Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO’GARAKLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI'

UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO’GARAKLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
1010
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
UMUMIY O'RTA TA'LIM / MUSIQA MADANIYATI / TA'LIM VA TARBIYA / ESTETIKA / TO'GARAK / METODIKA

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Anorov T.N.

Ushbu maqolada umumiy o’rta ta’lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to’garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to’garaklari orqali o’quvchilarda san’at, xalq ijodiyoti, ma’naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg’otish mumkinligi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF ORGANIZING MUSIC CLUBS IN GENERAL SECONDARY SCHOOLS

This article provides recommendations and concepts on the activities, methods, methods of organizing extracurricular music clubs in general secondary schools. It is also said that music clubs can instill in students a love for art, folk art, spirituality and culture.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO’GARAKLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI»

Anorov T.N.

Surxandaryo hududiy o^qtuvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti "Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim metodikalari"

kafedra oqtuvchisi

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MUSIQA TO'GARAKLARINI TASHKIL ETISH METODIKASI

Annotatsiya: ushbu maqolada umumiy o 'rta ta 'lim maktablarida darsdan tashqari musiqa to'garaklarini tashkil etish faoliyati, metodikasi, ish olib uslublari haqida tavsiya va tushunchalar bayon etilgan. Shuningdek, musiqa to 'garaklari orqali o 'quvchilarda san 'at, xalq ijodiyoti, ma 'naviyat, madaniyatga muhabbat hissini uyg'otish mumkinligi bayon etilgan.

Kalit so 'zlar: umumiy o 'rta ta 'lim, musiqa madaniyati, ta 'lim va tarbiya, estetika, to 'garak, metodika.

Anorov T.N. teacher

department "Methods of preschool and primary education " Surkhandarya Regional Institute for Teacher Training and Retraining

METHODOLOGY OF ORGANIZING MUSIC CLUBS IN GENERAL

SECONDARY SCHOOLS

Annotation: This article provides recommendations and concepts on the activities, methods, methods of organizing extracurricular music clubs in general secondary schools. It is also said that music clubs can instill in students a love for art, folk art, spirituality and culture.

Keywords: general secondary education, music culture, education and upbringing, aesthetics, circle, methodology.

So'nggi yillarda milliy musiqiy boyliklarni tiklash, to'plash, nashr qilish hamda ta'lim-tarbiya maqsadlarida foydalanishning ilmiy-pedagogik asoslarini o'rganish bo'yicha e'tiborga molik ishlar amalga oshirilmoqda. Qudratli tarbiyaviy ta'sirchanlikka ega bo'lgan xalq musiqa ijodiyotidan ta'lim tizimida, xususan, umumta'lim maktablarida dars va darsdan tashqari (turli madaniy-ommaviy tadbirlar, badiiy havaskorlik to'garaklari, ko'rik-tanlovlarga tayyorgarlik va hokazo) faoliyatlarda keng foydalanishni yanada kuchaytirish, birinchidan, ta'lim mazmunini boyitsa, ikkinchidan, ta'limning milliy negizini mustahkamlaydi. Musiqa fanidan sinfdan tashqari ishlar, to'garaklarni tashkil etish inson shaxsini xar tomonlama uyg'un kamolotini ta'minlashda san'atning jumladan musiqaning ahamiyati katta. Zero san'at asarlari vositasida kishining badiiy dunyo kengayib ma'naviyati shakillanadi. Ma'naviyatni shakillantirish

esa, davrning muxim vazifasi bulib, uni xal etish nixoyatda dolzarb. Yurtboshimiz ta'kidlaganidek, «Ma'naviyat insonning, xalqning, jamiyatning, kuch qudratidir. U yo'q joyda xech qachon bax-tu saodat taraqqiyot bo'lmaydi. San'at vositasida musiqa madaniyati, bola shaxsining ma'naviyatini shakllantirishni izchil amalga oshirishda umumta'lim maktablarning ayniqsa ro'li juda katta.

Xo'sh, umumta'lim maktablarida xalq musiqa ijodiyotini o'rganishda nimalaгga e'tiboг beгish, ta'limiy va tarbiyaviy faoliyatni qanday tashkil qilish maqsadga muvofiq bo'ladi? Ushbu yo'nalishdagi tadqiqiy izlanishlaг quyidagi pedagogik talab va mezonlar asosida ish tutish ijobiy natijalarga erishish imkonini berishni ko'гsatdi:

1. Umumta'lim maktablaгida darsdan tashqaгi faoliyatda xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan foydalanishda ularni ma'lum mezon va talablarga ko'гa tanlash muhim ahamiyatga ega. Bu o'гinda:

a) xalq musiqa ijodiga mansub asarlarning har bir sinfning musiqiy mavzulari (yil, chorak)ga va dastur talablariga mosligi;

b) asarlarning o'quvchilarning musiqiy qiziqishi, qobiliyati va ijгochilik imkoniyatlariga to'g'гi kelishi;

d) tanlangan asarlar o'quvchilaming musiqiy dunyoqaгashi va tafakkurini, pirovard natijada milliy madaniyatini shakllantirish nuqtayi nazaridan tarbiyaviy ta'siгchanlikka ega bo'lishi;

e) o'quvchilaгda o'qishga, mehnatga, ijodiy izlanish, ijtimoiy foydali ishlarga гag'bat uyg'otishi;

f) xalq musiqa ijodiyoti namunalarining hozirgi kunda ham ahamiyatini yo'qotmagan umumxalq bayramlari, madaniy-ma'rifíy va ommaviy tadbiгlaг mavzulariga mosligi;

g) asarlarni o'гganishda ta'limning boshqa taгkibiy qismlarini (musiqa savodi, musiqa adabiyoti, musiqa ijodkorligi) o'zlashtiгish uchun ahamiyatliligi yoki ijobiy ta'sir ko'гsatish xususiyatiga egaligiga e'tibor qaгatilishi muhimdiг.

2. Xalq musiqa ijodiyoti namunalaridan ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarda foydalanishda sinfda o'rganilgan mavzularni mustahkamlash nuqtayi nazaridan yondashish. Dars va darsdan tashqari jarayonda xalq musiqasi namunalarini o'гganish, ijro etish isЫaгi ulaг haqidagi tarixiy, adabiy, nazaгiy manbalaгdan imkon qadar ko'pгoq foydalanish oгqali amalga oshirilishi lozim. Bu pedagogik talab musiqa darslarining asosiy faoliyat turlari mazmuni va mohiyatiga muvofiq holda ish yuritishni nazarda tutadi. Ya'ni erkin tanlov asosida o'rganilgan asar ayni vaqtdagi asosiy maqsad va hal etilayotgan vazifalarga ijodiy yondashish xarakterida bo'lishi lozim.

3. Darsdan tashqari faoliyatda o'rganish uchun tanlab olingan namunalar o'quvchilarning an'anaviy mumtoz va folklor yo'nalishida mustaqil bilim olishga bo'lgan talab va istaklariga mos kelishi va o'qituvchi tomonidan mashg'ulotlarni tashkil etishda e'tiborda tutilishi lozim. Bu pedagogik sharoit o'z mazmunida o'quvchilarning musiqiy iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga

chiqarish uchun izchil va maqsadli mashg'ulotlar olib borishni nazarda tutadi. Shuningdek, umumta'lim maktablarida o'quvchilarni dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarga imkon qadar keng va ommaviy jalb qilishni, sinfdan tashqari ishlarda o'zaro aloqadorlikni kuchaytirishni uqtiradi.

4. Xalq musiqa ijodiyotiga murojaat qilganda, ularning qaysi mahalliy uslubga xosligi, janri, ijrodagi cholg'ular ishtiroki, raqs jo'rligi kabilarga e'tibor berish eng muhim shartlardan hisoblanmog'i lozim. Chunki bu jihatlar xalq musiqasining eng muhim xususiyatlarini aks ettiradi va o'quvchilarning umummusiqiy biluv darajasining takomillashuviga, milliy musiqaning o'ziga xos uslublarini, ijrochilik an'analarini chuqur o'zlashtirishlariga ijobiy ta'sir etadi, ta'kidlab o'tilgan ta'limiy va tarbiyaviy maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.

5. Umumta'lim maktablarida musiqa o'qituvchisi darsdan tashqari faoliyatda o'quvchilarni xalq musiqa ijodiyoti bilan tanishtirib borishga nazariy, amaliy va uslubiy jihatdan doimiy ravishda tayyorgarlik ko'rib, o'z bilim va malakalarini oshirib borishi lozim. Chunki o'qituvchi-murabbiyning bu faoliyatdagi muvaffaqiyati uning xalq tarixi, madaniyati, urf-odatlari va an'analari, shuningdek, musiqa san'ati sohasida qanchalik keng bilim va malakaga ega ekanligiga hamda shaxsiy namunasiga ko'p jihatdan bog'liq bo'ladi.

O'quvchilarni tarbiyalash jarayonida xalq pedagogikasi asoslariga tayanish, Sharq mutafakkirlarining dono fikr-mulohazalaridan, shuningdek, jahon umuminsoniy qadriyatlaridan foydalanish lozim. Maktabdan tashqari ta'lim muassasalari oldida turgan vazifa yagona ichki estetik tarbiya tizi mlarini yaratishdir. Bu tizimlar shaxsning har tomonlama yaxshi rivojlanish butunligini belgilaydi. Bu aniqlangan yangi bilimlar tizimini singdirish, o'rganish, fikrlash, mulohaza etish, munosabat, baholar, g'oyalar, mukammal bilimni oshirish va o'zo'zini tarbiyalashdir. Darsdan tashqari ishlarda estetik tarbiya mazmuni, birinchi navbatda, tizimli tatbiq etishga ko'ra uch vazifa birligi — ilmiy, rivojlanib borish, psixologik va pedagogik jarayonlar mushtarakligi, ta 'lim jarayonida jamiyat talablarini e'tiborga olish, yangicha bilimlarga amal qilish va hokazo qoidalar asosida tarkib topishi kerak. Ular asosida o'quvchi shaxsiyatiga nisbatan yo'nalish belgilanadi. Bu maqsadlarga erishish uchun o'quvchilar bilan to'garak tashkil etish, san'atning ayrim turlarini, milliy va jahon madaniyatini o'rganish va boshqa tarbiya shakllaridan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari ishlarning barcha turlarida amalga oshiriladigan va yana qayta tiklanadigan turli dasturlarida shaxsning shakllanishiga, uni ma'naviy mas'uliyat bilan yashashga o'rgatishni shakllantirishga e'tibor qaratilishi lozim. Ayniqsa, o'rta va katta yoshdagi o'quvchilarni o'z bilim va malakalarini mustaqil oshirishlariga o'rgatish kerak. Estetik tarbiyaning yangi shakllari va mazmunini topish zarur. Jumladan, folklor milliy ansambllari, milliy raqs va qo'shiqlar, san'atning milliy-an'anaviy turlari nazariyasi va tarixini o'rganish, qadimiy estetik tarbiya vosita-uslublarini tiklash lozim. Qobiliyatli va iste'dodli tarbiyalanuvchiga

alohida munosabatda bo'lish kerak. Ommaviy tadbirlardan (suhbatlar, madaniyat, san'at namoyandalari bilan uchrashuv, konferensiyalar, hisobot chiqishlari, «Navro'z», «Qo'shiq bayrami», «Raqs bayrami», «Bolalar bastakorlari bilan uchrashuvlar», «Qo'shiq olamiga sayohat», «Bir qo'shiq tarixi», «Yalla va laparlar kechasi», Xalq qo'shiqlari bayrami», «Maqom kechasi», «Sahna ustalari bilan uchrashuv» kabi tadbirlari va hokazolar) keng foydalanish lozim. Ya'ni san'atning aniq turlari va ifoda vositalarining o'ziga xosligi tasvirdagi, musiqa va hokazolar zamiridagi ifodani, badiiy vositalarni amaliy o'zlashtirish natijasidir. Bu borada asosiy vazifa to'laqonli badiiy va ijodiy asarni chuqur his etishdir. Maktabdan va darsdan tashqari tarbiyaviy ishlar o'quvchilar qiziqishiga suyanilgan holatda ularning darsdan bo'sh vaqtlarida o'quv jarayonini to'ldiradi va kengaytiradi. O'quvchilarning mustaqil bilim olish uslubini o'zlashtirishlariga, ijodiy qobiliyatlarini, tashabbuskorligini oshirishiga imkoniyat yaratadi. Darsdan tashqari ishlarning o'ziga xosligi shundaki, o'quvchilarning bo'sh vaqtlariga muvofiq uslublar vositasida jamoat foydasi uchun ommaviy guruh, alohida ishlash orqali tarbiyaviy ish tashkil etiladi. To'garak dasturlarining rang-barangligi, ular mazmunidagi yangiliklar o'smir yigit va qizlarning shaxs sifatida shakllanishlari uchun yangi imkoniyatlar tug'diradi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. G. Sharipova. Musiqa o'qitish metodikasi. Ma'ruzalar. T., TDPU, 2006.

2. I.Akbarov Musiqa lug'ati. T.Oqituvchi 1997 y.

3. J.Yu.hasanboev Pedagogika nazariyasi. Ma'ruza matni. T. 2002 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.