UKROP (SHIVIT)NI OCHIQ DALALARDA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI
TECHNOLOGY OF GROWING CROPS IN THE OPEN FIELD OF DILL
Nishanboyev Nizomjon Ne�mat o�gli
Qishloq xo�jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, tayanch doktorant
https://doi.org/10.5281/zenodo.7749099
Annotatsiya: Maqolada ukropni ochiq dalaga ekish, yetishtirish, parvarishlash texnologiyasi. Ukropni pushtalarga ekish afzallilari keltirilgan.
Kalit so�zlar: ukrop, ekish, yetishtirish, urug�, pushta, seyalka, parvarishlash, qatorlab ekish.
Abstract. In the article, the technology of planting, growing and caring for dill in open fields. The advantages of planting dill in bushes are given.
Key words: dill, planting, cultivation, seed, pulse, seeder, maintenance, row planting.
Ukrop, shivit (Anethum) � soyabongullilar oilasiga mansub bir yillik, ba?zan ikki yillik o'tsimon o'simlik, sabzavot ekini. Osiyo va Afrikada 4 turi o�sadi. Bir yillik xushbo'y ukrop (Anethum graveolens) turi Yevrosiyo, Amerika va Afrikada, O'rta Osiyoda keng tarqalgan. O'zbekistonda ukrop qadimiy ekin hisoblanadi. Ildizi o'q ildiz, yer ustki qismi o?rtacha shoxlangan, balandligi 18 � 36 cm, 6 �12 ta tik turuvchi sochma barglardan iborat. Guli soyabon, ikki jinsli. Urug�i mayda, och va to'q jigarrang. Ukrop sovuqka chidamli, yorug�sevar, dastlabki rivojlanish paytida namlikka ayniqsa talabchan. Barglari tarkibida C, B, B2, RR, R vitaminlari, karotin, folat kislota, temir, kaliy, pektin moddasi, uglevod, kalsiy, fosfor tuzlari, efir moylari mavjud. Shuningdek, shivit tarkibida ko�p miqdorda oqsil, olein va linol kislotasi bo�lib, o�ziga xos efir moyi mavjud [1]. Ukropda fitonsidlar, antibakterial xususiyatiga ega bo�lgan moddalar bo�lib, ular oshqozon ichak yo�llarini zararsizlantirishda, organizmni yuqumli (infeksion) kasalliklarga chidamliligini oshiradi. Ukrop tarkibidagi magniy tuzi va temir moddasining mavjudligi qon aylanish jarayonini kuchaytirishga yordam beradi. Ukrop kundalik oziq-ovqat iste'molida, bodring, pomidor va boshqa sabzavotlarni tuzlashda ishlatiladi, tibbiyotda turli dorilar tayyorlanadi, sanoatda ukrop yog'i olinadi [2].
Urug� tanlash. Ukrop urug�i toza, kalibrlangan, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi bo�lishi zarur. Urug�lar boshqa o�simliklar urug�lari va aralashmalaridan tozalangan bo�lishi kerak [3].
Yer tayyorlash. Urug� sepiladigan maydonlar o�tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o�tlardan sifatli qilib tozalanadi. 1 sotix yerga 150�200 kg (10 sotixga 1,5�2 t) chirigan go�ng solinadi. O�simlik qisqa muddatda yetilishini inobatga olib, go�ng solish bilan birga 1 sotix maydonga 1 kg azotli, 1 kg fosforli, 0,5 kg kaliy solish talab etiladi. Yer 20�25 cm chuqurlikda haydaladi, yirik kesaklar g�altakmolali mola tekislagich bilan maydalanib ishlov beriladi, pushtalar olinadi, shundan so�ng urug�lar ekiladi. Urug'larning unib chiqishi taxminan 3-5 daraja haroratda sodir bo'ladi. Biroq, 16-18 daraja optimal sharoit hisoblanadi.
Ekish muddati va sxemasi. Ukrop urug�i kech kuzda (noyabrda), erta bahorda (martda) va avgust boshlarida pollarga va pushtalarga qalin qilib sepiladi yoki maxsus mashinalarda tor qatorlab ekiladi. Bir sotixga 200�250 g (10 sotixga 2�2,5 kg) urug� sarflanadi. Tuzlashga ishlatish uchun ular siyrakroq sepiladi va 1 sotixga 100�120 g (10 sotixga 1�1,2 kg) urug� sarflanadi. Urug�lar lentasimon usulida 3�5 qator qilib yoki sochma usulda sepiladi. Urug�lar sepilgandan keyin xaskash bilan tuproqqa aralashtiriladi. Ukropni ekishda pushtalarning kengligi ekin va tuproq turiga qarab 70 cm dan 90 cm gacha bo�lishi mumkin. Pushta olishda quyidagi mashinalardan foydalaniladi: RUMPTSTAD RSF 2000 pushtaolgich kultivatori, RUMPTSTAD RSRR rolikli pushta shakllantirgichi, ChKU-4A chizel-kultivatorining egatochkichi, KRX-3,6 va KRT-4 paxtachilik kultivatorlari pushta olgichlar. Pushtalar yumshoq tuproqda kengroq, zich tuproqda esa ensizroq olinadi. Pushtaga ekishning afzalliklari urug� sarfining kamayishi va olingan hosilning o�lchamlari kattaroq bo�lishidan iborat [4].
Parvarishlash. Ukrop urug�i sekin unib chiqadi (ekilgandan keyin 15�20 kunda ko�kara boshlaydi). Ukrop o�toq qilish, qatorlar orasini yumshatish va bostirib sug�orish yo�li bilan parvarish qilinadi. Bahorda ekilgan ukrop 2 marta, yozda ekilganlari esa 3�4 marta sug�oriladi. Ko�p sug�orib yuborilsa o�simlikning pastki barglari sarg�aya boshlaydi.
Urug'i 7 �20 kunda unib chiqadi, 30 �40 kunda o'riladi, 60 �70 kunda to'liq gullaydi. O'suv davri qisqa bo'lganligi uchun ukropni bir necha marta ekib, hosil olish mumkin. Qishda issiqxonalarda, ochiq dalaga erta bahorda ekiladi. Ekish chuqurligi 2�2.5 cm, qator orasi kengligi 5-7 cm. O?zbekistonda ukropning O?zbekiston 243, alligator, marravon, olmos va Orom navlari ekiladi.
Ko�kat ekish muddatlarini to�g�ri belgilash katta ahamiyatga ega. Ekish muddatlari bir haftaga kechiksa hosildorlik 20-25% ga kamayadi. Ko'kat ekinlar, asosan, dehqon xo'jaliklari tomorqalarida yetishtiriladi.
Ukropni yetishtirishda pushtada ekinning joylashishi va pushtaning o�lchamlari.
O�rganilgan adabiyotlar tahlili sabzavot ekinlari urug�larini pushtaga ekish quyidagi afzalliklarga ega ekanligini ko�rsatadi:
- pushtada ekinlar yetishtirilganda ularning ildizlari rivojlanadigan mayin tuproqli zona hajmi ortadi;
- urug� turli agregatlar harakatlantirgichlari bilan ezilmagan tuproqqa ekiladi;
- pushtalarda tuproqning issiqlik qabul qiluvchi yuzasi tekis yuzaga nisbatan 1,5 barobargacha ortadi, buning natijasida urug�ning unib chiqishi uchun kerakli miqdordagi issiqlik tuproqda tezroq to�planishi hisobiga urug� erta unib chiqadi va o�simlik yaxshi rivojlanadi va erta pishib yetiladi;
- pushta olingan maydonlarga urug�larni tasma usulida ko�p qatorlab va donalab ekish imoniyati yaratiladi;
- yog�ingarchilik suvlarini pushta yon tomonlaridan egatga oqib tushishi natijasida pushta ustida ortiqcha nam to�planmay, urug� suvda bo�kib qolishi, chirishi hamda qatqaloq hosil bo�lishining oldi olinadi;
- pushta hosil qilish bilan birga sug�orish egatlari shakllanadi, buning natijasida ular orqali suv yuborish yo�li bilan urug�larni to�liq undirib olish imkoni yuzaga keladi;
- qator oralariga ishlov berishda yetarli darajada rivojlanib ulgurmagan nihollarining tuproq bilan ko�milishining oldi olinadi;
- ekishdan oldin tuproqqa solinadigan o�g�itlarni pushtalarning faqat urug� ekiladigan qismiga solish imkoni yaratiladi, natijada o�g�itlardan foydalanish samarasi ortadi va uning sarfi kamayadi;
Respublikamiz sharoitida ukrop urug�larini ekadigan maxsus seyalka bo�lmaganligi sababli ukrop urug�larini ekish mahalliy sharoitga moslashmagan, hamdo�stlik mamlakatlari va xorijdan keltirilgan qatorlab ekadigan SUNP-4,2, SONP-2,8, OLIMPIA GASPARDO seyalkalar hamda har xil yasama moslamalar bilan amalga oshirilmoqda. Ammo bu seyalkalar va moslamalar ukrop urug�larini agregatning daladan bir o�tishida pushtalarni shakllantirib, ularning tepasiga qatorlab eka olmaydi. Bundan tashqari ekishga tayyorlangan dalalarda pushta olish va pushtalarga ishlov berish hamda ekish tadbirlari alohida-alohida agregatlar bilan bajarib kelinmoqda [5]. Bu esa ekish muddatining cho�zilishi, urug�lik, mehnat, yonilg�i-moylash materiallari sarfining ortishiga olib kelmoqda.
Ukrop ekishga tayyorlangan dalalarda agregatning bir o�tishida pushtalar shakllantirib, ularning tepa qismiga qatorlab ukrop urug�larini ekadigan seyalka ishlab chiqish dolzarb hisoblanadi. Bu esa ekish muddatining qisqarishiga, urug�lik, mehnat, yonilg�i-moylash materiallari sarfining kamayishiga olib keladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. ���������� �. ����� � ������ ����� ������ // ����� � �����: ������. � 2018. � ������.
2. ������� �.�., ��������� �.�. �������� ���������� ������� ������������� ������������// ���� ����������� �������� ������ �������� ��� ����� ������������ ������������� ���������� �?� �����������: ���. ����. ����������� ������-?����� ����. 10-11 ������� 2021. � �����, 2021. � �. 209-210.
3. Ibragimov A.A., Karakhanov A.K., Abdurakhmanov A.A., Eshdavlatov A.E., Uteniyazov P.A., Khadzhiev A.A. Research results for a new onion seed drill // Agricultural machinery and technologies. � Moscow, 2020. Vol.