Научная статья на тему 'BUG’DOY O’SIMLIGINI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI'

BUG’DOY O’SIMLIGINI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
15
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
G‘allachilik / bug’doy / ekish me’yori / seleksiya / o’zgaruvchanlik darajasi / ertapishar / kechpishar navlar. / Cereal production / wheat / planting rate / selection / degree of variation / early / late ripening varieties.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Aramova G.B., Fazilov She.M.

Ushbu maqolada, Respublikamizda don yetishtirishni ko‘paytirish uchun hosildorlikni oshirish imkoniyatlarini izlab topib, kuzgi bug’doy navlarini yetishtirish orqali Surxondaryo viloyati sharoitida kuzgi bug‘doy navlari belgilarining o‘zgaruvchanlik darajasiga ekish me’yorining ta’sirini o‘rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFICIENCY OF THE SPRINKLING IRRIGATION METHOD FOR IRRIGATION OF WHEAT

In this article, in order to increase grain production in our Republic, the impact of sowing rate on the variability of winter wheat varieties in the conditions of Surkhandarya region by growing winter wheat varieties was studied.

Текст научной работы на тему «BUG’DOY O’SIMLIGINI YOMG‘IRLATIB SUG‘ORISH SAMARADORLIGI»

Aramova G.B.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo

O'zbekiston Fazilov She.M.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi Surxondaryo

O'zbekiston

BUG'DOY O'SIMLIGINI YOMG'IRLATIB SUG'ORISH

SAMARADORLIGI

Annotatsiya: Ushbu maqolada, Respublikamizda don yetishtirishni ko'paytirish uchun hosildorlikni oshirish imkoniyatlarini izlab topib, kuzgi bug'doy navlarini yetishtirish orqali Surxondaryo viloyati sharoitida kuzgi bug'doy navlari belgilarining o'zgaruvchanlik darajasiga ekish me'yorining ta'sirini o'rganildi.

Kalit so'zlar: G'allachilik, bug'doy, ekish me'yori, seleksiya, o'zgaruvchanlik darajasi, ertapishar, kechpishar navlar.

Aramova G.B.

Teacher Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan Fazilov Sh. M.

Teacher Termez State University Surkhandarya, Uzbekistan

EFFICIENCY OF THE SPRINKLING IRRIGATION METHOD FOR IRRIGATION OF WHEAT

Annatation: In this article, in order to increase grain production in our Republic, the impact of sowing rate on the variability of winter wheat varieties in the conditions of Surkhandarya region by growing winter wheat varieties was studied.

Key words: Cereal production, wheat, planting rate, selection, degree of variation, early, late ripening varieties.

Dunyo miqyosida bug'doy o' simligi muhim donli va yem-xashak ekini bo' lib, yiliga 230 mln. gektar atrofida ekilib kelinadi. Uning o'rtacha hosildorligi gektaridan 28-30 tsentnerni, yalpi hosil esa 600 mln. tonnani tashkil etmoqda. FAO ning ma'lumotlariga ko' ra dunyo aholisini don va un mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirish uchun yetishtirilayotgan don hosili miqdorini yiliga

2-2,5% ga orttirish talab etiladi. Shunga ko'ra, yetishtirilayotgan bug'doy hosilini zararli organizmlardan himoya qilish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

Mamlakatimiz qisqa fursat ichida Markaziy Osiyo davlatlari orasida bug'doy doni hosildorligi bo' yicha birinchi o' ringa ko' tarildi, Markaziy, G'arbiy Osiyo va Shimoliy Afrika davlatlari orasida esa eng yuqori hosildorlikka erishayotgan davlatlar safiga qo' shildi. Mustaqillik yillari davomida don yetishtirishda muayyan yutuqlarga erishildi. Ma'lumki, barqaror ravishda qishloq xo'jalik ekinlarining yuqori hosilini yetishtirishga har xil zararli organzmlar, qolaversa turli abiotik omillar tahdid solib turadi. Keyingi yillarda bug'doy o'simligiga suv taqchilligi ancha jadal tadqiq qilina boshlandi, jumladan bug'doyni yomg'irlatib sug'orish O'zbekistonda chuqur o'rganilmoqda.

Surxondaryo tajriba maydonida g'alla yetishtirishda o'tkazilgan tajribalar.

Kuzgi bug'doyning Aleksevich navini yomg'irlatib sug'orish usulida parvarishlash. (sug'orish va oziqlantirish tartibi, kasalliklar, xashorotlar va abiotik omillardan ximoyalash)

Yomg'irlatib sug'orish (spenkler) ning sug'orish texnikasi elementlari, nasos stansiyasidagi kirish bosimi, chiqish bosimi, markaziy tarqatuvchi quvurlardagi bosim moslashtirildi, yomg'ir tomchilari jadalligi, namlash doirasi aniqlandi va maqbul bosim ishlab chiqildi. Sug'orish muddati, me'yori o'rganildi.

1-jadval

Kuzgi bug'doy hosildorligi 1 m3 maydondagi poyalarni o'rib olish usulida

aniqlandi.

Maydon-chalar Poyalar soni Boshoqlar soni 10 ta boshoqdagi donlar Don vazni,g Poya va somon Xosild s/ga

Boshoqli Boshoq-siz soni vazni vazni g don somon

1 594 14 5 481 18,2 941,1 708,4 84,1 71

2 593 21 604 388 12,4 714,4 762,0 61,4 76

3 536 20 556 409 15,9 738,6 513,6 63,8 51

4 573 19 583 479 18,1 795,5 581,8 69,6 58

o'rtacha 571,5 18,5 439,3 16,2 797,4 641,5 69,7 64

Oktyabr oyi oxirida 3,0 gektar g'o'zadan bo'shagan maydonga gektariga 200 kg/dan fosforli o'g'it berildi va ikki marta chizel-kultivator bilan ishlov berildi.

Tayyorlangan yer maydoniga gektariga 200 kg/dan "Alekseevich"navli kuzgi boshoqli don urug'i qadaldi hamda gektariga 1200 kub metrdan egatlab sug'orildi va urug' undirib olindi.

Noyabr oyining oxirida g'alla maydoni gektariga 900 kub metrdan yana bir marta egatlab sug'orildi.

Fevral oyida kuzgi boshoqli don gektariga 300 kg/dan ammofos bilan oziqlantirildi hamda gektariga 800 kub metrdan ikki marta egatlab sug'orildi.

Mart oyida kuzgi boshoqli donikki marta 700 kub metdan sug'orildi. Kuzgi boshoqli don jami 6 marta egatlab sug'orildi va gektariga o'rtacha5100 kub metr suv berildi

Aprel oyining boshida kuzgi boshoqli don gektariga sof holda 70 kg/dan karbamid bilan oziqlantirildi.

10 aprelda ushbu g'alla maydoniga sprinklerli yomg'irlatib sug'orish texnologiyasi joriy qilindi.

Aprel-iyun olti marta yomg'irlatib sug'orildi va gektariga o'rta-cha 1600 kub metrdan suv sarflandi. Bunda g'alla bargidan ham sug'orildi va uning rivojlanishi uchunmikroiqlim yuzaga keltirildi.

Sprinklerli yomg'irlatib sug'orish o'zining samarasini berdi. Natijada, sug'orish mavsumida an'anaviy egatlab sug'orishga nisbatan gektariga 3500 kub metr suv tejaldi hamda o'rtacha 68 sentnerdan hosil o'rib olindi.

Bajarilgan agrotexnik tadbirlar.

20.10.2023 yil, g'o'za poyalarni o'rib-yig'ib olish, fosforli-kaliyli mineral o'g'it sochish chizil-kultivator bilan ishlov berish.

25.10.2023 yil, ekish. NRU uskunasida urug' sochish.

1.11.2023 yil, sug'orish.

21.11.2023 yil, oziqlantirish P 300 kg (fizik xolda)

7.02.2024 yil, oziqlantirish N 300 kg (fizik xolda)

12.02. sug'orish.

4.03. to'rtlik (gerbitsid, fungitsid, insektitsid, gumat kaliy) bilan kimyoviy ishlov berish.

20.04. yomg'irlatib sug'orish 220 m /ga xisoblagich ko'rsatkichi 270 m

o

25.04. yomg'irlatib sug'orish 190 m /ga xisoblagich ko'rsatkichi 900

5.05. yomg'irlatib sug'orish 200 M3/ga xisoblagich ko'rsatkichi 1200

14.05. yomg'irlatib sug'orish 205M3/ga xisoblagich ko'rsatkichi 1515

20.05. yomg'irlatib sug'orish 200 m3ga xisoblagich ko'rsatkichi 1815

28.05. yomg'irlatib sug'orish 190 M3/ga xisoblagich ko'rsatkichi 2085

8.06. yomg'irlatib sug'orish texnologiyasini demontaj qilish, tashish m3

5.06. xosildorlikni aniqlash.

17.06. g'allani kombaynda o'rib-yanchib olish.

24.06. somonni preslab yig'ib olish.

2-jadval

Dala nam sig'imi:% xajmga nisbatan.

Tuproq qatlami Dala nam sig'imi Tuproq Zichligi, g/sM" Nisbiy zichlik

I II O'rt. I II O'rt.

0-10 28,9 28,8 28,9 1,34 1,36 1,35 2,65

10-20 29,4 29,9 29,7 1,36 1,37 1,37 2,64

20-30 30,0 30,5 30,3 1,38 1,37 1,38 2,68

30-40 29,3 29,9 29,6 1,39 1,38 1,39 2,67

40-50 30,9 31,2 31,0 1,41 1,40 1,41 2,67

50-60 29,8 30,6 30,2 1,42 1,44 1,43 2,66

60-70 29,1 29,7 29,4 1,43 1,43 1,43 2,67

70-80 29,7 29,8 29,8 1,41 1,40 1,41 2,66

80-90 31,2 31,0 31,1 1,40 1,40 1,40 2,68

90-100 31,8 31,4 31,6 1,39 1,40 1,40 2,66

O'tgan yarim yilda kuzgi bug'doyzorda tarqalib ketgan hamda katta zarar keltirgan begona o't-qushqo'nmasni yo'qotish uchun shu kungacha qo'llanilgan gerbesidlardan samara olishmagan. 2024 yilda Termiz, Jarqo'rg'on va Sariosiyo tumanlari fermer xo'jaliklari qushqo'nmas bosib olgan dalalariga "Finizan" hamda "Starani premium" gerbesidlari bilan qushqo'nmasning chin barg fazasida ishlov berilganda samarasi yuqori bo'lganligi aniqlangan

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Davlatova F. et al. Kuzgi bug'doyning fuzarioz kasalligi bilan zararlanishi //Holders of reason. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 994-1001.

2. Планирование водопользования при орошении сельскохозяйственных культур: инструктивно-методическое издание/ Ольгаренко Г.В [и др.]. М.: Изд-во ФГБНУ «Росинформагротех», 2014. 172 с.

3. Ефремов А.Н. Лазерная планировка орошаемых земель. М.: Изд-во ООО «Литера Принт», 2016. 52 с.

4. O.T.Alimardonov, B.Ch.Jo'rayev, N.N.Ochildiyev, A.B.Danabayev-"Surxondaryo viloyatida g'o'zadan yuqori va sifatli hosil yetishtirish agrotexnologiyalari" Termiz-2022 y. 163-b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.