CHOLG'U IJROCHILIGIDA MUSIQIY TA'LIM UZVIYLIGINI TA'MINLASH MASALALARI VA YECHIMLARI
Qilichov Otamurod Zokirovich
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti Kasb ta'limi xalq ijodiyoti 4-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: professor v.b. Rajabov Hikmat Jumayevich
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada musiqa san'atining inson hayotidagi o'rni, cholg'u asboblari, musiqa o'qituvchisiga qo'yiladigan talablar, qadimda va hozigi kunda musiqaga bo'lgan e'tibor hamda talab xususida so'z boradi.
Kalit so'zlar: musiqa, cholg'u, xonanda, jo'rnavoz, musiqa o'qituvchisi, pedagogika.
ABSTRACT
This article discusses the role of music in human life, musical instruments, requirements for a music teacher, attention and demand for music in antiquity and modernity.
Keywords: music, instrument, singer, journalist, music teacher, pedagogy.
O'zbek xalq cholg'ulari rang-barang tarzda, o'ziga xos va musiqaning barcha tarmoqlariga mos cholg'ulari shakllanib, asrlar osha rivoj topib kelgan. O'tmishga nazar tashlasak, mutaffakirlarimizdan al-Farobiy o'zining "Katta musiqa kitobi"da, Safiuddin Urmaviy musiqiy risolasida, Ahmadiy "Sozlar munozarasi" asarida, Zaynullobiddin Husayniy "Risola dar bayoni qonuni va amaliy musiqiy" risolasida, Abdurahmon Jomiy "Musiqiy risola"larida musiqiy cholg'ularni o'rganib, tadqiq etish masalalarining turli jihatlarini o'zlarining asarlarida bayon etganlar. Muhtaram yurtboshimiz ham musiqa sohasiga to'xtalganlarida: "Bilasizlarmi, madaniyat bilan yaqin bo'lgan insonning dunyoqarashi madaniyatli bo'ladi. Uning umri uzoq bo'ladi. Har bir katta korxonada ham mana 10 million investitsiya olib kelyapti. Lekin, 10 million investitsiya olib kelganda bitta cholg'u ansambli qilsa bo'ladimi? Bitta maqom ansambli qilsa bo'ladimi? Shanba kuni ashula eshitadigan kun qilib qo'ygin o'sha yerda. Ashula bilan seni ishingda 10 baravar baraka bo'ladi. Madaniyat bilan seni o'sha korxonangda 10 baravar yangi-yangi rejalarga kirishadi. Odamning chehrasida mehr paydo bo'ladi", degan fikrlarni bildirganlar.
O'zbekiston Resublikasi umumta'lim maktablarida musiqa ta'lim-tarbiyasi Konsepsiyasining alohida bir bobi zamonaviy musiqa o'qituvchisi va uning kasbiy sifatlari majmuiga bag'ishlanadi. Hujjatda ta'kidlanishicha: "Hozirgi zamon musiqa o'qituvchisi yuksak madaniyatli, o'z kasbiga cheksiz sadoqat, ilg'or pedagogik tafakkur egasi bo'lmog'i lozim" U o'zining uzluksiz kasbiy va madaniy rivojlantirish qobiliyatiga ega bo'lishi shart. U musiqa, nafosat (estetika), pedagogika va psixologiya-fiziologiya fanlaridan, xususan musiqa o'qitish uslubiyotidan kompleks tarzda chuqur bilim va malakalar egasi bo'lmog'i darkor. Ayniqsa, musiqa o'qituvchisi ixtisosida zarur me'yorida cholg'uchilik, xonandalik, xor dirijerlik va musiqa nazariyotchiligi sifatlari mujassam bo'lmog'i lozim. Hozirgi musiqa o'qituvchisi ilmiy tafakkur egasi, ilg'or tajribalar shaydosi, izlanuvchan va ijodkor bo'lib, musiqa o'qitishning yangi shakl va usullarini kashf etishga intilmog'i lozim. U musiqa ta'lim-tarbiyasi mazmunini boshqa fanlar mazmuni va kundalik hayot bilan bog'lab, boyitib olib borishi darkor. Izlanuvchan va ijodkor o'qituvchining ilg'or tajribasi va kashf etgan yangi usullari maktabdagi musiqa ta'lim-tarbiyasini doimiy ravishda takomillashtirib rivojlantirishning asosiy tayanchi va ilhom manbaidir. Bilimdon va tajribakor musiqa o'qituvchisi san'at ziyolisi sifatida maktabda musiqiy-ma'rifiy ishlarning sarkoridir".
Darhaqiqat, musiqa sohasi va aynan cholg'u ijrochiligi bu bugungi kunda dolzarb masalardan hisoblanadi. Musiqa ta'limi o'zining bir qator xususiyatlari bilan boshqa fanlardan ajralib turadi. Chunonchi, unda bir necha kasbiy faoliyatlar (musiqa san'ati bo'yicha) malakasi, ko'nikma hamda bilimlar majmui uyg'unlashgan bo'lishi talab etiladi. Oddiy san'at yo'nalishi bo'yicha qaraladigan bo'lsa ham har qanday cholg'uchi - san'atkor maktabda musiqa darslarini olib borolmaydi. Musiqadan yangi dastur va davlat ta'lim standartlari talablari darajasda darslarni olib borish uchun o'qituvchi avvalo, pedagogika, pisixologiya, bolalar yosh fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasi (musiqaning elementar nazaryasi, musiqa asarlari tahlili, garmoniya, solfedjiyo, musiqa o'qitish metodikasi) musiqaning amaliy sohalari (vokal kuylash, dirijorlik, chol g'u asboblarida ijro etish), o'z o'rnida rejissiorlik, aktiyorlik, raqs san'atidan zaruriy bilim, malakaga ega bo'lishi kerak. Ya'ni, musiqa o'qituvchisi birgina dars jarayonida ham cholg'uchi, ham xonanda, xor-dirijori, jo'rnavoz, musiqa nazariyachisi va uslubchisi, mohir tashkilotchi, senariychi sifatida ish ko'rsatishiga to'g'ri keladi.
Musiqiy cholg'u asboblarining turlari juda ko'p. Bularga misol keltiradigan bo'lsak, bularga qayroq, sibizg'a, chanqovuz, nog'ora, bulomon, qayroq, safoil, chindovul, sagat, surnay, karnay, do'mbira va boshqa cholg'u asboblari kiradi. Yuqorida sanab o'tgan musiqiy cholg'ular qadimdan to'y-u tomoshalarda, bazmlarda,
sayllarda xalqimiz tomonidan ijro etilib, bugungi kungacha yetib kelgan. Bundan tashqari o'zbek xalq cholg'ulari beshta guruhga ajratiladi, bular: S Puflama cholg'ular guruhi S Urma torli cholg'ular guruhi S Mezrobli cholg'ular guruhi S Urma zarbli cholg'ular guruhi S Kamonli cholg'ular guruhi
Bu guruhlarga esa bir nechta cholg'u asboblari kiradi. Ularning turlari ham juda ko'p. Musiqiy cholg'ularning ta'rifi, ya'ni shakllari, tuzilishlari, tarkibiy jihatlari, ijrochilari bilan bog'liq ma'lumotlar, asosan o'rta asrlardan boshlab, badiiy adabiyotlar hamda musiqiy risolalarda yoritila boshlangan. Buyuk alllomalarimiz asarlarida ham o'zbek xalq milliy cholg'ulariga qay darajada to'xtalgani barchamizga sir emas. Shuning uchun ham qadimdan bizgacha yetib kelayotgan va milliyligimizning saqlanib qolishiga yana bir sababchi bo'layotgan xalq cholg'ularimizni kelajak avlodga ham meros qilib o'rgatib, qoldirishimiz har birimizning muqaddas va o'zbek xalqi oldidagi burchimizdir desak, mubolag'a bo'lmaydi. Buning uchun ta'lim va tarbiya berishni bolajonlarmizning yoshligidan boshlashimiz zarurdir. Yosh avlodga ta'lim va tarbiya berishda yetuk kadrlarni tayyorlash ham asosiy vazifalardan biridir. Maktablarda o'quvchilarga darslarni sifatli olib borishda eng ilg'or pedagogik texnologiyalardan foydalanib olib borilsa, oldimizga qo'yilgan buyuk vazifalardan birini bajargan bo'lardik. Musiqa o'qituvchisi har bir darsga mustaqil va ijodiy yondoshmog'i kerak bo'ladi. Uning ijodkorligi shundaki, u bir soatlik darsga ssenari muallifi, uning ijrochisi va rejissori sifatida ham ish tutadi. Shu bois musiqa darsi san'at darsi ham deb ataladi. Maktab hayotida musiqa o'qituvchisining faoliyat mavqei keng va ko'p qirralidir. Sinfdan tashqari musiqa darslarini tashkil etish va boshqarish, maktabda musiqa tarbiyasining ommaviy shakllarini (uchrashuvlar, bayramlar, ma'ruza konsertlar, ko'rik-tanlovlarga tayyorgarlik va qatnashish, "Alifbe" bayramlarini o'tkazish, musiqa haftaliklari va hakazo) uyushtirish bevosita musiqa o'qituvchisining zimmasidagi vazifalardir. Shu bilan birga maktabdan tashqari ta'lim muassasalari (bolalar musiqa maktablari, o'quvchilar ijodiyot markazlari, bolalar teatrlari, xor etyudlari kabilar) bilan doimiy aloqadorlikda bo'lib, iqtidorli, musiqiy qobiliyatli o'quvchilarni ularga jalb qilish va ularning faoliyatidan maktab hayotida o'z o'rni bilan foydalanish ishlari ham musiqa o'qituvchisi zimmasiga mas'uliyatli vazifalarni qo'yadi. Musiqa fani bo'yicha Davlat ta'lim standarti va o'quv dasturlari ham hozirgi kunda umumtalim maktablarida faoliyat ko'rsatadigan o'qituvchilardan o'zining ta'limiy va tarbiyaviy ishlari mazmuni va qo'llaydigan ish uslublarida yangilanish jarayonini talab etadi. Shuningdek, musiqa o'qituvchisi tayyorlashga yo'naltirilgan oliy ta'lim tizimidagi
musiqiy-pedagogik ta'lim fakultetlarida ham bo'lajak o'qituvchilarni kasbiy tayyorgarligiga ushbu talablar nuqtayi nazaridan yondashishni taqozo etadi. Bu talablar chiqarilayotgan darsliklar, qo'llanmalar, tavsiyanomalar, o'quv-metodik adabiyotlarda keng ma'noda yoritilmoqda. Musiqa fani bo'yicha o'quv dasturlarining yana bir o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, umumta'lim maktablarining "musiqa madaniyati" fanining asosi bo'lgan musiqa savodxonligini tarkib toptirish lozim bo'lgan, qator musiqiy qonuniyatlar, jumladan, musiqa nutqi, musiqaning ifoda vositalari, musiqa shakllari, musiqaning tuzilishi va rivojlanishi, musiqaning zamonaviyligi kabilar chuqur, mukammal o'rganilishi kerak. Demak, musiqa fani dasturlari mazmunida dars o'tish uchun musiqa o'qituvchisi o'zining musiqiy-nazariy bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi kerak bo'ladi. Chunki, mamlakatimizda o'sib kelayotgan yosh avlodni ona vatanimizga, millatimizga va milliy qadiryatlarimizga, barqaror qiziqish va mehr-muhabbatli qilib tarbiyalashning muhim tarkibiy qismi bo'lgan badiiy-estetik tarbiya masalalarini, ya'ni insonni ma'naviy, ma'rifiy jihatdan barkamol shaxs qilib tarbiyalash masalalarini hal qilishda jamiyat va davlatimiz tamonidan qo'yilgan katta mas'uliyatni musiqa o'qituvchisining oldiga dolzarb vazifa qilib qo'ymoqda. Musiqa ta'limi va tarbiyasini samaradorligini ta'minlashda o'quvchi-yoshlarning musiqa sanatiga va u orqali hayotga bo'lgan qiziqishini uyg'otishda musiqa ta'limi va o'qituvchilarning mavqeyi juda yuqori va g'oyat mas'uliyatlidir. Shu aytilganlarga asoslanib musiqa o'qituvchilarni yangi milliy asoslarda ishlab chiqilgan dasturlar bo'yicha ish faoliyati mazmunini quyidagicha izohlash to'g'ri bo'ladi: O'qituvchi umumta'lim maktablarida musiqa bo'yicha ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilishi va uning samaradorligini ta'minlash uchun o'quvchi-yoshlarni musiqa madaniyatini har tamonlama tugal shakllantirishi, ularni musiqa san'atining turli sohalaridan xabardor qilib borishi, musiqani ongli idrok qilishi, o'z tushunchalarini ifodalay olishi, eng oddiy musiqa qonuniyatlarini tushinib, unga baho bera oladigan qilib tarbiyalashi, o'quvchilarni musiqa bo'yicha bilimlarini mustahkamlab borishlari uchun o'z ustlarida ishlash ko'nikmalarni o'stirishlariga erishishi va shu asosida ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etmog'i lozim. Musiqa o'qituvchisining pedagogik mahorati. O'quvchilarning aqliy va axloqiy kamolotida musiqa o'qituvchisi shaxsi alohida o'rin tutadi. Uning dunyoqarashi keng, qalbi pok, shirinso'z, bolajon bo'lmog'i lozim. Bunday fazilatlarni har qanday shaxsda ham tarbiyalab bo'lmaydi. Pedagogik mahorat yoki san'at - bu qandaydir qo'l bilan tutib bo'lmaydigan, fahm-farosat bilan amalga oshiriladigan jarayon, izlanishlar, kechinmalar, ko'pdan-ko'p kundalik ishlar, bolalar bilan olib boriladigan daqiqalar demakdir. Bu - bilimlarning ilmiyligi, tarbiyadagi muammolarni yechishga qodirlik, bola shaxsiga e'tibor bilan yondashish, rivojlangan tasavvur va hokazolar yig'indisidir. Hozirgi zamon musiqa
Cholg'u ijrochiligida musiqiy ta'lim uzviyligini ta'minlash Providing the integrity of music education in instrumental performance
o'qituvchisining ijodiy faoliyatida pedagogik mahorat quyidagilarda yaqqol namoyon
bo'ladi:
- musiqa tarbiyasida yangi usul va vositalarni izlashda, ularni an'anaviy usullar bilan mohirona bog'lab olib borishda;
- hayot va musiqa san'ati o'rtasidagi bog'liqlikni ko'rsata olish va o'rgatishda;
- musiqaning mazmuni va ma'nosini bolalarga yetkazishda, fanlararo aloqani amalga oshirishda;
- musiqa o'qituvchisining o'z ustida doimo ishlashi va ijodiy izlanishida. O'qituvchining yuqori professional tayyorgarligi musiqa darslarining takomillashuvida hamda musiqa san'atining tarbiyaviy potentsialini amalga oshirishda katta ahamiyat kasb etadi.
REFERENCES
1. O'.Asqarova. Qoraboeva Z. Pedagogik mahorat asoslari. Muammoli ma'ruzalar matni. Namangan, 2005
2. M.G'ofurov. Cholg'u ijrochiligi. Toshkent, 2015
3. G.M.Sharipova, D.F.Asamova, Z.L.Xodjayeva. Musiqa o'qitish nazariyasi metodikasi va maktab repertuari. Oliy va o 'rta maxsus o 'quv yurtlari talabalari uchun о 'quv qo'llanma. Toshkent, 2014.