Научная статья на тему 'SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI'

SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
12469
524
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
«Renessans» / sivilizatsiya / musulmon renessansi / islom teologiyasi / tasavvuf / tariqat / islom falsafasi. / "Renaissance" / civilization / Muslim renaissance / Islamic theology / mysticism / sect / Islamic philosophy.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Isroilov, Asilbek Fozilovich

Sharqda mavjud bo‘lgan ilk o‘rta asrlar sivilizatsiyasi butun g‘arbga ijobiy ta’sir o‘tkazgan, keyinchalik g‘arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o‘z ijobiy ta’sirini o‘tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o‘zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo‘lib kelgan. G‘arb va Sharq sivilizatsiyalarining o‘zaro bir-biriga ta’siri, bir-birini boyitishi insoniyat taraqqiyotining muhim ma’naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o‘z mohiyatiga ko‘ra insonparvarlik xarakteriga ega bo‘lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta’minlaydi. Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-falsafiy merosi, Sharq, aniqrog‘i Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o‘rta asrlar va Uyg‘onish davri Ovrupa falsafiy tafakkuriga ko‘rsatgan ta’siri hamda ahamiyatini ochib berish xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasizdir. Jahon fani rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko‘plab bobokalonlarimizning durdona asarlari milliy-ma’naviy qadriyatla-rimiz bo‘lib, ularning beqiyos ilmiy-ma’rifiy kashfiyotlarisiz fan bir muncha achinarli holga tushib qolgan bo‘lar edi. Bu fikrni tarix ham isbotlaydi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE DURING THE EASTERN RENAISSANCE

The first medieval civilization in the East had a positive effect on the whole West, and the civilization formed in the West had a positive effect on the development of the East, and at the same time civilizations played a positive role in the rapprochement of nations, peoples and countries. The interaction and enrichment of Western and Eastern civilizations is an important spiritual factor in human development. In the Eastern civilization, values that are inherently humane in nature ensure stability in the development of world civilizations. In particular, revealing the influence and significance of the Muslim historical and philosophical heritage of the IX-XV centuries, Eastern, and more precisely the medieval and Renaissance thinkers in European philosophical thought will undoubtedly serve to educate our people, especially the youth. In the development of world science, the masterpieces of Central Asian thinkers Abu Nasr Farabi, Ibn Sino, Abu Rayhan Beruni and many of our ancestors were our national and spiritual values, and without their incomparable scientific and enlightenment discoveries, science would have fallen into a state of misery. History proves this point.

Текст научной работы на тему «SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

SHARQ RENESSANSI DAVRIDA ILM-FAN VA MADANIYAT RIVOJI

Isroilov Asilbek Fozilovich

Toshkent shahar yuridik texnikumi o'quv-metodik bo'lim boshlig'i

E-mail: asl_bek90@mail.ru

ANNOTATSIYA

Sharqda mavjud bo'lgan ilk o'rta asrlar sivilizatsiyasi butun g'arbga ijobiy ta'sir o'tkazgan, keyinchalik g'arbda shakllangan sivilizatsiya Sharq taraqqiyotiga o 'z ijobiy ta 'sirini o 'tkazgan va shu asnoda sivilizatsiyalar millat, xalq va mamlakatlarning o 'zaro yaqinlashuvida ham ijobiy ahamiyatga ega bo 'lib kelgan. G'arb va Sharq sivilizatsiyalarining o'zaro bir-biriga ta'siri, bir-birini boyitishi insoniyat taraqqiyotining muhim ma'naviy omilidir. Sharq sivilizatsiyasidagi o'z mohiyatiga ko'ra insonparvarlik xarakteriga ega bo'lgan qadriyatlar jahon sivilizatsiyalar rivojlanishida barqarorlikni ta 'minlaydi.

Ayniqsa, IX-XV asr musulmon tarixiy-falsafiy merosi, Sharq, aniqrog'i Markaziy Osiyo mutafakkirlarining o'rta asrlar va Uyg'onish davri Ovrupa falsafiy tafakkuriga ko 'rsatgan ta 'siri hamda ahamiyatini ochib berish xalqimizni, ayniqsa, yoshlarni tarbiyalashga samarali xizmat qilishi shubhasizdir. Jahon fani rivojida Markaziy Osiyo mutafakkirlaridan Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va ko'plab bobokalonlarimizning durdona asarlari milliy-ma'naviy qadriyatla-rimiz bo'lib, ularning beqiyos ilmiy-ma'rifiy kashfiyotlarisiz fan bir muncha achinarli holga tushib qolgan bo 'lar edi. Bu fikrni tarix ham isbotlaydi.

Kalit so'zlar: «Renessans», sivilizatsiya, musulmon renessansi, islom teologiyasi, tasavvuf, tariqat,islom falsafasi.

THE DEVELOPMENT OF SCIENCE AND CULTURE DURING THE

EASTERN RENAISSANCE

ABSTRACT

The first medieval civilization in the East had a positive effect on the whole West, and the civilization formed in the West had a positive effect on the development of the East, and at the same time civilizations played a positive role in the rapprochement of nations, peoples and countries. The interaction and enrichment of Western and Eastern civilizations is an important spiritual factor in human development. In the Eastern civilization, values that are inherently humane in nature ensure stability in the development of world civilizations.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

In particular, revealing the influence and significance of the Muslim historical and philosophical heritage of the IX-XV centuries, Eastern, and more precisely the medieval and Renaissance thinkers in European philosophical thought will undoubtedly serve to educate our people, especially the youth. In the development of world science, the masterpieces of Central Asian thinkers Abu Nasr Farabi, Ibn Sino, Abu Rayhan Beruni and many of our ancestors were our national and spiritual values, and without their incomparable scientific and enlightenment discoveries, science would have fallen into a state of misery. History proves this point.

Keywords: "Renaissance", civilization, Muslim renaissance, Islamic theology, mysticism, sect, Islamic philosophy.

Первая средневековая цивилизация на Востоке оказала положительное влияние на весь Запад, а сформировавшаяся на Западе цивилизация положительно повлияла на развитие Востока, и в то же время цивилизации сыграли положительную роль в сближении народов, народов и стран. Взаимодействие и обогащение западной и восточной цивилизаций является важным духовным фактором развития человечества. В восточной цивилизации ценности, носящие по своей сути гуманный характер, обеспечивают стабильность в развитии мировых цивилизаций.

В частности, выявление влияния и значения мусульманского историко-философского наследия XXV веков, восточных, а точнее средневековых и ренессансных мыслителей в европейской философской мысли, несомненно, послужит просвещению нашего народа, особенно молодежи. В развитии мировой науки шедевры среднеазиатских мыслителей Абу Насра Фараби, Ибн Сино, Абу Райхана Беруни и многих наших предков были нашими национальными и духовными ценностями, и без их несравненных научных и просветительских открытий наука впала бы в упадок. состояние нищеты. История доказывает это.

Ключевые слова: «Возрождение», цивилизация, мусульманское возрождение, исламское богословие, мистицизм, секта, исламская философия.

«Renessans» (uyg'onish) davri Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlaridagi shartli

nomlanish bo'lib, IX-XV asrlarni o'z ichiga oladi. Ma'naviyat va ma'rifatning g'oyat

566

РАЗВИТИЕ НАУКИ И КУЛЬТУРЫ В ГОДЫ ВОСТОЧНОГО

ВОЗРОЖДЕНИЯ

АННОТАЦИЯ

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

gullab-yashnashi bu davr uchun xarakterli bo'lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk davlat arboblari yetishib chiqqan. Shuning uchun ham renessans - uyg'onish davri madaniyati, ma'naviyati va ma'rifati mohiyat-e'tibori bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarash, antik davr madaniy merosiga murojaat qilish, bamisoli uning qayta uyg'onishini anglatadi. Uyg'onish davri namoyondalarining qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib qarashi bilan ajralib turadi.

"Renessans" so'zi "Uyg'onish", "Qaytadan tiklash" ma'nolarini bildiradi. Shu munosabat bilan quyidagi savolning qo'yilishi tabiiydir. Agar Yevropadagi Renessans davri antik, avvalo qadimgi yunon ma'naviy merosini asl shakli va mazmunida tiklash, ilk o'rta asrlardagi sxolastika va mutaassiblikning ko'p asrlik hukmronligidan keyingi uyg'onish bo'lsa, islom dini keng tarqalgan mamlakatlarda uyg'onish nimadan iborat bo'lgan, uni qaysi ma'noda tushunish kerak? A.Mesning shu mavzudagi kitobi nashrdan chiqishi bilan G'arb fanida bu masala ham qo'yila boshlandi. Rekendoverning fikricha, uning dastlabki nashrlaridan birida "Renessans" atamasi "Musulmon imperiyasida" o'sha davrda sodir bo'lgan chuqur madaniy o'zgarishlar, islomning antik madaniyati bilan bog'liq holda ishlatilgan1. G'arb olimlaridan biri, xususan, nemis sharqshunosi I.Fyuk, Musulmon Renessansi mohiyatini "u asli islomgacha, avvalo ellinistik yo'nalishning tiklanishi bo'lgan", deb ta'rif etadi2. Nazarimizda, G'arb olimlarining Musulmon Renessansi deb atalgan tarixiy-madaniy hodisaning mazmun-mohiyatini ochib berish borasidagi qiziqarli va muhim ahamiyatga ega bo'lgan xulosasiga dastlab R.Fray kelgan. Unga binoan, X va XI asrlarda gullab-yashnagan Renessansning mazmuni Eron va O'rta Osiyo hududlaridagi umumiy madaniy yuksalish va ravnaq bilan bog'langan bo'lib, uni butunlay qadimgi yunon madaniyati, xususan, ilm- fanining tiklanishi bilan bog'lamaslik kerak3.

Shu o'rinda yana bir muhim fakt J.Muhammad ta'kidlaganidek, "Agar Yevropa Uyg'onish davrining birinchi bosqichi XIV asrda Italiyada boshlangan bo'lsa, nega undan necha yuz yil oldin - IX-XII asrlardagi Musulmon sharqining birinchi Uyg'onish davri (ana shu masalada ham bir oz noaniqlik mavjud: birinchidan, bu Uyg'onish aslida VIII asrdan boshlanadi, chunki islom tarixidagi fikriy uyg'onish va ko'tarilish aslini olganda ana shu asrdan boshlangan. Islom ta'limoti doirasidagi falsafiy maktablar - mu'taziliya, ash'ariya, moturidiya kabi kalom falsafasi (islom

1 Каранг: Бертельс Д. Предисловие // Мец Адам. Мусульманский Ренессанс. -Москва: Наука, 1973. -С.8.

2 Каранг: F^k J. / Die arabischen Studien in Europe.-Leipzig., 1955.-S. 289.

3 Каранг: Frye R. / Notes on Renaissance of the 10 th and 11 th. Centuries in Eastern Iran //Central Asiatic journal -

Vol. 2 -P. 137.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

teologiyasi), tasavvuf ta'limoti va irfon falsafasi (islom teosofiyasi) aynan ana shu davrda vujudga kelgan. Ikkinchidan, bu uyg'onish butun Sharq xalqlari va mamlakatlariga emas, balki faqat Musulmon Sharqigagina mansub bo'lgan.) buyuk ko'tarilish va yuksalish davrining ilk bosqichi hech kimning, ayniqsa, g'arbliklarning xayoliga kelmaydi? Sharq doimo G'arbdan olganlarini e'tirof etib kelgan. Buni Forobiy va Ibn Sinoning falsafiy risolalaridan ham, Ibn Rushdning Arastu asarlariga yozgan sharhlaridan ham bilsa bo'ladi. Ammo, negadir G'arb olami iloji boricha buni yashirishga, chetlab o'tishga, bilmaganga olishga harakat qilib keladi".

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Arab - musulmon madaniyatining eng yuksak parvozi - «islom renessansi» -islomning siyosiy qudrati zaiflashgan davrga, hayot pragmatik va ancha durust holga kelgan davrga to'g'ri keladi. Diniy urushlar vaqtida qo'lga kiritgan boyliklar, resurslarga ega bo'lgan amirlar, yuqori avtoritet bo'lgan Bag'dod halifaligidan mustaqil bo'lgach, ularni bog' - rog'lar, o'z saroylari va boshqa hovli obodonchiliklariga ishlata boshlaganlar. Ular o'z saroylariga shoirlar, faylasuflar, nafaqat islom aqidasini o'rganuvchi, balki qadimiy ellin, rim - xristian va fors an'analarini biluvchi olimlarni to'play boshlaganlar. Bularning hammasi ma'rifatli va ma'lumotli kishilarning ko'payishga, madaniyatning gullab - yashnashiga olib kelgan edi.

Shuning bilan bir qatorda IX-XI asrlar musulmon fani va madaniyati tarixida katta yutuqlar va muhim ilmiy kashfiyotlar davri bo'lganligidan, bu davrni ba'zi tadqiqotchilar Sharq fani va madaniyatining "oltin davri" deb e'tirof etadilar. O'sha davrda arab xalifaligi tarkibiga kirgan Movarounnahr va Xuroson mintaqasi yuz bergan madaniy-ma'rifiy yuksalishni ta'minlovchi va harakatlantiruvchi asosiy kuchlardan biri edi. Bu xulosa, birinchi navbatda, bu ilmiy yuksalishda ishtirok etgan mutafakkirlarning asosiy qismi ushbu zamin farzandlari bo'lgani bilan izohlanadi4.

Movarounnahr zamini o'rta asr musulmon sharqida ma'rifat va madaniyat maskani sifatida dong taratgan o'lka hisoblangan. Yurtimizdan yetishib chiqqan al -Xorazmiy, al-Farg'oniy, al-Forobiy, ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy va boshqa buyuk alloma, qomusiy olimlarning ilmiy merosi haqli ravishda umumbashariy mulkka aylangan. Sobiq sovet davrida ushbu olimlarning ilmiy merosiga bir tomonlama munosabat shakllangan bo'lsa, mustaqillik yillariga kelib ushbu buyuk zotlar faoliyati va ilmiy merosi har tomonlama chuqur o'rganilishi boshlandi.

4 Карает: Абду^алимов Б. А. "Байт ал-хикма" ва Урта Осиё олимларининг Багдоддаги илмий фаолияти: (IX-XI асрларда аник ва табиий фанлар). -Т., Тошкент ислом университети нашриёт-матбаа бирлашмаси, 2004. -Б.209-

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'lkamiz, shuningdek, islom dini taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan muhaddis, dinshunos olimlar, tasavvuf ilmi namoyondalari yurti ham hisoblanadi. Sovet mustabid davrida nomi unutilish darajasiga kelib qolgan Imom al-Buxoriy, Imom at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Imom al-Moturudiy, Abdulholiq G'ijduvoniy, Burhoniddin Marg'inoniy, Bahovuddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Xoja Axror va boshqa diniy arboblarning tabarruk nomlarini tiklash, ularning asarlarini keng jamoatchilikka, xalqimizga tanishtirishda aynan sharqshunos-tarixchi olimlarning hissasi katta bo'ldi. Zero ajdodlarimizning muqaddas dini bo'lmish islomning tom ma'nodagi ezgulik hamda kamolotga erishish yo'lidagi buyuk ma'naviy qudratini namoyon etishda yuqorida nomi zikr etilgan olimlar katta jonbozlik ko'rsatishdi.

Shu o'rinda tarixga nazar tashlasak, bizga ma'lumki, VII asrda Arabiston yarim orolida vujudga kelgan yangi din bo'lgan islomning shakllanishi natijasida arab xalifaligi ta'sir doirasidagi mamlakatlar ijtimoiy-madaniy hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu jarayonni asosan islom dinining Arabiston yarim orolida markazlashgan davlat tuzishdagi o'rni bilan baholash mumkin. Chunki o'sha davrdagi tarqoq arab qabilalari juda qiyinchilik bilan bo'lsa ham, faqat islom dini ta'siri ostidagina birlashgan edilar. Aynan muayyan bir g'oya ostida shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga keltirdi. O'z navbatida bu hokimiyatning boshqa hududlarni bosib olishiga qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya tarkibiga Arabiston yarim orolidan tashqari Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining barchasi, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkaz orti davlatlari va O'rta Osiyo kirar edi.

Islomning dastlabki yoyilishi VII asrning 30-40 yillariga taalluqli bo'lib, arablar Sosoniylar imperiyasiga uzil-kesil zarba berib, 651 yilda butun Eronni egalladilar. So'ngra VIII asrning boshida O'rta Osiyoni bosib oldilar. Arablarning harbiy yutug'i O'rta Osiyo va Eronning iqtisodiy va siyosiy zaiflashganligi tufayligina amalga oshdi. O'rta Osiyo Turk hoqonligi bilan to'xtovsiz urush olib borganligidan zaiflashgan bo'lsa, Eron uzoq vaqt davomida (604-630 yillar) Vizantiya bilan qonli janglar olib borgan edi. Natijada, arman tarixchisi Sebeosning ta'kidlashicha, "forslar podsholigi o'sha vaqtda inqirozda edi", Vizantiyaning esa "yunonistonlik shohi qo'shin to'plashga qodir emas edi"5.

Islomning barcha musulmonlar uchun birodarlik, tenglik, soliq va qullikdan ozod qilish haqidagi shiorlari Eron va O'rta Osiyo xalq ommasiga o'z ta'sirini o'tqazmay qolmadi. Murakkab ijtimoiy ziddiyatlar ta'sirida yashagan aholi bunday shiorlarning

5 Себеос. История императора Ираклия. Пер. с армянского К. Патканьяна (Император Ираклий тарихи. Арман тилидан К. Патканьян таржимаси). -СПб., 1862, -Б. 118, 119.

569

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

amalga oshishiga ishonar edi. Shuning uchun aholi arablarga qarshi deyarli jiddiy qarshilik ko'rsatmadi. Shu tariqa islom dinining yoyilishi turli yo'llar bilan, jumladan, zo'rlik bilan ham amalga oshirildi. Bu yerda shuni ham ta'kidlash lozimki, uni qabul qilish uchun qisman zamin ham tayyorlangan edi. Bunga zardushtiylikdagi yakkaxudolik aqidasining rivoji, yahudiylik va xristianlik oqimlari bo'lgan monofizitlik va nestorianlikning mavjudligi ham o'z hissasini qo'shdi. Misr olimlari Rashid al-Baraviy va Muhammad Hamza Uleyshlarning ta'kidlashlaricha, zardushtiylik, monofizitlik va nestorianlikning siqib chiqarish jarayoni bosqichma-bosqich bilan olib borildi. "Ba'zilar yangi e'tiqodni o'z ishonchlariga ko'ra, boshqalar esa - moddiy manfaat tufayli, yana ba'zi birovlar esa - o'zlarini hukmron doiralar tomonidan ta'qib qilinishlaridan saqlash maqsadida qabul qildilar"6.

Abbosiylar davrida Bag'dod shahriga asos solindi. Bu joy xalifalikning siyosiy markazi bo'libgina qolmay, balki saltanatning iqtisodiy, ma'naviy-ma'rifiy, ilmiy markaziga aylantirilgan edi. Abbosiy xalifalar Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809) va Ma'mun (813-833) davrida ilm-ma'rifatga katta e'tibor berildi. Masalan, yirik ilmiy markazga aylangan "Bayt al-hikma"ga asos solinib, bu joyda o'z davrining mashhur olimu faylasuflari, tabib, munajjim, musiqachi, me'mor, muhandislari to'plangan edi. Bu davrda arablar, yahudiylar, nasroniylar, forslar, movarounnahrlik va xurosonliklar tomonidan yahudiy, yunon, suryoniy, fors, hind va boshqa tillardagi riyoziyot, falakiyot, mantiq, alkimyo, handasa, tarix, tibbiyot fanlariga oid madaniy, ilmiy-falsafiy asarlar arab tiliga tarjima qilingan. Qadimgi yunon faylasuflari Ptolemeyning "Almajistiy" (Almagest), Yevklidning handasa (geometriya), Aflotun va Arastuning qator asarlari arab tiliga o'girildi. Ayniqsa, Arastuning mantiqqa oid asarlarining tarjima qilinishi Bag'dod ziyolilari dunyoqarashining butunlay o'zgarishiga olib kelgan edi.

Ayni shu davrda J.Muhammad ta'kidlaganidek, "Sharq Uyg'onish davrining inersiyasi G'arbni munavvar eta boshladi: bu bir paytlar Sharqda boshlanib, o'zining yuksak darajalariga yetgan Uyg'onishning mantiqiy davomi edi. G'arb shoir-yozuvchilari va faylasuflari bir tomondan Arastu metafizikasi va Aflotun idealizmiga, ikkinchi tomondan Forobiy, Ibn Sino va Ibn Rushd falsafiy merosiga, shunigdek, bir tomondan xristian dinining asoslari, patristika va sxolastika kabi ilohiyotshunoslik maktablariga, ikkinchi tomondan islom dinining hayotbaxsh g'oyalari, islom rasional tafakkuri - kalom falsafasi va islom irrasional tafakkuri - tasavvuf ta'limoti va irfon

6 Каранг: Рашид ал-Баравий, Му^аммад Х,амза Улейш. Экономическое развитие Египта в новое время. Сокр. пер. с арабского (Янги даврда Миср иктисодининг тараккиёти. Арабчадан кискача таржима). -М., ИЛ, 1954. -Б.11.

Oriental Renaissance: Innovative, VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor (J). SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

falsafasiga murojaat eta boshladilar".

M.Qodirov fikricha, islom falsafasini o'rganilishini boshlab bergan tadqiqot Alambe Jourdanning 1819 yilda nashr etilgan "Arastu asri yunon hujjatlarini arab tiliga qilingan tarjimalarining tanqidi" kitobidir7. Bu kitob islom falsafasining G'arb falsafasiga, maxsusan lotin tilidagi ta'limotlarga ta'sirini ochib bergan. 1852 yili Ernest Renanning "Ibn Rushd va uning falsafasi" nomli kitobi nashr etildi8. 1859 yili Solomon Munk tomonidan "Yahudiy va arab falsafasi majmui" nomli kitob nashr etilgan bo'lib, hozirgacha o'z ahamiyatini yo'qotmagan9. XX asr boshida De Boer tomonidan "Islomda falsafa tarixi" (1901) kitobi nemis tilida nashr etilib, 1903 yilda ingliz tiliga ham tarjima qilingan10. 1922 yili De Lasi Oleariy tomonidan "Islomiy tafakkur va uning tarixdagi o'rni" nomli kitob nashr etildi11.

1957 yili Kruz Hernandez tomonidan "Andaluziya musulmon falsafasi" nomli kitob nashr etildi. 1962 yili Montgomeri Vott muallifligida "Islom falsafasi va ilohiyoti" nomli kitob nashrdan chiqdi. 1964 yili Henri Korbon tomonidan "Islom falsafasining tarixi" kitobi bosilib chiqdi. 1970 yili Mojed Faxriyning "Islom olamida falsafa davoni" kitobi Beyrutdagi Amerika universiteti tomonidan ingliz tilida nashr etildi. Bu kitob 1983 yili Nasrullo Pur Javodiy tarjimasida Tehronda fors tilida bosilib chiqdi12.

Islom dinining shakllanishi natijasida arab xalifaligi ta'sir doirasidagi mamlakatlar ma'naviy-madaniy hayotida tub o'zgarishlar sodir bo'ldi. Bu jarayonni asosan islom dinining Arabiston yarim orolida markazlashgan davlat tuzishdagi o'rni bilan baholash mumkin. Chunki o'sha davrdagi tarqoq arab qabilalari islomning ta'siri ostida birlashgan edi. Aynan shunday birlashish jarayoni kuchli hokimiyatni vujudga keltirdi. O'z navbatida bu hokimiyatning boshqa hududlarni bosib olishiga qulay shart-sharoitlar yuzaga keldi. Arab xalifaligi deb nom olgan bu ulkan imperiya tarkibiga Arabiston yarim orolidan tashqari Yaqin va O'rta Sharq mamlakatlarining barchasi, Shimoliy Afrika, Ispaniya, Kavkaz orti davlatlari va O'rta Osiyo kirar edi. Keyinchalik esa davlat ma'naviy-madaniy hayotini mustahkamlashga alohida e'tibor berilib, maxsus "Baytul hikma" ilmiy markazi tuzildi. Mazkur ilmiy markazning samarali faoliyati orqali falsafa va tabiiy fanlar sohasida yangi yutuqlar qo'lga

7 KapaHr: KpgnpoB M. MapKa3HH Ocnë, _3khh Ba YpTa fflap^HHHr Ta^aKKypn. T.: TomKeHT gaBmr

map^myHOC^HK HHCTHTyTH, 2010.

8 Renan E. Averroes et L'averroisme. -Paris, 1882; Renan. De philosophia peripatetica apud Suros. -Paris, 1852. P.21

9 Munk S. Melanges. De philisophie juive et arabe. -Paris, 1859. P.65

10 De Boer, T. J. Geschichte der Philosophie in Islam. -Stuttgart, 1901. P.97-98

11 O'leary, De Lacy. Arabic Thought and its Plase in History. -London, 1922. P.123

12 KapaHr: KognpoB M. MapKa3HH Ocnë, _3khh Ba YpTa fflap^HHHr $a^ca$HH Ta^aKKypn. T.: TomKeHT gaB^aT map^myHOC^HK HHCTHTyra, 2010.E.24

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

kiritildi. Bunday ilmiy dunyoqarashning taraqqiyoti natijasida nafaqat islom dinining muqaddas manbalari ilmiy nuqtai-nazardan tadqiq qilindi, balki mumtoz falsafiy qarashlarning yangi ustuvor yo'nalishi belgilab olindi.

O'rta Osiyo mutafakkirlari Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Abdulloh Xorazmiy dunyoqarashining o'ziga xosligi va tarixiy ahamiyati shundaki, u Aflotun, Arastu, Qur'on ta'limotlarining o'zaro ta'sirida shakllangan. Mustabid tuzum davrida o'rta asrlar musulmon mutafakkirlari ta'limotini markscha-lenincha falsafa nuqtai nazaridan baholash, ulardan faqat moddiyunchilarini ko'klarga ko'tarib maqtash, xudojo'ylariga "idealist" deya tamg'a bosish ustuvor o'rinni egallagan edi. Shunday ekan, o'rta asrlar musulmon falsafasini arab tilida ijod etgan faylasuflar falsafasi deb tushunish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.

Arab tilida ijod etgan faylasuflar ta'limotini tadqiq etish falsafa sohasida ilgari ham tasavvuf, fikh, hadis ilmi, ilohiyot jabhalariga qaraganda keng ko'lamda amalga oshirilgan edi. Biroq uning vakillarini dahriy hamda moddiyunchi qilib ko'rsatish bilan birga, faylasuflarni ikkiga "burjua" va "proletariat"ga bo'lish, buning natijasida ularning "idealistik" xulosalarini bo'lar-bo'lmasga inkor etish umumiy an'anaga aylanib qolgan edi. Shuning uchun ham bugungi kunga kelib, Markaziy Osiyolik ajdodlarimiz merosini haqqoniy yoritish, halqimizning ma'naviy qadriyatlarini tiklash olim va faylasuflarimiz oldiga yanada dolzarb masalalarni qo'ymoqda. Shuning uchun ajdodlarimiz falsafasini jahon faylasuflari erishgan yutuqlardan foydalangan holda, barcha imkoniyatlarimizni ishga solib, uni mafkura bilan cheklamay, xolisona har bir faylasufning haqiqiy siymosini yaratish va faqat haqiqatni ochish maqsadida tadqiq etish zarur hamda dolzarbdir. Shu ma'noda o'rta asr islom faylasuflari Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd, Ibn Bajja bilan birga G'azzoliy kabi mutafakkirlarning falsafiy qarashlarini tadqiq etish olimlarimiz zimmasiga katta mas'uliyat yuklaydi. Islom falsafasi muammolari ustida maxsus jiddiy tadqiqotlar o'tkazish talab etiladi. Bu omillar mohiyatini anglab olishda to'la-to'kis o'nlab, hatto, yuzlab ilmiy tadqiqotlar kamlik qiladi. Chunki islom faylasuflarining falsafiy bilimlar rivojiga qo'shgan hissasini jahon e'tirof etmoqda.

Umuman olganda, islom dining muqaddas kitobi - Qur'oni Karimda ajoyib g'oyalar, qarashlar, falsafiy, ma'naviy - axloqiy qoida va o'gitlar o'rin olgan Islom dini asoslarida shariat, qonun - qoidalar bilan bir qatorda, axloqiy kamolot, madaniyat, ma'naviyat, ma'rifat, qadriyat, halollik, poklik, imon - e'tiqod, ishonchu-ixlos va vijdon bilan bog'liq bironta ham masala e'tibordan chetda qolmaganligini ko'ramiz. Islomda dunyodagi har bir mamlakat va xalq har kun duch keladigan, insonni

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

tarbiyalash,jamiyatni yuksaltirish uchun xizmat qiladigan dunyoviy masalalar asosiy o'rinni egallaydi.13

XULOSA

Islom dinida shunday ajoyib g'oyalar, qarashlar, ta'limotlar, falsafiy axloqiy, madaniy - ma'naviy qoida va o'gitlar mavjud -ki, ularga amaliy faoliyatda asoslanish, suyanish gavhardek zarur va muhimdir. Islom dini asoslari, shariat va qonun- qoidalarida axloqiy kamolot, madaniyat, ma'naviyat, qadriyat, halollik, poklik, imon, e'tiqod, ishonch va ixlos bilan bog'liq bo'lgan masalalarni ko'plab uchratish mumkin. Islom aqoidalari asosida shakllangan va rivojlangan tasavvur ta'limotida ham inson qalbi va ruhiyati, ahloqini poklash va halol yashash, zohiran va botinan pok bo'lish haqidagi fikrlar juda ko'p. Tasavvufda odob-axloq, qalb pokligi -ma'rifat sohibi, chin insoniy go'zallik, deb ta'riflanadi. Mazkur o'rinda "tariqat " haqidagi fikrlar alohida ahamiyatga ega. "Tariqat" so'zi "shariat" kabi "yo'l" degan ma'noni anglatadi. Ammo bu so'z ko'proq insonning ma'naviy tarbiyasini nazarda tutadi. Shariatdan farqli o'laroq, tariqat insonning ichki ruhiy holatidan kelib chiqqan, uning uchun eng maqbul bo'lgan yo'ldir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. - Toshkent: O'zbekiston, 2018.

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi "Abu Ali Ibn Sino merosi majmuasini barpo etish to'g'risida"gi №1681-sonli Farmoyishi.

3. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. —Toshkent, O'zbekiston, 2017

4. Abduhalimov B. A. "Bayt al-hikma" va O'rta Osiyo olimlarining Bag'doddagi ilmiy faoliyati: (IX-XI asrlarda aniq va tabiiy fanlar). -T., Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2004. - 236 b.

5. Qodirov M. Markaziy Osiyo, Yaqin va O'rta Sharqning falsafiy tafakkuri. T.: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti, 2010

6. Bertels D. Predislovie // Mes Adam. Musulmanskiy Renessans. -Moskva: Nauka, 1973.

Internet saytlari

7. Mirziyoyev Sh.M. "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy.. ,/https/://daryo.uz.2017/01/31/shavkat-mirziyoyevning-tanqidiy-tahlil/

13 KapaHr: A6y Aögynnox MyxaMMag höh Hcmoha an - Byxopun. An - ®omhi ac-caxux (HmoHapnu TynnaM) 2-^ung. T. KoMycnap 6om TaxpHpuaTH, 1996 . 6- 25.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

8. Karimov I.A. "O'rta asrlar Sharq allomalari.../uz.fundamental-economic.uz/president-islom-karimovning-o'rta-asrlar/

9. Lex.uz: O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami./ www.lex.uz/O'zbekiston-respublikasi-qonun-hujjatlari-miniy-bazasi

10. www.wikipedia.org/wiki/Donishnoma(O'zbek-axborot-sayti)

11. https://www.urgfiltma.uz/uz/manaviy/milliygoya.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.