issmoto xm
ïEj'M
mm mf
®HS§j :. i-ri «0
sianhjuwmai.of opctfllry research agement studies
QAYROQQUM MADANIYATINING ISHLAB CHIQARISH BILAN BOGLIQ JARAYONLARI Shukurullo Abdug'aniyev Tavakkaljon o'g'li Farg'ona Davlat Universiteti Magistranti [email protected] +998905847315 https://doi.org/10.5281/zenodo.14684557
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 9th Janyary 2025 Accepted:10th January 2025 Published:18th January 2025 KEYWORDS Farg'ona vodiysi, Qayroqqum, B.A.Litviniskiy, tosh o'choq, ko'chmanchi chorvador, o'troq dehqon, mozor-qo'rg'on.
Maqolada bronza davri Farg'ona vodiysi ko'chmanchi chorvador jamoalarining madaniyatlaridan bo'lgan Qayroqqum madaniyati haqida so'z yuritiladi. Qayroqqum madaniyati va uning yodgorliklarini arxeoetnologik jihatdan o'rganish, asosiy maqsadlardan biri hisoblanadi. Shuningdek, maqolani shakllantirishda xolislik, qiyosiy tahlil metodlaridan ham foydalanildi. Shu bilan birga maqolada madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog'liq jarayonlari ham batafsil yoritiladi.
KIRISH
Farg'ona vodiysining arxeologik madaniyatlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, ko'pchilik qadimshunos olimlar buni vodiyning geografik holatini sabab qilib ko'rsatishadi. Ya'ni vodiyda tog'larning mavjudligi, ulardan boshlanuvchi daryolarning aholi uchun dehqonchilik qilishda muhim ahamiyat kasb etganligi va shu sababdan o'troq hayot shakllanib, o'ziga xos sivilizatsiya yuzaga kelganligini kuzatishimiz mumkin.
Ammo Farg'ona vodiysi qay darajada tog'lar bilan o'ralgan bo'lishidan qat'iy nazar tarixiy taraqqiyot bir maromda davom etganligi, vodiyning qadimgi aholisi boshqa hududdagi ko'chmanchi chorvadorlar hamda uzoq va yaqindagi dehqon jamoalari bilan keng miqyosdagi o'zaro aloqalarda bo'lganligi haqida ma'lumotlar ham yo'q emas. Bronza davri ko'chmanchi madaniyat vakillarining bir qismi Qadimgi Farg'ona vodiysi hududlariga ko'chib o'rnashib, xo'jalik an'analarini davom ettirib, bu yerda o'zlarining madaniyatlarini rivojlantiradilar.
Qayroqqum madaniyati ko'chmanchi chorvador jamoalarning madaniyati hisoblanib, qadimgi Farg'ona vodiysi hududidagi muhim va o'ziga xos bo'lgan madaniyat sifatida qayd etiladi. Qayroqqum madaniyati yodgorliklari bir nechta bo'lib, ular, asosan, Farg'ona vodiysining g'arbiy hamda janubiy adirlik qismida joylashgan. Yodgorliklar asosan bir nechta qabrlardan iborat, mozor-qo'rg'onlar sanaladi. Ularning ko'pi o'z vaqtida "qabr o'g'rilari" tomonidan o'g'irlangan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Farg'ona vodiysi cho'l va dasht qabilalarining madaniy xo'jalik faoliyatida chorvachilik dehqonchilikka nisbatan yuksak rivojlangan. Ammo ular qadimgi Xorazm Tozabog'yob qabilalari singari dehqonchilikda sezilarli xo'jalik taraqqiyotiga ko'tarila bilmagan. Bronza davri cho'l va dasht hududlari qabilalarining madaniyatini S.P.Tolstov va M.A.Itina
Xorazmning Tozabog'yob madaniyati deb atasa, Farg'ona vodiysi yodgorliklarini B.A.Litvinskiy "Qayroqqum madaniyati" deb nomlaydi. A.A.Asqarov esa cho'l va dasht hududi bronza davri yodgorliklarini Andronova madaniyatining Tozabog'yob varianti deb atashni taklif qiladi. O'rta Osiyo hududidagi qabilalarining madaniy merosi qanday nom bilan aytilishidan qat'iy nazar, materiallarining bir-biriga aynan o'xshashligi, xronologik bir davrga tegishli ekanligi masalasida ko'pchilik olimlar bir xil fikrda qolmoqdalar.
Bizning fikrimizcha, bronza davri Farg'ona vodiysi ko'chmanchi chorvador jamoalarining yodgorliklarini umumiy nomda "Qayroqqum madaniyati" deb atasak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Sababi, ushbu davrga oid vodiydagi yodgorliklardan topilgan topilmalar aynan, Qayroqqum yodgorligidan chiqqan topilmalar bilan o'xshash ekanligini ko'rishimiz mumkin. Mavzuni yoritishda A.A.Asqarov, O'.M.Mavlonov, A.A.Aloxunov va boshqa arxeolog olimlarning ilmiy ishlaridan foydalanildi. Shuningdek, B.A.Litviniskiy, A.P.Okladinikov, V.A.Ranov kabi rus arxeolog olimlarning asarlariga ham murojaat qilindi. Tanlangan masalani yoritishda, arxeoetnologik usul hamda xolislik, qiyosiy tahlil metodlari asosida ilmiy xulosalar taqdim etildi.
NATIJA VA MUHOKAMA
Bronza davrining dehqon jamoalari bilan bu yerda chorvadorlar ham istiqomat qilgan bo'lib, ularning madaniyati fan olamida — "qayroqqum madaniyati" andronova madaniyatining bir chekkasi ekanligi ma'lum. Ular qoldirgan moddiy madaniyatga aloqalarning naqadar mustahkam ekanligi ayniqsa ko'mish marosimlarida aks etgan. Ularning kiyinishlari, qurol-aslahalari, uy-ro'zg'or buyumlari, taqinchoqlari, idish-tovoqlari ham o'xshash bo'lganligi arxeologlarning ishlarida ta'kidlaganlar [6; 11; 12].
Qayroqqum madaniyati chorvadorlaridan keyingi davr — eylaton davrida ham madaniyatlarning o'zaro bir xil ekanligini haqida ma'lumotlar mavjud. Ya'ni madaniyatning o'xshash ekanligini faqat Farg'ona vodiysigagina xos bo'lmasdan, balki butun boshli shimoliy-sharqiy hududlar, ya'ni saklar davri chorvadorlari yashagan hududlardagi madaniyat ham juda o'xshash bo'lgan.
Shu bilan bir qatorda saklarning Farg'ona vodiysida istiqomat qilganligi to'g'risida ham ayrim ma'lumotlar saqlanib qolgan. Bunga "Sug'd ortida yashovchi saklar" haqidagi noaniq yozma ma'lumotlarni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Shuningdek, Eylaton madaniyati mozor-qo'rg'onlaridagi dafn inshootlari va dafn marosimlarining shu davrga oid Yettisuv va Tyan-Shan ko'chmanchilarining yodgorliklari bilan o'xshash ekanligini ham ko'rishimiz mumkin.
Qadimgi Farg'onaning g'arbiy qismida, Qayroqqum suv ombori qurilishi munosabati bilan, XX asrning 50-yillari o'rtalaridan B.A. Litvinskiy rahbarligida keng ko'lamli arxeologik izlanishlar olib borildi. Natijada, 1954-1956-yillar davomida 60 dan ortiq joylarda bronza va ilk temir davri chorvador dasht qabilalarining manzilgohlari aniqlandi [2].
Qayroqqum madaniyati yodgorliklarini tadqiq etishda Litviniskiy, Okladinikov, Ranov kabi arxeolog olimlarning xizmatlari beqiyosdir. Ushbu olimlarning Qayroqqum madaniyatiga oid qator monografik planda amalga oshirilgan tadqiqotlari mavjud.
Ko'chmanchi chorvador jamoalarning ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan hunarmandchilik buyumlari o'rganildi. Jamoalarning qanday mehnat qurollaridan foydalangani izchil tadqiq etildi. Qayroqqum yodgorligi hududlarining katta qismi taqirliklardan iborat ekanligi ko'plab olimlar tomonidan o'rganilib, e'tirof etilganini hisobga oladigan bo'lsak, shu taqirliklarda bir qancha sopol buyumlari sochilib yotganiga guvoh bo'lamiz. Bu Qayroqqum kulolchilik buyumlarini tasniflashni va ayniqsa, aniq sanasini aniqlashni ancha murakkablashtiradi, nafaqat hal qilishga, balki ba'zi muhim savollarni ham ko'tarishga imkon bermaydi.
Qayroqqum madaniyati o'choqlari tosh yoki loydan qurilgan. Tosh o'choqlar taqir ustida, loy o'choqlar esa taqir o'yilib, chuqurcha devoriga tosh terilgan. Ularning yuqori devor qismi loydan yasalgan. Shuning uchun o'choqlarning (qo'ralarning) tosh qismi Qayroqqum makonlarida yaxshi saqlangan. Ularning shakllari doira yoki oval ko'rinishida bo'lgan. Tosh o'choqlar yerto'la ichida, loy o'choqlar esa yerto'la tashqarisiga qurilgan. Shu sababdan bo'lsa kerak, loy o'choqlar tosh o'choqlar kabi bir joyda zanjirdek tizilmagan. Ular, odatda, makonlarda kam uchraydi. Qolaversa, o'choqlar maydoni bir xil emas. Loy o'choqlarning o'lchami kichik, tosh o'choqlarning maydoni esa ikki xil, kichiklarining diametri 0,6-1 bo'lsa, kattalariniki 1-2 m.gatengdir [3;151-152].
Qayroqqum aholisining tosh o'choqlardan samarali foydalanishi madaniyatning ishlab chiqarish bilan bog'liq bo'lgan jarayonlarini ma'lum darajada saqlanishiga yordam beradi. Tosh o'choqlar loy o'choqlarga qaraganda, pishiq hamda foydalanishga birmuncha qulay bo'lgan. O'rganilishlar natijasida tosh o'choqlarning atroflarda ko'plab xo'jalik buyumlari topilgan.
Yuqorida aytib o'tilgandek, mil. avv. 2-mingyillikning ikkinchi yarimida Farg'ona vodiysidan Zarafshon vohasigacha bo'lgan katta hududda Qayroqqum madaniyati shakllandi. Bu madaniyatga mansub makon va qabrlardan topilgan moddiy buyumlar, bu hududdagi aholi dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullanganligini, konchilik hamda metallurgiya rivojlanganligini dalillay oladi. Moddiy topilmalar tahlili, bir tomondan, bu madaniyatning mintaqa dasht hududlaridagi Andronova va Xorazm vohasidagi Tozabog'yob madaniyati bilan, ikkinchi tomondan, Farg'onadagi Chust va O'rta Osiyo janubidagi o'troq dehqonlar madaniyati bilan aloqalaridan dalolat beradi [4].
Qayroqqum madaniyati aholisi joylashgan hududlarda ko'plab konlar majmuyi borligi aniqlangan. Yodgorliklarda shu bilan birga, vodiydagi Chust madaniyati va janubdagi dehqonchilik madaniyatlari bilan mustahkam aloqada bo'lganligi kuzatiladi. Metallurgiya rivoji tufayli, dehqonchilik va chorvachilik sohalarida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Bu kabi omillar ishlab chiqarish jarayonlarini gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
Umuman olganda, Andronova, Zamonbobo, Tozabog'yob hamda Qayroqqum kabi xo'jaligida dehqonchilik bilan birga uy chorvachiligi ham muhim o'rin tutgan chorvador-dehqonlar madaniyatlarining paydo bo'lishida Markaziy Osiyoning chorvador qabilalari yetakchi o'rin tutgan [5]
Mazkur fikrlarga to'la qo'shilgan holda shuni aytishimiz mumkinki, yuqoridagi madaniyatlar aholisi chorvador qabilalar bilan doimiy savdo-sotiq hamda qo'shnichilik munosabatlarini yo'lga qo'ygan. Agarda aloqalar sust bo'lganida edi, Qayroqqum madaniyati va yuqorida nomlari keltirilgan madaniyat yodgorliklarida Markaziy Osiyo chorvadorlariga tegishli bo'lgan xo'jalik buyumlari topilmagan bo'lar edi.
Qayroqqum makonlarining 15 tasida ma'dan eritish hamda metall xomashyosidan mehnat va jangovor harbiy qurollar, uy-ro'zg'or va xo'jalik asboblari ishlab chiqarish bilan bog'liq ustaxonalar topilganligi haqidagi ma'lumotlar ilmiy adabiyotlarda uchraydi. Agar dasht qabilalarining xo'jaligida chorvadan keyingi ikkinchi o'rinda metallsozlik turishini hisobga oladigan bo'lsak, Andronova urug' jamoalarining katta guruhini g'arbiy Farg'onaga, Qayroqqum massiviga kelib joylashishi bejiz emas edi. Chunki, bu yerdagi Qoramozor tog' tizmalari turli xil ma'danga boy konlari bilan ko'chmanchi dashtliklar e'tiborini o'ziga qaratgan. Ayniqsa, Novqat mis konlari Qayroqqum metallurglarini metall xomashyosi bilan ta'minlab turgan [7].
Metallsozlikning rivojlanishi boshqa madaniyatlar bilan ma'lumot almashishga hamda savdo-sotiqning jadal taraqqiy etishiga olib keldi. Natijada, aholining moddiy ahvoli ma'lum
darajada yaxshilandi. Aholining yashash sharoiti an'analari ham o'zgardi, deb aytish mumkin.
bir maromga kelib, xo'jalik yuritish
Bu makonlarda minglab sopol bo'laklari, bronza va toshdan ishlangan mehnat qurollari, hayvon suyaklari, kullarning qoldiqlari topildi. Qayroqqumliklarning asosiy mashg'ulotlari chorvachilik bo'lsa-da, qabilalar xo'jaligida dehqonchilik ham muhim ahamiyat kasb etgan. Turar joy qoldiqlari, tosh o'choqlar, jez va misdan yasalgan ro'zg'or buyumlari va jangovar qurollar, sopol idishlar, bolta, pichoq, tesha, o'q-yoylar, paykonlar, qarmoqlarning ko'plab topilishi aholining dehqonchilik, chorvachilik bilan bir qatorda ovchilik bilan shug'ullanganliklaridan dalolatberadi [8].
Metallurglar jamoalarining ko'pligi tufayli madaniyatda ovchilik ham chorvachilik va dehqonchilik singari taraqqiy etdi. Chunki, metallurglar ovchilik uchun zarur bo'lgan ov qurollarini tayyorlaganlar. Taqirliklar hamda bepayon dashtliklarda yovvoyi hayvonlarni ovlab, oziq-ovqat muammosini ma'lum darajada kamaytirishga erishganlar. Mehnat qurollarining ko'p miqdorda topilishi ushbu hududlarda ishlab chiqarish yuksak taraqqiy etganidan dalolat beradi.
Chorvachilikda hayvonlarning tarkibi turlicha bo'lib, poda, asosan, andronovaliklarga o'xshab yirik va mayda shoxli hayvonlardan iborat bo'lgan. Chorvada ot muhim o'rin egallab, transport vazifasini bajargan [10].
Chorvachilik Qayroqqum madaniyatining asosiy xo'jaliklaridan biri sanaladi. Chunki aholining deyarli hammasi qadimdan chorvachilik bilan shug'ullanib kelgan. Qolaversa, joylashgan hudud ham chorvachilik uchun nihoyatda qulay edi. Asosiy transport vositasi esa ot hisoblangan. Ot ov jarayonida ham muhim ahamiyat kasb etgan. O'ljaning ko'p miqdorda bo'lishiga ham otning hissasi beqiyos bo'lgan.
Sopol idishlar Tozabog'yob sopollariga o'xshasada, Qayroqqum sopollari ichida quloqli, ba'zan esa tarnov jo'mrakli xillari ham uchraydi. Sopol topilmalarining o'ndan bir qismi chizma, taroq iz bilan naqshlangan. Idish gullari o'z xarakteri bilan geometrik kompozitsiyalardan iborat. Qayroqqum madaniyatida metallurgiya hunarmandchiligining yuksak darajada bo'lganligini arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Ko'pgina makonlar ustida olib borilgan qazishmalar paytida oybolta va cho'kich yasaladigan tosh yashiklar, ma'dan parchalari, shlaklar va ko'pgina bronza predmetlari topilgan [1].
Qayroqqum madaniyati sopollariga o'ziga xos naqshlar tasviri tushirilgan. Sopol idishlarning shakllari esa qorin tomoni kengroq, og'iz qismi ham birmuncha kattaroq qilib tayyorlangan. Idishlarning rangi esa qizil angob bilan bo'yalgan. Ba'zilarida taroq izi tasviri tushirilgan. Ba'zilarida esa yarim yotgan chiziqning uzun holatini ko'rishimiz mumkin. Bu haqda mazkur tadqiqotimiz so'ngida Qayroqqum madaniyati yodgorliklaridan arxeologik qazishma jarayonida chiqqan sopol idishlarning majmuasi bilan tanishamiz.
Qayroqqum makoni va mozorlaridan topilgan arxeologik materiallarning tipologik analiziga ko'ra, Qayroqqum madaniyati bronzaning oxiri va ilk temir davri ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti haqida tushuncha beradi. Yuqori Farg'ona vodiysida bir necha mozor-yodgorlik, shu jumladan, Vodil, Qaramko'l, Yapagi, Chakka qabristonlari ham Qayroqqum madaniyati bilan uzviy bog'liq. Bu qabristonlarda B.Z.Gamburg va N.G.Gorbunovlar 50 dan ortiq mozor-qo'rg'onlarni ochishga muvaffaq bo'ldi. Bular oyoq-qo'li buklangan odam skletlaridan iborat bo'lib ular tosh yashiklar ichiga ko'milgan edi. Afsuski, mozorlarning deyarli 90 foizi o'g'irlangan. Ularning ba'zilarida qo'ng'iroqsimon bronza isirg'alar, spiral boshli bilaguzuklar, bronza munchoqlar, ikki parrali paykon va sopol parchalari uchraydi. Bu materiallar, har jihatdan, Qayroqqum materiallarining aynan o'zi edi. Shuning uchun B.A. Litvinskiy bu qabristonlarni Qayroqqum madaniyati yodgorliklari deb ataydi [9].
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A
Qayroqqum madaniyatining Yuqori Farg'ona hududidagi yodgorliklarining ko'pi moddiy boylik ilinjida arxeologik qonun-qoidalarga rioya qilinmagan tarzda kavlangan. Natijada qabrlarning ichidagi buyumlar "qabr o'g'rilari" tomonidan o'z vaqtida o'g'irlangan. Yodgorliklarning ba'zilari qadimiyligi hamda qalin tuproq ostida qolib ketganligi sababli "qabr o'g'rilari" nazaridan chetda qolgan. Shularda biri Farg'ona shahridan 6 km uzoqlikda joylashgan Qo'chqorchi yodgorligidir. Arxeolog olim G.P.Ivanov ushbu yodgorlikda qazishma ishlarini olib borgan. Qazishmalar natijasida 3 ta oltin va 2 ta kumush ziraklar topilgan. Bundan tashqari ko'plab xo'jalikda ishlatiladigan mehnat qurollari ham mavjud. Yodgorlikning topilish jarayoni Qayroqqum madaniyatining boshqa yodgorliklaridan farq qilishi bilan ajralib turadi. Ya'ni yodgorlik Qo'chqorchi qishlog'iga quvur joylashtirish paytida topilgan. So'ngra arxeolog G.P.Ivanov boshchiligidagi guruh tomonidan mufassal o'rganilgan.
XULOSA
Bronza davri Farg'ona vodiysi Qayroqqum madaniyati yodgorliklari arxeoetnologik jihatdan amalga oshirilgan mazkur tadqiqotda madaniyat aholisining xo'jaligida chorvachilik, dehqonchilik asosiy o'rinda turganligidan dalolat beradi. Shu bilan bir qatorda metallsozlik ham Qayroqqum madaniyatida ishlab chiqarishning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Qayroqqum madaniyatining Farg'ona vodiysi g'arbiy qismidagi yodgorliklari yaxshi saqlangan hamda "qabr o'g'rilari" tomonidan deyarli o'g'irlanmagan. Lekin madaniyatning Farg'ona vodiysi janubiy adirlik hududlaridagi yodgorliklarining ko'pi o'g'irlanganini ko'rishimiz mumkin. Qayroqqum madaniyatining rivojlanishida ishlab chiqarishdan tashqari, boshqa qo'shni madaniyatlar bilan aloqalari ham sabab bo'lgan.
r\ 1«
V
« wt o ;
V ûlKOP0ï*\ '
Phc. 2. Pattern pa6oT KafipaK-KyMCKHx oipufloa TAS.
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Б.А. Литвинский, А.П. Окладинилов, В.А.Ранов. Древности Кайрак-Кумов Душанбе -1962.-417 с.
2. Литвинский Б.А. Бронзовый и раннежелезный век, в книге Э.Гулямова и другие. << Археолические и этнографические коллекция Музей Института истории, археологии и этнографии АН Таджикской ССР. - Душанбе, 1956.
3. Б.А. Литвинский, А.П. Окладинилов, В.А.Ранов. Древности Кайрак-Кумов Душанбе -1962.-417 с.
4. Б.А. Литвинский, А.П. Окладинилов, В.А.Ранов. Древности Кайрак-Кумов Душанбе -1962.-417 с.
5. Б.А. Литвинский, А.П. Окладинилов, В.А.Ранов. Древности Кайрак-Кумов Душанбе -1962.-417 с.
6. Литвинский Б.А. История и култура восточной части Средней Азии от поздней бронзии до раннего средневековъя: (в свете раскопок памиро-ферганских могилъников): Автореф. дисс. ...д-ра ист. наук. - М.: 1969.
7. Мавлонов У.М. Марказий Осиёнинг кддимги йуллари: шаклланиши ва ривожланиш босцичлари. Монография. - Тошкент: Фан, - 2016. - 457 бет.
8. Мавлонов У.М. Марказий Осиёнинг кддимги йуллари: шаклланиши ва ривожланиш босцичлари. Монография. - Тошкент: Фан, - 2016. - 457 бет.
9. Qadimgi Turon eneolit, bronza va ilk temir davri sivilizatsiyalar tarixidan lavhalar [Matn]: Asqarov A. - Toshkent: O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi "Fan" nashriyoti davlat korxonasi, 2023. - 360 bet.
10. Aloxunov A. Farg'ona vodiysining Qayroqqum madaniyati yodgorliklari. FarDU Ilmiy Xabarlar, 5/2017. 90-92 betlar.