Научная статья на тему 'SOYA O’SIMLIGINI PARVARISHLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

SOYA O’SIMLIGINI PARVARISHLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya / agrotexnik tadbirlar / cheklangan namlik / tuproq unumdorligi / Surxondaryo sharoiti / dukkakli ekinlar / mineral o‘g‘itlar / sho‘rlanish / takroriy ekinlar / sug‘orish / parvarishlash texnologiyasi. / Soybean / agronomic practices / limited moisture / soil fertility / Surkhandarya conditions / leguminous crops / mineral fertilizers / salinization / secondary crops / irrigation / cultivation technology.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Fozilov Sh. M., Allayarov S.K.

Mazkur maqolada soya o‘simligini parvarishlashning asosiy bosqichlari, agrotexnik tadbirlarning ilmiy asoslari va o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, cheklangan namlik sharoitida samaradorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar va usullar haqida fikr yuritiladi. Ushbu tadqiqot Surxondaryo viloyati misolida soya o‘simligini parvarishlash bo‘yicha istiqbolli yondashuvlarni ko‘rsatib beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF SOYBEAN PLANT CARE

This article explores the main stages of soybean cultivation, the scientific basis of agronomic practices, and their unique characteristics. It also discusses innovative approaches and methods aimed at increasing efficiency under limited moisture conditions. This study highlights promising approaches to soybean cultivation, using the Surkhandarya region as an example.

Текст научной работы на тему «SOYA O’SIMLIGINI PARVARISHLASHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Fozilov Sh. M.

- Termiz davlat universiteti, o 'qituvchi, b.f.f.d. (PhD)

Surxondaryo, O'zbekiston Allayarov S.K.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi, b.f.f.d. (PhD)

Surxondaryo, O'zbekiston

SOYA O'SIMLIGINI PARVARISHLASHNING O'ZIGA XOS

XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada soya o 'simligini parvarishlashning asosiy bosqichlari, agrotexnik tadbirlarning ilmiy asoslari va o 'ziga xos xususiyatlari o'rganiladi. Shuningdek, cheklangan namliksharoitida samaradorlikni oshirishga qaratilgan innovatsion yondashuvlar va usullar haqida fikr yuritiladi. Ushbu tadqiqot Surxondaryo viloyati misolida soya o 'simligini parvarishlash bo 'yicha istiqbolli yondashuvlarni ko'rsatib beradi.

Kalit so'zlar: Soya, agrotexnik tadbirlar, cheklangan namlik, tuproq unumdorligi, Surxondaryo sharoiti, dukkakli ekinlar, mineral o 'g'itlar, sho 'rlanish, takroriy ekinlar, sug 'orish, parvarishlash texnologiyasi.

Fozilov Sh.M.

Teacher, PhD, Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan Allayarov S.K.

Teacher, PhD, Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan

SPECIFIC FEATURES OF SOYBEAN PLANT CARE

Abstract: This article explores the main stages of soybean cultivation, the scientific basis of agronomic practices, and their unique characteristics. It also discusses innovative approaches and methods aimed at increasing efficiency under limited moisture conditions. This study highlights promising approaches to soybean cultivation, using the Surkhandarya region as an example.

Key words: Soybean, agronomic practices, limited moisture, soil fertility, Surkhandarya conditions, leguminous crops, mineral fertilizers, salinization, secondary crops, irrigation, cultivation technology.

Soya dunyo miqyosida muhim qishloq xo'jalik ekini sifatida tanilgan bo'lib, uning oziq-ovqat va sanoat sohalaridagi ahamiyati yildan-yilga ortib bormoqda. Ushbu o'simlik yuqori oziqaviy qiymati, tuproq unumdorligini yaxshilash xususiyati hamda biologik xilma-xillikni ta'minlashdagi o'rni bilan alohida ajralib turadi. Shu bilan birga, soya o'simligini muvaffaqiyatli yetishtirish ko'plab ekologik va agrotexnik omillarga bog'liq. Ayniqsa, iqlimi qurg'oqchil, tuproqlari

sho'rlanishga moyil bo'lgan hududlarda soyadan yuqori va barqaror hosil olish qiyinchilik tug'diradi. Ushbularni inobatga olgan holda Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli soya navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini qarab chiqamiz.

Soyani ekish. Urug'larni ekishda muddatlarni va meyorlarini to'g'ri tanlash, maysalarning qiyg'os unib chiqishini ta'minlaydi. Surxondaryo sharoitida o'rganilgan soya navlarini ekishning maqbul muddatlari aprel oyining ikkinchi yarmi hisoblanadi. Soyani takroriy ekin sifatida ekilganida esa kuzgi bug'doydan bo'shagan yerlarga iyun oyining birinchi yarmida, ertapishar navlarini esa iyulning birinchi yarmidan kechiktirmasdan ekiladi. Soya issiqsevar va mezofit o'simlik bo'lganligi sababli yaxshi namlantirilgan tuproqlarga ekish zarur.

Shuni unutmaslik kerakki soya urug'lari ularning hajmidan kelib chiqib ekish bir xil chuqurlikka bo'lishi zarur, yani chuqurlik 4-5 sm dan o'tkazib yubormaslik kerak, bunda urug'larni nam tuproq qatlamiga bo'lishiga e'tibor berish zarur. Shuningdek urug'larni ekishda urug'ning massasiga va sifatidan kelib chiqib ekish usuli tanlanadi. Soya urug'larini qatorlab ekkanda 45sm yoki 60 sm (bazan qo'shqatorlsb ekkanda 90sm) va yalpi ekish mumkin. Viloyat sharoitida 60 sm li qatorlab ekish soya don hosildorligi uchun eng maqbuldir. Soyaning donini olish uchun ekish me'yori - bir gektar yerga tup soni 300-400 ming(o'rtacha 60 kg urug'), ko'k massa olish uchun esa 450-500 ming hisoblanadi. Takroriy ekin sifatida soya ekilganida eng maqbul ekish me'yori bir gektar yerga 300 mingta unuvchan urug' hisoblanadi. O'simliklarning ko'chat qalinligi ularning yorug'lik, namlik va ozuqa moddalari bilan ta'minlashiga ta'sir qilib, biometrik va morfo-fiziologik ko'rsatkichlari keskin o'zgaradi.

Soyani parvarishlash. Soya o'simligini parvarishlash tuproq namligini ta'minlash (uchinchi barg hosil bo'lishi, shoxlanishi va g'unchalash davrlarida - 70 %, gullash va dukkaklar hosil bo'lish davrida - 80 %, urug' to'lishish davrida - 70 %)begona o'tlarni mexanik va kimyoviy vositalar yordamida yo'qotish, turli kasallik hamda zararkunandalardan kimyoviy usullar bilan himoyalash, navlarning mineral o'g'itlarga bo'lgan talabini hisobga olgan holda oziqlantirish sharoitlarni yaxshilash (ildiz orqali va qo'shimcha barglar orqali) kabi tadbirlarni o'z ichiga oladi

Birinchi kultivatsiya soya maysalarining yoppasiga unib chiqqanda shu bilan birga birinchi uchtalik barg shakllanmasdan avval amalga oshiriladi. Kultivatsiya tig'li hamda strelkali panjalar bilan olib boriladi, ikkinchi kultivatsiya esa birinchisi kultivatsiyadan 15-20 kun o'tkanda 6-8 sm chukurlikda qilinadi. Bundan tashqari, soya navlari tuproq sug'orilgan(yomg'ir)dan so'ng qatqalog'ini yumshatish maqsadida ham kultivatsiya o'tkaziladi.

Soya donini yig'ish. Soya donini yig'ish vaqti soya donlarining yo'qotilishi va saqlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi. O'simlikda namlikning kamayishi bilan chatnashlar paydo bo'la boshlaydi. O'rim-yig'im paytida soya namlik miqdori o'rtacha 13% bo'lishi, mexanik shikastlanishni kamaytirish uchun maqbuldir. Soya donini yig'ish uchun kunning vaqti ham muhim ahamiyatga ega bo'lib, bunda havo namligi past va harorati esa yuqori bo'lgan tush vaqtida hosilni yig'ish yaramaydi,

erta tongda yoki kechqurun yuqori namlik vaqtida yig'ish orqali mexanik shikastlanishni kamaytirishi mumkin.

Soya navlarini dukkaklari pishish fazasiga kelib barglari sarg'aya boshlaydi, to'la pishganda esa barglarining barchasi to'kila boshlaydi, bundan tashqari, poyasi va dukkaklari och sariq, kulrang sariq, och qo'ng'ir va qo'ng'ir qoramtir rangga kiradi. Soya donini o'z muddatlarida yig'ib olish zarur, o'z vaqtida yig'ib olinmaganda dukkaklarning chatnashi hisobiga hosilning bir qismi yo'qotilishi mumkin. Yig'ib olingan soya donlari quruq va shamollatiladigan binolarda saqlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Ёрматова Д., Хдмроева М.К., Гойипова М.А. Сурхондарё вилояти тупрок-иклим шароитига мослашган, юкори хосилдор соя усимлигини етиштириш, уруг навларини саралаб олиш ва уз вактида агротехник тадбирларни амалга ошириш // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси: №6/1 (90), 2022. - Б. 146-148.

2. Махмудов У., Халиков Б. Экиш муддатлари ва меъёрларининг такрорий ерёнгок хамда соя экини ривожланиш фазаларига таъсири// Агро илм журнали. №2. 2020.- Б. 157-159.

3. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

4. Musurmonovich F. S., Komiljonovna X. S., Qudrat o'g'li S. A. Some Photosynthetic Indicators of Soybean Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 5. - С. 255-257.

5. Ergashovich K. A., Musurmonovich F. S. Some Characteristics Of Transpiration Of Promising Soybean's Varieties //The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 28-35.

6. Фозилов Ш. М. Периодичность роста и формирования урожая у внутривидовых форм пшеницы //Интернаука. - 2019. - №. 45-1. - С. 18-20.

7. Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2024. - Т. 28. - С. 19-22.

8. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №. 9. - С. 25-28.

"Экономика и социум" №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

181

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.