Open access journal
www.in-academy.uz
INTANGIBLE CULTURE RELATED TO ECONOMIC TRADITIONS OF FERGANA VALLEY Usmanov Akhrorjon Rustamjon ugli
Fergana State University Teacher of the Department of History of Uzbekistan e-mail: [email protected]
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03rd May 2024 Accepted: 10th May 2024 Online: 11th May 2024 KEY WORDS
Intangible cultural heritage related to economic traditions, calendar, work, family and religious ceremonies,
"calendar" and "weekly", "Khizr Buva", "Khisabi Mardiy", "Shakhmoy", "Taloshak" ", "the job went away", "the fox ran away", "hosh-hosh", "turey-turey", "churey-churey" or "churiya".
НЕМАТЕРИАЛЬНАЯ КУЛЬТУРА, СВЯЗАННАЯ С ХОЗЯЙСТВЕННЫМИ ТРАДИЦИЯМИ ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЫ
Усманов Ахроржон Рустамжон угли
Ферганский государственный университет преподаватель кафедры истории Узбекистана e-mail: [email protected]
This article discusses intangible cultural heritage related to economic traditions. In the lifestyle of the people of Ferghana Valley, there are customs, ceremonies and holidays related to ancient philosophical, religious, calendrical concepts and economic traditions. Community life embodies various traditions. They have been inherited from ancestors to generations for centuries. These customs and ceremonies can be divided into such groups as calendar, labor, family and religious. These ancient traditions, incorporating new aspects, have been living in the lifestyle of our people until now.
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03rd May 2024 Accepted: 10th May 2024 Online: 11th May 2024 KEY WORDS
Нематериальное культурное наследие, связанное с хозяйственными традициями, календарь, труд, семейные и
религиозные обряды,
«календарь» и
«еженедельник», «Хызр бува»,
В данной статье рассматривается нематериальное культурное наследие, связанное с хозяйственными традициями. В образе жизни жителей Ферганской долины присутствуют обычаи, обряды и праздники, связанные с древними философскими, религиозными, календарными представлениями и хозяйственными традициями. Общинная жизнь воплощает в себе различные традиции. Они передавались по наследству от предков к поколениям на протяжении веков. Эти обычаи и обряды можно разделить на такие группы, как календарные, трудовые, семейные
«Хисаби мардий», «Шахмой», «Талошак», «работа». ушла", "лиса убежала", "хош-хош", "турей-турей", "чурей-чурей" или "чурия".
www.in-academy.uz
и религиозные. Эти древние традиции, вобравшие в себя новые аспекты, до сих пор живут в образе жизни нашего народа.
FARG'ONA VODIYSI XO'JALIK AN'ANALARI BILAN BOGLIQ NOMODDIY
MADANIYATI Usmonov Axrorjon Rustamjon o'g'li
Farg'ona Davlat Universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi o'qituvchisi e-mail: [email protected]
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 03rd May 2024 Accepted: 10th May 2024 Online: 11th May 2024 KEY WORDS
Xojalik an'analari bilan bog'liq nomoddiy madaniy meroslar, taqvimiy, mehnat, oilaviy va diniy marosimlar, "solnoma" va "haftanoma", "Xizr buva", "xisobiy mardiy" ,"shoxmoylar", "Taloshak", "shog'ol ketdi", "tulki qochdi" , "ho'sh-ho'sh", "turey- turey", "churey-churey" yoki "churiya"lar.
Ushbu maqolada xo'jalik an'analari bilan bog'liq nomoddiy madaniy meroslar hususida fikr yuritiladi. Farg'ona vodiysi aholisi turmush tarzida qadimiy falsafiy, diniy, taqvimiy tasavvurlari hamda xo'jalik an'analari bilan bog'liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o'zida turli an'analarni mujassam etgan. Ular asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelmoqda. Mazkur urf-odat va marosimlarni taqvimiy, mehnat, oilaviy va diniy kabiguruhlarga bo'lish mumkin. Ushbu qadimiy an'analar o'zida yangicha ko'rinishlarni ham mujassam etgan holda xalqimiz turmush tarzida hozirga qadar yashab kelmoqda.
KIRISH
O'zbekiston jahon sivilizasiyasining beshigi hisoblanadi. O'zbekistonning istiqloli tufayli unutilayozgan qadriyatlarimiz, urf-odat va marosimlarimiz tiklanmoqda, xalqimizning milliy o'zligini anglashi orqali ona yurt tarixiga qiziqish yanada ortib bormoqda.
Farg'ona vodiysi aholisi turmush tarzida qadimiy falsafiy, diniy, taqvimiy tasavvurlari hamda xo'jalik an'analari bilan bog'liq urf-odat, marosim va bayramlar mavjud. Jamoaviy hayot o'zida turli an'analarni mujassam etgan. Ular asrlar mobaynida ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelmoqda. Mazkur urf-odat va marosimlarni taqvimiy, mehnat, oilaviy va diniy kabi guruhlarga bo'lish mumkin. Ushbu qadimiy an'analar o'zida yangicha ko'rinishlarni ham mujassam etgan holda xalqimiz turmush tarzida hozirga qadar yashab kelmoqda.
Farg'ona mintaqamizning eng qadimiy madaniy o'choqlaridan hisoblanadi. Tahminan, miloddan avvalgi 2-mingyilliklardayoq bu yerda dehqonchilik madaniyati taraqqiy eta boshlagan.[1]
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
www.in-academy.uz
Farg'on vodiysidagi eng qadimgi dehqonchilik madaniyati tarixi, dehqonchilik marosimlari va ularning genezisini tadqiq qilishda o'tmish ajdodlarimiz turmush tarzini o'rganishda, tarixiy jarayonlarni rekonstruksiya qilishda hamda xalqimizning qadimgi davlatchilik an'analari va mintaqadagi qadimgi urbanistik jarayonlarni ilmiy-asosli tarzda o'rganish muhim ahamiyatga ega. Darhaqiqat, dehqonchilik an'analari qadimiy ildizlarga bog'lanishi bilan birga o'ziga xos marosimlarga ham ega bo'lgan. Har bir dehqonchilik mavsumida aynan bir vaqt takrorlanuvchi ish jarayoni turli an'ana va urfodatlarni shakllanishiga sabab bo'lgan. Bugungi kunda Farg'ona vodiysi tarixi, an'anaviy xo'jaliklar madaniyati va urf-odatlari dehqonchilik turlari, dehqonlarning marosimlari tarixiga qiziquvchilar ortib bormoqda.
Tarixiy etnografik adabiyotlardan ma'lumki, qadimdan o'troq hayot kechirgan xalqlar hayotida dehqonchilik asosiy mashg'ulot turlaridan biri bo'lgan. Vodiyda o'ziga xos o'troq dehqonchilik madaniyati shakllangan. Dehqonchilik madaniyatining rivojlanib borish barobarida xalq orasida u bilan bog'liq bilim va malakalar, qolaversa urf-odat va an'analar shakllanib borgan. Bugungi kunda dehqonchilik bilan bog'liq urf-odat va marosimlarni etnografik yo'nalishda tadqiq etish xalqimizning o'tmishdagi ijtimoiy hayoti va mafkurasini, hamda ko'plab marosimlarimizni kelib chiqish tarixi va idizlarini o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi. Qolaversa, Z.S.Isoqov, T.Turlboev, M.Jo'raev, A.A.Ashirov, V.P.Nalivkin, B.Sarimsoqov, M.Is'hoqov kabi tadqiqotchilar ilmiy izlanishlaridan mavzuga oid ma'lumotlarni olish mumkin.
NATIJALAR VA MUHOKAMA
Ma'lumki, asrlar davomida dehqonchilik xo'jaligini yuritish bo'yicha to'plangan katta tajriba va usullar, nozik fenologik kuzatishlar kashf qilingan. Bular asosida esa o'ziga xos dehqonchilik an'analari hamda marosimlari shakllangan. Ta'kidlash joizki, mazkur an'analarda diniy-mifologik qarashlar muhim ahamiyat kasb etgan. Umuman olganda, dehqonchilik bilan bog'liq urf-odatlar, marosimlar xalq tafakkurining g'aroyib mo'jizalaridan biridir. O'zbek xalqi ham qadimdan ularga amal qilish barobarida ularga taalluqli qoidalar, duolar, aytimlar va alomatlarni yaratgan.[2]
Dehqonlarning tabiat injiqliklari oldidagi ojizligi, sermashaqqat mehnat evaziga etishtirilgan hosilning tabiiy ofatlar tufayli nobud bo'lishi va tabiatning noma'lum ko'rinmas kuchlaridan qo'rquv va muammolardan qutulish choralarini izlash ham dehqonchilik bilan bog'liq qator magik marosimlar bajarilishiga asos hisoblangan. Mazkur marosimlar va urf-odatlar ildizi juda uzoq davrga borib taqalib, qadimgi animistik tasavvurlar bilan bog'liqdir. Dehqonchilik bilan bog'liq ravishda o'tkazilgan urf-odatlar, marosimlar turli agrar kultlarning magik (sehrgarlik) kuchiga bo'lgan ishonch asosida shakllanib kelgan.
Taniqli nemis folklorshunosi V. Mannxardt ilk bor dehqonchilik bilan bog'liq turli afsonalar va obrazlarda o'simliklar olamining jonlanishi sirlari namoyon bo'lishi muammosini ilgari surgan edi. Olimning fikricha, ruhning o'simlikka evrilishi to'g'risidagi quyi mifologiya yuqori ilohlar to'g'risidagi mifologiyaga asos bo'lgan. Aynan quyi mifologiya o'ziga xos yashovchan bo'lganligi tufayli, uning izlari dehqonchilik marosimlarida yaxshi saqlanib qolgan.
Darhaqiqat, dehqonchilik bilan bog'liq ravishda o'tkazilgan urf-odatlar, marosimlar turli agrar kultlarning magik (sehrgarlik) kuchiga bo'lgan inonch asosida paydo bo'lgan. Shu
www.in-academy.uz
sababli dehqonchilik bilan bog'liq udum va marosimlarning ko'plari islomgacha bo'lgan tabiat hodisalarini ilohiylashtirish, osmon va yer ilohlariga sig'inishga asoslangan.
O'rta Osiyoning boshqa xalqlari qatori vodiy o'zbeklari ham dehqonchilik an'analarini Sharq xalqlari taqvimi asosida olib borgan. Bahorgi dala ishlari, mahalliy taqvimga ko'ra, yangi yil - quyoshning baliq (hut) burjidan qo'y (hamal) yulduzlar turkumiga o'tgan vaqtdan boshlangan. Hozirgi amaldagi oy kalendari bo'yicha bu 21 martdan boshlanib 21 aprelgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
Shu o'rinda ta'kidlab o'tish joizki, o'zbeklarda bahorgi dastlabki erga ishlov berish ishlarida ba'zan hafta kunlariga ham alohida e'tibor qaratilgan. Masalan, Andijonda bahorgi yer haydashni shanba kuni boshlashni maqul deb bilganlar. O'zbek xalqining ajdodlari qadimdan hafta kunlarini va o'sha kunlari ro'y beradigan tabiat hodisalarini kuzatib, maxsus "solnoma" va "haftanoma"lar tuzishganki, bu manbalarda haftaning qaysi kuni qanday ishlari amalga oshirish mumkin yoki mumkin emasligini belgilab bergan. Masalan, haftanomada shunday bitiklarga duch kelishimiz mumkin:
"Shanba (Zuhal)-dehqonchilik qilmoq yaxshidur, bir donaga ming dona barakat berur, hargiz befoyda bo'lmas.
Yakshanba (Quyosh)-dehqonchilik qilmoq yaxshi emas, ofat tushgay.
Dushanba (Oy)- dehqonchilik qilmoq yaxshidur.
Seshanba (Mirrix)-agar ziroat qilsa, qurt, sichqon yo hayvondin ul ziroat shikast topgay.
Chorshanba (Atorud)- ammo dehqonchilik qilmoq yaxshidur, barakat paydo bo'lur, xirmon olmoq yaxshidur.
Payshanba (Mushtariy)-hamma korlarga yaxshidur.
Juma (Zuhra)-dehqonchilik qilmoq yaxshidur".[3]
Dehqonchilik bilan bog'liq o'ziga xos mahalliy agromadaniyat an'analarida bahorgi ekish mavsumida dalaga birinchi qo'sh chiqarish marosimi muhim amaliy ahamiyat kasb etgan. Chunki etishtirilgan hosilning mo'l bo'lishi va yil barakali kelishi ekish mavsumining o'z vaqtida sifatli o'tkazilishiga bog'liq bo'lgan. [4]
O'rta Osiyo xalqlari, jumladan, Farg'ona vodiysi o'zbeklarida dehqonchilik homiysi hisoblangan Bobodehqon kulti va ushbu kult bilan bog'liq holda bajariluvchi juda ko'plab urf-odat va rasm-rusumlar keng tarqalgan. Aniqrog'i deyarli dehqonchilikda o'tkaziladigan barcha urf-odat va marosimlarda, shuningdek, urug' qadashda uni parvarishlash va yig'ib olishda "Bobodehqon"ga e'tiqodda bo'lingan. Dehqonchilik homiysi hisoblangan Bobodehqon xalq orasida o'zining qator ijobiy xislatlari bilan ajralib kult tarzda mashhur bo'lgan. Shuning uchun mahalliy dehqonlar tasavvurida u halol mehnat bilan kun ko'ruvchi, boshqalar haqidan hazar qiluvchi dehqonlarning halol mehnatining rivojiga va hosiliga baraka ato etuvchi pir hisoblangan.
Shu o'rinda ta'kidlash joizki, Bobodehqon kultiga o'xshash dehqonchilik kultlariga e'tiqod qilish, yer yuzining boshqa hududlarida, chunonchi, Hindiston, Hindixitoy Afrika, SHimoliy va Janubiy Amerika dehqonlari orasida ham mavjud.[5]
Farg'ona vodiysi aholisi orasida "Bobodehqon" kulti bilan bir vaqtda "Xizr buva" kulti ham ommalashgan. Ushbu kult vodiy aholisi hamda O'rta Osiyoning boshqa xalqlari tasavvurida ezgu-savob ishlarni amalga oshiruvchi, insonlarga yordam qo'lini cho'zuvchi, adashganlarga yo'l ko'rsatuvchi, turli mushkulotlardan xalos etuvchi avliyo sifatida namoyon
www.in-academy.uz
bo'lgan. Vodiy aholisi dehqonchiligi baroridan kelgan, omadi chopgan kishilarni "Xizrnazar" odam "Xizr suygan" odam deb ataganlar, ta'kidlab o'tish joizki, shu kunlarda ham Farg'ona vodiysi aholisi orasida Xizr buva kulti bilan bog'liq xilma-xil rivoyatlar mav-jud. Qolaversa, dehqonchilik homiysi Bobodehqon va Xizr buva ishtiroki bilan bog'liq urf-odat va marosimlarga islomiy tus berilishi, ya'ni ularni ilohiylashtirish xalq orasida mazkur homiylar mavqeini yanada oshirgan. Yuqoridagilardan shu narsa ma'lum bo'ladiki, dehqonchilik homiysi Bobodehqon obrazi o'zining uzoq tarixiga ega. Etnolog A.Ashirov dehqonchilik xo'jalik an'analariga bog'liq holda keng tarqalgan "Bobodehqon" kultining kelib chiqish asosiga ko'ra, Mitra ilohi bilan bog'liqligini tarixiy-etnografik materiallar asosida isbotlashga harakat qilgan.[6]
Farg'ona vodiysi o'zbeklarining an'anaviy dehqonchilik marosimlari tizimida osmon va sayyoralar harakati bilan bog'liq qator urf-odat va marosimlar ham muhim ahamiyat kasb etgan. Shuning uchun ham dehqonlar yulduzlar harakati, Quyosh va Oyning holatiga qarab ob-havo qanday bo'lishini aniqlay olishgan. Dehqonchilikda fasllarning bunday bo'linishlari haqida rus tadqiqotchilardan biri N.Nalivkin to'xtalgan.[7]
Farg'ona vodiysida dehqonchilik bilan bog'liq bo'lgan yil hisobining boshqa bir qator usullari ham mavjud bo'lgan. Jumladan vodiylik dehqonlarda o'ziga xos tarzda qo'llanilgan usullardan biri - inson tana a'zolariga qarab hisoblash usulidir. Bunday usulni So'x tumanida "xisobiy mardiy" deb yuritilgan.[8]
Farg'ona vodiysida erta bahorda dehqonchilikni yaxshi biladigan keksalar dalalarga chiqib tuproqni shudgorlash uchun yetilgan yoki yetilmaganini aniqlashgan. Agar yer haydash uchun tayyor bo'lsa, dehqonchilikning yana bir udumi hisoblangan "shoxmoylar" marosimi o'tkazilgan. Ushbu marosim udumga ko'ra qozon osilib, unga yog' quyib qizdirilgan va unda bo'g'irsoq va chalpak pishirilib, so'ngra xuddi shu qozondagi yog' bilan oiladagi keksaroq kishi ho'kizning shoxini, elkasini, tuyoqlarini va, hatto, irim qilib omochning tishini ham moylagan. Ushbu marosim vodiying So'x tumani tojiklarida "govxunukkunon" yoki "yug'munon" deb atalgan. Ushbu marosim O'rta Osiyoning boshqa dehqonchilik hududlarida ham mavjud bo'lgan.[9]
Folklorshunos B. Sarimsoqovning ta'kidlashicha, "Shoxmoylar marosimi dehqonlar bilan bog'liq urf-odatlarning eng asosiysi bo'lib, bu udum ziroatchilik marosimlariga yo'l ochgan. Shuning uchun dehqonlar shoxmoylarni alohida quvonch hamda zo'r tantana bilan o'tkazishga katta e'tibor berganlar".[10] Shoxmoylar paytida ho'kizlarga ko'z tegmasligi uchun irim qilinib tumorlar taqilgan. Shoxmoylar marosimlarining barcha rasm-rusumlari qilingach, mulla tomonidan "dehqonchilik risolasidan" parchalar o'qilgan. Shohmoylarni, ya'ni dalaga dastlabki qo'sh chiqarish marosimini o'tkazish kunini odatda qishloq oqsoqollari belgilab berganlar. Bu kunlar esa dushanba, chorshanba va juma kunlaridan biriga to'g'ri kelishi lozim. Hindistonning shimoliy rayonlarida yashaovchi xalqlar tasavvurida, ona yer har oyda olti kun uxlaydi. Bu kunlar oyning 5, У, 9, 11, 21, 24-kunlariga to'g'ri keladi. Binobarin, mana shu kunlar yerga qo'sh solib bo'lmaydi.[11]
"Avesto"da ta'kidlanishicha, kimda-kim yerga o'ng-u so'l, so'l-u o'ng qo'llari bilan ishlov bersa, mo'l-ko'l bug'doy sepsa, unga tuganmas boylik va baxt ato qilinar ekan.[12]
Farg'ona vodiysi aholisi dehqonchilikda yana xalq taqvimlariga ham katta e'tibor berganlar va hatto, vodiyda ushbu dehqonchilik va boshqa taqvimlar bilan bog'liq turli
Open access journal
www.in-academy.uz
marosimlar ham o'tkazilgan. Shuningdek, vodiyda ekinni parvarishlash, yog'ingarchilik hamda namgarchilik bilan bog'liq bo'lgan o'ziga xos urf-odat va marosimlar ham o'tkazilib, bular vodiy an'anaviy dehqonchiligida o'ziga xos ahamiyat kasb etgan. "Devonu lug'otit turk"da keltirilishicha, ekinzorlarni yomon ko'zlardan saqlashda quyiladigan qo'riqchi qadimda "abaqi" deb atalgan bo'lsa, xosilni qushlardan qo'riqlash uchun qo'yilgan qo'riqchi "kosgo'k" deb nomlangan[13].
Farg'ona vodiysi aholisi orasida hosilni yig'ib olish va saqlash bilan ham bog'liq bir qator o'ziga xos rasm-rusumlar shakllanib kelgan. Tabiiyki, hosil pishib etilgandan so'ng, uni yig'ishtirib olish tayyorgarliklari boshlangan. Avvalo, hosilni yig'ib olish uchun mo'ljallangan o'roq va boshqa mehnat qurollari sozlangan. Hosil o'rim-yig'imini boshlash uchun mahalla oqsoqoli va imomi keksa dehqonlar, tajribali o'rimchilar hamda mahalliy taqvim hisobdonlari bilan maslahatlashgan holda biror kunni belgilab olganlar. Bu mavsum dehqonchilikning eng mas'uliyatli davri hisoblanib, unga qishloq oqsoqoli va keksa dehqonlar boshchilik qilishgan. O'rim-yig'im, asosan, vodiy qishloqlarida "hashar" yo'li bilan amalga oshirilib, u qachon, kimning dalasida uyushtirilishi oqsoqol tomonidan belgilangan. O'rimga qishloqning barcha ishga yaroqli erkaklari jalb etilgan. Bu davrda hech kim chetda turmagan, dangasa, ishyoqmas kishilar qattiq tanqid ostiga olinib, xalq orasida izza qilingan. Ayrim o'ziga to'q boy xonadonlar hosilni tezroq yig'ib olish maqsadida chetdan ham yollanma ishchi olganlar, hosil o'rimchilari vodiyda "o'roqchi", "o'rimchi" yoki tojiklarda "daravgar", "dastkash" nomlari bilan yuritilgan. Har bir o'rimchi ishni boshlashdan avval: "Bismillahir rohmaniyr rohim, ey Olloh ishimizga o'zing baraka ber bizni Bobodehqonu, Xizr buvalarning ruxlari qo'llab, hosilimiz mo'l, risqimiz ulug' bo'lsin", deya duo qilgan. O'rimni keksa dehqonlar ramziy ma'noda boshlab berishgan. So'ng o'rimni yosh o'roqchilar ko'tarinki kayfiyat bilan davom ettirishgan. Hosil o'rishning vodiyda "kaptar dumi", "g'avza" kabi usullari mavjud bo'lib, ularning qay biri o'roqchi uchun qulay bo'lsa, u shu usuldan foydalangan.[14]
Farg'ona vodiysi aholisi orasida hosil o'rim-yig'im davrida "quyon qochdi" marosimi ham o'tkazilib, u vodiyning So'x tumanida "Taloshak" deb ham yuritilgan. Shunga o'xshash marosimlar O'rta Osiyoning boshqa dehqonchilik hududlarida ham o'tkazilib, ular "shog'ol ketdi", "tulki qochdi" nomlashgan. Ushbu marosimga ko'ra o'rim mavsumi oxirida hosilni oz qolgan qismini o'roqchilar har tarafdan o'rib kela boshlashadi. Bu paytda atrofdagi kuzatuvchilar va o'roqchilar "quyon qochdi" deb qichqira boshlashadi. Bu paytda oxirgi tutam bug'doyni o'rib olish uchun harakat qilinadi. Kimda kim oxiri bir tutam bug'doyni qo'lga kiritsa, o'sha o'roqchi omadli hisoblangan. O'rimni bu usulda tezlatishdan maqsad vodiyliklarda yer hosil tugay boshlashi bilan o'lishni boshlaydi. Agar tezda o'rim nihoyasiga etkazilsa, u qiynalmaydi degan tushunchalarga ishonishgan.
Hosil o'rib bo'lingach, yanchish uchun xirmon tayyorlangan. Xirmonga hosil yig'ib bo'lingach barcha dehqonlar, qishloq oqsoqollari va soliqchilar yig'ilishgan. Shu kuni xirmonning o'zida biror-bir jonliq so'yilib, is chiqarilgan va o'sha yerning o'zida taom tayyorlangan. Bu "Xirmon oshi" deb atalib, uni xirmondagi hosil egasi uyushtirgan.
Hosilni yanchish mobaynida, mehnati og'ir bo'lganligi sababli, dehqonlar bir qancha o'ziga xos qo'shiqlarni kuylashagan. Bu qo'shiqlar ichida xalq orasida ommalashgani "Mayda" qo'shig'i hisoblanadi. Ushbu qo'shiq satrlarida ish hayvonining ildam yurishi, xirmonni tezroq yanchishi dehqonni sevinch tuyg'ulari bilan qo'shilib, ruhiy ko'tarinkilik hosil qiladi. Xirmon
Open access journal
www.in-academy.uz
qo'shiqlarida umid va xursandchilik bag'ishlovchi satrlar ko'p. Negaki, dehqon og'ir va mashaqqatli kunlar orqada qolganligini ko'rib turibdi. Shunday paytda dehqon o'zining xirmoniga baraka tilaydi.
Hosil yanchilgandan so'ng, uni shamolga sovurushgan. Shamolning tez va sekin esishiga qarab, "Quyuq shamol" hamda "Suyuq shamol" deb atashgan. Agar shamol esmasa, dehqonlar shamol piriga atab jonliq so'yib is chiqarishgan. Farg'ona vodiysida shamol haqida ikki xil qarash mavjud bo'lib, Qo'qon va Andijon atroflarida shamol g'ordan kelib chiqadi deb qaralsa, Marg'ilon, O'sh, O'zgan atroflarida shamol homiysi sifatida qari ayol tasavvur qilingan.[15] Vodiyda shamol piri sifatida Yalang'och ota va Xaydar kultiga ham sig'inilgan.[16]
O'zbek xalqining umrboqiy marosim va udumlaridan biri - xirmon ko'tarish bilan bog'liq udum va marosimlar hisoblanadi. XIX-XX asr boshlarida ham xirmon ko'tarish bilan bog'liq bir necha urf-odatlar va marosimlar nishonlangan. Etnografik ma'lumotlarning guvohlik berishicha, bunday odatlar-u marosimlarda xalqqa xos bo'lgan eng yaxshi fazilatlar-bag'rikenglik, saxiylik, tantilik, kamquvvatlarga yordam berish kabi chinakam xalqchil va umuminsoniy qadriyatlar o'z aksini topgan.
O'zbek xalqining an'anaviy turmush tarzi bilan bog'liq qarashlar va marosimlarni kuzatar ekanmiz, yer, don va nonga bo'lgan o'ziga xos hurmat ehtiromni turli-tuman udumlar va marosimlarda hozirgacha saqlanib kelayotganligini ko'rishimiz mumkin. Farg'ona vodiysi o'zbeklari orasidagi xalqona qarashga ko'ra bug'doy, olma, qovun, anjir va rayhon dastlab jannatda o'sgan. Shu bois ushbu o'simliklar va mevalar doimo e'zozlangan. Ayniqsa xalq orasida yerga bug'doy sepish eng xayrli amallardan biri sanalgan va bug'doy ekilgan maydonlarni oyoq osti qilish gunoh hisoblangan. Farg'ona vodiysi o'zbeklari qadimiy odatga ko'ra g'alla somonini hech qachon o'choq va tandirga yoqishmagan. Chunki donni-nonni yoqish og'ir gunoh deyiladi.[17]
Chorvachilik an'anaviy xo'jalik mashg'ulotlarining eng qadimiy ko'rinishlaridan va tirikchilik manbaini belgilovchi asosiy mehnat turlaridan biri bo'lgan.
Farg'ona vodiysi aholisi qadimdan dehqonchilik bilan birga chorvachilik bilan ham shug'ullanib kelishgan. Vodiyning tog'li, tog'oldi hamda dasht hududlarida chorvachilik asosiy va yetakchi xo'jalik tarmoqlaridan biri bo'lgan. Chorva hayvonlari chorvador bilan birgalikda ziroatchi aholi turmushida ham muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Dehqonlar ulardan asosan, ishchi kuchi, ulov, yordamchi kuch va qo'shimcha daromad manbai sifatida foydalanganlar. Chorvachilikka oid marosim va urf-odatlar mohiyati va ulardan asosiy maqsad chorvani ko'paytirish, uni turli kasalliklar, o'lat, yovvoyi yirtqich hayvonlar va o'g'rilardan himoya qilish bo'lgan. Chorvadorlar uchun chorva hayvonlarining sog'lig'i doimo muhim ahamiyat kasb etgan. Ular chorvani har xil balo-qazolar, yovuz kuchlar, yomon ko'zlar ziyon-zahmati hamda yirtqich hayvonlar hujumidan asrash maqsadida yilning ma'lum bir vaqtida turli marosimlarni o'tkazganlar.
O'zbeklarda ikki xil yil hisobi bo'lib, ular quyidagicha belgilangan: dehqon yili 2-martdan boshlansa, cho'pon yili 16-martdan boshlangan. Cho'pon yilining 16-martdan boshlanishi yerga amal kirishi va o't-o'lanlarning o'sib chiqa boshlashi bilan bog'liq. Ana shu kundan boshlab chorvadorlar yozgi yaylovlar ko'chish ishlarini boshlab yuboradilar.[18]
www.in-academy.uz
Farg'ona vodiysi qipchoqlarida qo'ylar yaylovga haydab ketilayotganda marosimiy qurbonlik qilishgan va qishloq mullasi tomonidan cho'ponlar piri Cho'ponotaga bag'ishlangan risola o'qib berilgan.
Turmush tarzi chorvachilikka daxldor bo'lgan Farg'ona vodiysi qishloqlarida chorvani yozgi yaylovlar olib chiqish va qishlov yeriga olib qaytishda qator afsungarlik rasm-rusumlari va urf-odatlariga asoslangan. Ular bir joydan ikkinchi joyga ko'chish paytida chorvani turli ziyon-zahmatlardan poklab ko'chirishga harakat qilganlar. Bunda toqqa ketayotgan qo'y-qo'zilarni yovuz kuchlar, yomon ko'zlardan asrash maqsadida cho'ponlardan biri qo'lida gulxan ushlagan holda suruvni aylanib chiqqan va qo'ylarni olov yordamida poklagan. Andijon viloyati qishloqlarida esa chorva yaylovga olib ketilayotganda qishloq mullasi tomonidan Qur'on kitobi ochiq holda ushlab turilgan va uning tagidan qo'ylar hamda cho'ponlar o'tkazilgan. Qo'y-qo'zilarni yaylovga haydash va yaylovdan qishki qishlov joyiga qaytish paytida cho'ponlar jonivorlarni ziyon-zahmati va yomon ko'zli kishilardan olov, isiriq, va Qur'on kitobi yordamida poklaganlar.
Cho'ponlar uchun yaylovda qo'ylarning sog'lig'ini saqlash eng muhim vazifa hisoblangan. Agar yaylovda qo'ylar biron-bir hastalikka chalinib yoppasiga qirilib keta boshlasa, cho'kmalar qo'ylarini yaylov atrofida joylashgan muqaddas qadamjoy va aziz avliyolarning qabrlari tomon haydab borganlar. Qo'ylar muqaddas qadamjoyga haydab kelingandan so'ng ushbu ziyoratgoh yoki qabr atrofidan chorvani uch marta aylantirilgan. Cho'ponlarninig fikricha, ushbu amaldan so'ng chorvaga kelgan falokat bartaraf bo'lar ekan.[19]
Turkiy xalqlar orasida qo'y eng muqaddas jonivor hisoblangan va unga nisbatan alohida ehtirom ko'rsarilgan. Vodiy qipchoqlari va qirg'izlari orasida qo'y jannatdan chiqqan jonivor deb hisoblangani bois uning nafaqat o'zi, balki biror bir tana a'zosi ya'ni qo'chqor shohi ham yomon niyatli odamlar nigohini bartaraf etish hususiyatiga ega deb qarashgan. Shu sabaga ko'ra uylarning kiraverishiga qo'chqor shohini osib qo'yish odati bo'lgan. Qachon shohini uy ing kiraverishiga osib qo'yish orqali ular uyga yomon niyatli kishilar bilan birga kirib keluvchi turli balo-qazolarni bartaraf etishga harakat qilganlar. Qolaversa qo'y-qo'zilar turli ins-jinslarni bartaraf etish hususiyatiga ega deb hisoblangani bois zukko cho'ponlar kimsasiz yaylovlarda kechalari turli ins-jinslar tahdiddan himoyalanish maqsadida qo'ylarni orasiga kirib tunaganlar.[2Q]
Chorvachilik bilan bog'liq marosimlar va urf-odatlar, mohiyatan, ularning aksariyatida afsungarlik, mafiya, totemizm bilan bog'liq qarashlar ustuvor ekanligini ko'ramiz. Farg'ona vodiysida yashovchi o'zbek chorvadorlari turfa xil afsungarlik urf-odatlari orqali chorvani turli balo-qazolarni kasalliklardan asrashga hamda ular serpushtligini davom ettirishga harakat qilishgan.
Chorvachilikning muhim tarmog'i qoramollar bilan bog'liq urf-odatlar haqida so'z ochar ekanmiz, datslabki chorvador jamoalarining ilk rivojlanish davrida ho'kizning totem tarzida taraqqiy etishi bronza davriga bog'liqligini aytishimiz mumkin. Bu davrda yirik shohlik qoramollar xo'jalik asosini tashkil qilib, ilohiylashtirilgan.
O'zbeklar orasida uy hayvonlarini masalan, ot, sigir, qo'y, va tuyani tepish ham qadimdan gunoh sanalgan. Qipchoqlarida sigirning bolasi o'smay qolsa, "alas-alas" qilingan. Bunda o'smay qolgan sigir bolasining qorin qismidan junlari olov yordamida kuydirilgan va bu amal 3 chorshanba o'tkazilgan.[21]
Open access journal
www.in-academy.uz
Cho'ponlarning asosiy ish quroli bo'lgan tayog'i va kiyimi ham o'ziga hos magik hususiyatga ega bo'lgan deb hisoblanadi. Cho'pon tayog'i muqaddas hisoblanganligi bois cho'pon bo'luvchi shaxs unga ega bo'lish niyatida qurbonlik qilib biror bir hayvonni so'ygan. Shunda keyingina cho'pon tayog'iga ega bo'lgan.
Xalqimiz qadimdanoq chorvachilik bilan ham shug'ullanib kelgan. Bu kasb xalqimiz hayotida muhim o'rin egallagan. Ot, tuya, ho'kiz kabi jonivorlar hamisha chorvador va dehqonning mehnat jarayonidagi yaqin ko'makchisi bo'lgan. Ular orqali qadimgi ajdodlarimiz olis manzilni yaqin, mashaqqatli ishni oson qilishgan. Shu bois bu jonivorlarni qadimgi kishilar totem va kult darajasiga ko'tarib ardoqlashgan. Ularga nisbatan alohida e'tibor bilan munosabatda bo'lishgan. Hatto doston, afsona, ertak, rivoyat kabi xalq asarlarida bu jonivorlar bilan bog'liq turli epik talqinlar paydo bo'lgan.
Farg'ona vodiysida xalq orasida hayvonlarni iydirishga xizmat qiluvchi sog'im qo'shiqlari alohida jozibaga egaligi bilan ajralib turadi. Sog'im qo'shiqlari sog'iladigan hayvon turiga qarab turlarga bo'linadi. Xalq o'rtasida sigir sog'ish jarayonida kuylanadigan qo'shiqlar - "ho'sh-ho'sh" qo'shiqlari yoki "govmishim", qo'yni sog'ishda aytiladigan qo'shiqlar - "turey-turey"lar, echkini sog'ish qo'shiqlari esa "churey-churey" yoki "churiya"lar deb nomlangan. Ular sog'ilayotgan hayvonni tinchlantirish, uni iydirish uchun kuylanadi. Chunki tinch va iyigan jonivordan ko'proq sut sog'ib olish mumkin. "Ho'sh-ho'sh"lar ravon va tekis ohangda cho'zib aytilgan.
Ko'z magiyasi, kinna kirishiga ishongan qadimgi chorvadorlar zotdor, ko'p sut beradigan sigirlarni yomon ruhlardan asrash uchun turli tadbirlarni qo'llaganlar. Ularning shoxlariga maxsus duolar yozilgan tumorlar, qalampirmunchoq yoki ko'zmunchoqlar shodasini ilib qo'yishgan. Aks holda ko'z tekkan sigir yo o'ladi, yo kasallanib kam sut bera boshlaydi, deb irim qilingan.
Sog'im qo'shiqlari sog'ilayotgan hayvonga shaxs sifatida murojaat qilish, unga so'z yordamida ta'sir ko'rsatish tasavvuri bilan yaratilgani bois ularda tashxis (jonlantirish) san'ati markaziy o'rin egallaydi. U kuylovchiga o'z ichki dardlarini, ruhiy holatini, alam-iztiroblarini bayon qilish uchun muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Sog'im qo'shiqlari barmoq vaznida, mustaqil to'rtliklar shaklida yaratiladi.
Chorvachilik bilan bog'liq ananaviy urf odat va marosimlar yakunida xulosa sifatida shuni takidlash joizki, vodiy o'zbeklari orasidagi chorvachilik bilan bog'liq an'analar o'zining qadimiy asoslariga ega ekanligi va ularning aksariyatida mintaqa aholisining qadimiy diniy tasavvurlari bilan bog'liq qarashlari mujassamlashganiga amin bo'lamiz.
XULOSA
Xulosa qilib aytish mumkinki, o'zbek xalqi an'anaviy dehqonchilik mashg'uloti bilan bog'liq marosimlar va urf-odatlarda o'lib, qayta tiriluvchi tabiat kulti izlari, garchi qoldiqiy ko'rinish tarzida bo'lsa-da, etib kelganini va aksariyat holatlarda islomiy qarashlar bilan o'zaro sinkretik tarzda amalga oshirilishini kuzatdik. Islom dinining aynan ushbu xo'jalik turi bilan bog'liq arxaik kultlarga nisbatan bag'rikengligi qadimiy diniy-mifologik tasavvurlar asosidagi dehqonchilik rasm-rusumlari va urf-odatlaridan ko'zlangan asosiy maqsad sof diniy ta'limot bilan emas, balki hayot davomiyligini ta'minlashga qaratilgan me'yorlar, ya'ni mo'l-ko'l hosil etishtirish va uni nobud qilmasdan yig'ib olishga qaratilganligiga amin bo'ldik.
Open access journal
www.in-academy.uz
XIX asr oxiri - XX asr boshlari Farg'ona vodiysi dehqonchiligidagi urf-odatlar va marosimlar o'zining mahalliy xususiyatlari va jihatlari bilan ajralib turgan. Ushbu marosimlar ham vodiy dehqonchilik madaniyatining o'ziga xos qirralaridan biridir. Ana shu dehqonchilik madaniyati rivojlanishi jarayonida shakllangan urf-odatlar dehqonlarning o'zlariga ma'qul tushganligi uchun ham ularning ijtimoiy hayotidan muhim o'rin egallagan. Farg'ona vodiysi aholisining dehqonchilik bilan bog'liq bilimlariga yana dehqon taqvimi bilan bog'liq hisob-kitoblar hamda fenologik kuzatuvlarni ham qo'shishimiz mumkinki. Zero, bular ham ajdodlarimizning asrlar osha to'plagan ma'naviy tafakkuri va ongining mahsulidir.
Vodiyda dehqonchilik bilan bog'liq marosimlarni o'tkazishda bu vazifani ota-bobolari mirishkor dehqon o'tgan, mehnatsevar, bilimdon, dili pok xalq ta'biri bilan aytganda "qo'li engil" o'rta yoshlardagi kishilar ham ado etgan. Bundan tashqari, vodiyda Bobodehqon kulti bilan birga Xizrbuva obraziga ham sig'inilgan. Ushbu obraz vodiy aholisi tomonidan nafaqat dehqonchilik, balki boshqa sohalarning ham homiysi sifatida qadrlangan.
Vodiy o'zbeklarining an'anaviy dehqonchilik madaniyatini o'rganish mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy hayoti va madaniyati hamda turli tarixiy davrlarda yuz bergan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar ta'sirida transformaitsyalashuvini o'rganishda muhim manbalardan biri bo'ladi.
References:
1. Azamat Ziyo. O'zbek davlatchiligi tarixi. Sharq. Toshkent. 2001. 49-bet
2. Исодов З.С. Фаргона водийси анъанавий дехдончилик маданияти. Янги нашр. Т. 2011 82-b
3. Turlboev T. Haftanoma. Toshkent grammplasinka zavodi bosmaxonasi. Toshkent, 1990. 2 - 8- b.
4. Jo'raev M. O'zbek xalq agrar marosimlari tizimida "shox moylar" yoki "birinchi qo'sh" udumi // O'zbekiston hududida dehqonchilik madaniyatining tarixiy ildizlari va zamonaviy jarayonlar. - Toshkent, 2006. - 84- b.
5. Токараев С.А. Ранние формы религии и их развитие. - M.: Наука, 1964. с. 383.
6. Ashirov A.A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. - Toshkent, 2007. B. 14 -46.
7. Nalivkin V. P. // TV. 1880. - №5.
8. Исодов З.С. Фаргона водийси анъанавий дехдончилик маданияти. Янги нашр. Т. 2011 89-b
9. Исодов З.С. Фаргона водийси анъанавий дехдончилик маданияти. Янги нашр. Т. 2011 92-b
10. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori. - Fan. Toshkent, 1986. - 50- b.
11. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori. - Fan. Toshkent, 1986. - 50- b.
12. Is'hoqov M. "Avesto"da chorva va chorvador // Akademik YAh'yo G'ulomov nomidagi respublika ilmiy seminarining O'zbekiston hududida dehqonchilik madaniyatining tarixiy ildizlari va zamonaviy jarayonlar mavzusidagi 37- yig'ilish materiallari. - Toshkent, 2007. - 45 - 50- b.
13. Mahmud Qoshg'ariy. "Devonu lug'otit turk". II tom. - 155, 334- b.
www.in-academy.uz
14. Исо;ов З.С. Фаргона водийси анъанавий дex,к;ончилик маданияти. Янги нашр. Т. 2011 103-b
15. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori. - Fan. Toshkent, 1986. - 112- b.
16. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori. - Fan. Toshkent, 1986. - 136- b.
17. Ashirov A.A."Avesto" va dehqonchilik an'analari xususida ayrim mulohazalar. O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. - Toshkent, 2005. - №. 1 - 2. - 115- b.
18. Sarimsoqov B. O'zbek marosim folklori. - Fan. Toshkent, 1986. - 41- b.
19. Ashirov A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. Toshkent-2007. 148-b
20. Ashirov A. O'zbek xalqining qadimiy e'tiqod va marosimlari. Toshkent-2007. 148-b
21. Usmonov A. "Nomoddiy madaniy meros milliy qariyat" "Yangi o'zbekistonni barpo etishda san'at va madaniyatni rivojlantirishdagi muammo va yechimlar" xalqaro ilmiy konferensiya. 2022-yil 5-oktabr. 607-611 bet
22. Usmonov A. "Ona allasi jamiyat intelektual salohiyatini oshirishda muhim omil" "OTMlarda xotin-qizlarning intellektual va ijtimoiy maqomini yuksaltirishning gender omillari" mavzusidagi xalqaro konferensiya 2022-yil 28-sentabr
23. Usmonov A. Badiiy hunarmandchilik bilan bog'liq nomoddiy madaniy meroslar. Fardu.Ilmiy Xabarlar.1-2023. 241-b
24. Usmonov A. Nomoddiy madaniy meros va uni muhofaza qilish masalalari. European Journal of interdisciplinary Research and Development. 04.2023. Vol-14. 325-b