat boshqa so'zlar, balki barqaror so'z birikmalari ham tashkil qiladi. Barqaror so'z birikmalari boshqa so'zlar bilan ibora tushunchasi vositasi vazifasida xizmat qiladi. Barqaror so'z birikmalari o'zida tobe munosabatda birikkan so'zlarni namoyon etadi.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
Erkin birikkan so'z birikmasi ma'lum fikrlarni ifodalash uchun har bir ma'lum nutq vaziyatlarining vazifasiga asosan tildagi muloqotlar davridagi mazkur tilning grammatik qoidalariga asoslanib yaratiladi. Erkin birikmaning umumiy ma'nosi o'sha birikmani tashkil etgan har bir so'z mazmunidan anglashiladi. Erkin birikma tarkibiga hokim so'z va gapning mustaqil a'zosi vazifasini bajaradigan tobe so'z kiritilgan. Shunday qilib, erkin birikma o'zida sintaktik bog'lanishni namoyon etadi. Birikmadagi har bir bog'lanishlarning tobelik munosabati birikmaning semantik mustaqilligini anglatadi va ular birlashgan holda turg'un birikmalarni hosil qiladi.
Barqaror so'z birikmasi birikma tarkibidagi biror so'zni birikma ma'nosini buzmasdan o'zgartirish mumkin bo'lmagan qat'iy muayyan so'zlardan tashkil topgan bo'ladi. Barqaror birikma shaklan va muayyan ma'no jihatidan boshqa birikmalardan ajralib turadi, u an'anaviy qo'llanishi va mazmun to'laligining yuqori yoki quyi ekanligidan aniqlab olinadi. Turg'un so'z birikmasi nutq paytidagi so'zlashuv jarayonida yaratilmaydi, lekin nutqda allaqachon qotib qolgan va ma'lum mazmunda ishlatilayotgan bo'ladi. Barqaror so'z birikmasining mazmunan to'liq tarkibi gapning mustaqil bo'lagini anglatmaydi, lekin barqaror birikma bir butunlikda gapning bir bo'lagini barpo etadi, maqol bundan mustasno, chunki uning tuzilishi butun boshli gap bilan teng bo'lishi mumkin.
Barqaror birikmali so'zlar tilning frazeologik birikmalari deb ham yuritiladi. Frazeologik birikmalar ikki yoki undan ko'p so'zlardan tashkil topadi, u bir tushunchani ifodalashi va bir so'zga ekvivalent bo'lishi mumkin, odatda u bir so'zli sinonimik ekvivalentga ega bo'ladi, sintaktik jihatdan gapning bir bo'lagini barpo etadi. Tuzilishiga ko'ra frazeologik birikmalar ulkan xilma-xillikni o'zida namoyon etadi. Frazeologik birikmalarning tarkibi o'rtasidagi semantik bog'lanishlar turlicha bo'lishi mumkin: bunday birliklar tarkibiga kiruvchi so'z o'zining ma'no mustaqilligini yuqori yoki past darajada saqlab qoladi.
Erkin birikma - bu barqaror birikma, ya'ni birikma tarkibidagi so'zlarning har birida tobelik munosabati mavjud, bir oz ma'no mustaqilligi saqlangan birikma. Erkin birikmani tashkil etuvchi so'zlar ma'nosi frazeologik bog'lanishlarda tobelikni bildiradi, bundan tashqari har biri mazkur so'zlar bilan faqat birikmalarda ko'rsatiladi. Butun birikma ma'nosi uni tashkil etuvchi so'zlar ma'nosidan anglashiladi.
Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o'rganila boshlagach, frazeologik birliklarni tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko'tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda I. I. Chernishyovalar frazeologizmlarning
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko'rsatgan, ya'ni frazeologik butunlik va turg'un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe'llar ma'nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko'ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o'rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo'lgani kabi frazeologiya ham o'zining o'rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o'rganish obyekti o'z navbatida shunday murakkab va o'ziga xoski, uni o'rganish jarayonida yuqorida sanab o'tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko'rsatib berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so'z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so'z gruppalari va gaplar haqida ketganligi tufayli so'zlar uchun qo'llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda to'liq ko'chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo'q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya'ni frazeologizmlarning funksiyasi va mazmun- mohiyatidagi nuqtai-nazar, qarashlar, ularning turg'unligi va boshqa til birliklari bilan o'zgaruvchanlik aloqalarini ko'rib chiqish haqida ketmoqda. Frazeologik konstruksiya mohiyatining xarakterlanish bilan aloqadorligi tasniflash kriteriyalari sifatida ko'rib chiqilgan. Bir tomondan frazeologizmlardagi komponent sifatidagi qo'llanilayotgan so'larning ma'nolari orasidagi "noqonuniy" munosabat va boshqa tomondan esa, frazeologizmlarning mutlaqo aniq qo'yilgan faktorlari, frazeologizmlarning ma'nolari semantik klassifikatsiya kriteriyasini ko'rsatadi. Lekin kelib chiqish darajasida alohida bo'linishini, farqlanishni qamrab ololmaganligi tufayli, boshqa keyingi funksional va struktur kriteriyalarni ham o'ziga yaqinlashtiradi. Mavzuni va predmetni aniqlash so'z va so'z yasalishi konstruksiyasi predmetini aniqlashdagi turli xil muammolarga qaraganda biroz qiyinroq. Mana shuning uchun hamma klassifikatsiya tajribalariga birinchi navbatda ana shu ta'sir ko'rsatadi. Frazeologiya tilshunoslikning mustaqil sohasi sifatida tilda mavjud bo'lgan so'z komplekslarining aniq kombinatsiyalarining barcha turlarini o'z ichiga qamrab oladi. N. Teliya ham muammoli masala sifatida frazeologiyaning ko'rinishini leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo'lim sifatida ajratdi va til sistemasi bo'limlarida batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi va tilning leksik semantik birligi sifatida e'tirof etilgan so'zning muammoli masalalaridan an'anaviy frazeologiyaning muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning kamchiliklaridan biri deb izoh berdi. Nemis
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib o'tilganidek, rus tilshunos olimi I. I. Chernyashevaga taalluqlidir. U "frazeologik birliklar"ni (kamida bitta komponentning ma'nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo'lmagan "turg'un so'z komponentlar"ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo'lmagan turg'un so'z komlekslarini Chernyasheva "leksik birliklar" "frazeologiyalashgan yasalish" (jm. einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va "modellashgan yasalish" (in Verlegenheit sein/ zur Kenntnis bringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I. I. Chernyasheva u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko'p ma'noliligi, umumiy qoidalar bo'yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi so'zlarning paydo bo'lishi kabi masalalar bilan bog'liq bo'lgan. Nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o'tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma'nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko'rsatilgan ko'chma ma'noli so'z birikmalari yoki ularning umumiy ma'nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma'nosidan tushunilmaydi.
Frazeologiya fanini o'rganishning o'ziga xos ba'zi muammolari mavjud bo'lib, bu borada mutaxassislarning fikrlari turlichadir. Darhaqiqat, frazeologiya sohasida ilmiy izlanishlar olib boruvchi tadqiqotchilarning oldida turgan dolzarb vazifalardan biri frazeologiya sohasidagi nazariy va amaliy fikrlarni umumlashtirib, to'g'ri ilmiy-tadqiqotni amalga oshirishdan iboratdir. Tilshunoslik sohasida ilmiy izlanishlar olib borgan olimlar V. Flaysher, V. V. Vinogradov, E. D. Polivanov, B. A. Larin, A. V. Kunin, N. M. Shanskiy, L. P. Smit va Sh. Ballilar ham frazeologiya va uning masalalari borasida alohida tahsinga loyiq ishlarni amalga oshirishgan va mazkur sohaning taraqqiyotida ularning hizmatlari nihoyatda beqiyos bo'lgan.
Frazeologiya fanining tarix, adabiyotshunoslik, lisoniy mamlakatshunoslik va tilshunoslikning bir qator boshqa fanlari leksikologiya, semantika, grammatika, fonetika, stilistika, til tarixi, etimologiya, matn tilshunosligi va umumiy tilshunoslik kabi fanlar bilan bog'liqlik jihatlari ham mavjud. Frazeologiya leksemalardan tashkil topadi, leksemalar esa leksikologiyaning o'rganish obyekti hisoblanadi. Frazeologiya komponentlarining tabiatini hamda ularning lisoniy darajasini leksikologiyaning manbalariga tayanib aniqlash mumkin.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
Frazeologizmlar nemis tilshunosligida o'rganila boshlagach, frazeologik birliklarni tasniflash, tizimlashtirish masalasi ko'tarila boshlandi. Nemis tilshunos olimlari frazeologizmlarni turlicha yondashuvlar asosida klassifikatsiyalashgan. Masalan, M. D. Stepanova hamda I.I.Chernishyovalar frazeologizmlarning strukturaviy hamda semantik jihatdan tasniflagan. Teo Shippan ham frazeologizmlarning ikki turini ajratib ko'rsatgan, ya'ni frazeologik butunlik va turg'un birikmalar. Yana bir tilshunos olim U. Fiks esa, frazeologizmlarni erkin gap bilan taqqoslaganda, fe'llar ma'nosining mos kelishi yoki mos kelmasligiga ko'ra ikki turini farqlaydi. Demak, tilshunos olimlar frazeologizmlarni turli xil jihatlarini o'rganishga urinishgan. Barcha sohalarda bo'lgani kabi frazeologiya ham o'zining o'rganish obyektiga ega. Frazeologiyaning o'rganish obyekti o'z navbatida shunday murakkab va o'ziga xoski, uni o'rganish jarayonida yuqorida sanab o'tilgan tilshunoslik fanlari rivojlanishiga yangi manbalar yaratadi. Frazeologiya nemis tilshunosligida umuman olganda asosiy mavzu ekanligi allaqachon isbotlab ko'rsatib berilgan. Avvalombor, muhokamada tasniflash masalasi turadi. Frazeologizmlarda so'z yasalishidagidek struktur tiplari va yasalish elementlari (affikslar) ning alohida sistemasi mavjud emas. Mavzu so'z gruppalari va gaplar haqida ketganligi tufayli so'zlar uchun qo'llanila oladigan tasniflash kriteriyalari frazeologizmlarda to'liq ko'chirilmaydi. Bu erda qandaydir tur klassifikatsiyasi haqida gap ketayotgani yo'q, balki kamdan- kam uchraydigan hodisalar, ya'ni frazeologizmlarning funksiyasi va mazmun- mohiyatidagi nuqtai- nazar, qarashlar, ularning turg'unligi va boshqa til birliklari bilan o'zgaruvchanlik aloqalarini ko'rib chiqish haqida ketmoqda.
Frazeologizmlar haqli ravishda lug'at boyligining birliklari sifatida tadqiq qilinishi va xuddi so'zlar kabi tasvirlanishi lozim. Bu misol uchun frazeologizmlar va alohida so'zlar uchun asosiy umumiy tushuncha sifatida leksema terminining qo'llanilishida o'z ifodasini topadi. Yaxlit holda keltirilgan frazeologiya xuddi sintasis va morfologiya kabi chambarchas bog'liq yo'nalish sifatida bir-biriga qarama-qarshi qo'yilgan. N. Teliya ham muammoli masala sifatida frazeologiyaning ko'rinishini leksikologiya bilan yonma- yon mustaqil bo'lim sifatida ajratdi va til sistemasi bo'limlarida batafsil asoslash bilan frazeologik qatlamning yuzaga kelishini rad etadi va tilning leksik semantik birligi sifatida e'tirof etilgan so'zning muammoli masalalaridan an'anaviy frazeologiyaning muammoli masalalarini ajratishni frazeologik tadqiqotlarning kamchiliklaridan biri deb izoh berdi. Nemis frazeologiyasining birinchi mustaqil umumiy ifodasi avval ham aytib o'tilganidek, rus tilshunos olimi I. I. Chernyashevaga taalluqlidir. U "frazeologik birliklar"ni (kamida bitta komponentning ma'nosi bilan) va frazeologik tipga xos bo'lmagan
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
"turg'un so'z komponentlar"ini bir-biridan farqlab berdi. Frazeologizmlarga xos bo'lmagan turg'un so'z komlekslarini Chernyasheva "leksik birliklar" "frazeologiyalashgan yasalish" (jm. einem Verhör/einer Prüfung unterziehen) va "modellashgan yasalish" (in Verlegenheit sein/ zur Kenntnis bringen/nehmen) kabilarga ajratgan. Ushbu klassifikatsiyadan I. I. Chernyasheva u qadar qoniqmadi. U navbatdagi ishlarida frazeologiya masalalarin, predmetini aniqlash va tasniflash bilan ochib berishga harakat qildi. Lekin keyingi ishlari tugallanmay qoldi. Uning tugallanmay qolgan ishlari frazeologik birliklarning sinonimligi va ko'p ma'nolili gi, umumiy qoidalar bo'yicha frazeologik sistemaning rivojlanishi, frazeologik yangi so'zlarning paydo bo'lishi kabi masalalar bilan bog'liq bo'lgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqoridagi manba nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o'tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma'nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko'rsatilgan ko'chma ma'noli so'z birikmalari yoki ularning umumiy ma'nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma'nosidan tushunilmaydi.
Ma'lumki, frazeologizmlar ikki yoki undan ortiq leksemadan tashkil topadi. Uning komponentlari orasida o'zaro sintaktik va semantik aloqa mavjud bo'ladi. FB komponentlarining semantik mustaqil bo'lgandagi farqlari avvaldan mavjud bo'lganlaridan frazeologizmlarning yasalishida ham muhim rol o'ynaydi. Shunday qilib, leksik komponent o'zgarmas tarkibi bir frazeologizmning belgisi ekanligini keltirib chiqaradi. FBlarning tarkibiy qismlari sifatida so'zlar leksik- semantik paradigmadan kelib chiqadi va leksik- semantik sistemaning birligi sifatida so'zdan farq qiladigan struktur funksiyaga ega bo'ladi. Bu masalada A. I. Malotkov ko'proq shug'ullangan. Frazeologizm u uchun na yolg'iz bir so'z bilan, na so'z gruppalari bilan o'xshash, balki alohida leksik ma'noga, ko'plab komponentlar strukturalariga va o'ziga xos grammatik kategoriyalarga ega bo'lgan birlikdir. Frazeologizmlarning komponentlari bo'yicha dastlab ba'zi lug'atlar va maxsus frazeologik materiallar jamlanmasi asosida ikki yoki undan ortiq tillarda tadqiqotlar olib borildi.
Reyxshteynning aniqlashicha, nemis va rus tillarida quyidagi komponentlar frazeologizmlarning 15-20% ni tashkil etadi: Auge/ko'z, Nase/burun, Wort/so'z, Ohr/quloq, Herz/yurak, Tag/kun kabilar. Ushbu so'zlar hayvonlar, tabiat hodisalari, uy sharoitida ishlatiladigan va uchraydigan belgilar asosida darajalanadi. Nemis tilida
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
komponentlar ko'plab nominal kompozitaga ega. Ana shu turdagi frazeologizmlar orasida faol komponentlarning uchrashi nemis tilida 1,5 % ni tashkil etadi. Rus tilida esa bu holat ko'proqdir. Reyxshteynning ma'lumotlariga ko'ra, buning asosiy sabablaridan biri frazeologizmlarning ko'p qismi nemis tilidagi quyidagi fe'llarda faollashgan: sein, haben, machen, kommen, gehen, sitzen, bringen va ular nemis tilidagi fe'llarning 30% ni tashkil etadi.
XULOSA
Nemis tilshunos olimi X. Burger ham frazeologizmlar masalalari bo'yicha ko'plab ishlarni amalga oshirgan. U asosan idiomalarning stilistik aspektlariga va ularni tarjima qilish masalalariga alohida e'tibor qaratgan. U frazeologizmlarning bir guruhi sifatida idiomalarni sharhlab o'tgan. X. Burgerning fikricha, birikmaning umumiy ma'nosi qoidadan mustasno tarzda talqin qilinadi. Bunda ko'rsatilgan ko'chma ma'noli so'z birikmalari yoki ularning umumiy ma'nolari hech qanday holatda komponentlarning erkin ma'nosidan tushunilmaydi.
Nemis tilshunosligida frazeologiyaning alohida soha sifatida shakllanish jarayoni davom etmoqda va ushbu sohada ko'plab yangiliklar olib borilmoqda. Shunga qaramasdan frazeologiyaning yechilishi lozim bo'lgan muammoli qismlari, ushbu sohaning naqadar chuqur o'rganish kerakligini yaqqol ko'rsatib bermoqda.
REFERENCES
1. Burger Harald. Idiomatik des Deutschen. Frankfurt am Main, Tübingen, Max Niemeyer Verlag, 1973
2. Furkat Raxmatov (2021). ПЕДАГОГИКАДА МАНТЩ ИЛМИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 39-50.
3. Dilobar Abduxalilova, & Furkat Raxmatov (2021). WORTPAAREN IN DEUTSCHER UND USBEKISCHER SPRACHE UND IHR AUSDRUCK IN DER USBEKISCHEN SPRACHE. Academic research in educational sciences, 2 (CSPI conference 2), 162-169.
4. Dilobar Abduxalilova, Furqat Rahmatov, & Zumrad Xudayberdiyeva (2021). FRAZEOLOGIYADA GENDER MUAMMOSI. Academic research in educational sciences, 2 (6), 1339-1344. doi: 10.24412/2181-1385-2021-6-1339-1344
5. Dilobar Abduxalilova, Furqat Rahmatov, & Zumrat Xudayberdiyeva (2021). NEMIS VA O'ZBEK TILLARIDA JUFT SO'ZLAR VA ULARNING O'ZBEK TILIDA IFODA ETILISHI. Academic research in educational sciences, 2 (6), 595602. doi: 10.24411/2181-1385-2021-01092
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org
DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-381-389
6. Kuvonov, Z. (2021). Nemis tili lug'ati tarkibidagi o'zlashmalarning lingvistik va ekstralingvistik mohiyati. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 31-38.
7. Razakova, Shahnoza (2021). Problems which occur in translating and theirs solutions. Research and Development, (6)
8. Razakova, Shahnoza (2020).Yoshlarda huquqiy madaniyat va ongni shakllantirishda fuqarolik tarbiyasining ahamiyati. Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi, B.130-141.