Научная статья на тему 'SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH'

SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
92
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Rubob prima / cholg‘u / san‘at

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — M.Ismailova

Ushbu maqolada o‘zbek milliy cholg‘usini ustoz-shogird an’anasiga sodiq bo‘lib o‘z shogirdlari hurmat-ehtiromiga sazovor bo‘lgan ustoz sozanda, dirijyor Yuldashev Ahmadjon Mirzayevichning bosib o‘tgan mashaqqatli qadamlari keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV AHMADJON MIRZAEVICH»

SHOGIRDLARI QALBIDAN CHUQUR JOY OLGAN USTOZ YULDASHEV

AHMADJON MIRZAEVICH

M.Ismailova

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek milliy cholg'usini ustoz-shogird an'anasiga sodiq bo'lib o'z shogirdlari hurmat-ehtiromiga sazovor bo'lgan ustoz sozanda, dirijyor Yuldashev Ahmadjon Mirzayevichning bosib o'tgan mashaqqatli qadamlari keng yoritilgan.

Kalit so'zlar: Rubob prima, cholg'u, san'at.

YULDASHEV AHMADJON MIRZAYEVICH IS MASTER WHO HAVE A DEEP PLACE IN HEARTS OF HIS STUDENTS

M.Ismailova

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article describes the difficult steps of the conductor Yuldashev Ahmadjon Mirzaevich when the Uzbek national instrument was played by a teacher who was loyal to the tradition of teacher-student and earned the respect of his students.

Keywords: Rubob prima, instrument, art.

"Bugungi kunda musiqa san'ati navqiron avlodimizning yuksak ma'naviyat ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda. Barchamizga ayon-ki, kuy-qo'shiqqa, san'atga bo'lgan muhabbat, musiqa madaniyati, xalqimizda azal-azaldan shakllanib kelgan. Uyida dutor, doira yoki boshqa milliy cholg'u asbobi bo'lmagan, musiqaning hayotbaxsh ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak, mubolag'a bo'lmaydi".[1]

Ana shunday hayotbaxsh, inson ruhiyatiga ko'tarinkilik bag'ishlovchi kuylar bevosita musiqa cholg'ulari orqali ijro etiladi. Har bir cholg'u o'zining ijro etish uslubi, sadosining betakrorligi bilan bir-biridan ajralib turadi.

Bugungi kunda rubob prima cholg'usi o'zbek xalq cholg'ulari orasida o'z o'rniga ega bo'lib, yetakchi cholg'ulardan biriga aylangan. Bu cholg'u o'tgan asrning ikkinchi yarmida qashqar rubobi andozasi asosida yangi yaratilgan bo'lib, Hamza nomidagi san'atshunoslik ilmiy tadqiqot instituti qoshidagi tajriba laboratoriyasida O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi, professor A.I.Petrosyans rahbarligida takomil ruboblar oilasini yaratish natijasida yuzaga kelgan cholg'u. Bu cholg'u

bo'yicha bugungi kunda barcha musiqa va san'at maktablari, litsey va kollejlarida hamda oliy ta'lim muassasalarida mutaxassislar tayyorlanmoqda. Bugunga kelib bu cholg'u bo'yicha yetuk sozandalar, mutaxassislar, uslubiyotchilar yetishib chiqqan. Bulardan Abdusalom Malikov, Nig'matjon Sharipov, Shuxrat Ziyoyev, Abduvoxid Muborakov, Asqar Dadamuhamedov, Muhiddin Otaxo'jayev, Oleg Siloamskiy, Nasiba Sodiqova, Odilmurod Xo'jayev, Abdurashid Yusupov, Oybek Samadov, Nazira Tursunova, Farhod Saidov, Alisher To'rayev, Ozod Gachbakarov, Shuxrat Shodiyev va viloyat kollejlarida faoliyat olib borayotgan ustozlarni ta'kidlab o'tish mumkin.[2]

Iqtidorli murabbiy, yoshlarning fidokor ustozi Yuldashev Ahmadjon Mirzayevich 1961 y il, 16 noyabrda Farg'ona viloyatining O'zbekiston tumanida tug'ildi. Oilali, uch nafar farzandi va olti nafar nabiralari bor. Musika san'atiga, go'zallik olamiga qiziqish juda erta uygondi va uni bolalar musiqa maktabiga o'qishga kirishiga sababchi buldi. 1973 yildan qashqar rubobi bo'yicha O'zbekiston xalk ta'limi a'lochisi Muxtorjon Yigitaliyev qo'lida tahsil ola boshladi. Yosh shogirdidagi san'atga bo'lgan barcha ta'lablarni mujassamligini bilgan ustozi shogirdi bilan astoydil shug'ullana boshladi. Har bir musiqiy asardan-asarga o'tgan sari shogirdining yangi qirralari rivojlana boshladi va uni Farg'ona shahridagi san'at bilim yurtiga yetakladi. Kirish imtixonlaridan muvaffaqiyatli o'tib 1977-1981 yillari bilim yurtida mashxur ustozlar Raxmuddin Qipchaqov, Yoqub Yunyayev, Muhammadjon Karimov, Yoqubjon Hoshimov, Tursunali Ortiqov, Kimsanxon Ahmedova, Salomatxon Mullajonova, Zuhra Rasulova, Galina Afrikantova, Gulchehra Abdullayeva va boshqalardan musiqaning sirlarini o'rgandi.

1981 yili bilim yurtini muvoffaqiyatli tamomlab Muxtor Ashrafiy nomli Toshkent Davlat Konservatoriyasining Xalq cholgulari fakultetiga o'qishga kiradi. Bu yerda Borisenko Valentina Yakovlevna, Botir Rasulov, Anvar Liviyev, Feruza Abdurahimova, Farrux Sodiqov, Zuhra Xalilova va boshqalardan saboq oldi. Yuldashev Ahmadjon o'qish bilan bir vaqtning o'zida, 1983 yildan boshlab Muxiddin Qori-Yokubov nomidagi O'zbekiston Davlat Filarmoniyasining To'xtasin Jalilov nomidagi O'zbek xalk cholg'ulari orkestrida yakkaxon-cholg'uchi bo'lib ishlay boshladi. Ushbu jamoadagi ish sharoiti, ijrochilikka qo'yilgan talablar uni ijrochilik mahoratini oshirishda katta omil bo'ldi.

1985 yili Moskvada «Yoshlar va studentlarning xalqaro festivali»da ushbu ijodiy jamoa bilan ishtirok etdi. Sobiq SSSRning ko'plab shahar va qishloqlarida, xarbiy qismlarda gastrol safarlarida bo'lib Milliy va jahon musiqa san'ati na'munalarini targ'ibotchisi bo'ldi. Kompozitorlarimizning yangi asarlarini taqdimot qilish, "Yosh ijrochilarning Respublika tanovlari"da orkestr bilan konkursantlarni o'z iqtidorlarini namoyon qilishlarida faol ishtirok etdi. Zero ushbu ijodiy jamoaga fahrli "Akademik" ijrochilik mahoratiga ega jamoa unvoni o'sha yillari berildi.

1986 yili konservatoriyani xalq cholg'ulari fakultetini dirijor, konsert ijrochisi va o'qituvchi sifatida muvoffakiyatli tamomlab shu yili iyun oyida Xarbiy xizmatga safarbar qilindi. va 1987 yil noyabr oyigacha xarbiy xizmatni Boltiq bo'yi Respublikalaridan biri Litvaning Kapsukas shahrida, harbiy havo-desantlari safida hizmat qildi. harbiy duxovoy orkestrda tuba cholg'usini chaldi va turli madaniy-ma'rifiy tadbirlarda dirijyor sifatida ham o'zini ko'rsatdi. Xizmatdan so'ng Toshkentga qaytdi va xizmatdan oldingi belgilangan taqsimot bo'yicha Qo'qon shahriga Hamza nomidagi O'zbek Davlat musiqali-drama teatriga dirijor sifatida ishga yuborildi. Teatrning o'sha vaqtdagi rahbari, milliy san'atimizning munosib vakili, teatrshunos Alixon ustoz Umarov yosh dirijorga, yosh mutaxassisga barcha sharoitlari yaratib berdi va shu bilan birga katta vazifalarni ham yukladi. Dastlabki kundanoq o'z kasbini sevishi va sodiqligi tufayli qaynoq ijodga shung'ib ketdi. O'sha vaqtda sahnalashtirish rejalashtirilayotgan "Muqimiy" S.Abdullo asari,T.Jalilov musiqasi, rejissiyor Erkin Murodov, rassom Georgiy Brimlar bilan hamkorlikda sahnaga muvoffaqiyatli olib chiqishdi va qaynoq dirijorlik faoliyatiga sho'ng'idi. Birin- ketin yirik-yirik musiqali dramalarni sahnalashtirila boshlandi."Ravshan va Zulxumor"S. Abdullo va T.Jalilov, rejissiyor Erkin Murodov, Teatrning bosh rejissyori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat arbobi, Madaminjon Jurayev bilan T.Jalilov musiqasi, S.Abdullo asari "Tohir va Zuhro", "Aka-uka sovchilar" R.Muhammadjonov, M.Mahmudov musiqasi sahnalashtirio'di va katta muvoffaqiyatlar bilan primyeralari o'tkazildi,"Besh so'mlik kelin" Urdi Bodu asari Said Rustamov musiqasi, "Yoriltosh" S.Boboyev musiqasi rejissior Erkin Murodov, va bir qancha bolalar uchun ertak spektakllarga dirijorlik qildi. 1989 yildan bosh dirijor lavozimga o'tkazildi.

Ushbu teatrda san'atimiz darg'alari O'zbekiston xalq artisti Raxima Mazoxidova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artistlar Hayotxon Maxmudov, Maxbuba Mansurova, Xursanoy Umarova, Oyshaxon Jo'rayeva va butun ijodiy jamoa bilan hamkorlikda teatr san'atini targ'ibot qilishda va yanada rivojlantirishda yelkadosh bulib mehnat qildi.

Ushbu yildan boshlab Qo'qon san'at bilim yurtida o'rindoshlik asosida mutaxassislik va dirijorlik fanlaridan o'qituvchi bo'lib ishlay boshladi. San'at bilim yurtidagi ustozlardan Ro'zmatjon Shodmonov, Shaxodatxon Shodmonova, Solijon ustoz Qo'ziyev, Inomjon Qodirov, Baxtiyorjon Jo'rayev, Xolidaxon Sobirova, Inobatxon Hasanova, Igor Zarechnev, Ikromjon Shermatov, Toshpo'latjon Akbarov, Abdug'ofur Ahmedov, Alijon Raximov, Ergashali Tojiboyev, Yo'ldoshali Ortiqmatov va bir qancha yosh iqtidorli mutaxassislar bilan birgalikda 1997 yildan shu kungacha asosiy shtat bo'yicha bilim yurtida ishlab kelmoqda. Ko'p yillardan beri Muqimiy nomli QDPIning "Musiqiy ta'lim" kafedrasi bilan ijodiy hamkorlikda ishlab keladi. Bir necha yillar mobaynida Bitiruv Davlat Atestatsiyalarida xay'at a'zosi sifatida qatnashib keldi.

Ushbu yillar davomida oddiy o'qituvchilikdan oliy toifali (1999y.) ustoz darajasigacha yetib keldi va yuzlab shogirdlar chiqardi. 2000 yili san'at bilim yurti 4 yillikdan 3 yillik kollejga va 2018 yili 4 yillik Ixtisoslashtirilgan san'at maktabiga aylantirildi. Shogirdlarini ko'plari kelgusida oliy ta'lim olishib respublikamizning musiqa va o'rta maktablarida, bolalar bog'chalarida, oliy ta'lim o'quv yurtlarida faoliyat olib kelishmoqda va doimo o'z ustozlari bilan ijodiy hamkorlik qilib yaxshi yutuqlarni qo'lga kiritishmoqda. Orkestr sinfini rahbari sifatida turli tanlovlar, konsertlarda faol ishtirok etdi.

"O'zbekiston Vatanim mening" tanlovlarini bir necha marotaba g'olibi bo'ldi. Mutahassislikdan bir necha shogirdlari Respublika tanlovlari laureati bo'lishdi. Ustoz Ahmadjon Mirzayevich 2020-2021 o'quv yilidan O'z.DSMI FMF.ida ishlab kelmoqda.

Biz kelgusida oliygoximizdan ham ko'plab talantlarni yetkazib berishlarida ustozga kuch-g'ayrat va sog'lik-salomatlik tilab qolamiz. Yuldashev Ahmadjon Mirzayevich garchi 60 yoshni qarshilashgan bo'lishsada hali kuch-g'ayrati to'la, va biz bu ustoz bilan yana uzoq yillar davomida ijodiy ishlar olib boramiz deb umid qilamiz.

Azal-azaldan Qo'qon hunarmandlar shahri (to'quvchi, tikuvchi, kandikor, zargar, chitkar qassob va boshqalar) va albatta hofiz va sozandalar yurti ekanligi barchaga ma'lum. Darhaqiqat, har bir yurt o'zining kasbi-kori hamda yetishtiradigan mahsuloti bilan dovrug' topadi. Farg'ona vodiysida yashab ijod etgan va eng sara sanatkorlar sifatida nom chaqarganlarning ko'pchiligi ham aynan Qo'qon yurti farzandidurlar. Buni biz tarix zarvaraqalarida bitilgan hamda tarixiy bayozlarda yozilgan, qolaversa, ustoz sanatkorlar bilan bo'lgan suhbatdan bilishimiz mumkin. Qo'qon - Farg'ona vodiysi madaniyat markazlaridan hisoblangan bo'lsa, bunga asos xonlikning poytaxti darajasini egallab turishidadur. Bu esa birinchi tomondan Qo'qonda mumtoz namunalarning shakllanishi bilan bo'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, yirik-yirik sanatkorlarni Qo'qon maktabida faoliyat yuritishga va ijod etishga chorlagan. Oqibatda, yirik shaxsiy ijro maktabiga ega bo'lgan hofizlar ham Qo'qonda ijod etishgan.[4]

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Karimov. I.A. "Yuksak ma'naviyat-yengilmas kuch" Toshkent: "Ma'naviyat" nashriyoti 2008 y, 173 b.

2. Rubob prima navolari: to'plam/O.Miskinov; O'zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, O'zbekiston davlat konservatoriyasi - Toshkent: «Musiqa», 2015.

3. Rubob prima cholg'u ijrochiligi: Oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun o'quv qo'llanma /A.Gochbakarov. - Toshkent: «Musiqa», 2015.

4. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

5. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.

6. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.

7. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

8. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

9. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.

10. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.

11. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).

12. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

13. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.

14. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.

15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.

16. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.

17. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.

18. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).

19. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.

20. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).

21. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.

22. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ГАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.

23. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.

24. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.

25. Qurbonova, M. (2020). СНЕТ EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).

26. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.

27. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛГУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).

28. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.

29. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).

30. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).

31. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.

32. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.

33. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.