Научная статья на тему 'JALOLIDDNIN RUMIY PEDAGOGIK MEROSI ILMIY MUAMMO SIFATIDA'

JALOLIDDNIN RUMIY PEDAGOGIK MEROSI ILMIY MUAMMO SIFATIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
780
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
muallim / ta’lim / tarbiya / vujud tarbiyasi / ruhiy tarbiya / tasavvuf / olim / murid / shayx / ustoz / ilm chirog’i. / teacher / education / upbringing / physical education / spiritual education / mysticism / scholar / murid / sheikh / teacher / light of knowledge.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Davron Abdiqadirov

Ushbu maqolada Sharq mutaffakkirlaridan biri bo’lgan, o’zining pedagogik qarashlari bilan dunyoga mashxur Jaloliddin Rumiyning merosi va undagi ma’naviy-ma’rifiy, ta’limiy masalalarga nisbatan yondashuvlar ko’rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

JALALIDDIN RUMI IS AN PEDAGOGICAL HERITAGE AS A SCIENTIFIC PROBLEM

This article discusses the legacy of Jalaliddin Rumi, one of the thinkers of the East, who is world-famous for his pedagogical views, and his approaches to spiritual and educational issues.

Текст научной работы на тему «JALOLIDDNIN RUMIY PEDAGOGIK MEROSI ILMIY MUAMMO SIFATIDA»

JALOLIDDNIN RUMIY PEDAGOGIK MEROSI ILMIY MUAMMO SIFATIDA

Davron Abdiqadirov

Fahriddin ar-Roziy nomidagi o'rta-maxsus islom bilim yurti mudiri

Sapayev-2017 @mail. ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Sharq mutaffakkirlaridan biri bo'lgan, o'zining pedagogik qarashlari bilan dunyoga mashxur Jaloliddin Rumiyning merosi va undagi ma'naviy-ma'rifiy, ta'limiy masalalarga nisbatan yondashuvlar ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: muallim, ta'lim, tarbiya, vujud tarbiyasi, ruhiy tarbiya, tasavvuf, olim, murid, shayx, ustoz, ilm chirog'i.

JALALIDDIN RUMI IS AN PEDAGOGICAL HERITAGE AS A SCIENTIFIC

PROBLEM

ABSTRACT

This article discusses the legacy of Jalaliddin Rumi, one of the thinkers of the East, who is world-famous for his pedagogical views, and his approaches to spiritual and educational issues.

Keywords: teacher, education, upbringing, physical education, spiritual education, mysticism, scholar, murid, sheikh, teacher, light of knowledge.

Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq jamiyatimizning barcha bo'g'inlarida tub yangilanishlar yuzaga kela boshladi. Milliy merosimiz, osori-atiqalarimiz, milliy urf-odat va qadriyatlarimiz qayta tiklana boshlaganligi bugungi kunlarning shukuhi uchun asosiy tamal toshi vazifasini bajarganligi barchamizga ayon. Ayni paytda milliy o'zlikni anglash, boy ma'naviy merosimizni tiklash, tadqiq va targ'ib etish, buyuk mutafakkirlarimiz-u mutasavviflarimizning ilmiy-falsafiy qarashlarini xalqimizning ijtimoiy-ma'naviy hayoti bilan omuxta etgan holda, ularning beqiyos ma'naviy-ma'rifiy g'oyalaridan xalqimizni bahramand etishni davrning o'zi talab etmoqda. Diniy va dunyoviy bilimlarning uyg'unlikda o'rganilishi esa qadimdanoq xalqimiz mentalitetiga xos bo'lgan sifatlardan biri hisoblanadi.

Istiqlol sharofati bilan xalqimiz ma'naviy-ma'rifiy hayotida sezilarli o'zgarishlar ro'y berdi. Xususan, mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq SHarqona etika tamoyillariga xos bo'lgan ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga oid qarashlar rivojiga ham alohida e'tibor qaratildi. Ma'naviy-axloqiy qadriyatlarga doir vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik, olijanoblik, burch, vijdon, adolat, halollik kabi jamiyat ma'naviy taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy qarashlar rivoji bo'yicha bir qancha

ishlar amalga oshirildi. Ma'lumki, qadriyat tushunchasining milliy qadriyat, umuminsoniy qadriyat, ma'naviy qadriyat, axloqiy qadriyat kabi qator turlari mavjud bo'lib, bu qadriyatlar ijtimoiy hayot va tarixiy taraqqiyotning mahsuli hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlash joizki, qadriyatlar ijtimoiy hayotda ayrim kishilar hatti-harakatini tartibga soladigan va me'yorini belgilaydigan ma'naviy hodisa deb ham baholanadi. Ijtimoiy xususiyatlarga ega hisoblanmish qadriyatlar bashariyatning amaliy faoliyati bilan uyg'unlikda shakllanadi va avlodlardan-avlodlarga etkaziladi. YOshlarimizni sog'lom fikrli va har tomonlama etuk shaxslar qilib tarbiyalashimizda, jamiyatimiz rivojida hamda insoniyatning ma'naviy, ma'rifiy, madaniy, axloqiy jihatdan yuksalishida ma'naviy-axloqiy qadriyatlar muhim omillardan hisoblanadi.

Mustaqillik yillarida tasavvuf ilmini o'rganish va tasavvuf ilmi doirasida qator ilmiy-tadqiqot ishlari amalga oshirilishiga ham alohida e'tibor qaratildi. Buyuk tasavvuf namoyandalari hamda mutasavviflar ijodini o'rganish va tadqiq etish masalalari ham birmuncha erkinlashtirildi. Tasavvuf ilmi SHarqda shakllangan bo'lib, u asrlar osha kishilarni ma'naviy va ruhiy poklikka, komillikka, shuningdek, sog'lom e'tiqodga da'vat etuvchi yuksak axloqiy hamda irfoniy tafakkurni o'zida mujassamlashtirgan muqaddas ilmlardan hisoblanadi. Muazzam SHarqda bu ilm bilan shuhrat qozongan minglab valiylar-u mutafakkirlar kamol topganlar. Ana shunday ulug' siymolardan biri Mavlono Jaloliddin Rumiydir. Bu ulug' zotga Abdurahmon Jomiy shunday ta'riflar bergan:

Ul Fariydundir ma'no dunyosiga,

"Masnaviy" burhondir asl zotiga.

Men ne dey olijanob vasfida, bas,

Bor kitobi, lek payg'ambar emas1 -

desa, yana bir o'rinda "Yaxshilikka chaqiruvchi ulug' Mavlono - jonlarning xulosasi, chiroq, shisha, chirog'donning siri, din va haqiqat quyoshi, avvalgi va oxirgilarga Allohning nuri", "Oshiqlik va sarxushlik karvonining sarboni bo'lmish buyuk ustoz " deydi, Alisher Navoiy esa: "Mavlono Rumiy - ilohiy ishq kuychisi, buyuklarning ko'z ilg'amas cho'qqisi", "Ustozlar ustozi, haqiqat asrorini o'rgatuvchi, Allohni taniganlar dengizining g'avvosi" deya e'tirof etadi. Buyuk hind ma'rifatparvar shoiri Muhammad Iqbol unga: "Bu dunyoni umidsizlikdan qutqarish va insoniyatni zavqu-shavqqa oshno etish uchun yana bir Rumiy kerak" deya ta'rif bersa, Sayyid Ne'matulloh Ibrohim uni:

Haqqa oshiq bo'lsa dil, ohi qani?

Mavlaviydek ma'rifat shohi qani?- deya ulug'laydi.

Tasavvufshunos olim M.Iste'lomiy Mavlonoga shunday ta'rif bergan: "Uni goh Kant, goh Spinoza, goh Gegel kabi faylasuflar bilan qiyoslaydilar. Ammo Mavlono

1 Jaloliddin Rumiy. Masnaviyi ma'naviy. Kulliyot. - T.:Sharq, 1999.-B.16.

2 Tyulemisov M. Sokrovi^a vspominaniya. - M.:IIFDIABLTD, 1998.-str.3.

Rumiy hech kimga o'xshamaydi, u muazzam SHarq tafakkurining mo''jizali bir haykalidirkim, unda tasavvuf taraqqiyoti ham, ilmu hikmat va falsafa ham, she'riyat va ma'naviyat ham birlashib, oliy ko'rinishda namoyon bo'ladi" desa, I.Haqqul: "Rumiydan uzoqlashgan kishi umidsizlikka tushadi. Rumiyni o'qimagan kishi xudbinlashadi",- deya fikr bildiradi.

Umuman olganda, Jaloliddin Rumiyning ilmiy merosini tadqiq etish bo'yicha amalga oishirilgan tadqiqotlar ikki guruhga bo'linadi. Ulardan birinchisi allomaning shaxsiyati, hayoti, oilasi va uning yaqinlari haqida tadqiq etilgan tadqiqot ishlari bo'lsa, ikkinchi guruh mutafakkirning ilmiy merosi, falsafiy-irfoniy qarashlari, sufiyona g'oyalarini tadqiq etishga qaratilgan ishlardir. Ammo tan olish kerakki, birinchi guruhga mansub tadqiqotlar barmoq bilan sanarli, ikkinchi guruhga mansub tadqiqotlar esa dunyo bo'yicha talaygina. SHu o'rinda esa Mavlono shaxsiyati va hayoti haqida to'xtalib o'tmoq o'rinlidir.

Jaloliddin Rumiy hozirgi Afg'oniston shimolida joylashgan va o'sha davrlarda xorazmshohlarga qarashli bo'lgan Balx shahri yaqinidagi Vaxsh qishlog'ida tavallud topgan. Muhammad Jaloliddin kamol topgan Balx shahri o'z davrida siyosiy-iqtisodiy va ma'naviy-madaniy sohalar taraqqiy etgan yirik markazlardan hisoblanib, "Ummul bilod" ("SHaharlar onasi"), "Qubbatul Islom" nomlari bilan ham atalar edi. Bu buyuk zotning tavallud sanasi haqida manbalarda turli yillar uchraydi. Yirik rumiyshunos turk olimi, Turkiyaning Qunyo shahridagi Mavlono Jaloliddin Rumiy maqbarasi huzurida tashkil etilgan Mavlono muzeyi direktori Mehmet Under o'zining "Mavlono" nomli asarida tarixchi olimlardan Villay Durant Mavlononi 1201 yilda, Moris Barres esa 1203 yilda tug'ilgan deb taxmin etganliklarini keltirib o'tadi. Mehmet Underning o'zi esa bu borada shunday fikrni keltiradi: "So'nggi yillarda bu mavzuda keng tadqiqotlar olib borgan olimlar Mavlononing 1207 yildan ancha oldin tug'ilganligini aytishadi. YA'ni, Mavlono o'zining "Fihiy mo fihi" asarida Samarqandning Xorazmshohlar tomonidan qurshab olinishiga to'xtalarkan: "Samarqandda edik, Xorazmshoh Samarqandni muhosara qilib, askar tortib kurashmoqda edi", degan fikrni aytadi.

Qayd etilgan tarixiy voqea 1207 yilda sodir bo'lgani e'tiborga olinsa, Mavlono bu paytda xotiralarini unutmaydigan yoshda, ya'ni 7-8 yoshlarda bo'lgan deyish mumkin. SHu sababli uning tug'ilgan sanasini 1200 yillar deya qayd etmoq haqiqatga yaqin

"3

hisoblanadi ", deya bu borada munosabat bildiradi. XIV asrda yashagan yana bir tarixchi olim Aflokiy Ahmad Dada o'zining "Manoqib-ul orifin" asarida Mavlononi 604 yilda Rabi-ul-avval oyining 6 kuni (1207 yil 30 sentyabr)da tug'ilganligini qayd etadi. Alisher Navoiy ham o'zining "Nasoyim-ul muhabbat" asarida Jaloliddin Rumiyning tavallud sanasini Aflokiy singari "Alarning valodati Balxda emish, olti yuz to'rtda, Rabi ul-avval oyining oltisida4" deya ma'lumot bergan. Ammo ko'pgina rumiyshunos olimlar

3 Under M. Mavlono. Jahon adabiyoti // - 2014-y. №.1-B.84.

4A.Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013. - B.356.

K.Barks, U.CHittik, Usmon Nuri Tupbosh, Zarrinkublar uning tavalludi xususida yirik tarixchi olim Aflokiyning qarashlarini qo'llab-quvvatlaydilar. YUqoridagi mulohazalardan kelib chiqqan holda shuni aytish mumkinki, Jaloliddin Rumiy 1207 yilda Balx shahrida tug'ilgan va o'sha davrlarda Balx Movarounnahr tasarrufidagi hududlar doirasiga kirgan.

Mavlono Jaloliddin Muhammad ibn Bahovuddin Valad al Balxiy Rumiy nomi bilan jahonga dong taratgan allomaning taxallusi borasida ham fan olamida bir qator gipotezalar mavjud. Mavlono tug'ilgan joyi nisbatiga ko'ra "Balxiy", do'sti SHams Tabriziy xotirasiga "Tabriziy" va yashash makoniga ko'ra "Rumiy" taxalluslari ostida ijod qildi. Bu nomlar orasida esa u ko'proq Rumiy taxallusi bilan mashhur bo'ldi. Asli Markaziy Osiyolik Jaloliddin Rumiyni afg'onlar Balxiy, forslar Mavlaviy, turklar esa Rumiy deb ardoqlashadi. Bugungi kunda turli xalq va millatlar o'rtasida Rumiy shaxsi bo'yicha ko'plab bahs-munozaralar davom etmoqda.

Eronliklar va turklar, arablar va afg'onlar orasida bo'layotgan bahslarning sababi ularning har biri Jaloliddin Rumiy bizning buyuk ajdodimizdir degan mavzu atrofida muzokaralar olib bormoqdalar. Arablarning da'vosiga ko'ra, Rumiyning ota-ona avlodi Muhammad (s.a.v.) va xalifa Abu Bakr shajarasiga borib taqaladi, shu bois, u arablar avlodidandir. Ularning bu da'vosi bo'yicha tarixiy argumentlar etarli. Afg'onlarning da'volari ham birmuncha asosli dalillarga tayangan. Rumiy hozirgi Afg'onistonning Balx shahrida tug'ilgan va shunga nisbat bergan holda Balxiy taxallusi bilan ham ijod qilgan degan fikrni ilgari surmoqdalar. SHaxs va buyuk so'fiy shoir sifatida Jaloliddin Rumiy fors madaniy va adabiy an'analariga tayangan holda asosan forsiy tilda ijod qilgan, uning deyarli barcha asarlari fors tilida yaratilganligi jihatidan eronliklar ham Rumiy bizning ajdodimizdir degan gipotezani ilgari suradilar. Jaloliddin Rumiy hayotining asosiy qismini Kichik Osiyoda, ya'ni Rumda o'tkazdi va shunga nisbat olgan holda Rumiy taxallusini olib, dunyo bo'yicha hozirda asarlari eng ko'p o'qiladigan va o'rganiladigan so'fiy shoir sifatida dong taratdi. Rumiy taxallusi uni umr bo'yi shu mamlakat tarixi va madaniyati bilan bog'lab turdi. U O'rta asrlardagi bir qator falsafiy oqimlarning taraqqiy etishiga ham sezilarli tarzda o'z ta'sirini o'tkazdi. Forsiylar uni o'zlarining buyuk shoiri deb ataydilar, turklar esa turk adabiyotining asoschisi deb ulug'laydilar.

Rumiy - "rumlik", "rumdan" degan ma'nolarni bildiradi. Rumiy o'z taxallusiga Rum saltanatining nomini asos qilib olgan, degan qarashlar ko'p e'tirof etiladi. Biroq, Rumiy so'zining son ekvivalentlari yig'indisi 256 ga teng kelishini e'tiborga olsak, bu "Nur" so'zining ma'nosi ildiziga mos kelishi ma'lum bo'ladi. Arab, eron va o'zbek tillarida ushbu ildiz "yorug'lik"so'zining ma'nosini beradi5.

Jaloliddin Rumiyning qaysi millat vakili ekanligi xususidagi bahslarga 1952 yilda pokistonlik olim, professor Hamidullo Xon: "Rumiy bir xalqqa tegishli emas. U

5 Mavlono Jaloliddin Rumiy. Metodik-bibliografik qo'llanma. Tuzuvchi U.Teshaboyeva. - T.:2007.-B.21.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 529

bashariyat shoiridir", deya yakun yasamoqchi bo'ladi, ammo hali-hanuz turli millat va elat vakillari o'rtasida Rumiy asli qaysi xalq vakili ekanligi to'g'risidagi munozaralar tugagani yo'q. Zero, Bake Muan aytganidek: "Rumiy hayotining o'zi ajoyib ramziy ma'noga ega: afg'onlar, forsiygo'ylar, turkiylarni birlashtirish bilan birga ushbu xalqlarni boshqa xalqlar bilan birlashtirishga muvaffaq bo'lgan zotdir. Qanday qilib deysizmi? Axir ularning barchasi Rumiy bizniki degan fikrdadirlar6". 2007 yil YUNESKO tashkiloti tomonidan Rumiy yili deb e'lon qildi va jahon miqyosida keng nishonlandi. Bu tadbir bo'yicha xalqaro tashkilotning murojaatnomasida esa shunday satrlar keltirilgan: "Rumiy islom sivilizatsiyasining eng ulug' mutafakkiri va olimi bo'lib qoladi. Afg'oniston, Eron va Turkiya xalqlari uni o'z shoirlari deb hisoblaydilar. U esa butun insoniyatga murojaat qiladi va barchani Pok Parvardigor soyasida birlashishga chaqiradi... Uning o'zi aytganidek: "men uchun oshnolaru begonalar, qarindoshu qarindosh bo'lmaganlar orasida farq yo'q"".

Jaloliddin Rumiyning ota ajdodi shajarasi ham, ona ajdodi shajarasi ham muqaddas ildizlar shajarasiga tutashadi. Otasi Muhammad ibn Husayn ibn Ahmad Xatib Bahovuddin Valad bo'lib, uning ajdodlari Muhammad (s.a.v.) vafotidan keyin birinchi xalifa etib tayinlangan Abu Bakr Siddiq (r.a.)ga borib taqaladi. Onasi Mo'mina xotun esa Xorazmlik sayyidalardan bo'lib, nasabi Payg'ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ga borib taqaladi. Roziuddin Nishopuriyning xabar berishicha, Rumiyning bobosi -Husayn bin Ahmad Xotibiy ham o'z davrining taniqli ulamolaridan sanalgan, buvi si Malikai Jahon Xorazmshohlar xonadoni vakilasi bo'lgan. Alisher Navoiy o'zining "Nasoyim-ul muhabbat" asarida yana bir qiziq ma'lumotni keltirib o'tadi: "Hazrat Rasululloh (s.a.v.) Xorazmshohning tushiga kirib ishorat qildilarki, qizingni Husayn Xatibga nikoh qil! Bu nikohdan Bahovuddin Valad dunyoga keldi. U 2 yoshida otasi olamdan o'tdi. Balog'at yoshiga etganda din va irfonga oid bilimlarni chuqur o'zlashtirdi. Ilmda kamoli ul erga etdiki, Hazrat Rasululloh (s.a.v.) tushida unga Sulton-ul ulamo (Olimlar sultoni) laqabini berdilar7". O'z davrining ulug' donishmandi hisoblangan Bahovuddin Valadni "Sulton-ul orifiyn" deb ham atashganlar. Bahovuddin Valad o'z davrining yirik ulamosi va voizi bo'libgina qolmay, Xorazmshohlar saroyining ham xos kishilaridan hisoblangan. Uning "Maorif" nomli asari o'sha paytlarda juda mashhur bo'lgan. Bahovuddin Valad Najmiddin Kubroning muborak qo'lidan muqaddas xirqani kiyib, shayxdan muhrli ijoza olgan va o'z davrining yirik fiqh ilmi bilimdoni, fatvo sohibi hamda kubraviya tariqatining shayxi sifatida ham shuhrat qozongan. Jaloliddin Muhammadning onasi 1222 yilda Karamanda xastalikdan vafot etadi. Otasi esa 1231 yilning 23 fevralida Qunyo shahrida 73 yoshida olamdan o'tadi.

6 Komilov N. Tafakkur karvonlari. - T.:Sharq, 2011.-B.190.

7Alisher Navoiy. To'la asarlar to'plami. Nasoyim-ul muhabbat. - T.:2013.-B.355.

Jaloliddin Rumiyning ijodiga bo'lgan qiziqish yildan - yilga ortib, kishilami o'ziga rom etmoqda va mistik xususiyatlarga ega bo'lmoqda. Davrlar o'tishi bilan uning falsafiy ta'limotidagi g'oyalar va ma'nolar yanada yashirin mazmun kashf etmoqda, zamonaviy kishilarni o'z atrofida bahs-munozaralar uyushtirishga, teranroq fikrlashga da'vat etmoqda. Shu sababdan Evropada Rumiy ijodi qayta-qayta tadqiq etilmoqda hamda G'arbliklar "Uning so'zlari er yuzidagi so'zlar emas, Alloh tomonidan yaratilgan so'zlardir", deya ta'riflashmoqda.

REFERENCES

a. Orif Usmon. Jaloliddin Rumiy. Muloqot //1997. № 6.-B.39.

b. Sattoriy H. Rumiy o'tgan yo'l.-Jahon adabiyoti // 2007. №10.-B.145.

c. Safarova N.O. Terrorizmga qarshi kurashning tarixiy-falsafiy tahlili: Falsafa fanlari dokt.dis. avtoref.-Toshkent.:2010.

d. Under M. Mavlono.-Jahon adabiyoti // 2014 y. №.1-B.84.

e. Falsafa va huquq // Maxsus son. - 2009.- B.84.

2. Chuliyeva V.E. The intellectual and collaborate issues in the philosophical proposals of Jaloliddin Rumi // Theoretical&Appled Science. Philadelphia, USA2018. 09 (65)-R.173-175 (№23: SJIF:5;667).Sapaev V. O, The actuality of improvement in rural social standard of living in Uzbekistan // Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 147-151. https: //uzj ournal s.edu.uz/namdu/vol2/iss 11/24/

3. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4. https://cyberleninka.ru/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida

4. Sapaev V., Madrakhimov A. The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan //Norwegian Journal of Development of the International Science. - 2020. - №. 39-4. - С. 54-56. https://cyberleninka.ru/article/n/the-transformation-of-social-conciousness-and-intelligence-of-rural-population-on-social-life-of-uzbekistan

5. Sardor, Kutlimurodov, and Sapayev Valisher. "INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA." Academic research in educational sciences 4 (2020). https://cyberleninka.ru/article/n/inson-ongi-milliy-goya-tizimi-elementi-sifatida

6. Sapayev, Valisher Odilbek O'G'Li ONG-TAFAKKURNING O'ZGARISHI MEXANIZMLARINING IJTIMOIY HAYOT RIVOJIGA TA'SIRI // ORIENSS. 2022. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7ong-tafakkurning-o-zgarishi-mexanizmlarining-ijtimoiy-hayot-rivojiga-ta-siri (дата обращения: 06.02.2022).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.