YOZMA DRAMATURGIYAGA ASOSLANGAN QO'G'IRCHOQ TEATRIDA
AKTYORNING O'RNI
Madaliyev Abdurashid Raximberdiyevich O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotasiya: Ushbu maqolada yozma dramaturgiyaga asoslangan qo'g'irchoq teatrida aktyorning dastavval o'z yo'lini topib olguniga qadar, an'anaviy tomosha teatri an'analariga tayanib ish ko'rishish. Jamoa rahbari va yosh aktyorlar qo'g'irchoq teatri avvalo xalqqa xizmat qilishi kerak ekanligini degan g'oyani ilgari surdi. Ammo yangi teatrda bunga qanday erishish mumkinligi barchani birday o'ylantirardi. An'anaviy teatrning boy imkoniyatlari, xalq donishmandligi, uning keng masshtabliligini katta maydondan kichik teatrga qanday ko'chirish mumkinligi jamoa oldida turgan dolzarb masalalarini izlanishlar, qo'g'irchoq teatri aktyorligidagi hozirgi kunda shart-sharoitlar muammo va kamchiliklar ularni qay tarzda hal etish va spektakllarning badiiy jihatdan to'laqonliligini oshirish bo'yicha uzluksiz ishlar amalga oshirish, o'zini o'zi boshqarishi, raqobatbardoshililigini oshirish, yozma dramaturgiyaga teatrni hozirgi zamon ila hamnafas qilish uchun nimalar qilish kerak ekanligi haqida batafsil hikoya qilinadi.
Kalit so'zlar: Yozma dramaturgiyaga,obraz ustida, qo'g'irchoq yasash, an'anaviy tomosha, qo'g'irchoqboz, professional teatr, an'anaviy qo'g'irchoq teatri, qahramonlar, professional qo'g'irchoq teatri, masxaraboz, korfarmon "Chodir jamol", professional ijro, san'at, tajriba, maktab, muvaffaqiyat, tomoshabin, qahramon, milliy repertuar, an'anaviy ijrochilik, an'anaviy teatr, milliy dramaturgiya, aktyorlar ansambli.
THE ROLE OF THE ACTOR IN THE PUPPET THEATER BASED ON
WRITTEN DRAMA
Madaliyev Abdurashid Raximberdiyevich Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: In this article, a puppet show based on written drama is based on traditional theatrical traditions until the actor first finds his way. The team leader and the young actors put forward the idea that the puppet theater should serve the people first. But in the new theater, everyone was wondering how to achieve this. The rich potential of traditional theater, the wisdom of the people, how to move its large-scale from a large area to a small theater, the current issues facing the team, the current conditions of puppet theater, the problems and shortcomings, how to solve them and
continuous work on improving the artistic completeness of performances, self-governance, increasing competitiveness, written drama will tell in detail what needs to be done to keep the theater in tune with the modern world.
Keywords: Written dramaturgy, on image, puppetry, traditional spectacle, puppet, professional theater, traditional puppet theater, heroes, professional puppet theater, clown, employer "Tent Jamol", professional performance, art, experience, school, success, spectator, hero, national repertoire, traditional performance, traditional theater, national drama, ensemble of actors.
Yozma dramaturgiyaga asoslangan, bino ichida ish ko'ruvchi yangi uslubdagi o'zbek qo'g'irchoq teatri zamonaviy teatr san'atining boshqa turlariga qaraganda nisbatan kechroq rivojlandi.
1928 yilga kelibgina professional turdagi qo'g'irchoq teatri jamoasi yuzaga kela boshladi. Unda xalq qo'g'irchoqbozlaridan Po'latjon Doniyorov va shu san'atga ixlos qo'ygan qator ijodkorlardan Nurxon Eshmuhamedov, Hamidulla Abdullaev, Mahamatjon Soliyev va Olim Halimtoyevlar faoliyat yuritishdi. Karton, latta va yelimdan qo'g'irchoq yasash hamda yozma pyesa asosida ishlashga o'tildi.
Jamoa spektakllarni namoyish etishda an'anaviy qo'g'irchoq teatri yo'lidan borgani tufayli muvaffaqiyatga erishdi. Ilk sahna asarlari maktab, bolalar uyi va Chorsu, Eski Juva, Beshyog'och maydonlarida ijro etildi.
Yozma dramaturgiyaga asoslangan teatr dastavval o'z yo'lini topib olguniga qadar, an'anaviy tomosha teatri an'analariga tayanib ish ko'rdi. Jamoa rahbari va yosh aktyorlar qo'g'irchoq teatri avvalo xalqqa xizmat qilishi kerak, degan g'oyani ilgari surdi. Ammo yangi teatrda bunga qanday erishish mumkinligi barchani birday o'ylantirardi.
Avvaliga ilk spektakllarni sahnalashtirishda dramatik teatrga taqlid qilindi. An'anaviy teatrning boy imkoniyatlari, xalq donishmandligi, uning keng masshtabliligini katta maydondan kichik teatrga qanday ko'chirish mumkinligi jamoa oldida turgan dolzarb masalalardan biri edi.
Muammo chindan ham mushkul bo'lib, to'g'ri qaror chiqarishni talab etardi. Sababi, so'z teatrning badiiy-g'oyaviy yo'nalishini aniqlash, uning poydevorini qurish to'g'risida borardi. Poydevor qanchalik pishiq va mustahkam bo'lsa, binoning yuqori qavati ham chidamli bo'ladi. Shuningdek, teatr boshidanoq o'z yo'li, maqsadi, vazifasi hamda ustuvor yo'nalishini aniq belgilab olmasa, kelajak avlod o'z oldidagi vazifani to'liq ado eta olmaydi. Agar bunda boshidanoq xatoga yo'l qo'yilsa, bu teatr uzoqqa bormaydi. Mazkur haqiqat tarixda ko'p bor o'z isbotini topgan.
To'g'ri, jamoa bor imkoniyatlardan foydalanib, an'anaviy tomoshaning shaklini shundoqqina ko'chirib olishi ham mumkin edi, biroq tanganing ikki tomoni bo'lganidek, o'sha vaqtlarda an'anaviy teatrni tushunmaydigan, uni eskilik sarqiti deb
baholaydigan tomoshabinlar buni qabul qila olmagan bo'lardi. Shunda ham P.Doniyorov jamoasi qo'g'irchoqbozlikning an'anaviy turini saqlab qolishga, uning hayotbaxsh unsurlarini, tomoshaviylik qudratini yangi teatrga olib kirishga va zamon bilan bog'lashga urindi.
Bundan tashqari, yangi uslubdagi professional qo'g'irchoq teatrining shakllanishida 1937 yilda Moskvada bo'lib o'tgan o'zbek san'ati dekadasi va unda ishtirok etgan xalq qo'g'irchoqbozlarining san'ati muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Shu o'rinda tanqidchilar M.Qodirov va S.Qodirovalar ijrochilik masalasiga to'xtalarkan, haqqoniy bir savolni o'rtaga tashlaydi va unga asosli ravishda javob qaytaradi. "Bir umr og'zaki dramaturgiya asosida ishlab kelgan qo'g'irchoqbozlarga "Saltanat" nomli pyesa o'zining qanday xususiyati bilan yoqib qoldi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Bu ptesa "Chodir xayol" teatrida ko'rsatib yurilgan "Sarkardalar" nomli og'zaki pyesa kompozisiyasi obrazlari va motivlaridan foydalangan holda yaratilgan. Xalq qo'g'irchoqbozlarining bu yozma ptesani nisbatan oson va tez o'zlashtirganliklari va katta mahorat bilan namoyish qilganliklarining boisi ana shunda"1.
Demak, bundan shuni xulosa qilish mumkinki, qo'g'irchoq teatri o'z yo'lini topib olguniga qadar an'anaviy teatrning boy imkoniyatlaridan to'liq foydalangan va shu bilan birga professional teatrning yangi ifoda vositalari, ijro uslublari, qo'g'irchoq qahramonlari va spektakllarini yaratishga intilgan.
Shu o'rinda yana bir haqli savol tug'iladi. An'anaviy qo'g'irchoq teatri ijrochisi professional teatr aktyoriga aylangach, nimalarga ega bo'ldi-yu, nimalarni boy berdi?
Ma'lumki, an'anaviy teatrda aktyor (qo'g'irchoqboz)ning o'rni, mavqeyi yuqori darajada bo'lgan. U birvarakayiga uch-to'rt funksiyani bajargan. To'da tarkibidagi sozandaning birortasi kelmay qolsa, aktyor uning o'rnini bemalol to'ldira olgan. Biroq ijrochining o'zi bo'lmasa, butun tomosha yo'qqa chiqqan. An'anaviy qo'g'irchoq teatri aktyori serqirraligi bilan ham professional teatr aktyoridan farqlangan. U qo'g'irchoqning o'zidan tortib, kiyimi, sahna dekorasiyasi, butafor, rekvizitlarigacha o'zi yasab, tayyorlagan. Pyesaning matniga haqli ravishda egalik qila olgan va erkin ijodkor sifatida improvizasiyadan to'liq foydalangan.
Professional teatr uslubi aktyorni ko'plab majburiyatlardan xalos qildi. Ya'ni aktyor endi faqat o'z kasbi bilan shug'ullanish huquqiga ega bo'ldi. Dekorasiya, butafor, rekvizit bilan bog'liq masalalarga ssenograf, tomoshaning umumiy atmosferasiga rejissor, pyesa matniga dramaturg, qo'g'irchoq yasashga qo'g'irchoq ustasi, musiqa bilan bog'liq qismiga bastakor, qo'shimcha ifoda vositalari uchun texnik, chiroqchi va boshqa xodimlar javobgar bo'lishdi. Bir so'z bilan aytganda, hamma o'z ishi bilan shug'ullanishni boshladi. Professionallikni asl mohiyati va talabi ham shu edi, aslida. Biroq an'anaviy qo'g'irchoq teatri aktyorining chegara
1 Yma MaHÖa. 115-116-6.
I icclT^^^^H 22 http://oac.dsmi-qf.uz
bilmas imkoniyatlari qisqartirilgan professional teatrda u bo'g'ila boshladi. Yozma dramaturgiya, usti yopiq tomosha zali hamda hukmfarmon rejissor aktyorni ma'lum bir qolipga moslashtirishga majbur qilgandek edi, go'yo. Soatlab cho'zilgan repetitsiyalar, har bir obraz, matndagi replikalar va harakatlar ustida ishlash, partnyorlar bilan muloqot o'rnatish professional teatr tartibiga aylangandi. Bu erda ijrochi dramaturg tomonidan yozilgan so'zlarni aniq, ravon, xuddi matnda yozilganidek ijro etishi, o'zidan so'z qo'shmasligi va rejissor belgilab bergan umumiy xatti-harakat chizig'iga putur yetkazmasligi kerak edi.
Dramatik teatr talabi kabi qo'g'irchoq teatrida ham Stanislavskiy sistemasida ish ko'rish, Obrazsov ta'limotini qo'g'irchoq teatriga joriy qilish ishlari asta-sekin yo'lga qo'yila boshlandi.
Ijobiy tomoni shundaki, professional teatrda aktyor o'z roliga chuqurroq kirish, dramatik teatr aktyori kabi rol ustida ishlash, qahramoni xarakteriga mos harakat, ovoz, topilmalarni topishga intilish kuchaydi. U o'z roliga, qo'g'irchog'iga javobgar shaxsga aylandi.
Professional teatr aktyorga qo'g'irchoq bilan ishlash texnikasi, badiiyatini yanada mukammal o'zlashtirish, uning ichiga chuqurroq kirish va bor imkoniyatlarni ishga solishni o'rgatdi. Ya'ni har bir aktyor o'z rolini nazariy jihatdan to'liq anglab, imkoniyatlari darajasida foydalana boshladi. Qo'g'irchoqning maqsad, vazifasi va asardagi umumiy liniyasini puxtaroq o'rganish, obrazning xarakter xususiyatlarini tahlil qilish bilan bog'liq masalalar o'rtaga tashlandi. Qahramonning o'zi kim, nima uchun asarga kiritilgan, uning maqsad va vazifasi nimadan iborat kabi savollarga javob izlashga urinish har bir asarni sahnalashtirishdan oldingi tabiiy jarayonga aylandi. Bunda umumiy yaxlit jarayonni mayda-mayda bo'laklarga bo'lib o'rganish, qo'g'irchoq qahramonning ichki ruhiyati, qalbi, tuyg'ularini aks ettirishga bo'lgan urinish ustuvor ahamiyat kasb etdi.
Keng maydon, o'ziga xon va tomoshabinning har bir nafasi, kulgusi, bahosini yaqin-yaqindan his qilib turishga odatlangan qo'g'irchoqbozlarning ko'pi dastavval "qattiq tartib"ga ko'nika olmadi. Shu tufayli ham professional teatrda ancha yillarga qadar professional teatr talabi, uning ob-havosini tushunadigan, qo'g'irchoq sahnasi qonuniyatlaridan xabardor aktyorlar tarkibini shakllantirish qiyin kechdi. Biroq shunisi ham muhimki, professional teatr aktyori o'z roligagina javobgar shaxsga aylanib, faol ijtimoiy pozisiyasini ham yo'qotgandek bo'ldi, nazarimizda. Bu esa undagi xalqchillik, tomoshaviylik va improvizasiyadagi erkinlik tamoyillarining xiralashishiga sabab bo'ldi.
An'anaviy qo'g'irchoq san'ati ijrochiligi professional sahnaga ko'chgach, qator xususiyatlarini ham yo'qotdi. Birinchidan, o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatrining auditoriyasi yosh jihatdan chegaralanmagan bo'lib, katta-yu kichikka birday xizmat qilgan. Professional teatr esa ijodining ilk bosqichlaridan asosan kichik yoshdagi
tomoshabinlarning xohish-istaklariga qarab moslashishga harakat qildi. Natijada, teatr an'anaviy qo'g'irchoq san'ati kabi jamiyatning barcha vakillarini qiziqish va ehtiyojlarini birday qamrab ololmadi.
Ikkinchidan, an'anaviy qo'g'irchoq teatri muqim milliy qahramonlari - Polvon Kachal, Bichaxonlarga ega bo'lib, bu qahramonlar asrlar mobaynida xalqning orzu-umidlari, armonlarini o'zida aks ettirib kelgan. Ular xalq orasidan chiqqan tipik vakillar sifatida jamiyatdagi barcha illatlarni fosh qilgan, yovuzlik, adolatsizlik va zo'ravonlikka qarshi kurashgan. Shu tufayli oddiy xalq bu qahramonlarni sevgan, o'zinikiday qabul qilgan.
Polvon Kachal shaxs ozodligi, tenligi uchun kurashadi, chin oshiq bo'lib sevadi, sevgilisi Bichaxonga uylanadi, farzandining dunyoga kelishidan quvonadi. Shu kabi voqeliklar asnosiga qurilgan Polvon Kachalning turli sarguzashtlari har bir tomoshabinning boshidan o'tgan va xalqning qadrdon qahramoniga aylantirgan. Polvon Kachalning do'sti bu - xalqning do'sti, dushmani esa xalqning dushmani sifatida qabul qilingan. Shuningdek, Polvon Kachalning qochirimli iboralari, xalqona aytimlari tomoshabinlar ichida mashhur bo'lib, xalqning sevimli so'zlari, qo'shiqlariga aylangan. Professional qo'g'irchoq teatri aktyorligida, afsuski, bu kabi milliy qahramonlarning obrazlari gavdalantirilmadi. Boisi, milliy dramaturgiyadagi kemtiklik va yangi san'at turining o'ziga xos xususiyatlari hali to'la anglab etilmagan edi. Yozilgan pyesalarning o'zi esa xalqona soflik, samimiy yumor xususiyatlaridan yiroq bo'lib, unda asosan tashviqot masalalari ustuvor edi. Shu tufayli professional qo'g'irchoq teatri ijrochiligi bir muddat xalq hayotidan uzilib qoldi.
1939 yil Toshkent shahrida rasman Respublika qo'g'irchoq teatri tashkil etilib, o'z faoliyatini boshladi. Truppaning ijodiy o'sishida uning badiiy rahbari Po'latjon Doniyorovning xissasi katta bo'ldi. Boisi qo'g'irchoqboz usta Doniyor Shohsuvorov qo'lida soha sirlarini o'rgangan shogird-o'g'il har ikki teatr ("Chodir jamol" va "Chodir xayol") turi talablarini yaxshi biladigan, an'anaviy teatr ijrochiligining qonuniyatlarini yaxshi tushunadigan ijrochi edi. O'z yo'lini qidirayotgan yangi teatr jamoasida bunday aktyorning faoliyat ko'rsatishi zarur edi. Yig'ma sahnada (shirma) spektakl ijro qilish, yangi teatr muhitiga moslashish va yozma dramaturgiyaga asoslanib ish ko'rishdek murakkab jarayonda maktab ko'rgan, soha injiqliklaridan xabardor bo'lgan aktyorni topish oson emasdi. Qolaversa, endi-endi oyoqqa turayotgan teatr dramaturgiya va rejissurada ham professional kadrlarga muhtojligi yaqqol sezilib turardi. Bunday qiyin sharoitda ijrochidan ham dramaturg, ham rejissor vazifasini bajarish talab etilardi. Shu tufayli Po'lat Doniyorov dastlabki pallada an'anaviy ijrochilik maktabini o'tagan tajribali aktyor sifatida tashabbusni o'z qo'liga oldi.
P.Doniyorov o'zining masxaraboz qo'g'irchog'i bilan qo'g'irchoq estradasiga, konsert dasturiga asos solgan. Uning chiqishlarida badiiy yaxlitlik hamda qo'g'irchoq
teatri san'atining an'anaviy va zamonaviy tamoyillari (elementlari) uyg'unligi sezilib turgan. Aktyorning Polvon Kachalga o'xshash Masxaraboz qo'g'irchog'i o'ziga xos boshlovchi sifatida turli kichik namoyishlarni bir-biriga bog'lab e'lon qilgan va o'rtada o'zi ham ijrochi sifatida oz-ozdan qiziqchilik qilgan.
Bir qarashda bu an'anaviy teatr tomoshasining aynan o'zini eslatadi. Unda ham kichik tomoshalar o'zaro bir-biriga mantiqli tarzda bog'lanib, yaxlit tomoshani tashkil qiladi. Bu ishni odatda korfarmon bajaradi. Bu o'rinda esa P.Doniyorovning Masxaraboz qo'g'irchog'i jonli plandagi aktyor - korfarmonning o'rnini egallaydi. Ya'ni jonli plandagi aktyor vazifasi ham qo'g'irchoq zimmasiga yuklatiladi. An'anaviy qo'g'irchoq teatridagi korfarmon o'rnini yangi teatrda qo'g'irchoq egallaydi.
Qo'g'irchoq teatrining professional yo'nalishdagi ilk bosqichi oson kechmagan. Dastlabki o'n yillik milliy repertuar, aktyorlar ansambli va rejissurani shakllantirishga ketgan. Qizg'in faoliyat davri esa urush yillariga to'g'ri kelgan. Texnik imkoniyatlarning nochorligi, milliy dramaturgiyadagi oqsoqlik qiyinchiliklarni yanada ko'paytirgan. Biroq teatr jamoasi mushkul vaqtlarda ham nafaqat bolalarga, balki kattalarga ham birday quvonch, shodlik va ertangi kunga bo'lgan ishonch tuyg'ularini bag'ishlashda davom etdi. Bu yillarda teatr qirqqa yaqin spektakl va konsertlarni sahnalashtirdi.
O'tgan yillarda yangi teatr muhitini yaratish, teatrning asosiy mavzusini belgilab olish va teatr jamoasini shakllantirish bilan bog'liq masalalarga echim izlandi. Bu davrda qo'g'irchoq o'ynatish texnikasi yanada takomillashtirilib, yangi teatr talablari asta-sekin o'zlashtirib borildi. Bu orada teatrga yosh iste'dodli aktyorlar T.Diyorov, Z.Ishoqova, A.Saidaliyev, M.Rahmatullayeva, V.M.Gryaznova-Shushpanova, N.Zaynutdinovlar kirib keldi.
50-yillarga kelib aktyorlar tarkibida o'zbek va rus ijodiy guruhlari shakllanadi. 60-yillarda ham teatrda qizg'in ish jarayoni davom etadi. O'zbek guruhida aktyorlardan A.Saydaliyev, N.Zaynuddinov, U.Allaqulova, Z.Ishoqova va yosh artist T.Mahramovlar faoliyat ko'rsatadi. Aktyorlarning mahoratini charxlash va tajribasini oshirish maqsadida qator spektakllar sahnalashtiriladi.
Bizningcha, aynan 1960-1970 yillarga kelib professional qo'g'irchoq ijrochiligida sezilarli yutuqlar ko'zga tashlana boshladi. Unga qadar aktyorlar an'anaviy ijrochilik maktabi unsurlaridan keng foydalangan. Albatta bu jarayon 6070 yillarga kelib to'xtab qolgan emas. Undan so'ng ham an'anaviy qo'g'irchoq teatri professional teatr ijrochiligining boy xazinasi bo'lib kelgan. Ammo ijroda mukamallikka intilish, berilgan rolni topilmalar bilan boyitish va qo'g'irchoq boshqarish texnikasini mohirlik bilan egallash mazkur yillarda dadil akyorlik ijrolari misolida namoyon bo'ldi.
Xulosa o'rnida aytish joizki, O'zbekistonda davlat qo'g'irchoq teatrlarining shakllanishi va vujudga kelishida an'anaviy teatr unsurlariga uzoq vaqtga qadar muntazam murojaat qilindi. An'anaviy qo'g'irchoq teatri professional teatrni to o'z yo'lini topib olguniga qadar o'zining ijrochilik va tomoshaviylik an'analari bilan sug'orib turdi, o'z yo'lini mustaqil belgilab olishida boy ijodiy manba bo'lib xizmat qildi. Professional qo'g'irchoq teatri aktyorligi an'anaviy teatr ijrochiligi negizida shakllandi. Uning hayotiylik prinsipi, tomoshabop xususiyatidan quvvat oldi va o'zining mukamallik darajasiga erishdi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.
2. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.
3. Болтабоева, У. (2021). Булажак актёрларни тарбиялашда педагогик ёндашувлар. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.
4. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.
5. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.
6. Хдтамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.
7. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Х,аётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
8. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУДЛАРИДА САДНАВИЙ НУТКНИНГ АХДМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.
9. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
10. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОДИДА. Oriental Art and Culture, (6).
11. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).
12. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.
13. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.
14. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.
15. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).
16. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.
17. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.
18. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.
19. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.
20. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).
21. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.
22. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.
23. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.
24. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. Интернаука, (19-4), 55-56.
25. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).
26. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.
27. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.
28. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.
29. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хдётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.
30. Дехдонов, Р. (2020). СОГЛОМ АВЛОДЛАРНИ ШАКЛЛАНТИРИШДА ХАЛК УЙИНЛАРИ ВА АНЪАНАЛАРИНИНГ ТУТГАН УРНИ. Oriental Art and Culture, (V).
31. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.
32. Мадалиев, А. (2021). НОДАВЛАТ КУТИРЧОК ТЕАТРЛАРИДА АКТЁРЛИК САНЪАТИ МАСАЛАЛАРИ. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.
33. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри актёрининг пластик имкониятлари. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.
34. Мадалиев, А. (2021). Кугирчо; театри тарихига назар. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.
35. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).
36. Умарова, Х., & Курбонов, М. (2021). КС СТAНИСЛAВСКИЙ ТAЪЛИМОТИДA A^^m^ СAХНAВИЙ ТAРБИЯСИ. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.
37. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.
38. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.
39. Гофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).
40. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУГБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).
41. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).