Научная статья на тему 'SOVETLARNING DINGA NISBATAN OLIB BORGAN SIYOSATINING DAVRIY MATBUOT SAHIFALARIDA YORITILISHI'

SOVETLARNING DINGA NISBATAN OLIB BORGAN SIYOSATINING DAVRIY MATBUOT SAHIFALARIDA YORITILISHI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
3
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xudosizlar / afyun / MTS / KXS / yacheyka.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nurmuxammadov Sharofitdin Shermaxammat O‘g‘li

O‘tgan asrning 20-30 yillarida bolsheviklar siyosati natijasida nafaqat xalqimiz boyliklari talon-taroj etildi, balki diniy va milliy qadriyatlari paymol etildi. Bunday jarayonlar davriy matbuot sahifalarida aks etgan. Ushbu maqola esa o‘sha davrdagi manbalardan biri hisoblangan davriy matbuot materiallari orqali ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOVETLARNING DINGA NISBATAN OLIB BORGAN SIYOSATINING DAVRIY MATBUOT SAHIFALARIDA YORITILISHI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

SOVETLARNING DINGA NISBATAN OLIB BORGAN SIYOSATINING DAVRIY MATBUOT SAHIFALARIDA YORITILISHI

Nurmuxammadov Sharofitdin Shermaxammat o'g'li

Toshkent amaliy fanlar universiteti katta o'qituvchisi akbarshohim1919@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.13303864 Annotatsiya: O'tgan asrning 20-30 yillarida bolsheviklar siyosati natijasida nafaqat xalqimiz boyliklari talon-taroj etildi, balki diniy va milliy qadriyatlari paymol etildi. Bunday jarayonlar davriy matbuot sahifalarida aks etgan. Ushbu maqola esa o'sha davrdagi manbalardan biri hisoblangan davriy matbuot materiallari orqali ochib berilgan.

Kalit so'zlar: Xudosizlar, afyun, MTS, KXS, yacheyka.

KIRISH

O'tmish tarixga manbalarga suyanmasdan ba'ho berib bo'lmaydi. Chunki tuzum mafkurasi bo'lib o'tgan voqealarni buzib ko'rsatishga harakat qiladilar. Sobiq sovet tuzumi davrida ham xuddi shunday jarayonlar bo'lganligini ko'zatish mumkin. Manba esa bo'lib o'tgan voqealarni o'rganishda asosiy ma'lumot bo'lib xizmat qiladi. Ushbu maqolada o'tgan asrning 20-30 yillaridagi siyosiy jarayonlarni o'rganishni davriy matbuot materiallari orqali yoritib berishga harakat qilindi.

Bolsheviklar hokimiyat tepasiga kelib, sotsialistik jamiyatini qura boshlar ekan, nafaqat sinfsiz jamiyatni yuzaga keltirish uchun, balki barcha narsaga faqat o'z kuchi bilan erisha oladigan dinsiz, yo'qsullar mamlakatini barpo qilish maqsadida dinga qarshi ayovsiz kurash olib bordilar.

Sovet hukumatining O'zbekiston jumhuriyatidagi dinga bo'lgan munosabati davriy matbuotda keng tarzda targ'ib etilgan va yoritib borilgan.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

Maqolada yo'nalish kesimiga oid ilmiy tadqiqot usullari qo'llaniladi, shu jumladan tarixiylik, tizimlashtirish tamoyillari ham yondashilgan holda tadqiq qilindi. Muammoga sivilizatsiyaviy yondashuv asosiy prinsip yondashildi. Bundan tashqari maqolani tushunarli qilib yoritishda qiyosiy va xronologik tahlillardan foydalanilganligi mavzuni o'rganishni kuchaytirish.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

Davriy gazeta jurnallar bilan birgalikda sevet ittifoqi tomonidan yaratilgan adabiyotlar shu bilan birgalikda jadidlar tomonidan yaratilgan davriy matbuotlar qiyosiy tahlil qilingan holda tadqiqot olib borildi. Ushbu maqolani tayyorlashda ko'plab ilmiy tadqiqot ishlaridan shu jumladan A.Mingnorov, Q. Rajabov, D.Aliyeva, X.Yunusova, A.Ermetov tadqiqot ishlaridan keng foydalanildi

NATIJALAR VA ULARNING TAHLiLi

Sovet hukumati O'zbekiston respublikasida dinga qarshi kurash olib borish maqsadida "Xudosizlar" nomli jurnal chiqara boshladi.

Ushbu jurnaldagi aksariyat maqolalar va turli ma'lumotlar siyosiy tizimga xizmat qilganligi bois barcha e'tibor dinga qarshi qaratilgan edi. Bu esa kommunistlarning O'zbekistonda dinga bo'lgan munosabatini yanada to'liqroq ochib berish imkoniyatini

beradi. Shu bilan bir qatorda boshqa davriy matbuot organlarining sahifalarida ham dinga qarshi targ'ibot ishlari olib borilgan. O'tgan asrning 20-yillar oxiri va 30-yillarda dinga qarshi kurash kommunistlar partiyasining eng asosiy vazifalaridan biriga aylandi.

Dinga qarshi ommaviy targ'ibot olib borish ishlari ikki qismdan iborat bo'ladi:

1.Targ'ibot qismi. Bunda ma'ruzalar tayin qilinib, bular klublar va qizil choyxonalarda amalga oshiriladi;

2.Kecha qismi. Bunda bayramlar arafasida turli xil kechalar tashkil etilib, ularning dasturiga: - qisqa ma'ruzalar;

- teatr uyini;

- she'riy chiqish;

- ashulalar kirgizilib [Toshkentda dinga qarshi kurash., 1929.,66-77]" aholini o'z tomoniga ushbu yo'l orqali tortilgan.

Kommunistlar dinni o'zlarining asosiy dushmanlari sifatida ko'rib, dinga nisbatan ta'qibni borgan sari kuchaytirib borganlar. Shuning uchun ham ular "Din va diniy tashkilotlar madaniy inqilob dushmanlari[Din va diniy tashkilotlar madaniy inqilov dushmanlar., 1928:22]" va "Dinning zararligiga kam baho berish, diniy mafkurani to'g'ridan - to'g'ri quvvatlashdir[Dinning zararligiga kam baho berish diniy mafkurani to'g'ridan-to'g'ri quvvatlashdir., 1933:4142]", degan dasturulamal bilan dinga qarshi ayovsiz kurash olib borganlar.

1925 yilda Toshkent, Qo'qon kabi shaharlarda xudosiz tashkilotlarda, firqa yacheykalari huzurida tugaraklar, rayon qo'mitalari, byurolari paydo bo'lib, xudosizlar harakati jonlana bordi.

1928 yilning noyabr oyida xudosizlar soyuzi markaziy tashkilot byuro tomonidan I O'zbekiston jumhuriyati xudosizlar qurultoyi chaqirilib, jumhuriyat xudosizlik harakatiga rahbarlik qilib turish uchun markaziy xudosizlar sho'rosi saylandi. 1928 "O'zbekistonning keng shahar mehnatkashlar ommasi, kolxozchilar, sovxoz va MTS ishchilari orasida dinga qarshi harakat sotsialistik qurilishining birinchi besh yillikning to'rtinchi yilida shunchalik kengaydiki, u

1928 yilga qaraganda 13 martaba o'sdi. Kurashchan xudosizlar soyuzining a'zolari:

1929 yilda 12 000 ta

1930 yilda 19 000 ta,

1931 yilda 40 000 ta,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

1931 yilda 90 000 ta,1932 yilda 160 000 ta[Dinga qarshi ishchi to'garaklarning programmasi., 1933:4349]" bo'ldi, deyilgan ma'lumot beriladi. 1932-1933 yillarda yoppasiga kollektivlashtirishni tamomlash uchun birinchidan, har bir savxoz, kolxoz, MTS qoshida KXS ning yacheykalarini tashkil qilish zarurligi; ikkinchidan, qishloqda dinga qarshi kurashni rivoj-lantirishga to'sqinlik qiluvchilarga qarshi qat'iy kurash zarurligi; uchinchidan, xat yozuvni arab harfidan lotin harfiga ko'chirish zarurligi[O'zbekistonda xudosizlik harakati., 1933:16-19]" belgilab berilgan edi.

Bolsheviklar tomonidan mahalliy aholini xudosizlantirish nafaqat respublika markazi Toshkent shahrida, balki chekka viloyatlarda ham olib borildi.

Agar sho'rolar jumhuriyati va Ukrainada dinga qarshi targ'ibot ishlari 1922 - 1923 yillarda boshlangan bo'lsa, O'zbekistonda bundan ikki yilgina ilgari boshlandi. Biroq shu qisqa muddat ichida xudosizlik ishchilar ommasining eng qatlamlari ichiga tarqaldi. Biz hozir o'n mingdan ziyod "kurashchan xudosizlar soyuzi" ga ega. Shu yil 15 oktabrdan boshlab butun O'zbekistonda savodsizlikni tugatish uchun madaniy yurish e'lon qilindi. Savodsizlikni tugatish uchun boshlangan madaniy yurishda xudosizlarning vazifalari:

1.Xudosizlar soyuzining yacheykalari savodsizlikni tugatish uchun madaniy yurishning ahamiyatini keng ravishda tushuntirish kerakligi;

2.Savodli xudosizning savodsizga ta'lim berish kerakligi;

3.Shu rayon yoki qishloqdagi savodsiz mehnatkashlarni hisobga olish, savodsizlikni tugatish punktlarini tashkil etish;

4."Savodsizlikni tugatish va din" yoki "omma savodsizligi va madaniyatining dushmani" mavzusida ko'rgazma va burchaklar tashkil etish zarur [in bilan kurash sotsiolizm uchun kurashdir., 1929.№10.3-8]", -deyilgan yo'llanmalar asosida faoliyat olib bordilar.

Din zaharli modda sifatida baholangan va shunga qarshi kurash olib borilgan va "Din - xalq uchun afyundir[Din xalq uchun afyundir.,1932. №-5:15-17]", -deb baho berildi.

Dinning sotsial ildizlari to'g'risida, kommunistlarning "buyuk dohiysi"ning: "Din mehnatkashlarni ekspluatator sinflar qo'lida qul qilish qurolidir", degan asossiz g'oyasiga amal qilib, dinga qarshi ayovsiz kurash olib bordilar.

1927 yilda O'zbekiston kommunistlar firqasi Markazqo'mining 6 yalpi yig'ilishining "Kimki dinga tarafdor bo'lsa, u firqaga a'zo bo'lmaydi" degan qarorini amalga oshirishni talab qiladi.

Kommunistlar har qanday dinga talluqli yoki diniy hayot tarzida kun kechiradigan odamni ular sovet tuzumining dushmanlari deb hisoblar edi. Shuning uchun ham ular dastlab bunday odamning mol mulkini tortib olib, so'ngra turli xil qo'yilgan nohaq ayblar bilan uni tuzum dushmani sifatida otishga hukm etishar edi.

Behbudiy (Qarshi)dagi klub binosida Numonxon eshon sudi bo'lib, unda eshonga tegishli 228 tanob yeri, 145 pud urug'lik arpa, 2 ta ot va ho'kizi tortib olinadi va uni yashaydigan uyga poyg'oqchi(ko'zatuvchi)lar

qo'yganligidan, eshonning qahri va noroziligidan uni yerini olgan insonlardan biri tezda vafot etgan bo'lsa, ikkinchisi shol bo'lib qoladi. Biroq bu holni siyosiy tuzum xalqni fikrini chalg'itish uchun unga boshqa ayb, ya'ni zaharlab o'ldirdi, degan ayb bilan Numonxon eshonni otishga xukm etib, uni o'g'lini esa Qashqadaryodan badarg'a qilib yuborganligini[Mashhur Numonxo n eshon qora kursida javob berdi., 1926:№-96]" ko'rsatib o'tish mumkin.

Sovet hukumati tezda paxta mustaqilligiga erishish uchun aholini ko'proq qishloq xo'jaligiga tortish ishida bunga asosiy to'siqni din deb bilganliklari uchun aholini chalg'itib turli xil noto'g'ri ma'lumotlar bera boshlaydilar: "Ro'za tutib tartibsiz ovqatlangan kishi kasal bo'ladi. Bunday kishilar ishga yaramay qoladi.

Sovet xukumati O'zbekistonda xotin - qizlarni "din asorati"dan ozod qilish emas, balki shu dinga qarshi kurashish bahonasida, go'yo xotin - qizlarni ozod qilish orqali sovet ittifoqi uchun oltinga teng bo'lgan paxta xom ashyoni yetkazib beradigan millionlab tayyor ishchi kuchini yaratishdan iborat edi.

Madaniy inqilob harakati orqali yuzlab masjid, madrasalar-u, ajdodlarimizdan qolgan imoratlar buzib tashlandi, binolarning ba'zilari esa kommunistlarning targ'ibot - tashviqot markazlariga aylantirildi.

"Turkistonda masjid qolmadi, deyarlik darajadadir. Eng katta va tarixiy madrasa va masjidlarimiz kommunist klublariga aylantirib, maxrab(peshtoq)lariga Lenin va boshqalarning sur'atlari osildi. Bir kuni Andijonda tong nomoziga chiqmoq bo'lgan muminlarni tutib qamagan va imom bilan so'fini "xalqni hukumatga tashfiq uchun to'plagansiz" deb ayblab Sibirga surgun qilgan. Bunday xollar har tomonda bo'lib turilgan[Turkistonning bu kungi holi/Yosh Turkiston.,1930.№7:48]"ligi to'g'risida ma'lumot berilgan.

Kommunistlar mahalliy yosh bolalarni "kommunistik ruhda" tarbiyalashga katta e'tibor qaratdi. Bu to'g'rida davriy matbuotda juda ko'plab ma'lumotlarni uchratish mumkin[Maktablarda dinga qarshi tarbiya.,№7:35-39].

"An'analar va urf - odatlarga qarshi kurashmasdan turib, iqtisodiyotda va kishilar ongida bo'lgan burjua sarqitlarni yo'qotmasdan, mehnatkashlarni sinfsiz sotsializm jamiyatini ongli va faol quruvchilariga aylantirish mumkin emas, bu shior bizning barcha ishlarimiz uchun asos bo'lmog'i kerak[Yoshlar o'rtasida dinga qarshi targ'ibotni kuchaytiraylik., №5-6: 12-13]", deyilgan tashviqot olib borildi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sovet tuzumi davrida islom diniga nisbatan ayovsiz tarzda kurash olib borilgan. O'zlarining shovinistik siyosatini dinga qarshi kurash orqali amalga oshiradilar. Bu to'g'rida o'sha davrdagi davriy matbuotda juda ko'p ma'lumotlar bor. O'tmish tarixni manbalar orqali o'rganib xalqimizga, ayniqsa, yetishib kelayotgan yosh avlodga yetkazib berish bugunning asosiy vazifalaridan biridir. Bu esa yoshlarimizning o'tmish tariximizni teran anglashga va to'g'ri xulosa chiqarishga yordam beradi.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1. Тошкентда динга карши таргибот. Худосизлар. 1929й.№ 2. Б.66-70.

2. Дин ва диний ташкилотлар маданий инкилоб душманлари. // Худосизлар. 1928. №7-8. Б.22.

3. Диннинг зарарлигига кам ба^о бериш, диний мафкурани тугридан - тугри кувватлашдир // Худосизлар. 1933. №1-2. Б.41-42.

4. Динга карши ишчи тугаракларининг праграммаси. // Худосизлар. 1933й. № 4. Б. 43-49.

5. Узбекистонда худосизлик ^аракати.// Худосизлар. 1933й. № 3. Б. 16-19.

6. Дин билан кураш социализм учун курашдир.//Худосизлар.1929. №10. Б. 3-8.

7. Дин - халк учун афюндир. //Худосизлар. 1932. №56. Б.14-17; //Бухоро ^акикати.1938й. 23 октябрь №151

8. Маш^ур Нумонхон эшон кора курсида жавоб берди// ^изил Узбекистон. 1926й. 26 апрелб. №96.

9. Туркистоннинг бу кунги ^оли.// Ёш Туркистон. 1930. № 7-8. Б.48.

10. Мактабларда динга карши тарбия.//Худосизлар. 1928. №7-8. Б.35-39;Мактаб болалари орасида динга карши тарбия.// Худосизлар. 1929. №2. Б. 45-47.

11. Ёшлар орасида динга карши таргиботни кучайтирайлик.Худосизлар. 1932й. № 5-6. Б. 12-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.