Научная статья на тему 'SOVET HUKUMATINING DINGA NISBATAN MUNOSABATI VA UNING IJTIMOIY OQIBATLARI'

SOVET HUKUMATINING DINGA NISBATAN MUNOSABATI VA UNING IJTIMOIY OQIBATLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
650
123
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Turkiston / Sovet Ittifoqi / O‘zbekiston SSR / Islom dini / bolshevik / masjid / ateizm / O‘rta Osiyo / kompartiya / xudosizlar uyushmasi. / Turkestan / Soviet Union / Uzbekistan SSR / Islam / Bolshevik / mosque / atheism / Central Asia / communist party / association of atheists.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ollomurodov, Nurali Yoqub O‘g‘li

Yangi O‘zbekiston tarixining keyingi yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, oshkoralik va diniy qadriyatlarning zamon talablari doirasida tiklanishi tufayli ilmiy tadqiqot ob’yekti sifatida keng o‘rganilayotgan tadqiq etilayotgan davrlaridan biri ham bu Sovet davrining din va diniy qadriyatlarga bo‘lgan munosabati tarixidir. Hozirgi kunda sovet davri tarixini o‘rganishda chuqur ilmiy tahlil va tarixiylikka asoslangan ob’yektiv ilmiy tadqiqotni olib borish va ilmiy xulosalar chiqarish tarixiy tadqiqotlarning eng muxim vazifalaridan biri sanaladi. Shuningdek,bu davr tarixini o‘rganishning muhim qirralaridan biri diniy masala bilan bog‘liq sovet hukumatining faoliyatini tadqiq etishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ATTITUDE OF THE SOVIET GOVERNMENT TOWARD RELIGION AND ITS SOCIAL CONSEQUENCES

As a result of the reforms carried out in the following years of the history of new Uzbekistan, one of the researched periods that is widely studied as an object of scientific research is the history of the relationship to religion and religious values of the Soviet era. Nowadays, in the study of the history of the Soviet era, conducting an objective scientific research based on deep scientific analysis and historicity and drawing scientific conclusions is considered one of the most important tasks of historical research. Also, one of the important aspects of studying the history of this period is to study the activities of the Soviet government related to the religious issue

Текст научной работы на тему «SOVET HUKUMATINING DINGA NISBATAN MUNOSABATI VA UNING IJTIMOIY OQIBATLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

SOVET HUKUMATINING DINGA NISBATAN MUNOSABATI VA UNING

IJTIMOIY OQIBATLARI

Ollomurodov Nurali Yoqub o'g'li

Denov Tadbirkorlik va Pedagogika Instituti o'qituvchisi

Yangi O 'zbekiston tarixining keyingi yillarida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, oshkoralik va diniy qadriyatlarning zamon talablari doirasida tiklanishi tufayli ilmiy tadqiqot ob 'yekti sifatida keng o 'rganilayotgan tadqiq etilayotgan davrlaridan biri ham bu Sovet davrining din va diniy qadriyatlarga bo 'lgan munosabati tarixidir. Hozirgi kunda sovet davri tarixini o 'rganishda chuqur ilmiy tahlil va tarixiylikka asoslangan ob 'yektiv ilmiy tadqiqotni olib borish va ilmiy xulosalar chiqarish tarixiy tadqiqotlarning eng muxim vazifalaridan biri sanaladi. Shuningdek,bu davr tarixini o'rganishning muhim qirralaridan biri diniy masala bilan bog'liq sovet hukumatining faoliyatini tadqiq etishdir.

Kalit so'zlar: Turkiston, Sovet Ittifoqi, O'zbekiston SSR, Islom dini, bolshevik, masjid ,ateizm, O'rta Osiyo, kompartiya, xudosizlar uyushmasi.

As a result of the reforms carried out in the following years of the history of new Uzbekistan, one of the researched periods that is widely studied as an object of scientific research is the history of the relationship to religion and religious values of the Soviet era. Nowadays, in the study of the history of the Soviet era, conducting an objective scientific research based on deep scientific analysis and historicity and drawing scientific conclusions is considered one of the most important tasks of historical research. Also, one of the important aspects of studying the history of this period is to study the activities of the Soviet government related to the religious issue.

Keywords: Turkestan, Soviet Union, Uzbekistan SSR, Islam, Bolshevik, mosque, atheism, Central Asia, communist party, association of atheists.

В результате реформ, проведенных в последующие годы истории нового Узбекистана, одним из исследуемых периодов, который широко изучается как объект научного исследования, является история отношения к религии и религиозным ценностям советской эпоха. В настоящее время при изучении истории советской эпохи проведение объективного научного исследования на основе глубокого научного анализа и историчности и получения научных выводов считается одной из важнейших задач исторического исследования.

Tel: 998905101992

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Также одним из важных аспектов изучения истории этого периода является изучение деятельности советской власти, связанной с религиозным вопросом.

Ключевые слова: Туркестан, Советский Союз, Узбекская ССР, ислам, большевик, мечеть, атеизм, Средняя Азия, коммунистическая партия, объединение атеистов.

Sobiq ittifoq davrida milliy masalalar bilan birga diniy masala, diniy e'tiqod masalalari va SSSRning maxsus idoralar tomonidan ta'zyiqqa olinishi uzoq yillar davomida chuqurlashib bordi, bulardan ko'zlangan asosiy maqsad esa milliy va diniy qadriyatlarning yo'q qilinishi bilan bog'liq siyosat edi. Biroq xalqimizning milliy va diniy e'tiqod va urf-odatlarga milliy qadriyatlarga chuqur hurmat bilan munosabatda bo'lishni mustabid tuzum siyosatining natija berishiga yo'l qo'ymadi. Mustaqillik yillarida mazkur soxalarda davlatimiz va hukumatimiz tomonidan amalga oshirib borilgan islohotlar va vijdon erkinligi borasida qabul qilingan qator qonunlar, milliy ma'daniy markazlarning tashkil etilishi va barcha diniy va milliy qadryatlarning tiklanishi uchun keng yo'l ochib barilishi hamda davlat tomonidan qo'llab quvatlanishi, bu soxaning dolzarbligini ko'rsatib beradi.

O'zbek xalqining milliy, madaniy qadriyatlari asrlar davomida islom dini bilan uzviy ravishda bog'liq bo'lib kelgan. Din ma'naviy va moddiy turmushda muhim rol o'ynab, XX asr boshlarida ham o'zining ta'sirchan kuchini saqlab qolgan edi.

Sovet hokimiyati o'zining dastlabki yillarida inson huquqlarini himoya qilishga qaratilgan bir qator tarixiy hujjatlar qabul qildi. Rasmiy hujjatlarda, qaror va farmonlarda barcha xalqlarning tengligi, o'z taqdirini o'zi belgilash huquqi, vijdon erkinligi kabi insoniy huquqlar tan olindi. Biroq, sovetcha tartiblarni o'rnatish va mustahkamlash davridayoq bolsheviklar mahalliy aholining diniy tuyg'ularini poymol qildilar. Yevropa millatiga mansub ming-minglab qizil askarlarning Turkiston o'lkasiga safarbar etilishi oqibatida masjid va madrasalar vayron qilindi. Mahalliy aholining urf-odatlaridan xabarsiz bo'lgan «qizil bosqinchilar» diniy muassasa va tashkilotlarni otxonalarga, qurol-yarog', oziq-ovqat omborlariga, harbiy qismlarning kazarmalariga aylantirdilar. Oxir-oqibatda diniy tuyg'ulari poy-mol qilingan xalqning sovet hokimiyatiga bo'lgan umidlari va ishonchi so'ndi. Dastlabki yillardayoq dindor kishilar va ruhoniylar sovet hokimiyatining dushmani sifatida ta'qib ostiga olindi. 1917-1920 yillarda sovet hokimiyatining dinga munosabati daxriylikdan iborat bo'lgan edi. Biroq, Turkiston o'lkasidagi iqtisodiy va siyosiy vaziyat sovet hokimiyati organlariga bu masalada ehtiyotkorlik bilan ish tutish zarurligini ko'rsatdi.

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Avvalo, imon-e'tiqodi oyoq osti qilingan musulmon aholi sovet hukumatiga qarshi ayovsiz qurolli kurash maydoniga kirdi. Ikkinchidan, tinimsiz davom etgan qurolli to'qnashuvlar o'lkada ocharchilikni keltirib chiqardi va xo'jalikni butunlay izdan chiqardi. Diniy muassasa va tashkilotlarning moddiy tayanchi bo'lgan vaqf mulklarining bolsheviklar tomonidan davlat hisobiga musodara qilinishi ular faoliyatining deyarli to'xtab qolishiga olib keldi.

Turkistondagi aholi ancha qismini vaqfkor dehqonlar tashkil etib, ular o'zlarining tirikchilik manbaidan ajralib qolgan edilar. Maorif va madaniyat muassasalari ham vaqfdan keladigan daromad xisobidan ta'minlanardi. Ushbu o'ziga xos jihatlarni hisobga olgan sovet hukumati vaqflarni diniy muassasalar ixtiyoriga qaytarish, dindorlarga bir qadar erkinlik berish, Madrasa mudarrislari va masjid imomlaridan ta'lim tizimini qayta izga solishda foydalanishga majbur bo'ldi. Shu sababli 1922-1923 yillarda vaqflar diniy muassasa va tashkilotlarga qaytarildi va ular faoliyatiga ruxsat berilgandi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sovet hokimiyati Rossiya imperiyasining mustamlakachilik va buyuk davlatchilikdan iborat siyosatini davom ettirib, Turkiston ulkasi aholisining milliy-diniy tuyg'ulari bilan hisoblashmadi. Turkiston ASSR davrida sovet hokimiyatining diniy siyosati bolshevikcha tartiblarni o'rnatish, musulmon diniy muassasa va tashkilotlarni oyok osti kilish, dindor va ulamolarni sinfiy dushman sifatida qirg'in qilish orqali amalga oshirildi.Turkiston ASSR, BXSR, XXSRda sovet tuzumiga qarshi milliy ozodlik uchun olib borilgan qurolli harakatlar, o'lkadagi og'ir siyosiy-iqtisodiy vaziyat, musulmon ulamolari va ruxoniylarining jamiyatdagi mavqei kabi omillar tufayli Markaz ayrim hollarda diniy siyosatini o'zgartirishga, bu masalada «yumshoqroq" yo'l tutishga majbur buldi.

SSSR tarkibida sovet respublikalari, jumladan O'zbekiston SSRning tashkil topishi, bolshevikcha tartiblar mustahkamlanishi, "sotsializm rivojlanib borgan sari sinfiy kurash keskinlashadi" degan stalincha qoida kabilardan kelib chiqib, dindorlarga qarshi ochiq kurash boshlandi. Bu kurash o'n yillardan ortiq davom etib, sovet hokimiyatining daxriylikdan iborat siyosiy yo'lining pardalangan qiyofasini haqqoniy ravishda namoyon qildi.

Sovet hukumatining dinga munosabatida shafqatsiz va ashaddiy kurash olib borish yo'lidan chekinishi vaqtinchalik bo'lib, kelgusida dindorlarga va diniy muassasalarga ko'p yillar davomida o'zlarini o'nglab ololmaydigan darajada zarba berish ko'zda tutilgandi. Ikkinchi jahon urushiga qadar bo'lgan davrda sovet hokimiyatining musulmon muassasa va tashkilotlariga, dindorlarga munosabati davr taqozosi bilan goh yumshab, goh shafqatsiz turda olib turganligi, "sotsialistik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

qurilish" avj oldirilgan yillarda esa o'ta keskinlashganligi yaqqol ko'rinadi. 1926 - 1927 yillarda sovet hokimiyatining diniy siyosatida keskin burilish bosqichi boshlanib, bu jarayon 1941 -yilgacha, ya'ni SSSR Ikkinchi jaxon urushiga tortilguniga kadar uzluksiz davom etib turdi. Mamlakat bo'ylab «xudosizlik uchun kurash» harakati boshlandi. SSSR respublikalarida daxriylikni targib qiladigan, har qanday dinni yangilik va islohotlar dushmani, eskilik sarqiti sifatida qoralaydigan matbuot organlariga asos solindi.

O'zbekistonda xam «Xudosizlar» jurnali, «Kurashchan xudosizlar» tashkiloti kabilar orqali islom diniga qarshi ayovsiz tashviqot va targ'ibot ishlari olib borildi. O'zbekiston hududida faoliyat olib borgan masjid va madrasalar yopildi, dindor aholi islom farzlarini bajarish imkoniyatidan mahrum qilindi, diniy ulamolar qat'iy ta'qib ostiga olindi. 1927-1938 yillarda saqlanib qolgan ayrim masjidlarda imomlik qilayotgan va diniy marosimlarni o'tkazib qatag'onlardan omon qolgan oz sonli ulamolarga ham katta miqdorda soliq solindi. Asossiz ravishda yirik miqdordagi soliqqa tortilgan mulla va eshonlar soliq to'lash qobiliyatiga ega emasdilar. Oxir-oqibatda ularni sudga tortish, jinoyatchi sifatida tutkinlikka mahkum etish avj oldi.

1927-1941 yillar davomida musulmon diniy muassasa va tashkilotlar bilan birga, xalqimiz o'zining diniy ilmdan mukammal xabardor bo'lgan ulamolaridan ham ajralib qoldi. Bu esa keyinchalik jamiyatda diniy mutanosiblikning vujudga kelishiga, din bayrog'i ostida nojo'ya harakatlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ldi.

1917-1922 yillar sovet hokimiyatining musulmon diniy muassasa va tashkilotlariga hamda dindorlarga nisbatan shafqatsiz va zo'ravonlik siyosati yuritilgan dastlabki bosqich bo'lib, avvalboshdanoq ushbu hukumatning bu yo'nalishdagi strategik yo'lini belgilab bergandi.

1922-1926 yillar musulmon diniy muassasa va tashkilotlar ruhoniy va dindorlarga bir qadar erkinlik berish, "iliqlik" bosqichi bo'lib, tarixiy vaziyat sovet hokimiyatning o'z maqsadlari yo'lida vaqtinchalik daxriylik siyosatidan chekinishiga sabab bo'lgandi.1927-1941 yillar daxriylik uchun ayovsiz kurash bosqichi hisoblanadi. U musulmon muassasa va tashkilotlarning tugatilishi, ruhoniylarning shafqatsiz qatag'on qilinish davri hisoblanib, jamiyatning ma'naviy asoslariga dindorlar va ulamolarga uzoq davrgacha o'zlarini tiklay olmaslik zarbasini berdi.

1941 yilda boshlangan urush tufayli tarixiy vaziyatning o'zgarishi, dindorlarga bir qadar huquqiy erkinliklar berilishi, diniy tashkilot va muassasalarni davlat tomonidan to'la nazorat ostiga olish bilan bog'lik maxsus tashkilotlar tuzilishi jarayoni kechdi.Ikkinchi jaxon urushi yillarida sovet hokimiyatining diniy siyosatida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

«yumshoqlik» bosqichiga o'tildi. Front ortini mustahkamlash, butun kuch-qudrat va imkoniyatlarni fashizm ustidan qozonilajak g'alabaga safarbar qilish zarurati daxriy hukumatdan shunday yo'l tutishni taqozo qildi. Bu o'rinda xalqning moddiy jixatdan ahvoli og'irligi, diniy ulamolar va ruxoniylarning jamiyat a'zolarini jipslashtira olishdagi mavqei kabi omillar xisobga olindi. Aholining diniy tuyg'ulari bilan hisoblashish, istak-umidlarining amalga oshuviga ozgina bo'lsa-da imkoniyat yaratish, xalqning yagona maqsadga, fashizmga qarshi kurashda jipslashuviga xizmat qildi.

Xulosa qismida tadqiqotga erishilgan asosiy qismida, muhim natijalar umumlashtirilib, quydagi xulosaga kelindi.

Birinchidan, Sovet hukumatining islom diniga munosabatining moxiyatini ochib berish; sovet hukumati va bolsheviklar tomonidan dinga nisbatan olib borilgan ta'ziyq va taqiblar natijasida dinni cheklashga, har bir musulmonni iymonidan, e'tiqodidan vos kechtirishga urinishdi. Ular islomni, islom urf-odatlarini mensimagan holda eskilik sarqiti sifatida qarashdi va shavqatsizlarcha munosabatda bo'lishdi.

Ikkinchidan, Sovet hukumati tomonidan diniy ma'naviy qadryatlarga nisbatan yuritilgan siyosati mohiyatini ochib berish; Sovet hukumati shunday shavqatsiz siyosat yurgizdiki, natijada musulmonlar masjitlarga borishdan, nomozlar o'qishdan, ro'za tutishdan, islom dini bayramlarini nishonlashdan, haj safariga borishdan barcha-barchasidan mahrum bo'lgandilar. Din ulamolarini esa, quruq tuhmat va bo'xtonlar orqali jismonan yo'q qilishga qattiq urinishdi. Ular tomonidan olib borilgan shavqatsiz siyosat ko'plab musulmonlarning yostig'ini quritdi.

Uchinchidan, Ateistik qarashlarningn jamiyatda kuchaytirilishi va uning oqibatlarini ko'rsatib berish; Sovet hukumati va bolsheviklar tomonidan turli xil ateistik tashkilotlar tashkil topdiki, ularning maqsadi yoshlarni daxriylik, ateizm ruhida tarbiyalash, va umuman o'zga g'oya Marksizm g'oyalarini singdirish edi. O'lkada "Xudosizlar uyushmasi" tuzilib, zo'r berib ko'plab ateistik ish olib borgan bo'lsada, musulmon xalqining o'z etiqodidan vos kechtiriolmadi, irodasini buka oldmadi, ular o'z urf-odatlari va milliylikka sodiq qolishdi deya olamiz.

To'rtinchidan, Sovet hukumati tomonidan dinga nisbatan olib borilgan siyosat oqibatlarini ko'rsatib berish; Bolsheviklarning musulmon siyosat tuzumining barcha bosqichlarida o'zaro bog'liq lik va ischillik ko'rinib tursada, ular hukumronlik yillarida turli hil qirralari va yo'nalishlaridan foydalanishgandi.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Jumladan, shu davrda hukumat g'aznasi bo'shab qolgandi, shu sababdan ham ular masjid va madrasalarga tegishli bo'lgan tarixiy asori antiqalar va vaqf erlarini tortib olishganini ko'rishimiz mumkin. Bundan ko'zlangan maqsad esa, g'aznani to'ldirish va o'z navbatida tortib olingan vaqf yerlarini ham paxta maydonlariga aylantirish edi.

Sovet hukumati qancha ko'p, qanday yo'llar bilan o'lkamizda islom dinini yo'q qilishga urunmasin buni uddalay olmadi. O'zbekiston musulmon xalqlarini bu din qon-qoniga singib ketgan ekan, islom dining yo'li to'g'ri ekanini ko'rishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Azamat Ziyo. "O'zbek davlatchilik tarixi". 2000 y

2. O'zbekistonning yangi tarixi. Birinchi kitob.

3. Sh.G'affarov. "O'zbek davlatchilik tarixi". 2010 y

4. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. Toshkent. O'zMU nashriyoti-2000-2001.

5. A.Sagdullayev O'. Mavlonov. O'zbekistonda davlat boshqaruv tarixi. Toshkent. Akademiya - 2006.

6. Ollomurodov, N. (2022). СОВЕТ ^УКУМАТИНИНГ МУСУЛМОН УЛАМОЛАРИНИ КАТДГОН ^ИЛИШ СИЁСАТИ. "BA QTRIYA-TOXARISTON BUYUK IPAK YO 'LIDA" mavzusida Xalqaro miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman maqolalar to 'plami.

7. Ollomurodov, N. (2022). СОВЕТ ^УКУМАТИНИНГ ДИНГА МУНОСАБАТИ ВА УНИНГ ЗАРАРЛИ ТОМОНЛАРИ. IJODKOR O 'QITUVCHI ILMIY-USLUBIY JURNAL.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.