FRAZEOLOGIK TERMINLARNING LEKSIKOGRAFIK TAHLILI
Shaxnoza Tohirovna Qarshiyeva
Chirchiq davlat pedagogika instituti, Xorijiy til va adabiyoti yo'nalishi, 1 kurs
magirtranti
ANNNOTATSIYA
Maqolada frazeologik terminlar haqida umumiy tushuncha va bu sohada turli olimlarning tahlillari berilgan. Frazeologik terminlarning ingliz va o'zbek tillaridagi misollar orqali nazariyalar isbotlashga harakat qilingan.
Kalit so'zlar: frazeologik birliklar, frazeologik terminlar, idioma, so'z birikmasi, fusiya, maqollar, matallar, hikmatli so'zlar.
KIRISH
Frazeologiya tilning frazeologik tarkibini hozirgi holati va tarixiy taraqqiyotida o'rganuvchi ilmiy fandir. Frazeologiyaning ob'yekti frazeologik birlikdir. Frazeologiya ob'yekti haqida umumiy qarashlarning yo'qligi va terminologiyaning nomuvofiqligi uni o'rganishni sezilarli darajada qiyinlashtiradi/'Frazeologik birlik" atamasi semantik jihatdan turfa xil birikma turlari majmuini bildiradi: idiomalar, nutq belgilari, maqollar, matallar, qanotli so'zlar. Maqollar, matallar va qanotli so'zlarning frazeologik tarkibga kiritilishi eng munozarali.Frazeologiya tufayli nafaqat tilning uzoq o'tmishiga, balki so'zlashuvchilarning tarixi va madaniyatiga ham kirib borish mumkin. Frazeologizmlar unda so'zlashuvchi xalqning dunyoqarashi, milliy madaniyati, urf-odat va e'tiqodlari, fantaziyasi va tarixini aks ettiradi. Frazeologiya lingvistika sohasidagi tasvirlovchi so'zlardir, masalan idiomalar, frazeologik fe'llar va leksikologik birliklarning boshqa turlarini o'rganuvchi fandir, bunda so'z birikmalarining tarkibi ma'nolari orqali umumiy ma'noni bilib bo'lmaydi, ular mustaqil birliklar sifatida qo'llaniladi.Har bir tilning o'z frazeologik birliklari mavjud va bu birliklar har bir tilning yoki shu til millatining madaniyati,yashash tarzi va urf odatidan kelib chiqadi hamda shakllanib boraveradi.Frazeologiya ob'ektining mohiyati haligacha tilshunoslar o'rtasida bahs-munozaralarni keltirib chiqarmoqda, shuning uchun frazeologik birliklarni izohlashda qarashlardagi farqlar kuzatiladi.
ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI
Professor A.V. Kuninning ta'rificha: "Frazeologiya - bu frazeologik birliklar haqidagi fan, ya'ni o'zgaruvchan birikmalarning tarkibiy-semantik modellarini
yaratish orqali yaratilmaydigan murakkab semantik so'zlarning barqaror birikmalari haqida ".
Har bir frazeologik terminlarni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilib bo'lmaydi. Kollinsning ("Books of English idioms" kitobi muallifi )qarashlariga ko'ra bugungi kunda yozma va og'zaki nutqda qo'llanilayotgan ingliz tilidagi frazeologik birliklar bu tilni boyitadigan, bezaydigan tilning muhim qismi hisoblanadi. Shu bilan birga ma'lum bir tilga ehtiyotkorlik bilan foydalaniladigan muhim va asoslangan element ham hisoblanadi. Ehtiyotkorlik bilan foydalanish muhim ogohlantirishdir, chunki frazalar bilan to'lib toshgan nutq o'zining jozibasini yo'qotadi. Ular nutqqa tayyor holda olib kirilgan bo'lishiga qaramay, ularning ko'p takrorlanishi nutqning jilosini yo'qotadi va eskilik sarqitiga aylanishiga sabab bo'ladi. Shuningdek bu so'z birliklarining o'zini ma'nosi orqali umumiy ma'noni tushunib bo'lmaydi.
Frazeologik terminlarning muhim xususiyatlari mavjud bo'lib,bular:
1. Motivatsiya, ya'ni ma'no kamligi
2. Leksik komponentlarning turg'unligi
Frazeologik terminlarda motivatsiya deganda nima tushuniladi? Motivatsiya bu ma'no bo'lib, agar so'z birikmasi tarkibidagi so'zlar umumiy ma'noni bersa bu "motivated" deyiladi. Bu bo'yicha ayrim misollarni keltirib o'tmoqchiman:
"A dark horse"- to'gridan to'g'ri tarjima qilsak "qora ot" degani, lekin idiomatik ma'nosi esa "u haqida hech kim hech narsa bilmaydigan odam" degan ma'noni beradi
"A white elephant" so'zma- so'z tarjimasi " oq fil " bo'lsa, ideomatik ma'nosi esa "pulni keraksiz narsalarga sarflash".
O'zbek tilida ham frazeologizmlarga nisbatan asosan ibora so'zi ishlatiladi. Xususan, Shavkat Rahmatullayevning o'zbek tilining izohli frazeologik lug'atida ham ibora deb aytiladi va asosan fe'lli birikmalar keltiriladi.Masalan;
" Xamirdan qil sug'urganday" -oson degani
"Anqoning urug'i"- topilishi qiyin bo'lgan narsa bo'lib, anqo faqatgina rivoyatlarda keltirilgan mevadir.
Keltirilgan misollardan ko'rinib turibdiki, mening fikrimcha, o'zbek tilida idiomalarni yarim motivatsiyalangan deb olsak bo'ladi. Chunki uning ma'nosini so'zlarning o'zini ma'nosidan kelib chiqib tushunish mumkin, ma'nosi butunlay boshqa narsaga ko'chmagan. Shuningdek ingliz tilidan iboralarni tarjima qilishda ham aynan ekvivalentini topish qiyin. Umuman har bir frazeologik terminning kelib chiqishi, foydalanilishi o'sha til millatining madaniyatiga bog'liq bo'ladi. Shunga ko'ra frazeologik terminlarni nomlash bo'yicha ham turli munozaralar kelib chiqqan va terminlari ham turlicha topiladi.Masalan:
-set expressions - phrases -set phrases -fixed word groups -collocations.
Frazeologik birliklarning barqarorligi - bu frazeologik darajadagi turli tomonlaming o'zgarmasligi hajmini bildiradi.
Frazeologik darajadagi minimal barqarorlik ko'rsatkichlari: -foydalanishning barqarorligi, ya'ni. frazeologik birliklar faqat u yoki bu muallif tomonidan qo'llaniladigan alohida iboralar emas, balki ma'lum bir til hamjamiyatidagi umumiy mulk bo'lgan til birliklari ekanligi;
-frazeologik birliklarning leksik tarkibining barqarorligiga, ularning strukturaviy-semantik modellashtirilmaganligiga asoslanadigan strukturaviy-semantik barqarorlik. Til rivojlanishining ma'lum bir bosqichiga xos bo'lgan modellar bo'yicha ham tarkibiy, ham semantik jihatdan shakllanadi.
-to'liq yoki qisman qayta ko'rib chiqilgan ma'no va frazeologik birliklarning leksik tarkibining barqarorligi.
-frazeologik birliklarning barqaror so'z tartibida namoyon bo'ladigan sintaktik barqarorlik.
Shuni ta'kidlash kerakki, komponentlarning to'liq yoki qisman qayta ko'rib chiqilgan to'g'ridan-to'g'ri ma'nosi, qo'llanilishining barqarorligi, tarkibiy va semantik modelsizlanishi frazeologik birliklarning turiga qarab quyidagi hodisalar bilan birlashtiriladi:
-frazeologik birliklar leksik tarkibining o'zgarmasligi; -frazeologik variantlarda bir xil invariant ma'noning mavjudligi; -semantik invariantning mavjudligi, ya'ni. strukturaviy sinonimlarda mumkin bo'lgan farqlar bilan umumiy ma'no;
-variant frazeologik birliklarida leksik invariant mavjud, ya'ni. almashtirib bo'lmaydigan muhim so'z;
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko'pchilik rus olimlari akademik Vinogradov tomonidan tanishtirilgan Phraseologic units terminidan foydalanishadi. G'arb olimlari esa Idioms terminidan foydalanishadi, lekin rus lingvistikasida keltirilgan izohlarga ko'ra u frazeologik birliklarning bir bo'lagi xolos. Rus olimi V.Vinogradov frazeologik birliklarni ma'nosiga asoslanib semantik jihatdan klassifikatsiya qiladi va ularni 3 turga bo'ladi:
1. Phraseological fusions-bular birliklar bo'lib, so'z tarkibining ma'nosidan umumiy ma'noni xulosa qilib bo'lmaydi. Frazeologik fusiyalarning ma'nosi til rivojlanishining hozirgi bosqichida motivatsiyasiz hisoblanadi: red tape (byurokratlar), a mare's nest (chalg'itish)
2. Phrasological unities-bular ifoda bo'lib, so'zlar tarkibidan ma'noni xulosa qilish mumkin. Umumiy ma'no ko'chma ma'noga asoslangan bo'ladi. to show one's teeth (nazarga ilmaslik), to stand to one's guns (birovning fikriga qarshi turish). Ular motivatsiyali ifodalardir.
3. Phraseological collocations- bular frazeologik birikmalar bo'lib, nafaqat motivatsiyalangan balki so'zlardan biri to'g'ri ma'noda qo'llanilgani holda boshqasi ko'chma ma'noda bo'ladi. to meet requirement(talab bilan tanishmoq) to attain success(muvaffaqiyatga erishmoq)
Frazeologik birliklarning bu guruhida ba'zi qismlar ko'chma ma'noni yo'qotmasligi mumkin. Masalan: to meet the needs, to meet the demand, to meet the necessity; to have success, to lose success (talab qilmoq, taklif qilmoq, majbur bo'lmoq). Bu birikmalar sinonim emas va umumiy ma'no o'zgaradi, lekin asosiy so'z ma'nosi o'zgarmaydi.
Professor A.I. Smirnitsky frazeologik birliklarni tuzilish jihatdan klassifikatsiya qiladi va ularni so'z ekvivalenti sifatida vazifa bajaruvchi yuqori idiomatic so'z tasvirlovchilar deb, ularning semantik va grammatik jihatdan xarakterlaydi. U mavjud frazalarni 3 turini taklif qiladi:
1. Traditional phrases-an'anaviy frazalar (nice distinction, rough sketch);
2. Phraseological combinations - frazeologik tuzilmalar (to fall in love, to get
up);
3. Idioms- idiomalar (to wash one's dirty linen in public);
Ikkinchi guruhni yana ikki kichik guruhga ajratadi:
1. one-top phraseological units, ya'ni bitta asosiy so'zdan tashkil topadi;
a) fe'l- ravishli: to give up, to bring up, to try out, to look up, to drop in, etc;
b) to be ko'makchili: to be surprised, to be up to, etc;
c)predlogli birikmalar: by heart.
2. two-top phraseological units, ya'ni qo'shma so'zlardan tashkil topgan. Bu birliklar otga, fe'l yoki ravishga teng kelish mumkin:
brains trust, white elephant, blind alley;
to know the ropes, to take place;
ups and downs , rough and ready, flat as a pancake;
every other day.
Prof. Kunin esa frazeologik birliklar, frazeomatik birliklar va aralash holatlarni farqlab beradi. Frazeologik birliklar to'liq yoki qisman ma'nosini o'zgartiradi, frazeomatik birliklar esa uning adabiy ma'nosida qo'llaniladi. Ular ikkalasi frazeologik turg'unligiga qarab xarakterlanadi qaysiki, erkin frazalar va qo'shma so'zlardan farq qiladi. Prof. A.V. Kunin quyidagi jihatlarga ko'ra turg'unlik nazariyasini rivojlantirdi:
1.Stability of usage- nutqda yaratilmagan nutqda tayyor holda qayta ishlangan frazeologik birlik;
2. Lexical stability- frazeologik variantlashishda qisman yoki umuman takrorlanmas fazeologik birliklar tarkibidir.
Quyidagi klassifikatsiyaga ko'ra frazalar variantlashyapti va ma'nosi o'zgarmayapti:
Lexical: a skeleton in the cupboard / closet (oilaviy sir), a blind pig / tiger (alkogolni noqonuniy sotish);
Grammatical: to be in deep water / waters (qiyin vaziyatda bo'lish), a stony heart - a heart of stone (shafqatsiz tabiat);
Positional: a square peg in a round hole - a round peg in a square hole (qobilyati yoki xarakteriga mos bo'lmagan vaziyatdagi odam), to dot the i's and cross the t's - to cross one's t's and dot one's i's (hamma dalillar to'g'riligini ta'minlamoq);
Quantitative: Tom, Dick and Harry - every Tom, Dick and Harry (kimdir va hamma);
Mixed variants: raise/stir up the nest of hornets' nest about one's ears - to arouse/stir up the nest of hornets (qovog'arini uyini vayron qilish).
3. Semantic stability frazeologik birliklarning leksik turgunligiga asoslangan. Ba'zi o'zgarishlarga qaramay frazaning ma'nosi saqlab qolinadi. Bu kuchli, kuchsiz, aniq yoki noaniq bo'lishi mumkin.
4. Syntactic stability. Bunda frazeologik birliklarning xarakter xususiyatlari quyidagicha bo'lishi mumkin:
1. Tayyor qilingan nusxasi;
2. Structural bo'linishi;
3. Morfologikal beqarorligi;
4. Leksik tarkibning o'zgarmasligi;
5. Semantic birlik;
6. Sintaktik moslashuvchanlik.
Prof. A.V. Kunin frazeologik birliklarga nisbatan shunday ta'rif beradi: "Frazeologik birlik to'liq yoki qisman ma'nosi o'zgargan turg'un so'z guruhidir".
Frazeologik birliklar struktural-semantik xarakteristikasi orqali aniqlangan muloqotdagi funksiyasiga ko'ra to'rtta kichik sinflarga bo'linadi:
1. Qaratqich frazeologik birliklar, ma'lum bir tushunchalarning o'rnini egallaydi: a bull in a china shop(qo'pol odam);
2. Qaratqich - kirishimli frazeologik birliklar, aniq nisbatda ma'lum bir tushunchalarning o'rnini egallaydi va majhul tuzilishda foydalanilishi mumkin: to cross the Rubicon - the Rubicon is crossed!
3. Undovli frazeologik birliklar, undov tushunchalar o'rnida keladi : a pretty (nice) kettle of fish! For crying out loud!
4. Kommunikative phraseologik birliklar, gaplar (maqollar yoki aytishmalar) o'rnida qo'llaniladi.Masalan;
Still waters run deep.
The world is a nice place.
Kommunikative frazeologik biriklar biror vaziyatni ifodalaydi: Maqol so'zlar to'plami bo'lib, maslahat beruvchi yoki umumiy haqiqatlarni bildiruvchi gap yoki frazalar:
Idleness is the root of all evil - Bekochidan xudo bezor;
A penny saved is a penny gained - Oz oz bo'lib daryo bo'lur;
The pen is mightier than the sword - So'z qilichdan kuchli;
Ask no questions, hear no lies - Ko'p gap boshga balo;
Silence is something an answer - Jimlik alomati rizo.
XULOSA
Yuqoridagi klassifikatsiyalardan ko'rinib turibdiki, barcha ko'chma ma'noda ishlatilib, nutqqa tayyor holda kirgan gap va birikmalar frazeologik birliklar hisoblanadi va barcha turg'un birliklar, maqol va hikmatli so'zlar, frazalar va idiomalar barchasini o'z ichiga oladi. Har bir tilning frazeologik qatlami o'sha til millatining madaniyati, urf - odat va yashash tarzidan kelib chiqib shakllanadi va o'z tilini boyitadi. Frazeologiya nihoyatda murakkab hodisa bo'lib, uni o'rganish o'ziga xos tadqiqot usulini, shuningdek, boshqa fanlar - leksikologiya, grammatika, stilistika, fonetika, til tarixi, tarix, falsafa, mantiq va mintaqashunoslik ma'lumotlaridan foydalanishni talab qiladi. Bir qator frazeologiya muammolari yuzasidan tilshunoslarning fikrlari turlicha va bu tabiiy hol. Shunga qaramay, frazeologiya sohasida faoliyat yuritayotgan tilshunos olimlarning muhim vazifasi ham frazeologiya nazariyasi, ham xorijiy tillarni o'qitish amaliyoti manfaatlari yo'lida sa'y-harakatlarni birlashtirish va umumiy til topishdan iborat. Ingliz tilining frazeologik fondi shunchalik kattaki, uni to'liq o'rganish ushbu ish doirasiga to'g'ri
kelmaydi. Shunga qaramay, ko'rib chiqilgan frazeologik birliklar misolidan foydalanib, zamonaviy ingliz tilidagi frazeologik birliklarning semantikasi va ekspressivligi qanchalik xilma-xil ekanligini aniq tasavvur qilish mumkin. Buyuk Britaniyada ham, butun dunyoda yozuvchi va shoirlarning adabiy asarlari tufayli ingliz tilida hozirda juda ko'p frazeologik birliklar mavjud. Ammo shuni unutmaslik kerakki, ingliz tiliga dunyoning turli mamlakatlari tarixi va madaniyatidan juda ko'p frazeologik birliklar ham kirib kelgan.
REFERENCES
1. Kunin A.V. Ingliz frazeologiyasi. Nazariy kurs. - M., 1981 yil.
2. Kunin A.V. Zamonaviy ingliz tili frazeologiyasi. - M .:Xalqaro munosabatlar, 1996
yil.
3. Kunin A.V. Inglizcha-ruscha frazeologik lug'at. 3-nashr, Stereotip. 4.Smirnitskiy A.I. Ingliz tilining leksikologiyasi. - M., 1996 yil.
5.Vinogradov V.S. Tarjimashunoslikka kirish. - M., 2001 yil.
6. Кунин А.В. Курс фразеологии современного английского языка.-М. 1986.
7. Narimonova Z. Frazeologik iboralarning tarjimasi haqida.-T.:O'zMU to'plami. 2007.
8. Oxford dictionary of idioms Published in the United States by Oxford University Press Inc., New York © Oxford University Press 1999, 2004
9. Исаева, М. А., & Эшонхужаева, В. Ж. (2021). ОИЛАВИЙ МУНОСАБАТЛАРНИ УРГАНУВЧИ ПСИХОЛОГИК МЕТОДИКАЛАР ТАДЛИЛИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 2), 109-115.
10. Isayeva, M. A. (2014). RELIGIOUS AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF FAMILY FUNCTIONS. The Way of Science, 90.
11. Raxmatullayev Sh. O'zbek tilining frazeologik lug'ati. - T.: Qomuslar bosh tahririyati. 1982.
12. http./www.academia.edu
13. http./www.phrase.com