Научная статья на тему 'O’ZBEK AN’ANAVIY QO’G’IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOSLIKLARI'

O’ZBEK AN’ANAVIY QO’G’IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOSLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
866
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masxaraboz / aktyor / obraz ustida / qo’g’irchoq yasash / sohadagi izlanishlar / “Risolai qo’g’irchoq” / qo’g’irchoqboz / chodir / zamonaviy qahramonlar / professionallik / ijodiy uslub / to’y-tomosha / rang-baranglik / repertuar / professional ijro / san’at / ruhiy-ma’naviy tajriba / maktab / muvaffaqiyat / og’zaki dramaturgiya / tomoshabin / qahramon.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — B.Mamatqulov

Ushbu maqolada boy tarixga ega o’zbek an’anaviy qo’g’irchoq teatrida ijrochilik san’atining o’ziga xosliklari, sohadagi izlanishlar, qo’g’irchoq teatri aktyorligi sohasidagi shart-sharoitlar, spektakllarning badiiy jihatdan to’laqonliligini oshirish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar, qo’g’irchoq teatri ijrochilarining ijodiy yo’li, ruhiy-ma’naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida, soha raqobatbardoshililigini oshirish va teatrni hozirgi zamon bilan hamnafas bo’lishi uchun nimalar qilish kerak ekanligi haqida batafsil hikoya qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK AN’ANAVIY QO’G’IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN’ATINING O’ZIGA XOSLIKLARI»

O'ZBEK AN'ANAVIY QO'G'IRCHOQ TEATRIDA IJROCHILIK SAN'ATINING O'ZIGA XOSLIKLARI

B.Mamatqulov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Ushbu maqolada boy tarixga ega o'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatrida ijrochilik san'atining o'ziga xosliklari, sohadagi izlanishlar, qo'g'irchoq teatri aktyorligi sohasidagi shart-sharoitlar, spektakllarning badiiy jihatdan to'laqonliligini oshirish bo'yicha amalga oshirilgan ishlar, qo'g'irchoq teatri ijrochilarining ijodiy yo'li, ruhiy-ma'naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida, soha raqobatbardoshililigini oshirish va teatrni hozirgi zamon bilan hamnafas bo'lishi uchun nimalar qilish kerak ekanligi haqida batafsil hikoya qilinadi.

Kalit so'zlar: Masxaraboz, aktyor, obraz ustida, qo'g'irchoq yasash, sohadagi izlanishlar, "Risolai qo'g'irchoq", qo'g'irchoqboz, chodir, zamonaviy qahramonlar, professionallik, ijodiy uslub, to'y-tomosha, rang-baranglik, repertuar, professional ijro, san'at, ruhiy-ma'naviy tajriba, maktab, muvaffaqiyat, og'zaki dramaturgiya, tomoshabin, qahramon.

CHARACTERISTICS OF PERFORMING ART IN UZBEK TRADITIONAL

PUPPET THEATER

B.Mamatqulov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article discusses in detail the peculiarities of the performing arts in the Uzbek traditional puppet theater, which has a rich history, research in the field, the conditions in the field of puppet theater acting, the work done to improve the artistic completeness of performances, the creative path of puppet theater performers, the spiritual world and the experiences of the soul, to increase the competitiveness of the industry and what needs to be done to keep the theater up to date.

Keywords: Clown, actor, on the image, puppetry, field research, "Puppetry guide", puppet performer, tent, modern heroes, professionalism, creative style, wedding spectacle, color- diversity, repertoire, professional performance, art, psychospiritual experience, school, success, oral dramaturgy, audience, hero.

Qo'g'irchoq teatri kecha yoki bugun paydo bo'lgan san'at turi emas. Uning tarixi bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. U o'zining murakkab rivojlanish yo'lida ulkan voqeliklarga guvoh bo'ldi. O'tgan har bir davr uning taraqqiyotida o'z

I icclT^^^^H 139 http://oac.dsmi-qf.uz/

muhrini qoldirdi. Bu tabiiy, har qanday teatr turi - bu davr mahsuli. Davr qaysi mafkura, qaysi g'oyani ilgari sursa san'atda ham shu aks ettiriladi, nimaniki qoralasa, undan voz kechishga undaladi. Biroq barcha zamonlarda qo'g'irchoq teatri o'zining xalqchil ruhini, mo''jizaviy qudratini va tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotgani yo'q. U hamisha o'zida katta masshtabdagi voqeliklar, umuminsoniy, falsafiy g'oyalarni mujassam qilishga intilgan.

Qo'g'irchoq teatri aktyorlari barcha davrlarda o'z san'atini saqlab qolishga, uni tushunmaydigan insonlardan pana tutishga va avlodlarga bor jozibasi bilan etkazishga harakat qilib kelganlar. Masxarabozlar, aktyorlar, xullas tomosha san'atining ijrochilari quvilgan, badarg'a qilingan, ayovsiz jazolangan vaqtlarda qo'g'irchoq teatri ijodkorlari bu og'ir qismatdan omon qoldi. Din peshvolari nazdida yaxshilik, ruhiy-ma'naviy poklik va itoatkorlikka chorlaydigan "Risolai lu'bat" ijrochilarning hayot tumoriga, hozirgi zamon tili bilan aytganda mustaqil faoliyat yuritishga huquq beradigan "lisenziya"siga aylanadi.

"Ulamo qo'g'irchoq o'yinni bir marta ko'rish mumkin, deb fatvo beradi va buni quyidagicha izohlaydi: "Qo'g'irchoq bu teshikdan chiqib bir jilva qilib, ikkinchi teshikka kiradi. Odam ham onadan tug'ilib, dunyoga kelib, olam ichra bir jilva qilib oxiri go'rga kiradi. Shuning uchun bu o'yinni bir marta ko'rsa bo'ladi, ikki marta ko'rib bo'lmaydi. Zeroki, bu - shayton chiqargan o'yin uni ikki marta ko'rgan odam iymonidan ayriladi"1.

Biroq vaqt o'tishi bilan undagi talablarga amal qilinmay, din peshvolari, amaldorlar, davlat rahbarlari o'tkir hajv, tanqid ostiga olingan. Qolaversa, og'zaki dramaturgiyaga asoslangan an'anaviy teatrda belgilangan talablar va qatbiy qonunlarga bo'ysunish hamisha ham oson bo'lmagan. SHu tufayli qo'g'irchoq teatri aktyorlari risolada ta'kidlangan passivlik, tarki dunyo qilish va so'fizmni emas, balki optimistlik, hayotni sevish va undan bahra olish tamoyillarini ilgari surishgan.

Biz yuqorida an'anaviy teatr aktyorining tomoshadagi o'rni xususida to'xtaldik, uning ijrodagi o'ziga xosliklarini belgilashga imkon qadar urinib ko'rdik. Mazkur bobning avvalida esa qo'g'irchoq teatri ijrochilarining ijodiy yo'li, ruhiy-ma'naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida alohida to'xtalib o'tishni joiz topdik. Boisi, bu chindanam ibrat bo'larli, boy tarixga ega va bugungi kun aktyorlari uchun namuna bo'la oladigan katta maktabdir.

Qo'g'irchoqqa jon kiritish bu - san'at. Biroq hamma davrlarda ham bu ijobiy qabul qilinmagan. Biroq o'z yo'lini dadil davom ettirgan qo'g'irchoq teatri o'z sohasida falsafiy, diniy ta'limot unsurlarini birlashtira oldi.

Ma'lumki, "Risolai qo'g'irchoq"da qo'g'irchoq teatrining paydo bo'lishi xususida ajoyib bir rivoyat uchraydi. Unda bu san'at turiga "shayton o'yin", deb ta'rif beriladi. Uning ijrochiligidagi mo''jizani oddiy inson o'z qo'li bilan yarata olishiga

1 Кадыров М. Узбекский традиционный театр кукол. - Т.: 1979. С.67.

Пмта^^Н http://oac.dsmi-qf.uz/

ishonishmaydi. Go'yo bu qudratga faqat sehr-jodu yordamida erishish mumkin. Ammo o'z davrining etuk olimlari bu g'aroyib hodisaga o'zgacha talqinda munosabat bildiradi.

Bu o'rinda mashhur tarixchi, olim Husayn Voiz Koshifiyning qo'g'irchoq teatri o'yini to'g'risidagi fikrlari biz uchun qimmatlidir. "Bir lavh (o'yinchi ma'nosida -M.Q.) hangomasida hozir bo'ldim, boshiga chodir tortib va undan ikki surat (qo'g'irchoq) ko'rsatib o'tirgan shaxsni ko'rdim. U gohi erkak ovozi bilan bir surat tilida javob berar, gohi boshqa surat tilidan qizning ingichka va nozik ovozi bilan javob berardi. Holatini o'zgartmasdan so'zlarini chunon aytardiki, (ikki suratning) har xil ovozda aytilgan savol va javoblarini (bemalol) eshitish mumkin edi... Bu hammasi chodir ichidagi kishining qavlu fe'li (so'zi va harakati) ediki, men bunga mutavajjib bo'ldim. Agar biron kimsa, - deb yozadi fikrlarini davom ettirib, - yaxshi o'ylab ko'rsa biladiki, bu bir necha harakatsiz va bequdrat, tili va qo'li yo'q (qo'g'irchoq), mu'shabid (qo'g'irchoqboz) amali bilan go'yo notiq va mutaharikdir".2

Ko'rinib turibdiki, Koshifiy qo'g'irchoq teatri san'ati tomoshalarini ko'p bor kuzatgan. Uning so'zlariga qarab anglash mumkinki, qo'g'irchoq teatri aktyori va uning harakat va nutq uyg'unligi borasidagi yutuqlari anchayin sezilarli bo'lgan. Qo'g'irchoq xarakteri, jinsi va tashqi ko'rinishiga qarab alohida ovoz ohangi topilgan hamda bu tomoshabinga aniq, tushunarli va badiiy uslubda etkazib berilgan. Qolaversa, Koshifiydek o'z zamonasining ilg'or, ziyoli kishisini hayratga solgan ekan, demakki, o'rta asrlardagi qo'g'irchoq san'ati ijrochiligi haqiqatdan ham yuksak saviyada bo'lgan.

Koshifiydan avval ham, keyin ham an'anaviy shakldagi qo'g'irchoq teatri, uning aktyorligi va tomoshalari haqida yozilgan. Al Farobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Umar Hayom, Nizomiy, SHamsi Tabriziy, Alisher Navoiy, Pahlavon Mahmud asarlarida bu san'at turi xususida aniq to'xtalib o'tilgan, majoziy, falsafiy talqindagi o'xshatishlar qilingan.

Bundan kelib chiqadiki, qo'g'irchoq teatri san'ati o'sha davrlarda ham tomosha san'ati turlarining ommabop, xalqchil va badiiy yuksak janri sifatida faoliyat olib borgan. YAna shunisi e'tiborliki, bu davrdagi an'anaviy qo'g'irchoq teatri haqida so'z borganida tadqiqotchilarning aksariyati uning ijodiy funksiyasini falsafiy, tasavvufiy yo'nalishda talqin qilganliklariga guvoh bo'lamiz. YA'ni butun dunyo, undagi barcha jonzotlar, insonlar qo'g'irchoqboz - yaratgan oldida boshqariladigan qo'g'irchoqlardir. Bunda qo'g'irchoq san'atining shakli, uning umumiy ijrochiligi nazarda tutilgan. YAnada aniqroq aytadigan bo'lsak, qo'g'irchoq o'yinining texnikasi, boshqarish uslubi tilga olingan.

2 KpgnpoB M., KpgnpoBa C. ^yrnpHOK Teaipu Tapuxu. - T.: Ta^HH, 2006. 90-6.

141

Bunday qarashlar birgina Sharqda emas, balki eng qadimgi davrlarda Evropa faylasuflarining asarlarida ham uchraydi. Masalan, buyuk olim Aristotelbning aytishicha: "Inson bu xudolar (Olimp) harakatga keltiradigan marionetka". YUnon tarixchisi Ksenofontning ta'kidlashicha, afmalik Kaliasa bazmida Suqrot qo'g'irchoq tomoshasi evaziga boshqa tomosha turini ko'rishni xohlagan ekan. Bu tarixiy voqea, -deydi mashhur aktyor, - bizning kasbimiz sha'niga tegsa ham, ammo qo'g'irchoq teatrlari o'sha davrlarda ham ommabop bo'lganligini isbotlaydi.

Qadimiy Rimda ham qo'g'irchoq teatri ommabop bo'lganligini yana bir hodisa isbotlaydi. O'sha davrlarda Yuliy Sezar qo'g'irchoqbozlarga nutq janri bilan foydalanishni ta'qiqlashga majbur bo'lgan ekan. Balki ular Sezarning sha'niga tegadigan so'zlar ishlatgandir"3.

Demokratik ruhning ustuvorligi nafaqat G'arb, balki Sharq an'anaviy qo'g'irchoq teatri uchun ham taalluqli bo'lgan. O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatrida ham ayrim nokas kimsalarni dodini berish, ularning nomaqbul ishlarini taftish qilish va kezi kelganda qo'g'irchoqlar yordamida jazolash vazifasini o'z o'rnida ado etgan. U o'z navbatida tarbiya, axloq masalalarida jamiyatni tartibga chaqirib turgani hech kimga sir emas. Qo'g'irchoqbozlar esa tengsiz ijrochilar bo'lishi bilan birga targ'ibotchilik faoliyati bilan ham shug'ullanganlar.

Qo'g'irchoqbozlar xalqning ma'naviy, axloqiy va ruhiy dunyoqarashida muhim rol o'ynagan. Ma'naviy ahamiyati insonlarning ichki dunyosini boyitish va fikrlashga o'rgatishda namoyon bo'lsa, axloqiy tamoyili jamiyatning illatlarini fosh qilish, o'ziga ko'rsatish va buni qo'g'irchoqlar misolida bartaraf etishda, ruhiy jihati esa inson qalbini g'uborlardan tozalash, ichki ruhini oziqlantirish, mushkul damlarda xalq dardiga malham bo'lish, uning yaxshi-yomon kunlarida birga bo'lishda ko'rinadi.

Xalqning yaxshi kuni bu uning sayl, to'y-tomosha va bayramlaridir. YOmon kuni esa biror g'am-tashvish, dard ustida azob chekishida ko'rinadi. Manbalarda ko'rsatilishicha, ayrim befarzand oilalar qo'g'irchoqbozlarni bolalar bilan birga o'z uylariga taklif qilisharkan. Tomosha qo'yilib, bolalar kulgusi bilan to'lgan uy xonadon egalarining ko'nglini yoritib, dardlarini bir zumga bo'lsa-da unutishga yordam berarkan. Tomosha tugagach qo'g'irchoqbozlar uy egalarini duo qilib, yaxshi niyatlarini bildirisharkan. Agar qo'g'irchoqbozlarning duolari o'ngidan kelib, ushbu xonadonda farzand dunyoga kelsa, qaerdan bo'lsa ham o'sha qo'g'irchoqbozni topib, unga bosh-oyoq sarpo, sovg'a-salom hadya qilisharkan.

Kamdan-kam soha vakillari xalq orasida bunday hurmat va e'tiborga sazovor bo'lishi mumkin. Avvalo kimning duosi o'tishi yolg'iz tangriga ayon. Biroq oddiy xalq qo'g'irchoqbozlarning halol mehnati, toza qalbi va quvonch ulashuvchi qo'g'irchoqlariga chin qalbdan ishonib, ixlos qo'ygan va aslida kimning niyati ijobat bo'lishi mumkinligini juda yaxshi bilgan.

3 Икромов X,. "Кугирчок; театрининг илк кадамлари". "Давр ва театр". - Т.: Уз.М.Э., 2009. 8-бет. Пмта^^Н ^^ http://oac.dsmi-qf.uz/

Barcha davrlarda ham qo'g'irchoq aktyorlariga bunday e'zoz, ehtirom ko'rsatilmagan, albatta. Bu soha egalari mashaqqatlarni hokisorlik, irodalilik, va sabr-matonat bilan engib o'tishgan. Bu xuddi masxarabozlik san'atini eslatadi. Quvonch ulashasanu, lekin qayg'ungni hech kimga ko'rsatmaysan, ayniqsa, tomoshabinga.

Tomoshabin masalasidagi talabchanlik o'gitlari ustozdan shogirdga o'rgatib kelingan. Har qanday vaziyatda teatr jamoasi xalqning yaxshi-yomon kunlarida birday xizmat qilishi lozimligi alohida uqtirib kelingan.

Qo'g'irchoqboz o'z ishiga katta mas'uliyat va kuchli e'tiqod bilan yondashgan. O'z kasbining muqaddas, ilohiy qudratiga ishongan. Shu tufayli har qanday og'ir vaziyatda ham kasbiga xiyonat qilmagan.

Qo'g'irchoqbozlar sayyor aktyorlar kabi uyma-uy, qishloqma-qishloq, davlatma-davlat kezib yurishgan. Ba'zi ijodiy safarlar yillarga ulangan. M.F.Gavrilovning yozishicha, bu safarlar uzoq yillar davom etgan. Bunday safarlardan biri qo'g'irchoqboz Yo'ldosh Tursunboyev ijodida 28 yilgacha (18981926 yillar) cho'zilgan. Odatda bunday uzoq safarlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rilgan. Shirma yangilangan, qo'g'irchoqlar qayta tiklangan, musiqa asboblari qayta sozlangan.

Safarlarga o'z sohasida ma'lum yutuq, tajriba va mahoratga ega, bir necha tillarda so'zlasha oladigan, hurmat va e'tiborga sazovor bo'lgan o'z sohasining bilimdoni yo'l olgan. Bunday safarlarda qo'g'irchoqboz boshqa yurtlarning hayoti, turmush tarzi, an'ana va urf-odatlarini yaqindan o'rgangan. Bu uning dunyoqarashi, fikrlashining yanada boyishiga, dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalardan xabardor bo'lishiga turtki bergan. Qolaversa, bu millatlar orasidagi o'zaro hamkorlik, do'stlik aloqalarini mustahkamlashda muhim o'rin egallagan.

Shu haqida tojik an'anaviy xalq tomoshasining tadqiqotchisi N.X.Nurjonov shunday yozadi. "O'zbek va tojik artistlarining o'rtasida samimiy do'slik va o'zaro hurmat bo'lib, har bir mamlakat vakili safarlar chog'ida o'z yurtiga taklif etardi. Ba'zan o'zbek va tojik artistlari birgalikda davraga chiqar, yangi yil, to'y-xasham va bayramlarni birgalikda o'tkazishardi"4.

O'zbek qo'g'irchoqbozlari tojik tilida bemalol so'zlasha olganidek, tojik aktyorlari ham o'zbek tilida tomoshalar ko'rsatgan. Tadqiqotchi M.Qodirovning guvohlik berishicha, o'zbek mahallalari yonida tojik mahallalari ham bo'lgan. Shu tufayli har ikki millat vakillarining tili, urf-odati va hayot tarzi bir-biriga uyg'unlashib ketgan.

O'zbek qo'g'irchoqbozlari serqirra aktyorlar bo'lib, sozandalik mahoratida ham tengsiz bo'lganlar. Qo'g'irchoqbozlar risolasi talabiga ko'ra, har bir qo'g'irchoq ijrochisi doira, nog'ora, karnay, surnay sozlarida musiqa chalishni yaxshi bilishlari kerak bo'lgan. Ayniqsa, surnay qo'g'irchoq tomoshasida asosiy rolni o'ynagan.

4 Кадыров М. Узбекский традиционный театр кукол. - Т.: 1979. С.96.

Пмта^^Н 143 http://oac.dsmi-qf.uz/

Qo'g'irchoqboz surnayda kuy chalishni mukammal darajada o'zlashtirishi talab etilgan. Shu sababdan ko'plab qo'g'irchoq aktyorlari "mehtar", ya'ni "mohir surnaychi" nomini olgan.

Bundan tashqari, ko'pgina qo'g'irchoqbozlarning nayrang, muqallid kabi san'at turlaridan xabari bo'lgan. M.F.Gavrilovning ma'lumotlariga ko'ra, o'z davrida taniqli bo'lgan nayrangboz Egamberdi Karimboev qo'g'irchoq aktyori Tursunboyning yaqin hamkori va shogirdi bo'lgan. Tursunboy ko'pincha Egamberdi bilan rol almashib turgan, ikkisi ham goh nayrangda, goh qo'g'irchoq o'yinida mahoratini namoyish qila olgan. Shunday qo'g'irchoqbozlardan biri asli marg'ilonlik bo'lib, Toshkentda o'rnashib qolgan taniqli ustazoda qo'g'irchoqboz Tursunboy Abdujabborov (1838-1898)dir. U qo'g'irchoq o'yinidan tashqari nayrang san'atini ham yaxshi bilgan. Uning qo'g'irchoq tomoshasi bilan Egamberdi Karimboev kabi nayrangbozlarning tomoshasi birgalikda o'ynalib, bitta yaxlit kompozisiyani tashkil etgan.

Muqallidlik san'atiga to'xtaladigan bo'lsak, tanqidchilarimizning ko'pchiligi, hatto Evropa olimlari ham qo'g'irchoq teatri san'atining ildizlari muqallidlik, ya'ni o'xshatish san'atiga borib taqalishini isbotlaganlar. Qadimgi diniy qarashlarga ko'ra marhumlarni eslash marosimi o'tkazilgan va unda maxsus niqob kiygan shartli ijrochi marhumning so'zlari, xatti-harakatlariga taqlid qilib, uni yodga soluvchi dialoglar, harakatlarni bajargan. Bu xuddi ikki kishilik parchaning namoyishi kabi dialoglardan iborat o'ziga xos kichik tomoshani hosil qilgan.

Vaqt o'tib marhum qiyofasini gavdalantirish marosimi o'zining vazifasi va mazmunidan uzoqlashdi. Faqat o'sha shakliy xususiyatini saqlab qoldi, xolos. Niqoblar iste'dodli masxarabozlar qo'liga tushib, marosim kichik tomoshalarga aylandi.

Niqoblar masxarabozlarning obraz yaratishdagi asosiy quroli bo'lib, arablar bosqiniga qadar Markaziy Osiyoda keng tarqalgan. Keyinchalik sovet davrida ham masxarabozlarning niqob tomoshalari ommalashib ketadi. Masxarabozlar Q.Mo'minov, K.Bobojonov, Y.Qurbonniyozovlar o'z ijrolarida niqoblar tomoshasidan keng foydalangan.

Qo'g'irchoq o'ynatish san'ati ham o'xshatish san'atining o'ziga xos ko'rinishidir. Boisi ijrochilar har ikkisida ham qaysidir jonzot, inson qiyofasini jonlantirishga urinishadi. Biri niqob, ikkinchisi esa qo'g'irchoq vositasi orqali. SHu tufayli ayrim xususiyatlari bilan masxarabozlik san'ati qo'g'irchoq san'atiga yaqin turadi. Tanqidchi M.Qodirov har ikki san'at turlarining o'xshash jihatlarini sanab o'tadi. Bular shartlilik, badihago'ylik, kulgililik, qarama-qarshilik, ekssentrika va tomoshaviylik.

Nega yuqorida qo'g'irchoqbozlar muqallidlik san'atidan ham yaxshi xabardor edilar, deganimizning sababi shunda. Har ikki san'at turining o'xshash jihatlari,

tarixiy ildizlarining birligi va ularning bir-biri bilan uyg'unligi ushbu san'at egalarining tomoshalarida ham aks etgan.

Ko'plab masxarabozlarning tomoshalarida qo'g'irchoq obrazi etakchi o'rinni egallaydi. An'anaviy teatrda "Shingulmurod", "Yog'och polvon", "Podachi", "Cho'pon", "Chopon bola", "Mayramxon", "Qimorbozlik" kabi masxarabozlarning sahna ko'rinishlarida qo'g'irchoqlar bosh qahramon sifatida gavdalangan. Bunday tomoshalarda masxaraboz o'z rolini o'ynash bilan birga qo'g'irchoqni ham jonlantirgan. Bunda konflikt jonli odam bilan qo'g'irchoq o'rtasida qurilib, ular o'zaro muloqot qilishgan, bahslashgan, talashgan, tortishgan va oxirida yana murosaga kelishgan. Masalan, mashhur qiziqchi Aka Buxor Zokirovning "Indamasxon" tanqidi ana shunday xarakterga ega tomosha ko'rinishi hisoblanadi.

Yuqoridagilardan shuni xulosa qilish mumkinki, qo'g'irchoqbozlik san'ati keng tarmoqli san'at turi bo'lib, mustaqil san'at sifatida rivoj topdi. Shu bilan birga, boshqa san'at turlari vositasida o'zining bor jozibasini to'liq namoyish eta oldi.

O'zbek an'anaviy qo'g'irchoq teatri ijrochilarining bor mahorati faqat chodir (shirma) ortida qolib ketmagan. Ular jonli planda korfarmon, nayrangboz, qiziqchi sifatida tomosha ko'rsatib, o'z imkoniyatlari doirasinini kengaytirib borishgan. Faqat maxsus qo'g'irchoq o'ynatish bilangina chegaralanib qolmasdan, ijrochilikda barcha san'at turlarini mujassamlashtirishga urinishgan. Bu qo'g'irchoqbozlarning ijrochilikdagi mahoratini o'stirish, o'z ustida tinimsiz ishlashga jiddiy kirishganligidan va soha rivojida qo'rqmay yangilikka intilganligidan dalolat beradi.

Professioanal turdagi teatr paydo bo'lgunga qadar an'anaviy qo'g'irchoq teatri ijrochilari o'zining mana shu so'nmas g'ayrati bilan tomoshabinlar qalbini zabt etib keldi va professional qo'g'irchoq teatri aktyorlarini shakllantirish va mustaqil oyoqqa turishida katta maktab bo'lib xizmat qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Boltaboeva, U., & Madaminov, S. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF UZBEK TRADITIONAL THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 32-40.

2. Boltaboeva, U. (2021). The Art of Directing: Composition and Scales. International Journal of Culture and Modernity, 11, 16-24.

3. Boma6oeBa, Y. (2021). Byna^aK aKTepnapHH TapSnanamga negarorHK eHgarnyBnap. Oriental Art and Culture, 2(3), 88-98.

4. Boltaboeva, U., & Xalilov, Y. (2021). Teatr san'atining o 'ziga xos xususiyatlari. Oriental Art and Culture, 2(3), 40-48.

5. Boltaboyeva, U., & Yu, K. (2021). The director's work on monologue and mise-en-scenes. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 7177.

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz/

6. Хатамова, Ё., & Болтабоева, У. (2019). Нут; техникасини такомиллаштиришда хал; огзаки ижодидан фойдаланиш усуллари. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 50-52.

7. Болтабоева, У., & Дехдонов, Р. (2021). Хаётийлик ва хаддонийлик драматик асар, режиссура, актёрлик махорати асоси. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

8. Болтабоева, У. (2020). КУГИРЧОК ТЕАТРИ ГУРУХЛАРИДА САХДАВИЙ НУТКНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 85-92.

9. Болтабоева, У. (2021). МУСЩАЛИ ДРАМА ТЕАТРЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШИДА ТАРИХИЙ АСАРЛАРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

10. Эргашев, К., & Болтабоева, У. (2021). УЧИНЧИ РЕНЕССАНС ЁШЛАР НИГОХИДА. Oriental Art and Culture, (6).

11. Усмонов, Ш. Ю. (2021). РЕЖИССЁРНИНГ РАССОМ БИЛАН ИШЛАШИ. Oriental Art and Culture, (6).

12. Usmonov, S., & Talaboyev, A. (2021). Work of the director with an artist. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24072410.

13. Abdunazarov, Z. (2021). Features of Theatrical Art. International Journal of Culture and Modernity, 11, 1-7.

14. Abdunazarov, Z. (2021). Hamza hakimzoda niyoziy dramaturgiyasi. Oriental Art and Culture, 2(3), 170-178.

15. Абдуназаров, З. (2021). ИЖОДИЙ СИНТЕЗ ЖАРАЁНЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШДА РЕЖИССЁРНИНГ РОЛИ. Oriental Art and Culture, (6).

16. Boltaboeva, U., Abdunazarov, Z., & Usmonov, S. (2021). The balance of language and speech in the Uzbek theater. ASIAN JOURNAL OF MULTIDIMENSIONAL RESEARCH, 10(4), 788-792.

17. Tursunova, G. (2021). Russian Music in the First Half of the XIX Century, A Look at the Cultur e. International Journal of Culture and Modernity, 11, 76-82.

18. Boltaboeva, U., Andunazarov, Z., & Tursunova, G. (2020). Importance of tongue twisters and proverbs in overcoming speech defects. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2902-2905.

19. Tursunova, G., & Karimov, B. (2020). Factors that should be considered in musical theater actors education. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 57-61.

20. Tursunova, G. (2021). BALET RAQS SAN'ATINING O'RNI VA TARIXIY TARAQQIYOTI. Oriental Art and Culture, (6).

21. Akbarova, M., Tursunova, G., & Abdunazarov, Z. (2020). Pedagogical aproaches to the formation of musical literacy of students in the sytem of Higher Education. European Journal of Arts, (1), 125-128.

22. Talaboev, A., Akbarov, T., & Haydarov, A. The European Journal of Arts, Issue 1/2020.

23. Haydarov, A. (2021). A LOOK AT RUSSIAN MUSICAL CULTURE IN THE SECOND HALF OF THE XIX CENTURY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 24-31.

24. Haydarov, A. (2019). AKTYORLIK SAN'ATIDA VOKALNING O 'RNI. HHTepHayKa, (19-4), 55-56.

25. Haydarov, A. (2020). QOSHIQLAR ORQALI O'QUVCHILARDA VATANPARVARLIK TUYGUSINI SHAKLLANTIRISH. Oriental Art and Culture, (IV).

26. Haydarov, A. (2021). The role of Uzbek folklore in the aesthetic development of youth. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1973-1977.

27. Akbarov, T. (2020). Vocal performance role in performing art. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(11), 77-80.

28. Dadaboev, Y., & Dehqonov, R. Hordo Structures in Central Asian Architecture.

29. BonTa6oeBa, Y., & ^ex,KOHOB, P. (2021). X,aeTHHnHK Ba xaKKOHHHHHK gpaMaraK acap, pe^nccypa, aKTepnHK Maxpparn acocn. Oriental art and culture, 2(3), 134-141.

30. ^exKOHOB, P. (2020). COF.OM AB.OA.APHH mAKn.TAHrHPHffl£A XA.K YHHHTAPH BA AHLAHA.TAPHHHHr TYTTAH YPHH. Oriental Art and Culture, (V).

31. Madaliyev, A. (2021). Dramaturgy of Traditional Uzbek Puppet Theater. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630), 11, 37-43.

32. MaganneB, A. (2021). HO^AB.AT KVFHP^OK TEATP.APH£A AKTEP.THK CAHLATH MACA.TA.APH. Oriental Art and Culture, (7), 37-48.

33. MaganneB, A. (2021). KYfhPhOK Tearpn aKTepHHHHr nnacTHK HMKOHH^TnapH. Oriental Art and Culture, (7), 49-57.

34. MaganneB, A. (2021). KyrnpHOK Tearpn Tapnxnra Ha3ap. Oriental art and culture, 2(3), 125-133.

35. Umarova, X. (2021). AKTYOR IJODIDA SO'ZLASHUV MUNOSABATLARINING O'RNI. Oriental Art and Culture, (6).

36. YMapoBa, X., & KypSoHOB, M. (2021). KC CTAHHCTABCKHH TAL^HMOTH^A AKTEPHHHr CAXHABHH TAPBH^CH. Oriental Art and Culture, 2(3), 76-87.

I icclT^^^^H 147 http://oac.dsmi-qf.uz/

37. Йулдашев, К. (2021). РЕЖИССУРА ВА АКТЁРЛИК МАДОРАТИ ФАНЛАРИНИ ИНАВАЦИОН УКИТИШ. Oriental Art and Culture, 2(3), 114-124.

38. Juraeva, M., & Gofurova, B. (2021). FURKAT AND THEATER. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(10), 118-124.

39. Еофурова, Б. (2020). АКТЁРНИНГ НУЩИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШДА ИННОВАЦИОН ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИНГ АДАМИЯТИ. Oriental Art and Culture, (V).

40. Пулатов, Р. (2020). «МИРЗО УЛУЕБЕК» ТРАГЕДИЯСИНИНГ ЯРАТИЛИШИ ТАРИХИ. Oriental Art and Culture, (V).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

41. O'Taganov, R. J. (2020). TA'LIM USLUBINING ASOSIY AFZALLIKLARI. Oriental Art and Culture, (V).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.