UDK 631. 31.06.
PUSHTA SHAKLLANTIRISHNI ENERGIYARESURSTEJAMKOR
TEXNOLOGIYASI
Xudoyarov Anvar Nazirjonovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, professor тел.:+998888380809; E-mail: [email protected]
Annotatsiya. Maqolada maqolada pushta shakllantirishni energiya-resurstejamkor texnologiyasi bo'yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Taklif etilayotgan texnologiya bo'yicha paxtadan bo'shagan dalaning o'tgan mavsumdagi egatlari ichi 30-40 sm chuqurlikda ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatilib, yumshatilgan joyga qatlam tubi va undan 30-40 sm balandlikda ikki qatlamda lentasimon usulda o'g'itlanib, eski pushtalar yumshatilib o'g'itlangan joylarga surilib, balandligi 25-30 sm bo'lgan yangi pushtalar hosil qilinishi ishlab chiqilgan. Diskli pushta olgich tomonidan kesib oladigan tuproq palaxsaning shakli va o'lchamlari uning diametriga, harakat yo'nalishiga nisbatan o'rnatilish burchagiga hamda tuproqqa botish chuqurligiga bog'liqligi aniqlangan.
Аннотация. В статье приведены результаты проведенных исследований ресурсосберегающей технологии по формированию гребня грядок. Согласно разработанной технологии грядки поля освободившегося после уборки хлопка подвергаются полосовому рыхлению на глубину 30-40 см и послойно на глубину до 30-40 см вносятся удобрения в два слоя. Затем удобренная почва премещается и формируются новые гребни грядок высотой 25-30 см. Установленно, что форма и размеры обрабатываемой дисковым гребнеобразователем полосы почвы зависит от диаметра диска, угла его установки относительно направления движения а также от глубины вхождения диска в почву.
Abstract. The article presents the results of the research on the energy-resource-efficient technology of ridge formation. According to the proposed technology, the furrows of the cotton-free fields of the previous season are softened gradually without overturning at a depth of 30-40 cm. It has been developed that after fermentation, the old ridges are softened and moved to the fertilized areas, and new bushes with a height of 25-30 cm are formed. It was determined that the shape and size of the soil blade cut by the disk furrow depends on its diameter, the angle of installation in relation to the direction of movement, and the depth of immersion in the soil.
Kalit so'zlar. Tuproq, kombinatsiyalashgan agregat, texnologiya, egat, energoresurstejamkor, ag'darmasdan ishlov berish, minimal ishlov, yo'l-yo'l yumshatish, o'g'itlash, pushta, fizik-mexanik, yonilg'i-moylash, energiya, mexnat sarfi.
Ключевые слова. Почва, комбинированный агрегат, обработка без оборота пласта, энергоресурсосберегающий, технология, минимальная обработка, полосовое рыхление, внесение удобрения, гребень, грядка, физико-механических, топливо-смазочные, энергия, затраты труда.
Keywords. Soil, combined aggregate, tillage without formation turnover, energy-resource-efficient, technology, minimal tillage, strip loosening, fertilization, furrow, ridge, physical-mechanical, fuel-lubricating, energy, labor spending.
O'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha tuproqqa ag'darmasdan ishlov berishda shudgorlashga nisbatan 1,5-2,0 marta kam energiya va yonilg'i sarfi talab qilinadi. Ishlov berish sifati yaxshilanadi (notekisliklar, katta kesaklar hosil bo'lmasligi hisobiga) donli va oraliq ekinlarining hosildorligi 10-15 foizga oshadi. Bundan tashqari, tuproqqa ag'darmasdan ishlov
beruvchi mashina va qurollar pluglarga nisbatan kam metalhajm-dorlikka, solishtirma qarshilikka, yuqori unumdorlikka ega, foydalanishga qulay, ularning bazasida keng qamrovli va kombinatsiyalashgan agregatlarni yaratish mumkin.
O'tkazilgan adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan tadqiqot natijalari asosida pushta shakllantirishning eneogiyaresurstejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi. Taklif etilayotgan texnologiya bo'yicha paxta hosilidan bo'shagan dalalar kuzda shudgorlanmaydi, faqat ularda o'tgan mavsumdagi sug'orish egatlarining ichigina yumshatiladi va o'g'itlanadi hamda shu yumshatilgan va o'g'itlangan joylarda kelgusi yili chigit ekish uchun yangi pushtalar hosil qilinadi (1-rasm).
Ushbu texnologiya asosida ishlov berish yuqorida ta'kidlanganidek, kuzda amalga oshirilib, paxta hosilidan bo'shagan g'o'zapoyasi yulib tozalangan dalalarning o'tgan mavsumdagi egatlar ichi agregatning bir o'tishida 30-40 sm chuqurlikda ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatiladi, yumshatilgan joy ikki qatlamda yumshatilgan qatlam tubi va undan 30-40 sm balandlikda lentasimon usulda o'g'itlanadi, eski pushtalar shu yumshatilgan va o'g'itlangan joylarga surilib, balandligi 25-30 sm bo'lgan yangi pushtalar hosil qilinadi, ya'ni o'tgan mavsumdagi egatlar o'rnida osti yumshatilgan va o'g'itlangan pushtalar, pushtalar o'rnida esa egatlar hosil bo'ladi.
Dalalarni chigit ekishga tayyorlashning yuqorida ta'kidlangan mavjud va taklif etilayotgan texnologiyalari o'zaro taqqoslanganda taklif etilayotgan texnologiyada yerlar ag'darib haydalmasdan yo'l-yo'l yumshatilishi hamda boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o'tkazilmasligi tufayli mehnat, energiya va yonilg'i-moylash materiallari sarfining sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o'tishlar soni keskin qisqarishi (6-7 martadan 2 martagacha) hisobiga tuproqning ortiqcha zichlanmasligi ma'lum bo'ldi.
а- agregat o'tishidan avvalgi mavjud рш^а уа е§а1; Ь-а§ге§а1п1п§ ]агауош; v-hosil bo'lgan
уап§1 рш^а уа е§а1.
1-га8ш. Ри$№а 811ак11а1и1п81шш« eneogiyaresurstejamkor texnologiyasi texnologiyasi
Budan tashqari chigitlar yumshatilgan, o'g'itlangan va pushta о1^ап hamda traktoгlaг Ьагака11ап11г§1ек1аг1 tomonidan ЬовИша§ап joylaгga ек^ап^ БаЬаЬИ и1агп1 Ыг 1ек1Б ип1Ь chiqishi, o'simliklaming yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaгati1adi.
Sug'orish egatlarining yumshatilmagan joylardan olinishi esa namning asosan g'o'za ildizlari rivojlanadigan joylarda to'planishi va suvning ortiqcha isrof bo'lmasligini ta'minlaydi. Уапа shuni ham ta'kidlash lozimki, taklif etilayotgan yangi texnologiya bo'yicha Ьи уП pushta o1ingan joyga ke1gusi уШ egat ochi1adi, egat ochi1gan joyga еБа pushta o1inadi. Undan keyingi yili esa buning aksi Ьо'^ь Bunday egat va pushta о'ппкпш almashib turishi tuproq fizik-техашк xossalarining yaxshilanishi hamda unda тау^ bo'lgan ozuqa moddalami o'simliklar tomonidan samarali o'zlashtirilishiga olib keladi.
texno1ogiyaning ama1ga oshiгish uchun ish1ab chiqi1gan komЬinatsiya1ashgan agregat rama, agregatni traktorga osish uchun mo'ljallangan o'matkich, chuqur yumshatkich, pushta olgich, о^'И; bunkeri, o'g'it solgich-taqsimlagich уа tayanch g'ildiragilardan tashkil topgan bo'lib, agregatning bir o'tishida qo'yilgan talab darajasida tuproqni ag'darmasdan yumshatib yumshatilgan qatlamga ikki qatlamda o'g'it solish уа yumshatib o'g'itlangan joyga
pushta shakllantiradi.
Kombinatsiyalashgan agregatning asosiy ish organlari tuproqni ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatuvchi yumshatkich, yumshatilgan qatlamga lentasimon usulda o'g'itlash uchun o'g'itlash qurilmasi hamda yumshatilgan va o'g'itlangan qatlam ustiga pushta hosil qiluvchi pushta olgichlar hisoblanadi.
Olib borilgan taqqoslov sinovlarining natijalari kam energiya sarflagan holda talab darajasidagi sifatli pushtani shakllantirish uchun kombinatsiyalashgan agregatning pushta olgichi sifatida sferik disklardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi.
Kombinatsiyalashgan agregat pushta olgichi (2-rasm) ustun va sferik diskdan iborat bo'lib, yumshatkich tomonidan yumshatilgan hamda o'g'itlagichlar yordamida o'g'itlangan qatlam ustiga o'tgan yilgi pushtalardagi tuproqni surish natijasida pushtalar hosil qilib ketadi.
Bunda har bir pushta bir-biriga qarama-qarshi o'rnatilgan ikkita disk bilan hosil qilinadi (3- rasm).
o
n
1-ustun; 2-pushta shakllantiruvchi sferik disk 2-rasm. Kombinatsiyalashgan agregatning pushta olgichi
3-rasm. Sferik disklar yordamida pushtaning shakllantirish sxemasi
Pushta olgichning texnologik ish jarayonida disklar tuproq palaxsalarini kesadi, ularni ishchi sirtlari bo'ylab ko'taradi va yonbosh tomonga otib, pushta hosil qiladi.
4-rasmdagi sxemadan ko'rinib turibdiki, sferik disk tuproqdan ko'ndalang kesimi nov ko'rinishida bo'lgan palaxsalarni kesib oladi. Palaxsalarning disklar tig'i kesgan qismi ellips ko'rinishida bo'lib, uni quyidagi tenglama bo'yicha ifodalash mumkin.
2 2
I * = 1
R R sin2 p , (1)
bunda Rd - disk radiusi;
x,_y-disk aylanish markazidan o'tkazilgan koordinata o'qlari.
Palaxsaning ko'ndalang kesimi kengligi bp, qalinligi ô va yuzi S bilan xarakterlanadi. Ularni quyidagi ifodalar bo'yicha topish mumkin
T
4-rasm. Sferik disk kesayotgan tuproq palaxsasining shakli va o'ichamlarini aniqlashga
doir sxema
bn =Vh{Dd - h) ;
(2)
S = h;
(3)
R
S = J xdy = 0,5R
n
— arcsini 2
r
\
h
R
д J
h
R
д J
h
R
д J
(4)
bunda h - sferik diskning tuproqqa botish chuqurligi.
Yuqorida ta'kidlanganlardan ko'rinib turibdiki, disk tuproqdan kesib oladigan palaxsaning shakli va o'lchamlari uning diametri (radiusi)ga, harakat yo'nalishiga nisbatan o'rnatilish burchagiga hamda tuproqqa botish chuqurligiga bog'liqligi aniqlandi.
Xulosa. l.Taklif etilayotgan texnologiya bo'yicha paxtadan bo'shagan dalaning o'tgan mavsumdagi egatlari ichi 30-40 sm chuqurlikda ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatilib, yumshatilgan joyga qatlam tubi va undan 30-40 sm balandlikda ikki qatlamda lentasimon usulda o'g'itlanib, eski pushtalar yumshatilib o'g'itlangan joylarga surilib, balandligi 25-30 sm bo'lgan yangi pushtalar hosil qilinadi.
2.Taqqoslov sinov natijalari kam energiya sarflagan holda talab darajasidagi sifatli pushtani shakllantirish uchun kombinatsiyalashgan agregatning pushta olgichi sifatida sferik disklardan foydalanish maqsadga muvofiq ekanligini ko'rsatdi.
3.Diskli pushta olgichning texnologik ish jarayonida disklar tuproq palaxsalarini kesadi, ularni ishchi sirtlari bo'ylab ko'taradi va yonbosh tomonga otib, pushta hosil qiladi.
4. Olib borilgan nazariy tadqiqot natijalaridan diskli pushta olgich tomonidan kesib oladigan tuproq palaxsaning shakli va o'lchamlari uning diametri (radiusi)ga, harakat yo'nalishiga nisbatan o'rnatilish burchagiga hamda tuproqqa botish chuqurligiga bog'liqligi aniqlandi.
ADABIYOTLAR
1. А Худоеров, М Мамадалиев. Теоретическое обоснование параметров рыхлителя комбинированного агрегата. // Техника в сельском хозяйстве // том.2. стр.9-11. 2009.
2. Анваржон Назиржонович ХУДОЁРОВ. Определение скорости движения частиц почвы по рабочей поверхности сферического диска. //Техника в сельском хозяйстве// том 4. стр 44-45. 2009.
3. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich, Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich, Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna. Power-efficient method of tillage and its technology model. //European science review.// Номер 1-2 .page 212214.2017
4. Анваржон Назиржонович ХУДОЁРОВ. Комбинированный агрегат для минимальной обработки почвы.// Техника в сельском хозяйстве// Номер 6.стр 56-57.2009.
5. ТС Худойбердиев, АН Худоёров. Новый способ обработки почвы и техническое устройство для его реализации //Материалы межд. науч.-практ. конф. Актуальные вопросы аграрной науки и образования// том.4.2018.
6. АН Худоёров, МА Юлдашев, Д Худойназаров. Комбинированный агрегат для подготовки почвы к возделыванию саженцев декоративных деревьев. // Цитируется: 2// 2019.
7. АN Hudayarov, M Mamadaliyev, M Yuldasheva, R Muradov. Motivation of the geometric form of looseners working surface of multifunction unit European science review
2
1
1
1
R
д - h
Austria, Vienna November. // Decembe// Номер 11-12.стр.138. 2020.
8. AN Khudoyarov. Combined aggregate for minimum processing. // Technique in agriculture. Moscow//. Номер 6. стр 56-57. 2009.
9. A Tuxtakuziev, AN Xudoyorov. Teoriya dvizheniya chastic pochvy po rabochej poverxnosti sfericheskogo diska. // Agroilm.-Tashkent//. Номер 4. стр 35-35. 2007.
10. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich.Candidate of the technical sciences, assistant professor Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich. //Candidate of the technical sciences, assistant professor Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Senior scientific employee researcher, PhD in Technique, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna, Researcher, assistant of the Faculty of Agro-engineering, Agricultural Institute of Andijan, the Republic of UzbekistanCandidate of the technical sciences, assistant professor Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Senior scientific employee researcher, PhD in Technique, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna, Researcher, assistant of the Faculty of Agro-engineering, Agricultural Institute of Andijan, the Republic of Uzbekistan//.
11. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich, Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich, Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna. Motivation of the geometric form of looseners working surface of multifunction unit. // European science review//. Номер 11-12. Стр.138-140.2016.