Научная статья на тему 'OCHIQ MAYDONLARDA KO‘KAT URUG‘LARINI QATORLAB EKADIGAN SEYALKA'

OCHIQ MAYDONLARDA KO‘KAT URUG‘LARINI QATORLAB EKADIGAN SEYALKA Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
95
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Yosh mutaxassislar
Область наук
Ключевые слова
pushta / maxsus seyalka / parvarishlash / qatorlab ekish / ochiq maydon / ukrop / mayda urug‘. / pulse / special seeder / maintenance / row planting / open field / dill / small seed.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nishanboyev Nizomjon Ne’mat O‘g‘li, Muydinov Umid Maxkamovich

Ushbu maqolada ochiq maydonlarda ukropni ekish, yetishtirish, parvarishlash texnologiyasi. Ukropni pushtalarga ochiq maydonda maxsus seyalkani yangi konstruksiyasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEEDER FOR PLANTING GREEN SEEDS IN ROWS IN OPEN AREA

In this article, the technology of planting, growing and caring for dill in open fields. A new construction of a special seeder for dill bushes in the open field is presented.

Текст научной работы на тему «OCHIQ MAYDONLARDA KO‘KAT URUG‘LARINI QATORLAB EKADIGAN SEYALKA»

OCHIQ MAYDONLARDA KO�KAT URUG�LARINI QATORLAB EKADIGAN SEYALKA

Nishanboyev Nizomjon Ne�mat o�g�li

Qishloq xo�jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant,

Muydinov Umid Maxkamovich

Qishloq xo�jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant.

https://doi.org/10.5281/zenodo.8038837

Qabul qilindi: 14.06.2023

Crossref DOI: 10.24412/cl-37059-2023-06-44-48

UDK: 58.009

Annotatsiya: Ushbu maqolada ochiq maydonlarda ukropni ekish, yetishtirish, parvarishlash texnologiyasi. Ukropni pushtalarga ochiq maydonda maxsus seyalkani yangi konstruksiyasi keltirilgan.

Kalit so�zlar: pushta, maxsus seyalka, parvarishlash, qatorlab ekish, ochiq maydon, ukrop, mayda urug�.

SEEDER FOR PLANTING GREEN SEEDS IN ROWS IN OPEN AREA

Abstract: In this article, the technology of planting, growing and caring for dill in open fields. A new construction of a special seeder for dill bushes in the open field is presented.

Key words: pulse, special seeder, maintenance, row planting, open field, dill, small seed.

ASOSIY QISM.

Ochiq maydonlarda ko�kat yetishtirishda bir qancha operatsiyalarni bajarish kerak. Birinchi galda yer tayyorlashda urug� sepiladigan maydonlar o�tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o�tlardan sifatli qilib tozalanadi. 0,1 ga yerga 150�200 kg chirigan go�ng yoki torf solinadi. O�simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib, go�ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliy solish talab etiladi. Yer 20�25 sm chuqurlikda plug bilan haydaladi, yirik kesaklar freza yoki g�altakmolali mola tekislagich bilan maydalanib ishlov beriladi, pushtalar olinadi, shundan so�ng urug�lar ekiladi. Urug�larning unib chiqishi taxminan 3-5 ?C daraja haroratda sodir bo�ladi. Biroq, 16-18 ?C daraja optimal sharoit hisoblanadi. Ukrop urug�i toza, kalibrlangan, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi bo�lishi zarur. Urug�lar boshqa o�simliklar urug�lari va aralashmalaridan tozalangan bo�lishi kerak [1]. Urug?i 7 �20 kunda unib chiqadi, 30 �40 kunda o?riladi, 60 �70 kunda to?liq gullaydi. O?suv davri qisqa bo?lganligi uchun ukropni bir necha marta ekib, hosil olish mumkin. Qishda issiqxonalarda, ochiq dalaga erta bahorda ekiladi. Ukrop urug�larini ekishda ekish me�yori, muddati va chuqurligiga katta e�tibor qaratish zarur.

Ekish me�yori yuqori hosil olishning asosiy omillaridan bo�lib, urug�larning biologik xossalari, o�lchamlari, massasi, tuproq sharoiti, ozuqa maydonining ta�minlanganligi va ekish muddati bilan belgilanishi kerak. Ekish chuqurligi urug�ning to�la unib chiqishiga ta�sir ko�rsatuvchi omillardan biridir. Ekishga tayyorlangan tuproqning namligi va zichligi, urug�ning sifati hamda ekish muddatlariga qarab ekish chuqurligi 1,5-2,5 sm, qator orasi kengligi 5-7 sm oralig�ida ekiladi. O?zbekistonda ukropning O?zbekiston 243, alligator, marravon, olmos va Orom navlari ekiladi.

Ekish muddati va sxemasi tuproq iqlim sharoitidan kelib chiqib tanlanadi. Ukrop urug�i kech kuzda (noyabrda), erta bahorda (martda) va avgust boshlarida pollarga va pushtalarga qalin qilib sepiladi yoki maxsus mashinalarda tor qatorlab ekiladi. Bir sotixga 200�250 g (10 sotixga 2�2,5 kg) urug� sarflanadi. Tuzlashga ishlatish uchun ular siyrakroq sepiladi va 1 sotixga 100�120 g (10 sotixga 1�1,2 kg) urug� sarflanadi. Urug�lar lentasimon usulida 3�5 qator qilib yoki sochma usulda sepiladi. Urug�lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Ukropni ekishda pushtalarning kengligi ekin va tuproq turiga qarab 70 sm dan 90 sm gacha bo�lishi mumkin. Pushta olishda quyidagi mashinalardan foydalaniladi: RUMPTSTAD RSF 2000 pushtaolgich kultivatori, RUMPTSTAD RSRR rolikli pushta shakllantirgichi, ChKU-4A chizel-kultivatorining egatochkichi, KRX-3,6 va KRT-4 paxtachilik kultivatorlari pushta olgichlar. Pushtalar yumshoq tuproqda kengroq, zich tuproqda esa ensizroq olinadi. Pushtaga ekishning afzalliklari urug� sarfining kamayishi va olingan hosilning o�lchamlari kattaroq bo�lishidan iborat [2-3].

Ko�kat ekish muddatlarini to�g�ri belgilash katta ahamiyatga ega. Ekish muddatlari bir haftaga kechiksa hosildorlik 20-25% ga kamayadi. Ko?kat ekinlar, asosan, dehqon xo?jaliklari tomorqalarida yetishtiriladi.

Ekish texnologik jarayoniga uchta asosiy agrotexnik talab qo�yiladi:

1) urug�larni belgilangan me'yorda ekish;

2) urug�larni maydon bo�yicha bir tekis taqsimlash;

3) urug�larni belgilangan chuqurlikda joylashtirish.

Ekish usullarini tanlashdan maqsad urug�larni qatorlarda tekis joylashtirib, yuqori hosil olishdan iboratdir. Qator oralarining kengligi va qatordagi urug�lar orasi har qaysi ekin uchun talab etiladigan oziq maydoniga asosan tuproq-iqlim sharoitlariga qarab belgilanadi. Qatordagi urug�lar yoki urug� uyalari orasi ekish me�yoriga qarab, qator oralari kengligi esa ekish usuliga qarab belgilanadi. Urug�larni ekish usullari ularning vertikal va gorizontal tekisliklarda joylashishiga qarab farqlanadi [3].

1-rasm. Ukropni yetishtirishda pushtada ekinning joylashishi va pushtaning o�lchamlari.

Pushtalarga ekishda tuproqning issiqlik qabul qiluvchi yuzasi tekis yuzaga nisbatan 1,5 barobargacha ortadi, buning natijasida urug�ning unib chiqishi uchun kerakli miqdordagi issiqlik tuproqda tezroq to�planishi hisobiga urug� erta unib chiqadi va o�simlik yaxshi rivojlanadi va erta pishib yetiladi. Bundan tashqari pushta olingan maydonlarga urug�larni tasma usulida ko�p qatorlab va donalab ekish imoniyati yaratiladi. Yog�ingarchilik suvlarini pushta yon tomonlaridan egatga oqib tushishi natijasida pushta ustida ortiqcha nam to�planmay, urug� suvda bo�kib qolishi, chirishi hamda qatqaloq hosil bo�lishining oldi olinadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda va respublikamiz sharoitida ukrop urug�larini ekadigan maxsus seyalka bo�lmaganligi sababli ukrop urug�larini ekish mahalliy sharoitga moslashmagan, hamdo�stlik mamlakatlari va xorijdan keltirilgan qatorlab ekadigan SUNP-4,2, SONP-2,8, OLIMPIA GASPARDO, UNIA �RU�, �����-1,8, UD 2000, seyalkalar hamda har xil yasama moslamalar va qo�l kuchi yordami bilan amalga oshirilmoqda. Ammo bu seyalkalar va moslamalar ukrop urug�larini agregatning daladan bir o�tishida pushtalarni shakllantirib, ularning tepasiga qatorlab eka olmaydi. Bundan tashqari ekishga tayyorlangan dalalarda pushta olish va pushtalarga ishlov berish hamda ekish tadbirlari alohida-alohida agregatlar bilan bajarib kelinmoqda [4]. Bu esa ekish muddatining cho�zilishi, urug�lik, mehnat, yonilg�i-moylash materiallari sarfining ortishiga olib kelmoqda [5].

Shuni ta�kidlash lozimki, xorijiy mamlakatlarda ishlab chiqariladigan seyalkalarni respublikamiz sharoitida to�g�ridan-to�g�ri qo�llab bo�lmaydi, chunki ularning bizdagi ishlash sharoiti (tuproqning turi, namligi, zichligi, qattiqligi, dala relefi bo�yicha) va ularga qo�yilgan agrotexnik talablar (qator oralarining kengligi, ekish texnologiyasi, urug�larni ekish chuqurligi, ekish me�yorining belgilanishi bo�yicha) xorijiy mamlakatlardagidan katta farq qiladi [5].

Bundan tashqari xorijdan keltiriladigan mashinalar narxining qimmatligi qishloq xo�jaligi mahsulotlarini yetishtirish tannarxining oshishiga olib keladi.

Ukrop ekishga tayyorlangan dalalarda agregatning bir o�tishida pushtalar shakllantirib, ularning tepa qismiga qatorlab ukrop urug�larini ekadigan seyalka ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Bu esa ekish muddatining qisqarishiga, urug�lik, mehnat, yonilg�i-moylash materiallari sarfining kamayishiga olib keladi.

Yuqorida ko�rsatilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda Qishloq xo�jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan ukrop va ko�kat urug�larini ekadigan, mintaqa iqlim sharaoitiga mos keladigan kombinatsiyalashgan mashina ustida izlanishlar natijasida ukrop va ko�kat urug�larini ekadigan kombinatsiyalashgan mashina konstruksiyasi ishlab chiqildi.

2-rasm. Bir yo�la pushta shakllantirib ko�kat urug�larini qatorlab ekadigan seyalkaning texnologik sxemasi.

U osish qurilmasi bilan jihozlangan rama 1, tayanch-yurituvchi g�ildiraklar 2, zanjirli uzatmalar 3, diskli markerlar 4, pushtaolgichlar 5 va ularning qanotlariga o�rnatilgan tekislagichlar 6, iskanalar, bunkerlar 7, ekish apparatlari 8, urug� o�tkazgichlar 9, parallelogramm mexanizmlar 10, ularga o�rnatilgan sirpang�ichlar 11 va soshniklar 12 hamda zanjirli shleyflar 13 ish organlardan tashkil topgan (2-rasm).

XULOSA.

Ukrop ekishga tayyorlangan dalalarda agregatning bir o�tishida pushtalar shakllantirib, ularning tepa qismiga qatorlab ukrop urug�larini ekadigan maxsus seyalka konstruksiyasi ishlab chiqildi. Bu esa ekish muddatining qisqarishiga, urug�lik, mehnat, yonilg�i-moylash materiallari sarfining kamayishiga olib keladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO�YXATI:

1. ������� �.�., ��������� �.�. �������� ���������� ������� ������������� ������������// ���� ������?���� �������� ?����� ?������� ??� ����? ���������?�� ������������� ���?������ ??� �����������: ���. ����. ����?�����? ������-?����� ����. 10-11 ������ 2021. � �?���, 2021. � �. 209-210.

2. Ibragimov A.A., Karakhanov A.K., Abdurakhmanov A.A., Eshdavlatov A.E., Uteniyazov P.A., Khadzhiev A.A. Research results for a new onion seed drill // Agricultural machinery and technologies. � Moscow, 2020. Vol. 14 N 4. � S. 12-16.

3. Bokijonovich, I. K., & Makhkamovich, M. U. (2023). Results of Multi-Factor Experiments Conducted to Base the Parameters of the Combined Machine Quantification Apparatus for Organic Fertilizers. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 17, 11-16.

INTERNET MANBAALARI:

https://cyberleninka.ru/article/n/ukrop-shivit-ni-ochiq-dalalarda-yetishtirish-texnologiyasi

https://www.jardineriaon.com/uz/nihol

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.