Научная статья на тему 'MOVAROUNNAHRDA TEMURIYLAR DAVRIDAN KEYINGI SOLIQ MUNOSABATLARI'

MOVAROUNNAHRDA TEMURIYLAR DAVRIDAN KEYINGI SOLIQ MUNOSABATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
11
131
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Giyasov S.A.

Har qanday jamiyatning taraqqiyot bosqichlarida soliqlarning vujudga kelish tarixi ilk davlatchilik asoslari paydo bo‘lishi bilan chambarchas bog‘liqdir. G‘oyat mas’uliyatli, o‘z navbatida, o‘ta yuqori darajadagi ehtiyojni o‘zida ifodalagan soliqlarning o‘ziga xos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi. Soliq muhim va serqirra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo‘lib, uning turli shakllarda paydo bo‘lishi va amal qilishi kishilik jamiyati rivoji bilan chambarchas bog‘liq.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MOVAROUNNAHRDA TEMURIYLAR DAVRIDAN KEYINGI SOLIQ MUNOSABATLARI»

MOVAROUNNAHRDA TEMURIYLAR DAVRIDAN KEYINGI SOLIQ MUNOSABATLARI

Giyasov S.A.

i.f.d., dotsent, O 'zbekston Milliy universiteti. https://doi.org/10.5281/zenodo.11174456

Har qanday jamiyatning taraqqiyot bosqichlarida soliqlarning vujudga kelish tarixi ilk davlatchilik asoslari paydo bo'lishi bilan chambarchas bog'liqdir. G'oyat mas'uliyatli, o'z navbatida, o'ta yuqori darajadagi ehtiyojni o'zida ifodalagan soliqlarning o'ziga xos rivojlanishi natijasida ularning jamiyat taraqqiyotida yangi qirralari, imkoniyatlari ortib bordi.

Soliq muhim va serqirra ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya bo'lib, uning turli shakllarda paydo bo'lishi va amal qilishi kishilik jamiyati rivoji bilan chambarchas bog'liq.

O'zbekiston hududida davlatchilikning uch ming yillik tarixga ega ekanligi bu makonda soliq munosabatlarining ham shuncha davrlik tarixga ega ekanligidan dalolat beradi. Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, miloddan avvalgi IX asrlarda Xorazm vohasi hududida zardo'shtiylik dinidagi ajdodlarimiz yashagan davlat vujudga kelgan. Sal keyinroq Movarounnaxr hududida Baqtriya (Surxon vohasi) va So'g'd (Zarafshon, Qashqadaryo vohalari) kabi davlatlar shakllangan. Tabiiyki, Turon zaminidagi bu qadimiy davlatlar o'z soliq munosabatlari tarixiga ega.

Temuriylar davridagi soliq, to'lov va majburiyat turlari shayboniylar davrida ham saqlanib qolishi bilan birga, ularning turlari yanada ortgan. Masalan, bog'lardan, uzumzorlardan, polizlardan, bedazorlardan olinadigan qo'shimcha soliqlar joriy qilingan [1].

Shayboniylar davrida ham xuddi temuriylar davridagi kabi yer-suv, mol-mulklarning katta qismi viloyatlar, tumanlar ixtiyoriga o'tkazilib, davlat oldida alohida xizmat ko'rsatgan shaxslarga suyurg'ol sifatida berilgan. Yer egaligining eng keng tarqalgan turi suyurg'ol edi. Bunday yer egaligi orqali yerlarni shartli tarzda tutib turish mahalliy hukmdorlar uchun qo'l kelgan.

Shayboniylar hukmronligida iqta tizimining nufuzi ortib borgan. O'rta Osiyoda shartli yerga egalik "iqta" keng yoyiladi. Yer muayyan muddatga sovg'a qilinib, "iqtador" foydasiga ma'lum bir daromadning to'liq yoki bir qismi tegadigan bo'ldi. Iqta egalari maxsus farmon bilan belgilangan tartibdagina dehqonlardan soliq undira olar edi.

Soliqlar miqdori iqta yer sovg'a qilinganidan avval qancha bo'lsa, shuncha bo'lishi shart edi. Nafaqat yerni, tegirmon, hammom, bozordagi do'kon va boshqa narsalardan tushadigan soliq yoki daromadni ham iqta tarzida berish mumkin bo'lgan. Agarda mazkur tizimning ma'no va mazmuni, shakllanishi va rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, "iqta" atamasi O'rta Osiyoda XVIII asrning 20-yillariga qadar qo'llanilgan.

XVI-XVIII asr boshlarida Iqta hukmron sulola namoyondalari (xonlar) va yirik amirlarga ma'lum o'lka va viloyatlarning shartli ravishda in'om etilishini anglatgan.

Ularga in'om etilgan yerlarni idora qilishda keng ma'muriy va iqtisodiy huquqlar ham berilgan. Masalan, Hofiz Tanish Buxoriy o'zining "Abdullanoma" asarida shayboniy hukmdori Abdullaxonning Xuzor va Jigdalikda ov qilishiga oid voqealarini bayon etarkan (1586), quyidagi muhim ma'lumotni keltiradi: "Hukmdorning ov qilishga kelganini eshitgan noyon [2] Qambarbiy Shaxrisabzdan hukmdor oldiga kelib, uni iqta tarzida in'om qilingan Shahrisabzga taklif etdi. Taklif qabul qilinadi va janobi oliylari Shahrisabzga qarab yo'l oladi. Bazmi jamshiddan so'ng Shaxrisabzdan keladigan daromadning bir qismi Qambarbiyga berilmasligi ayon bo'ladi. Hukmdor Balxga ketishi bilanoq, Qambarbiy Shaxrisabzni tark etdi va Samarqandga, sulton Ibodullo [2] oldiga oshiqdi va u yerda uning buyuk amirlari safiga qo'shiladi. Hukmdorsiz qolgan Shaxrisabzga Shibirg'on viloyatining hokimi iqtidorli amir Abdusamadbiy tayinlanadi va unga Shaxrisabzdan tushadigan daromaddan 150 ming xoniy miqdordagi mablag'i ham beriladigan bo'ldi"

1588-1589 yili Balx hukmdori shayboniy Abdulmuminxon Mashxad, Sabzavor, Isfaxon va Nishopur ustiga katta yurish qiladi. Bu shaharlarni o'z tasarrufiga kiritgandan so'ng yurishda faollik ko'rsatgan amirlarga turli-tuman inoyatlar qiladi. Jumladan, Shoxmuxammad bahodir Kulobdan chaqirilib olinadi va Maymana, Foryob, Xayrobod, Kaysar, Olmor viloyatlariga hukmdor qilib tayinlanadi. Ulardan xazinaga yig'iladigan yillik soliq sohibi devon tomonidan 200 ming tanga miqdorida belgilanadi. Ushbu ma'lumotlar shuni anglatadiki, iqta vaqtincha va shartli ravishda berilgan in'om bo'lgan.

1-rasm. Ko'chmanchi chorvachilik bilan shug'ullanadigan xalqlarning

majburiyatlari

Ular harbiy yurishlar vaqtida o'z ot-ulovi, yarog'-aslahasi, oziq-ovqati bilan birga kelib, vaqti-vaqti bilan xo'jayinlarini yo'qlab turishlari lozim bo'lsa, tinchlik vaqtlarida oddiy ko'chmanchilar o'zlariniki bilan birga xo'jayinning chorvalarini ham boqib, bir joydan ikkinchi joyga ko'chganda boshqa xo'jalik ishlarida ham ularga yordam berish majburiyatiga ega bo'lganlar. Doimiy to'lanadigan belgilab qo'yilgan soliq va yig'imlar asosan quyidagilar bo'lgan 1-2-jadvallari orqali ko'rishimiz mumkin.

1-jadval

Doimiy to'lanadigan belgilab qo'yilgan soliq turlari

Yasoq (qubur yasog'i)

chorva mollaridan olinadigan soliq bo'lib, 1/100 qismi hajmida olingan, keyinchalik o'troq aholiga ham yoyilib, yuz bosh hayvondan 70 tanga undirilgan

Zakot - xonlarning shaxsiy xazinasi

uchun chorva boshidan undirib olinadigan soliq

Savoyim zakot- esa har

qirq chorva boshidan birni tashkil etgan. Shahar va qishloqlarning o'troq aholisidan olinganda esa daromadning 1/10 qismi miqdorida undirilgan

Oshlig' - oziq-ovqat solig'i asosan o'troq holidan urush harakatlari borayotgan davrda qo'shinni saqlab

turish uchun to'plangan yig'im

Shayboniylar davrida davlat yerlari dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga berila boshlangan va qoidaga ko'ra dehqonlardan hosil miqdoriga qarab xiroj (davlat solig'i), ekilgan yerning hajmiga qarab esa tanobona soliqlari undirilgan.

2-jadval

Yig'imlarning asosiy turlari

Doimiy to'lanadigan belgilab qo'yilgan yig'imlar turlari

5Z

5Z

So'g'im - ko'chmanchilar

qishda iste'mol qilish uchun har yili kuzda o'z chorvasining bir qismini so'yib olganlar.

Buni "so'g'um-so'yuv"

deb atashgan. Ana shu vaqtda har bir xonadon (chodir, o'tov) xonga va o'z xo'jayinlariga uning so'g'umi uchun bir yaxshi

Shibog'u (sibog'u) -

xonlar va o'g'lonlar bir joydan ikkinchi joyga ko'chib o'tayotganlarida ovullarning aholisi ularga oziq-ovqat to'plab bergan, u ko'pincha pishirilgan go'shtdan iborat bo'lgan.

Sovurin va Peshkash - bu

ham shibog'uga o'xshash bo'lib, lekin u ko'pincha qimmatbaho buyumlar, pul, ot

va qoramollardan iborat bo'lgan. Hatto kitoblar, qullar ham peshkash (tortiq) qilingan. u ko'pincha mag'lub xalqdan g'olib chiqqan xonga tortiq shaklida qaralgan.

Bulardan tashqari, Abdullaxon II davriga oid hujjatlarda, masalan, uning Jo'ybor xo'jalarini yer-mulklarini har xil soliqlardan ozod qilish haqidagi 1572 yil 8 sentyabrdagi farmonida bir qancha soliqlarning nomi keltirilgan. Olimlarning fikricha dastlabki shayboniylar vaqtidagi soliq tizimi keyinchalik forsiy atamalarga o'zgarib borgan [3].

Masalan, yuqoridagi hujjatda Xo'ja Sa'dning Marvdagi o'ziga ilgari suyurg'ol qilib berilgan nasliy mulklarini quyidagi soliqlar va majburiyatlardan ozod qilish ko'rsatilgan:

a) molu jihot - mahsulotdan olinadigan yer solig'i;

b) mirobona - mirob (suv amiri) foydasiga ko'p qismi mahsulot sifatida undiriladigan majburiyat;

v) kax - armiya ehgiyojlari uchun pichan va yem undirish;

g) tarh - xazinaga tegishli bo'lgan omborlardan aholining majburiy tarzda don va boshqa mahsulotlarni oshirilgan narxlarda majburiy sotib olishi (xuddi G'arbiy Yevropa feodallarining banalitet huquqiga o'xshaydi) hamda dehqonlarning o'z mahsulotlarini xazinaga arzon baholarda sotishlari;

d) sabun - yer haydash va don ekish mavsumlarida aholining ma'muriyat tomonidan majburiy safarbar etilishi (hasharga o'xshaydi);

ye) yobisat - ekin ekib jonlantirish, obod qilishga yer berish.[4]

Bunday soliqlar umumlashtirilgan atamalarda ham uchraydi:

Muqarari - aniq, to'g'ri soliqlar;

Ixrajot - davlat apparatining xarajatlarini qoplash uchun aholidan undiriladigan har qanday yig'imlar;

Mol (jihot) - daromaddan olinadigan asosiy soliq, xirojning turi, miqdori yerning sifati va holatiga qarab hosilning 1/3 qismi miqdorida bo'lgan.

Bularning hammasi xon farmonlarida "amaliyot" (aholidan olinadigan soliq va majburiyatlar) deb atalgan. Bu davrda soliqlarning tushishi ustidan moliya muassasasining boshlig'i Mustavfiy nazorat qilib turgan.

Soliq to'lashdan bosh tortgan jamoa yoki qabila boshliqlari qattiq jazolanganlar. Hatto qatl jazosi ham qo'llanilgan.

Abdullaxon II ning Xo'ja Sa'd[4] ga yozgan maktublaridan birida Markaziy Afg'oniston, Mug'on, Darayi, Suf atroflarida yashab kelayotgan Buxoro xonligiga

tobe bo'lgan tulkichi qabilasining davlat xazinasiga muqarari (aniq belgilangan to'g'ri soliq) va oshlig' solig'ini bajarmaganligi, ilgari esa ular Balx xonligiga tobe bo'lgan davrida 12000 qo'y to'lab turganligi ko'rsatilgan. "Bu kishilar bizga ko'p zarar yetkazdilar, ular muqarari solig'ini to'lashlari lozim edi, ammo uch yilgacha to'lamay keldilar, uning miqdori 36000 qo'yga yetdi" - deyiladi xatda.

Abdullaxon u yerga qo'shin yuborib tulkichi qabilasini bu ishi uchun "bosqin va talon" qilmoqchi bo'ladi. Shunda Xo'ja Sa'd va Balx hokimi Nazarbiy (15721582) oraga tushib, xonni tinchlantiradi. Ammo "qalbimizda u qabiladan qasos olmaslikka qaror qildik" deb yozgan bo'lsada, xon baribir aybdor shaxslarni jazolaydi.

"Ravzat ar Rizvon" [5] asarida xo'janing o'zi qabilalar bilan xonning orasiga tushib, ularni ba'zan soliq va yig'imlardan ozod qilishga erishilganligi holatlari yoziladi. Shu maqsadda turli ulus beklari tomonidan Xo'ja Sa'dga xatlar kelib turgan.

Shu davr hujjatlarida juda ko'p xildagi oliq-soliqlar uchraydi, ammo boshqa davrlarda kam uchraydigan turlari ichida "himoyat" solig'i kishini diqqatini tortadi. Unga ko'ra amirlar, beklar tomonidan chorvadorlarni o'z himoyasiga olish, o'ziga qarashli yaylovlarni ularga foydalanishga berish evaziga undirilgan soliq "himoyat" deb atalgan. Hujjatlarda Jo'ybor xo'jalaridan Xo'ja Tojiddinga shunday soliq to'lab turilganligini tasdiqlaydigan ma'lumotlar bor.

Abdullaxon II ning soliq siyosatida, bir tomondan, diniy ulamo va shayxlarning suyurg'ol mulkini darubast rejimiga o'tkazib (hadya, in'om tariqasida) soliqlardan ozod qilish bo'lsa, ikkinchi tomondan, ayamasdan soliq solish bo'lganligini tasdiqlaydigan manbalar ham mavjud.

"Ravzat-ur Rizvon"da bu haqda Mahmud Sultonning Xo'ja Sa'dga yozgan iltimosi (arzadosht) keltirilgan. Bunda ko'rsatilishicha, ushbu sultonning onasi Nur qishlog'ida (Nurota) Mulk huquqi asosida ikkita koriz [6]ga ega bo'lgan. Ilgarigi Samarqand, Toshkentxon sultonlar bunday mulklardan olinadigan o'ndan bir soliqni undirmaganlar Abdullaxon esa Nurga kelganida ushbu korizlarga daromadning 1/10 qismi miqdorida soliq solinganligini, xoja xonga buni tushuntirib soliqdan ozod etishni so'ragan.

Tarixiy manbalarda davlatda ta'siri kuchli bo'lgan otaliqlarning hatto ulus xonlari vakolatlarini o'zlashtirib, yig'ilgan soliqlarni talon-taroj qilganliklari haqida ma'lumotlar uchrab turadi. Bunga dastlab Termiz hokimi (1584 yildan O'ratepa hokimi) Mahmud Sultonning Xo'ja Sa'dga yozgan xatida keltirilgan ma'lumotlar guvohlik beradi. Xatda keltirilishicha, Xushi Jaloyirni Abdullaxon unga otaliq qilib (Xushbiy otaliq) tayinlashga bir yil ham bo'lmasdan, u barcha davlat ishlarini, hatto hokim xonadonini boshqarish sarkorligi ishlarini ham o'z qo'liga olib, viloyatdan

to'rt yil mobaynida to'plangan muqarrari, ixrajot, oshlig', mol kabi soliq va yig'imlarni o'zlashtirib olganligi, buning natijasida viloyatning xonavayron bo'lganligi hamda Xo'jadan ushbu xat mazmunidan Abdullaxonni ogoh qilib qo'yish so'ralgan [7].

Shunday qilib shayboniylar hukmronligi va undan keyingi o'zbek xonliklari davrida ham yer egaligining o'tmishda shakllangan turlari saqlanib qolishi barobarida, ulardan tushadigan soliqlar ham ma'lum miqdorda davlat va amaldorlar xazinasini to'ldirishda katta ahamiyatga ega bo'lgan.

Soliqlarning tarixiy shakllanishi va rivojlanishini, shuningdek, ularning bugungi kunda davlat va jamiyat hayotidagi o'rnini o'tmishda kechgan soliq munosabatlari bilan solishtirish asosida tadqiq etish hamda tizimning rivojlanish istiqbollarini ilmiy manbalar hamda tarixiy hujjatlar asosida o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi.

Adabiyotlar:

1. Bobobekov X, Karimov III. va boshqalar. O'zbekiston tarixi. - T., 2000. 122 - bet.

2. Noyon — mo'g'ul hukmdori o'rta asrlardan boshlab XX asrning birinchi choragigacha bo'lgan davrgacha shunday nomlangan. Noyon-dastlab qadimdan shakllangan mo'g'ul urug'i sifatida talqin qilingan. Keyinchalik yuqori tabaqa vakillari sifatida e'tirof etilgan

3. Ziyodulla Muqimov Shayboniylar davlati va huquqi. Toshkent. Adolat. 2007. 154 b.

4. Xoja Sa'd Xoja Kalon Xoja (1531-Buxoro-1589.23.10.) Jo'ybor xojalaridan, Buxoro shayx ul islomi. Xoja Muhammad Islomnint o'g'li. Otasi vafotidan keyin Abdullaxon II tomonidan Buxoro shayx ul islomi qilib tayinlangan. Abdullaxon II X. S. fatvosisiz birorta jiddiy ishga qo'l urmagan. Xoja Sa'duddinga "Qutblar qutbi" va "Sayyidlar panohi" unvonlari berilgan.

5. Badriddin Kashmiriyning "Ravzat ar-rizvon" asarida Jo'ybor xojalarining ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy-siyosiy faoliyatiga bag'ishlangan.

6. KORIZ (fors.) - yer osti suvlarini yig'ish va ularni yer yuzasiga chiqarish uchun quriladigan yer osti inshooti. Aholini suv bilan ta'minlash va sug'orish maqsadlarida qo'llaniladi. https://qomus.info/encyclopedia/cat-k/koriz-uz/

7. Ziyodulla Muqimov Shayboniylar davlati va huquqi. Toshkent. Adolat. 2007. 107 b.

8. Уложение Тимура. http://www.e-samarkand.narod.ru/ulojeniya3.htm

9. Майбурд Е.М. Введение в историю экономической мысли. От пророков до профессоров. - М.: Дело, Вита-Пресс, 1996. - 128 с

10. Барулин СВ. Теория и история налогообложения: Учеб. пособие. М.:

Экономист, 2006. С. 35.

11. Кулишер И.М. Очерки финансовой науки. Пг., 1919.

12. Петти У. Трактат о налогах и сборах, Москва, 1963, с. 11.

13. Смит А. Исследование о природе и причинах богатства народов. Издательство социально-экономической литературы. Москва, 1962.-С.

274 (Воспроизведено по изданию в издательстве «Директмедиа Паблишинг». Москва, 2008).

14. Рикардо Д. Начала политической экономии и налогового обложения. Сочинения, том I. Государственное издательство политической литературы. М.: - 1955.- С. 131.

15. Тошматов Ш.А. Проблемы усиления роли налогов в повышении экономической активности предприятий //Т.:«Финансы. - 2008. - Т. 47.

16. Яхёев К. Соликка тортиш назарияси ва амалиёти. - Т.:Мехдат. 2000й.

43-б.

17.Тошматов, Ш.А., Ражаббаев Ш.Р., Исламкулов А.Х. Молиялаштиришнинг инновацион усуллари. Монография. - Т.:"Молия" нашриёти 160 (2015).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.