Научная статья на тему 'JAMOAT TRANSPORTINING HARAKATINI GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR QO‘LLAGAN HOLDA TASHKIL ETISH'

JAMOAT TRANSPORTINING HARAKATINI GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR QO‘LLAGAN HOLDA TASHKIL ETISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yo‘lovchi / shahar ichi / jamoat transporti / geoinformatsion texnologiyalar / transport / yo‘lovchi tashish. / пассажирский / городской / общественный транспорт / геоинформационные технологии / транспорт / пассажирские перевозки.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich, Tuxliev Gayratali Axmadalievich, Tursunpo‘latov Umidjon Ma’rufjon O‘g‘li

Maqolada shahar yo‘lovchi tashish tizimida geoinformatsion texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati, yo‘llari va samarasi tahlil qilingan, kuzatishlardan olingan natijalar keltirilgan. Jumladan, Namangan shahrining ayrim ko‘chalari o‘rganilgan tahlili keltirilgan va tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Organization of public transport using geoinformation technologies

В статье анализируется значение, способы и эффективность использования геоинформационных технологий в системе городского пассажирского транспорта, а также приводятся результаты, полученные в результате наблюдений. В частности, представлен анализ некоторых улиц города Намангана и даны рекомендации.

Текст научной работы на тему «JAMOAT TRANSPORTINING HARAKATINI GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR QO‘LLAGAN HOLDA TASHKIL ETISH»

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

UDK 004.9: 656.025.2

JAMOAT TRANSPORTINING HARAKATINI GEOINFORMATSION TEXNOLOGIYALAR QO'LLAGAN HOLDA TASHKIL ETISH

Tuxtabayev Mirzoxid Axmadjanovich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]

Tuxliev Gayratali Axmadalievich NamMQI, PhD, dotsent, [email protected]

Tursunpo'latov Umidjon Ma'rufjon o'g'li NamMQI, magistrant, [email protected]

Аннотация. Maqolada shahar yo'lovchi tashish tizimida geoinformatsion texnologiyalarni qo'llashning ahamiyati, yo'llari va samarasi tahlil qilingan, kuzatishlardan olingan natijalar keltirilgan. Jumladan, Namangan shahrining ayrim ko'chalari o'rganilgan tahlili keltirilgan va tavsiyalar berilgan.

Аннотация. В статье анализируется значение, способы и эффективность использования геоинформационных технологий в системе городского пассажирского транспорта, а также приводятся результаты, полученные в результате наблюдений. В частности, представлен анализ некоторых улиц города Намангана и даны рекомендации.

Abstract. The article analyzes the importance, ways and effectiveness of the use of geoinformation technologies in the city passenger transport system, and the results obtained from the observations are presented. In particular, the analysis of some streets of the city of Namangan is presented and recommendations are given.

Kalit so'zlar: yo'lovchi, shahar ichi, jamoat transporti, geoinformatsion texnologiyalar, transport, yo'lovchi tashish.

Ключевые слова: пассажирский, городской, общественный транспорт, геоинформационные технологии, транспорт, пассажирские перевозки.

Key words: passenger, urban, public transport, geo-information technologies, transport, passenger transport.

Kirish. Jamoatchilik yo'lovchi transporti bu mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning muhim omili hisoblanadi. Ammo agar shaharda korxonalar, savdo markazlari, turli xizmat ko'rsatish joylarining hududdagi joylashuv zichligi past darajada bo'lsa, unda shaxsiy transportai ahamiyati oshadi. Aksincha, agar mazkur zichlik yuqori darajada bo'lsa, unda jamoatchilik yo'lovchi transportini qo'llash yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta'minlaydi [1-3]. Shahar kichik tumanlari yoki yirik transport uzellaridagi katta passajirlar oqimi passajir yo'llari yoki marshrutlarini tashkil etish asosi bo'lib, ular birgalikda shahar transport tarmog'ini tashkil etadi. Mavjud yirik shaharlarda passajirlarga xizmat qiluvchi shahar transporti turlari (metro, tramvay, trolleybus va avtobus) ichida eng ko'p tarqalgani avtobus transportidir.

Respublikamiz mustaqil avtotransport ishlab chiqarish tizimiga ega bo'lganidan so'ng hududlardagi transport miqdori aholi zichligiga mutanosib ravishda oshib bordi. Bu esa rivojlanayotgan va aholisi jadal o'sib borayotgan shaharlardagi transport harakatining murakkablashishiga olib keldi. Hozirgi kunda sanoat taraqqiyotini transport vositalarisiz tasavvur etish mushkuldir [2-5].

Namangan viloyatida hozirda 193 ta yo'nalish bo'lib, ularning umumiy uzunligi 5830,6 kmni tashkil qiladi. Shundan 55 tasi shahar ichidagi yo'nalishlar bo'lib ularning umumiy uzunligi 635,9 kmni tashkil etadi [6-9].

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

Yo'lovchining manziliga yetib borish vaqtini ratsionallashtirish uchun unga ta'sir etuvchi barcha omillarni, ya'ni, yo'lovchining uyidan bekatgacha yetib olishga sarflaydigan, bekatda transportni kutishga sarflaydigan, transportda qatnovga sarflaydigan, boshqa transportga qayta o'tirishga sarflaydigan, bekatdan tushgandan manziliga yetib olish uchun sarflaydigan vaqtlari va ularga ta'sir etuvchi parametrlarni alohida-alohida tadqiq etish lozim.

Namangan shahrida 2017-2024-yillar davomida aholi soni 135 ming nafarga oshgani holda, transport vositalari soni ushbu davrda 43 ming donaga ko'paygan. Ya'ni aholi soni 27 foizga, transport vositalari soni 155 foizga ko'paygan. Shuningdek, Namangan shahrida kuniga 3000 dan ortiq transport vositalarida 220 mingdan ortiq yo'lovchilar tashilib, shundan 90 mingdan ortiq yo'lovchilar 220 ta jamoat transporti orqali tashilmoqda. Namangan shahrida aholi soni va transport oqimining keskin o'sayotganligi bir qator shahar ichi yo'lovchilarni tashishdagi muammolarni hal etishni taqozo qilmoqda [7-11].

Tadqiqotning maqsadi: shahar ichi yo'lovchi tashish tizimini geoinformatsion texnologiyalar qo'llagan holda boshqarish tizimini ishlab chiqish orqali shaharlararo yo'lovchi tashish samaradorligi oshirish.

Geoaxborot texnologiyalarining rivojlanishi (GLONASS/GPS) shahar yo'l tarmoqlarida transport oqimlari va shahar jamoat yo'lovchi transportini (SHYT) harakatlanuvchi tarkibining harakati xususiyatlari to'g'risida batafsil ma'lumotlarni olish imkonini beradi. Shahar transport tizimlarining ishonchliligini baholash uchun real vaqt rejimida laboratoriya vositalaridan va SHJT harakatlanuvchi tarkibining bort jihozlaridan, shuningdek arxivlangan ma'lumotlar ko'rinishida olingan GLONASS va GPS uskunalar izlaridan foydalanish mumkin. Xususan, TomTom kompaniyasi o'z mijozlarining GPS ma'lumotlari asosida dunyoning 390 ta shahrida, jumladan, Rossiyaning 5 ta shahrida (Yekaterinburg, Nijniy Novgorod, Novosibirsk, Moskva, Sankt-Peterburg) transport harakatini kuzatib boradi.

Transport oqimining xususiyatlari va SHJTning harakatlanuvchi tarkibi o'rtasidagi bog'liqlik to'g'risida ma'lumotlarning etishmasligi GLONASS/GPS bort uskunasidan SHJT ishining ishonchliligini baholash uchun, shu jumladan yangi kiritilgan yoki o'zgartirilgan marshrutlarni baholash uchun foydalanishga to'sqinlik qiladi. Shuning uchun geoaxborot texnologiyalaridan foydalangan holda uning ishonchliligini baholash va oshirish asosida SHJT faoliyati sifatini yaxshilashga qaratilgan ishlar dolzarbdir.

Tadqiqotning dolzarbligi.

So'nggi yillarda shahar jamoat yo'lovchi transporti xizmatlariga talab sezilarli darajada oshdi, bu ko'plab mamlakatlar shaharlarining SHJT tizimini ustuvor rivojlantirishga qaratilgan transport siyosati bilan bog'liq [12-15]. SHJTning rivojlanishi shaxsiy foydalanish uchun avtotransportga nisbatan uning raqobatbardoshligini oshirishni nazarda tutadi.

SHJT ning raqobatbardoshligiga uning yo'nalishlari ishlashining ishonchliligini oshirish orqali erishish mumkin. Foydalanuvchilar (ya'ni yo'lovchilar) nuqtai nazaridan ishonchlilik bir qator xususiyatlarning kombinatsiyasi hisoblanadi: kutish vaqti (marshrut oralig'i qiymati bilan belgilanadi), sayohat davomiyligi (yaxshiroq individual transportdan foydalanish vaqtiga yaqinlashish). Ammo ishonchlilikning eng muhim xususiyati jamoat yo'lovchi transportidan foydalangan holda sayohat davomiyligining o'zgarishidir. Ushbu ko'rsatkichning ahamiyati shundaki, uning asosida (mavjud tajriba natijasida) SHJT foydalanuvchilari harakatning yuqori ishonchliligini ta'minlab, belgilangan joyga etib borish uchun zarur bo'lgan vaqtni aniqlaydilar.

Zamonaviy sharoitda real vaqt rejimida ham, arxivlangan ma'lumotlar ko'rinishida ham olingan SHJT harakatlanuvchi tarkibining GLONASS yoki GPS yo'llari SHJT marshrutlari ishlashining ishonchliligini baholash uchun ishlatilishi mumkin.

Tadqiqotni o'tkazish usullari va natijalari

Shahar jamoat yo'lovchi transportidan foydalanishda geoinformatsion texnologiyalarni

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI

tadbiq qilish bo'yicha o'tkaziladigan tadqiqotlar kuzatish, anketa, so'rovnoma va olingan natijalarni tahlil qilish usullari orqali amalga oshiriladi.

Hozirgi kunda muntazam qatnovchi aholini birinchi masalasi deb yo'l kira narxlarini eng arzon, xavfsiz va tartibli transport vositasini esa avtobus deb olishimiz mumkin. Yo'l kira narxlari orqali insonlarning iqtisodiy tomonlama manfaatlarini himoya qilish choralarini ko'rish bo'yicha quyidagicha takliflar kiritishimiz mumkin. Avtobuslarni yo'nalishda ko'paytirish choralarini ko'rish bilan birga, yo'nalishli taksilar singari belgilangan talablar darajasida jihozlash va elektron to'lov tizimini joriy etish yo'li bilan davlatimiz ham, aholimiz ham bir qancha yutuqlarga erishish imkonini beradi.

Jumladan:

- To'lovni elektron kartalar orqali amalga oshirilishi,

- Transport tushumlarini shaffoflikka olib chiqish,

- Nobank aylanmalarni keskin qisqartirilishi,

- Avtobuslarda yo'lovchi oqimini ortishi,

- Bank resurs mablag'lari ortishi.

Qolaversa, yo'lovchilar ham naqd pulsiz, ya'ni oddiygina elektron karta orqali to'lovlarni amalga oshirib, ortiqcha harakat va noqulayliklarsiz o'z manzillariga yetishi imkonini beradi. Bunday yaratilgan qulayliklar haydovchini chalg'imay, erkin harakatlanish imkoniyatini beradi. Shu bilan davlat va fuqarolar manfaatlari himoyalanib, yangicha imkoniyatlar yaratilishi mumkin.

Yo'l haqi shahar yo'nalishlarida bir xil belgilanadi. Kartochkadan foydalanish tartibi juda oddiy. Chiptachi kartani terminal (validator)ga tekkazganida pul mablag'ini yechib oladi. To'lov amalga oshirilganini tasdiqlash maqsadida sana, vaqt, yo'nalish nomi, avtobus va karta raqami hamda qolgan mablag' haqida hisobotlar qayd etilgan chipta (chek) beriladi. Busiz yo'l haqi to'lanmagan hisoblanadi. Shahar ko'chalarida barpo etilayotgan zamonaviy oynavand bekatlarda avtobuslarning oraliq masofasini masofadan onlayn rejimida (GPS) doimiy kuzatib borish imkoniyati beruvchi monitorlar yaratiladi.

Maxsus monitor orqali kutayotgan avtobusingizni qayerda ekanligini va bekatga yetib kelish vaqtini bilish mumkin. Bu o'z o'zidan yo'lovchi vaqtini tejaydi. Yaratilgan qulaylik haydovchini chalg'imay, erkin harakatlanish imkonini berdi. Chunki yo'lovchilar bilan faqat chiptachi ishlaydi. Bu ayni vaqtda xavfsizlikni ham oshiradi.

Namangan shahar hududida tirbandliklarni oldini olish, harakat xavfsizligini ta'minlash hamda harakat ishtirokchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish, jamoat transportlarining erkin harakatlanishini ta'minlash maqsadida 2022 yil 4-6 yanvar kunlari idoralararo ishchi guruhi tomonidan bir qator o'rganish ishlari amalga oshirildi.

O'rganish davomida Namangan shahar ko'chalarida, bozorlar atrofida, ko'cha-yo'l tarmoqlarida transport vositalarining tirbandligini kamaytirish, harakat xavfsizligini ta'minlash hamda yo'l-transport hodisalarining oldini olish transport vositalari uchun ko'p qavatli avtoturargohlar tashkil etish masalalariga e'tibor qaratildi.

Namangan shahrida transport oqimi yuqori bo'lgan 7 ta ko'chalar mavjud bo'lib, ularning transport o'tkazish qobiliyati normativ hujjatlari bo'yicha sutkasiga 28 ming donani tashkil etadi. Haqiqatda esa bir kunlik transport oqimi yuqorida ko'rsatilgan ko'chalarda 60-80 mingtani tashkil etmoqda (1-jadval).

1-jadval

Yillar Umumiy YTH Halok bo'lganlar Jarohat olganlar

2019 178 31 147

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

2020 188 37 151

2021 Q10 Q6 Q4

Shu bilan bir qatorda viloyat tumanlaridan bir kunda o'rtacha 25 mingta transport vositalari (o'rtacha 63,5 ming nafar yo'lovchi) Namangan shahriga kirib kelishi o'rganishlar davomida kuzatildi. Bu o'z navbatida mazkur ko'chalarda transport oqimi zo'riqish bilan ishlayotganligini bildirmoqda. Namangan shahrida aholi soni va transport oqimining keskin o'sayotganligi bir qator muammolarni hal etishni taqozo qilmoqda.

Namangan shahridagi jami 36 ta avtobus yo'nalishlaridan 21 tasi A.Navoiy ko'chasida orqali o'tgan bo'lib, ularning bir-birini bosib o'tayotgan yo'nalishlarni B.Mashrab, Hamroh, To'raqo'rg'on va Axsi ko'chalar orqali yurgizish taklifi ishlab chiqildi.

O'tkazilgan kuzatishlar natijasida ayrim yo'lovchi tashish yo'nalishlariga eng samarali hisoblangan tez yurar avtobus yo'li (TAY) tizimini tadbiq etish orqali yo'lovchi tashish, tirbandlikni oldini olish, transport oqimini boshqarishning samaradorligi oshadi. O'zgartirishlar natijasida A.Navoiy ko'chasidan 9 ta avtobus yo'nalishi to'liq yuradi, 7 ta yo'nalishlar esa qisman o'tadi. B.Mashrab ko'chasidan 3 ta yo'nalish, N.Namangoniy ko'chasidan 2 ta yo'nalish, Hamroh ko'chasidan esa 3 ta yo'nalish harakatlanishi taklif etildi.

Shulardan kelib chiqib, Namangan shahar A.Navoiy ko'chasi bo'ylab ajratilgan polosa bo'yicha tezlik yo'li (tez yurar avtobus yo'li - TAY) tashkil etish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Yo'l tarmog'ining holatini baholash yangi yo'nalishlarni ochishda ham, mavjudlarini moslashtirishda ham jamoat transportining ishonchli ishlashini ta'minlash uchun zarur. MAC holatini baholash usullaridan biri bu segmentatsiyadir.

Yo'l tarmog'ini segmentatsiyalash - bu yo'l uchastkasini bir necha segmentlarga bo'lish jarayoni. Segmentatsiyadan maqsad uni tahlil qilishda MAC parametrlarini ifodalashni soddalashtirishdan iborat. Segmentatsiya jamoat transporti yo'nalishlarini tahlil qilish uchun keng qo'llaniladi. Bular: yo'l tarmog'ining "tor bo'ylari" va harakatlanuvchi tarkibda kechikishlarni yuzaga keltiruvchi omillar aniqlanadi. Tahlilning maqsadi boshqaruv qarorlarini qabul qilish yoki SPRT yo'nalishini sozlashdir.

¡53^ M^r . ^ L / [X / .

1-rasm. Yo'l tarmog'ining uchastkasiga misol.

Yo'l tarmog'ini segmentlashda transport oqimining o'zgarishiga ta'sir qiluvchi yo'l tarmog'ining xususiyatlariga e'tibor qaratiladi: harakat intensivligi, yo'l kesishmalari soni,

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQ XO'JALIK MASHINALARI piyodalar o'tish joylari, tartibga solinadigan chorrahalar, harakatlanish chiziqlari, to'xtash joylari, ajratuvchi chiziqning mavjudligi, tramvay yo'llari, to'xtab turish vositalari va segment uzunligining mashinalar to'xtab turgan avtomobillar egallagan qismi uzunligiga nisbati.

Xulosa. Kuzatishlar natijasiga ko'ra, marshrut bo'ylab harakatlanish davomiyligi to'g'risida ma'lumot to'plashning ikkita usuli ko'rib chiqiladi: bortda GLONASS uskunasiga ega bo'lgan SHJT harakatlanuvchi tarkibidan ma'lumotlarni yig'ish; GPS navigatori yordamida laboratoriya mashinasi yordamida ma'lumotlarni yig'ish.

Harakat davomiyligining o'zgarishi ko'rsatkichlari qiymatlari so'rovi transport oqimlari harakati uchun harakat jadalligi sharoitlarning keng doirasini qamrab olishini baholashga imkon beradi. Transport oqimlari harakatining davomiyligi ko'rsatkichlarini baholash uchun geoaxborot texnologiyalaridan foydalanishning zamonaviy amaliyoti shahar ichi marshrutlar ishlashining ishonchliligini haqiqiy baholash uchun real vaqt rejimida yoki arxivlangan ma'lumotlar ko'rinishida keladigan GLONASS/GPS tizimlarida foydalanish kerak.

Yo'lovchilar oqimini hisoblashning turli usullari o'rtasidagi bog'liqlik nuqtai-nazaridan transport vositasining ichida hisoblash usuli bilan GPS tizimi o'rganilgan marshrutlar sonini oshirish, so'ralgan to'xtash joylari va segmentlari sonini ko'paytirish, marshrut tarmog'i uchun zarur bo'lgan asbob-uskunalar va mehnat resurslari hajmi qisman qisqaradi.

ADABIYOTLAR

1. Хакимов Р. и др. Переход на электротранспорт и пути развития." //Energetika sohasini rivojlantirishda muqobil energiya manbalarining roli" mavzusida vazirlik miqyosidagi ilmiy-amaliy tenferensiya ishtirokchilarining ilmiy ma" ruza materiallari kiritilgan. NamMQI. -2022. - Т. 2. - С. 351-354.

2. To'xtaboyev, M. A., Tumanbayeva B. "Chorrahadagi transport va piyoda harakatlanishini o 'rganish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции." (2021): 1069-1073.

3. Аббасов, А. Усовершенствование дорожной инфраструктуры в городе Намангана = Improvement of road infrastructure in the city of Namangan // Развитие логистики и управления цепями поставок: материалы III Международной научно-практической студенческой конференции в Белорусском национальном техническом университете. - Минск : БНТУ, 2023. - С. 332-337.

4. Akhmadjanovich M. T. X. et al. Namangan shahrining navoi va qo 'qon chorrahasidagi tirbandlik //Механика и технология. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 87-92.

5. To'xtaboyev, M., X. Xakimov R. Ataxanov. "Chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish. Транспорт и логистика: Цифровые технологии в развитии транспортно-транзитного потенциала республики: Сборник материалов Республиканской научно-технической конференции." (2021): 1065-1069.

6. Nozimov A. N. et al. Yo 'lovchi tashishda geoinformatsion tizimlarni qo 'llash //Строительство и образование. - 2023. - Т. 3. - №. 5. - С. 82-86.

7. Хакимов Р. К., Тухтабаев М. А. Факторы, влияющие на пассажиропоток городского пассажирского транспорта //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1148-1153.

8. Madaipov A. et al. Ultrasonic sensoridan foydalanib avtomobil to 'qnashuvlarining oldini olish usulini ishlab chiqish //Строительство и образование. - 2023. - Т. 4. - №. 5-6. -С. 223-226.

9. Ruvojiddinov Sh. va b. Aqlli avtoturargoh tashkil qilishni o 'rganish //Строительство и образование. - 2023. - Т. 4. - №. 5-6. - С. 52-58.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 4-son, 2024

AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI

10. Тургунов З. Х., Тухтабаев М. А. Создание системы брутто-контракта в развитии городского общественного транспорта (на примере г. Намангана) //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1138-1142.

11. Тургунов И. Б., Тухтабаев М. А. Применение геоинформационных технологий в системе междугородного пассажирского транспорта //Экономика и социум. - 2023. - №. 4-1 (107). - С. 1143-1147.

12. Raximberdiyevich N. A. et al. Farg 'ona halqa yo 'lida i. karimov va kosonsoy ko 'chalari bilan kesishgan chorrahalardagi tirbandlikni oldini olish //Механика и технология. -2022. - Т. 3. - №. 8. - С. 113-119.

13. Нормирзаев А. Р., Туманбоева Б. Namangan shahar jamoat yo 'lovchi transporti faoliyatining mavjud holati va rivojlantirish yo 'llari //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 143-149.

14. Nоrmirzaev A. R. va b. Yo 'lovchi tashishda innovatsion texnologiyalarni qo 'llash //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 8. - С. 78-84.

15. Normirzaev A. R., Tumanboeva B. Transportda intelektual tizimlarni qo 'llash //Ta'lim va rivojlanish tahlili onlayn ilmiy jurnali. - 2022. - Т. 2. - №. 7. - С. 150-157.

Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali

5-jild, 4-son, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.