Научная статья на тему 'SINFDAN TASHQARI MUSIQA TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI'

SINFDAN TASHQARI MUSIQA TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
29
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sinfdan tashqari to‘garaklar / musiqa ta’limi / ijodiy qobiliyatlar / madaniy ong / pedagogik yondashuvlar / musiqa to‘garaklari / ta’lim jarayoni. / внеклассные кружки / музыкальное образование / творческие способности / культурологическое сознание / педагогические подходы / музыкальные кружки / образовательный процесс.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — N.N. Allayarova

mazkur maqolada sinfdan tashqari musiqa to‘garaklarini tashkil etishning ta’lim jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Musiqa to‘garaklari o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda ularning madaniy ongini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi. Maqolada to‘garak mashg‘ulotlarining o‘quvchilarning umumiy ta’lim jarayoniga qo‘shgan hissasi va ularning musiqa san’ati bilan bog‘liq qobiliyatlarini ochib berishdagi o‘rni yoritiladi. Shuningdek, musiqa to‘garaklarida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanishning natijalari ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECTIVENESS OF ORGANIZING MUSIC CLUBS OUTSIDE THE CLASSROOM

в данной статье анализируется значение и эффективность организации внеклассных музыкальных кружков в образовательном процессе. Музыкальные кружки играют важную роль в развитии творческих способностей учащихся, укреплении их музыкальных знаний и навыков, формировании культурного сознания. В статье освещается вклад групповых занятий в общеобразовательный процесс учащихся и их роль в раскрытии их способностей, связанных с музыкальным искусством. Также рассмотрены результаты использования современных педагогических подходов в музыкальных кругах.

Текст научной работы на тему «SINFDAN TASHQARI MUSIQA TO‘GARAKLARINI TASHKIL ETISHNING SAMARADORLIGI»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© N.N. Allayarova1H_

1Urganch davlat pedagogika instituti, Urganch, O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: mazkur maqolada sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini tashkil etishning ta'lim jarayonidagi ahamiyati va samaradorligi tahlil qilinadi. Musiqa to'garaklari o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash hamda ularning madaniy ongini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Maqolada to'garak mashg'ulotlarining o'quvchilarning umumiy ta'lim jarayoniga qo'shgan hissasi va ularning musiqa san'ati bilan bog'liq qobiliyatlarini ochib berishdagi o'rni yoritiladi. Shuningdek, musiqa to'garaklarida zamonaviy pedagogik yondashuvlardan foydalanishning natijalari ko'rib chiqiladi.

MAQSAD: ushbu maqolaning maqsadi sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini tashkil etish jarayonini tahlil qilish, ularning o'quvchilarning ijodiy rivojlanishi va musiqiy ko'nikmalarini shakllantirishdagi samaradorligini o'rganishdan iborat. Shuningdek, maqolada musiqa to'garaklarida qo'llaniladigan pedagogik usullar va innovatsion yondashuvlar orqali o'quvchilarning musiqa madaniyatiga bo'lgan qiziqishini oshirish hamda ularning musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish ko'zda tutilgan.

MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu ilmiy maqolada sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini tashkil etish samaradorligini o'rganishda bir qator ilmiy va amaliy metodlar qo'llanildi. Bular quyidagilar: adabiyotlarni tahlil qilish, so'rovnoma o'tkazish, intervyu o'tkazish, amaliyotga oid tadqiqotlar, statistik tahlil.

MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu maqolada sinfdan tashqari musiqa to'garaklarining tashkil etilishi va ularning ta'lim jarayonidagi o'rni muhokama qilindi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, musiqa to'garaklari o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, musiqiy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashda samarali vosita hisoblanadi. Ular, shuningdek, o'quvchilarning ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga ham katta ta'sir ko'rsatadi.

XULOSA: musiqa to'garaklari orqali talabalar nafaqat nazariy bilimlarga ega bo'lishadi, balki amaliy ijro ko'nikmalarini ham rivojlantiradilar. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar va interfaol metodlardan foydalanish, to'garaklar faoliyatini yanada jonlantirib, o'quvchilarning musiqaga bo'lgan qiziqishini oshirishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: sinfdan tashqari to'garaklar, musiqa ta'limi, ijodiy qobiliyatlar, madaniy ong, pedagogik yondashuvlar, musiqa to'garaklari, ta'lim jarayoni.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Iqtibos uchun: Allayarova N.N. Sinfdan tashqari musiqa to'garaklarini tashkil etishning samaradorligi. // Inter education & global study. 2024. №9. B.96—102.

ЭФФЕКТИВНОСТЬ ОРГАНИЗАЦИИ МУЗЫКАЛЬНЫХ КЛУБОВ ВНЕ КЛАССА

© Н.Н. Аллаярова1И

1Ургенчский государственный педагогический институт, Ургенч, Узбекистан_

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье анализируется значение и эффективность организации внеклассных музыкальных кружков в образовательном процессе. Музыкальные кружки играют важную роль в развитии творческих способностей учащихся, укреплении их музыкальных знаний и навыков, формировании культурного сознания. В статье освещается вклад групповых занятий в общеобразовательный процесс учащихся и их роль в раскрытии их способностей, связанных с музыкальным искусством. Также рассмотрены результаты использования современных педагогических подходов в музыкальных кругах.

ЦЕЛЬ: цель данной статьи - проанализировать процесс организации внеклассных музыкальных кружков, изучить их эффективность в формировании творческого развития и музыкальных навыков учащихся. Также в статье предусмотрена разработка рекомендаций по повышению интереса учащихся к музыкальной культуре и развитию их музыкальных способностей посредством педагогических методов и инновационных подходов, используемых в музыкальных кружках.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данной научной статье был использован ряд научных и практических методов исследования эффективности организации музыкальных клубов вне классной комнаты. Это: обзор литературы, опрос, интервью, тематическое исследование, статистический анализ.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в данной статье рассмотрена организация внеклассных музыкальных кружков и их роль в образовательном процессе. Результаты исследования показывают, что музыкальные клубы являются эффективным инструментом развития творческих способностей студентов и укрепления их музыкальных знаний и навыков. Они также оказывают большое влияние на социальное и культурное развитие студентов.

ВЫВОД: благодаря музыкальным клубам студенты получают не только теоретические знания, но и развивают практические исполнительские навыки. Использование современных педагогических подходов и интерактивных методов еще больше оживит деятельность клубов и будет способствовать повышению интереса учащихся к музыке.

Ключевые слова: внеклассные кружки, музыкальное образование, творческие способности, культурологическое сознание, педагогические подходы, музыкальные кружки, образовательный процесс.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Для цитирования: Аллаярова Н.Н. Эффективность организации музыкальных клубов вне класса. // Inter education & global study. 2024. №9. С. 96-102.

EFFECTIVENESS OF ORGANIZING MUSIC CLUBS OUTSIDE THE CLASSROOM

© Nargiza N. Allayarova1®

1Urgench State Pedagogical Institute, Urgench, Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: this article analyzes the importance and effectiveness of the organization of music clubs outside the classroom in the educational process. Music clubs play an important role in developing students' creative abilities, strengthening their musical knowledge and skills, and forming their cultural consciousness. The article highlights the contribution of group classes to the general educational process of students and their role in revealing their abilities related to the art of music. Also, the results of using modern pedagogical approaches in music circles are considered.

AIM: the purpose of this article is to analyze the process of organizing extracurricular music clubs, to study their effectiveness in the formation of students' creative development and musical skills. Also, the article envisages developing recommendations for increasing students' interest in music culture and developing their musical abilities through pedagogical methods and innovative approaches used in music circles.

MATERIALS AND METHODS: in this scientific article, a number of scientific and practical methods were used to study the effectiveness of organizing music clubs outside the classroom. These are: literature review, survey, interview, case study, statistical analysis.

DISCUSSION AND RESULTS: this article discussed the organization of extracurricular music clubs and their role in the educational process. The results of the research show that music clubs are an effective tool for developing students' creative abilities and strengthening their musical knowledge and skills. They also have a great impact on the social and cultural development of students.

CONCLUSION: Through music clubs, students acquire not only theoretical knowledge, but also develop practical performance skills. The use of modern pedagogical approaches and interactive methods will further enliven the activities of the clubs and help to increase students' interest in music.

Keywords: extracurricular clubs, music education, creative abilities, cultural awareness, pedagogical approaches, music clubs, educational process.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning qiziqishi, istaklari, xohish va ehtiyojlariga suyangan holda ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv-tarbiya jarayonini to'ldiradi. U o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga

For citation: Nargiza N. Allayarova. (2024) 'Effectiveness of organizing music clubs outside the classroom', Inter education & global study, (9), pp. 96-102. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

imkoniyat yaratadi. Sinfdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, to'garak, klub dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit-qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishning nazariy asoslari maktabning o'quvchilar bilan olib boradigan o'quv mashg'ulotlaridan tashqari, xilma -xil ta'lim-tarbiya ishlari sinfdan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab ta'lim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini yo'lga qo'yish shakllaridan biridir[2; 69].

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga, aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda ko'ngillilik asosida tashkil qilinadi.

To'garaklar bir necha xilda bo'lishi mumkin:

a) fan to'garaklari;

b) mohir qo'llar to'garaklari;

d) duradgorlik to'garaklari;

e) sport to'garagi;

f) badiiy to'garak.

Bu to'garaklarni o'rtaumumta'lim maktablarida sinf rahbari va tarbiyaviy ishlar tashkilotchisi uyushtiradi. Sinf rahbari to'garak rahbarlariga yaqindan yordam beradi. Qiziqishlari, intilishlari bir xil bo'lgan o'z o'quvchilarini biror to'garakka a'zo bo'lishga chorlaydi. Sinfdan va maktabdan tashqari tashkil qilingan ishlar o'quvchilar hayotidagi tarbiyaviy faoliyatni to'ldiradi. Ularning dunyoqarashi to'g'ri shakllanishiga, axloqiy kamol topishiga ko'maklashadi. Nazariy bilimlarni amaliyot, ishlab chiqarish bilan chambarchas bog'lanishiga zamin yaratadi.

Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarga rahbarlik qiluvchi tashkilotchilarning vazifalari ham ko'p qirralidir. Maktabda tarbiyaviy ishlarni aniq rejalashtirmasdan uning mazmuni, shakl va usullarini aniqlamasdan, ma'lum bir tizimga solmasdan turib ko'zda tutilgan maqsadga erishish qiyin. Sinfdan tashqari ishlarning tarbiyaviy ta'siri ko'p darajada o'quv jarayonini tashkil etish saviyasiga hamda o'quvchilar jamoasining xilma -xil ishlarni qanday yo'lga qo'yishiga bog'liqdir. Sinfdan tashqari faoliyat majburiy dastur bilan chegaralanmaydi, balki yoshlari har xil o'quvchilarni ixtiyoriy ravishda birlashtiradi. Ularning tashabbusi asosida ishlarni amalga oshiradi, fanga qiziqtiradi, ularni xalqning madaniy hayoti muhitiga olib kiradi[1; 89].

Sinfdan tashqari ishlar shaxsdagi ijtimoiy faollik, ijtimoiy ong hamda axloqiy odatlarni tarkib toptirishning eng muhim omilidir. Bu faoliyat ilmiy jamoa, adabiy va maktab teatrlarining ishlari, turli mavzularda o'tkaziladigan kitobxonlar konferensiyasi va munozaralar, siyosiy, axloqiy, ilmiy ommabop va mehnat mavzularidagi ma'ruza va suhbatlar, ijtimoiy foydali mehnat, siyosiy axborot, bayram kechalari va ertaliklari, to'garak mashg'ulotlarini o'z ichiga oladi. O'quvchilarning sinfdan tashqari ishlari o'z mazmuniga ko'ra tafakkur faoliyati va munosabat vositasi hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar bolalarning kundalik hayotidan olingan aniq dalillar va voqealarni, badiiy adabiyot, vaqtli matbuot, kino -

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

filmlardan olingan hisollarni tahlil etish hamda muhokama qilish asosida o'tkaziladi. Bu ishlarning xususiyati shundaki, bu bolalarni o'zining axloqiy xatti-harakatlari haqida mulohaza yuritishga va ularga to'g'ri baho berishga o'rgatadi[7; 124].

Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilarning darsdan bo'sh vaqtlaridagi o'quv tarbiya jarayonini to'ldiradi va kengaytiradi, o'quvchilarni mustaqil bilim olishlari, ijobiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishga imkoniyat yaratadi. Sinf jamoasi bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning hajmi, asosiy yo'nalishlari, mazmuni har bir bosqichda o'quvchilarning psixik rivojlanishi darajasiga mos kelishi lozim. Tarbiyaviy ish pedagogdan butun qobiliyatini ishga solishni, tinmay izlanishni taqozo etadi. Chunki kelajak avlod tarbiyalangan, uyushgan, ahil, jonajon Vatanimizning haqiqiy fuqarolari bo'lishi kerak. Maktabda boshlang'ich sinflarda tarbiyaviy ishlarni olib, uni yo'lga qo'yish sinf rahbari yoki tarbiyaviy ishlar tashkilotchilari tomonidan uyushtiriladi.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiyaning asosiy maqsadi, o'quvchilarni, iloji boricha, ko'proq ommaviy va to'garak ishlariga jalb etib, ularni dunyoqarashini har tomonlama rivojlantirish, badiiy didini o'stirish, tabiatga, Ona vatanga bo'lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda maktablarda musiqa darslaridan tashqari, ommaviy va to'garak ishlari olib boriladi[6; 12].

Sinfdan tashqari musiqa tarbiyasining ommaviy shaklida bolalarni musiqiy o'quvini tekshiruvdan o'tkazmay, yalpi tarzda jalb etishni taqozo etadi. Bularga, qo'shiq bayramlari, "Musiqa haftaligi", "O'zbekiston vatanim manim", "Ilhom chashmalari" ko'rik-tanlovlaridan; ijodiy uchrashuvlar, teatr va konsertlarga sayohat, "Alifbe" bayramlariga, shoir va bastakorlar bilan uchrashuvlar kiradi. Ammo, bularning har biriga bolalarni qiziqishiga qarab, oldindan tayyorlab borilishi kerak. Bu tadbirlarni har birini yuksak badiiy did bilan tashkil etib, amalga oshirish, chinakam badiiy-musiqiy bayram ruhini kasb etish lozim. Musiqa o'qituvchisining ommaviy ishlar rejasi, maktab ma'muriyati tomonidan tasdiqlangan bo'lishi lozim. Ommaviy, musiqiy ishlar rejasi, musiqa o'qituvchisi va maktab tarbiyaviy va ma'naviy ishlar mudiri, maktab yetakchisi bilan hamkorlikda, o'quvchilarning yoshiga, qiziqishiga, bayramlar, uchrashuvlar, tadbirlarini hisobga olgan holda tuziladi. Bunda o'quvchilarning musiqiy o'quvi, qobiliyati hisobga olinadi. Ommaviy musiqa mashg'ulotlarining har biri, aniq ishlab chiqilgan reja, asosida amalga oshirilmog'i lozim. Bunda har bir mashg'ulot turiga qarab, uning asosiy maqsadi, xususiyati, repertuar mazmuni, maktab imkoniyatlari, taklif etilgan mehmonlar hisobga olinib, o'quvchilarni jalb etiladi. To'garak ishlarini esa, ish rejasini musiqa o'qituvchisining o'zi, o'z xohishi va imkoniyatlariga qarab, mustaqil tarzda tuzadi. O'qituvchi to'garak ishlariga o'quvchilarni musiqiy qobiliyati, xohishi-istagi, qiziqishi, ovoziga qarab tanlab oladi va turli xil to'garaklar tuzadi. Haftasiga 2-3 bor to'garakni guruhlarga bo'lib ishlaydi. To'garak ishlarining asosi musiqa darsidir. To'garak ishlariga qobiliyatli, qiziquvchan, musiqa darslarida aktiv qatnashadigan o'quvchilar tanlab olinadi. Darsda har bir bolaning layoqati, qiziqishi hisobga olinib, u yoki bu musiqa to'garagiga jalb etiladi. To'garak faoliyati aktivlashtiradigan narsa bu maktab sahnasidir. O'quvchilar tadbirlarda, qo'shiqlar, raqslar ijro etib, maktab jamoasi oldida e'tibor qozonib, ko'rik-tanlovlarida qatnashadilar. Bu ularni o'z mehnatidan

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №9

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Нayчнo-теoретический и методический жyрнaл Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

zavqlanish his tuyg'ularini Ona-Vatanga muhabbat, musiqa san'atiga hurmat, do'stlari orasida mehr-muhabbat tuyg'usini oshirib boradi.

Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda o'qituvchi o'z imkoniyatlariga qarab, turli to'garaklar tuzishi mumkin:

1. Xor jamoalari.

2. ChA (cholg'u ansambllari).

3. Ashula va raqs ansambllari.

4. Vokal ansambllari.

5. Cholg'uchilar ansamblli (dutorchilar, rubobchilar, doirachilar).

6. Raqs ansambli.

7. Orkestr (damli, xalq cholg'u asboblari orkestri).

8. yakkaxon qo'shiqchilar.

9. Badiiy havaskorlik to'garaklari.

Maktabdan tashqari musiqaviy tarbiya shakliga bolalar musiqa maktablari, bolalar ijodiyot markazlari, o'quvchilar saroylari, bolalar teatrlari, muzeylar kiradi. Mazkur muassasalarga qatnashadigan bolalar ham o'qituvchi nazoratida bo'lib, maktab musiqa hayotiga ularning aktiv qatnashuvlarini ta'min etish lozim. Maktab hayotida musiqa o'qituvchisining o'rni beqiyosdir. Musiqa darslaridan tashqari, zamon talabiga mos ravishda tadbirlar tayyorlab, o'quvchilarda san'atga bo'lgan qiziqishni rivojlantirishi lozim[ 8, 4,5].

Cholg'uchilik to'garaklari - O'zbek xalq musiqasi hamda milliy musiqamizni anglashdagi eng muhim vositalardan biri o'zbek cholg'ular bo'lib, "cholg'uchilik" to'garaklari ushbu vazifani bajarishda yoshlarni to'g'ri yo'naltiruvchi omillardan biri sanaladi. yakka cholg'u ijrochiligi to'garaklari musiqani o'rganishga intilayotgan bolalarga bilim olish imkoniyatini beradi. Maktab to'garagiga musiqa tayyorgarligi saviyasidan qat'iy nazar, xohlagan bola kelishi mumkin va bu maktab musiqa hayotining barcha shakllarining samaradorligini ko'tarishiga ko'maklashadi. Cholg'uchilik to'garaklari biror bir milliy cholg'uda ijro etish malakalarini shakllantirishga va mazkur cholg'u yordamida dastur tayyorlashga qaratilgan bo'ladi. Shuningdek, mashg'ulotlarda milliy cholg'ularning kelib chiqish tarixi, ijrochilik imkoniyatlari, tembr xususiyatlarini to'la-to'kis ochib berish, ular orqali milliy musiqamizning lad va ohanglari, usul xususiyatlarini to'g'ri idrok etishga o'rgatadi. Dastlab ijro cholg'usi haqida tushunchalar beriladi. So'ng boshqa sozlar -yakkaparvoz, jo'rparvoz, cholg'u ansambli va orkestr haqidagi ma'lumotlar berib boriladi. Shu tarzda milliy musiqiy janrlar: kasbiy va ommaviy janrlar haqida tushunchalar beriladi. Kasbiy ijodiyot namunalaridan - katta ashula, maqom, dostonchilik, ommaviy janrlardan -lapar, yalla, terma, allalar, yor-yorlar va bolalar qo'shiqlari ham amaliy ham nazariy jihatdan o'rgatilib boriladi. Cholg'uchilik to'garaklarida o'quvchilarni nafaqat cholg'u asbobida ijro etish, balki ularni ma'naviy, estetik, madaniy va jismoniy rivojlantirishga kuchli e'tibor qaratiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 9

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

1. Кап1^а D. А., Qоdirоv D. Q., Kаrimоv S. Musiqа tо'gаrаgini tаshkil etish. Kаsb-hunаr kоllejlаri uchun доНатта. 2-nаshri. Tоshkent. "Ilm ziyо" 2016 y.

2. Кап1^а Dildоrа Аnvаrоvnа. Musiqа о'qitish texnоlоgiyаlаri vа 1оу^аМ (Musiqiy pedаgоgik mаhоrаt vа 1оу^а^1л). Dаrslik. Tоshkent. 2021 y.

3. Kаrоmаtоv F. M. O'zbek ха^ Musiqа merоsi. XX аsr. 1 - kitob. T., 1978, 1982.

4. Мамиров К., Саидов Ж. "Кушиклар: хор асарлари" Ташkent. 1996

5. Маннопов С. Узбек халк мусика маданияти. Т., "Янги аср авлоди", 2004.

6. Матёкубов О. Макомот. Тошкент, "Мусика", 2004.

7. O'zbek ха^ до^Ыд!ап. Tuzuvchi ye. Rоmаnоvskауа. 1-2 kitob. T., 1939.

8. O'zbek ха^ Musiqаsi. 1-8 jildlаr. Уu.Rаjаbiу, M.Уusupоv уоzuvlаri. T., 1955-1961.

9. Панжиев К., Каримова Д., Каримова Н. "Мусика тугаракларини ташкил этиш." Тошкент, "Инновация-Зиё", 2020.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

и Allayarova Nargiza Narimanovna, Urganch davlat pedagogika instituti o'qituvchisi, [Аллаярова Наргиза Наримановна, Ургенчский государственный педагогический институт, учитель], [Allayarova Nargiza Narimanovna, Urgench State Pedagogical Institute, teacher]; manzil: O'zbekiston, Urganch sh., Gurlan ko'chasi, 1A-uy [адрес: Узбекистан, Ургенч, ул. Гурлан, 1A], [address: Uzbekistan, 1A, Gurlan st., Urgench city] E-mail: allayarova [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.