Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
INSON HUQUQLARIGA OID XALQARO VA MILLIY QONUNCHILIK
TAHLILI
Djalilov Sardor Shavkatovich
Termiz davlat universiteti Yuridik fakulteti "Davlat va huquq nazariyasi va tarixi" kafedrasi o'qituvchisi Termiz, Surxondaryo, O'zbekiston E-mail: dj.sardor@mail.ru
Mazkur maqolada inson huquqlariga oid xalqaro hamda milliy qonunchilik huquqiy jihatdan tahlil qilingan bo 'lib, unda inson huquqlari umujahon deklaratsiyaning mazmun mohiyati hamda O 'zbekiston Respublikasining inson huquqlari sohasidagi milliy normativ-huquqiy hujjatlari bayon qilingan. Bundan tashqari bugungi kundagi O'zbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tahlili shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o 'rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada so 'ngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari sohasida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy jihtadan keng tahlil qilingan.
Kalit so'zlar: inson huquqlari, shaxs, jamiyat, davlat, islohotlar, ijtimoiy huquqlar, tabiiy huquqlari.
Юридический факультет Термезского государственного университета Преподаватель кафедры "Теория и история государства и права"
В данной статье проведен правовой анализ международного и национального законодательства в области прав человека, в котором изложено содержание Всеобщей декларации прав человека и национальных нормативно-правовых актов Республики Узбекистан в области прав человека. Кроме того, проведен анализ проводимых на сегодняшний день реформ в сфере прав человека в Республике Узбекистан, а также проанализировано значение этих реформ на сегодняшний день, их место и роль в обществе. Кроме того, в
ANNOTATSIYA
АНАЛИЗ МЕЖДУНАРОДНОГО И НАЦИОНАЛЬНОГО ЗАКОНОДАТЕЛЬСТВА О ПРАВАХ ЧЕЛОВЕКА
Джалилов Сардор Шавкатович
Термез, Сурхандарья, Узбекистан E-mail: dj.sardor@mail.ru
АННОТAЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
данной статье проведен широкий анализ нормативно-правовых актов, принятых в сфере прав человека в нашей стране за последние годы.
Ключевые слова: права человека, личность, общество, государство, реформы, социальные права, естественные права.
THE IMPORTANCE OF THE REFORM OF EDUCATION LEGISLATION
TODAY
Djalilov Sardor Shavkatovich
Faculty of Law of Termez State University Lecturer of the department" theory and history of state and law" Termez, Surkhandarya, Uzbekistan E-mail: dj.sardor@mail.ru
This article provides a legal analysis of international and national legislation in the field of human rights, which sets out the content of the Universal Declaration of Human Rights and national normative legal acts of the Republic of Uzbekistan in the field of human rights. In addition, the analysis of the ongoing reforms in the field of human rights in the Republic of Uzbekistan has been carried out, as well as the significance of these reforms today, their place and role in society has been analyzed. In addition, this article provides a broad analysis of the normative legal acts adopted in the field of human rights in our country in recent years.
Keywords: human rights, individual, society, state, reforms, social rights, natural rights.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining Muqaddimasida O'zbekiston xalqi inson huquqlariga va davlat suvereniteti g'oyalariga sodiqligini tantanali ravishda e'lon qilib, hozirgi va kelajak avlodlar oldidagi yuksak mas'uliyatini anglagan holda, o'zbek davlatchiligi rivojining tarixiy tajribasiga tayanib, demokratiya va ijtimoiy adolatga sadoqatini namoyon qilib, xalqaro huquqning umume'tirof etilgan qoidalari ustunligini tan olgan holda, respublika fuqarolarining munosib hayot kechirishlarini ta'minlashga intilib, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta'minlash maqsadida insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etish vazifasi qo'yilganligi aytib o'tilgan. Hozirgi dunyoda inson huquqlari yetakchi o'rinni egallashi umume'tirof etilgan dalildir. Inson huquqlari masalasining har qanday sivilizatsiyalashgan, adolatli fuqarolik jamiyatini qurishdagi rolini kamaytirib
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
bo'lmaydi. Demokratik, huquqiy davlat qurishning bosh sharti asosiy huquq va erkinliklarni rag'batlantirish va himoya qilish hamda jamiyatda har bir insonning huquqlarini kafolatlashning haqiqiy tizimini yaratish hisoblanadi.
Inson huquqlari yer yuzida hayotning to'laqonliligini belgilaydi hamda millatlar madaniyatlarining ajralmas qismi, insoniyat ma'naviy-huquqiy ideallarining eng yuqori darajada ko'rinishi bo'lib xizmat qiladi. Shuning uchun ham, hozirgi zamon dunyosining ma'naviy qadriyatlari orasida umume'tirof etilgan inson huquqlari eng muhim o'rinlardan birini egallaydi. BMT Nizomi va xalqaro konvensiyalarda hamda dunyoning turli mamlakatlari konstitutsiyalarida mustahkamlangan inson huquqlari fundamental va ajralmas huquqlar sifatida ongimizga singib bormoqda.
So'nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo'yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo'yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o'rinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo'shilgan bo'lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashi va shartnomaviy qo'mitalariga muntazam ravishda milliy ma'ruzalarni taqdim etib kelmoqda. [inson huquqlari bo'yicha o'zbekiston respublikasining milliy strategiyasi]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
"Inson" tushunchasi yaqindagina yuridik fanlarga kiritilgan bo'lib, u aynan inson huquqlarini ham milliy, ham xalqaro darajada tan olinishi bilan bog'liqdir. "Bizning fikrimizcha, — deydi professor A.X. Saidov, — "umume'tirof etilgan inson huquqlari" atamasi xalqaro hujjatlar ahamiyatini "xalqaro standartlar" atamasidan kam bo'lmagan darajada aks ettiradi", chunki ular davlatlararo darajada ishlab chiqiladi, davlatlararo hamkorlikni tartibga solishga mo'ljallanadi, o'z yurisdiksiyasi doirasida inson huquqlariga hurmatni ta'minlab bera olmaydigan ahvolda qolgan, o'z xalqi va xalqaro hamjamiyat oldida inson huquqlariga rioya etish yuzasidan javobgarlikka tortiluvchi davlatga nisbatan yo'naltiriladi" [3, 80b]
S.O. Toshboyevning fikriga ko'ra, turli odamlarda o'z oldilariga qo'ygan maqsadlarini amalga oshirish uchun qulay usullar to'g'risidagi tasavvurlari turlicha bo'ladi va bu tabiiy holdir. Hatto ikki odamda, ikki guruhda yoki ikki turli
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
madaniyatda bir xil ehtiyojlar mavjud bo'lmaydi va hech qanday ta'lim usuli, barcha odamlarni, barcha guruhlarni va butun jamiyatni teng darajada qoniqtirmaydi. [4, 11b]
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Tadqiqot ishini amalga oshirishda rivojlangan mamlakatlarda inson huquqlari sohasidagi ishlarni tashkil etishni, moliyalashtirish modellarini tahlil qilish, statistik, solishtirma, empirik usullaridan foydalangan holda xorij mamlakatlarda inson huquqlari sohasidagi tajribalaridan O'zbekistonda foydalanish yo'nalishlari o'rganilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Insonning asosiy huquq va erkinliklarining ro'yxati va mazmuni Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mustahkamlab qo'yilgan bo'lib, mazkur hujjat odatda dunyoning vijdoni, insoniyat ma'naviyatining etaloni deb nomlanadi. BMT Nizomi kabi, mazkur tarixiy hujjatda haqiqat o'z tasdig'ini topgan: barcha insonlar erkin va insoniy qadr-qimmat va asosiy, tabiiy huquqlarda teng tug'iladilar. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlaridan, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat'i nazar har bir insonning ehtiyojlarsiz va o'z shaxsiy dahlsizligi uchun hadiksiramay yashash huquqi, so'z va e'tiqod erkinligi, adolatli va butun dunyoda tinchlikga bo'lgan huquqi mustahkamlab qo'yilgan.
Shu o'rinda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasiga iqsqacha to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan. Ushbu deklaratsiya o'zining muqaddimasida inson huquqlariga oid bir qancha qadriyat va huquqlarni inobatga olib qabul qilinganligini ko'rishimiz mumkin.
Bundan tashqari Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini barcha xalqlar va barcha davlatlar bajarishga intilishi lozim bo'lgan vazifa sifatida e'lon qilar ekan, bundan muddao shuki, har bir inson va jamiyatning har bir tashkiloti doimo ushbu Deklaratsiyani nazarda tutgan holda ma'rifat va ta'lim yo'li bilan bu huquq va erkinliklarning hurmat qilinishiga ko'maklashishi, milliy va xalqaro taraqqiyparvar tadbirlar orqali ham uning bajarilishi ta'minlanishiga, Tashkilotga a'zo bo'lgan davlatlar xalqlari o'rtasida va ushbu davlatlarning yurisdiksiyasidagi hududlarda yashayotgan xalqlar o'rtasida yalpisiga va samarali tan olinishiga intilishlari zarur. [1,
3b]
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Assambleya Deklaratsiyani "barcha xalqlar va barcha davlatlar tomonidan bajarilishiga intilishini ta'minlash vazifasi" ekanligini e'lon qildi. U butun dunyodagi a'zo-davlatlarni Deklaratsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklarni hurmat qilish va ta'minlashga chaqirdi. Har yili 10 dekabr butun dunyoda Deklaratsiya qabul qilingan kun sifatida Inson huquqlari kuni, deb bayram qilinadi. Deklaratsiyaning tarixiy ahamiyati shundaki, u butun dunyoda tan olingan va umumiy b o'lgan huquq va erkinliklar ro'yxatini o'zida mujassamlashtirgan birinchi xalqaro xarakterdagi hujjatdir.
Deklaratsiyada quyidagi umum e'tirof etilgan inson huquqlarining to'liq ro'yxati keltirib o'tilgan:
Shaxsiy huquq va erkinliklar:
yashashga bo'lgan huquq, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi (3-modda); qullikning ta'qiqlanishi (4-modda);
qiynoqlarning ta'qiqlanishi, inson qadr-qimmatini kamsituvchi yoki noinsoniy muomalar va jazolashlarning ta'qiqlanishi (5-modda);
har bir insonning huquqiy sub'ekt bo'la olishining tan olinishi (6-modda);
asosiy huquqlarini buzilishiga sabab bo'lgan harakatlarga qarshi sud himoyasiga bo'lgan huquq (7-modda);
huquqlarni sud tomonidan samarali tiklanishiga bo'lgan huquq (8-modda);
o'zboshimchalik bilan qamoqqa olish, ushlab turish yoki surgun qilishdan himoya qilishga bo'lgan kafolat (9-modda);
mustaqil va betaraf sudga bo'lgan huquq (10-modda);
aybsizlik prezumpsiyasi, qonunning orqaga qaytish kuchining yo'qligi (11-modda).
Insonning uni o'rab turgan guruhi va tashqi dunyo bilan bo'lgan munosabatlari doirasidagi huquqlari:
shaxsiy hayotga bo'lgan huquq (12-modda);
erkin ko'chib yurishga va yashash joyini erkin tanlashga bo'lgan huquq (13-modda);
boshpanaga bo'lgan huquq (14-modda);
fuqarolikka bo'lgan huquq (15-modda); nikoh munosabatlarida erkak va ayolning teng huquqliligi;
Oilaning jamiyat va davlat tomonidan himoya qilinishiga bo'lgan huquq (16-modda);
mulkka individual va o'zaro egalik qilish huquqi (17-modda). Diniy erkinliklar, fuqarolik va siyosiy huquqlar: fikr, vijdon va din erkinligi (18-modda);
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
e'tiqod erkinligi va uni erkin ifodalash. Ma'lumotlarga erkin ega bo'lish (19-modda);
tinch yig'ilishlar va assotsiatsiyalar tuzish erkinligi (20-modda); o'z mamlakatini boshqarishda ishtirok etish huquqi; muayyan muddatlarda o'tkaziladigan saylovlarda ishtirok etish huquqi (21-modda). Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sohalardagi huquqlar: ijtimoiy ta'minotga va munosib hayot darajasiga bo'lgan huquq (22-modda); mehnat qilish huquqi; ish tanlash erkinligi; teng mehnat uchun teng haq olish; kasaba uyushmalariga nisbatan erkinlik (23-modda);
dam olish va bo'sh vaqtga bo'lgan huquq (24-modda);
farovonlikka va sog'liqni saqlashga bo'lgan huquq (ovqat, kiyim-kechak, uy-joy, tibbiy muolaja, ijtimoiy xizmat ko'rsatish);
onalik va bolalikni ijtimoiy himoyasi huquqi (25-modda); ta'lim olishga bo'lgan huquq (26-modda);
madaniy va ilmiy hayotda ishtirok etish, shuningdek, mualliflarning ma 'naviy va moddiy manfaatlarini himoyalashga bo'lgan huquqi (27-modda).
Shuni ta'kidlash joizki, Deklaratsiyaning uchta moddasi BMT prinsiplari va shaxsning jamiyatga nisbatan majburiyatlariga bag'ishlangan: har bir shaxsning ijtimoiy va xalqaro tartibga bo'lgan huquqi. Bunda Deklaratsiyada mustahkamlangan huquq va erkinliklar to'liq amalga oshirilishi mumkin (28-modda); jamiyat oldidagi majburiyatlar; boshqalar huquq va erkinliklarini tan olish. Bu huquq va manfaatlarni BMT maqsadlariga muvofiq amalga oshirish (29-modda);
Bundan tashqari Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida inson huquqlari sohasida ya'na bir qancha fundamental xalqaro shartnomalar va xalqaro-huquqiy hujjatlar qabul qilingan bo'lib, bular quyidagilardan iborat:
- 1976 yilda qabul qilingan Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt.
- Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro Pakt va 1976 yilda qabul qilingan birinchi Fakultativ bayonnoma; 1989 yilda qabul qilingan ikkinchi Fakultativ bayonnoma;
- 1948 yilda qabul qilingan Genotsid jinoyatlarining oldini olish va jazolash to'g'risidagi konvensiya;
- 1965 yilda qabul qilingan Irqiy kamsitishning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi xalqaro konvensiya;
- 1979 yilda qabul qilingan Ayollarga nisbatan kamsitishlarning barcha shakllariga barham berish to'g'risidagi konvensiya;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- 1989 yilda qabul qilingan Bola huquqlari to'g'risidagi konvensiya;
- 2006 yilda qabul qilingan nogironlar huquqlari to'g'risidagi konvensiya
Shuningdek inson huquqlari borasida BMT huzurida Inson huquqlari bo'yicha
oliy komissar boshqarmasi ham faoliyati yuritib, mazkur tashkilot inson huquqlari bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarni olib boradi va butun dunyo bo'ylab inson huquqlarining buzilishi holatlarini fosh qiladi. U fikr almashish, tahlil qilish va zamonaviy inson huquqlari muammolariga javob berish uchun forum bo'lib xizmat qiladi. Tashkilot inson huquqlari sohasidagi tadqiqotlarni, shuningdek, ushbu tizim bo'yicha ta'lim, xabardorlik va axborot tadbirlarini BMT tizimida muvofiqlashtirib boradi.
Inson huquqlarini ta'minlash va himoya qilishning asosiy majburiyatlari davlatlar hukumatlari zimmasiga yuklanganligi sababli, Oliy komissar ularga inson huquqlari sohasidagi xalqaro me'yorlar va standartlarni amalda qo'llash maqsadida adolatni boshqarish, qonunni isloh qilish va saylov jarayonlarini tashkil etish kabi yo'nalishlarda o'qitishda texnik yordam ko'rsatmoqda. Shuningdek, Oliy komissar inson huquqlarini himoya qilish bilan shug'ullanuvchi boshqa organlar va tashkilotlarga o'z vazifalari va vakolatlarini bajarishda yordam beradi va shaxslarga o'z huquqlarini amalga oshirishda yordam beradi. [5]
O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, qo'shilgan birinchi xalqarohuquqiy hujjat bu — Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi edi. Bu, O'zbekistonning inson huquqlarini rivojlantirish, himoya etish va kafolatlash bo'yicha xaqiqiy maqsadlarini bildiradi. Bugungi kunda, O'zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklari bo'yicha 70 dan ortiq xalqaro huquqiy hujjatlarni ratifikatsiya qilgan. [2, 9b]
O'zbekiston Respublikasi inson huquq va erkinliklari bo'yicha asosiy hujjatlarga qo'shilishi bilan xalqaro huquqning asosiy umumiy e'tirof etilgan prinsiplari bosqichma-bosqich milliy huquqiy tizimga implementatsiya qilib borilmoqda.
Ushbu inson huquqlari sohasida O'zbekistonda quyidagi huquqlar ta'minlanib kelmoqda. Irqi, rangi, jinsi, tili, siyosiy yoki boshqa e'tiqodlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati, tug'ilganligi yoki boshqa holati sababli hech qanday kamsitishsiz xalqaro shartnomalarga muvofiq barcha odamlar uchun kafolatlangan huquqlar qatoriga quyidagilar kiradi:
- yashash, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi
- uyushmalar va yig'ilishlar erkinligi, fikr bildirish
- sog'liqni saqlashning eng yuqori darajasiga erishish huquqi
- o'zboshimchalik bilan hibsga olish yoki qamoqqa olinish erkinligi
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- odil sudlov huquqi
- adolatli va qulay mehnat sharoitlariga bo'lgan huquq
- oziq-ovqat, uy-joy va ijtimoiy himoya huquqi
- ta'lim olish huquqi
- qonunni teng himoya qilish huquqi
- shaxsiy hayotga, oilaviy yoki shaxsiy yozishmalarga o'zboshimchalik bilan aralashish erkinligi
- qiynoq va shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala va jazodan ozod bo'lish
- qullikdan ozodlik
- fikr, vijdon va din erkinligi
- ovoz berish va jamoat ishlarini yuritishda ishtirok etish huquqi
- madaniy hayotda ishtirok etish huquqi.
Bugungi kunda inson huquqlari bo'yicha majburiyatlarning uch turi mavjud: inson huquqlarini hurmat qilish, himoya qilish va bajarish:
Inson huquqlarini hurmat qilish shunchaki odamlarni ushbu huquqlardan foydalanishni to'xtatmaslikni anglatadi. Masalan, davlat ovoz berish huquqini yoki uyushish erkinligini majburan chiqarib yuborishdan va o'zboshimchalik bilan cheklashdan saqlanishi kerak.
Inson huquqlarini himoya qilish bu uchinchi shaxslar ularni amalga oshirishga xalaqit bermasligini ta'minlash uchun choralar ko'rish demakdir. Masalan, ota-onalar va ish beruvchilar maktabga boradigan bolalarga xalaqit bermasligi uchun davlat ma'lumot olish imkoniyatini ta'minlashi kerak.
Inson huquqlarining amalga oshirilishi bu huquqni amalga oshirish uchun bosqichma-bosqich choralar ko'rilishini anglatadi. Ushbu majburiyat ba'zan uning bajarilishini engillashtirish va ta'minlash uchun majburiyatlarga bo'linadi. Birinchisi, davlatning odamlarning o'z ehtiyojlarini qondirish qobiliyatini kuchaytiradigan, masalan, tibbiy xizmat olish uchun sharoit yaratadigan tadbirlarda faol ishtirok etish majburiyatini anglatadi.
Inson huquqlari borasida ya'na shuni ham alohida ta'ktdlash joizki shaxsi va jamoaviy inson huquqlari o'rtasida tafovut mavjuddir. Ba'zida barchaning teng bahosi va qadr-qimmatiga faqat ma'lum bir guruh a'zosi sifatida shaxslarning huquqlarini tan olish va himoya qilish orqali erishish mumkin. Jamoa huquqlari yoki guruh huquqlari atamasi xalqlarning, shu jumladan etnik va diniy ozchiliklarning huquqlarini anglatadi va ma'lum bir shaxsning kimligi ma'lum bir etnik, madaniy yoki diniy jamoaga mansubligi bilan aniqlanadigan mahalliy xalqlar. Odatda inson
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
huquqlari guruh sifatida birgalikda harakat qiladigan odamlar tomonidan samarali amalga oshiriladi. Ba'zi hollarda, inson huquqlari umumiy manfaatlar orqali himoya qilinadi, unga ko'ra guruh va biron bir alohida shaxs da'vo qilish huquqiga ega emas.
So'ngi yillarda ko'plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar qatorida O'zbekiston ham inson huquqlari barqaror taraqqiyotini ta'minlash maqsadida dunyo hamjamiyati bilan bir qancha maqsadlarni o'z oldiga qo'ydi. Xususan, 2015 yil sentyabr oyida BMTga a'zo davlatlar 2030 yilgacha bo'lgan davrda Barqaror rivojlanish maqsadlari to'g'risida kelishuvga erishdilar. 2030 yilga mo'ljallangan kun tartibida inson huquqlari bo'yicha xalqaro hujjatlar bilan mustahkamlangan bir qator muhim inson huquqlari majburiyatlari ko'zda tutilgan.
BMTga a'zo davlatlar inson huquqlari bilan bog'liq huquqlarni barqaror tarzda rivojlantirish uchun quyidagi maqsadlarni belgila olindi:
1-maqsad: Qashshoqlik yo'q
2-maqsad: Ochlikning minimal darajasi
3-maqsad: Yaxshi sog'liq va farovonlik
4-maqsad: Sifatli ta'lim
5-maqsad: Gender tengligi
6-maqsad: Toza suv va sanitariya
7-maqsad: Imkoniyatli va toza energiya
8-maqsad: Munosib mehnat va iqtisodiy o'sish
10-maqsad: Tengsizlikni kamaytiring
13-maqsad: Iqlimga qarshi kurash
15-maqsad: Qurilish
16-maqsad: Tinchlik va adolat, kuchli institutlar.
Shu o'rinda ma'lumot uchun inson huquqlari bo'yicha veb-resurslar taqdim etamiz.
Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazi http : //pravacheloveka.uz/ru
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishning samarali mexanizmini yaratish, xalqaro va inson huquqlari tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, inson huquqlari masalalari bo'yicha davlat muassasalari xodimlari va butun aholining madaniyatini yuksaltirish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Milliy markazini tashkil etish to'g'risida" gi Qarori bilan Milliy markaz tashkil etildi. BMTning inson huquqlari va boshqaruvini demokratlashtirishni qo'llab-quvvatlash dasturiga muvofiq.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BMTning inson huquqlari bo'yicha sayti - United Nations Human Rights Website
https : //www.ohchr. org ; https: //www.unhcr.org
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari idorasi veb-saytida xalqaro huquq, konvensiyalar va deklaratsiyalar, inson huquqlari bo'yicha ma'ruzalar va uchrashuvning muhim voqealari to'g'risidagi materiallar joylashtirilgan.
Hamdo'stlikdagi inson huquqlari bo'yicha tashabbus - Commonwealth Human Rights Initiative (CHRI)
https : //www.humanrightsinitiative.org/
Hamdo'stlikdagi inson huquqlari bo'yicha tashabbus) - bu Hamdo'stlik mamlakatlarida inson huquqlarining amalda bajarilishini ta'minlash vakolatiga ega bo'lgan mustaqil, partiyasiz, xalqaro nohukumat tashkilot.
INSON HUQUQLARI BO'YIChA EVROPA SUDINING PORTALI -European Court of Human Rights Portal (HUDOC)
https://hudoc.echr.coe.int
Ma'lumotlar bazasi Inson huquqlari bo'yicha Evropa sudi veb-saytining bir qismidir va sudning barcha qarorlarini, Komissiya hisobotining va Vazirlar Kengashining qarorlarini o'z ichiga oladi. Shuningdek, tegishli milliy qonunlar va boshqa qonun hujjatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi.
Inson huquqlari bo'yicha xalqaro ma'lumotlar va hujjatlar - Human Rights Information and Documentation Systems, International (HURIDOCS)
HURIDOCS - norasmiy tarmoq bo'lib, uning maqsadi inson huquqlari bo'yicha tashkilotlarning axborotni qayta ishlash sohasidagi salohiyatini kuchaytirishdir.
Inson huquqlari bo'yicha internet - Human Rights Internet (HRI): https://hri.ca/
Keng xalqaro Internet-resurs, huquq himoyachilari va tashkilotlari, shuningdek manfaatdor tomonlar uchun ma'lumot va hujjatlar markazi.
Foydali Internet resurslari va inson huquqlari sohasidagi materiallar quyidagi dunyoga mashhur nodavlat notijorat tashkilotlarining veb-saytlarida mavjud:
- Xalqaro Amnistiya (Amnesty International)
- Jurnalistlarni himoya qilish qo'mitasi (Committee to Protect Journalists)
- Elektron chegara fondi (The Electronic Frontier Foundation)
- To'rtinchi Jahon Hujjatlari loyihasi (Fourth World Documentation Project)
- Human Rights Watch inson huquqlari bo'yicha advokatlar qo'mitasi (Human Rights Watch)
- Xalqaro yozuvchilar uyushmasi (PEN International Writer's Union)
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
- Inson huquqlari bo'yicha shifokorlar (Physicians for Human Rights).
Shu o'rinda inson huquqlari bo'yicha O'zekiston Respublikasidagi so'nggi islohotlar va o'zgarishlarga qisqacha to'xtalib o'tishimiz maqsadga muvofiqdir. Jeneva shahrida bo'lib o'tgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Inson huquqlari bo'yicha kengashining 46-sessiyasida O'zbekiston Prezidenti ilk bor ishtirok etib, nutq so'zladi.
Davlat rahbarining ushbu nufuzli tadbirdagi ishtiroki, hech shubhasiz, tarixiy ahamiyatga ega hodisa bo'ldi. Shu kungacha MDH mamlakatlari rahbarlari Inson huquqlari bo'yicha kengashning sessiyasida ishtirok etmagan.
O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o'z nutqida mamlakatimizda demokratik yangilanishlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo'nalishlari hamda Inson huquqlari bo'yicha kengash doirasidagi ishlarning asosiy vazifalariga batafsil to'xtaldi. Davlatimizning 2021-2023 yillar davriga ushbu tuzilma a'zosi sifatida ustuvor yo'nalishlariga e'tibor qaratdi.
Shuningdek, bir qator muhim ahamiyatga ega tashabbuslar ilgari surildi. Ular orasida BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi bilan birgalikda Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi deklaratsiyasi qabul qilinganining 10 yilligiga bag'ishlab global forumni o'tkazish taklifi alohida o'ringa ega.
Jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish fuqarolarning huquqlarini ta'minlash va himoya qilish hamda qonun ustuvorligini mustahkamlashning muhim shartlaridan biridir. Inson huquqlari madaniyatini shakllantirish davlat faoliyatining muayyan shakllarida, jumladan, barcha turdagi va darajadagi ta'lim tizimi, malaka oshirish tizimlari inson huquqlari bo'yicha milliy institutlar faoliyatida ifodalanadi.
Keyingi yillarda O'zbekistonda bu borada tizimli va kompleks chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 2019 yilda BMT Inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiya to'g'risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo'yicha Milliy harakatlar dasturi tasdiqlandi. Shu asosda «Yo'l xaritasi»da belgilangan tadbirlar bajarilmoqda.
Prezidentimiz Farmoni bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasida inson huquqlari sohasida ta'lim va tarbiyaga alohida urg'u berilgan. Bu borada maktabgacha ta'lim va umumta'lim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda, shuningdek oliygohlarda «Inson huquqlari», «Ayollar huquqlari», «Bola huquqlari» o'quv kurslarini joriy etish muhim vazifa sifatida belgilangan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Bundan tashqari, Inson huquqlari milliy markazi qoshida inson huquqlariga rioya etish va uni himoya qilish sohasida kadrlar malakasini oshirish bo'yicha o'quv kurslari tashkil etilgan. Ushbu kurslar BMTning bir qator yirik tuzilmalari hamda YeXHT loyihalari koordinatori bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Xususan, 2020 yil dekabr holatiga ko'ra, 500 dan ortiq rahbar kadrlar tinglovchi sifatida ishtirok etib, o'z malakasini oshirdi.
Shuningdek, 2020 yilda inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda katta hissa qo'shgan, inson huquqlari sohasida ta'lim-tarbiya ishlarida hamda jamiyatda inson huquqlari qaror topilishida faol bo'lgan fuqarolarni rag'batlantirish maqsadida «Inson huquqlari himoyasi uchun» ko'krak nishoni ta'sis etildi. Fuqarolik jamiyati institutlari, ta'lim muassasalari, davlat organlarining 12 nafar vakillari taqdirlandi.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 iyundagi "Inson huquqlari bo'yicha o'zbekiston respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida" farmoni ham inson huquqlari sohasidagi so'ngi muhim islohotlardan biri desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg'unlashtirish bo'yicha amaliy chora-tadbirlar ko'rilmoqda.
Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro'si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqei yaxshilanishiga xizmat qiladi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017 — 2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va o'z vaqtida amalga oshirish maqsadida quyidagilar O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas'ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo'nalishlari etib belgilangan:
xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo'yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari («yo'l xaritalari»)ning so'zsiz bajarilishini ta'minlash;
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
qonunchilik va huquqni qo'llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari bo'yicha ustav organlari va shartnomaviy qo'mitalarining tavsiyalarini bajarishga to'sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
O'zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo'yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.
O'zbekiston milliy taraqqiyotning yangi bosqichiga qadam qo'ygan bir davrda milliy huquqiy tizimni tubdan isloh qilish, jamiyatda huquqiy madaniyatni shakllantirish va malakali yuridik kadrlarni tayyorlash bo'yicha jiddiy ishlar amalga oshirildi.
Inson huquqlari sohasidagi xalqaro tuzilmalar bilan yaqin sheriklik kengaymoqda, huquqni himoya qilish borasida hukumatga qarashli bo'lmagan tashkilotlar bilan amaliy muloqot yo'lga qo'yildi.
Umuman olganda, Davlatimiz rahbarining global forumni o'tkazish to'g'risidagi tashabbusi mamlakatimizda inson huquqlari sohasida olib borilayotgan keng k o'lamli islohotlarning mantiqiy davomi bo'lib, bu borada ta'lim va tarbiya ishlarini mazmunan boyitishga hamda yuqori sifat darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi.
REFERENCES
1. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217 A (III) bilan 1948 yil 10 dekabrda qabul va e'lon qilingan
2. Inson huquqlari umumiy nazariyasi: IIV tizimidagi ta'lim muassasalari tinglovchi va kursantlari, shuningdek huquqni muhofaza etuvchi organlar xodimlari uchun darslik. — T., 2012. — 304 b
3. Саидов А.Х.. Международное право прав человека: Учебное пособие / Отв.ред. акад. Б.Н. Топорнин. М., 2002. - С. 80.
4. Образование в области прав человека: национальный и зарубежный опыт / Отв. изд. А.Х. Саидов. - Ташкент: Национальный центр Республики Узбекистан по правам человека, 2011. - С. 11.
5. https://www.ohchr.org/RU/AboutUs/Pages/WhatWeDo.aspx