Научная статья на тему 'QO‘G‘IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI'

QO‘G‘IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
565
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
san’at / teatr / sahna / spektakl / qo‘g‘irchoq / drama / musiqali drama / opera / balet / tomoshabin / aktyor / aktyor qo‘li / xatti-harakat / personaj / sehrli

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — B.Mamatqulov

Ushbu maqolada qo‘g‘irchoq teatri aktyorining sehrli qo‘llari naqadar harakatchan, jismonan chiniqqan, chidamli bo‘lishi kerakligi va qo‘g‘irchoq aktyorinig xususiyatlari xaqida yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QO‘G‘IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI»

QO'G'IRCHOQ TEATRI AKTYORINING XUSUSIYATLARI

B.Mamatqulov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada qo'g'irchoq teatri aktyorining sehrli qo'llari naqadar harakatchan, jismonan chiniqqan, chidamli bo'lishi kerakligi va qo'g'irchoq aktyorinig xususiyatlari xaqida yoritilgan.

Kalit so'zlar: san'at, teatr, sahna, spektakl, qo'g'irchoq, drama, musiqali drama, opera, balet, tomoshabin, aktyor, aktyor qo'li, xatti-harakat, personaj, sehrli.

CHARACTERISTICS OF PUPPET THEATER ACTOR

B.Mamatqulov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses how a puppet theater actor's magic hands should be mobile, physically fit, resilient, and the characteristics of a puppet actor.

Keywords: art, theater, stage, performance, puppet, drama, musical drama, opera, ballet, spectator, actor, actor's hand, action, character, magic.

San'atning har bir turidan qat'iy nazar ijodkor qonuniyatlar, uslublarga tayangan holda, asar yaratadi, tomoshabin uni ko'radi, tinglaydi va bir olam zavq oladi. Balet teatrida spektakl tomosha qilar ekanmiz, sahnadagi mahoratli ijrochilarni raqsiga maxliyo bo'lamiz. Opera teatrida esa ovozlar sehridan zavqlanamiz. Shunday ekan, jozibali, sehrli raqslarni ko'rish hamda ariya tinglash uchun balet va opera teatriga borilsa, qo'g'irchoq teatriga, avvalo qo'g'irchoqlarni tomosha qilish uchun boriladi.

"Qo'g'irchoq teatri-teatr san'atining shunchaki bir janri emas, balki drama, opera, balet, musiqali drama, operetta singari mustaqil butun bir turidir. Binobarin, u bundan keyin tur sifatida rivojlanishi, shu paytgacha e'tibor berilmay kelingan mavzularni va obrazlarni kashf etishi, janrlar doirasini kengaytirishi, sahnalashtirish uslubi va ijrochilik vositalarini boyitishi, unitilgan shakllarni tiklashi zarur. Ana o'shanda qo'g'irchoq teatri o'z tarixiga, zamon va turli toifa tomoshabinlar talablariga munosib bo'la oladi."1

Qo'g'irchoq teatrida namoyish etiladigan har qanday janrdagi spektakllar zamon talablaridan kelib chiqqan holda, o'z davrining ma'anaviy-axloqiy muammo va kamchiliklarini o'z ichiga olib, uni badiiy yechimini kichkintoylarga qiziqarli va tushunarli, yuqori fantaziya asosida yaratilgan, rang-barang bo'lishi kerak.

1 Крдиров М., Крдирова С. К^угирчок театри тарихи. - Т.Ж Таллин, 2006

ПсГГЙ^^^И http://oac.dsmi-qf.uz

"Drama, musiqali drama, balet, opera teatrlarida spektakl yaratishda aktyor eng birinchi personaj (figura) bo'lsa, qo'g'irchoq teatrida birinchi personaj bu qo'g'irchoq, so'ng uni boshqaradigan aktyor."2 hisoblanadi.

Qo'g'irchoq, jonli, tirik aktyorga nisbatan ramziy ekanligini, odamga yoki biror mahluqotga aynan o'xshash (belgilari juda kam bo'lishini ham yaxshi bilganimiz) holda, biz qo'g'irchoqni tomosha qilamiz, uning tirilishi mo'jizasini ko'ramiz, undan zavq olamiz. Xatti - harakatlariga, undagi insoniy tuyg'ularga ishontirish kuchiga maxliyo bo'lamiz.

Bir qarashda inson hatti-harakati frazeologiyasi nuqtai-nazardan odatga, ko'nikmaga aylanib ketgan harakat streotiplari butunlay o'zgargandek tuyuladi. Dramatik teatr aktyori bilan qo'g'irchok teatri aktyorining muskul apparatining oddiy jismoniy harakati qiyosida taqqoslab ko'ramiz. Aytaylik, dramatik aktyor sahnaviy voqea davomida o'tirishi zarur. Shunga muvofiq harakatga keltiruvchi buyruq dastlab miyada tug'iladi. Bunday da'vat markazga intiluvchi nerv orqali markaziy nerv sistemasiga boradi va undan markazdan tarqaluvchi harakat tomirlariga o'tadi va bu tomirlar bo'ylab yelka, bo'ksa, oyoq va boshqa qismlar muskullarini harakatga keltiradi. Zarur mushaklarning uzayishi yoki qisqarishi berilgan bosh miya buyrug'i bajariladi. Reflektorli yoy egib bo'ladi, ya'ni odam o'tiradi.

Qo'g'irchoq teatri aktyorida bu refleks jarayonining birinchi qismi drama aktyorida qanday bo'lsa, shunday kechadi, biroq yakun farqlanadi. Nerv tomirlari orqali bajariladigan holatni aktyor emas, balki qo'g'irchoq amalga oshiradi. Qo'g'irchoqning o'tirishi uchun mutlaqo boshqacha fiziologik hatti-harakat amalga oshiriladi. Ya'ni, yelka, qo'lning bilak, tirsak, barmok mushaklari harakatga keladi. Natijada qo'g'irchoq istalgan holatga muvofiqlashtiriladi.

Qo'g'irchoq aktyor tanasida qanday jarayon kechadi. Aktyor va sahnaviy personaj, ya'ni qo'g'irchoq hatti-harakatlari orasida funksional (vazifaviy) aloqa doimiy ravishda yuz beradi.

Qo'g'irchoq teatri aktyori tanasida fiziologlar va sportchilar iborasiga ko'ra ideomotor akti yuz beradi, Harakat haqidagi fikr mushaklarning juz'iy torayishlari, qisqarishlari bilan barobar kechadi. Aktyorning ongida pishgan va qo'g'irchoq ifoda qilishi kerak. Faqat shundagina sahnaviy personaj, qo'g'irchoqning har bir spektakldagi qattiq harakatining plastik belgilari namoyon bo'ladi, sahnaviy yashash tarzining lahzalik xususiyatlari yuzaga keladi.

O'zbekiston Davlat san'at va madaniyat instituti qo'g'irchoq teatri bo'limida, aktyorni tarbiyalash asosan Stanislavskiy sistemasi uslubiyoti zaminida olib boriladi. Aktyorlarning qo'g'irchoq bilan trening mashg'ulotlari, albatta aktyor psixotexnikasi elementlari Stanislavskiy sistemasiga asoslangan mashqlari jonli plan bilan parallel holda olib boriladi. Lekin bu jarayonda ikki xil mashqni o'zaro aloqadorligi, bir-

2AmypoBa M. KyrnpnoK; Teaipn caffbaTHHHHr arrëp^HK MaKraÖH T., 2007

I [ccñ^^BI 71 http://oac.dsmi-qf.uz

biriga ta'sirini amalga oshirishda zarur meyor aslo buzilmasligi kerak.

Qo'g'irchoq teatri aktyorlari tarbiyalash ishi boshlanganiga o'ttiz yildan oshiq vaqt o'tdi. Respublika qo'g'irchoq teatri, viloyatlar qo'g'irchoq teatrlarida institutni bitirib chiqqan sobiq talabalar teatr artistlarining aksariyatini tashkil qilib kelgan. Biroq so'nggi yillarda, ayniqsa viloyat teatrlarida maktab o'tagan professionallar soni kamayib borayotgani tashvishlanarlidir. To'g'ri, institutda har yili qo'g'irchoq bo'limini bitirib chiquvchilar bo'ladi. Lekin ularning aksariyati viloyat teatrlariga borib ishlamaydilar. O'zlarini boshqa sohalarga urib ketayotganlar ham yo'q emas. Ammo, masalaning boshqa bir jiddiy tomoni bor.

Institutda tahsil oldi degani diplomli qo'girchoqboz aktyor teatrga yetib keladi va bu kasbining kundalik mehnati, hayoti tarziga aylanadi, degani emas ekan. Yosh yigit-qiz bu ta'lim yo'nalishiga kirayotganida, kasbni tanlayotganida qalb amriga itoat qildimi, yoki boshqa sharoitlar sabab bo'ldimi, gap ana shunda. Ba'zan sharoit taqazosi bilan, aytaylik drama bo'limiga da'vogarlar ko'p bo'lib, konkurs kattaligi tufayli qo'g'irchoq bo'limiga kirib qoluvchilar ham uchrab turadi. Bunda talaba o'zida tub o'zgarishlarga erishmasa, qo'g'irchoqqa mehr-muhabbat tuyg'usini o'zida shakllantira olmasa, u san'atkor bo'lmaydi.

Qo'g'irchoq teatri aktyori boshqa janr aktyorlaridan farq qiluvchi, o'zigaxos tipdir. Boshqalardan farqlanishi uning kasb mahorati, qo'g'irchoq o'ynatilishi bilan chegaralanmaydi. U aynan boshqatipdagi shaxs. Ma'lumki, o'zining san'atini, san'atkorligini, o'z qiyofasini jamiyatga ko'rsatishga intiluvchi shaxs (bu xususiyatning yomon tarafi yo'q, bu har bir artistning haqli istagi) shirma ortida uzoq o'tirolmaydi, zerikadi, o'zini topmaydi. Demak, qo'g'irchoqboz aktyorning asosiy hislatlaridan biri kamsuqumlik, kamtarlikdir. Bunday fazilat, albatta boshqa janr artistlariga ham xos ekanligi shubhasiz, ammo bu fazilatlar drama teatrida va qo'g'irchoq teatrida turli proporsiyalarda yuzaga chiqadi, aks etadi. Qo'g'irchoq teatri aktyori uchun uning o'zi emas, undan tashqaridagi mavjudot, uning ijro quroli -qo'g'irchoq va u bilan bog'liq vaziyat ko'prok ahamiyatga ega bo'lishi diqqatga sazovor. Shu bilan birga qo'g'irchoq teatri aktyoriga xos ko'rinmaslik bilan bog'liq kamtarlikjuda faol, sermazmun mehnat, ijodiy izlanishlarga to'la bo'lishida, bu inson qo'g'irchoq san'atining odamimi, bunda o'zini topganmi, bir so'z bilan aytganda professionalmi yoki yo'qligi ekanligi o'zini ko'rsatadi.

Umuman, aktyorlik san'atining eng teran tavsifi uning organikasi, uning qo'g'irchoqqa hayot bag'ishlashida ne'mat bo'ladi.

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti professori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan yoshlar murabbiysi M.Ashurova Ko'g'irchoq teatri aktyori haqda shunday degan edi: "Ko'g'irchoq teatri aktyori uchun eng zarur bo'lgan yo'nalish, bu uning qo'l harakatchanligidir. Haqiqat-dan ham inson xatti-harakatining eng faol ijrochisi bo'lgan qo'l qo'g'irchoq teatrida o'zining mo'jiza-korligi, sehrgarlik kuchini

I icclT^^^^H 72 http://oac.dsmi-qf.uz

yanada yaqqol namoyon qiladi. Dramaturg asaridagi qiyofalar musavvir va qo'g'irchoq ustasining ijodiy ko'magida dunyoga kelgan qahramonlar, qo'g'irchoq teatri aktyori qo'li bilan jonlanib, mantiqli, maqsadli xatti-harakatga moyil qilinadi. Bu o'z o'rnida qo'g'irchoq teatri aktyoridan qo'llarning naqadar harakatchan, chiniq-qan, chidamli bo'lishini taqozo etadi, shuningdek u qo'g'irchoqlarni katta mahorat bilan boshqarib, turli mantiqli xatti-harakatlar sodir qilish bilan birga qo'l yalang'och holda, qo'lqopli holatda yeki dumaloqcha kiygan holatida turli harakatlarni amalga oshirib, turfa obrazlar yaratadi va boy imkoniyatlarini namoyon etadi. Demak qo'g'irchoq teatri aktyorining qo'l harakatchanligi cheksiz imkoniyatlarga ega bo'lishi kerak".3

Qo'g'irchoq teatri aktyorining qo'llari uning asab torlari va jismoniy energiyasini qo'g'irchoqning plastik xatti-harakatlariga aylantruvchi, shur va sissiyotlarni yorituvchi o'ziga xos vositasidir. Barmoqlarning harakatlari, bilaklarning turli mashqlari, yoki gapit yoki vagani boshqarishda barmoqlarning salgina nozik harakati tufayli qo'g'irchoq spektakli personajining emotsional xolatida o'zgarishlar yuz beradi.

Teatrning asosiy maqsadi o'z tomoshabinini yaxshilikka chorlash, madaniyati, ma'naviyati va dunyoqarashini kengaytirish hamda bir olam zavqu, shavq taqdim etishdir. Yuksak baho berguchi bu albatta tomoshabindir. Tomoshabinning dunyo qarashini kengaytirish san'at ahlining vazifasidir. Teatr va tomoshabinni ikki ajralmas unsurga qiyos qilsak bo'ladi. Chunki tomoshabin bo'lmasa teatrning mavjud bo'lishi va qo'g'irchoq aktyori mutaxassisligi ham so'roq ostida qoladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Qodirov M., Qodirova S. Qo'g'irchoq teatri tarixi. - T.J Talqin, 2006

2. Ashurova M. Qo'g'irchoq teatri san'atining aktyorlik maktabi T., 2007

3. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

4. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

5. Boma6oeBa, Y. (2021). Byna^aK aKTepnapHH TapSnanamga negarorHK eHgarnyBnap. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

6. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

7. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

3 AmypoBa M. KympnoK; TeaTpu caHbaTHHUHr aKTep^HK MaKTaÖH T., 2007

LMÜ^H 73

8. Хатамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

9. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хаётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

10. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САХНАВИЙ НУТКНИНГ АХДМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

11. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

12. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).

13. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

14. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

15. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

16. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

17. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

18. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

19. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

20. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

21. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

22. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

23. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

24. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

25. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

26. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. HHTepHayKa, (19-4), 55-56.

27. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

28. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

29. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

30. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

31. BonTa6oeBa, Y., & ^ex^OHOB, p. (2021). X,aeTHHnHK Ba xaKKOHHHHHK gpaMaTHK acap, pe^ccypa, aKTepnHK Maxpparn acocn. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

32. ^exKOHOB, P. (2020). COF.TOM AB-TOA-TAPHH fflAKn.TAHTHPHffl^A XA.TK YHKHHAPH BA AHLAHA.TAPHHHHr TYTrAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

33. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

34. MaganneB, A. (2021). HO^AB^AT K^HPTOK TEATP-TAPH^A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.nAPH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

35. MaganneB, A. (2021). KYfhPhOK Tearpn aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHH^TnapH. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

36. MaganneB, A. (2021). KyfhPhok Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

37. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

38. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHC.TABCKHH TAL^HMOTH^A AKTEPHHHr CAXHABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

I icclT^^^^H http://oac.dsmi-qf.uz

39. HyngarneB, K. (2021). PE^HCCYPA BA AKTEP.HHK MA^OPATH OAHHAPHHH HHABApHOH Y^HTHm. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

40. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

41. Fo^ypoBa, E. (2020). AKTEPHHHr HYT^HHH TAKOMH^^AmTHPHm^A HHHOBApHOH TEXHO^OrH^^APHHHr A^AMH^TH. Oriental Art and Culture, (V).

42. nynaTOB, P. (2020). «MHP3O Y.HYFEEK» TPArE^H^CHHHHr ^PATHHHmH TAPHXH. Oriental Art and Culture, (V).

43. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.