Научная статья на тему 'SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SOYA YЕTISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SOYA YЕTISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
5
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya / Surxondaryo iqlimi / agrotexnika / cheklangan namlik / tuproq sho‘rlanishi / hosildorlik. / Soybean / Surkhandarya climate / agronomy / limited moisture / soil salinity / yield.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Fozilov Sh.M., Allayarov S.K.

Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida soya yetishtirishning o‘ziga xos agrotexnik xususiyatlari o‘rganilgan. Soya navlarining cheklangan namlik sharoitlariga chidamliligini oshirish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda olib borish zarurligi ta’kidlanadi. Mintaqaning qurg‘oqchil iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishish maqsadida tuproqni ekishga tayyorlash, begona o‘tlarni yo‘qotish, namlikni saqlab qolish va sho‘rlangan yerni yuvish kabi jarayonlar tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari asosida istiqbolli soya navlarini ekish muddatlari, me’yorlari va texnologiyalari tavsiya etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPECIFIC FEATURES OF SOYBEAN CULTIVATION IN THE CONDITIONS OF SURKHANDARYA REGION

This article examines the agronomic features of soybean cultivation in the soil and climatic conditions of the Surkhandarya region. The need for scientifically based agro-technical measures to improve the drought tolerance of soybean varieties is emphasized. Processes such as soil preparation for planting, weed removal, moisture conservation, and desalination of saline soils are described to achieve high yields in the arid climate of the region. Based on the study results, the optimal planting times, norms, and technologies for promising soybean varieties are recommended.

Текст научной работы на тему «SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SOYA YЕTISHTIRISHNING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

Fozilov Sh.M.

Termiz davlat universiteti, o'qituvchi, b.f.f.d. (PhD)

Surxondaryo, O'zbekiston

Allayarov S.K.

Termiz davlat universiteti, o 'qituvchi, b.f.f.d. (PhD)

Surxondaryo, O'zbekiston

SURXONDARYO VILOYATI SHAROITIDA SOYA YETISHTIRISHNING

O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Annotatsiya. Mazkur maqolada Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitida soya yetishtirishning o 'ziga xos agrotexnik xususiyatlari o 'rganilgan. Soya navlarining cheklangan namlik sharoitlariga chidamliligini oshirish uchun agrotexnik tadbirlarni ilmiy asosda olib borish zarurligi ta 'kidlanadi. Mintaqaning qurg'oqchil iqlim sharoitida yuqori hosildorlikka erishish maqsadida tuproqni ekishga tayyorlash, begona o 'tlarni yo 'qotish, namlikni saqlab qolish va sho 'rlangan yerni yuvish kabi jarayonlar tavsiflanadi. Tadqiqot natijalari asosida istiqbolli soya navlarini ekish muddatlari, me'yorlari va texnologiyalari tavsiya etilgan.

Kalit so'zlar: Soya, Surxondaryo iqlimi, agrotexnika, cheklangan namlik, tuproq sho 'rlanishi, hosildorlik.

Fozilov Sh.M.

Teacher, PhD, Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan.

Allayarov S.K.

Teacher, PhD Termiz State University Surkhandarya, Uzbekistan

SPECIFIC FEATURES OF SOYBEAN CULTIVATION IN THE CONDITIONS OF SURKHANDARYA REGION

Abstract: This article examines the agronomic features of soybean cultivation in the soil and climatic conditions of the Surkhandarya region. The need for scientifically based agro-technical measures to improve the drought tolerance of soybean varieties is emphasized. Processes such as soil preparation for planting, weed removal, moisture conservation, and desalination of saline soils are described to achieve high yields in the arid climate of the region. Based on the study results, the optimal planting times, norms, and technologies for promising soybean varieties are recommended.

Key words: Soybean, Surkhandarya climate, agronomy, limited moisture, soil salinity, yield.

Ma'lumki, tashqi muhitning noqulay omillari sharoitlari qishloq xo'jalik o'simliklari jumladan, soya navlaridan yuqori va barqaror hosildorlikka erishish uchun oddiy ekin maydonlarini kengaytirishning o'zi yetarli emas, balki o'simlik navlarining bioekofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, agrotexnik tadbirlarni o'z muddatlarida va sifatli o'tkazish orqali erishish mumkin.

Soya navlaridan yuqori don hosili olishni ta'minlaydigan namlik darajalari aniqlanib, soya navlari hosildorligini oshirishda Surxondaryo tuproq-iqlim sharoitiga mos navlarni ekish va ularni yetishtirish usullarini takomillashtirishda ularning bioekofiziologik va biokimyoviy xususiyatlarni o'rganish, qolaversa ilmiy asoslangan holda ularni yetishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish lozim.

Surxondaryo viloyati sharoitlarida dehqonchilik bilan shug'ullanish va yerdan foydalanishning o'ziga xos xususiyatlarga ega(4.8-rasm).

4.8-rasm.

Mintaqaning iqlimi qurg'oqchil, yozi juda issiq va quruq hamda garmsel (afg'on shamoli) oqibatida qishloq xo'jalik ekinlari, shu jumladan soyaning hosildorligi ham keskin kamayadi. Keyingi yillarda tuproq qurg'oqchiligining salbiy ta'siri, ekinlar salmog'ining keskin kamayishi, ko'plab ekin maydonlarida tuproqdagi gumus va oziqa moddalarining tanqisligi, mavjud suv resurslarining hamda yerlarning sho'rlanish darajasini ortishi kuzatilmoqda. Bundan tashqari, viloyatda cho'llanish jarayonlarining jadallashuvi ham sodir bo'lmoqda. Shu bois mintaqadagi sug'oriladigan yerlarning barchasi turli darajada sho'rlanganligini, suv zahiralarining cheklanganligini va tuproqlar unumdorligining pasayishini hisobga olgan holda qishloq xo'jaligi ekinlarini almashlab ekish va cheklangan namlik sharoitiga moslashuvchanligi yuqori navlarni tanlab, hududlar kesimida to'g'ri

joylashtirish va ularga mos keladigan agrotexnologiyalarni qo'llash o'ta muhim vazifalar hisoblanadi.

Soya o'simligining biologiyasi, yetishtirish agrotexnikasi va biomassasini qayta ishlash usullari yetarli darajada ilmiy asoslanganiga qaramasdan viloyatning o'ziga xos iqlimi, cheklangan namlik sharoitlarida turli soya navlarini yetishtirish yetarlicha o'rganilmagan. Shularni hisobga olgan holda ingichka tolali paxtachilik ilmiy-tadqiqot instituti Surxondaryo stansiyasining eksperimental bazasida istiqbolli soya navlarini yetishtirish agrotexnikasining elementlari tadqiq qilindi. Qishloq xo'jaligiga qo'yiladigan asosiy maqsad yerdan oqilona foydalanib, mo'l va sifatli soya doni va boshqa qishloq xo'jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan iborat.

O'zbekiston qishloq xo'jaligi ilmiy ishlab chiqarish markazi Don dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Toshkent sholi, don va dukkakli ekinlar ilmiy tajriba stansiyasida 2017-yilda Surxondaryo viloyatida soya yetishtiruvchilar va qayta ishlovchi mutaxassislar uchun "Surxondaryo viloyati iqlim - sharoitiga mos agrotexnikasi bo'yicha tavsiyanoma" mavzusida ilmiy ishlanmasi nashr etilgan. Ushbu tavsiyanomada Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida soya yetishtirish va yetishtirilayotgan navlarining biologik xususiyatlarini inobatga olgan holda suv va uning resurslaridan samarali foydalanishni ta'minlovchi soyani parvarishlashda o'tkaziladigan agrotexnik tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ammo ushbu tavsiyanomaning o'zi yetarli emas, chunki soya yetishtirishning agrotexnik tadbirlari keng qamrovli bo'lib, qolaversa ayniqsa so'ngi yillarda qurg'oqchilikning ortishi natijasida dehqon, fermer va mutaxassislardan soya yetishtirishda zamonaviy bilim va malakalarni talab qiladi. Albatta, soya navlarining cheklangan namlik(yani qurg'oqchilik)ka chidamliligini asosan fiziologik-biokimyoviy jarayonlarini tahlil qilish va hududning tuproq iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda agrotexnik tadbirlarni olib borish barqaror hosildorlikni ta'minlaydi

Yuqorida qayd etilgan texnologiyalarni va amalga oshirilgan tadqiqot natijalarini inobatga olgan holda Surxondaryo viloyati tuproq-iqlim sharoitlarida istiqbolli soya navlarini yetishtirish agrotexnologiyasini qarab chiqamiz.

Xulosa. Surxondaryo viloyati tuproq - iqlim sharoitlarida o'rganilgan soya navlarini asosiy ekin sifatida aprel oyining oxirida ekish maqsadga muvofiqligini, urug'larni ekish me'yori gektariga 300-400 ming (dona), tuproqning yer ostiga ekish sathi chuqurligi 4-5 sm, qatorlar oralig'i 60 sm bo'lishi aniq agrotexnik tadbirlar asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Bulardan tashqari ekin ekish maydoni (dala) tuproqlarining namlik ko'rsatkichlari yetarli darajada (dissertatsiya matni yoki dissertatsiya mavzusi doirasida ishlab chiqilgan "Amaliy tavsiyanoma"ga qaralsin) bo'lishi shartligi keltirib o'tiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati 1. Ёрматова Д., X,aMpoeBa М.К., Гойипова М.А. Сурхондарё вилояти тупрок-иклим шароитига мослашган, юкори хосилдор соя усимлигини eтиштириш, уруг навларини саралаб олиш ва уз вактида агротeхник тадбирларни амалга ошириш // Хоразм Маъмун акадeмияси ахборотномаси: №6/1 (90), 2022. - Б. 146-148.

2. Махмудов У., Халиков Б. Экиш муддатлари ва меъёрларининг такрорий ерёнгок хамда соя экини ривожланиш фазаларига таъсири// Агро илм журнали. №2. 2020.- Б. 157-159.

3. Baxriddinovna R. U., Musurmonovich F. S. Soybean-as a source of valuable food //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 6. - С. 165-166.

4. Musurmonovich F. S., Komiljonovna X. S., Qudrat o'g'li S. A. Some Photosynthetic Indicators of Soybean Varieties //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2022. - Т. 5. - С. 255-257.

5. Ergashovich K. A., Musurmonovich F. S. Some Characteristics Of Transpiration Of Promising Soybean's Varieties //The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering. - 2021. - Т. 3. - №. 05. - С. 28-35.

6. Фозилов Ш. М. Периодичность роста и формирования урожая у внутривидовых форм пшеницы //Интернаука. - 2019. - №. 45-1. - С. 18-20.

7. Baxriddinovna R. U. Methodology For Solving Problems of Food Chains and Ecological Pyramids and Its Significance //Texas Journal of Multidisciplinary Studies. - 2024. - Т. 28. - С. 19-22.

8. Fozilov S. The effect of drought on the water regime in the leaves of soybean varieties //Science and innovation in the education system. - 2023. - Т. 2. - №. 9. - С. 25-28.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.