Научная статья на тему 'SHAHAR ICHI TIRBAND KO‘CHALARIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI TASHKIL ETISH'

SHAHAR ICHI TIRBAND KO‘CHALARIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘lovchi / shahar ichi / jamoat transporti / tashish / transport / yo‘lovchi tashish. / пассажирский / городской / общественный транспорт / перевозка / транспорт / пассажирский транспорт.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich, Tuxliev Gayratali Axmadalievich, Xoshimjonov Jo‘rabek Yoqubjon O‘g‘li

Maqolada shahar ichida yo‘lovchi tashish masalalarini yechish, jamoat yo‘lovchi transporti harakatini tashkil etishning umumiy yo‘llari va samarasi tahlil qilingan. Namangan shahrining tirbandlik yuzaga kelgan ko‘chalarida harakatni tashkil etishning tahlili keltirilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Organization of passenger transportation on busy city streets

В статье анализируются общие способы и эффективные решения проблем пассажирских перевозок в внутри города, организации общественного пассажирского транспорта. Представлен анализ организации дорожного движения на улицах города Намангана с пробками и даны рекомендации.

Текст научной работы на тему «SHAHAR ICHI TIRBAND KO‘CHALARIDA YO‘LOVCHI TASHISHNI TASHKIL ETISH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 656.1/5: 117

SHAHAR ICHI TIRBAND KO'CHALARIDA YO'LOVCHI TASHISHNI TASHKIL

ETISH

Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]

Tuxliev Gayratali Axmadalievich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]

Xoshimjonov Jo'rabek Yoqubjon o'g'li NamMQI, magistrant, [email protected]

Аннотация. Maqolada shahar ichida yo'lovchi tashish masalalarini yechish, jamoat yo'lovchi transporti harakatini tashkil etishning umumiy yo'llari va samarasi tahlil qilingan. Namangan shahrining tirbandlik yuzaga kelgan ko'chalarida harakatni tashkil etishning tahlili keltirilgan va tavsiyalar berilgan.

Аннотация. В статье анализируются общие способы и эффективные решения проблем пассажирских перевозок в внутри города, организации общественного пассажирского транспорта. Представлен анализ организации дорожного движения на улицах города Намангана с пробками и даны рекомендации.

Abstract. The article analyzes the general ways and effectiveness of solving passenger transport issues within the city, organizing public passenger transport. An analysis of the organization of traffic on the streets of the city of Namangan with traffic congestion is presented and recommendations are given.

Kalit so'zlar: yo'lovchi, shahar ichi, jamoat transporti, tashish, transport, yo'lovchi

tashish.

Ключевые слова: пассажирский, городской, общественный транспорт, перевозка, транспорт, пассажирский транспорт.

Key words: passenger, urban, public transport, geo-information technologies, transportation, transport, passenger transport.

Kirish. Transportning yaxshi ishlashini belgilovchi muhim omillardan biri bu uning yuk va passajirlarni tashish muntazamligidir [1,2,3]. Zarur mahsulot, xom-ashyo, ehtiyot qismlar, yonilg'i o'z vaqtida va muntazam tashilgandagina ularning omborlardagi zaxiralari eng kam miqdorda bo'lishi va ishlab chiqarishni uzluksiz tashkil etish imkoni yaratiladi. Tabiat boyliklaridan foydalanish va ularni tashishda ham transport, ayniqsa, avtomobil transporti alohida o'rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va rivojlangan yo'llar bo'lmasa, tabiat boyliklaridan samarali foydalanish qiyin bo'ladi.

Transport tizimi shahar aholisining transport ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uchun jamoat transportining barcha turlarini muvofiqlashtirilgan rivojlantirishni ta'minlaydi [46]. Namangan shahri transport tizimining tuzilishi quyidagi elementlarni o'z ichiga oladi [7]:

- transport infratuzilmasi - tashishni amalga oshiruvchi tarmoqlar va transport korxonalari majmui;

- transport korxonalari - asosiy vazifasi odamlarni tashish bo'lgan korxona;

- Avtotransport vositalari odamlarni tashish uchun mo'ljallangan vositalardir.

Shahar yo'lovchi transportining ulushi transportning asosiy qismini tashkil qiladi va ularni amalga oshirishda muhim avtotransport parki ishtirok etadi. Bundan tashqari, kichik tumanlarning shakllanishi va rivojlanishi jarayonlariga ta'sir qiladi. Shahar yo'lovchi

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI transportining elementlari va ularning tizimli aloqalari ma'lum bir shahar sharoitida yo'lovchilarni tashishni ta'minlaydi va uning xususiyatlari bilan chambarchas bog'liq bo'lib, ular quyidagilardan iborat: funksional, hududlashtirish, aholining ommaviy og'irlik markazlarini o'zaro joylashtirish, rejalashtirish va hududiy. Bu xususiyatlar asosan transport aloqalar sonini, ularning uzunligini, sarflangan vaqtini, yo'lovchi tashish deb ataladigan shahar yo'lovchi transporti ish hajmini belgilaydi. Yo'lovchilar oqimining kattaligi, ularning yo'nalishlar bo'yicha taqsimlanishi, vaqt bo'yicha tebranishlari, yuklamalarning eng yuqori darajasi marshrut tarmog'ini asoslashda, harakatlanuvchi tarkibni, elektr ta'minoti quyi tizimlarini, shahar ichida harakatni tashkil etish qurilmalarini tanlashda hisobga olinadi [3,8].

Shahar yo'lovchi transport tizimlari varianti bevosita transportning o'zining faoliyat sohasidagi milliy iqtisodiy samarani va bilvosita (ijtimoiy-iqtisodiy) qo'shni tarmoqlar o'rtasida yuzaga kelishini hisobga olgan holda kompleks baholanishi kerak. Masalan, odamning vaqt va energiyasi tejaladi, atrof-muhitning holati yaxshilanadi, shovqin va tebranishning shahar rivojlantirishga ta'siri kamayadi [7,10,11].

Shahar transport tizimi odamlar va yuklarning uzluksiz, xavfsiz va o'z vaqtida harakatlanishini ta'minlashi kerak. Mavjud standartlarga ko'ra, aholining ko'chishiga sarflanadigan maksimal vaqt sarfi bir yo'nalishda shaharning kattaligiga bog'liq va yirik shaharlarda 90 % yo'lovchilar uchun 40 daqiqadan oshmasligi kerak. Biroq, ushbu standart transport xizmatlarining boshqa sifat ko'rsatkichlari bilan bog'liq emas: harakatlanuvchi tarkibni to'ldirish, harakatning muntazamligi, aloqa tezligi, ya'ni shahar transportining rivojlanish darajasi.

Shahar va uning transport tuzilmalarini rivojlantirishning uchta bosqichini ajratib ko'rsatish mumkin [2,7]:

1) transport aloqalari shaharni rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochadi;

2) transport tarmog'ining rivojlanishi shahar aholisiga xizmat ko'rsatish sifatini oshiradi;

3) transport xizmatlarini takomillashtirish shahar va shahar atrofi transportining yanada urbanizatsiyasi va rivojlanish uchun yangi o'zlashtirilgan hududlarning ko'payishiga yordam beradi.

Bundan tashqari transport tarmog'i shaharning rejalashtirish tuzilmasini shakllantiradi. Shaharsozlikning butun tarixi davomida uning kvadrat zichligini, ya'ni shaharning umumiy maydonidagi tarmoq maydonining ulushini saqlab qolgan holda, transport tarmog'ining chiziqli zichligini kamaytirish jarayoni mavjud deb hisoblanadi. Ushbu tendensiya avtotransport vositalarini takomillashtirish, ularni maqsadlariga ko'ra farqlash bilan bog'liq bo'lib, umuman olganda, bloklar va kichik tumanlar maydonining ko'payishiga olib keladi [12,13].

Tadqiqotning dolzarbligi.

Jamoat transportining to'xtash punktlari transport va umumiy foydalanishdagi shaharni rejalashtirish tuzilmasining tizimli elementi bo'lib, unda yo'lovchilar har xil turdagi shahar yo'lovchi va tashqi transport o'rtasida yoki bir xil turdagi transportning turli liniyalari o'rtasida, shuningdek ijtimoiy infratuzilma obyektlari tomonidan yo'lovchilarga xizmat ko'rsatiladi [6,14].

Almashish punktlarining transport tasnifi uchta asos bo'yicha amalga oshiriladi:

- tizimda amalga oshirilayotgan transportlarga almashish (peresadka) turlari;

- shahar yoki hududning transport infratuzilmasi tizimida transport almashish uzeli (TAU)ning roli;

- transport almashish uzelida yo'lovchilar almashinuvining umumiy qiymati;

Barcha mumkin bo'lgan transport almashish turlarini ikkita asosiy tipga ajratish mumkin:

- bitta (aniq) yo'lovchi tashish tizimi doirasidagi almashishlar;

- tizimlararo almashishlar.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

To'xtash joylarida, shuningdek, transport vositalarida taqdim etilgan qulayliklar transportda tashishni yanada qulayroq qilishga yordam beradi. Shahar yo'lovchi transporti infratuzilmasi uning yo'nalishda ishlashi uchun zarur bo'lgan obyektlardan iborat bo'lib, quyidagilarni o'z ichiga oladi: [8].

- avtovokzallar va avtostansiyalar;

- so'ngi stansiyalar;

- qayrilib olish halqa yo'llari;

- to'xtash joylari;

- marshrut bo'ylab harakatni tashkil etishning texnik vositalari;

- aloqa vositalari.

Namangan shahrining 7 ta ko'chasida faqatgina 10 ta avtoturargohlar mavjud xolos. Natijada mashinalarni yo'l yoqasida qoldirilishi natijasida sun'iy tirbandliklarni keltirib chiqarilmoqda.

Namangan viloyati transport boshqarmasi ma'lumotlariga ko'ra, Namangan shahrida 159 ta avtobus bekatlari mavjud bo'lib, ularning 25 tasida bekatlarni qurish normalariga amal qilinmagan holda qurilgan. Bekatlarning 13 foizi yoki 21 tasida alohida yo'l bo'lagi (karman) orqali tashkil etilgan xolos. Natijada transport oqimiga hamda jamoat transporti harakatlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda.

- Namangan shahrida 2021 yilda dastur asosida qayta qurilishi rejalashtirilgan ko'chalarda joylashgan, shuningdek yangi quriladigan avtobus bekatlarini alohida yo'l bo'lagi (karman) orqali qurilishini tashkil etish;

- Mavjud avtobus bekatlarining yo'lovchilar uchun mo'ljallangan qismida old tomonidagi oynasini olib tashlash;

- Mavjud avtobus bekatlarining yo'lovchilar uchun mo'ljallangan qismida savdoga aloqador jixozlar va mahsulotlarni qo'ymaslik, shuningdek oyna qismiga yopishtirilgan reklama afishalarini olib tashlash;

- Lavash, Fast Fud kabi tayyor mahsulotlar sotishga moslashtirilgan bekatlarni tartibga keltirish.

- Markaziy ko'chalarda joylashtirilayotgan reklama pannolarini belgilangan normalar asosida tegishli tashkilotlar bilan kelishilgan holda o'rnatilishini tashkil etish.

Yuqorida ko'rsatilgan takliflarni amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlar bilan hamqorlikda amaliy ishlar boshlangan, ayrimlari bajarib bo'lingan.

Tahlillardan kelib chiqadiki, aholining harakatlanish jadalligi, va hududdagi yashovchilar sonidan kelib chiqib Namangan shahrining -rasmda keltirilgan hududdagi harakatlanish yo'lagida tezkor avtobus harakati bo'lagini tashkil etish lozimligini ko'rib mumkin. Ushbu fo'lakni tashkil etish uchun "Chorsu-temir yo'l vokzali-Oxunboboyev-Chorsu" yo'nalishida tezkor avtobus harakatining marshrutini tashkil etish va loyihasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqdir (1-rasm).

Namangan shahrining jamoat transport modelini ishlab chiqishda transport modelini kalibrlash uchun transport vositalarining ishlash tezligi va yo'nalish tezligini o'z ichiga olgan bir qancha asosiy parametrlarni bilish zarur. Avtotransport vaqtini, koordinatalarini va tezligini qayd etadigan kabinada geoinformatsion axborot tizimi (GAT) qurilmasini (kuzatuvchi, navigator yoki mayori) doimiy ravishda topish zarurati tufayli ularni jamoat transportida marshrut o'lchovlari bilan birlashtirish tavsiya etiladi [11,14].

Tadqiqotni o'tkazish usullari va natijalari

Ish tezligini o'lchash uchun ish kunining boshida marshrut o'lchovlarini bajaradigan o'lchash asboblariga GAT-qurilma beriladi. Shu bilan birga, batareyaning zaryadlanishi butun

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI ish kuni uchun yetarli bo'lishi kerak. O'lchovlar boshlanganda (parkdan chiqish yoki terminal bekatidan birinchi chiqish) hisoblagich GAT qurilmasi yordamida parametrlarni qayd qila boshlaydi. Yozuvning oxiri smenaning oxirida, parkka yetib kelganida yoki oxirgi tekshirilgan sayohat oxirida amalga oshiriladi. GAT-qurilma Supervayzerga topshiriladi, u ma'lumotlarni tez tushirish va saqlashni ta'minlaydi, shuningdek batareyani zaryadlash va keyingi ish kuniga texnik tayyorgarlikni amalga oshiradi.

1-rasm. "Chorsu-temir yo'l vokzali-Oxunboboyev-Chorsu" yo'nalishida tezkor avtobus harakatining marshrutini tashkil etish va loyihasi.

GAT treklarni qayta ishlash - bu kun davomida har bir yo'nalish bo'yicha marshrut va ish tezligining o'rtacha ko'rsatkichlarini olish. Agar kerak bo'lsa, ma'lumotlarni kunduzgi davrlarga bo'lish mumkin.

Metodologiyaning joriy versiyasida tekshirilgan obyektlar soni eng muvozanatli, chunki Namangan shahar aglomeratsiyasida yo'lovchi tashishning miqdoriy va sifat xarakteristikalari to'g'risida eng aniq va to'liq ma'lumot olish imkonini beradi. Shu bilan birga, loyiha ustida ishlashga tayyorgarlik jarayonida, texnik topshiriqning yakuniy versiyasiga qarab bu metodologiya to'ldirilishi yoki o'zgartirilishi mumkin.

Bundan tashqari, ushbu metodologiyada keltirilgan yo'lovchilar oqimini hisoblashning turli usullari o'rtasidagi bog'liqlik nuqtayi nazaridan o'zgarishlar kiritilishi mumkin, ya'ni: transport vositasining ichida hisoblash usuli bilan o'rganilgan marshrutlar sonini qisqartirish, so'ralgan to'xtash joylari va segmentlari sonini ko'paytirish, marshrut tarmog'i sabablari haqida. Bunday holda, so'rov uchun zarur bo'lgan asbob - uskunalar va mehnat resurslari hajmi bir xil darajada saqlanishi yoki qisman qisqarishi kerak.

Hozirgi kunda muntazam qatnovchi aholini birinchi masalasi deb yo'l kira narxlarini eng arzon, xavfsiz va tartibli transport vositasini esa avtobus deb olishimiz mumkin. Yo'l kira narxlari orqali insonlarni iqtisodiy tomonlama manfaatlarini himoya qilish choralari ko'rish bo'yicha quyidagicha takliflar kiritishimiz mumkin. Avtobuslarni yo'nalishda ko'paytirish choralarini ko'rish bilan birga, yo'nalishli taksilar singari belgilangan talablar darajasida jihozlash va elektron to'lov tizimini joriy etish yo'li bilan davlatimiz ham, aholimiz ham bir qancha yutuqlarga erishish imkonini beradi.

Shaharda aholi soni va transport oqimining keskin o'sayotganligi quyidagi muammolarni hal etishni taqozo qilmoqda. Yirik shaharlarda transport oqimi yuqori bo'lishi hisobiga tirbandlik vujudga keladi. Bu esa avtobuslarning belgilangan qatnov jadvalidan chiqib ketishiga, harakat

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI intervalining buzilishiga, bekatlarda yo'lovchilarning kutib qolishiga sabab bo'ladi [10,11].

Aholining soni yil sayin oshib borayotgani sababli harakatlanayotgan avtotransport vositalarining soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda. Tabiiyki, avtotransport vositalari sonining oshishi yo'llarda, ayniqsa, chorrahalarda katta tirbandliklarni vujudga keltirmoqda. Bunday holatlarda yangi ko'priklar va yo'l o'tkazgichlarni qurishni, yo'l belgi va sfetoforlar fazasini takomillashtirish va boshqa tadbirlar hisobiga avtotransport vositalarining harakatlanishi bilan bog'liq muammolar o'z yechimini topadi. Shaharning yirik harakatlanish mavjud bo'lgan Karimov, Navoiy, Uychi, Chorsu va Sardoba kabi ko'chalar kesishmasidagi chorrahalarda avtomobillar qatnovining zichligi hamda piyodalarning serqatnovligi sababli katta tirbandlik vujudga kelib, davlat yo'l harakati xavfsizligi xizmati xodimlarining aralashuviga qaramay tirbandlik bilan bog'liq muammolar o'z yechimini topmay qolmoqda. Bunday holatda ushbu muammoni o'z vaqtida to'g'ri yechim berilishi hamda tegishli choralar amalga oshirilishi lozim.

Chorrahalardagi yo'l harakatini tashkil qilinganlik darajasi u yerdagi transport oqimining intensivligi bilan baholanadi. Tartibga solinmagan chorrahalardagi harakat yo'l belgilari va yo'l chiziqlari yordamida boshqariladi. Harakat intensivligi oshganda va aniq bir qiymatga erishganda kesishmadagi harakatni tartibga solish uchun svetofor bilan jihozlanadi [5,10].

Hozirgi kunda zamonaviy shaharlar va davlatlarda eng ko'p uchraydigan muammolardan biri katta shaharlardagi tirbandliklar. Sabablardan biri yo'lovchi va yuklarning bir joydan ikkinchi joyga harakati asosan transport vositalari yordamida amalga oshirilishi, undan tashqari aholi sonining tez ortib borishidir. Bu esa o'z-o'zidan yo'llarda transport vositalari sonining ko'payishi, natijada tirbandliklar yuzaga kelishi, shaharda issiqlikning me'yoridan ortib ketishiga sabab bo'lmoqda. Bunda avtomobillarning salt ishlab yonilg'ini behuda sarflashi, atrof-muhitga chiqarilayotgan zaharli gazlarning ortishiga, odamlarning manzillariga yetib olishlarida kechikishlarni yuzaga keltiradi.

Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahada transport oqimining zichligi chorrahada kesishgan ko'chalarning o'tkazuvchaligi pastligini ko'rsatdi (2-rasm). Natijada tirbandlik yuzaga kelgan. Bu masalani yechimini topish uchun chorrahadagi transportlar va yo'lovchilar oqimini o'rganamiz. O'rganishlar natijasida muammoni yuzaga keltiruvchi sabab aniqlandi va bu masalaning maqbul yechimini topamiz.

2-rasm. Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorraha.

Shahar ichida harakatlanuvchi transport vositalaring va aholi sonining juda ko'pligi transportlar harakatining tirbandligiga sabab bo'lgan. Chunki aholi va shunga mutanosib ravishda avtomobillar sonining oshishi yo'lning transport o'tkazuvchanligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Masalaning yechimi yo'lning qatnov qismini kengaytirish, chorrahadagi yo'l usti

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

A VTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIKMASHINALARI ko'priklari qurish yoki tonnellar orqali transport harakatlanishi uchun sharoit yaratish, piyodalar o'tish joylarini tonnel yoki yer usti ko'priklari orqali o'tkazish masalaning yechimi bo'lishi mumkin.

O'rganishlar chorrahadagi transport oqimini kuzatish usuli bilan o'tkazildi. Olingan natijalar tahlil qilindi. Tadqiqotning dastlabki bosqichida transport oqimini ko'chaning ikki tomonidagi holat haftaning besh kun mobaynida o'rganildi. Olingan natijalar tahlil qilinib tavsiyalar ishlab chiqildi. O'rganish va kuzatuvlar asosan kunning eng tig'iz va transport oqimi ko'p deb hisoblangan vaqtlar uchun amalga oshirildi. Bunda yo'lning qarama-qarshi tomonlari alohida kuzatildi va hisobga olindi [1,2,4].

Chorrahadagi transport oqimini aniqlash uchun 1 soat mobaynida yo'lning ko'ndalang kesimidan o'tgan avtomobillar soni aniqlandi. Buning uchun kunning turli vaqtlardagi transport oqimini kuzatish yo'li bilan aniqlaymiz.

Olingan natijalar [3] asosida hosil qilingan grafik (3-rasm) tahlilidan ma'lum bo'ldiki, Navoiy ko'chasida transport harakati oqimining yo'lning o'tkazuvchanligiga bo'liqligi o'zgaruvchan ekan. Shu bois chorrahada transport harakati oqimining tirbandligi yuzaga kelgan.

Bunda haftaning dushanba kun transport oqimining kechga qadar kamayganligi kamayishi kuzatildi. Haftaning ikkinchi kunidan boshlab transport oqimi kechga qadar oshdi. Bunda ertalab ishga borish va qaytishda harakatning tig'izligi oshganligini Namangan shahriga atrofdagi hududlardan ishga keluvchilarning ko'p sonli qismini tashkil etishi bilan izohlash mumkin. Sababi Namangan shahrida korxona va tashkilotlarda aksariyati joylashgan.

2200 P, aem/soat

2000 1800 1600 1400 1200

____1 996 /

,rL93f\ /

- 1286 ^

•Dushanba •Seshanba •Chorshanba Payshanba •Juma

11:00-12:00 16:00-17:00

t, soat

8.00-9.00

3-rasm. Navoiy ko'chasidagi transport oqimi.

Shunday qilib, Navoiy va Qo'qon ko'chalari kesishgan chorrahada transport harakati oqimi haftaning dushanba kunidan payshanba kunigacha bo'lgan vaqtda oshdi. Juma kuni kechga qadar jadallik oshganligi ishdan uyga qaytish bilan tushunish mumkin. Bunda haftaning ertalab ishga borish va kechda uyga qaytishda harakatning tig'izligi oshganligini Namangan shahri atrofidagi hududlardan ishga qatnaydiganlarning ko'pchilikni tashkil etishida ko'rish mumkin. Chunki, Namangan shahrida korxona va tashkilotlarda aksariyati joylashgan.

Xulosa. Navoiy ko'chasidagi transport qatnovini maqbullashtirish uchun yo'lning qatnov qismini kengaytirish lozim. Piyodalar uchun yo'lini ko'prik ustidan ko'tarma yo'l qurish orqali o'tkazish tirbandlikni kamaytiradi. Bu yo'lning transport-piyoda xavfsizligini ham ta'minlash imkoniyatini yaratadi.

Avtobusning marshrut uzunligini, marshrut masofalarini, to'xtashlar sonini, texnik

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

tezlikni va oraliq va oxirgi bekatlarda to'xtab qolish vaqtini bilgan holda, har bir reys uchun yurish vaqtini va nazorat punktiga kelishni oson aniqlash imkoni yaratiladi.

ADABIYOTLAR

1. Akhmadjanovich M. T. et al. Namangan shahrining navoi va qo 'qon chorrahasidagi tirbandlik //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 87-92.

2. Хакимов Р. К. va b. Факторы, влияющие на пассажиропоток городского пассажирского транспорта //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1148-1153.

3. Тухтабаев М. А., Тургунов И. Пробки на пересечении улиц Навои и Коканд //Точная наука. - Кемерово, - №. 129. - С. 5-8.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

4. Хакимов Р. и др. Переход на электротранспорт и пути развития." //Energetika sohasini rivojlantirishda muqobil energiya manbalarining roli" mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy tenferensiya ishtirokchilarining ilmiy ma" ruza materiallari kiritilgan. NamMQI. -2022. - Т. 2. - С. 351-354.

5. To'xtaboyev M. A., Tumanbayeva B. Chorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o 'rganish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции. - 2021.

6. Аббасов, А. Усовершенствование дорожной инфраструктуры в городе Намангана// Развитие логистики и управления цепями поставок: материалы III Международной научно-практической студенческой конференции в Белорусском национальном техническом университете. - Минск : БНТУ, 2023. - С. 332-337.

7. Коновалов К.Д. Повышение эффективности и безопасности функционирования станций и пересадочных пунктов городского пассажирского транспорта. Дисс...маг. -Красноярск, 2020. - 66 с.

8. Nozimov A. N. et al. Yo 'lovchi tashishda geoinformatsion tizimlarni qo 'llash //Строительство и образование. - 2023. - Т. 3. - №. 5. - С. 82-86.

9. Тургунов З. Х. va b. Создание системы брутто-контракта в развитии городского общественного транспорта (на примере г. Намангана) //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1138-1142.

10. Тургунов И. Б. va b. Применение геоинформационных технологий в системе междугородного пассажирского транспорта //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1143-1147.

11. Nоrmirzaev A. R. va b. Yo 'lovchi tashishda innovatsion texnologiyalarni qo 'llash //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 8. - С. 78-84.

12. Нормирзаев А. Р., Туманбоева Б. Namangan shahar jamoat yo 'lovchi transporti faoliyatining mavjud holati va rivojlantirish yo 'llari //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 143-149.

13. Normirzaev A. R., Tumanboeva B. Transportda intelektual tizimlarni qo 'llash //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 150-157.

14. Raximberdiyevich N. A. et al. Farg 'ona halqa yo 'lida I. Karimov va Kosonsoy ko 'chalari bilan kesishgan chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish //Механика и технология. -2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 113-119.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.