Научная статья на тему 'KIYIKO‘T (ZIZIFORA)NING MORFOLOGIYASI, DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA MADANIYLASHTIRISH ASOSLARI'

KIYIKO‘T (ZIZIFORA)NING MORFOLOGIYASI, DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA MADANIYLASHTIRISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

3981
241
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kiyiko‟t / mentol / efir moyi / triterpen / kumarinlar / oksikumarinlar / tokoferol / “safro haydovchi Xojimatov yig‟masi” / panikulyatsion gullar / paradontoz / gipertoniya kasalligi / stenokardiya / nevrasteniya / Ziziphora / menthol / essential oil / triterpene / coumarins / oxicoumarins / tocopherol / "bile driver Khojimatov's collection" / paniculate flowers / periodontitis / hypertension / angina / neurasthenia

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — L. F. Karimova, G. A. Salimova

Hozirgi vaqtda nafaqat O‟zbekistonda, balki butun dunyoda dorivor o‟simliklarga bolgan talab tobora ortib bormoqda. Dorivor o‟simliklarning ilmiy tabobatda tutgan o‟rnini yanada oshirish, ulardan turli xil kasalliklarni davolashda keng foydalanish va ularni madaniylashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Kiyiko‟ti o‟simligi xalq tabobatida va bugungi kunda ilmiy tekshirishlar asosida bu o‟simlikning dorivorlik xususiyatlari keng o‟rganilmoqda shunga ko‟ra, turli kasalliklarni davolashda kiyik o‟tiga bo‟lgan talab ortib bormoqda

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MORPHOLOGY OF ZIZIPHORA, MEDICAL PROPERTIES AND BASICS OF CULTUVATION

Currently, the demand for medicinal plants is growing not only in Uzbekistan, but in all over the world. Increasing the role of medicinal plants in scientific medicine, their widespread use in the treatment of various diseases and their cultivation have become one of the most essential issues today. Properties of the plant Ziziphora have been studied widely based on folk medicine and scientific researches. Thus, the demand for Ziziphora in treating diseases has been rising significantly

Текст научной работы на тему «KIYIKO‘T (ZIZIFORA)NING MORFOLOGIYASI, DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA MADANIYLASHTIRISH ASOSLARI»

KIYIKO'T (ZIZIFORA)NING MORFOLOGIYASI, DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA MADANIYLASHTIRISH ASOSLARI

L. F. Karimova

Buxoro davlat universiteti

G. A. Salimova

Buxoro davlat universiteti lobarkarimovafatul @gmail .com

ANNOTATSIYA

Hozirgi vaqtda nafaqat O'zbekistonda, balki butun dunyoda dorivor o'simliklarga bolgan talab tobora ortib bormoqda. Dorivor o'simliklarning ilmiy tabobatda tutgan o'rnini yanada oshirish, ulardan turli xil kasalliklarni davolashda keng foydalanish va ularni madaniylashtirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Kiyiko'ti o'simligi - xalq tabobatida va bugungi kunda ilmiy tekshirishlar asosida bu o'simlikning dorivorlik xususiyatlari keng o'rganilmoqda shunga ko'ra, turli kasalliklarni davolashda kiyik o'tiga bo'lgan talab ortib bormoqda.

Kalit so'zlar: kiyiko't, mentol, efir moyi, triterpen, kumarinlar, oksikumarinlar, tokoferol, "safro haydovchi Xojimatov yig'masi",panikulyatsion gullar, paradontoz, gipertoniya kasalligi, stenokardiya, nevrasteniya.

MORPHOLOGY OF ZIZIPHORA, MEDICAL PROPERTIES AND BASICS

OF CULTUVATION

ABSTRACT

Currently, the demand for medicinal plants is growing not only in Uzbekistan, but in all over the world. Increasing the role of medicinal plants in scientific medicine, their widespread use in the treatment of various diseases and their cultivation have become one of the most essential issues today. Properties of the plant Ziziphora have been studied widely based on folk medicine and scientific researches. Thus, the demand for Ziziphora in treating diseases has been rising significantly.

Keywords: Ziziphora, menthol, essential oil, triterpene, coumarins, oxicoumarins, tocopherol, "bile driver Khojimatov's collection", paniculate flowers, periodontitis, hypertension, angina, neurasthenia.

KIRISH

Kiyiko't (ziziphora) osimligi o'zining dekorativ va dorivor xususiyatlari bilan mashhur bo'lgan efir moyiga boy o'simlik, shuning uchun xushbo'y o't o'simlik hisoblanadi. Turkum vakillari bir va ko'p yillik o'tlardan iborat. Poyalari butun uzunligi bo'ylab uchi uchli bo'lgan tukli uzun barglar bilan qoplangan.Bargning poydevori torayib qisqa barg bandini hosil qiladi. Poyaning yuqori qismida zich panikulyatsion gullar hosil qiladi. Kosachasi ingichka naysimon, 13tomirli, bo'g'zi tukli. Gultoji 2 labli, ichi tukli,halqasiz. Changchisi 2 ta Gullash davri iyun oyining oxirida boshlanadi va 2oy davom etadi. (1). Urug'i avgustda yetiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tarqalish joyi: Kiyik o't tog'li hududlarning asosan shimoliy va janubiy yonbag'irlaridagi shag'alli va toshli, soz va qo'ngirsimon tuproqli joylarda tarqalgan. O'rta Osiyoda 10 ta, O'zbekistonda 7 ta turi uchraydi. Kiyiko'ti asosan Ugom, Chotqol, Piskom, Qurama va Qorjontog'da, Zarafshon, Turkiston, Nurota va Hisor tog' tizmalarida keng tarqalgan. Respublikamizning Toshkent, Namangan,ji zzax, Samarqand,Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarining tog'i tumanlarida o'sadi. Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal va Forish tumanlarida keng tarqalgan. Buxoro Qaravulbozor tumani maydonlarida ham tarqalgan.

Ayniqsa, u janubiy tog' yonbag'irlarida keng tarqalgan bo'lib, ba'zi joylarda keng maydonlarni egallaydi. Bargi va to'pgulidan olinadigan efir moyi atir-upa sanoatida ishlatiladi va undan tibbiyotda mentol olinadi. (2)

Hozirgi kunda har bir inson o'z salomatligini mustahkamlash uchun turli-tuman keraksiz bir yerni davolab, bir yerga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi dori darmonlardan voz kecha boshladi, buning o'rniga tabiatdagi shifobaxsh osimliklar va noz-ne'matlardan o'z vaqtida me'yorida foydalanish kun sayin ortib bormoqda. Tabiat ne'matlari asosida tayyorlangan dori -darmonlar suniy ravishda olinadigan dorilarga nisbatan afzalligi va ekologik tozaligi bilan ajralib turadi. Ular inson organizimga kerak bo'lib, yaxshi ta'sir ko'rsatadi.(6) Kiyiko'tda triterpen, glikozidlar, flavonoidlar,oshlovchi moddalar, kumarinlar bilan oksikumarinlar, aminokislotalar, vitaminlar, jumladan, tokoferol bor. Kiyiko't selen to'plab boradigan o'simliklar qatoriga kiradi.

Bu o'simlikda har xil makro va mikroelementlar(kalsiy, kremniy, alyuminiy, temir, magniy, kobalt, rux, mis,marganes, molibden, xrom) bor. Kiyiko'tning yelimi tarkibida ko'zga davo bo'ladigan dorilar bor. U issiq yo'talni yumshatish

xususiyatiga ega, o'pka yaralaridan keladigan zararni kamaytiradi va ovozni yaxshilaydi.

Kiyiko'ti xalq tabobatida. Mahalliy aholi kiyiko'tini ziravor sifatida turli taomlarga qo'shishadi, chunki ularning tarkibida efir moylari, vitaminlar va odam organizmi uchun zarur bo'lgan turli makro va mikroelementlar mavjud. Xalq tabobatida kiyiko'tlaridan buyrak, yurak, jigar va oshqozon-ichak xastaliklarini davolashda ishlatib kelinadi. Ilmiy tabobatda ularning damlamasi yurakning ish faoliyatini yaxshilashda, arterial qon bosimlarini pasaytirishda, hamda peshob haydovchi dori sifatida keng qo'llaniladi.

O'simlikning yer ustki qismlari-poyasi, bargi va to'pgullari tarkibida 2,5%gacha efir moylari, C, E, A vitaminlari mavjud. Shuningdek, "safro haydovchi Xojimatov yig'masi"ning asosiy tarkiblariga ham kiyiko'ti kiritilgan.(4)

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy tibbiyotda kiyiko'tdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar (10% li) gipertoniya kasalligi, stenokardiya, qon aylanishining yetishmovchiligi, o'tkir glomerulonefritlar,buyrak-kasalligida.Shuningdek,diabet,stomatit,

paradontozda, furunkulyoz va boshqa teri kasalliklarida ishlatiladi 20% li damlamasi aritmiyalar (taxikardiya, eksrosistoliya) bilan o'tayotgan yurak-tomirlar yetishmovchiligida, shuningdek, nevrasteniyada foyda beradi.

Kiyiko'tning galen preparatlari (damlama va qaynatma) qon bosimini pasaytiradigan, yurakka quvvat beradigan tinchlantiruvchi ta'sirga ega. Bu preparatlar yurak toj tomirlarini kengaytiradi, buyrakda qon aylanishini kuchaytiradi va siydik ajralishini ko'paytiladi.

Kiyiko'ti tarkibida A, E vitaminlari, biologik faol moddalar, mentol, saponinlar kabi moddalar mavjud. Ana shu moddalar tufayli kiyiko'ti yurak faoliyatini yaxshilaydi, qon bosimini pasaytiradi, asab tizimiga ijobiy ta'sir etib, tinchlantiradi. Yaralarning tez bitishiga yordam beradi. O'simlik tarkibidagi timol moddasi gijjalarga va mikroblarga qiron keltiradi. Shuningdek, kiyiko'ti rak(saraton) hujayralarini ham yo'qotish xususiyatiga ega. Buni olimlar tajribada aniqlashgan. Kiyiko'ti yerustki qismining damlamasi qon bosimini pasaytiruvchi va peshob haydovchi vosita sifatida ishlatishga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi ruxsat bergan.(5)

Madaniylashtirish asoslari. Agarda kiyiko'tni madaniy holda ekilsa, atrof yoqimli mentol hidi bilan to'ladi va yonimizda doimo yashil shifokor bo'ladi.

Ushbu ko'p yillik o'simlik oddiy, hayotiyligi bilan ajralib turadi. Urug'lar ko'chatlar undirish uchun alohida idishlarga yoki katta tekis qutiga oldindan ekiladi. Kiyiko'ti urug'i avgust oyida yetiladi va to'kiladi. Madaniylashtirish uchun avvalo urug' vaqtida yig'ib olinishi kerak. Urug'lar mart oyining oxirida ekiladi. Bir hafta ichida urug'lar unib chiqadi. Tuproq juda nam bo'lmasligi kerak. Ikkita haqiqiy barg hosil bo'lishi bilan ko'chatlar ochiq yerga ekiladi.

XULOSA

Kiyiko'ti alohida g'amxo'rlikni talab qilmaydi. Unga munosib joy tayyorlash kifoya. Drenajlangan, qumli, yengil tuproq bo'lishi kerak. Katta toshlar va tog' yonbag'irlari bo'lgan joylar yaxshi. Qurg'oqchilikka chidamli bo'lgani uchun tabiiy yog'ingarchilik bilan to'yinishi mumkin. Kamdan-kam hollarda qo'shimcha sug'orishni talab qiladi. O'simlik o'g'itlarga muhtoj emas va har qanday tuproqda yaxshi o'sadi. Biroq, ozuqa moddasi kam bo'lgan yerlarda o'stirganda ,tabiiy o'sgan tuproq struktura tarkibiga o'xshash bo'lgan murakkab mineral va organik o'g'itlash yordamida o'simliklar o'sishini va hosildorligini yaxshilash mumkin. Qishda kichik o'simliklar sovuqdan qo'rqmaydi, ammo qorning erishi paytida ortiqcha namlik halokatli bo'lishi mumkin. Bu paytda o'simlik ustini suv o'tkazmaydigan material bilan qoplash kerak.(1). Barcha o'simliklar kabi parvarish talab qiladi Asosiy istagimiz turli xil kimyoviy ishlov berilgan iste'mol mahsulotlaridan ko'ra tabiiy vitaminlarga boy kiyiko'ti o'simligining o'ziga xos noyob xususiyatlarini sizlarga andak bo'lsada tanishtirish va shu tariqa dorivor o'simliklarni ko'paytirish, asrab avaylashga da'vat etishdir (8).

REFERENCES

1. O'.Pratov, L.Shamsuvaliyeva, E.Sulaymonov, X.Axunov, K.Ibodov, V.Mahmudov."Morfologiya, Anatomiya, sistematika, geobotanika"234-bet.

2. Karimov V. Shomahmudov A. "Xalq tabobati va Zamonaviy ilmiy tibda qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar" Toshkent, "Ibn Sino" NMB, 1993-yil.

3. Nabiyev M. "Shifobaxsh ne'matlar" Toshkent. 1994-yil.

4. Xojimatov Q. Ollayorov K. "O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularnimuhofaza etish" Toshkent"Fan" 1990-yil.

5. Xolmatov X.X. Qosimov A.I. "Dorivor o'simliklar" , "Ibn Sino" 1994-yil.

6. Раделова С. Ю. Всё о лекарственных растениях на ваших грядках..2010.

7. Zakupator.com

8. Avitsenna. uz. Dorivor ne'matlar.

9. www.archivarius.org.ua ISSN: 2524-0935 (91 bet)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.