Научная статья на тему 'KOSON SHAHRINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA RIVOJLANISH TARIXI'

KOSON SHAHRINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA RIVOJLANISH TARIXI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
33
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Koson / Chust madaniyati / Kushon / Guyshan / Farg‘ona

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xasanov Lazizbek Kabirjon Og‘li

Maqolada Koson shahrining geografik joylashuvi va rivojlanish tarixi haqida so‘z boradi. Shuningdek, Chust madaniyatining sug‘orma dehqonchilik va hunarmandchilik, qisman chorvachilikkana laritahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOSON SHAHRINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA RIVOJLANISH TARIXI»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

k. -ipy^m

: v4 lilí'i

? 11 lili ^ AL ASIAN iqVNAi OF IU1SCIPLISÏRV RESKAKCH 1ANAGEMENT STUDIES

KOSON SHAHRINING GEOGRAFIK JOYLASHUVI VA RIVOJLANISH TARIXI

Xasanov Lazizbek Kabirjon og'li Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13379117

ARTICLE INFO

Received: 20th August 2024 Accepted: 22nd August 2024 Published: 27th August 2024 KEYWORDS Koson, Chust madaniyati, Kushon, Guyshan, Farg'ona

ABSTRACT

maqolada Koson shahrining geografik joylashuvi va rivojlanish tarixi haqida so'z boradi. Shuningdek, Chust madaniyatining sug'orma dehqonchlik va hunarmandchilik qisman chorvachilik ananalari tahlil qilingan.

Tarixiy-arxeologik materiallar Farg'ona vodiysining shimoliy-sharqiy hududining daryo va soy havzalarida sun'iy sug'orib dehqonchilik qilishining bosqichlari miloddan avvalgi II ming yillikning ikkinchi yarmidan boshlanganligidan dalolat beradi. Aynan Farg'onaning daryo va soy havzalarida bir necha o'nlab dehqon jamoalari yashab, dehqonchilik bilan shug'ullanganlar. Hozirgacha ularning 80 ga yaqin qarorgohlari qoldiqiari topilgan bo'lib, fanda "Chust madaniyati" nomi bilan ma'lum va mashhur. Aynan bu madaniyatni "Chust madaniyati" deyilishining boisi XX asrning 50 yillarida arxeolog M.E.Vorones tomonidan Chust tumani shimolidagi Buvonomozor yodgorligidan ilk marotoba bronza davriga oid qarorgoh topilgan. Aynan mazkur davrga oid moddiy ashyolar ilk marotoba aynan Chust hududidan topilganligi bois bu fanga "Chust madaniyat" nomi bilan kirgan. "Chust madaniyati"ga tegishli arxeologik yodgorliklar vodiyning shimoliy va sharqiy hududlarida keng tarqalgan. Chust madaniyati sohiblari, asosan, sug'orma dehqonchlik va hunarmandchilik hamda qisman chorvachilik bilan shug'ullangan. Chust madaniyatiga mansub sopol idishlar o'ziga xos rangli naqshlar bilan bezatilgan.

Ayniqsa, Farg'ona vodiysining Shohimardon - Marg'ilonsoy va Kosonsoy havzalarida so'nggi yillarda olib, Fargona vodiysining sug'orma dehqonchilik tarixiga bir qator aniqliklar kiritdi. Chunonchi, bu borada arxeolog A. Anarbayev tadqiqotlari tahsinga sazovor bo'lib, uning fikricha, Chust madaniyatining dastlabki vakillari milodiy eradan avvalgi ikkinchi ming yillik o'rtalari (aniqrog'i mil. avvalgi XVI-XIV asrlar)dan boshlab ilk sug'orma dehqonchilikning oddiy ko'rinishlariga asos solishgan. Bu borada birinchi navbatda Qoradaryo, Oqbura, Kosonsoy va G'ovasoy kabi qator soy va daryolarning adir orti qismlaridagi havzalarining eng qulay va unumdor yerlari o'zlashtirilgan. Qolaversa, Kosonsoyning quyi oqimi Axsikent vohasining asosiy qismi miloddan avvalgi X-XI asrlardan o'zlashtirilgan bo'lib, Eski Axsi yodgorligi hududida dehqonlar qarorgohi bo'lganligi aniqlandi.

Dehqonchilikda Chust madaniyati sohiblari bug'doy, arpa va tariq singari ekinlarni sepgan. Bunday madaniy ekinlarning qoldiqlari Buvonamozor (Chust) va Dalvarzin (Andijon) yodgorliklarida ko'plab topilgan. Yerga ishlov berishda va hosilni yig'ishtirib olishda Chust madaniyati sohiblari har xil tosh va bronza qurollardan foydalangan(ketmon, o'roqsimon

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

pichoq, o'roq) bo'lib, bunday mehnat qurollari tuman hududidagi Tergachi va Go'rmiron qishloqlaridan ham ko'plab topilgan.

1951 yili Kosonsoy tumanida olib borilgan ekspeditsiya jarayonida A.N.Bernshtam tomonidan Go'rmiron qishlog'idagi eski qabristondan birinchi marta Chust madaniyatiga xos bezakli kosa topilgan.

A.N.Bernshtam ushbu bezakli kosani Eronning rangli sopol idishlariga taqqoslash asosida miloddan avvalgi ikkinchi mingyillik o'rtalarida yasalgan degan xulosaga keladi. Koson shahri nomining kelib chiqishi va nomlanishi borasida ham fanda yagona fikr mavjud emas. O'rta asr manbalarida ham bu shahar turlicha zikr etilgan. Jumladan, muallifi noma'lum bo'lgan geografik manba "Hudud ul olam" (X asr) asarida Kason, Sam'oniy va Yoqut Hamaviy (XII -XIII asrlar) asarlarida Kosan tarzida zikr qilinadi. Turli olimlar ushbu so'zning kelib chiqishi borasida har xil fikrlarni bildirganlar. Chunonchi, ayrim toponimik tadqiqotlarda ushbu so'z Kushon so'zining o'zgargan shakli bo'lib, IX asrgacha so'z o'rtasida tovush o'zgarishi yuz bergan, deb yoziladi. H.Xasanovning yozishicha, kushon so'zi aslida xalq nomi bo'lib, Koshon - Kushon nomining o'zgarganidir. Bu o'rinda Kushon davlati tarixiga qisqacha to'xtalib o'tish joizdir. Kushonlar davlatining gullab yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to'g'ri keladi. Yangi boshqaruv tizimlarining joriy qilinishi, pul islohotlarining o'tkazilishi, baqtr tilining davlat tili deb e'lon qilinishi, buddaviylik dinining jamiyat hayotidagi mavqe'ining oshishi mamlakatning iqgisodiy va madaniy hayotida yuz bergan tub o'zgarishlarning asosiy omili hisoblangan. Bu davrda shaharsozlik, ichki va xalqaro savdo, hunarmandchshshk va qishloq xo'jaligi tez sur'atlar bilan taraqqiy qilgan. Farg'onalik mutafakkir Ibrat Koson so'zi so'g'd tilida sultonlarni zikr qilgan ma'no bildiradi, ya'niki Bag'dod shahridan islom dinini targ'ib qilgani kelgan kishilarni hurmat qilib Koson ahli qadimgi sug'd tilida Kason deb aytganlar. Ul kishilarning sulton Jaloliddin Somoniy, ya'ni G'o'zapoya mozor gumbazida yotgan kishidurlar, — deb yozadi.

Eronlik olimlar Said Nafisiy, doktor Muin, o'zbek tilshunos olimlaridan professorlar N.Mahmudov va I.Yo'ldoshev "Koson" "kosibon" so'zining assimilsiyaga uchragan shaklidir, -degan xulosaga kelishgan. Bu o'rinda Koson 32 hunar rivojlangan qadimgi shahar ekanligini hisobga olsak, ushbu fikr haqiqatga yaqinroq. Demak, "Koson" — kosiblar shahri, hunarmandlar manzili, degan ma'noni anglatar ekan.

Endi esa bevosita Koson shahrining bunyod etilishi tarixi masalasiga bir muncha batafsilroq to'xtalib o'tsak. Ushbu shaharning Farg'ona vodiysidagi eng qadimgi shaharlardan biri ekanligi mana 100 yildan oshiq vaqtdan beri qator mutaxassislar tomonidan e'tirof etib kelinayotgan bo'lsada, lekin uning yoshi va joylashgan o'rni masalasi hali hanuz o'z yechimini topmagan dolzarb muammolardan biri xisoblangan, ko'plab mutaxassislar tomonidan xilma-xil fikr-mulohozalar bayon qilingan.

Qadimgi Koson o'rdugohining "Mug' qal'a" deb atalishi va bu shahar tarixi ikki ming yildan ziyod ekanligini ko'rsatadi. "Dinkard"(VIIIasr), "Avesto" lug'ati singari manbalarda ta'kidlashshgacha, "mug' - zardushtiy", "qal'a o'rdugoh", shahar ma'nosini anglatadi. Qal'acha esa, yo'ldosh shahar, kichik shahar ma'nosini anglatar ekan. Demak, Koson shahri yaqinidagi Qirg'iziston Respublikasi Jalolobod viloyati Olabuqa tumani hududidagi Qal'acha o'tmishda Mug'qal'aga yo'ldosh shahar bo'lgan. Xullas, qadimgi "Koson" zardushtiylarning Farg'ona vodiysi hududidagi qoldiqlari saqlanib qolgan qarorgoxlaridan biri bo'lgan. O'rdugoh tarkibidagi otashkada — ibodatxona, otashgoh - olovxona qoldiqlari ham buni tasdiqlaydi. Ma'lumki, arxeologik tadqiqotlarga qaraganda Koson shahri Kosonsoyning chop sohilidagi tabiiy tepalik ustida, strategik jihatdan eng qulay joyda qurilgan.

A.N.Bernshtamning yozishicha, shahar dastlab mo'jaz bo'lgan va jami 160X120 mga joylashgan bo'lib, uning shahristoni 60X40 m joyni egallagan. Devorlarning mustaqkamligini Kosonsoy daryosi tomonidan yuvilishi hisobiga kuchayib borgan. Shahar markazidagi shahristonda zardushtiylik diniga xos ibodatxona — otashkada joylashgan bo'lib, u yerda oq

rangdagi kul izlari aks etgan yirik qatlam qolgan. XII asrda yashagan Shahristoniy ham Kosonda o'rdugohi tashqarisida "otashgoh" - olovxona bo'lganligini ta'kidlab o'tgan[1]. O'z navbatida shuni ham eslamoq joizki, hozirgi kungacha qadimiy Koson joylashgan yodgorlik mahalliy aholi orasida "Mug'qal'a", deyilishi yoki ushbu yodgorlik atrofidagi mahalla "Mug'xona" deyilishi ham Kosonsoy shahrining tarixi 2000 yildan ortiq ekanligini yana bir bor tasdiqlaydi.

Koson shahri markazini tashkil qilgan shahristonda turar joylari joylashgan. Shuningdek, odamlar o'zlari uchun zarur bo'ladigan kundalik oziq-ovqatlarini saqlash uchun qilingan silindrsimon yoki noksimon o'ralar bo'lgan. Bundan tashqari, shahar aholisi oziq-ovqatlarni saqlash maqsadida yerga ko'milgan katta-katta xumlardan ham foydalanishgan. Chunonchi, bu borada qadimgi Koson shahri joylashgan Mug'qal'a yodgorligidan uycha uzoq bo'lmagan yerlarda olib borilgan qurilish ishlari jarayonida aynan mana shunday xumlardan o'nlab topilgan bo'lib, mazkur xumlarda mahalliy aholi o'zining oziq-ovqatlari va g'allalarini saqlashgan. Shuni ham ta'kidlab o'tish o'rinliki, kosonliklar, haqiqatdan ham, azal-azaddan sopol xumlar va turli-tuman idishlar hamda ashyolarni yasash bo'yicha ma'lum va mashhur bo'lishgan. Bu borada hatto shaharda xum yasaydigan maxsus mahalla ham bo'lib, uning nomi bugungi kungacha Xumxona ko'rinishida saqlanib qolgan.

Arxeolog olim A.N.Bernshtam Koson shahri o'zining arxitekturasi va turmushiga ko'ra o'ziga xos bo'lgan. U qadimgi Davon qarorgohi o'rnida eramizgacha bo'lgan II asrda paydo bo'lganligini shahar shahristonidan topilgan kushonlar davriga xos qizil va qora ranglardagi sharobkosalar ham tasdiklaydi, — deb yozadi.

Ayrim tarixiy asarlarda yozilishicha, eramizdan avvalgi I asrlarda Fargona vodiysi o'z davrining kuchli davlati bo'lgan Kushonlar imperiyasi tarkibiga kirmagan bo'lsada, u bu davrda Markaziy Osiyoning rivojlangan o'lkalaridan biri hisoblangan. Bu yerda dehqonchilik va chorvachiliqsan tashqari hunarmandchilik, pilla yetishtirish, savdo-sotiq va ruda qazib olish rivojlangan.

Ilk o'rta asrlarda O'rta Osiyo haqidagi ma'lumotlar Xitoy xonadonlarining tarixi" Beyshida (550-577); "Suy sulolasining tarixi" - Suyshuda ((581-MK); "Txan sulolasining tarixi" -Txanshuda (618-907); uchraydi. Mazkur manbalarda Toshkent (Shi, Chje-she), Samarkand (Kan), Buxoro (An, Ansi), Xorazm, Shi yoki Shi, Kesh - (Shahrisabz), Nasaf - (Qarshi), Surxondaryo (Toharistonning bir qismi) kabi viloyatlar bilan birga Davan (Boxo, Boxan, Boxani)ning geografik joylanishi, tabiati, mahalliy aholisi va ularning iqtisodiy hamda siyosiy hayoti, madaniyatining ayrim qirralari haqida yozilgan. Shuningdek, xitoy tilida 497 yili yozilgan Beyshi nomli manbada «Lona - qadimgi Davan hokimligi, hokim qarorgohi Guyshan shahrida» deb xabar berilgan. To'g'rirog'i, xitoyshunos N.Ya.Bichurin bir oz keyingi davr manbasiga asoslanib Guyshan Davan markazi deb izoh bergan. Shu vaqgdan e'tiboran Guyshan fanda ma'lum.

VII asr o'rtalarida yozilgan boshqa bir xitoy manbalarida ta'kidlanishicha, vodiyda ikkita hokimlik mavjud bo'lib, birining poytaxti Yebochji nomli hokim o'tirgan Geysay bo'lgan. Ikkinchi hokimlik poytaxti Xumin bo'lgan.

Bu g'oyani A.N.Bernshtam 1946-1948 yillar Mug'qalada olib borgan qazishmalar asosida yana-da rivojlantiradi. Uning fikricha, bu davrda Farg'onaning bosh poytaxti Axsikent hisoblangan. Kosonda esa Turk xoqonining vakili o'tirgan. Xitoy manbalarida yozilishicha, Farg'ona bekligi Luyangning g'arbidan 13350 li yiroqliqda bo'lib, janubiy qismi toharlar bilan, shimoliy qismi Qang' bilan chegaradosh. Uning tarkibida 70 dan ortiq kagga kichik shahar bor. Manbalarda yozilishicha, Farg'ona vodiysida sholi hamda bug'doy o'stirish mumkin bo'lib, uzum haqiqatan ham ko'plab yetishtirilgan. Odamlari juda ko'p bo'lib, hammasi chuqur ko'zli ham soqollidir. Ularning urf-odatlari bo'yicha kelin tushirganda oldi bilan tutashib turuvchi qo'sh yurak shaklli oltin halqa sovg'a qilinadi. Yana bo'lg'usi kuyovini sinab ko'rish uchun uch qiz yuboriladi. Boshqalardan ot oriyat olib minish jarayenida agar otni oriyat olguvchi diqqatsizliqdan otdan yiqilib o'lsa ot egasi marhumning dafn ishlariga mas'ul bo'ladi.

Farg'onaliklar savdo-sotiq ishlariga juda mohir bo'lib, bir tiyinli foydani qo'lidan berib qo'ymaydilar. Agar Junggoning oltin kumushlarini qo'lga tushirib qolishsa, uni asl pul o'rnida ishlatmasdan, undan zebi-ziynatyasaydilar.

Qadimgi Koson "ko'chmanchi" va "o'troq" madaniyatlar tutashuvidagi chegarada joylashgan. Bu Fargonaning Ershidan keyingi ikkinchi poytaxti bo'lib, o'troq dehqonlar va ko'chmanchilar, harbiy-siyosiy va iqtisodiy kuchlarni bog'lovchi simvol bo'lgan. Professor A.Bernshtam tomonidan ilk bora topilib, keyinchalik boshqa tadqiqotchilar tomonidan o'rganilgan Mug'xona yodgorligi ham tuman tarixiga oid noyob tarixiy ma'lumotlar beradi. Mug'xona (qurum, mug'gosh)lar Kosonsoy tumanining shimolida joylashgan bo'lib, eramshdan avvalgi III-II asrlar va milodiy V-VI asrlarda o'tov shayushda toshdan yasalgan qabr inshootlari vazifasini bajargan. Mug'xona inshootlarining devorlari siniq va yupqa toshlardan qorishma ishlatilmay oval shaklida (5x8,5m) qurilgan. Ichki xonaning chiqish tuynugi bo'lib, toshtaxta bilan berkitib qo'yilgan. Mug'xonadan odam suyaklari, ko'za, tuynuk, dastakli piyola, pichoq, qilich, jez, temir o'q uchi, zirak, munchoq, omoch tishi va boshqa qator ashyolar topilgan. Idishlar qizil va qora angob bilan tirnab hoshiyalangan. Mutaxassislarning fikricha, Mug'xona topilmalari Shimoliy Farg'onaning yarim o'troq qabilalariga mansubdir. Haqiqatan ham, qadimiy Koson shahri jug'rofiy jihatidan ko'chmanchilar bilan dehqonlar, qo'shni davlatlar So'g'd, Choch o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini bajargan joyda o'rnashgan. Podsho yoz oylarida dam olishi uchun qulay bo'lgan va tabiati chiroyli maskan edi. XX asrning 50 va 80-yillarida Mug'qal'ada qazishmalar o'tkazgan Yu.A.Zadneprovskiy ham Guyshan — bu hozirgi Mug'qal'a qoldig'idir, deydi. Ammo ba'zi olimlar bunga shubha bilan qaraydilar. Jumladan, arxeolog B.Matboboyev Qadimgi Koson hududidagi - Mug'qala yodgorligi Guyshan bo'la olmaydi deb ta'kidlaydi. Bizningcha, ushbu mulohazalarning har qaysisi ham fanda o'zining butkul tasdig'ini topmagan bo'lib, bularni tasdiqlash Mug'qal'ada va tumanimiz hududidagi boshqa qadimiy yodgorliklarda qo'shimcha arxeologik qazishmalarni olib borishni talab qiladi.

O'z navbatida qadimgi Kosonning qoldiqlari hisoblangan Mug'qal'a yodgorligi borasida birmuncha batafsilroq ma'lumot berib o'tsak. Ushbu yodgorliklar hozirgi Kosonsoy shahridan 2 km uzoqlikda Kosonsoy daryosining yuqori oqimi chap qirg'og'ida joylashgan. Yodgorlik hozirda ikki qismga bo'lingan bo'lib, ularni Kosonsoy-Olabuqa avtomobil yo'li kesib o'tgan. Xalq orasida ular Mug'tepa va Mug'qal'a deb ataladi. Demak Koson ikki qismdan shahar (Mug'tepa) va qal'a (Mug'dir (160X180-80 m). Qal'a (Mug'qal'a) shahar (Mug'gepa)dan shimoliy sharqda joylashgan bo'lib, maydoni kichikroq - 90X70 m. Hozirgi vaqtda uning yemirilgan devorlari va kuzatuv burchlari joylashgan. Koson geografik joylashuvi bo'yicha strategik nuqtai nazardan juda muhim ustunlikka ega.

ADABIYOTLAR

1. Бернштам А.Н. Отчет о работе по раскопкам Касана в 1948 г. // Архив ИИМК РАН. - Л. 1948а.

2. Qorayev S. Geografik nomlar ma'nosi. -T.: 1978. 30-bet.

3. 4. Qosimov Y.Qadimgi Farg'ona sirlari. - 52-bet.

4. 5. O'sha asar. - 56-bet.

5. 6. Abdullayev O. Namangan viloyati. Namangan, Namangan nashriyoti, 1995. - 37-bet.

6. Hasanov H. Sayyoh olimlar. - 142-bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.