Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
ZARDUSHTIYLIKDA NIKOH VA OILA MASALASI
S. D. Karimova
Namangan davlat universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada "Avesto" kitobining tarixiy ahamiyat, zardushtiylik diniy ta'limotining nikoh va oila masalasiga bo'lgan munosabati, marosim va odatlar zamirida yovuzlikga qarshi kurash tendensiyasining ustuvorligi masalasida mushohada qilingan.
Kalit so'zlar: Globallashuv, zardushtiylik, milliy tarbiya, nikoh, oila ,barkamol avlod,sinkretik, an'ana va marosimlar, nopoklik.
THE MATTER OF MARRIAGE AND FAMILY IN ZARUSTANISM
ABSTRACT
This article discusses the historical significance of Avesto, the relationship of Zoroastrianism to the issue of marriage and the family, and the priority of the fight against evil at the heart of rituals and customs.
Keywords: Globalization, Zoroastrianism, national upbringing, marriage, family, harmonious generation, syncretism, traditions and ceremonies, impurity.
KIRISH
Dunyoda tox'tovsiz va shiddatli davom etayotgan globallashuv jarayoni bir tomondan ijobiy xususiyatlari bilan birga, ikkinchi tomondan salbiy xususiyatlarini ham namoyon qilmoqdaki, milliylik kundan kunga shaffolashib, milliy tarbiya asoslariga putur yetmoqda. Ushbu jarayonning salbiy ta'sirlaridan himoyalanishda ota-bobolarimizning farzand tarbiyasidagi qarashlari, xalq pedagogikasini o'rgahish dolzarb va ahamiyatlidir. Xalqimizning bola tarbiyasidagi tajribalari, oila va nikoh munosabatlarini o'rganishda zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoga murojat qilamiz. Sababi Markaziy Osiyo tarixi, o'tmishi, madaniyati, pedagogikasini o'rganishda eng qadimiy manba Avesto hisoblanadi.
Buyuk mutafakkirlar tarixni o'tmish va kelajak o'rtasidagi ko'prik sifatida ta'riflashgani bejiz emas. Sababi insoniyat tarixini o'rganar ekanmiz bugungi kunimizga shukronalik, ertangi kunimizga esa ishonch tuyg'ulari paydo bo'ladi. Zero
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
ota-bobolarimiz bosib bosib o'tgan mashaqqatli hayot tarzi, shonli tariximiz bizga ulkan ibrat maktabi vazifasini o'taydi. Markaziy Osiyo dunyo tamadduniga katta hissa qo'shgan olimu fozillar, qomusiy olimlar, buyuk sarkardalar maskanidir. Ajdodlarimizning ilm-fanga, insoniyat tamadduniga qo'shgan hissasi har birimizni ularga munosib avlod bo'lishga undashi shubhasiz. Shu o'rinda ming yillar davomida xalqimizning asosiy e'tiqod shakli hisoblangan zardushtiylik dini muqaddas manbasi "Avesto" bizga ko'hna tariximining sir-sinoatini ochib beruvchi qimmatli manbadir. Ushbu mavzuni tadqiq qilishdan maqsad ming yillar davomida o'z ahamiyatini yo'qotmagan xalq pedagogikasi, oila va nikoh munosabatlarini o'rganish va bugungi kunda uning ahamiyatini tahlil qilishdan iborat.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADALOGIYASI
Zardushtiylik dini muqaddas manbasi Avesto tarixiy, diniy, falsafiy jixatdan ko'plab mahalliy va xorijiy tadqiqotchilar tomonidan chuqur o'rganilgan. Bizga ma'lumki zardushtiylikning kelib chiqishi borasida ayrim tarixchilar Eron, Ozarbayjon hududlarini, ayrim tadqiqotchilar esa Markaziy Osiyo hududlarini e'tirof qilishadi. Abu Rayhon Beruniy o'z asarida Zardushning vatani haqida haqida bildirilgan fikrlarni tahlil qiladi va "Rumliklar da'vosicha Zardusht Muvsuldan bo'lgan. Ehtimol ular Ozarbayjon chegaralarini Muvsulga qo'shib shunday degan bo'lsalar kerak" [1.236-238]-deydi. Mutafakkir bu fikrlari orqali Zardushtning vatani Ozarbayjon bo'lishi mumkunligiga shama qilib fikrini uning ilm olish maqsadida otasi bilan Harronga borganligi va hikmatshunos Ilyusga uchraganligi bilan izohlaydi. Beruniy Zardusht Avestoni dastlab podsho Vishtospga berganligini aytadi va Avesto qismlarining yo'q qilinishi haqida "Podshoh ibn Doro hazinasida [Abesto] 12 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni kuydirib unga xizmat qiluvchilarni o'ldirgan paytda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o'sha vaqtlardan beri Abestoning uchdan bir qismi yo'qolib ketdi"-deydi. Shu bilan birga Zardusht yashagan (din tarqalayotgan) davrdagi intsest (to'g'ri tutashgan qarindoshlar nikohi) ni axloqsizlik sifatida baholaydi. Olimning o'zi yashagan davrdan deyarli 1,5 ming yillar oldingi davr borasida bergan ma'lumotlari taxminiy asoslarga tayanishi tabiiy holat. Tabiiyki, din asoslari qayerda paydo bo'lgan bo'lsa o'sha yerda kuchli saqlanib qoladi.
Avesto kitobida ilk muqaddas olov yoqilgan joy aynan qadimgi Xorazm hudidiga to'gri kelishi va ushbu hududlarda Zardushtiylik bilan bog'liq marosim va odatlarning kuchli saqlanib qolganligi ushbu dinning Markaziy Osiyoda paydo
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
bo'lganligini asoslaydi. Bu horada rus sharqshunos olim Dyakanov o'z asarlarida Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyoni ko'rsatadi: "Avesto kitobidagi geografik-tarixiy malumotlar shundan dalolat beradi-ki, Qadimgi Baqtriya va Eronga oid ba'zi geografik nomlar —Avestoga Zardushtiylik dini O'rta Osiyodan chiqib shu olkalarga yoyilgan paytlarda kirganligi shubhasizdir[5]. Mahalliy tadqiqotchilardan N.M.Koshanova o'zining "Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar"1 mavzusidagi maqolasida hozirgi Qoraqalpog'iston respublikasi, Xorazm vohasida islom bilan sinkretik tarzda yashayotgan olov va boshqa unsurlar bilan bog' liq zardushtiylikning an'ana va marosimlariga to'xtalib nikoh marosimidagi irim sirimlar, an'ana va odatlarning mazmun-mohiyatini izohlashga harakat qiladi. Oila qurish yoki yolg'iz yashash tanlovi ixtiyoriy bo'maganligini, oilaning muqaddasligi va avlodlar davomiyligini ta'minlovchi kichik jamiyat sifatida qadrlanganligini ta'kidlaydi.
Mavzuni o'rganishda qiyosiy tahlil, umumlashtirish, xulosa chiqarish kabi metodlardan foydalanildi.
NATIJALAR
Zardushtiylik falsafasiga ko'ra yaxshilik va yomonlik insonlarning botiniy -ichki dunyosida yashaydi. Dinda inson esa Axura Mazda ruhidan yaratilganligi tufayli yaxshilik uchun kurashmog'i zarur deyiladi. Lekin bu dunyoning asoslarini yaratilishiga Axriman aralashganligini sababli inson qalbi ham butun dunyo kabi yaxshilik va yomonlik, nafs bilan sabr, hasad bilan sahovat kabi ezgu fazilatlar va qabih xususiyatlar kurashi maydoni ekanligi, shu sababli ham zardushtiylikni qabul qilgan har bir shaxs o'zini behdinon, ya'ni ezgu dindagi inson deb atagan.
Zardushtiylikda axloq falsafasi 3 ta so'z: "Gumantu"-ezgu fikr, "gutka"-ezgu so'z, "Gvarshita" -ezgu amalda mujassamlashgan [4. 188-189]. Avesto nafaqat tarixiy, diniy manba balki unda yana bugungi kunda o lmas bo'lib kelayotgan insonlar ongidagi dualistik qarashlar tadqiqi ham yuksak o'rin egallagan. Qadimgi ajdodlarimiz yaxshilik va yomonlik, ilm va jaholat, saxiylik va baxillik, adolat va haqsizlik, go'zallik va xunuklik, savob va gunoh kabilarning o'zaro tafovutlarini anglash, ijobiy tushunchalarning inson hayotidagi o'rni, salbiy tushunchalarning zarari haqida to'xtalib o'tiladi. Bu esa xalqimiz uzoq o'tmishdayoq ma'naviy jihatdan qay darajada yuksak salohiyatga ega bo'lganligini anglatadi.
1 N.M.Koshanova. Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar// Tamaddun nuri.Beruniy-2020.B.37-41.
Google Scholar Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 733 www.ares.uz
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
MUHOKAMA
Avestoshunos olim M.Ishoqov zardushtiylik atamasi dinga nisbatan shartli ravishda qo'llanganligi bu hol dinni uning payg'ambari nomi bilan bog' lash natijasida yuzaga kelganligini aytadi. Aslida Zardusht dini Mazda Yasna deb atalgan, Mazdaga "Mutlaq oqil"zotga sig'inish demakdir [5].
Miloddan avvalgi V-IV asrlardagi qadim yunon olimlari asarlarida ilk bor Zardusht nomi tilga olinadi [8].
Dinning muqaddas manbasi borasida birinchi prezidentimiz "Avesto ayni paytda bu qadim o'lkada buyuk davlat, buyuk ma'naviyat, buyuk madaniyat bo'lganidan dalolat beruvchi buyuk hujjatdirki, uni hech kim inlkor etolmaydi" [7.44] -degan edilar. Birgina Avestoning Videvdat qismi zardushtiylik dinida axloqning naqadar qadrlaganligining isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Mazkur qism devlarga qarshi duolardan tarkib topgan bolib, oddiygina qilib aytadigan bolsak, insonlar orasida nopoklik, yomonlik, adolatsizlik, dangasalik urug'ini yo'qotishga qaratilganligini korishimiz mumkin. "Avesto" gotlarida "Bitta donni undursang mingta devni o'ldirasan" deyilishi sababi birinchidan insonni mehnatsevarlikga chorlasa, ikkinchidan chorvador xalq orasida dehqonchilikning tarqalishini rag'batlantirish maqsadi mavjud bo'lgan deya olamiz. Hozirgi kunda Navro'z bayramlarida tayyorlanadigan sumalak taomini tayyorlash uchun bug'doy donini undiradigan ayollar ushbu jarayonni katta savobli ish sifatida qarashi aynan zardushtiylikdagi ushbu e'tiqod shakli bilan bevosita bog'liq. "Avesto"da oila mustahkamligini saqlash, nikoh tartiblari, er-xotin majburiyati, nikoh tuzish va bekor qilishning qonun-qoidalari ko'rsatib o'tilgan. Avestoning maxsus boblarida Axura Mazda va Zardushtning yigit qizlarga nikoh masalasidagi murojatlari keltirilgan. Unda oila qurish, jufti halol tanlashda shoshma-shosharlikga yo'l qo'ymaslik, ota-ona, keksalar maslahatiga quloq tutish kabi maslahatlar haqida qimmatli mulohazalar mavjud. Qadimgi turkiy xalqlarda nikoh qat'iy qonun-qoidalar asosida tashkil etilgan. Oilaviy masalalarda yoshlar keksa avlod o'gitlariga quloq solganlar. Zardo'shtiylik tartib-qoidalariga ko'ra, o'z hayotini oila qurmasdan o'tkazish qattiq qoralangan. Qiz bolalar uchun balog'at yoshi 15 yosh hisoblangan. Balog'at yoshidagi qiz ota-ona yoki jamoa ra'yidan yurmay turmushga chiqishni, zurriyot qoldirishni istamasdan umrguzaronlik qilib yursa qopga solinib 25 darra kaltaklangan. Erkaklar esa, o'n yetti yoshda uylanish huquqiga ega bo'lgan. Agar erkak kishi zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa, unga tamg'a bosilib, badnom qilish
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
maqsadida beliga zanjir bog'lab yurishga majbur etilgan va uyaltirilagan. Islomda oila qurish sunnat hisoblangani kabi Zardushtiylikda ham nasi qoldirish, o'z urug'ini va qavmini ko'paytirish rag'batlantirilagan. "Aveto"da qayd etilishicha, erkak kishi, eng avvalo, uylanish uchun moddiy va ma'naviy tomondan to„q va baquvvat bo'lmog'I lozim, buning uchun o„z vaqtida to'yib ovqatlanishi zarur, aks holda erkak kishi o„z xizmati va axloqiy burchlarini bajara olmaydi.
Agar xalqimiz hayotidagi turli marosimlar, rasm-rusumlar, an'analarining tashkil etilishiga chuqurroq razm solsak, ishontirish, isbot lash, namuna ko'rsatish, ta'sir etish, tasdiqlash kabi pedagogik usullar orqali barkamol insonni tarbiyalash asosiy maqsad qilib olinganligiga ishonch hosil qilamiz.
Zardo'shtiylikda oila muqaddas sanalgani bois ig'vo, tuhmat, er-xotinning o'zaro kelishmovchiligi, ota-ona bilan murosa-madora qila olmaslik kabi bahonalar bilan nikohning bekor qilinishiga yo„l qo'yilmagan.
Avestoning qimmatliligi shundaki, o'sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar, ilk davlatchilik an'analari, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o'rni, dunyo va insonning nokomilligi, oilaviy turmush tarzi va u bilan bog'liq urf-odatlarlarga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan. "Avesto" da oila, oila a'zolari va boshlig'ining vazifasi va majburiyatlari, oila-nikoh munosabatlari turli o'rinlarda, har xil munosabatlar bilan maxsus bayon etilgan. Zardushtiylikda ayollar haq-huqulari yuqori darajada e'zozlangan, oila daxlsizligi va mustahkamligiga erishish, ota-onalarning farzand oldidagi burchi, farzandlarni oila qurishga tayyorlash va ko'plab oila turmush an'ana va marosimlariga oid fikr-mulohazalar bayon etilgan. Zamonaviy zadushtiylar hayotini o'rgangan taniqli olima M.Boys "Zardusht o' zining davomchilariga o'ziga xos ikkita majburiyatni -kuniga besh mahal ibodat va yetti bayramni nishonlashni yuklagan"[3.44]-deya ta'kidlaydi. Zardushtiylikda nikoh bir umrga muhrlangan Ushbu dinda nikohning monogom shakli rag'batlantirilgan bo'lib, ko'pxotinlik yoki vaqtincha nikoh mumkun bo'lmagan. Oilada xiyonat qattiq qoralanagan.Begona erkak bilan qovushgan ayollar badnom qilingan, jazolangan va nikohdagi er uchun harom hisoblanagan[2.60].
XULOSA
Zardushtiylikda jinslar tengligining e'tirof qilinishi, nikoh va er-xotin munosabatlarida, farzand tarbiyasida ma'suliyatli bo'lish lozimligining qat'iy belgilanishi, nopoklik, yovuzlikning qoralanishi, insondagi insoniy xususiyatlarning ulug'lanishi jamiyat taraqqiyotini ta'minlashda hamda barkamol avlod tarbiyalashda
Academic Research in Educational Sciences VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022
ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89
DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-731-736
katta ahmiyatga ega. Zardushtiykik dini bilan bog'liq barcha marosim va odatlar zamirida nopoklikga va yovuzlikga qarshi kurash g'oyasi mavjud bo'lib, mehnatsevarlik va bunyodkorlik yuksak darajada ulug'langan hamda rag'batlantirilgan. Hozirgi kunda ushbu din bilan bogliq insonlarni balo-qazolardan, nopoklikdan saqlashga qaratilgan odat, irim-sirimlar, an'ana va marosimlar islom bilan sinkretik tarzda xalqimiz hayotida yashamoqda.
REFERENCES
1. Abu Rayhon Beruniy .Tanlangan asarlar. "Fan" nashriyoti-Toshkent-1998.B.236-238.
2. Лширов А."Авесто"ва зардуштийларнинг оила турмуш маросимлари хдкида//Узбекистонда ижтимоий фанлар.-2002.-№1.-Б.50
3. Boys M History of Zoraoastrianizm.-Leiden-Koln:E.L.,1982.
4. Врагинский И.С.Из истории таджикской народной поэзии.-М.,1956.-С.188-189.
5. Is'hoqov M. Avesto va uning insoniyat taraqqiyotidaagi o'rni konferensiya tezislari toplamidan Oz.R FA 2001.,
6. Aвесто: Яшт китоби /М.Исх,оков таржимаси.-Т.,2001.-Б.4.
7. Karimov I.Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.//Muloqot.-Toshkent:1998, 5-son, 5-b.C.44.
8. Koster W.Le mythe de Platon ,de Zaratushtra et des chalduens.-Leiden, 1951:Пъянков И.В. Средняя Азия в известиях античного историка Ктесия. -Душанбе 1975.
9. Koshanova N.M. Xalqimiz hayotidagi zardushtiylik ta'limoti bilan bog'liq an'analar va marosimlar// Tamaddun nuri.Beruniy-2020.B.37-41.