SAN'ATGA BAXSHIDA UMR
Rafiqjon Ahmedov
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqola nafaqat, hozirgi davrimiz balki o'tgan asrning ham buyuk san'atkorlaridan biri, o'zining sermazmun hayoti, serqirra, betakror va beqiyos ijodi bilan butun olamga dovrug' solgan, sevimli diyorimiz va uning tashqarisida ham "Oltin vodiy kuychisi" deb nom olgan o'zbek teatr sahnasi osmonining yorug' yulduzlaridan biri O'zbekiston xalq artisti - Murodjon Ahmedov haqidadir.
Kalit so'zlar: Patifon plastinkalar, dramatik tenor, Qurbon Umarov, Tohir, Farxod, Majnun, Alpomish, Aziz, "Oltin qo'l", Tursunali.
A LIFETIME OF DEDICATION TO ART
Rafiqjon Ahmedov
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article is one of the great artists of our time, not only in our time, but also in the last century. One of the brightest stars of the Uzbek theatrical stage is about the People's Artist of Uzbekistan - Murodjon Ahmedov.
Keywords: Patiphon plates, dramatic tenor, Kurban Umarov, Tohir, Farkhod, Majnun, Alpomish, Aziz, "Golden hand", Tursunali.
Murodjon Ahmedov 1918 yilning 1-yanvarida hozirgi O'zbekiston tumanining "Katta afg'on" qishlog'ida kambag'al dexqon oilasida dunyoga keldi. Kunlardan bir kun Murodjonning yoqimli ovozini eshitgan va undagi kuylashga bo'lgan zo'r qiziqishini ko'rgan hamqishlog'i Usmonjon aka degan skripkachi uni o'sha davrning mashhur xonandasi Hamroqul qori To'raqulovning shogirdi Toshpo'lat Sultonov rahbarlik qilgan, "Paxtakor" nomli kolxoz qoshida tashkil etilgan havaskolar to'garagiga olib boradi.
Murodjon bu yerda dastlab doirachi, so'ng vokal artisti sifatida ishlab Farg'ona vodiysining shahar va tuman mehnatkashlari hamda So'x-Log'on-Katta Farg'ona kanali quruvchilari uchun tashkil qilingan konsert dasturlarida faol qatnasha boshlaydi. Buni payqagan rejissyorlar va mutaxassislar unga 1942- yilda "Tohir va Zuxra" spektaklidagi bosh qahramon Tohir rolini ijro etishni topshiradilar.
Urush va undan keyingi yillarda esa teatr repertuari zamon nafasi va ruhiga mos asarlar yaratish bilan birga, o'zbek milliy dramaturgiyasida rus va jahon adabiyoti namoyondalarining "Maysaraning ishi", "Alpomish", "Aziz va Sanam", "Boy ila
xizmatchi", "Guisara", "Revizor", "Uylanish", "Besh so'mlik kelin" kabi nodir asarían bilan boyitildi.
1950-yillardan boshlab A.Qahhorning "Shohi so'zana", Uyg'unning "Oltin qo'l", A.N.Ostrovskiyning "Sepsiz qiz", "Aybsiz aybdor", F.Shillerning "Qaroqchilar", Hamzaning "Maysaraning ishi", Uyg'un va I.Sultonlarning "Navoiy", S.Abdulla va To'xtasin Jalilovlarning "Alpomish", Voynichning "So'na", K.Galdoning "Stepanning nayrangi", Gogolning "Revizor", turk yozuvchisi Nozim Hikmatning "Bir sevgi afsonasi" nomli yirik hajmdagi sahna asarlari teatr repertuaridan mustahkam o'rin ola boshladi.
Murodjon Ahmedov shu paytgacha teatr repertuaridagi spektakllarida asosan musiqali qahramonlar obrazlarini yaratgan bo'lsa, endi turli janrdagi spektakllarda ham yosh mutaxassislar bilan birgalikda o'ziga topshirilgan katta-kichik rollarni ham zo'r mahorat bilan ijro eta boshladi.
Shu davrda uni zamonaviy spektakllarda yaratgan obrazlari ichida tomoshabinlarga eng ma'qul va manzur bo'lgan obrazlaridan biri, Uyg'unning "Oltin qo'l" musiqali dramasidagi bosh qahramonlardan biri kolxoz raisining o'g'li -Tursunali obrazi edi. Odatda har bir insonda bo'lganidek Murodjon Ahmedovning ham o'z shaxsiy hayoti o'ziga xos fe'l-atvori bor edi. U bu obrazni yaratishda o'z hayotiy kechinmalaridan foydalanib, uni shu qadar oddiy, sodda va ishonarli qilib yaratgan ediki, go'yoki sahnada kattazang, qo'rs va dimog'dor Tursunali emas, Murodjon Ahmedovning o'zi yashayotgandek qabul qilinar edi. Bu obrazni yaratishda unga o'zining qishloq yigiti bo'lganligi, kolxoz hayoti bilan yaxshi oshnoligi katta yordam berdi. Shu sabab ham ko'cha-ko'yda uchragan tanish-bilish, yor-u do'stlari Tursunali deb murojaat qiladigan bo'lishgandi.
1954-yildan dramaturg Komil Yashin va kompozitor To'xtasin Jalilovlarning "Ravshan va Zulxumor" musiqali dramasi asosida sahnalashtirilgan spektakl teatr muxlislari va keng jamoatchilikda katta qiziqish uyg'otdi. Asarning bosh qahramoni Ravshan rolini Murodjon Ahmedov, Zulxumorni esa Saboxonim Karimova ijro etgan. Asarni teatrning bosh rejissori S.Ahmedov sahnalashtirdi. Asarni sahnalashtirish jarayonida Murodjon Ahmedov "Ravshan" obrazini yanada kuchaytirish, uning jasoratini oshirish va haqiqiy qahramon sifatida gavdalantirish maqsadida S.Ahmedovga sahnaga haqiqiy otdan foydalanishni taklif qiladi. Garchi bu taklif sahna qoidalariga zid bo'lsada buni mustasno sifatida qabul qilindi. Shundan so'ng Murodjon Ahmedov do'sti raislik qiladigan firmadan "Qora bayir" otini olib kelib, sahnaga shu otni olib chiqib repetitsiya qila boshladi. Tez orada bu jonivor Murodjon Ahmedovga shunday o'rganib qoladiki, sahnada uning amrini so'zsiz bajaradi. Tayyor bo'lgan spektakl jamoatchilik ko'rigidan muvaffaqiyat bilan o'tadi. Bu spektaklda Murodjon Ahmedov sahnaga ot minib chiqib rol o'ynashini eshitgan tomoshabinlar mashina va ot aravalarda gurras-gurras bo'lib uni tomosha qilish uchun kelardi. Shu tarzda
"Ravshan va Zulxumor" spektakli tomoshabinlaming eng sevimli tomoshasiga aylanib uzoq vaqtlar davomida teatr sahnasidan tushmay keldi.
Shunday qilib Murodjon Ahmedov Qo'qon teatrida 16 yillik (1939-1955) ijodiy faoliyati davomida 50 dan ortiq turli janrdagi spektakllarda esda qolarli obrazlar yaratdi.
Murodjon Ahmediov 1955-yildan boshlab Farg'ona teagtriga solist-vokalist (yakkaxon qo'shiqchi) lavozimiga ishga qabul qilinadi.
Teatrning yetuk san'atkorlari - O'zbekiston xalq artistlari: Sulaymon Qosimov, Yahyoxon Mamatxonov, Zunnun Madaliyev, Hafizaxon Ibrohimova, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi - Dehqon Jalilov, taniqli artistlardan Tavakkal Qodirov, Jaloliddin Oxunov, Mamatvali Aliyev, va butun jamoa uni iliq kutib oldi va uni kelajakda yaxshi san'tkor bo'lib yetishishi uchun har tomonlama qo'llab quvvatladilar.
Bu davrda teatr ijodiy jamoasi Sobir Abdulla va To'xtasin Jalilovlarning "Muqimiy" musiqali dramasini yaratish ustida qizg'in ish olib bormoqda edi. Asarning bosh qahramoni - Muqimiy rolini teatrning direktori - Y.Mamatxonov, uning sevgilisi
- Obidani Hafiza Ibrohimova va boshqa rollarni teatrning yetakchi artistlari tayyorlamoqda edilar. Murodjon Ahmedov mazkur teatr sahnasida ilk bor o'ynagan roli shu spektakldagi Sherali obrazi bo'ldi. Murodjon Ahmedov bu rolni qo'lga olgandan so'ng darhol ijodiy ansamblga qo'shilib, unga kirishib ketdi.
Shuni alohida takidlab o'tish kerakki - Sherali garchand kichik epizodik obraz bo'lib, spektakldagi birgina kartinada qatnashsa ham, buyuk ustozlarimizning "rolning katta-kichigi yo'q, aktyorning katta-kichigi bor"- deganlaridek Ahmedov bu urvoq rolni yangi-yangi hayotiy ijrolar bilan boyitib, uni katta polotno darajasiga ko'tara oldi va bu bilan o'zini yetuk aktyor sifatida butun Farg'ona shahri mehnatkashlariga tanitdi.
O'zbek teatri va qo'shiqchilik san'atining bo'lg'usi darg'alaridan biri, Yusufjon qiziq Shakarjonov nomidagi musiqali drama va hajviya teatridagi hayoti shunday boshlangan edi.
Har bir inson individ hisoblanadi uning to'liq inson sifatida shakllanishida o'zida bo'lgan insoniy hislatlar, fazilatlar, shuningdek, kamchilik va qusurlar ham katta rol o'ynaydi.
Shu nuqtai - nazardan olganda xalqimizning sevimli san'atkori, o'zbek milliy teatrchilik va qo'shiqchilik san'atining iftixori, faxri va g'ururi, O'zbekiston xalq artisti
- Murodjon Ahmedov ham ana shu hislat va fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan ajoyib insonlardan biri edi.
Murodjon Ahmedov 1955 - 1975-yillarda Farg'ona teatrida ishlab barakali ijod qildi. U o'tgan 20 yil mobaynida teatr sahnasida yaratilgan "Mirza Izzat Hindistonda" spektaklida - Mirza Izzat, "Oshiq G'arib va Shohsanam"da G'arib, "Tohir va Zuhro"da Parpi hofiz, "Nurxon"da -Norqo'zi, "Farhod va Shirin"da - Farhod, "Ravshan va
Zulxumor"da Ravshan, "Xolisxon"da Rustam, "Dilorom"da - Moniy, "Boy ila xizmatchi"da - G'ofur rollarini muvaffaqiyat bilan ijro etib, o'zbek teatri san'atining rivoji, o'z zamondoshlarini estetik ruhda tarbiyalash ishiga o'zining salmoqli hissasini qo'shdi. Xarakterli yeri shundaki, Murodjon Ahmedov bu rollarni 50-60 yoshga kirgan chog'larida ham o'ynab tomoshabinlarni ishontira oldi. Bu uning haqiqiy sahna ustasi, buyuk san'atkor bo'lib yetishganidan dalolat berib turar edi.
Murodjon Ahmedov o'zbek milliy teatri san'atini rivojlantirishga qo'shgan salmoqli hissasi uchun O'zbekiston Oliy Sovet Prezidiumining 1958-yil 29-maydagi 106-sonli farmoni bilan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist sharafli unvoniga sazovor bo'ldi. 1967 yilda O'zbekiston xalq artisti Faxriy unvoniga sazovor bo'ldi.
Bundan ilhomlangan Murodjon Ahmedov yanada ko'tarinki ruh va g'ayrat bilan ijodiy ish olib borib, "Hayot" spektaklida - Salom, "Xolisxon"da - Rustam, "Besh so'mlik kelin"da "Yondiramiz"da - Bahodir, "Vatan ishqi"da Subhonqul kabi qahramonlar obrazini yaratadi.
Farg'ona viloyati teatri ijodiy jamoasi 1958-yilda Toshkentda o'tkazilgan Respublika teatrining, an'anaviy festivalida o'zining "Ravshan va Zulxumor" va "Qumrining murodi" spaektakllari bilan qatnashib yuqori o'rinlardan birini egallab qaytdi.
Tomoshabinlar, teatr ishqibozlari, musiqa shinavandalari va qo'shiq shaydolari uning konsert repertuaridagi "Farg'ona tong otguncha", "Topmadim", "Bu oqshom", "Qachongacha", "Sabo tezdan", "Bayot-3", "Toza lutf", "Bog'aro", "Dermusan", "Nazzora qil", "O'rtar", "Quyoshli O'zbekistonim" kabi dilga orom, ko'zga nur-u qalblarga surur baxsh etuvchi dilrabo qo'shiqlarni jon-dillari bilan tinglar, kezi kelganda o'zlari ham u yer bu yerlarda mazza qilib hirgoyi qilib yurar edilar.
Murodjon Ahmedov Farg'ona teatrida ijro etgan eng so'nggi spektakllaridan biri "Gul va Navro'z" spektakli ilk bor tajriba sifatida respublika televideniesining ko'chma studiyasi orqali Farg'onadan Toshkentga, u yerdan to'ppa to'g'ri butun respublikaga ko'rsatilgan edi. Keyinchalik bu spektakl respublika radiosining magnit tasmasiga ham to'lig'icha muhrlanib, hozirda uning oltin fondida saqlanib kelmoqda.
1977-yilda Respublika telestudiyasi xodimlari tomonidan Murodjon Ahmedov haqida yaratilgan "Oltin vodiy kuychisi" nomli maxsus telefilm uning muxlislari, oila a'zolari, yor-u do'stlari va hamkasblarini behad quvontirdi. Va u san'atsevar xalqimiz, shuningdek kelajak avlod uchun munosib jonli xotira bo'lib qoldi.
1972-yilda Murodjon Ahmedov ko'pchilik qatori Muborak Haj safariga otlandi va Umraga borib ziyorat qilib keldi. Umra ziyoratidan qaytgach yana katta kuch va g'ayrat bilan o'zining jonajon Farg'ona teatrida ijodiy ishini davom ettira boshladi.
Shu orada O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining 1-sekretari Sharof Rashidov respublika san'ati va madaniyatini rivojlantirish, xalqimizni estetik ruhda tarbiyalash ishiga qo'shgan hissalari uchun respublikadagi bir guruh san'at
xodimlariga shu jumladan Murodjon Ahmedovga ham "Volga-24" mashinasini sovg'a qildi.
Murodjon Ahmedov 1988-yil 16-may Qurbon hayiti" kuni uzoq davom etgan yurak xastaligidan vafot etdi.
2001-yil respublikamiz mustaqilligining 10 yilligini nishonlash arafasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov o'zbek milliy madaniyatini rivojlantirishga qo'shgan samarali hissasi uchun Murodjon Ahmedovga "Buyuk xizmatlari uchun" ordeni bilan mukofotlash to'g'risidagi farmonini matbuotda e'lon qildi. O'sha yili 5-dekabrda Murodjon Ahmedovning katta o'g'li Tohirjon Ahmedov Toshkentga "Oq saroy" ga taklif qilinib, unga shaxsan Prezidentimiz I.A.Karimov o'z qo'llari bilan otasiga berilgan ordenni topshirdi.
Xulosa o'rnida shuni aytishimiz mumkinki, Murodjon Ahmedov o'zidan aktyor xonanda va sozandalikda ulkan maktab qoldirib ketdi. Bu maktabning shogirdlari hozirgacha Ho'qandi latifda yetishib chiqib, yurtimizga xizmat qilib kelmoqdalar. O'zbekiston xalq artisti Murodjon Axmedovning yorqin xotirasi san'atsevar xalqimizning dilida mangu yashaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. A.A Umarov, M.M. Aripov -Murodjon Ahmedov nomli kitob : (Qo'qon 2006)
2. O'zbekiston SSSR "Bilimlar uyi" Zanjirali Mirzatov : 1964-yil
3. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
4. Yunusov, G., Juraev, I., & Ahmedov, R. (2020). A LOOK AT THE REGIONAL SEASONAL FOLKLORE AND THEIR ORIGIN. THE ROLE AND IMPORTANCE OF FOLKLORE IN THE DEVELOPMENT OF DANCE ART. European Journal of Arts, (1), 121-124.
5. Yunusov, G. Y., Parpiev, A., & Ernazarov, Z. (2021). A look at samples of uzbek folklore. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(5), 9-14.
6. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
7. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
8. Yunusov, G., Ahmedov, R., Jurayev, I., & Yuldasheva, S. (2021). A Look At The Folklore of Fergana Valley or History of A Song in The Series of Tanovar. Annals of the Romanian Society for Cell Biology, 25(6), 2225-2232.
9. Talaboyev, A. (2021). Skill Improving Ways in Traditional Song Performing. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 12-17.
10. Талабоев, А. Н. (2019). Узбек миллий анъанавий ижрочилик санъатида махаллий услублар. Перекрёсток культуры, 1(4).
11. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
12. Талабоев, А. (2019). Маком санъатида сузнинг урни. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 25-28.
13. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. (2020). SONG PERFORMING IN TRADITIONAL PERFORMING ARTS: PAST AND PRESENT TIM. European Journal of Arts, (1), 85-88.
14. Talaboyev, A., Yunusov, G., & Ahmedov, R. (2020). Local methods of traditional singing. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2916-2920.
15. Ахмедов, Р. (2020). Миллий мусикий ижрочилик санъатига бир назар. Oriental Art and Culture, (I (2)), 5-9.
16. Shermatova, X. (2021). A LOOK AT THE MUSIC EDUCATION IN SCHOOLS: FORMS AND METHODS OF MUSIC EDUCATION. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 253-258.
17. Shermatova, X. (2020). MUSIQA NAZARIYASINING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (V).
18. Шерматова, Х. К. (2020). ФОРМИРОВАНИЕ МУЗЫКАЛЬНОЙ КУЛЬТУРЫ МОЛОДЁЖИ. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 117-119.
19. ШЕРМАТОВА, Х.К. (2015). Народная музыка как средство музыкально-эстетического воспитания школьников. In Юность и Знания-Гарантия Успеха-2015 (pp. 318-316).
20. Мад, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН ХАЛК АРТИСТИ ТАМАРА ХОНИМНИНГ СОБИК ИТТИФОК ДАВРИДА САНЪАТДАГИ ИЖОДИЙ ФАОЛИЯТИ. Oriental Art and Culture, (7), 160-170.
21. Мадолимов, Д. (2021). УЗБЕКИСТОН САНЪАТКОРЛАРИНИНГ УЛУЕ ВАТАН УРУШИДА ФРОНТ ВА ФРОНТ ОРТИДА ЕАЛАБАГА КУШГАН ХИССАСИ (19411945 ЙИЛЛАР). Oriental Art and Culture, (7), 144-151.
22. Qurbonova, M. (2021). The importance of folklore in the upbringing of a harmoniously developed generation. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1750-1758.
23. Курбонова, М. (2021). Аёллар санъати: кеча ва бугун. Oriental art and culture, 2(3), 62-75.
24. Qurbonova, M. (2020). CHET EL MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, (V).
25. Tursunov, B. (2021). Doira as a National Musical Instrument. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 50-54.
26. Турсунов, Б. (2020). ЧОЛЕУ ИЖРОЧИЛИГИ ТАРИХИГА БИР НАЗАР. Oriental Art and Culture, (V).
27. Исмаилова, М. М. (2020). ОДИН ИЗ ВАЖНЫХ ИНСТРУМЕНТОВ В УЗБЕКСКОМ МУЗЫКЕ: ДУТОР. Проблемы современной науки и образования, (12-1 (157)), 113-115.
28. Ismoilova, M. (2020). CHOLG'U IJROCHILIGIDA NOTAGA QARAB IJRO QILISH. Oriental Art and Culture, (V).
29. Mamatov, J. (2020). BARKAMOL AVLODNI TARBIYALASHDA ERTAKLARNING AHAMIVATI. Oriental Art and Culture, (V).
30. Mamatov, J. (2021). Directing in the Training of Art Professionals. International Journal of Culture and Modernity, 11, 90-96.
31. Madaminov, S., Mamatov, J., & Siddikov, S. (2020). A look at the history of uzbek maqom art. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1144-1151.
32. Jurayev, I. (2021). A LOOK AT THE LIFE PATH OF FATTOKHON MAMADALIEV. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 54-59.