Научная статья на тему 'PUSHTADA PAXTA YETISHTIRISHDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNING ENERGORESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRUVCHI KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT'

PUSHTADA PAXTA YETISHTIRISHDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNING ENERGORESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRUVCHI KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
32
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tuproq / kombinatsiyalashgan agregat / energoresurstejamkor / ag‘darmasdan ishlov berish / texnologiya / minimal ishlov / yo‘l-yo‘l yumshatish / o‘g‘itlash / pushta / egat / fizik-mexanik / yonilg‘i-moylash / energiya / mexnat sarfi. / Soil / combined aggregate / energy-saving / tillage / technology / minimum tillage / strip softening / fertilization / cotton / furrow / physical-mechanical / fuel-lubrication / energy / labour spend

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xudoyarov Anvar Nazirjonovich, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna

Maqolada pushtada paxta yetishtirishning energo-resurstejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregatga qo‘yilagan agrotexnika talablarini ishlab chiqish uchun ma’lumotlar keltirilgan. Bunda taklif etilayotgan texnologiyada yerlar ag‘darib haydalmasdan yo‘l-yo‘l yumshatilishi hamda boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o‘tkazilmasligi tufayli mehnat, energiya va yonilg‘i-moylash materiallari sarfining sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o‘tishlar soni keskin qisqarishi hisobiga tuproq ortiqcha zichlanmasligiga, tuproq fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga hamda unda mavjud bo‘lgan ozuqa moddalarni o‘simliklar tomonidan samarali o‘zlashtirilishiga olib keladi.O‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma’lumotlar asosida tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat uchun agrotexnika talablari ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The energy-efficient technology of soil working in cotton growing in ridge and the combined aggregate for its implementation

The article provides information for the development of the energy-saving technology of cotton cultivation in cotton field and the agrotechnical requirements for the joint aggregate that implements it.In this case, the proposed technology significantly reduces the consumption of labor, energy and fuel-lubricants, and the number of aggregates passes through the field due to the gradual softening of the land without plowing and the absence of harrowing, grinding and chipping activities. due to its reduction, the soil will not be over-densified, the physical-mechanical properties of the soil will improve, and the nutrients contained in it will be effectively absorbed by the plants. Based on the data obtained as a result of the research, the agrotechnical requirements for the combined unit with minimal tillage have been developed.

Текст научной работы на тему «PUSHTADA PAXTA YETISHTIRISHDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNING ENERGORESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRUVCHI KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT»

UO'K (UDK) 631. 31.06.

PUSHTADA PAXTA YETISHTIRISHDA TUPROQQA ISHLOV BERISHNING ENERGORESURSTEJAMKOR TEXNOLOGIYASI VA UNI AMALGA OSHIRUVCHI

KOMBINATSIYALASHGAN AGREGAT

Xudoyarov Anvar Nazirjonovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, professor, тел.:+998 88 838 08 09; E-mail: [email protected]

Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD тел. +998 97 978 76 36,E-mail: [email protected]

Annotatsiya. Maqolada pushtada paxta yetishtirishning energo-resurstejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiruvchi kombinatsiyalashgan agregatga qo'yilagan agrotexnika talablarini ishlab chiqish uchun ma'lumotlar keltirilgan. Bunda taklif etilayotgan texnologiyada yerlar ag'darib haydalmasdan yo'l-yo'l yumshatilishi hamda boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o'tkazilmasligi tufayli mehnat, energiya va yonilg'i-moylash materiallari sarfining sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o'tishlar soni keskin qisqarishi hisobiga tuproq ortiqcha zichlanmasligiga, tuproq fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga hamda unda mavjud bo'lgan ozuqa moddalarni o'simliklar tomonidan samarali o'zlashtirilishiga olib keladi.O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat uchun agrotexnika talablari ishlab chiqilgan.

Аннотация. В статье приведены сведения о разработке энергоресурсосберегающей технологии обработки почвы и агротехнические требования к комбинированному агрегату для осуществления этой технологии при возделывании хлопчатника на гребнях грядок. Ввиду того, что при предлагаемой технологии исключаются такие мероприятия как вспашка с оборотом пласта, разрыхление и боронование, малование и чизелевание, значительно снижается расход горюче-смазочных материалов, за счет резкого сокращения количества проходов почва меньше уплотняестся, улучшаются её физико-механические свойства, а также повышается эффективность усвоения растений питательными веществами. На основании результатов проведенных исследований и полученных сведений разработаны агротехнические требования к комбинированному агрегату для минимальной обработки почвы.

Abstract. The article provides information for the development of the energy-saving technology of cotton cultivation in cotton field and the agrotechnical requirements for the joint aggregate that implements it.In this case, the proposed technology significantly reduces the consumption of labor, energy and fuel-lubricants, and the number of aggregates passes through the field due to the gradual softening of the land without plowing and the absence of harrowing, grinding and chipping activities. due to its reduction, the soil will not be over-densified, the physical-mechanical properties of the soil will improve, and the nutrients contained in it will be effectively absorbed by the plants. Based on the data obtained as a result of the research, the agrotechnical requirements for the combined unit with minimal tillage have been developed.

Kalit so'zlar. Tuproq, kombinatsiyalashgan agregat, energoresurstejamkor, ag'darmasdan ishlov berish, texnologiya, minimal ishlov, yo'l-yo'l yumshatish, o'g'itlash, pushta, egat, fizik-mexanik, yonilg'i-moylash, energiya, mexnat sarfi.

Ключевые слова. Почвы, комбинированный агрегат, обработка без оборота пласта, энергоресурсосберегающий, технология, минимальная обработка, полосовое рыхление, внесение удобрения, гребень, грядка, физико-механических, топливо-смазочные, энергия, затраты труда.

Keywords. Soil, combined aggregate, energy-saving, tillage, technology, minimum tillage, strip softening, fertilization, cotton, furrow, physical-mechanical, fuel-lubrication, energy, labour spend

Hozirgi kunda dunyo amaliyotida suv tanqisligi va tuproq eroziyasidan jabr ko'rayotgan mintaqalarda, bahorgi va kuzgi don yetishtirishda, lalmi dehqonchilik iqlim sharoitlarida hamda qishloq xo'jalik ekinlarini yetishtirish davrida yomg'irlatib yoki tomchilatib sug'orish qo'llaniladigan tumanlarda tuproqqa ekishdan oldin ag'darmasdan ishlov berish texnologiyasi keng qo'llanilmoqda. Bunda ko'proq yassi kesib ishlov berish, chizelli pluglar bilan ishlov berish, diskalash hamda ular bazasida kombinatsiyalashgan ishlov berish keng tarqalgan. U yoki bu usulni qo'llash mintaqaning tuproq-iqlim sharoitlariga va ishlov berish chuqurligiga bog'liq.

Respublikamizda kuzgi bug'doy yetishtiriladigan maydonlar kengayib, oraliq va takroriy ekinlar ekiladigan maydonlar ko'payishi bilan ularni ekishga tayyorlashda ushbu texnologiya bizda ham qo'llanila boshladi. Yozgi-kuzgi mavsumda takroriy va oraliq ekinlarni ekishga tayyorlashda ushbu texnologiyadan foydalanish tuproqni qisqa muddatlarda ekishga tayyorlash imkonini beradi. Bunda tuproq namligini saqlanib qolinishiga erishish bilan jarayon uchun sarflanayotgan energiya va mehnat sarflari kamayadi, eng asosiysi ekishni belgilangan agrotexnik muddatlarda amalga oshirishga imkon tug'iladi, bu o'z navbatida ularning hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.

O'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha tuproqqa ag'darmasdan ishlov berishda shudgorlashga nisbatan 1,5-2,0 marta kam energiya va yonilg'i sarfi talab qilinadi. Ishlov berish sifati yaxshilanadi (notekisliklar, katta kesaklar hosil bo'lmasligi hisobiga) donli va oraliq ekinlarining hosildorligi 10-15 foizga oshadi. Bundan tashqari, tuproqqa ag'darmasdan ishlov beruvchi mashina va qurollar pluglarga nisbatan kam metalhajm-dorlikka, solishtirma qarshilikka, yuqori unumdorlikka ega, foydalanishga qulay, ularning bazasida keng qamrovli va kombinatsiyalashgan agregatlarni yaratish mumkin.

O'tkazilgan adabiyotlar tahlili hamda olib borilgan tadqiqot natijalari asosida paxtani pushtada yetishtirishning eneogiyaresurstejamkor texnologiyasi va uni amalga oshiradigan kombinatsiyalashgan agregat ishlab chiqildi. Taklif etilayotgan texnologiya bo'yicha paxta hosilidan bo'shagan dalalar kuzda shudgorlanmaydi, faqat ularda o'tgan mavsumdagi sug'orish egatlarining ichigina yumshatiladi va o'g'itlanadi hamda shu yumshatilgan va o'g'itlangan joylarda kelgusi yili chigit ekish uchun yangi pushtalar hosil qilinadi.

Ushbu texnologiya asosida ishlov berish yuqorida ta'kidlanganidek, kuzda amalga oshirilib, paxta hosilidan bo'shagan g'o'zapoyasi yulib tozalangan dalalarning o'tgan mavsumdagi egatlar ichi agregatning bir o'tishida 30-40 sm chuqurlikda ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatiladi, yumshatilgan joy ikki qatlamda yumshatilgan qatlam tubi va undan 30-40 sm balandlikda lentasimon usulda o'g'itlanadi, eski pushtalar shu yumshatilgan va o'g'itlangan joylarga surilib, balandligi 25-30 sm bo'lgan yangi pushtalar hosil qilinadi, ya'ni o'tgan mavsumdagi egatlar o'rnida osti yumshatilgan va o'g'itlangan pushtalar, pushtalar o'rnida esa egatlar hosil bo'ladi.

Dalalarni chigit ekishga tayyorlashning yuqorida ta'kidlangan mavjud va taklif etilayotgan texnologiyalari o'zaro taqqoslanganda taklif etilayotgan texnologiyada yerlar ag'darib haydalmasdan yo'l-yo'l yumshatilishi hamda boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o'tkazilmasligi tufayli mehnat, energiya va yonilg'i-moylash materiallari sarfining

sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o'tishlar soni keskin qisqarishi (6-7 martadan 2 martagacha) hisobiga tuproqning ortiqcha zichlanmasligi ma'lum bo'ldi.

Budan tashqari chigitlar yumshatilgan, o'g'itlangan va pushta olingan hamda traktorlar harakatlantirgichlari tomonidan bosilmagan joylarga ekilganligi sababli ularni bir tekis unib chiqishi, o'simliklarning yaxshi rivojlanishi va yuqori hosil yetishtirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Sug'orish egatlarining yumshatilmagan joylardan olinishi esa namning asosan g'o'za ildizlari rivojlanadigan joylarda to'planishi va suvning ortiqcha isrof bo'lmasligini ta'minlaydi. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, taklif etilayotgan yangi texnologiya bo'yicha bu yil pushta olingan joyga kelgusi yili egat ochiladi, egat ochilgan joyga esa pushta olinadi. Undan keyingi yili esa buning aksi bo'ladi. Bunday egat va pushta o'rinlarini almashib turishi tuproq fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishi hamda unda mavjud bo'lgan ozuqa moddalarni o'simliklar tomonidan samarali o'zlashtirilishiga olib keladi.

Taklif etilayotgan texnologiyani amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan kombinatsiyalashgan agregat (l-rasm) rama l, agregatni traktorga osish uchun mo'ljallangan o'rnatkich 2, chuqur yumshatkich 3, pushta olgich 4, o'g'it solgich-taqsimlagich 5, o'g'it bunkeri 6, va tayanch g'ildiragi 7 lardan tashkil topgan.

Kombinatsiyalashgan agregatning asosiy ish organlari tuproqni ag'darmasdan yo'l-yo'l yumshatuvchi yumshatkich, yumshatilgan qatlamga lentasimon usulda o'g'itlash uchun o'g'itlash qurilmasi hamda yumshatilgan va o'g'itlangan qatlam ustiga pushta hosil qiluvchi pushta olgichlar hisoblanadi.

Kombinatsiyalashgan agregat qo'llanilganda g'o'za ildizlari rivojlanadigan zonada qalinligi 50-55 sm yumshatilgan qatlam hosil qilish uchun olinadigan pushta balandligini (20-25 sm) hisobga olganimizda yumshatkich tuproqni 30-35 sm chuqurlikda yumshatishi lozimligi kelib chiqadi.

Bunda yumshatkich tomonidan yumshatilgan zonaning kengligi pushtalar orasidagi masofadan oshib ketmasligi lozim, aks holda yumshatkich tomonidan deformatsiyalanayotgan tuproq qo'shni qatorga surilib ketishi, buning natijasida esa pushtalarning balandligi har xil bo'lib qolishi mumkin. Yana shuni ham ta'kidlash lozimki, QXMITIda o'tkazilgan tadqiqotlarning ko'rsatishicha sifatli pushta hosil qilish hamda kuzda olingan pushtalar erta bahorgacha o'z shakli va o'lchamlarini maksimal saqlab qolishiga erishish uchun pushta olishga tayyorlangan dalada o'lchami 50 mm dan kichik bo'lgan tuproq fraktsiyalarining miqdori kamida 80 foiz bo'lishi, o'lchami 100 mm katta fraktsiyalarning miqdori esa 10 foizdan oshmasligi lozim.

a

1

/

■<s>

c

1-rasm.Tuproqqa minimal ishlov berishga yo'naltirilgan kombinatsiyalashgan

agrégat

Demak, yuqorida ta'kidlanganlar asosida kombinatsiyalashgan agregatga qo'yiladigan agrotexnika talablari quyidagicha shakllantirish mumkin:

Agregatning yumshatkich ish organisa qo'yilgan agrotexnika talablari:

-yumshatkich tuproqqa 30-40 sm chuqurlikda ishlov berishi lozim; -balandligi bir xil pushtalar olinishiga erishish uchun yumshatkich tomonidan yumshatilgan zonanining kengligi pushtalar orasidagi masofadan (ya'ni g'o'za qator oralari kengligidan) oshib ketmasligi kerak;

-yumshatkich tomonidan yumshatilgan qatlamda o'ichami 50 mm dan kichik bo'lgan fraktsiyalar miqdori 80 foizdan kam bo'lmasligi, 100 mm dan katta fraktsiyalar miqdori esa 10 foizdan oshmasligi kerak.

Agregatning_pushta olgich ish organiga qo'yilgan agrotexnika talablari: -qator oralari 90 sm bo'lganda balandligi 24±3 sm bo'lgan pushtalar hosil qilish kerak; -pushta olgich tomonidan shakllantirilayotgan pushta markazi yumsha-tilgan va o'g'itlangan qatlam markaziga to'g'ri kelishini ta'minlashi kerak;

-pushtada o'lchami 50 mm dan kichik bo'lgan fraktsiyalar miqdori 80 foizdan kam bo'lmasligi, 100 mm dan katta fraktsiyalar miqdori esa 10 foizdan oshmasligi kerak. Agregatning o'g'itlash qurilmasiga qo'yilgan agrotexnika talablari: -agregatning o'g'itlash qurilmasi uning yumshatkichi tomonidan yumsha-tilgan qatlam tubi va unga nisbatan joylashish balandligi 30-40 sm yuqorigi qatlamga 3,5-4,0 sm kenglikda o'g'it solinishi ta'minlashi kerak;

-o'g'itlar qatlamlarga teng taqsimlanishi lozim;

-qatlamlar bo'yicha o'g'itlarni solinish notekisligi 10% dan oshmasligi kerak; -qatlamlar bo'yicha belgilangan chuqurliklardan og'ish ±2 sm dan ortmasligi kerak. Xulosa. 1.Taklif etilayotgan texnologiyada yerlar ag'darib haydalmasdan yo'l-yo'l yumshatilishi hisobiga boronalash, molalash va chizellash tadbirlari o'tkazilmasligi tufayli

mehnat, energiya va yonilg'i-moylash materiallari sarfining sezilarli darajada kamayishi, agregatlarning daladan o'tishlar soni keskin qisqarishi hisobiga esa tuproqning ortiqcha zichlanmasligi aniqlandi.

2.Yangi texnologiya bo'yicha bu yil pushta olingan joyga kelgusi yili egat ochiladi, egat ochilgan joyga esa pushta olinadi. Bunday egat va pushta o'rinlarini almashib turishi tuproq fizik-mexanik xossalarining yaxshilanishiga hamda unda mavjud bo'lgan ozuqa moddalarni o'simliklar tomonidan samarali o'zlashtirilishiga olib keladi.

3.O'tkazilgan tadqiqotlar natijasida olingan ma'lumotlar asosida tuproqqa minimal ishlov beradigan kombinatsiyalashgan agregat uchun agrotexnika talablari ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR

1. А Худоеров, М Мамадалиев. Теоретическое обоснование параметров рыхлителя комбинированного агрегата. // Техника в сельском хозяйстве // том.2. стр.9-11. 2009.

2. Анваржон Назиржонович ХУДОЁРОВ. Определение скорости движения частиц почвы по рабочей поверхности сферического диска. //Техника в сельском хозяйстве// том 4. стр 44-45. 2009.

3. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich, Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich, Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna. Power-efficient method of tillage and its technology model. //European science review.// Номер 1-2 .page 212214.2017

4. Анваржон Назиржонович ХУДОЁРОВ. Комбинированный агрегат для минимальной обработки почвы.// Техника в сельском хозяйстве// Номер 6.стр 56-57.2009.

5. ТС Худойбердиев, АН Худоёров. Новый способ обработки почвы и техническое устройство для его реализации //Материалы межд. науч.-практ. конф. Актуальные вопросы аграрной науки и образования// том.4.2018.

6. АН Худоёров, МА Юлдашев, Д Худойназаров. Комбинированный агрегат для подготовки почвы к возделыванию саженцев декоративных деревьев. // Цитируется: 2// 2019.

7. АN Hudayarov, M Mamadaliyev, M Yuldasheva, R Muradov. Motivation of the geometric form of looseners working surface of multifunction unit European science review Austria, Vienna November. // Decembe// Номер 11-12.стр.138. 2020.

8. AN Khudoyarov. Combined aggregate for minimum processing. // Technique in agriculture. Moscow//. Номер 6. стр 56-57. 2009.

9. A Tuxtakuziev, AN Xudoyorov. Teoriya dvizheniya chastic pochvy po rabochej poverxnosti sfericheskogo diska. // Agroilm.-Tashkent//. Номер 4. стр 35-35. 2007.

10. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich.Candidate of the technical sciences, assistant professor Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich. //Candidate of the technical sciences, assistant professor Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Senior scientific employee researcher, PhD in Technique, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna, Researcher, assistant of the Faculty of Agro-engineering, Agricultural Institute of Andijan, the Republic of UzbekistanCandidate of the technical sciences, assistant professor Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Senior scientific

employee researcher, PhD in Technique, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna, Researcher, assistant of the Faculty of Agro-engineering, Agricultural Institute of Andijan, the Republic of Uzbekistan//.

11. Xudoyorov Anvarjon Nazirjonovich, Mamadaliev Maxammadjon Xabibullayevich, Muradov Rahimjon Xakimjonovich, Yuldasheva Matluba Ashuraliyevna. Motivation of the geometric form of looseners working surface of multifunction unit. // European science review//. Номер 11-12. Стр.138-140.2016.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.