SHAYBONIYLAR SULOLASI DAVRIDA HARBIY BOSHQARUV
VA HARB ISHI
Abdullajon Usmonov Soxibjon o'g'li
O'zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti O'rta asrlar bo'limi
kichik ilmiy xodimi abdullaj onusmonovG@gmail .com
Shayboniylar sulolasi vakillari harbiy ishga katta e'tibor qaratganlar. Oliy hukmdor oldingi davrlardagi kabi mamlakat harbiy kuchlarining oliy qo'mondoni sanalgan. Saroy amaldorlari va turli toifadagi mansablorlarning zimmasiga ham harbiy harakatlarda qatnashish majburiyati yuklatilgan bo'lib, ular o'zlari egallab turgan mansab va lavozimlariga mos ravishda harbiy ishlarni tashkil etish, unda qatnashish va boshqa ishlarga ma'sul etilgan edilar.
Davlat boshqaruvining o'rta asr an'analariga ko'ra, shayboniylar harbiy boshqaruvi tizimidagi mansab va unvonlarni nisbiy ravishda ikki turga bo'lish mumkin: birinchisi - ma'muriy-harbiy mansablar; ikkinchisi - harbiy mansablar4.
Harbiy amaldorlar Ma'muriy-harbiy amaldorlar
Qo'shbegi Naqib
Chuhraboshi Ko'kaldosh
No'yon Parvonachi
Tug'begi Mushrif
Qo'rchi Shig'ovul
To'pchiboshi Dorug'a
Qorovulbegi Sohib ixtiyor
Yasovul Miroxur
Tavochi Mahram
Jevachi (jibachi) Bakovul
4 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг кушин тузилиши ва харбий бошкаруви (XVI аср). Дисс. Тошкент - 2G18, s
Mingboshi Xon yasovuli
Yuzboshi Qushbegi
Qozi askar Munshiy
Qozi mufti
Shayboniylar sulolasi davrida muntazam qo'shin mavjud bo'lmagan ammo xon qoshida soni ko'p bo'lmagan doimiy qo'riqchi qo'shin saqlangan. Harbiy holatlar yuzaga kelgan payt xonlar hokimiyati tasarrufi ostidagi hududlarga tavochi va yasovullarni yuborgan va usha hudud hokimi belgilangan joyga o'z lashkari bilan yetib kelishga majbur bo'lgan. Masalan, 1506-yilda Muhammadxon Shayboniy Buxoroda inisi Mahmud Sulton qabrini tavof qilib, uning o'rniga Buxoro viloyati dorug'aligiga Ubaydulla sultonni tayinlagach, Andijon, Toshkent, Yassi, Shohruxiya, O'ratepa, Samarqand, Hisor, Termiz, Qunduz kabi viloyatlarda hokimlik qilayotgan shayboniy sultonlar va amirlariga jarchi yuborib, Xorazm yuishi uchun Buxoroda to'planishga buyruq beradi5. 1584-yil boshida Abdullaxon ham Badaxshon yurishiga otlanganida barcha viloyatlarga tavochi va yasovullarini yuborib viloyat hokimlari va sultonlar o'z lashkari bilan Nasaf viloyatiga to'planishini amr qiladi6. Barcha erkaklar askar sanalib, harbiy harakatlar paytida zarur barcha narsani: qurol, ot, oziq-ovqat va boshqa kerakli buyumlarni o'zi bilan olib kelishi shart edi. Uzoq safar chog'ida oziq-ovqat, kiyim-kechak shu atrofdagi aholidan yoki dushmandan olinadigan o'lja hisobidan olinardi. Ko'shinda o'nlik tizimi saklab qolinib, u o'ng va so'l, ilg'or (oldingi), xamda qorovul (razvedka) qismlaridan iborat edi. Shayboniylar lashkarga iloji boricha bir tillik odamlarni yig'ishni afzal ko'rganlar. Jumladan, Shayboniylarning qozoq sultonlariga qarshi yurishida (1509) qatnashgai 13 minglik lashkarning 10 mingdan ziyodi o'zbek urug'lari vakillaridan iborat bo'lgan.
Janglarda jasorat ko'rsatgan harbiylarni rag'batlantirish maqsadida jaldu7 in'om etilgann. Jaldu tariqasida, asosan, biror viloyat, tuman va undagi yer-mulk va boshqa
5 My^aMMag CO^H^. fflan60HHHH0Ma.T. 1989, 275-276 66.
6 x,o$h3 TaHum Byxopun. fflapa^HOManu mo^un. Hkkhhhh khto6, T - 1999, 147-6
7 Janglarda alohida jasorat ko'rsatgan, raqib jangchilari sardorlarini asir olgan yoki dushman harbiy strategiyasi haqida ma'lumot topib kelgan harbiylarga jang maydonining o'zidayoq yoki jangdan keyin beriladigan mukofot.
sohalardan keladigan daromadi, sarupo, pul, ot kabilar berilgan. Xususan, Abdullaxon Baroqxon avlodlariga qarshi Toshkent va Turkiston tomonlarga yurish qilgan vaqtida qozoq sultonlaridan bo'lgan Tavakkal sulton Baroqxonning o'g'li Toxir sultonni asir olib, o'rduga keltirgach Abdullaxon Tavakkal sultonga zarbof to'n, qimmatli toshlar bilan bezatilgan kuloh va kamar sovg'a qiladi8. Bir necha muddatdan so'ng esa Bobo sulton boshini Abdullaxonga keltirgach Tavakkal sultonga in'om tariqasida sarupo va pullardan tashqari Ofarinkentning yillik tushumini ham jaldu yo'sini bilan unga inoyat qildi9. Bundan tashqari 1584-yilda Abdullaxonning Badaxshonga qilgan yurishlarida Badaxshon viloyatlarini bosib olishda katta jasorat ko'rsatgan Shohsaidbiyga ham jaldu yo'sini bilan Badaxshonning Kahmard viloyati va uning atroflarini beriladi.
Qo'shin qalb, o'ng(burung'or) va chap(javong'or) qanotlarga bo'lingan bo'lib, odatda xon qo'shinning makazini, qanotlarni esa xonning ishonchli amirlari va shayboniy sultonlar boshqargan. Xususan, Muhammadxon Shayboniy 1501-yilda Bobur Mirzo bilan bo'lgan jangida qo'shinning markaziy qismini o'zi nazorat qilib, Mahmud Sultonni burung'orga, javong'orga esa Hamza sulton va Mahdiy sultonlarni tayinlaydi10. Qanotlarga rahbarlik qilgan sarkardalar o'g'lon deb atalgan. Qo'shin oldida manglay deb ataluvchi harbiy qism yarim doira shaklida saf tortib borgan. Uning oldida esa tez harakatlanuvchi kichik jangovor qism - ilg'or bo'lgan. Ilg'or qism qo'shindan oldinda yurib, vaziyatni tekshirib borgan va lozim bo'lsa qisqa janglarga ham kiruvchi dasta hisoblangan. Umumiy qo'shin oldida qorovul deb ataluvchi maxsus qism, qo'shinning o'ng va so'l qanotlari oldida boruvchi kichik g'ul deb nomlanuvchi bo'linmalar hamda qo'shin ortidan boruvchi maxsus yordamchi bo'linma - chanox harakat qilgan. Mazkur qismlar oralig'ida maxsus choparlar xizmati tashkil etilgan bo'lib, ular bosh qo'mondon ko'rsatmalarini sarkardalarga yetkazib turgan11.
8 Хрфиз Таниш Бухорий. Шарафномайи шохий. Иккинчи китоб, Т - 1999, 80-б
9 Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод T. 2009. 207-б
10 Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод T. 2009. 79-б
11 Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг кушин тузилиши ва харбий бошкаруви (XVI аср). Дисс. Тошкент - 2018, s 133
Qo'shin muntazam, nomuntazam qismlari va yordamchi qora cherik qismidan iborat bo'lgan. Oddiy askarlar sarbozlar atamasi bilan atalgan. Janglarda otliq askarlar - chavandozlar muhim o'ringa ega bo'lganlar. Abdullaxon II tomonidan esa maxsus to'pchilar qismi va to'pchiboshi mansabini joriy etilgan.
Qo'shin tarkibida tug'chi qism, ya'ni bayroq ostida zaxirada turuvchi (tug'ni qo'riqlovchi) harbiy bo'linma hamda zabongiri, ya'ni dushman tomonidan "til" (dushman qo'shini haqida xabar beradigan asir) topib keluvchi maxsus bo'linma va xabargiri - dushman to'g'risida ma'lumot keltiruvchi maxsus (ayg'oqchi) bo'linmalar ham bo'lgan. Shayboniylar qo'shinida chuxralar iborat alohida bo'linma ham mavjud bo'lib, chuxralikka olingan askarlar oliy tabaqa vakillarining farzandlari bo'lgan. Bu bo'linmaning rahbari chuxraog'asi deb nomlangan. Chuxralar xonning xos soqchilari bo'lib, xonning xavfsizligiga javobgar bo'lgan. Ammo jang davomida ham chuxralar faol qatnashgan. Bundan tashqari, chuxra bo'linmalari xonning maxsus topshiriqlarini ham bajargan. Jangda o'zini ko'rsatgan chuxra og'alariga xon tomonidan iltifotlar ko'rsatilgan. Xususan, Xuroson Muhammadxon Shayboniy tomonidan egallangach, Iqim chuxra og'osiga Fushanch dorug'aligi beriladi12.
Askarlar o'q-yoy, nayza, qilich, xanjar, gurzi, bolta bilan qurollangan bo'lib, birmuncha keyinroq miltiqlar va zambaraklardan foydalanilgan13. Jang qurollari ichida Yaman14 po'latidan yasalgan qilichlar va xattiy15 nayzalari mashhur bo'lgan16. Askarlar tana qismini himoya qilish uchun qalqon, dubulg'a, sovut va javshanlarda foydalanganlar17. Muhammadxon Shayboniy Turonda o'z huknronligini o'rnatish uchun olib brogan kurashlarida miltiq va zambaraklardan foydalangani haqida ma'lumotlar uchramaydi. Shayboniylar dastlab miltiqdan 1513-yilda Hirot qamalida goydalangan. Bundan shunday xulosa chiqarishimiz mumkinki, 1512-yilda shayboniy sultonlar Bobur mirzo va Najmi Soniylar ustidan g'alaba qozonib, qo'lga kiritgan o'jalari ichida o'tochar qurollar ham mavjud bo'lgan. Ammo shayboniylar 16-yuzyillik ikkinchi yarmigacha ham o'tochar qurollardan keng foydalanmaydi.
12 Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод T. 2009. 108-109-бб
13 Замонов А. Бухоро хонлигида кушин тузилиши ва харбий бошкарув. - Тошкент, «Bayoz», 2018. -Б. 81-83.
14 Арабистондаги мамлакат номи
15 Арабистондаги Хатт деган шахарда ясалган пулат учли найзалар
16 Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод T. 2009. 379-б
17 Мухаммадёр ибн Араб Катаган. Мусаххир ал-билод T. 2009. 97 -б
Shayboniylar harbiy yurishlar davrida qal'alarni egallsh uchun arroda18, manjanaq19 va to'p(zambarak)lardan foydalangan. Shayboniylar sulolasi davrida to'p yasovchi ustalar Usmonli davlatidan keltirilgan. To'p quyuvchi va to'pchilar bo'linmasi boshlig'i to'pchiboshi deb yuritilgan. Dushman askarlari safini parokanda qilish va qal'a devorlarini buzishda to'p(zambarak)larning ahamiyati yuqori bo'lgani uchun to'pchiboshi lavozimi darajasi oshib borgan.
Harbiy safarlar va janglar oldidan xonlar askarlarni ruhini ko'tarish maqsadida ziyofatlar, to'y-u tomoshalar, ov va harbiy musobaqalar uyishtirgan. Jang davomida esa nog'oralar, dovullar va karnaylar chalinib, ulardan chiqqan ovozlar askarlarni ruhiyatini ko'targan bo'lsa, dushmanni sarosimga slogan.
Harbiy yurishlar paytida xon uchun rasmiy qabul marosimlari o'tkazilgan. Qo'shinda saralangan navkarlardan tuzilgan xonning xos soqchilari ham katta ahamiyatga ega bo'lgan. Harbiylar ustidan qattiq nazorat o'rnatilgan bo'lib, ular sodir etgan jinoyat va jazo turlari maxsus harbiy qozilar - qozi-askar hamda muftiy-askar tomonidan ko'rib chiqilgan20.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. И. F. Низомиддинов. 16-17-асрларда Урта Осиё ва Х,индистон муносабатлари. Т. 1996
2. Zahiriddin Muhammad Bobur. Boburnoma. T. 2008
3. Х,офиз Таниш Бухорий. Шарафномайи шохий. Иккинчи китоб, Т -
1999
4. Мухаммад Солих. Шайбонийнома.Т. 1989, 275-276 бб.
5. Замонов А.Т. Бухоро хонлигининг кушин тузилиши ва харбий бошкаруви (XVI аср). Дисс. Тошкент - 2018
18 Zambarakning bir turi bo'lib, u to'rtta g'ildirakka o'rnatilgan yoki aravada olib yurilgan.
19 Otish mashinasi. Qal'alarni qamal qilishda qo'llanilgan. Yondirilgan smola (elim)li bochkalar, palaxmon toshlarini bir necha yuz metrga otgan, uzunligi 185 sm va og'irligi 1,5 kg ga yetadigan 150 m gacha otish quvvatiga ega bo 'lgan.
20 Замонов А. Бухоро хонлигида кушин тузилиши ва харбий бошкарув.. -Б. 77-78.