UO'T: 615.322:616-07. TADQIQOT
SAMARQAND O'LMASO'TI URUG'LARINI O'STIRISH UCHUN STERILIZATSIYALASH VA OPTIMAL OZUQA MUHITLARI
Аннотация. Основные направления развития биотехнологии растений охватывают широкий круг задач, ускоренного производства высококачественного посадочного материала сельскохозяйственных, лесных и декоративных культур, а также получения возобновляемого растительного лекарственного сырья и биологически активных веществ (БАВ) растительного происхождения для современной медицины. Ключевые слова: Бессмертник самаркандский, in vitro, питательная среда, цитокинин, ауксин Annotation. The main directions of the development of plant binuc ¡no'ogy cover a wide range of tasks, including the accelerated production of high-quality planting material for agricultural, forest and ornamental crops, as well as the production of renewable plant medicinal raw materials and biologically active substances (BAS) of plant origin for modern medicine.
Keywords: Helichrysum maracandicum, In vitro, mtr ent cultures, cytokinin, auxin.
Kirish. In vitro usullari Samarqand o'lmaso'ti (F*hch.ysur maracandicum Popov ex Kirp) ni intensiv avishda ko'paytirish va aseptik holatda kasalliklarsiz toza ko'chat materialini yetishtirish va ishlab chiqarish uchun kuchli vosita sifatida paydo bo'ldi. Bundan tashqari, bu usul cheklangan maydonda, qisqa vaqtda va fasllardan qat'iy nazar, yuqori fitosanitariya hamda genetik sifatga ega bo'lgan o'simliklarni keng miqyosda yetishtirish va ko'paytirishga imkon beradi.
Tajriba ob'ekti va uslubiyati. Ushbu tadqiqotning maqsadi SAG AGRO in vitro laboratoriyasida Samarqand o'lmaso'tini in vitro sharoitida urug'laridan ko'paytirishni yo'lga qo'yib, plantatsiyalarini tashkil qilishdan iborat. In vitro laboratoriyasida o'simlikni ko'paytirish bir necha bosqichlarda amalga oshirildi. Birinchi bosqich - o'simlik urug'larini sterilizatsiya qilish, ikkinchi bosqichda Murashiga - Skoog ozuqa muhitiga ekish. Unib chiqqan nihollar, ekiladigan ozuqa muhiti tarkibiga mineral tuzlar, vitaminlar va fitogormonlardan naftalin sirka kislota (NAA) va 6-benzilaminopurin (BAP) qo'shildi. Uchinchi bosqich -ildiz oldirilgan o'simlik ko'chatlarini in vitro laboratoriyasi adaptatsiya va akklimiatzatsiya qilish issiqxonalariga o'tkazildi [1,4].
Turli xil o'simliklarni in vitro sharoitida intensiv ravishda ko'paytirish uchun kerak bo'ladigan o'simliklarning vegetativ yoki generativ organlari saralab olinib, sterilizatsiya qilinadi. O'simliklarni sirt sterilizatsiya qilishda ob'ektlarga ko'p zarar yetkazmaydigan sterilizatsiya vositalaridan
Baxtiyor QODIROV,
"SAG AGRO» MChJ, Normat XASANOV, Samarqand davlat universiteti, Zafar ISMOILOV, Samarqand davlat universiteti, Yigitali TOSHPO'LATOV, Toshkent Davlat agrar universiteti Samarqand filiali.
>ydalanish maqsadga muvofiq [3,6]. Samarqand o'lmaso'ti urug'larini sterilizatsiya qilishning tartibi quyidagicha belgilab olindi. Urug'lar vodoprovod suvida 1 soat yuvildi, keyin 5% li "Domestoz" eritmasida 8 daqiqa ushlab turildi, distillangan suvda 6 marotaba chayqatib yuvildi, antibiotik striptomitsinda 10 daqiqa ushlab turildi. Yana distillangan suvda 3 marotaba chayqatib yuvildi, 70% li etil spirtida 2 daqiqa ushlab turildi va nihoyat 3 marotaba distillangan suvda chayqatib yuvilgandan keyin ob'ektlar maxsus tayyorlab olingan 4 xil variantdagi ozuqa muhitiga ekildi va kuzatib borildi.
Tadqiqot natijalari va uning muhokamasi. O'simliklarni yetishtirish jarayonida har bir o'simlik turiga mos ozuqa muhiti tanlanadi. Ozuqa muhiti ham holatiga qarab ikkiga bo'linadi: qattiq va suyuq. Suyuq ozuqa muhiti qattiq ozuqa muhitiga qaraganda afzalliklarga ega. Suyuq ozuqa muhitiga eksplantlar botirib ekilganligi uchun ozuqa bilan to'liq qoplanib, ozuqa moddalar o'simlik to'qimalari tomonidan yaxshiroq o'zlashtiriladi [3,4]. Odatda, har qanday o'simlik turi uchun to'g'ri konsentratsiyada optimal ozuqa tanlash kerakli natijaga erishish uchun o'ta muhimdir. Ozuqa muhiti tarkibidagi oziqlantiruvchi moddalarga mineral tuzlar, o'sishni yaxshi rag'batlantiradigan vitaminlardan Bt, B2, B6, askorbin kislota, nikotin kislota, pantotenat kislota, foliy kislotalar qo'shiladi. Ozuqa muhitining sifatini oshiradigan eng muhim fitogormonlar, ya'ni sitokinin va auksinlar, o'simlik hujayralarining o'sishi, regeneratsiyasi va fiziologik jarayonlarining normal kechishini ta'minlaydi [3,5].
80
AGRO INFORM MAXSUS SON [2] 2021
Hujayralarning qisqa vaqt davomida bo'linib ko'payishiga sitokininlardan zeatin, kinetin va 6-BAP lar ijobiy ta'sir qiladi. Ular to'qima va hujayralarning qarish jarayonini sekinlashtirib, DNK, RNK va oqsillar sintezlanishini ta'minlab, o'simliklarning noqulay sharoitlarga chidamliligini oshiradi. Hujayralar bo'linishini tezlashtiradigan eng faol modda zeatin hisoblanadi. Ammo zeatin narxining qimmatligi sababli, uni qo'llash o'zini oqlamaydi, odatda uning o'rniga kinetin ishlatiladi. Hozirgi vaqtda in vitro sharoitida kinetindan ham yuqori faollikka ega bo'lgan 6-BAP dan keng foydalanilmoqda. Fitogormonlar qatorida eng ko'p qo'llaniladigan faol auksinlardan NAA, IAA, IMK, 2,4-D yuqori faollikga ega bo'lib, hujayralarning o'sishi, asosiy va yon ildizlarning shakllanishi, regeneratsiya va kallus hujayralarining ko'payishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Eksplantlarni yetishtirishga katta ta'sir ko'rsatadigan muhim omillardan biri bu ozuqa muhitining pH qiymatidir. Ushbu muhit fitogormonlar, vitaminlar va ozuqa tarkibining barqarorligi va o'zlashtirilishiga ijobiy ta'sir qiladi. O'simliklarni yetishtirishda optimal ozuqa muhitining pH qiymati 5-6 bo'lishi maqsadga muvofiq bo'ladi [2,3,4,5,6].
Unib chiqqan o'simlik nihollarining keyingi bosqichlarida ya'ni nihollarning o'sishi, tuplashi va ildiz otishi uchun zarur bo'lgan 1 litr ozuqani tayyorlash tartibi quyidagicha: 4,3 g Murashiga-Skooga ozuqa muhitining quruq aralashmasi, 60 g saxaroza va 7 g quruq agar-agar aralashmasi o'lchab olinib, 850 ml distillangan suvda yaxshilab eritildi. Eritmaga Bt,
B2, B6, PP vitaminlardan iborat 5 ml vitaminlar aralashmasi qo'shilib, magnit aralashtirgich yordamida yaxshilab aralashtirildi. Eritmaga yana NAA (0,5 ml) va BAP (0,2) fitogormonlari qo'shib, magnit aralashtirgichda aralashtirildi hamda distillangan suv quyilib, eritma hajmi 1 litrga yetkazildi. Tayyor bo'lgan ozuqa muhitining pH=5,6 ekanligi aniqlandi.
Samarqand o'lmaso'ti urug'laridan unib chiqqan nihollarni laboratoriya sharoitida maksimal darajada o'stirish va ildizlatish uchun 4 xil variantda MS ozuqa muhitlari tayyorlab olindi. O'sib rivojlangan o'simlik nihollarini ko'paytirish uchun tuplar bo'laklarga ajratilib, toza ozuqa muhitli konteynerga ekildi. O'simlik nihollari tuplashida ozuqa tarkibiga qo'shilgan 6-BAP 0,2 mg/l miqdori ijobiy ta'sir qilishi aniqlandi (1-rasm).
O'simlik nihollari tuplarga ajratilganda, 2,5 marta ko'paydi, ya'ni konteynerdagi 10 dona o'simlik 25 taga ko'paydi. Tuplatishning keyingi bosqichlarida bu ko'rsatkich 3 marotabagacha ko'payadi, bunda 25 ta o'simlik tuplarga ajratilib 75 ta eksplantlar olindi. 4 - bosqichdan keyin esa 675 ta o'simlik nihollari olinib, shundan 75 ta nihollar yana ko'paytirish uchun klon ozuqa nunit'^a olib qo'yildi. Qolgan 600 ta nihol ildizlat'sh bosqichiga o'tkazildi. Ildizlatish bosqichida ozuqa muhiti tarkibiga NAA - 0,5 ml miqdorida qo'shilib, 10-12 kun davomida o'stirildi (2-rasm). Ildiz chiqargan
1-rasm. Toza ozuqa muhitiga ekilgan o'simliklarning tuplashi.
2-rasm. Samarqand o'lmaso'tining ildizlashi.
MAXSUS SON [2] 2021 AGllO INFORM
81
o'simlik ko'chatlari ozuqa qoldiqlaridan tozalanib, keyingi bosqichga in vitro laboratoriyasining avtomatlashtirilgan adaptatsiya va akklimatizatsiya qilish issiqxonasida tuproqqa moslashtirish ishlari olib borildi.
Xulosa. O'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, eksplantlar ozuqa muhiti tarkibiga qo'shilgan, o'sish va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan fitogormon 6-BAP
ning 0,2 mg/l miqdorida o'sib yaxshi natija berdi. Ozuqa tarkibiga qo'shilgan 0,5 mg/l miqdordagi NAA nihollarda regeneratsiyani ta'minlab kallus hujayralarining hosil bo'lishiga va ildizlarning shakllanishiga ijobiy ta'sir qilishi aniqlandi. Natijada, Samarqand o'lmaso'tining tajriba uchun olingan 10 dona urug'idan unib chiqqan nihollarning tuplashi natijasida 675 ta ko'chatlar yetishtirildi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Бутенко Р.Г. Биология клеток высших растений in vitro и биотехнологии на их основе: Учеб. пособие. / Р.Г. Бутенко. - М.: ФБК-ПРЕСС, 1991. - 160 с.
2. Валиханова Г.Ж. Биотехнология растений / Г.Ж. Валиханова. - Алматы: Конжык, 1996. - 272 с.
3. Бутенко Р.Г. Биотехнология. Книга 3: Клеточная инженерия / Р.Г. Бутенко, М.Ф. Гусев, А.Ф. Киркин, Т.Г. Корже-невская, Е.Н.Маркарова - М.: Высшая школа, 1987. - 127 с.
4. Егорова Т.А. Основы биотехнологии: учебное пособие для высш. пед. учеб. завед. / Т.А. Егорова Т.А., С.М. Клу-нова, Е.А. Живухина. - М.: Издательский центр «Академия», 2003. - 208 с.
5. Загоскина Н.В. Биотехнология: теория и практика / Н.В. Загоскина, Л.В. Назаренко. - М.: Оникс, 2009. - 496 с.
6. Павловская Н.Е. Введение в сельскохозяйственную биотехнологию: Учебное пособие. / Н.Е. Павловская, Л.В. Голышкина, - Орел: Изд-во ОГСХА, 1998. - 204 с.
UOT: 634,9
TADQIQOT
ODDIY ARCHA (JUNIPERUS COMMUNIS L.) VA G'ARB TUYASINING (THUJA OCCIDENTALIS L.) DORIVORLIK XUSUSIYATLARI
Lobar JAXBAROVA,
magistrant, Saydali TURDIYEV,
qishloq xo'jaligifanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent, Toshkent davlat agrar universiteti,
Аннотация. В статье приводятся результаты исследований по изучению биохимического состава и лекарственных свойств можжевельника обыкновенного (Juniperus communis L.) и туйи западной (Thuja occidentalis L.). В шишкоягодах можжевельника обыкновенного обнаружено 0,5-2% эфирных масел, 40% сахаров, 9,5% смолы, красящих и пектиновых веществ, масел, яблочной, уксусной и муравьиной кислот. В древесине и хвоях туйи западной обнаружено аромадендри, токсифоллин и ароматных эфирных масел.
Ключевые слова: можжевельника обыкновенная, туйи западный, эфирное масло, сахара, токсифоллин, лекарственные растения, ягоды.
Annotation: The article presents the results of studies on the biochemical composition and medicinal properties of common juniper (Juniperus communis L.) and western thuja (Thuja occidentalis L.). Common juniper cones contain 0.5-2% essential oils, 40% sugars, 9.5% resin, coloring and pectin substances, oils, malic, acetic and formic acids. Aromadendri, toxifollin and aromatic essential oils were found in the wood and needles of western thuja.
Keywords: common juniper, western thuja, essential oil, sugars, toxifollin, medicinal plants, berries.
Kirish.
Ma'lumki, yer kurrasida 500 mingdan ortiq o'simlik turlari mavjud bo'lib, insonlar kundalik hayotiy faoliyatlarida ularning 6000 turidan foydalanadilar. Shulardan 10-12 ming turi dorivor o'simliklar bo'lib, 1000 dan ortiq o'simlik turlarining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xususiyatlari tekshirilgan.
Dorivor o'simliklar insoniyatga juda qadim zamonlardayoq ma'lum bo'lgan. O'simliklardan nafaqat oziq-ovqat, balki biologik faol moddalar manbai sifatida keng foydalanganlar.
Hozirgi paytda oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi boyicha xalqaro tashkilotning (FAO) ma'lumotlariga qaraganda butun dunyoda 50000 dan oshiq dorivor o'simliklar tibbitotda davolash maqsadlarida foydalaniladi. Davolash maqsadlarida
AGllO INFORM MAXSUS SON [2] 2021