O'ZBEKISTON XALQ HOFIZI MAHMUDJON TOJIBOYEVNING BASTAKORLIK MAHSULLARI
Dildoraxon Mamajonova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotasiya: Ushbu maqolada ohangrabo kuy orqali qalblar orom olishi hamda ozuqlanishi aks ettirilgan. Bastakor so'zining bir necha professor ustozlar tomonidan berilgan ta'riflari o'rin egallaydi. Bastakorlik amallarini, sir-u sinoatlarini puxta o'zlashtirgan O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyevning bastakorlik mahsullari haqida bayon etilgan. Shu jumladan bastakorlikda qalam tebratgan asarlarining qisqacha mazmuni yoritilgan. Ustoz san'atkorning maqom yo'lida yozilgan "Sarahbori Ushshoq" asarining qisqacha tahlili berilgan. Yosh avlodlarimiz tarbiyasida an'anaviy milliy musiqa sadolarining nechog'lik qimmatbaho ekanligidan darak beradi.
Kalit so'zlar: Kuy, qo'shiq, raqs, ohang, soz, xonanda, sozanda, san'at, nazm, musiqa, madaniyat, urf-odatlari, milliy, meros, cholg'u, an'anaviy, ijrochilik, bastakor.
COMPOSING PRODUCTS OF THE PEOPLE'S HOFIZ OF UZBEKISTAN
MAHMUDJON TOJIBOEV
Dildoraxon Mamajonova Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article describes how to relax and nourish hearts through melody. There are definitions of the word composer by several professors and teachers. People's composer of Uzbekistan Mahmudjon Tadjibayev, who has mastered the art of composing, is described. In particular, a brief summary of his pen-shaking works in composition is given. There is a brief analysis of the master's work "Sarahbori Ushshak" written on the way to the status of the artist. It shows how valuable the sounds of traditional national music are in the upbringing of our young generation.
Keywords: Melody, song, dance, melody, word, singer, musician, art, poetry, music, culture, customs, national, heritage, instrument, traditional, performance, composer.
Musiqa san'ati insoniyatning ma'naviy boyligi, boy dunyoqarash va kelajak kamolotini belgilovchi mezonlardan biri sifatida ardoqlanib kelinadi. Unda har bir
I icclT^^^^H 268 http://oac.dsmi-qf.uz/
xalqning milliy an'analari, urf-odatlari, marosim va qadriyatlari munosib o'rin olgan. Ijod insonlarga berilgan ulug' ne'mat desak mubolag'a bo'lmaydi. Musiqiy ijod negizini sozandalik, xonandalik, yaratuvchilik, bastakorlik kabi tarmoqlar tashkil etadi. "Bastakor" so'zini san'atshunoslik fanlari doktori I.R.Rajabov shunday ta'riflaydi: bastakor so'zi "kuy ijod qiluvchi, kuyga yangi she'r bog'lovchi" deb izohlasa, san'atshunoslik fanlari doktori professor T.B.G'ofurbekov "Bastakor-an'anaviy mumtoz musiqa asarlari muallifi... Bastakorlik esa Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarida an'anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an'anaviy, mumtoz musiqa uslubi zaminida yuzaga kelgan badiiy an'ana, ijodiy kasb turi, musiqa ijodchiligi...."dir deya ta'riflaydi. San'atshunoslik fanlari nomzodi professor Soibjon Begmatov fikricha: "O'tmish an'analariga ko'ra bastakorlar musanniflik, mulahhinlik, nag'manavozlik, nag'maovozlik, nag'mapardozlik, nag'masozlik kabi ustozona ijro va ijod uslublaridan xabardor bo'lishi taqozo etilgan. Shu bilan birga musiqiy meros va milliy an'analarni asosli idroklash, namoyanda ijod sarxadlarini ochadi. Iste'dodiga muvofiq musiqiy ohanglar bog'lashida esa, bastakorlik amallarini, sir-u sinoatlari anglana boshlanadi"1 degan so'zlari bilan bastakor qanday bo'lishi kerakligini bilib olishimiz mumkin. O'zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev ham ana shunday bastakorlik mahsuliga ega bo'lgan san'atkorlardan bo'lgan. Ustoz Mahmudjon Tojiboyev katta ashulaga bastalagan "O'zbekictonim" ashulachining so'z matni ham ustozning ijod mahsuli hicoblanadi va bu asar shogirdlari tomonidan 2001-yil o'tkazilganm "Katta ashula" tanlovida Beknazar Do'stmurodov, Nabijon Ibrohimov, Soibjon Niyozovlar bu katta ashulani ijro etib, g'oliblikni qo'lga kiritganlar. Oradan bir yil o'tar o'tmas bu honandalarga "O'zbekicton xalq hofizi" fahriy unvoni berilgan. Maqom va maqom yo'llarida ijod etish an'anasini davom ettirgan holda M.Tojiboyev "Nacri Buzruk", "Cavti Cegoh", "Sarahbori Ushshoq" kabi bir qator turkumiy asarlar va ashulalar yaratishga muvaffaq bo'ldi.
Mahmudjon Tojiboyevning bastakorlik ijodiy mahsullaridan biri "Sarahbori Ushshoq"ni tahliliga murojaat etamiz.
Sarahbor - maqomlarning ashula bo'limini boshlab beruvchi bosh qismi. "Sar" -tojikcha "bosh", "boshlanish", "axbor" - arabcha "xabar" so'zining ko'pligidir. Musiqashunoslarning adabiyotlarida ham mazmunan yaqin va o'xshash ma'nolarda ta'rif keltirilgan bo'lib, san'atshunoslik fanlari doktori I.Rajabov "Maqomlar" ilmiy monografik darsligida: "Sarahbor - axborot beruvchi bosh kuy, ashula, maqomlar ashula bo'limining asosiy, bosh mavzuidir"2 deyilgan bo'lsa, musiqashunos O.Ibrohimov ham shunga o'xshash ta'rif ya'ni, "bu ibora ashula turkumlari tuzilishidan darak beruvchi bosh ashula yo'li, ashula bo'limining bosh mavzui
1 C.EernaTOB.OpH^xoHXoTaMOB.TomKeHT ".Roth acp aB^ogn". 2000H.8 6eT.
2Hc^ok; Pa^a6oB Ma^OM^ap "San'at"T., 2006 211 6eT.
ma'nosidadir"3 - degan fikrni ilgari surib turkumga ishora qilgan. Sarahborlarga nisbatan xuddi shu kabi ta'riflarga Shashmaqom, milliy mumtoz musiqamiz borasida ilmiy ish bajargan bir qator musiqashunos, maqomshunos va ijrochilar ham yaqin mazmundagi fikrlarni bildirib kelishmoqda. Xususan, O.Matyoqubov "Og'zaki an'anadagi professional musiqa asoslariga kirish" o'quv qo'llanmasida va "Maqomot" monografik ilmiy tadqiqot kitobida: "Sarahbor - Shashmaqom ashula bo'limlarining boshlang'ich va etakchi qismi", "Tani maqom - Xorazm maqomlari ashula bo'limining boshlang'ich va etkchi qismi"...4, "Saraxbor - boshlanishdan darak beruvchi, Shashmaqom ashula bo'limlarining boshlang'ich qismi"5 kabi ta'riflar mavjuddir. Demak, Sarahbor - (darak beruvchi) ashula bo'limining etakchi, boshlang'ich qismi bo'libgina qolmay, balki butun maqom turkumining dastlabki hisob nuqtasidir.
Turkumning
nomi
G'azal muallifi
Lad asosi
G'azal Bahri
Takt o'lchovi va doira usuli
"Sarahbori Ushshoq"
A.Navoiy G'azali
Do ioniy
Ramali muhammasi mahzubi mahbub
Tarona I
Munis G'azali
do doriy
Hazaji musammani somii
Tarona II
Gulhaniy G'azali
Fa miksolidiy
Ramali muzahhafi mansubu mahbub
Tarona III
Avaz O'tar G'azali
fa doriy
Ihroji zabbul ulumi ansor
Asarning nomini maqomga asoslab Sarahbori Ushshoq deb belgilagan. Sarahbori Ushshoq deyilishi, muallif Ushshoq ohangi asosida Sarahbor shaklida asar yaratgan. She'riy matni A.Navoiy g'azali asosilangan. G'azal - Sharq klassik she'riyatining keng tarqalgan turi bo'lib, nazm va navoning mushtarakligida paydo bo'ladi. Sarahbor maqom ashula yo'llarida yozilgan bo'lib, Sarahborga hos shakli, ichki qonuniyatlari va usulida ifodalangan. Shu bois xat shakli daromad, miyonxat, dunasr, avj, namudlar qo'llanishi va furovardadan iborat bo'lib, 9ta xatni o'z ichiga oladi. Asar ladi "Do" ioniy. Ushshoq shashamaqom turkumidv Rost maqomi tarkibida bo'lgani uchun ushbu maqomning ladiga moslashgan. Lekin ladda ichki o'zgaruvchanlik mavjud. M.Tojiboev qo'llagan ohang Ushshoqqa hos, usuli 2/4 takt-o'lchovida.
3Окихон Ибр^имов. Маком ва макон. Т., 1996. 81-86 бет.
4Отаназар Матёкубов. Огзаки анъанадаги професионал мусика асосларига кириш."Укитувчи" Т., 1983 63 бет.
5Отаназар Матёкубов. Макомот. "Мусика" Т., 2004 355 бет.
I fcOl^^^^HI ^70 http://oac.dsmi-qf.uz/
Ushbu asar muallif tomonidan yakkanavoz tarzida tanbur jo'rnavozligida ijro etilgan. Sarahbori Ushshoq tuzilish jihatdan Shashamaqomga, ijrosi ko'proq muallifga hos bo'lgan Farg'ona-Toshkent uslubiga hosdir. Kuyning xarakteri lirik, mayin
Daromad - cholg'u muqaddimasi tanbur ijrosida, ikki xatli tuzilma, "Do" ioniy ladida, usuli Sarahbor. Miyonxat - cholg'u yo'li qisqartirilgan, 3-xat, "Do"miksolidiy ladi VII pog'ona pasaytirilgan. Dunasr - cholg'u yo'li, 4-5- xatlar. Kuy rivoj olgan yuqori pardalarda "Do"miksolidiy ladida. Avj - cholg'u yo'li, 6-xat Namudi Uzzol. Rivojlangan, lad va usul saqlangan. 7-xat Namudi Muhayyari Chorgoh. 8- xat yuqori avj qismi, katta avj. Diapozoni kengaygan, rivojlangan. Furovard - 9 xat oxirgi g'azal misrasi va juda katta hang. Natijada boshlang'ich "Do" ioniy ladida yakunlangan.
Sarahbori Ushshoq A.Navoiy g'azali Mahmudjon Tojiboyev musiqasi Dildoraxon Mamajonova notalashtirdi
Daromadning kuyi asosiy muqaddimadan boshlangan, "Do" ioniy ladida yozilgan. Shu kuy 15 - taktdan boshlab, musiqiy ikki misrali she'riy tuzilmada keladi. Daromad ikki xatdan iborat, asosiy mavzuni ochib berish maqsadida kengaytirilgan. Ikkinchi xatida birinchi xatning varianti, bir oktava yuqorida rivojlovi berilgan. Shu erda miksolidiy ladining paydo bo'lishi, ya'ni VII bosqichning kiritilishini ko'zatamiz. Keyinchalik ushbu lad harakatlanish jarayonida imkoniyatlarini ochib beradi. So'ng hang orqali miyonxaga o'tiladi.
my - >kayi - ao
Asarning davomida bitta xatdan iborat, "Do" miksolidiy ladida miyonxat boshlanadi. 3-xat 69-taktdan cholg'u yo'li bilan, Daromadga nisbatan kichikroq, mi tovushidan boshlangan. V - bosqich "G1" pardasiga asoslangan holda, yuqori pardalarda ohangni saqlashga harakat qilingan. Ashula 7 taktli cholg'u kuyiga uxshash, davomi esa rivojlantirilgan.
O - O - O - - >Ko- Ha - MO
Dunasr 92-taktdan 3 taktli cholg'u yo'li bilan boshlanib, miyonxat cholg'u yo'liga ritmik, ohang jihatdan o'xshash. Ohangni saqlashga harakat qilingan.
Shashmaqomda dunasr bir oktava yuqorida beriladi, bu erda ham bevosita bir yarim oktava yuqorida ijro etilgan, rivojlangan. Dunasr ikki xatdan iborat. Ikkinchi xatning kuy va ritmik ko'rinishi, birinchi xatning variant! Rivojlanish jarayonida ikkinchi xatda diopozon kengaygan. Buning natijasida ayrim tayanch pog'onalar, mi tovushining paydo bo'lishiga olmb keladi. "F2" yuqoriga ko'tarilgan va sekin asta "C2" tayanch tovushi "Do"ioniy ladiga pasayib keladi. So'ng juda katta hang berilgan. Hang avj qismiga olib keladi.
146-taktdan 3 taktli cholg'u kuyi bilan avj qismi boshlangan. Uchta xatdan tashkil topgan bo'lib, Namudi Uzzol va namudi Muhayyari Chorgoh qo'llanilgan. 6-xat Namudi Uzzol, chunki aynan shu namudga hos kvarta sakrashla, yuqoriga harakat, so'ng past va yuvoriga chiqishlar ishlatilgan. 7-va 8- xatlarda ikkinchi namud Muhayyari Chorgoh ishlatilgan. Diapozonning kengayishi "E2" tovushidan "V2" gacha ko'tarilgan. Kuyning yuqoriga ko'tarilish yana "Do"miksolidiy ladini paydo bo'lishiga sabab bo'ladi. Keyinchalik 202 - taktda kelgan katta avjda S miksolidiy ladida o'z ifodasini topadi. Avjda "E2", "G2" va oxirida "S2" tovushlariga tayangan. Hang orqali asosiy "Do"ioniy ladiga kelib, furovardani tayyorlab beradi.
233 - taktdan ashulaning 9 - xati furovard qismi boshlanadi. Furovardning dunasr bilan o'xshashlik tosonlari bor. Bu xat ham "Do"miksolidiy ladida rivojlangan. Birinchi misrada pog'onama-pog'ona harakat bilan "G1" tovushiga kelib to'xtaydi. Ikkinchi misrada shu pog'onadan boshlanib, yuqoriga "S2" oktavagacha chiqadi va birin-ketin pastlama harakat bilan "S1" tovushiga keladi. Oxirgi hang juda katta, diapozon kengaygan, kvartaga sakrashlar bilan yuqoriga chiqib, sekin asta pastga tushadi. Kuy asosiy "Do"ioniy ladida yakunlanadi. Ushbu Sarahbori Ushshoq ijro nuqtai nazaridan Farg'ona-Toshkent yo'liga o'xshash, lekin tuzilishi Shashmaqomning Sarahbor shakliga yaqin. Chunki kuyning tuzilishi, ohangi, rivojlanishi va usulning ishlatilishi Sarahborga hos. Asosiy ohang Ushshoqning ohang negizida ijod etilgan. Aynan Ushshoq ko'p xonandalar, bastakorlar tomonidan asar yaratishiga turtki bo'lgan. M.Tojiboev ham Ushshoq negizida o'zining Sarahborini yaratdi.
Asar D.Mamajonova tomonidan notaga olingan.
Muctaqillik davrida ijodkorlik, ijrochilik san'ati oddiy muciqiy jarayon bo'lib qolmacdan, milliy ijrochilik g'oyaci asosida shakllinib va milliy-madaniy yuksalishni ta'minlashda muhim omil sifatida faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Zero, san'atning bu turi mustaqillik g'oyasi kecimida shaklan va mazmunan boyigan o'zbek milliy ijrochilikning barcha ko'rinishlarini o'zida uyg'unlashtirgan badiiy faoliyat natijasining ijobiy namunacidir. 2017-yil 17-noyabr muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan maqom san'atini rivojlantirish chora tadbirlari to'g'risidagi qarorga muvofiq O'zbekicton Recpublikacida tashkil qilingan milliy maqom markazida ustoz va shogird bo'limi ham tashkil etilib, bu bo'limga Mahmudjon Tojiboev ishga taklif qilingan. M.Tojiboyevning shogirdlariga cingdiradigan asosiy o'gitlari bu vatanni cevish, tariximiz va madaniyatimizga yuksak sadoqat bilan qarash
va mustaqillikni ko'z qorachig'idek asrash, milliy vatanparvarlik tuyg'ularini barcha yosh san'atkorlarga singdirgan.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Solomonova T.E "O'zbek musiqasi tarixi". T, 1981 y. 16-b.
2. Mamadaliev F. Milliy musiqa ijrochiligi masalalari. "Yangi asr avlodi", T.,
2001
3. Matyoqubov O. Og'zaki an'anadagi professional muzika asoslariga kirish. "O'qituvchi", T., 1983
4. Matyoqubov O. Maqomot. Toshkent, 2004
5. Musiqa ijodiyoti masalalari. "Qatortol-Kamolot", T., 1997
6. Musiqa ijodiyoti masalalari. "Yangi asr avlodi", T., 2002
7. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
8. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.
9. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.
10. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
11. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
12. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
13. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.
14. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махдллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).
15. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
16. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.
17. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.
18. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
19. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.
20. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.
21. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).
22. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.
23. ШЕРМАТОВА, Х. К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).
24. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.
25. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144151.
26. Kurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.
27. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.
28. Qurbonova, M. (2020). OTET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).
29. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.
30. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).
31. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.
32. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).
ГГлЦ^^Ш! 276 http://oac.dsmi-qf.uz/
33. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).
34. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.
35. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.
36. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.