Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
SUFIYLIK TARIQATINING JALOLIDDIN RUMIY MA'NAVIY-PEDAGOGIK DUNYOQARASHIGA TA'SIRI
Abdiqadirov Davron
Fahriddin ar-Roziy nomidagi o'rta-maxsus islom bilim yurti mudiri.
Sapayev-2017@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada sufiylik tariqatining Jaloliddin Rumiy ma'naviy-pedagogik dunyoqarashiga ta 'siri masalalari hamda, dunyoga mashxur Jaloliddin Rumiyning merosi va undagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'limiy masalalarga nisbatan yondashuvlar ko 'rib chiqiladi.
Kalit so'zlar: muallim, ta'lim, tarbiya, vujud tarbiyasi, ruhiy tarbiya, tasavvuf, olim, murid, shayx, ustoz, ilm chirog 'i.
THE INFLUENCE OF THE SUFI SECT ON JALALIDDIN'S RUMIAN SPIRITUAL AND PEDAGOGICAL WORLDWIDE
Abdikadirov Davron
The director of the Fahriddin ar-Razi Secondary Special Islamic School.
Sapayev-2017 @mail. ru
ABSTRACT
This article discusses the impact of the Sufi order on the spiritual and pedagogical worldview of Jalaliddin Rumi, as well as approaches to the legacy of the world-famous Jalaliddin Rumi and the spiritual-educational issues in it.
Keywords: teacher, education, upbringing, physical education, spiritual education, mysticism, scholar, murid, sheikh, teacher, light of knowledge.
ВЛИЯНИЕ СУФИЙСКОЙ СЕКТЫ НА ДУХОВНО-ПЕДАГОГИЧЕСКУЮ ДУХОВНОСТЬ ДЖАЛАЛИДДИНА РУМЫ В
МИРЕ
Абдикадиров Даврон
Он является директором средней специальной исламской школы им.
Фахриддина ар-Рази.
АННОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается влияние суфийского ордена на духовно-педагогическое мировоззрение Джалалиддина Руми, а также подходы
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
к наследию всемирно известного Джалалиддина Руми и духовно-просветительские вопросы в нем.
Ключевые слова: учитель, образование, воспитание, физическое воспитание, духовное воспитание, мистика, ученый, мюрид, шейх, учитель, свет знания.
Mustaqillik yillarida tasavvuf ilmini o'rganish va tasavvuf ilmi doirasida qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishiga ham alohida e'tibor qaratildi. Buyuk tasavvuf namoyandalari hamda mutasavviflar ijodini o'rganish va tadqiq etish masalalari ham birmuncha erkinlashtirildi. Tasavvuf ilmi Sharqda shakllangan bo'lib, u asrlar osha kishilarni ma'naviy va ruhiy poklikka, komillikka, shuningdek, sog'lom e'tiqodga da'vat etuvchi yuksak axloqiy hamda irfoniy tafakkurni o'zida mujassamlashtirgan muqaddas ilmlardan hisoblanadi. 2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida bo'lib o'tgan «Ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash - davr talabi» mavzusidagi videoselektorda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bir qator takliflarni bergandi. Shu takliflardan Tasavvuf namoyondalarini o'rganish va Tasavvuf maktabini yaratish zarur ekanligi aytib o'tganliglari, Tasavvuf ilmi, yoshlar tarbiyasida qanchalar ahamiyatli ekanini yaqqol misoli bo'la oladi. Jaloliddin Rumiy shu yillar davomida tasavvuf ilmining buyuk mudarrislari hisoblanmish Boyazid Bistomiy, Junayd Bag'dodiy va Mansur Hallojlarning ta'limotlari bilan ham yaqindan tanishadi. Robiya Adaviya, Hakim Sanoiy, Farididdin Attorlarning ijodini chuqur o'rganadi. U o'zining mashhur "Masnaviyi ma'naviy" asari tarkibidagi falsafiy-axloqiy hamda diniy mavzulardagi hikoyatlar-u rivoyatlar, masallar-u matallarga tartib berishda aynan shu ijodkorlar asarlaridan iqtiboslar keltiradi, ularning fikrlari va qarashlarini o'z falsafiy ta'limoti bilan aynanlashtirgan holda, o'z ijodi orqali ushbu tasavvuf ilmi namoyandalariga bo'lgan ehtiromini izhor etadi. Alloma ilmu ma'rifat izlab musofirlikda o'tgan 9 yillik umri davomida falsafa, mantiq, she'riyat, fiqh va ilmi nujum kabi ilmlarni ham puxta o'zlashtiradi. O'z davrining yirik ulamolari bilan turli mavzularda bemalol munozara yurita olish darajasiga etadi. Shu sababdan ulamo va shayxlar uning ilmu zakovatidan hayratlanib, fatvo uchun ijoza berishadi. Bu o'tgan yillar davomida Mavlono Rumiy nafaqat buyuk donishmand va shoir, balki kuchli notiq hamda va'zxon sifatida ham obro' qozonadi. Donishmandlardan biri shunday degan ekan: "Dil-dengiz, til-qirg'oq. Dengiz to'lqin ko'tarsa, qo'ynida borini qirg'oqqa chiqarib tashlaydi" Jaloliddin Rumiy qalbida ham o'z davridagi razolatlar-u jaholatga, fahsh
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
va zinoga, ikkiyuzlamachilig-u turli bir-biriga zid bo'lgan diniy aqidalarga nisbatan isyon ko'tarila boshlaydi. U 33 yoshida SHomdan Qunyoga qaytadi va butun Rum olamida "Mavlonoi Rum", "Muftiyi buzurg" nomlari bilan shuhrat qozonadi. Mavlono o'zini "xo'jayinlarga xati barot beruvchi qul; ustozlarga ustoz bo'lguvchi shogird" deb ataydi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Jaloliddin Rumiy otasi vafotidan keyin bolaligidan unga ta'lim bergan "Sayyid Sirdon", "Muhaqqiq", "Faxrul Majzubin" kabi nomlar bilan tanilgan Said Burhonuddin Termiziyga shogird tushib, tariqat yo'lini tutadi. Bahovuddin Valad oilasi karvoni Xorazmni tark etganda Said Burhonuddin ham ular bilan shahardan chiqib ketadi va ularni birinchi rabotgacha kuzatib, so'ngra o'zi ona shahri Termizga yo'l oladi. Oradan yillar o'tib, Bahovuddin Valad vafotini eshitgach, uning o'g'li Jaloliddin Muhammadga elkadosh bo'lish va otasining o'rnini bosish uchun Qunyoga keladi. Shu tariqa ular o'rtasida do'stona ustoz-shogirdlik, pir-muridlik munosabatlari shakllanadi. Oradan ancha yillar o'tgach, keksayib qolgan va o'z qazosini sezgan Said Burhonuddin Termiziy "Qushcha qanot chiqazdi, hamisha ustozining ko'z o'ngida bo'lish uning parvoziga mone'lik qiladi1 ", degan andishada o'z vatani Termizga qaytishga qaror qiladi. Uning bu qaroridan norozi bo'lgan Jaloliddin Rumiyga "Bir g'orda ikki arslon istiqomat etmagay. Sen hademay bir buyuk do'sti anis orttirasan!",-deya SHams Tabriziy bilan bo'lajak buyuk do'stlikni bashorat qiladi va o'z ona vataniga qaytadi hamda oradan ko'p o'tmay vafot etadi. Ustozining vafotidan so'ng Rumiy "Zarqubiy" unvoni bilan tanilgan Faridun Salohiddin Zargar bilan do'stlashadi. Behisob mol-mulkka ega bo'lgan Salohiddin bor davlatini beva-bechoralarga tarqatadi va do'sti singari u ham faqirlig-u yo'qsillik yo'lini tanlaydi. Ma'lum muddat o'tgach, ancha keksayib qolgan Faridun Salohiddin xastalikka chalinadi. Jaloliddin Rumiy tunu-kun do'stining yonida o'tirib, haqqiga duo qilib, Allohdan shifo so'raydi. Xastalik bilan kurashishdan charchagan Faridun Salohiddin nihoyat do'stiga: "Ijozat et, bu dunyoni tark etib, azoblardan qutulay",- deya o'tinadi. Mavlono do'stining yuziga uzoq termulib, u bilan xayrlashadi va uning xonadonini tark etadi. U ketgach Faridun Salohiddin Haqqa omonatini topshiradi.
Hijriy 624, milodiy 1244 yilning 26 noyabrida Jaloliddin Rumiy o'zining buyuk do'sti anisi Shams Tabriziy bilan uchrashadi. Mavlono Shams Tabriziy bilan uchrashgach, butkul boshqa insonga aylanadi. Endi fatvolar va va'zlar o'rnini kuy va raqslar egallaydi. Ularning ilk uchrashgan joylari hozirda Qunyoning "Saljuqpalas"
1Radiy Fish. Jaloliddin Rumiy. - T.:Yangi asr avlodi, 2015.-B.156.
179
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
mehmonxonasi maorif nozirligi binosi ro'parasida joylashgan va xalq orasida ayni paytda u er "Marja-al bahrayn" - "Ikki dengiz uchrashuvi" deb ataladi. Rumiyshunos olimlar bu ikkala do'stning uchrashuvi haqida ko'plab afsona va rivoyatlar mavjudligi hamda ular orasida eng ishonchlisi Mulla Hindistoniy tomonidan qayd etilgan rivoyat ekanligini ta'kidlaydilar. Ular ushbu uchrashuvdan keyin uzoq muddat suhbatlashadilar, ikkalasi ham o'z hayotlarida yangicha olam kashf etilganiga iqror bo'lishadi. Rumiyshunos olim Usmon Nuriy Tupbosh shunday yozadi: "Tabriziy Mavlono Jaloliddin Rumiyga o'zini va o'zi sohib bo'lgan qadriyatlarni tanitib, uning oyog'idagi zanjir xalqalarini echib yubordi. Chunki Mavlono u bilan uchrashganda uchishga tayyor turgan burgut kabi edi. Shams uning oyog'idagi zanjir xalqalarini echish bilan ko'ngil panjarasining tashqarisiga olib chiqdi. Shundan keyin Mavlono nur atrofidagi parvona kabi Shamsdagi ilohiy namoyandalikning jazbasida yona boshladi2" Shams Tabriziy Jaloliddin Rumiy mutolaa qiladigan barcha kitoblarni unga o'qishni man etadi va: "Bu kitoblar o'z so'zini aytib bo'lgan, sen o'z so'zingni ayt", deya uni tasavvuf olamiga olib kiradi, hol ilmidan saboq beradi. Rasul Hodizoda Jaloliddin Rumiyning tasavvuf olamiga kirishini ikkita sababini talqin etgan. Olimning fikricha, birinchidan, Jaloliddin Rumiyning tasavvuf olamiga kirishiga Shams Tabriziy sabab bo'lgan, ikkinchidan esa, Rumiy yashagan davrlarda, ya'ni XII-XIII asrlarda tasavvuf ilmi keng yoyilgan va o'sha davrning barcha allomalari bu ilmni o'rganishgan. Chunki o'sha davrlarda sxolastik kalom va falsafiy mulohazalarni ochiqchasiga so'zlash birmuncha murakkab edi. Bu jarayonda tasavvuf ilmi hurfikrlikka yo'l tutishning yagona yo'li bo'lib qolgandi. Shams Tabriziy laduniy ilmlardan ham xabardor edi va shu sababli bir joyda u aslo uzoq qo'nim topmasdi. Shu boisdan u o'z davrida "Parranda", "Shamsi uchar" deb ham nom qozongan edi. Jaloliddin Rumiy esa unga "Sulton-ul gadoyin" deb ta'rif bersa, yana bir o'rinda "O'zi ham sarkarda, ham qo'shin - quyosh va nur qo'shini bo'lmish podsho" deya sharaflaydi. Mavlono va Shams Tabriziy o'rtasidagi ruhiy bog'liqlik hamda Tabriziydan olgan ta'limi ta'sirida uning mashhur "Masnaviyi ma'naviy" asari yaratiladi. U Rumiyga juda ko'plab ilmiy va diniy masalalar borasidagi muammolarni echishda "kalit" tutqazadi. Aflokiy Ahmad Dadaning "Manoqib-ul orifin" asarida keltirilishicha, 1247 yilning 5 dekabr payshanbasi Shams Tabriziyning er yuzidagi so'nggi qadamlari bo'ldi va shu kuni tunda g'animlari tomonidan o'ldirildi. Uning vafotidan qattiq iztirobga tushgan Jaloliddin Rumiy umrining oxirigacha do'stining "ishq"i balan yashadi. Shams Tabriziyning vafoti Rumiydagi ruhiy halokatga sabab
2 Usmon Nuriy Tupbosh. Masnaviy bog'chasidan bir ko'za suv.-M.:SAD, 2010.-B.190.
180
Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2
educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7
bo'ldi3. Rumiy do'stidan ayrilgach, mistik ramziylik bilan to'yingan, ammo samimiy insoniy tuyg'ular bilan to'lib-toshgan majoziy va ta'sirli g'azallar bita boshlaydi.
XULOSA
Tarixchilar Jaloliddin Rumiy va Shams Tabriziyning uchrashuvi hamda do'stlashuvini Suqrot va Aflotun, Gyote va Shillerning uchrashuvi-yu ularning yakdilligiga qiyoslaydilar. Jaloliddin Rumiy do'stiga ehtiromini shunday izhor etadi: "Shams Tabriziy menga haqiqat yo'lini ko'rsatdi. Men iymonim va ilmi yaqiynim uchun undan qarzdorman", "Men bilan SHamsning oramizda farq yo'q. U quyosh bo'lsa, men zarraman. U dengiz bo'lsa, men qatraman. Zarraning ziyosi quyoshdandir. Qatraning hayoti dengizdandir" desa, Shams Tabriziy: "Bo'yla bir kimsani uchratmadim. Uchratganim yolg'iz Mavlono bo'ldi", deya u ham do'stiga bo'lgan hurmatini izhor etadi.
REFERENCES
1. Orif Usmon. Jaloliddin Rumiy. Muloqot //1997. № 6.-B.39.
2. Sattoriy H. Rumiy o'tgan yo'l.-Jahon adabiyoti // 2007. №10.-B. 145.
3. Safarova N.O. Terrorizmga qarshi kurashning tarixiy-falsafiy tahlili: Falsafa fanlari dokt.dis. avtoref.-Toshkent.:2010.
4. Under M. Mavlono.-Jahon adabiyoti // 2014 y. №.1-B.84.
5. Falsafa va huquq // Maxsus son. - 2009.- B.84.
6. Chuliyeva, V. E. (2018). THE INTELLECTUAL AND COLLABORATE ISSUES IN THE PHILOSOPHICAL PROPOSALS OF JALOLIDDIN. Theoretical & Applied Science, (9), 173-175.
7. ugli Sapayev, V. O. (2020). The actuality of improvement in rural social standard of living in Uzbekistan. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(11), 147151.
8. Sardor, K., & Valisher, S. (2020). INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA. Academic research in educational sciences, (4), 772-777.
9. Sapaev, V., & Madrakhimov, A. (2020). The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan. Norwegian Journal of Development of the International Science, (39-4), 54-56.
10. Sapayev, V. O. O. G. L. (2022). ONG-TAFAKKURNING O 'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 323-327.
! K.Ernst. "Sufizm".-M.:FAIR-PRESS, 2002.-str.93.