Научная статья на тему 'YURTIMIZDA HAR BIR FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI DAXLSIZDIR'

YURTIMIZDA HAR BIR FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI DAXLSIZDIR Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
276
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inson / huquq / erkinlik / konstitutsiya / deklaratsiya / ombudsman / prinsip.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Umidjon Ismoil O’g’li Muzaffarov

Ushbu maqolada inson huquqlari va erkinligi hozirgi kundagi obro’si, inson shani qadr-qimmati qanchalik ulug’ligi, ularning huquqlari oliy qadryat sifatida davlatimiz tomonidan doimiy himoyada ekanligi, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar haqida mulohaz qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «YURTIMIZDA HAR BIR FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI DAXLSIZDIR»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

YURTIMIZDA HAR BIR FUQARONING HUQUQ VA ERKINLIKLARI

DAXLSIZDIR

Umidjon Ismoil o'g'li Muzaffarov

CHDPU Milliy g'oya ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi talabasi umidmuzaffarov98@gmail .com

Ushbu maqolada inson huquqlari va erkinligi hozirgi kundagi obro'si, inson shani qadr-qimmati qanchalik ulug'ligi, ularning huquqlari oliy qadryat sifatida davlatimiz tomonidan doimiy himoyada ekanligi, davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohatlar haqida mulohaz qilamiz.

Kalit so'zlar: Inson, huquq, erkinlik, konstitutsiya, deklaratsiya, ombudsman, prinsip.

Tarixdan barchamizga ma'lumki davlatlar o'rtasida turli jangu-jadalar, bosqinchlik urushlari bo'lib o'tgan buning natijasida fuqarolarning huquq va erkinliklari toptalib kelingan bu o'sha davr uchun takrorlanib turuvchi hodisa hisoblangan. Millatimiz faxri kelajak avlod tarbiyasida alohida etirof etiladigan ajdodimiz Amir Temur o'z davlatini boshqarishda fuqarolarning huquqlari va erkinliklarni ta'minlash maqsadida Temur Tuzuklari asarida shunday deyiladi; Agar boy amaldor yoki boshqa insonlar tomonidan bechoralarga jabr zulm yetkazilsa ularga yetkazilgan zararlar to'liq qoplab berilishi kerak toki ular o'z hollariga kelishsin.[1]

Aytishim mumkinki Erkinlik- kishining o'z istagi bo'yicha ish tutishi, insonning siyosiy, ma'naviy ta'qibdan, tazixlardan, zo'ravonlikdan himoyalanganligini anglatadi. Xususan qonun erkinligini taminlash orqali fuqarolarni shaxsiy huquq va erkinliklarini davlat tomonidan himoyalanishi uning daxlsiz shaxsligiga va hech kim qonunga asoslanmagan xolda taxdid qilolmasligiga yaqqol misol bo'ladi.

Hozirgi kunda inson degan oliy qadriyatning huquq va erkinliklarni himoya qilish uning manfatlarni asrab avaylash shaxsiy qadr qimatni himoya qilish jamiyatda har bir insoning o'z o'rnini ularning huquq va erkinliklari daxilsizligini ta'minlashga harakat qilmoqdalar. Har bir shaxsning huquqi, erkinligi davlat tomonidan taminlanadigan, himoya qilinadigan g'ururi ,shani, qadr qimmatini toptamaslikni amalga oshirish, munosib yashash sharoitga ega bo'lish, zo'rliklardan himoya qilinish, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishdan iboratdir.

Hayotimizdagi bizning huquq va erkinliklarimiz kecha yoki bugun paydo bo'lgan emas u qadimdan shakilanib kelgan va hozirgi kunga qadar rivojlanib va

ANNOTATSIYA

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

mustahkamlanib kelayotgan tushunchadir, uning mavjud bo'lishi va har tomonlama rivojlanib borishi zamon taqozosidir. Yurtimizda har bir fuqrolarning huquq va erkinliklarni taminlash ularni huquqiy daxlsizligni kuchaytrish borasida qator islohatlar o'tkazilmoqda, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida davlat inson huquqlari bo'yicha bir qator majburiyatlar olgan bo'lib, ularga xususan davlat o'z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini ko'zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshirishi, davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qilishi, davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'ul ekanliklari O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an'analari hurmat qilinishini ta'minlashi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratishi, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida ham, uning tashqarisida ham o'z fuqarolarini huquqiy himoya qilish va ularga homiylik ko'rsatishni kafolatlashi kabilarni misol qilib keltirish mumkin. Davlat inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat ekanligidan kelib chiqib, o'tgan yillar mobaynida insonning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta'minlash maqsadida bir qator ishlarni amalga oshirdi. Xususan, shaxsiy huquqlarni ta'minlash va himoya qilish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodekslari, "Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to'g'risida", "Axborot olish kafolatlari va erkinligi to'g'risida", "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida", "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida", "Odam savdosiga qarshi kurashish to'g'risida"gi qonunlarni qabul qildi. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 24.04.1997 yildagi 392-I-son qabul qilingan «O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman) e'lon qilindi.[2]

Mustaqil O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklari o'zbek millati va jamiyatining eng ustivor va oliy qadriyatidir. Darhaqiqat, mustaqillik tufayli mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shartsharoitlar vujudga keltirildi. Bu eng avvalo, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o'z ifodasini topib, unda inson huquqlari va erkinliklari oliy qadriyat sifatida kafolatlab qo'yildi. "O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, - deb ta'kidlaydi O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ,,Jamiyatda demokratiya rivojlanishi va inson huquqlariga rioya qilinishining kafolatidir"[3]. Bosh qomusimizning 13 -moddasida: "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko'ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi"[4] deb bayon etilgan. Inson va fuqarolarning huquqlari hamda erkinliklari borasida Konstitutsiyasida ko'plab o'ta muhim ijobiy jihatlar mavjud.

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

Jahon davlatlari o'zlarning inson huquqlarini himoya qilish uning shani qadr qimati obro'sini yo'q qilishga va har qanday amaldagi inson erkinliklarni cheklashga qaratilgan hati harakatlarni oldini olish maqsadida asosiy qonun hisoblangan barcha uchun amal qilishi kerak bo'lgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Asambleyasining 1948-yil 10-dekabrda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"da o'z ifodasini topgan.[5] Ushbu deklaratsiyani Birlashgan millatlar tashkilotiga a'zo bo'lgan davlatlar hududida qatiy amal qilinshi nazarda tutilgan.

Mazkur Deklaratsiya - insonning asosiy huquqlari va erkinliklarini belgilovchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi. Asosiy qonunimiz "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"ning barcha muhim qoidalari va tamoyillarini o'zida to'la-to'kis namoyon etgan. Bunga Inson huquqlarining umumjahon Deklaratsiyasi va Konstitutsiyamizni qiyoslash orqali ishonch hosil qilishimiz mumkin. Jumladan, Deklaratsiyaning 1-moddasida ''Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar. Ularga aql va vijdon ato qilingan, binobarin bir-birlariga nisbatan birodarlik ruhida munosabatda bo'lishlari kerak''[6] deb ta'kidlangan.

Mazkur qoidalar Konstitutsiyamizning 18-moddasida o'zining ifodasini topgan: "O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar" Har bir inson yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqiga egadir" [7] deb, ta'kidlangan.

Deklaratsiyaning 3-moddasi asosiy qonunimizning 24- va 25-moddalari mazmunida to'la-to'kis jo etilgan, zero mazkur huquq insonning asosiy huquqi bo'lib uning munosib hayotining kafolatidir.

Deklaratsiyaning 5-moddasida: "Hech kim azoblarga yoxud shavqatsiz,noinsoniy yoki o'zining qadr-qimmatini kamsituvchi muomala va jazoga duchor etilmasligi kerak" [8]- deyilgan bo'lsa, ushbu qoida mazmuniga hamohang holda bo'lgan

Konstitutsiyamizning 26-moddasiga asosan, hech kim qonunni chetlab o'tgan holatda hibsga olinishi yoki qamoqda saqlanishi mumkin emas. Shuningdek, hech kim qiynoqqa solinishi, zo'ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - xalqaro huquqiy hujjatlar kabi, qiynoq, zo'rlik va boshqacha tarzda inson qadr-qimmatini kamsituvchi uni shanini yerga uruvchi harakatlarni ta'qiqlaydi. Asosiy qonunimiz har kimning erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqini ham kafolatlagan.[9]

"Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"ning 12-moddasida: "Hech kimning shaxsiy va oilaviy hayotiga o'zboshimchalik bilan aralashish, uy - joy daxlsizligiga

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

uning yozishmalaridagi sirlariga yoki uning nomus va sha'niga o'zboshimchalik bilan tajovuz qilinishi mumkin emas. [10]

Har bir inson xuddi shunday aralashuv yoki tajovuzdan qonuniy himoya qilinish huquqiga ega" deb yozilgan. Mazkur qoida Konstitutsiyamizning 27-moddasida o'z ifodasini topgan. Unga ko'ra, har kim o'z nomusiga, qadr-qimmatiga tajovuz qilinishidan, shaxsiy hayotiga aralashuvdan qo'riqlanishiga va yashash joyi daxlsizligini himoya qilishga haqlidir. Shuningdek,ushbu moddada, yashash joyiga ruxsatsiz tintuv o'tkazish yoki qarab chiqish, yozishmalar va telefon gaplashuvlar sirini ochish man etilgan. Mazkur modda shaxsiy-nomulkiy huquqlarni, shaxsning sha'ni va qadr-qimmati, shaxsiy hayot va uy-joy daxlsizligini qo'riqlash va himoya qilishga qaratilgan.[11]

Deklaratsiyaning 13-moddasida "Har bir inson har bir davlat doirasida erkin yurish va o'ziga yashash joyi tanlash huquqiga ega. Har bir inson har qanday mamlakatdan, xususan o'z mamlakatidan chiqib ketish va o'z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega" ekanligi ta'kidlanadi. Bu esa Konstitutsiyamizning 28-moddasida o'z aksini topgan. Har bir insonning fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega ekanligi bayon etilgan. Deklaratsiyaning 18-moddasi, asosiy qonunimizning 29-moddasida o'z ifodasini topgan.[12]

Ta'kidlash joizki, har kim o'zining ishonchiga asoslanib, jamiyat, davlat hayoti va ijtimoiy-siyosiy muammolarga doir fikri va qarashlarini erkin bayon qilish huquqiga ega. Zero, fikrlash, so'z va ishonch erkinligi, barcha ma'lumotlarni qidirish, olish va tarqatish huquqi fuqarolarga davlat idoralariga, jamoat birlashmalariga, korxona, tashkilot va muassasalarga taklif va ariza yoki shikoyat bilan murojaat qilish yo'li bilan jamoat va davlat ishlarini boshqarishda faol qatnashish imkonini beradi.

Shuningdek, "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan dinga e'tiqod qilish yoki hech qaysi dinga e'tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo'l qo'yilmaydi" degan qoida mustahkamlab qo'yilgan Konstitutsiyamizning 31-moddasi "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"ning 19-moddasi mazmuni bilan hamohangdir.[13]

Xalqaro hujjatning 20-moddasida: "Har bir inson tinch yig'inlar vauyushmalar o'tkazish huquqiga ega. Hech kim biror - bir uyushmaga kirishga majbur qilinishi mumkin emas" deb belgilangan[14]. Ushbu qoida Konstitutsiyamizning 33-moddasida ifodalangan. Asosiy qonunimizning 32-moddasiga asosan, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlatishlarini boshqarishda bevosita hamda o'z vakillari orqali ishtirok etish huquqiga egadirlar. Bu esa o'z navbatida Deklaratsiyaning 21-moddasi mazmun-mohiyati bilan nihoyatda mushtarakdir. Ta'kidlash joizki, mulk huquqi - bu shaxsning mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

huquqidir. Mulkdor o'z mulkidan o'z ixtiyori bilan va o'z manfaatini ko'zlab foydalanadi va uni tasarruf qiladi.

Konstitutsiyamizning 36-moddasiga binoan, har bir shaxs mulkdor bo'lishga haqli. Mazkur qoida "Har bir inson yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda mulkka egalik qilish huquqiga ega. Hech kim zo'ravonlik bilan o'z mulkidan mahrum etilishi mumkin emas" deb ta'kidlangan Deklaratsiyaning 21-moddasiga mosdir. Xalqaro hujjatning 22-moddasi va asosiy qonunimizning 39-moddasida ijtimoiy ta'minot olish huquqi o'z ifodasini topgan. Mehnat qilish huquqi fuqarolarning muhim konstitutsiyaviy huquqlaridan biridir.

Konstitutsiyamizning 37-moddasiga binoan, har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko'rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir. Asosiy qonunimizda mustahkamlab qo'yilgan ushbu qoida Deklaratsiyaning 23-va 24-moddalari bilan hamohangdir."Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"ning 26-moddasida har bir insonning ta'lim olish huquqiga ega ekanligi bayon etilgan. Konstitutsiyamizda ham fuqarolarning bilim olish huquqi mustahkamlangan bolib, uning 41-moddasida bepul umumiy ta'lim olish huquqi kafolatlangan. Mamlakatimizda harkimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlandi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g'amxo'rlik qiladi. Bu asosiy qonunimizning 42-moddasida o'z aksini topgan.

Deklaratsiyaning 27-moddasida "Har bir inson jamiyatning madaniy hayotida erkin ishtirok etishga, san'atdan bahramand bo'lishga, ilmiy taraqqiyotida ishtirok etish va uning samaralaridan foydalanish huquqiga ega" deb yozilgan[15]. Ma'lumki, oila har bir davlatning ilk poydevori, u jamiyatning birlamchi, asosiy bo'g'inidir. Oila zamirida, sog'lom oila muhitida xalqimiz va millatimizning orzu istaklarini ifoda etuvchi buguni va kelajagi bunyod etiladi.

Bosh qomusimizning 63-moddasiga binoan, oila jamiyatning asosiy bo'g'indir hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo'lish huquqiga ega. Xalqaro hujjatning 16 -moddasida oila jamiyatning tabiiy va asosiy hujayrasi bo'lib, jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinish huquqiga ega ekanligi ta'kidlanadi. Deklaratsiyaning 25-moddasi ikkinchi bandida va Konstitutsiyamizning 65-moddasida farzandlarning ota-onalari kelib chiqishi va fuqarolik holatidan qat'iy nazar, qonun oldida tengligi hamda ularning ijtimoiy himoyadan kattalar bilan bir xil foydalanish huquqiga ega ekanligi belgilab qo'yilgan. Shunday qilib, inson va fuqarolarning huquqlari va erkinliklari borasida asosiy qonunimiz inson huquqlari yalpi Deklaratsiyasining barcha asosiy g'oya va tamoyillarini o'ziga chuqur singdirgan. Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ko'rsatilganidek, inson huquqlari va

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

erkinliklari juda keng tushuncha, huquq va erkinliklar bir-biri bilan o'zara chambarchas sababiy bog'langan. Bu esa xalqara umumiy taгaqqiyotni ta'minlovchi asosiy shaгt hisoblanadi

Shuni aytishimiz joizki insonning shani,qadr qimmati,uning erkinligi insonni o'zi kabi Davlat uchun ahamyatlidir.Har qanday qonun va qarorlar fuqarolar manfaati ularning ertasi va kelajagini belgilaydi.Hozirgi yuksalayotgan va tobora ravnaq topayotgan davlatimizda Inson qadri uning erkinligi va huquqiga bo'lgan etibor nafaqat bizning ko'zimizda balki jahon xalqlari oldida ham bamisoli oyna kabi qilayotgan ishlarimiz eng buyuq maqsadlarimiz sari bosayotgan qadamlarimizda yaqqol namoyon bo'lmoqda.Fuqarolarni haq huquqlarini, shanini, qadr qimmatlarini ulug'lash uni himoya qilish bugungi kun haqiqatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. http: //www.temurtuzuklari .uz

2. O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., № 4-5, 102-modda)

3. https://hozir.org/demokratik-jamiyat-qurishda-inson-huquqlari-va-erkinliklarini.html

4. Икрамов Р.А., Хожиев Р.Б. (2020). Воспитание гармонично развитого поколения является приоритетом государственной молодежной политики. Вестник науки и образования. № 14 (92). Част 3. С. 88-90

5. 12. Ходжиев Р.Б., Норбоева Д.О. (2021) Креативное мышление - важный фактор социального развития. Вестник науки и образования. № 10 (113). Част 3.

6. 13. Xp^neB P.E., Hop6oeBa ^.O. (2021) Emnap h^THMOHH xaeTHHHr KoranTHB acocnapn. "Academic Research in Educational Sciences " № 2(2), 544-555-6. 14. R.B.Hojiyev, G.B.Xolmo'minov, M.L.Sharipov (2020) Raising a harmoniously developed generation is a priority of democratic reforms in Uzbekistan. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Volume 8. Number 5. pp-

Xulosa

С. 76-79.

1-3.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.