Научная статья на тему 'QADIM SURXON VOHASINING INSONLAR TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILISH JARAYONI BOSQICHLARI'

QADIM SURXON VOHASINING INSONLAR TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILISH JARAYONI BOSQICHLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
406
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Neandertal odamlar / antropogen landshaft / Teshiktosh odami / Machay g‘ori / To‘da g‘ori / Sopolli madaniyati / urbanizatsiya / Neanderthals / man-made landscape / Teshiktash man / Machai cave / Tuda cave / Sopolli culture / urbanization.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — To‘lqin, Chorshanbiyevich Xoliyarov

Maqolada qadim Surxon hududining insonlar tomonidan o‘zlashtirilishi, voha hududida ilk antropogen landshaftlarning yuzaga kelishi, sug‘orma dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik kabi sohalarning shakllanishi va rivoji masalalari tahlil qilinib, muayyan xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STAGES OF HUMAN DEVELOPMENT PROCESS OF THE ANCIENT SURKHAN OWN

This article presents conclusions about the development of the ancient Surkhan territory by the inhabitants of this region, also analyzes the emergence of the early anthropogenic landscape of irrigated agriculture, handicrafts, and the development of the urban planning industry.

Текст научной работы на тему «QADIM SURXON VOHASINING INSONLAR TOMONIDAN O‘ZLASHTIRILISH JARAYONI BOSQICHLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

QADIM SURXON VOHASINING INSONLAR TOMONIDAN O'ZLASHTIRILISH JARAYONI BOSQICHLARI

To'lqin Chorshanbiyevich Xoliyarov

Termiz davlat universiteti Fuqarolik jamiyati kafedrasi katta o'qituvchisi e-mail: xoliyorovt@tersu.uz

ANNOTATSIYA

Maqolada qadim Surxon hududining insonlar tomonidan o 'zlashtirilishi, voha hududida ilk antropogen landshaftlarning yuzaga kelishi, sug'orma dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik kabi sohalarning shakllanishi va rivoji masalalari tahlil qilinib, muayyan xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: Neandertal odamlar, antropogen landshaft, Teshiktosh odami, Machay g 'ori, To 'da g'ori, Sopolli madaniyati, urbanizatsiya.

ABSTRACT

This article presents conclusions about the development of the ancient Surkhan territory by the inhabitants of this region, also analyzes the emergence of the early anthropogenic landscape of irrigated agriculture, handicrafts, and the development of the urban planning industry.

Keywords: Neanderthals, man-made landscape, Teshiktash man, Machai cave, Tuda cave, Sopolli culture, urbanization.

АННОТАЦИЯ

В данной статье представлены выводы об освоении территории древнего Сурхана жителями этого региона, а также проанализировано возникновение раннеантропогенного ландшафта орошаемого земледелия, ремесел, развитие градостроительной отрасли.

Ключевые слова: неандертальцы, рукотворный ландшафт, человек Тешикташ, пещера Мачай, пещера Туда, сополийская культура, урбанизация.

KIRISH

Qadim Surxon vohasining ibtidoiy va eng qadimgi davri tadqiqotchilari ixtiyorida asosan moddiy manbalar mavjud bulib, shu davr aholisi va ularning qiyofasi antropologiyaga oid ashyolar asosida o'rganiladi. Bu hududdan topilgan ibtidoiy odamning dastlabki vakillaridan biri neandertal odami deb ataladi. Bu tipdagi odamlar 100-40 ming yillar ilgari Yevrosiyo hududida keng tarqalgan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR.

Maqola antropologik tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ilmiy va xolislik tamoyülari asosida tarixiy aspektda yoritilgan. Qadim Surxon hududining insonlar tomonidan o'zlashtirilishi, voha hududida ilk antropogen landshaftlarning yuzaga kelishi, sug'orma dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik kabi sohalarning shakllanishi va rivoji masalalari bo'yicha xorij va mamlakatimiz olimlari tomonidan ko'plab tadqiqotlar olib borilgan. Ushbu mavzu yuzasidagi ma'lumotlarni A.P.Okladnikov, M.M.Gerasimov, V.P.Alekseyev, O'.Islomov, T.Q.Xodjayov, A.Asqarov, A.Sagdullaev, T.Shirinov, Sh.Shaydullaev, B.Eshov kabi olimlarning tadqiqotlarida uchratamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

1938 yilda Teshiktosh g'orida A.P.Okladnikov olib borgan qazishmalar natijasida Boysuntog' hududining ayrim g'orlarini odamlar tomonidan o'zlashtirilishi o'rta paleolit davridan boshlanib, antropogen landshaftlarning shakllanish jarayoni yuzaga kelganligini ko'rsatadi [1]. Qazishma ishlari natijasida umumiy qalinligi 1,5 metr bo'lgan beshta madaniy qatlam aniqlanib, ulardan hayvonlarning suyaklari, tosh qurollar, gulxan o'rni mavjud bo'lgan eng qalin ustki (birinchi) qatlamda to'qqiz yoshli bola qabri topilgan. Antropolog M.M.Gerasimov uning qiyofasini tikladi. G.F.Debes Teshiktosh odamining jinsi erkak deb hisoblasa, V.P.Alekseyev qiz bola bo'lishi kerak degan xulosaga kelgan. DNK orqali olingan ma'lumotlar Teshiktosh odami neandertal turiga tegishli ekanini ko'rsatdi. Ternes Ritsman 2003-2004 yillardagi tadqiqotlari natijasida Teshiktosh odamini ilk Homo sapiens odami deb aniqlagan [2:51]. O'rta va yuqori paleolit davriga oid Amir Temur g'or makonida istiqomat qilgan ibtidoiy davr odamlari asosan ovchilik va termachilik bilan shug'ullanishgan. O'rta paleolit davriga kelib qurollarning turlari ko'payadi va ular asosan nayzasimon o'tkir uchli poykonlar bo'lib, ovchilik qurollaridir. Shu davrga oid turli xil mehnat va ov qurollari ma'lum (tosh pichoqlar, qirg'ichlar, keskichlar, sixchalar, o'tkir qirrali tosh siniqlari va boshqalar).

Ibtidoiy odamlarning eng muhim yutuqlaridan biri olovning o'zlashtirilishi bo'ldi. O'rta paleolit davri iqlimi sovuq bo'lib, odamlar g'orlarda yashaganlar va shu g'orlarda gulxan izlari va kul qoldiqlari ham topilgan. Tog'lar yovvoyi hayvonlarga boy bo'lib, Teshiktosh g'or makonida bug'u, tog' echkisi, yovvoyi ot, ayiq, arslon, quyon va parrandalarning suyak qoldiqlari ham topilgan.

Mezolit davriga kelib Boysuntog'dagi soy bo'ylari ham insonlar tomonidan o'zlashtirila boshlandi. Bu davrga oid Machay g'oridaga antropogen landshaftlarning

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shakllanishi haqida O'.Islomov to'xtalib o'tgan [3]. O'zbekiston tarixidagi yana bir muhim muammo, insonlar tomonidan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayonining boshlanishi ham Boysundagi Machay g'orida amalga oshirilganligi tadqiqotlar tufayli o'z yechimini topdi. Machay g'orini qazish davomida undagi madaniy qatlamlarda katta va kichik tuyoqli hayvon suyaklari qoldiqlarini tahlil qilish asosida O'.Islomov aynan shunday xulosaga kelgan.

Boysun tog' va tog'-oldi hududlarining chorvachilik uchun qulay bo'lganligi hamda bu davr yodgorliklari madaniy qatlamlaridan uy hayvonlari suyak qoldiqlarining ko'plab topilishi diqqatga sazovordir. Machay g'oridan topilgan suyaklarning 90 foizi uy hayvonlarining suyaklaridir.

2017 yildan buyon B.Sayfullaev rahbarligidagi O'zbekiston-Xitoy arxeologik guruhi tomonidan Boysuntog'ning janubiy yonbag'rida To'da g'ori o'rganilmoqda. To'da g'ori tosh qurollari Machay tosh industriyasiga aynan o'xshash va radiokarbon sanaga ko'ra bu g'or miloddan avvalgi V ming yillikka oid.

Arxeologik tadqiqotlardan ma'lumki, mezolit davrida O'rta Osiyo aholisi unchalik zich joylashmagan. Ammo iqtisodiy yangiliklar aynan ana shu aholi orasida paydo bo'lib, keyinchalik butun jamiyatni o'zgartirgan va ancha zich joylashgan aholi orasiga tarqalgan.

Antropolog T.Q.Xodjayov fikriga ko'ra, bronza davrida O'rta Osiyoning janubiy viloyatlarida baland buyli, boshi cho'zinchoq, yuzi tor irqning vakillari tarqalgan [4:9-10].

Shimoliy Baqtriya tabiiy-geografik tuzilishi jihatidan qadimgi dehqonchilik va chorvachilik uchun qulay va serunum sarhadlardan biri hisoblangan. Hududning xilma xil geografik iqlim sharoiti ko'p hollarda ularning tarixiy rivojlanish yo'llarini oldindan belgilab bergan.

Janubiy O'zbekiston bronza davri yodgorliklarini joylashish tizimiga ko'ra, 3 ta qadimgi dehqonchilik vohasi, 1 ta tog' vodiysi va 4 ta mikrovohalarga ajratiladi. Bular: Ulanbuloqsoy, Sherobod, Xo'jaipaksoy qadimgi dehqonchilik vohalari va Poshxurt tog' vohasi bo'lsa, daryo va ularning havza tarmoqlari asosida bir nechtadan mikrovohalar tarkib topgan. Ular: O'rgulsoy, Bandixon, Mirshodi, Sangardak-To'palang vohalardir [5:131].

Ma'lumki, Andronovo madaniyati yodgorliklari Janubiy Sibirning g'arbidan Ural tog' tizmalarining janubi-sharqiy mintaqalarigacha yoyilgan. So'nggi yillarda A.Asqarov "Andronova madaniyatining bir qism aholisi turkiy tilli bo'lganligi" xususidagi fikrini ilgari surdi. Hozircha ushbu g'oyaning tarafdorlari kamchillikni tashkil etsa-da, qozog'istonlik arxeolog K.M.Baypakov Andronova madaniyati

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

aholisining bir qismi turk tilli bo'lgan, degan fikrni ilgari surmoqda [6:10-12]. Bu g'oyalarning asosi Qadimgi Xitoy yilnomalarida keltirilgan yozma manbalar hisoblanadi. Aynan Andronova madaniyati davriga mos keluvchi Sopolli madaniyati aholisi Anov-Namozgoh, Murg'ob, Dashtli, Markaziy va Shimoliy Eron aholisi bilan bir etnik guruhni tashkil etgan va qadimgi Eron til lahjalaridan birida gaplashgan. Shu til asosida Qadimgi Baqtriya va "Avesto" tili shakllangan [7:12]. Shimoliy Baqtriyada Sopolli madaniyatining Ko'zali va Molali bosqichlari topilmalarida prototurkiy tilli ajdodlarimizning izlari moddiy madaniyatda yaqqol ko'zga tashlanadi [8:253].

Sopolli madaniyati kelib chiqish tarixiy ildizi, Shimoliy Kopettog' yonbag'irlarida bronza davrida mavjud bo'lgan Anov-Nomozgoh madaniyatiga borib taqaladi. Mil. avv. II ming yillikning birinchi yarmida bu mintaqaning markaziy turkumidagi tayanch ob'ekti Oltintepada ilk shahar madaniyati tarkib topib, demografik yuksalishlar tufayli Oltintepa aholisining bir qismi suvga serob yangi ekinbop yerlar qidirib shimoli-sharqqa tomon ko'chadilar va Murg'ob daryosining havzalariga kelib o'rnashadilar. Eng qadimgi dehqon jamoalari Murg'ob vohasida yangi yerlarni o'zlashtirib, rivojlanishda, iqtisodiy va etnomadaniy jihatdan yuksalishda davom etib, Murg'ob daryosining quyi havza tarmoqlari bo'ylab dehqonchilik vohalari tarkib topadi, Gonur, To'g'oloq kabi yangi ilk shaharlar qad ko'taradi. Natijada Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining Marg'iyona mahalliy markazi shakllanadi. Bu iqtisodiy va etnomadaniy taraqqiyot jarayonlaridan Balxob, Ko'kcha, Dashli, Sherobod, Ulanbuloqsoy kabi daryo havzalari ham chetda qolmaydi. Aynan mana shu daryo havzalari doirasida yangi radiokarbon ma'lumotlariga ko'ra miloddan avvalgi 2200 yilda, ya'ni miloddan avvalgi III ming yillikning oxirida Qadimgi Sharq sivilizatsiyasining yana bir yangi markazi, bo'lajak Avestoda ilk bor tilga olingan tarixiy-madaniy o'lka - Qadimgi Baqtriya sug'orma dehqonchilik markazi tarkib topadi. Qadimgi Baqtriya hududlari bu mintaqadan o'tgan Amudaryo tufayli ikki qismga bo'linib, uning shimoliy hududlarida qadimgi dehqon jamoalarining Sopolli madaniyati, uning janubiy hududlarida esa (hozirgi Shimoliy Afg'oniston) Dashli madaniyati tarkib topadi.

Sopolli madaniyati aholisining aynan Muzrabot va keyinchalik Sherobod vohasini makon tutishining bosh sababi bu yerda tabiiy "tuz tog'i"ning mavjudligidir. Bu madaniyatning eng qadimgi va asosiy manzilgohlari Sopollitepa, Jarqo'ton, Tillabuloq, Tulkitepa, G'ozqal'a yodgorliklari bevosita Xo'jaikon tuz koni atrofida joylashgan. Eng asosiy strategik mahsulot hisoblangan tuz savdosi mazkur madaniyat aholisining eng asosiy mashg'ulotlaridan biri hisoblangan [9:93].

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Ular Qadimgi Sharq dunyosini tabiiy tuz mahsuloti bilan ta'minlagan. Baqtriya moddiy madaniyatining boyligi, ayniqsa muhrlar va ulardagi tasviriy ifodalar xilma-xilligining asosiy sababi mana shundadir.

Sopolli madaniyatiga xos bo'lgan sopollarning Shimoliy Qozog'iston hududlarida joylashgan bronza davri yodgorliklarida uchrashi yoki Xarappa madaniyati savdogarlarining Baqtriyaga kelib o'rnashishi (Sho'rto'g'ay) va o'zaro savdo hamda madaniy aloqalar o'rnatishi, Baqtriya va Marg'iyona aholisining Eron orqali Xettlar bilan madaniy aloqasini tasdiqlovchi ko'plab muhrlarning topilishi Sopolli madaniyati aholisining madaniy va savdo munosabatlarini juda keng hududlarda olib borganligini tasdiqlaydi [9:93].

Sopollitepa yodgorligining simmetrik plani va qabrlarda uchraydigan idishlar tarkibi va soni marhumlar yoshiga qarab ortib borganligi Sopollitepa jamoasining ijtimoiy jihatdan tengligini, jamoa hayotida oqsoqollarning o'rni katta ekanligini va kam sonli aholining ahil yashaganligini tasdiqlaydi [10:87; 11:21].

Sopollitepa va Jarqo'tondan topilgan antropologik manbalar asosida T.Xodjayov Sopolli madaniyati aholisining Sharqiy O'rta Yer dengizi irqiga mansub deb aniqlagan. Umuman olganda, antropologlar bronza davrida Kaspiy dengizi bo'ylaridan to Pomirgacha bo'lgan hududlarda O'rta Yer dengizi irqining O'rta Osiyo ikki daryo oralig'i tipiga mansub aholi yashaganligi aniqlaganlar [12:78-79].

Taniqli olim B.Eshov fikricha, Surxon vohasi nafaqat O'zbekiston, balki butun O'rta Osiyo xududlarida ilk urbanistik markazlardan biri hisoblanib. ushbu hududlarda urbanizatsiya jarayonlarining boshlanish sanasi 4000 yildan kam emas deyishga jiddiy ilmiy asoslar bor [13:29].

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Qadim Surxon hududi birinchidan, tarixiy davrlardagi yodgorliklari insonlar tomonidan ilk o'zlashtirilgan (Teshiktosh), ular tomonidan yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish jarayonining boshlangan (Machay) hudud bo'lganligi, Boysuntog'ning janubiy yonbag'rida To'da g'ori tosh qurollari Machay tosh industriyasiga aynan mos holda rivojlanganligi bilan; ikkinchidan, voha aholisi bronza davrida sug'orma dehqonchilik, hunarmandchilik va shaharsozlik kabi sohalarda yuksak yutuqlarga erishganligi bilan ajralib turadi.

REFERENCES

1. Окладников А.П. Тешикташ. - М., Изд-во МГУ, 1949. - 182 с.

2. Омонов В. Тешиктош одами // "Фан ва турмуш", 2008, №3-5. - Б. 51.

3. Исламов У. Пещера Мачай. - Т., "Фан", 1975. - 136 с.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

4. Сагдуллаев А.С. Кадимги Узбекистан илк ёзма манбаларда. - Тошкент: "Укитувчи", 1996. - Б. 9-10.

5. Каримова Д.О. Шимолий Бадтриядаги бронза даври дехкончилик маданияти ёдгорликларининг даврий саналари // "Ёш олимлар ахборотномаси" илмий журнали. 2018, № 1(2). - Б. 131.

6. Байпаков К. Империя древних тюрок. // "Тюркский мир". - М., 1999, № 12. - С. 10-12.

7. Шайдуллаев Ш.Б. Узбекистоннинг бронза даври ахолиси этник таркиби хусусида айрим мулохазалар // "Узбек халдининг келиб чидиши: илмий-методологик ёндашувлар, этногенетик ва этник тарих" мавзусидаги Республика илмий-назарий семинар материаллари. - Т., 2004. - Б. 12.

8. Аскаров А. Узбек халдининг келиб чидиш тарихи. - Т.: "Узбекистон", 2015. - Б. 253.

9. Аскаров А.А, Ширинов Т.Ш. Ранняя городская культура эпохи бронзы юга Средней Азии. - Самарканд, 1993. - С. 93.

10. Аскаров А.А. Древнеземледельческая культура эпохи бронзы юга Узбекистана. - Т.: 1977. - С. 87.

11. Ионесов В.И. Становление и развитие раннеклассовых отношений в оседло земледельческом обществе Северной Бактрии: Автореф. дис... канд. ист. наук. -Самарканд, 1990. - С. 21.

12. Ходжайов Т.К. Антропологический состав населения эпохи бронзы Сапаллитепа // Тезисы докладов на сессии, посвященной итогам полевых этнографических и антропологических исследований в 1974-1975 гг. -Душанбе, 1976. - С.78-79.

13. Эшов Б. Узбекистонда давлат ва махаллий бошдарув тарихи. Т.: "Янги аср авлоди", 2012. - Б. 27.

14. Kholiyarov, T. C. (2019). About new studies of historical geography on historical studies of northern bactria. Утмишга назар журнали, 20(2).

15. Shodavlatovna, D. S., & Chorievna, J. S. (2021). The issue of a just king in kaikous's nightmare. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 77(3), 1416-1420.

16. Худайбердиева, Г. Х., & Алланазаров, М. М. (2020). Ёшларни гоявий тарбиялашнинг усуллари, шакллари ва воситалари. ИННОВАЦИИ В ПЕДАГОГИКЕ И ПСИХОЛОГИИ, (SI-2№ 1).

17. Дусназаров М. И., Жумаева Ш. Ч. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПОНЯТИЯ СЕМЕЙНОГО ВОСПИТАНИЯ С ПОЗИЦИЙ СТАНОВЛЕНИЯ И

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

РАЗВИТИЯ КУЛЬТУРНОЙ ТРАДИЦИИ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 151-154.

18. Алламуратов Ш., Джураева У. XIX аср охири-XX аср бошларида шаркий Бухоро бекликларида савдо-сотик ва хунармандчилик муносабатлари //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 105-110.

19. Худайбердиева Г. Х. СУЩНОСТЬ И ОСОБЕННОСТИ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОФЕССИИ, ЕЁ РАЗВИТИЕ //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 1. - С. 179-181.

20. Shodavlatovna, D. S. (2021). The issue of public administration in nizamulmulk's "policy". ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 1007-1012.

21. TULKINJON K. ABOUT HISTORIOGRAPHY OF HISTORICAL GEOGRAPHY OF NORTHERN BACTRIA //Journal of Critical Reviews. - 2020. -Т. 7. - №. 18. - С. 748-758.

22. Mustafayev, U. U. (2021). OLIY TA'LIM: SAVODSIZLIKNING ILDIZI QAYERDA?. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 313-317.

23. Allamuratova X. LINGUISTIC FEATURES OF CONTOMINATIONAL AND APOTROPEIC NAMES IN THE SYSTEM OF ANTHROPONYMS OF UZBEKISTAN //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 2. - С. 141-145.

24. Жумаева Ш. Ч. РАЗВИТИЕ И СОХРАНЕНИЕ АУТЕНТИЧНОСТИ КАК УСЛОВИЕ ЕСТЕСТВЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ ЧЕЛОВЕКА //Актуальные проблемы гуманитарных и естественных наук. - 2020. - №. 4. - С. 46-49.

25. Xoliyarov T. HISTORICAL GEOGRAPHY OF THE POPULATION OF NORTHERN BACTRIA //Theoretical & Applied Science. - 2020. - №. 4. - С. 601604.

26. Allamuratov S. A., Dzhuraeva U. C. IRRIGATION AND RECLAMATION WORKS IN THE SURKHAN OASIS //Emergent: Journal of Educational Discoveries and Lifelong Learning (EJEDL). - 2021. - Т. 2. - №. 05. - С. 88-95.

27. Mustafayev, U. U. (2021). YANGI O 'ZBEKISTON: QADRIYATLAR VA FALSAFIY FANLARNING DOLZARB MUAMMOLARI BO 'YICHA AYRIM MULOHAZALAR. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 568-577.

28. Chorshanbievich K. T. SOME REVIEWS ABOUT THE NORTHERN BORDER OF BACTRIA //International Engineering Journal For Research & Development. -2020. - Т. 5. - №. CONGRESS. - С. 5-5.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

29. Mustafayev, U. U. (2021). TA'LIM BOZORI VA INTELLEKTUAL SOTSIAL "TOVAR" SIFATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(8), 218-226.

30. Pardaev T. R., Tursunov Z. N. THE ATTITUDE OF THE DESPOTIC REGIME TO NATIONAL AND RELIGIOUS VALUES //Утмишга назар журнали. - 2019. -Т. 23. - №. 2.

31. Razhabovich P. T., Narzullaevich T. Z. A LOOK INTO THE HISTORY OF THE PREPARATION OF LOCAL PROFESSIONALS IN THE INDUSTRY //Утмишга назар журнали. - 2019. - Т. 26. - №. 2.

32. Алламуратов Ш., Джураева У. Ремесленные и торговые отношения в бекствах восточной Бухары в конце XIX-начале XX вв //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 3/S. - С. 105-110.

33. Tulkinjon K., Saida M. The Main Stages of the Development Process of Ancient Surkhan //Бюллетень науки и практики. - 2021. - Т. 7. - №. 5. - С. 569-574.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.