Научная статья на тему 'SOYA O‘SIMLIGINI EKISH OLDIDAN TUPROQQA ISHLOV BERISH VA MINERAL O‘G‘ITLARGA SEZGIRLIK XUSUSIYATLARI'

SOYA O‘SIMLIGINI EKISH OLDIDAN TUPROQQA ISHLOV BERISH VA MINERAL O‘G‘ITLARGA SEZGIRLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya / tuproq ishlov berish / mineral o‘g‘itlar / sug‘orish / hosildorlik / agrotexnika / biologik xususiyatlar / qishloq xo‘jaligi. / Soybean / soil preparation / mineral fertilizers / irrigation / yield / agronomy / biological characteristics / agriculture.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Allayarov S. K.

Mazkur maqolada soya o‘simligini parvarishlashning asosiy bosqichlari, tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va mineral o‘g‘itlarga sezgirlik xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Soya o‘simligi ekishdan oldin tuproqni tayyorlash, boshqa turdagi o‘simliklarni yo‘qotish va tuproq yuzasini yumshatish kabi muhim jarayonlar tavsiflangan. Shuningdek, soya o‘simligi uchun mineral o‘g‘itlarni vaqtida va me'yorida qo‘llashning ahamiyati ta’kidlangan. Maqolada, shuningdek, soya o‘simligi uchun sug‘orishning ahamiyati, suv va oziqa moddalarining zarur miqdorda ta’minlanishi bilan hosildorlikni oshirishga erishish mumkinligi ko‘rsatilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PRE-SOWING SOIL PREPARATION AND SENSITIVITY OF SOYBEAN TO MINERAL FERTILIZERS

This article discusses the main stages of soybean cultivation, soil preparation before sowing, and the plant's sensitivity to mineral fertilizers. It describes essential processes such as weed control and soil loosening before sowing. The importance of applying mineral fertilizers in the proper time and amounts is emphasized. The article also highlights the significance of adequate water supply and nutrients to increase soybean yield.

Текст научной работы на тему «SOYA O‘SIMLIGINI EKISH OLDIDAN TUPROQQA ISHLOV BERISH VA MINERAL O‘G‘ITLARGA SEZGIRLIK XUSUSIYATLARI»

Allayarov S. K., b.f.f.d. (PhD) Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo, O'zbekiston

SOYA O'SIMLIGINI EKISH OLDIDAN TUPROQQA ISHLOV BERISH

VA MINERAL O'G'ITLARGA SEZGIRLIK XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada soya o 'simligini parvarishlashning asosiy bosqichlari, tuproqqa ekish oldidan ishlov berish va mineral o'g'itlarga sezgirlik xususiyatlari haqida batafsil ma'lumot berilgan. Soya o'simligi ekishdan oldin tuproqni tayyorlash, boshqa turdagi o 'simliklarni yo 'qotish va tuproq yuzasini yumshatish kabi muhim jarayonlar tavsiflangan. Shuningdek, soya o'simligi uchun mineral o'g'itlarni vaqtida va me'yorida qo'llashning ahamiyati ta'kidlangan. Maqolada, shuningdek, soya o 'simligi uchun sug 'orishning ahamiyati, suv va oziqa moddalariningzarur miqdorda ta 'minlanishi bilan hosildorlikni oshirishga erishish mumkinligi ko 'rsatilgan.

Kalit so'zlar: Soya, tuproq ishlov berish, mineral o'g'itlar, sug'orish, hosildorlik, agrotexnika, biologik xususiyatlar, qishloq xo'jaligi.

Allayarov S.K.

Teacher, PhD Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan.

PRE-SOWING SOIL PREPARATION AND SENSITIVITY OF SOYBEAN

TO MINERAL FERTILIZERS

Abstract: This article discusses the main stages of soybean cultivation, soil preparation before sowing, and the plant's sensitivity to mineral fertilizers. It describes essential processes such as weed control and soil loosening before sowing. The importance of applying mineral fertilizers in the proper time and amounts is emphasized. The article also highlights the significance of adequate water supply and nutrients to increase soybean yield.

Key words: Soybean, soil preparation, mineral fertilizers, irrigation, yield, agronomy, biological characteristics, agriculture.

Tuproqqa ekish oldidan ishlov berish zarur bo'lib, bundan asosiy maqsad -boshqa turdagi o'simliklarni (begona o'tlarni) yo'qotish, soya urug'larming bir tekis chuqurlikka tushushi uchun yuqori qatlamning maqbul yumshoqligiga erishish, tuproq yuzasini tekislash va asosan tuproq namligini saqlab qolish hamda uning tuproq yuzasidan bug'lanishini kamaytirish hisoblanadi. Ekish oldidan tuproqqa ishlov berish, uning mehanik tarkibi, ifloslanganlik darajasi va namlik sharoitlariga bog'liq ravishda turlicha texnologik jarayonlarni o'z ichiga oladi. Sho'rlangan tuproqlar yuvilishi shart. Agar tuproq qishki-bahorgi davrda yuvilgan yoki bostirib

sug'orilgan bo'lsa, u holda yer ikki marotaba yumshatilib, haydaladi (boronalanadi). Ekish oldidan boshqa turdagi o'simliklarni (begona o'tlar) yo'qotish maqsadida 12 marta kultivatsiya o'tkazilib, kesaklar maydalanadi.

Eng zararli ildizli boshqa turdagi o'simliklar (begona o'tlar) bilan to'ldirilgan dalalar ikki marta tozalanadi: birinchi marta - oldingi hosilni yig'ib olingandan so'ng darhol diskli kultivatorlar bilan 8-10 sm chuqurlikda va ikkinchisida, boshqa turdagi o'simliklar (begona o'tlar) paydo bo'lganda, 14-16 sm chuqurlikdagi kultivatorlar bilan, ikkinchi haydashdan 2-3 hafta o'tgach, 27-30 sm chuqurlikda shudgor qilinadi. Agar ko'p yillik begona o'tlar bilan zararlanish ko'p bo'lsa, begona o'tlar birinchi tozalanib, qayta o'sib chiqqandan keyin dalaga gerbitsid sepiladi.

Bahorda tuproqqa ishlov berish jarayonida uni 1,35-1,4 g/sm3 gacha zichlashtirib yuboradigan og'ir diskli (K-701 va boshqa og'ir rusumli) traktorlardan foydalanish tavsiya etilmaydi. Odatda Arion 600c (610c, 620c, 630c) va Arion 600 (620,630,640,640) rusumli traktorlardan shudgorlashda foydalanish maqsadga muvofiq. Kultivatsiya uchun esa "New Holland TD 5.110", "TTZ LS U-62", "USMK-5,4A", Belarus traktori "MTZ 80" va prujinali borona "BP-8" dan foydalanish mumkin.

Tuproqlarning sho'rlanish darajasiga qarab 1-2 marta erta bahorda sho'ri yuviladi. Yer tobga kelganida shudgor qilinib, yer tekislanadi. Tuproqdagi namlik tezda yo'qolmasligi uchun mola bostiriladi. Tuproqni o'z muddatida va sifatli tayyorlash soya navlari urug'larining sifatli ekilishini ta'minlab, maysalarning qiyg'os unib chiqishiga imkoniyat yaratadi.

Soya mineral o'g'itlarga sezgir o'simlikdir. Soya o'simligi boshqa dukkakli ekinlar kabi ildizida yashovchi simbiotik tugunak bakteriyalari (Bradyrhizobium japonicum)ning faoliyati tufayli atmosfera azotini biriktirib olishi natijasida qo'shimcha iqtisodiy va ekologik foyda keltiradi. Soya ildizidagi Bradyrhizobium japonicum kislotali tuproqlarda yaxshi rivojlana olmaydi, shuning uchun ham tarkibida kislota mavjud bo'lgan o'g'itlardan foydalanmaslik maqsadga muvofiq. Soyani mineral o'g'itlar bilan taminlash tizimi urug'larni ekish davrida va o'simliklarning vegetatsiyasi davrida mineral o'g'itlarni berishdan iborat. Bunda ularning meyori tuproqning agrokimyoviy xossasidan kelib chiqib gegtariga 30-40 kg azot, 70-90 kg fosfor va 30-40 kg kaliy berish maqsadga muvofiq.

O'rganilgan soya navlarini yetishtirilganda mineral o'g'itlar 2 marta berildi: urug'larni ekish davrida, qolgan yarim qismi esa o'simliklarda gullashning boshlanish davrida ishlatildi. Soya o'simligini barg orqali ham oziqlantirish mumkin. Unumdorligi past tuproqlarda soya o'simligi gullashining boshlang'ich davrida ozuqa elementlariga juda muhtoj bo'ladi. Shu davrda barglar orqali qo'shimcha oziqlantirish tavsiya qilinadi. Sug'oriladigan dehqonchilikda qishloq xo'jaligi ekinlaridan olinadigan hosil ko'p jihatdan o'simliklarni vegetatsiya davrida biologik xususiyatlariga mos ravishda suv bilan ta'minlashga bog'liqdir, chunki o'simlikdagi barcha fiziologik va biokimyoviy jarayonlar yetarli suv bilan ta'minlashni talab qiladi. Soya o'simligi gullashdan dukkaklari pishguncha suvga talabchan bo'ladi, suv yetishmasa gullari va dukkaklari to'kiladi, pirovardida

hosildorlik kamayadi. Shuning uchun soyadan yuqori hosil olish uchun yetarli me'yorda sug'orish zarur.

Sug'oriladigan sharoitlarda mineral o'g'itlarning samaradorligi o'simliklarning suv bilan ta'minlashiga ham bog'liqdir. Tadqiqotlarimizda o'rganilgan soya navlarining biologik xususiyatlaridan kelib chiqib, ertapishar va o'rtapishar navlarini 6-7 marta (har safar 600 m3 ga me'yorida) sug'orish kerak. Bunda o'simliklarning gullash va pishish davrlarida sug'orish tez-tez amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati

1. Ёрматова Д., Хдмроева М.К., Гойипова М.А. Сурхондарё вилояти тупрок-иклим шароитига мослашган, юкори хосилдор соя усимлигини етиштириш, уруг навларини саралаб олиш ва уз вактида агротехник тадбирларни амалга ошириш // Хоразм Маъмун академияси ахборотномаси: №6/1 (90), 2022. - Б. 146-148.

2. Махмудов У., Халиков Б. Экиш муддатлари ва меъёрларининг такрорий ерёнго; хамда соя экини ривожланиш фазаларига таъсири// Агро илм журнали. №2. 2020.- Б. 157-159.

3. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

4. Musurmonovich F. S., Komiljonovna X. S., Qudrat o'g'li S. A. Some Photosynthetic Indicators of Soybean Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 5. - С. 255-257.

5. Ergashovich K. A., Musurmonovich F. S. Some Characteristics Of Transpiration Of Promising Soybean's Varieties //The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 28-35.

6. Фозилов Ш. М. Периодичность роста и формирования урожая у внутривидовых форм пшеницы //Интернаука. - 2019. - №. 45-1. - С. 18-20.

7. Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2024. - Т. 28. - С. 19-22.

8. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №. 9. - С. 25-28.

"Экономика и социум" №11(126)-2 2024

www.iupr.ru

62

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.