HELICHRYSUM MARACANDICUM O'SIMLIGINING KO' PAYTIRISH USULLARI VA URUG' SAMARADORLIGI
Saodat Saidmuradovna Qodirova
Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti
Karimjon Abduraximovich Mutalov
Chirchiq davlat pedagogika instituti b.f.n. dots mutalovkarimj an@gmail .com
ANNOTATSIYA
Respublikamiz hududida dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan 250 tur o'simliklar ta'biiy holda o'sadi va ular turli o'simlik jamoalarida o'sib, o'simlik qoplamini hosil qilishda ishtirok etadi. Biz o'rganayotgan dorivorlik xususiyati yuqori bo'lgan H maracandicum o'simligini urug'ining sifat ko'rsatkichlarini aniqlash maqsadida urug'ning labaratoriya va dala sharoitida unuvchanligi o'rganildi va ko'paytirish usullari haqida ma'lumotlar keltiriladi.
Kalit so'zlar: Helichrysum Maracandicum, Asteraceae, dorivor, noaniq qovurg'ali, vegetatsion davri, onalik plantatsiyalari.
METHODS OF PROPERTY AND SEED EFFICIENCY OF HELICHRYSUM
MARACANDICUM
ABSTRACT
250 species of medicinal plants grow naturally in the territory of the Republic, and they grow in different plant communities and participate in the formation of vegetation. In order to determine the quality of the seeds of the H maracandicum plant, which has a high medicinal value, we studied the fertility of the seeds in the laboratory and in the field, and provided information on methods of propagation.
Keywords: Helichrysum Maracandicum, Asteraceae, medicinal, indeterminate rib, vegetative period, mother plantations.
KIRISH
Respublikamizda 600 dan ko'proq dorivor o'simlik mavjud bo'lib, shundan 250 turi hozirda farmzonalarda ko'paytirilib, ilmiy tabobatda ishlatiladi. Respublikamizda dorivor
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
606
o'simliklardan Allium sativum L., Ajuga turkestanica (Regel) Briq., Glycyrrhiza glabra L, Helichrisum maracandicum M.Pop., Cistanche salsa (C.A.Mey) G.Beck., Ferula tadjikorum Piminov, Ephedra eqiuisetina Bugungi kunda dorivor o'simliklarni xalq tomonidan rejasiz foydalanishi natijasida ularning tabiiy zaxiralari keskin ravishda kamayib bormoqda [1].
Dunyo bo'yicha o'simliklarni ko'paytirish, o'stirish amaliyotida ko'p yillik o'simliklarni tabiiy zaxirasini tiklashda ularning urug'dan ko'paytirish usullaridan keng ravishda foydalaniladi. Urug'larning unish jarayoni ko'pgina faktorlarni o'z ichiga olib, ekzogen (harorat, yorug'lik, namlik saqlash sharoiti) va endogen (urug' unish davridagi fiziologik holati, po'stining tuzilishi,) omillar uning asosiy komponentlari hisoblanadi. Shu komponentlar asosida urug'larda ekzogen, endogen va uyg'unlashgan tinim holatlari farqlanadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Samarqand o'lmas o'ti (Helichrysum Maracandicum Popov ex Kirp.) o'simligi Asteraceae oilasi Helichrysum Mill. turkumiga mansub bo'lib, Yer yuzida uning 500 dan ortiq turi tarqalgan. MDH mamlakatlarida uning 16 turi , O'rta Osiyo mamalakatlarida 12 ta turi , O'zbekiston florasida 4 ta - Helichrysum arenarium Moench., Helichrysum maracandicum Popov ex Kirp., Helichrysum mussae Nevski., Helichrysum nuratavicum Krasch. turlari uchraydi. Samarqand bo'znochi faqat O'rta Osiyoda o'sadigan o'simlik bo'lib,
O'zbekistonning Toshkent, Samarqand, Farg'ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlari tumanlaridagi tog'larning o'rta va pastki qismidagi toshli-shag'alli va yumshoq mayda toshli qiyaliklarda o'sadi.
Samarqand bo'znochi ko'p yillik o'tli o'simlik bo'lib, bo'yi 20-70 sm gacha yetadi, bir nechta tik o'suvchi vegetativ poyalar (2-10) hosil qiladi. Ildizoldi va poyaning pastki qismidagi barglari cho'ziq, teskari tuxumsimon, tekis qirrali, band tomoniga qarab toraya boradi. Poyaning o'rta va yuqori qismidagi barglari bandsiz, cho'ziq lantsetsimon, tekis qirrali, to'mtoq uchli. Poyada barglari ketma-ket joylashgan, bargining uchki qismi o'tkirlashgan. O'simlikning barcha yer ustki qismi oq tuklar bilan qoplangan. O'simlik poyasi o'sib borgan sari poyaning pastki qismlaridagi barglari to'kilib ketadi Savatchasi limonrang sariq, yarim sharsimon yoki gullagan vaqtida sharsimon, diametri 8-10 mm, gultojibarglarining uzunligi 0,6 mm, eni 0,1 mm, to'q sariq rangda. Mevasi cho'ziqroq va uchmali
pista [2].
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
February, 2022
Dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan Helichrysum maracandicum o'simligini ko'paytirish usullaridan biri urug'dan ko'paytirish usuli bo'lib, boshqa usullarga qaraganda samaraliroq natija beradi. Ushbu turning urug'larini tashqi tuzilishi jumladan uzunligi 0,5-0,8 mm, prizmatik, to'q qo'ng'ir rangda, noaniq qovurg'ali, qalin oqish bezchalar bilan qoplangan. 1000 dona urug'ining umumiy og'irligi 0.08 g. Iyun-iyulda gullab, iyul-avgust oylariga kelib urug'i pishib yetiladi. Bitta o'simlik tupida 3-4 donagacha yosh o'simlik poyalari hosil bo'ladi [1].
Ushbu turning urug' unuvchanligi borasidagi ma'lumotlar adabiyotlarda yetarlicha qayd etilmagan. O'simlikning urug' unuvchanligini har tomonlama o'rganish birinchi navbatda ontogenezning dastlabki bosqichlarini tahlil qilishda sabab bo'ladi. Bundan tashqari, o'simlik tabiiy senopopulyasiyalarini tiklashda hamda ularning plantatsiyalarini yaratishda urug'larning unuvchanligi asosiy mezonlardan biri hisoblanadi .
H.Maracandicum urug' unuvchanligini o'rganishga qaratilgan tajribalarda urug'larning laboratoriya va ochiq tuproq sharoitida unuvchanligi o'rganildi. Uzoq muddad saqlangan urug'lar unuvchanligi,shu yilning o'zida yig'ib olingan urug'lar unuvchanligiga nisbatan past ko'rsatkich beradi. O'simlik urug'lari kuz oyida yig'ib olinib, shu yilning o'zidayoq laboratoriya sharoitida aniqlanganda unuvchanligi 83% ligi aniqlandi. Urug'larning unuvchanligini aniqlashda M.K. Firsova metodidan foydalanib, yangi terilgan urug'larning unishiga haroratning ta'sirini o'rganish uchun, tajribani bir-xil haroratda: 280 S da doimiy namlikni saqlagan holda 3-5 ta petri likopchalarida 100 donadan urug' ekib tajriba olib borildi. Unib chiqqan urug'larning o'rtacha miqdori (% hisobida) belgilab borildi. Har bir petri likopchasida foizlar ko'rsatkichi turlicha bo'lganligi kuzatildi [3,5].
H Maracandicum o'simligining urug' unuvchanligi labaratoriya sharoitida 83 % ni, ochiq tuproq sharoitida 70-75% ni tashkil etdi. Bundan ko'rinib turibdiki labaratoriya sharoitida har tomonlama optimal muhit bo'lganligi sababli urug' unuvchanlik % yuqori ko'rsatkich berganligi ko'rish mumkin. Ochiq tuproq sharoitida urug'larning unuvchanligiga tashqi muhit omillari ta'sir etish natijasidir
1-jadval
Labaratoriya sharoitida urug' unuvchanligining % hisobida ko'rsatkichlari.
Kunlar
t0C 1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 %
21.01.20 22.01.20 23.01.20 24.01.20 25.01.20 26.01.20 27.10.20 27.10.20 28.01.20 29.01.20
® ©
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
©
o1
©
608
280C 0 2 2 6 10 13 18 22 36 48 48
280C 0 5 16 18 20 25 39 52 65 82 82
280C 0 2 5 9 19 22 26 30 42 54 54
280C 1 3 5 10 18 21 28 33 42 60 60
280C 0 3 5 11 14 16 19 22 39 54 54
1-pacM. Helichrysum Maracandicum o'simligini labaratoriya sharoitida urug'larining unib
chiqishi.
2-pacM. Helichrysum maracandicum o'simligini maxsus tuvaklarda urug'larining unib chiqishi.
H.Maracandicum shag'al toshli tuproqlarda vegetativ yo'l bilan ham ko'payadi. Bundan ko'rinib turibdiki o'simlikni vegetativ usulda ham ko'paytirish imkoni borligini ko'rsatadi [3].
Har bir o'simlik o'suv davrida o'sadi, rivojlanadi-gullaydi,meva beradi va urug'lari pishib yetiladi. H.maracandicum o'simligining urug' samaradorligini aniqlashda asosan bitta gul poyada yetilgan urug'lar soni bilan belgilanadi.Agar 100 dona deb hisoblab olingan urug'larni 70-80 donasi yaxshi yetilgan bo'lsa urug' samaradorligini normada deb hisoblash mumkin.
XULOSA
O'simlikning urug' samaradorligiga tashqi muhit omillari ham ta'sir ko'rsatmay qolmaydi (namlikning me'yorda bo'lishi, havo harorati, populyatsion zichlik va boshqa).
Hozirgi kunda tibbiyotda va tabobatda dorivor o'simliklardan keng foydalanilayotganligi tufayli bu o'simliklarga bo'lgan talabni yanada oshishiga sabab bo'lmoqda. Ushbu holatdan kelib chiqib dorivor o'simliklarni onalik plantatsiyalarini tashkil etish va ko'paytirishni yangi texnologiyalarini ishlab chiqish dolbzarb hisoblanadi.
REFERENCES
1. Xujanov A.N. / Biologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi /Toshkent 2020 y /(36-37 bet).
2. Ganiev. A.K..Ergashova D.S /Samarqand bo'znochi (helichrysum maracandicum M.Pop) O'simligini ko'paytirish va etishtirish texnologiyasini Ishlab chiqishning ahamiyati "Agrar sohani barqaror rivojlantirishda fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasi"/2020
February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal
610
yil ilm marifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yiliga bag'ishlangan masofaviy ilmiy amaliy konferensiyasi materiallari (21-may 2020 yil) TDAU 2020 2161 c 395-398-betla
3. Firsova M.K. Metodo' opredeleniya kachestva semyan. - M.: Selxoz. literatura, 1959. - 351 s.
4. Maltsev I.I. Metodika otsenki zapasov sirya lekartsvennix ratseniy v gornix rayonax Sredney Azii .Rats. resursov. - L.: Nauka, 1990. T.26. vo'p.1. - C. 96 - 103.
5. Metodika opredeleniya zapasov lekartsvennix ratseniy. - M.: 1986. - 52 c.
6. Flora Uzbekitsana. T. 1 - 6. -Tashkent: Fan, 1941 - 1962. 8. Xojimatov O.K. Lekartsvenno'e ratseniya zapadnogo Tyan-Shanya (v predelax respubliki Uzbekitsan): Avtoref. dis. dok. biol. nauk. - Tashkent, 2008. - 35 s.
https://t.me/ares uz
Multidisciplinary Scientific Journal
February, 2022