JADID MATBUOTINING MILLIY MATBUOT SIFATIDA SHAKLLANISHI
Nasirova Nilufar Norqulovna
Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi tarix fani ikkinchi toifali
o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu ishda jadid matbuotining shakllanishidagi o'ziga xos xususiyatlari hamda zamonaviy o 'zbek matbuoti shakllanishida jadid matbuotining o 'rni va roli tahlil qilinadi. Tadqiqotda jadidlarning matbuot sohasida muayyan bilim va ko 'nikmaga ega bo'lganlikdari va mazkur sohani rivojlantirishga alohida e'tibor berganliklari yoritiladi.
Kalit so'zlar: jadid, ma'rifatparvarlik, gazeta, jurnal, matbuot, ozodlik harakati, Turkiston, sho'ro tuzumi, milliy g'oya.
FORMATION OF JADID PRESS AS A NATIONAL PRESS
Nasirova Nilufar Norkulovna
Second category teacher of history at the Republican Specialized Design
School ABSTRACT
This work analyzes the peculiarities of the formation of the Jadid press and the role of the Jadid press in the formation of the modern Uzbek press. The study notes that the Jadids have a certain knowledge and skills in the field ofjournalism and pay special attention to the development of this field.
Keywords: jadid, enlightenment, newspaper, magazine, press, liberation movement, Turkestan, soviet system, national idea.
СТАНОВЛЕНИЕ ДЖАДИДСКОЙ ПРЕССЫ КАК НATSЮНАЛЬНОЙ ПРЕССЫ
Насирова Нилуфар Норкуловна
Преподаватель истории второй категории Республиканской специализированной школы дизайна АННОТAЦИЯ
В работе анализируются особенности становления джадидской прессы и роль джадидской прессы в становлении современной узбекской прессы. В исследовании отмечается, что джадиды обладают определенными знаниями и навыками в области журналистики и уделяют особое внимание развитию этой области.
Ключевые слова: джадид, просвещение, газета, журнал, пресса, освободительное движение, Туркестан, советский строй, нatsiональная идея.
KIRISH
O'zbekiston mustaqillikka erishgach siyosiy, iqtisodiy va madaniy soha^ qatori matbuotga nisbatan ham yangicha munosabat yuzaga keldi. Chunki jadidlar matbuoti to'g'risidagi haqiqatning tiklanishi ham bevosita milliy istiqlolning гo'yobga chiqishi bilan uzviy bog'liq. Zeгo, sobiq mafkura tazyiqi ostida matbuotimiz, xususan XIX asr oxiri hamda XX asrdagi milliy matbuotning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari o'гganilmagan edi.
Ta'kidlash joizki, matbuotning milliy uyg'onishga da'vat minbariga aylanishning ham o'z tarixiy taгaqqiyot yo'li boг. Tuгkiston matbuoti tarixiga nazaг tashlaydigan bo'lsak, mustamlakachilik davгida mustabid sho'гo tuzumi mafkurachilari tomonidan jadidlar faoliyati millatchilik g'oyasini ilgaгi suгgan deb qoгalab kelingan. Jadidchilik oqimining mohiyatini tubdan oydinlashtirish, sho'гo mafkuгachilaгi tomonidan qo'yilgan "ay^'la^an xalos qilish, ulaming to'g'гi va ilmiy bahosini beгish uchun o'zbek matbuoti XX asming 80-90 yillarida maqolalar, davra suhbatlarini berib bordi. Ayniqsa, mustaqillik davridagi matbuot sahifalarida jadid^ faoliyatini yoritishda jiddiy muammolami ko'taгib chiqqan maqolalaг katta o'rin egallaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Tadqiqot jarayonida tarixiylik va xolislik tamoyillariga suyangan holda, qiyosiy - tarixiy, mantiqiy tahlil va davrlashtirish usullaridan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
O'zbekiston Respublikasi mustaqil taraqqiyot yo'liga kiгish bilan o'zining ma'naviy qadгiyatlaгini va aqliy salohiyatini qayta tiklash davгiga qadam qo'ydi. Davlatimiz qo'lga kiгitgan milliy mustaqillik matbuot sohasida ham o'z aksini topmog'i kerak. Chunki maktabda amalga oshiriladigan taгbiyaviy jaгayon maqsadi davlat, ijtimoiy tarbiya maqsadlariga mos kelgan holdagina madaniy, ma'naviy, iqtisodiy taraqqiyot ravnaq qaror topishi mumkin.
O'tmish va kelajak bovasta qadamdiï, deydi dono xalqimiz. Matbuot tarixining o'z so'nmas yulduzlari, poгlab togan quyosЫaгi - buyuk siymolari mavjud. Zero, tundan so'ng tong otgani kabi ular asrlar osha hur tafakkur kuchlari bilan avlodlar daráiga hamdaгd, yo'llariga madad bo'ladilaг.
Yangi usuldagi maktab va maoгif) ta'lim - tarbiya muammolarini ilgari surgan jadid^ ana shunday ulug' insonlaT bo'lib, taгix maydonida ulaming alohida o'mi boг. Jadidlaг taгg'ib etgan g'oyalaг hamon o'z ahamiyatini yo'qotgani yo'q. Suvning
tubiga cho'kib ketgan marvariddek shaffof hur fikrlar, ilg'or falsafiy, pedagogik qarashlar bugungi kunda barkamol avlodni tarbiyalashda juda zarur va keraklidir. Ayniqsa, yoshlarni go'zal ong, go'zal til, go'zal qalb sohibi - komil inson sifatida tarbiyalashda jadidlar faoliyatining ahamiyati buyuk va beqiyosdir.
Jadidchilik XIX asr oxiri XX asrning boshlarida Turkiston ziyolilarining xalq orasida ozodlik, demokratiya, madaniy - ma'rifiy g'oyalarini keng targ'ibot qilish va amalga oshirishga qaratilgan milliy taraqqiyparvarlik harakatidir. Ma'lumki, "Jadidlarimiz siyosiy ishlar - haq-huquq, milliy davlat, hokimiyat masalalari bilan muntazam shug'ullandilar. Ayni paytda maktab - maorif isloh qilina boshlandi. Milliy matbuot yo'lga qo'yildi. Teatr paydo bo'ldi. Yangi adabiyot shakllandi, bir so'z bilan aytganda, yangi tafakkur maydonga keldi. Bu - millatning o'zligini anglash va mustaqillik mafkurasi edi. Bu hol, shubhasiz, millatning keyingi 3-4 asrlik tarixiy taraqqiyotida misli ko'rilmagan hol edi. Uning hayotida uzoq turg'unlikdan keyin yangi bosqich boshlanishiga dalolat edi". Shu ma'noda aytishimiz mumkinki, jadidlar matbuoti sho'ro davridagi bir yoqlama mafkuraviy qolipdagi matbuot emas, bu millatni kurashga, ma'rifatga otlantirgan matbuot edi. Jadidlar matbuoti to'g'risidagi haqiqatning tiklanishi bevosita milliy istiqlolning ro'yobga chiqishi bilan uzviy bog'liq. Jadid matbuotining vujudga kelishi o'lkada milliy g'oyalarning tarqalishida muhim rol o'ynaydi.
Milliy g'oya va milliy mafkura tushunchalarini bir-biridan ajratish qiyin, ular o'zaro yaxlit chirmashib ketgan. Milliy mafkura tushunchasi keng qamrovli bo'lib, milliy g'oya uning o'zagi hisoblanadi. Milliy mafkura milliy g'oya tevaragida shakllanadi, u jamiyat va mamlakat hayotining madaniy-ma'naviy yo'nalishlaridan tortib, to siyosiy qarashlargacha bo'lgan barcha sohalarni qamrab oladi. Milliy mafkura milliy g'oyani oziqlantiradi va uni mustahkamlaydi. Ular xalqning kelajakda qanday qadriyatlar asosida o'z davlati va hayotini qo'rmoqchi, buni qanday tasavvur etadi va o'z kurashida nimalarga tayanadi degan tushunchalarga javob beradi. Sovet totalitar tuzumi davrida Turkistonni mustabid etish mafkurasiga qaysi g'oyalar qarshi turgan va ular nimalarga asoslangan degan savolga milliy taraqqiyparvarlar va istiqlolchilik harakatlari g'oyalari deb javob berish mumkin.
Jadidlarning milliy g'oyasida quyidagi ikki masala asosiy maqsad qilib qo'yilgan edi: birinchisi, xalqimizni dunyoning ma'rifatli millatlari darajasiga ko'tarish; ikkinchisi, Turkistonda milliy-demokratik davlat qurish. Ularning davlat va jamiyat haqidagi qarashlarida bu ikki masala bir-biri bilan uzviy bog'lanib ketgan. Chunki millat ma'rifatli bo'lishi uchun o'z yo'li bilan o'zgalarga tobe bo'lmay
rivojlanishi lozim. Buning uchun esa xalqimiz eng avvalo ilm-ma'rifatli puxta egallashi kerak edi.
Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Cho'lponlpr yuqorida zikr etilganidek, buyuk daholardir. Ularning matbuot haqidagi qarashlarida hozirgi davr ta'lim-tarbiya sohasidagi qator muammolar o'z aksini topgan.
Millatning o'zligini ko'rsatadigan xususiyatlardan biri til va maorifdir. Bu ikkisi bo'lmasa, millat mustaqil bo'la olmaydi. Buni ziyraklik bilan anglagan Abdulla Avloniy shunday yozadi: "Milliy tilni yo'qotmak millatning ruhini yo'qotmakdur. Hayhot! Biz turkistonliklar milliy tilni saqlamoq bir tarafda tursin, kundan-kun unutmak va yo'qotmakdadurmiz".
Taraqqiyparvarlarimiz targ'ib etgan g'oyalar hamon o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Ular xalqni ma'rifatli qilish, madaniyatini yuksaltirish, xalqning o'z kuchiga, imkoniyatlariga ishonch hosil qilishi zarurligini yaxshi tushunishardi. Tabiiyki, har bir millat taraqqiy topmog'i uchun jahon ilm fan yangiliklaridan, umuminsoniy g'oyalardan foydalanmog'i kerak. Lekin, muhim bir shart bilan. Bu fikr va g'oyalar millatning qalbi va ongidan o'tmog'i, "milliylashmog'i" lozim. Jadidlar millat taraqqiyotinigina emas, yashash, hatto uni saqlab qolish kafolatini ham milliylikda ko'radilar.
Ziyolilar, bir tomondan, Turkiston mustaqilligi uchun kurash olib bordilar. Ikkinchi tomondan, ular Turkistonda demokratik huquqiy davlat qurish uchun intildilar. Bu kurash jadidchilik mafkurasining asosini tashkil qiladi. Ota yurt -Turkistonga nisbatan cheksiz mehr-muhabbat tuyg'usi, uning kelajagi haqidagi o'ylar, vatanning taraqqiyot yo'llari rejasini tuzish, Sharq va G'arb an'analarini birlashtirish jadidlarni bu yo'lga undagan muhim omillar hisoblanadi. Turkistondagi milliy harakatning asoschisi Mahmudxo'ja Behbudiy "Oyna" jurnalida quyidagicha yozgan edi: "Qabilasining ismini va yetti otasining otini bilmayturg'onlarni "qul - marquq" derlar"
Behbudiy, Fitrat, Cho'lpon, Munavvarqori va boshqa taraqqiyparvar ziyolilarning asarlarida milliy g'oyaning asosiy bo'g'ini - Turkistondagi barcha mahalliy xalqlarni birlashtirish g'oyasi qizil ip bo'lib o'tganligini ko'ramiz. Bu holni Behbudiy quyidagicha ko'rsatgan edi: "Agarda biz Turkiston musulmonlari xohlasakki, din va millatimizni ittifoq etib, bugundan islohotga, ittifoqqa qadam qo'ysak, ziyoli va taraqqiyparvarlarimiz, boy va ulamoimiz birlashib, din va millat, Vatan rivoji uchun xizmat etsak, shunda biz boshqalarga qaram bo'lmaymiz"
Milliy taraqqiyparvarlar g'oyasining muhim tarkibiy qismlaridan biri tarixiy ongni rivojlantirish, tarixdan saboq chiqarish bo'lgan. Abdurauf Fitrat 1917 yilda bu haqida shunday yozgan edi: "Tarix millatlarning o'tmishini, taraqqiyotini hamda tanazzulining sabablarini o'rganaturg'on ilmdir"
Turkistonning bu ilg'or ziyolilari Turkistondagi idora usuli, boshqaruv shakllari, davlatchilik nazariyasi va amaliyoti bilan faol shug'ullandilar. Yosh Buxoroliklar, yosh Xivaliklar partiyalari, "Sho'roi Islomiya", "Sho'roi Ulamo", "Turon" va boshqa jamiyatlarning dasturlarida davlatchilik masalalariga alohida e'tibor berilgan. Bu jadidchilikning ma'rifatdan siyosatga tomon yo'l tutganligini bildiribgina qolmasdan, balki jamiyatni tubdan o'zgartirish, yurtimizda mustaqillikka erishish uchun kurash boshlanganligini ham anglatar edi.
Xullas, tarixiy tajriba shuni ko'rsatmoqdaki, bizning ota-bobolarimiz asrlar davomida o'z oilalari, muqaddas tuproqlari, diniy e'tiqodlari, urf-odatlari va an'analariga sodiq qolishni ulug' ish deb hisoblashgan. Bu dahlsiz urf-odatlarning buzilmasligi uchun xalqimizning ming-minglab sodiq o'g'lonlari o'z hayotlarini qurbon qilganlar, yurt mustaqilligi uchun bo'lgan janglarda shahid ketganlar. Turkiston Rossiya tomonidan bosib olingan vaqtdan beri to'xtamagan milliy-ozodlik harakati xalqning milliy o'zligini anglashida, o'z Vatani va millatining ozodligi, mustaqilligi uchun uning vatanparvarlik intilishlarini mustahkamlashda ulkan ta'sir ko'rsatdi. Bizga yaxshi ma'lumki, jadidlar islohotlarini bosqichma-bosqich amalga oshirishni, tarqqiyot va rivojlanishga faqat tinchlik yo'li bilan parlament orqali erishishni mo'ljallagan edilar. Ular o'zbek xalqining o'ziga xos milliy mentaliteti, uning samimiyligi, bag'ri kengligi, sabr-toqati, bardoshi va chidamini ham hisobga olgan holda tinch yo'l bilan hokimiyatni qo'lga olishga intilgan edilar. Jadidlar faoliyatidagi bu o'ziga xos milliy g'oya keyinchalik jahon ahamiyatiga molik hodisaga aylanib, u Hindiston va boshqa mamlakatlardagi milliy-ozodlik kuchlari yo'l boshchilari tomonidan yanada rivojlantirildi.
Mahmudxo'ja Bexbudiy tomonidan o'rtaga tashlangan "Haq olinur, berilmas!" shiori bugun millatning jangovar chaqirig'iga aylandi. Har bir millat va mamlakat xalqi o'zining haq-huquqlarini kurash orqali qo'lga kiritdi. Lekin, Behbudiy mustaqillik uchun qon to'kmasdan kurashish tarafdori edi. Parlament yo'li bilan ko'p narsaga erishish mumkin deb hisoblardi.
Mustaqillik va ozodlik uchun, Turkistonda muxtoriyat o'rnatish uchun parlament yo'li orqali kurashgan Turkiston Muxtoriyati hukumati bolsheviklar tomonidan qonga botirildi. Turkistonda kommunistik mafkuraga tayangan mustabid
sovet rejimi qaror topdi. Biroq, milliy mafkura va milliy g'oya yurtimizda sovet davrida ham o'lmadi, u yashashda davom etdi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Xulosa filib aytganda, jadidchilik milliy ozodlik kurashi jarayonida yuzaga kelgan, o'zbek halqi tarixida yangi sahifani ocha boshlagan ijtimoiy harakat bo'lganligi bilan ajralib turgan. Ularning dunyoqarashida vatanparvarlik, millatparvarlik, ma'rifatparvarlik, taraqqiyparvarlik kabi g'oyalar yetakchilik qilgan. Jadid ziyolilari erk, istiqlolga erishish uchun milliy ongni o'stirish zarurligini payqadilar. Shu ma'noda ularning g'oyalaridan va hayotiy pozitsiyalaridan foydalanish muhim vazifalardan hisoblanadi. Jadid matbuotida ozodlikka, mustaqillikka qon to'kishlarga olib keluvchi turli to'polon, qirg'in-barot urushlar bilan emas, balki aholining savodini chiqarish, ularning ma'rifatini ko'tarish orqali qaramlikdan qutulish g'oyalari ilgari surilgan. Mazkur g'oyalarni hozirgi zamon ruhiyatiga moslashtirgan holda rivojlantirish zarur.
XX asr boshlarida ijtimoiy-siyosiy va ahloqiy muammolar jadid matbuotida keng o'rin oladi. Jumladan, "Taraqqiy", "Sadoi Turkiston", "Ulug' Turkiston", "Turon", "Xurshid" singari gazetalarda e'lon qilingan hajviy va publitsistik asarlarda o'sha davr boyonlarining qoloqligi, chor ma'muriyatining to'rachiligi, paranjining yangi zamonga mos kelmayotgani, talabalarga 5 so'm iona (ehson) qilish o'rniga, besh yuzlab so'mni restoranlarda foxishalarga sochayotgan ahloqsiz sarmoyadorlar qattiq tanqid ostiga olinadi. Maxmudxo'ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Hamza, Ubaydullaxo'ja Asadullaxo'jaev, Abdurauf Fitrat, Abdulla Qodiriy, Abdulxamid Cho'lpon kabilar chiqishlarida mazkur muammolarni dadil ko'tarib chiqdilar va yuqoridagi nashrlarda o'z publitsistikasi bilan ham faol ishtirok etganlar. Shuning uchun mamlakatimiz va xorij arxivlarida saqlanayotgan bunday milliy matbuot durdonalarini tadqiq etish muhim ahamiyatga ega. Jadid matbuotida qanday odamlar millatga foyda keltirishlari mumkinligi haqida ko'p fikr yuritganlar. Ular kasblar va hunarlarning o'ziga xosliklarini chuqur tahlil qilib, kishilarning tabiatlarini ham o'rganganlar.
Jadidlarning nodir ilmiy-ijtimoiy merosini, serqirra faoliyatini, mazkur mezondagi boy maqolalarini chuqur o'rganish va hayotga tadbiq etish borasidagi aniq, istiqbolli takliflar, g'oyalar tizimi majmuini ishlab chiqish muhim deb hisoblayman.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz. - T.:O'zbekiston, 2017.
2. Abduazizova N. O'zbekiston jumalistikasmmg shakllanishi va ravnaqi. -T., 1997. 32-bet.
3. Abduazizova N. Mustaqil O'zbekiston jurnalistikasi tarixi. Akademiya. 2007. 53-bet.
4. Babaxanov M. Iz istorii periodicheskoy pechati Turkestana. - Dushanbe: Irfon. 17-bet.
5. Sulaymonov, J. (2021) ABDURAHMON IBN XALDUNNING TAMADDUN TARAQQIYOTI HAQIDAGI QARASHLARIDA JAMIYAT TAHLILV/Academic Research in Educational Sciences, Vol. 2 Special Issue 1, 2021. 451-455 R.
6. Sulaymonov, J. B. (2021). IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA JAMIYAT TARAQQIYOTIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 732-737.
7. Sulaymonov, J. Karimov, N.Contribution of Abu Isa Tirmidhi to the Science of Hadith //International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering (IJITEE) ISSN: 2278-3075, Volume-9 Issue-1, November, 2019. P. 593-599.
8. Sulaymonov, J. B. (2021). ABU ZAYD ABDURAHMON IBN XALDUNNING „MUQADDIMA "ASARIDA DAVLAT TUSHUNCHASIGA YONDASHUVLAR TALQINI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(6), 9-14.
9. Sulaymonov, J.B. Ibn Xaldun ijtimoiy-falsafiy qarashlarida axloqiy masalalar//Falsafa va huquq jurnali. 2019 yil 1-soni. 42-45 betlar.
10. Sulaymonov, J.B. Ibn Haldun qarashlarida geografik determinizm ildizlari //Sharqshunoslik jurnali. 2018 yil 4-soni. 124-128 betlar.
11. Сулаймонов, Ж.Б. Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации// Международный научно-практический журнал "Экономика и социум". 12 (79)2020 г. //https://iupr.ru//a78cf8ac-3ef5-4670-8fcd-a900ec94fdfb.
12. Сулаймонов, Ж. Б. (2020). Взгляды Абдуррахмана ибн Халдуна о развития общества и цивилизации. Международный научно-практический журнал" Экономика и социум, 12, 79.