Scientific Journal Of Mechanics And Technology ISSN 2181-158Х, Volume 5, Issue 1, Special Issue 2024 AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
UDK 631.333.53.
PUSHTA QATLAMIGA O'G'ITNI SOLISH USLUBI VA TEXNIK VOSITASINI
TANLASH
Razzaqov Baxodirjon Abduraxmonovich.
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, katta o'quvchi PhD
Annotatsiya. Pushta olgich-o'g'itlagichlarnging konstruktsiyalarini taxlil qilish natijasida pushtaga belgilangan qatlamlarning kengligi bo'yicha o'g'itnin tasmasimon usulda solib ketuvchi qurilmaning yaratilishi o'rganilgan.
Аннотация. В результате укладки конструкций Толкатель-удобрение изучается создание устройства для внесения удобрений, которое наносится на толкатель на ширину заданных слоев в виде полосы удобрения.
Annotation. As a result of laying Pusher-fertilizer structures, the creation of a device for applying fertilizers is being studied, which is applied to the pusher to the width of the specified layers in the form of a fertilizer strip.
Kalit so'zlar. Pushta olish, o'g'itni tasmasimon solish, naralnikli yumshatgich, o'q yoyli panja, yo'naltiruvchi planka, panjaning tagligi, o'g'it tushirgich, o'g'itni taqsimlagich, pushta olgich-o'g' itlagich.
Ключевые слова. Двухтактный, для обвязки удобрений, размягчитель наральника, лапа со стрелкой, направляющая планка, подошва лапы, капля удобрений, распределитель удобрений, двухтактный-удобрение.
Keywords. Push-pull, for strapping fertilizers, softener of the bed, paw with arrow, guide bar, sole of the paw, fertilizer drop, fertilizer distributor, push-pull-fertilizer.
Umumiy ma'lumotlar. Qishloq xo'jalik ekinlarining xosildorligini oshirishda (ayniqsa paxtachilikda) ekilishi kerak bo'lgan maydonlarni agrotexnika talablarida ko'rsatilgan jarayonlarni o'z vaqtida va sifatli tayyorlash tuproqning namligi va xaroratini yaxshi saqlash kabi omillar muxim xisoblanadi. Omillarning samarasi yanada yuqoriroq bo'ladi, agarda paxta chigitini pushtaga ekish usulidan foydalanilsa. Bu usul samarali bo'lgani uchun xam xozirda ko'p viloyatlarda keng foydalanish yo'lga qo'yilgan. Pushta olinganda, uning ikki tomonidan yuza ko'payadi. Katta yuza ko'proq issiqlik oqimini qabul qiladi va undagi xarorat 3...5 gradusga yuqorilashadi. Natijada ekilgan chigit muddatidan ilgariroq unib chiqadi va xosildorlik 4...5 tsentnerga ko'payishiga olib keladi.
Agarda paxta chigiti ekilayotgan pushtalarga kerakli o'g'itlar solingan bo'lsa, chigitning unib chiqishi va rivojlanishi yanada tezlashib, xosil yanada ertaroq pishib yetiladi va xosildorlik 10,98% ga ortishi aniqlangan.
O'g'itlar xilma xil. Ularning vazifasi xar xil bo'lib, o'simliklar uchun tuproqqa kerakli paytda va belgilangan miqdorda, samarali bo'lgan uslub yordamida, ma'lum chuqurlikka beriladi. Boshqa o'g'itlardan farqli ravishda, fosforli o'g'itni kuzda pushta olish davrida berilishining foydali ekanligi azal-azaldan ma'lum.
SHuni aytish kerakki, pushta olish paytida fosforli o'g'itni pushtaning qaysi qatlamiga, qanday usulda solinishi to'g'risidagi ilmiy fikrlar xar xil. Ayniqsa, o'g'itni pushtaning qaysi qatlamiga, qanday usulda solinishi shu vazifani bajaruvchi texnik vositani ishlab chiqishga asos bo'ladi.
O'g'itni pushta qatlamiga soluvchi uslubni tanlash. SHu yo'nalishda bajarilgan ishlarning ko'pchiligida o'g'itning pushtaga tasmasimon shaklda solinishini samarali ekanligi to'g'risida xulosalar mavjud. Xaqiqatdan xam tasmali usulda o'g'itni ma'lum kenglikda va chuqurlikka
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI solinishi, tasmalar orasidagi masofani to'g'ri belgilanishi, ulardan samarali foydalanishni belgilaydi.
SHu yo'nalishda o'tkazilgan tadqiqotda xam o'g'itni pushtaning ikki qatlamiga tasmasimon usulda solingan xolati o'rganilgan. Qabul qilingan shaklda ekilayotgan paxta chigitining ikki tomoniga tasmasimon usulda, pushtaning pastiga esa o'g'it chiziqli solingan. Bu ishda xam o'g'itni solish usulini afzalligini xisobga olgan xolda tasmasimon usul tanlangan.
Yuqorida taxlil qilingan ishlarning barchasida o'g'it solish sxemalari xar xil, lekin ularning birontasida xam pushtaning olish paytida ikki qatlamiga uning kengligi bo'yicha o'g'itni solib ketish sxemasi o'rganilmagan.
Yuqorigi ma'lumotlarga asoslangan xolda quyidagi xulosalarni qilish mumkin.
1.Pushtaga o'g'itlarni solishdagi qatlamlarning soni, ularning pushtadagi joylanishi va o'g'itni solish uslublari yetarlicha o'rganilmagan;
2.O'rganilgan uslublardan o'g'itni pushtaga ikkita qatlamga tasmasimon solish uslubi samaraliroq ekanligini xisobga olish mumkin;
3.Pushtaga paxta chigitini ekishda ekish chuqurligi pushtaning loyixaviy balandligidan emas, balki ekish oldi balandligidan xisoblanishi kerak;
O'g'itni pushta qatlamlarining kengligi bo'yicha soluvchi ishchi organni tanlash. O'g'itni pushtaga olinayotgan paytda ikkita belgilangan qatlamiga kengligi bo'yicha o'g'itni solish uslubini tanlanganiga asoslangan xolda ishchi organning konstruktsiyasini tanlash mazkur ilmiy ishning vazifasi etib belgilanadi. Tanlangan ishchi organ pushta qatlamlariga quyidagi shakl asosida solishni ta'minlashi kerak. 1-rasm.
Tanlangan shakl (1-rasm) bo'yicha o'g'itni qatlamlarga solish usuli, ko'rib o'tilgan uslublardan farq qiladi: birinchisi, pushta asosiga bir biridan 7...8 sm uzoqlikda joylashgan uchta tasmasimon usulda o'g'it solinadi, ikkinchidan, ekish chuqurligi pushtaning balandligini baxorgacha cho'kishini, ekish oldi boronalashdan balandligini yo'qotishini va ekish paytidagi ekkich sirpanchig'i bosimi ostida balandligini yo'qotishlarini xisobga olgan xolda 4...5 sm qilib belgilanishi, uchinchidan yuqorigi qatlamga belgilangan o'g'it miqdorini uchdan ikki qismi 2 ta tasmasimon ko'rinishda, uchdan bir qismi esa pushta olish paytida ikkinchi qatlamni yuqorisidagi tuproq xajmiga aralashtirib yuborilishi.
A
7 /
/- -V J- \
' t
_\ k.
9tWc¥ " \ < ja.jicr^ | \
6cly 14... 7..8cr 7 6 cti/
, . . .
1-kuzdan baxorgacha pushta balandligining cho'kishi 1...2 sm; 2-ekish oldidan boronalashdagipushta balandliginingpasayishi 2...3 sm; 3-ekishpaytidagi ekkich sirpanchig'ining bosimi ostida balandligining pasayishi 1...2 sm. h-ekish chuqurligi 3...5 sm 1-rasm. Baxorgi pushta balandligining o'zgarishi va qavatlar bo'yicha o'g'itni solish
shakli
Ishlab chiqilishi kerak bo'lgan ishchi organ yuqoridagi keltirilgan shakl bo'yicha uchta vazifani bajarishi kerak bo'ladi.
SHu vazifalarni bajaraolishi nuqtai nazaridan mavjud pushta olgich-o'g'itlagichlar
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali 5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXOJALIKMASHINALARI
pushtaga ko'p qavatlab o'g'it soluvchi ishchi organlarning konstruktsiyalari taxlil qilindi. Ularning barchasini oldiga qo'yilgan vazifalar xar xil bo'lib, ulardan pushtaning ikki qatlamiga o'g'itni kengaytirilgan tasmali usulda solishga va bir qismini tuproqqa aralashtirishga, mo'ljallanmaganligi aniqlandi. Bundan tashqari ishchi organlarning aksariyati o'g'itni pushtaga tasmalab solishda bunkerdan tushayotgan o'g'itlar xar bir tasma uchun o'g'it o'tkazgichda taqsimlanishi belgilangan. Bu esa ish jarayonida o'g'itlarning taqsimlanishi ishonchliligini nazorat qilishni qiyinlashtiradi. SHularni xisobga olib, o'g'itni qatlamlab pushta kengligi bo'yicha soladigan ishchi organ (qurilma) quyidagi talablar asosida ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq:
1.Pushtaning asos qismiga o'g'itni soluvchi ish organning (qurilmaning) konstruktsiyasi sodda, o'g'itni solish bilan birga tuproqni xam yumshatib ketishi lozim;
2.O'g'it solgich bira to'la tuproqni yumshatib ketuvchi ish organiga (qurilmaga) joylashtirilishi va pushta olgichning oldiga ma'lum masofada joylashtirilgan bo'lishi maqsadga muvofiq;
3.O'g'itni qatlamlarga taqsimoti o'g'it o'tkazgichda emas, balki bunkerga o'rnatilgan miqdorlagich yordamida amalga oshirilishi xam maqsadga muvofiq.
Bu muammoni xal qilish maqsadida maxsus yumshatuvchi-o'g' yoyli panja tayyorlandi va uning ustuni ortiga o'g'it o'tkazgich o'rnatildi, 3-rasm. Uning asosiy qismlariquyidagilar: ustun 1, o'g' yoyli panja 2 va uning oldiga o'rnatilgan naralnik 3, taglik 4, yo'naltiruvchi plastina 5, o'g'it o'tkazgich 6 lardan iborat. Ba'zi bir o'lchovlari shaklda ko'rsatilgan.
O'g'it o'tkazgich 6 dan yo'naltiruvchi plastina 5 ga tushayotgan o'g'itlar 130...140 mm kenglikka tarqalishi ko'zda tutilgan. Belgilangan kenglikka o'g'itlarning yoyilishi qulay bo'lishi uchun yo'naltiruvchi plastina 5 ning yuzasi qabariq shaklda tayyorlangan va qo'shimcha ravishda taqsimlagichlar xam o'rnatilgan. Xarakat paytida yumshatgich ostidagi tuproq ko'tarilib, o'g'itning tushishiga to'sqinlik qilishining extimolini cheklash maqsadida o'q yoyli panja osti ma'lum qiyalikda joylashgan taglik 4 bilan berkitilgan. Bu taglik tuproqni o'g'it tushayotgan oraliqni pastidan o'tib ketishini ta'minlaydi.
O'tkazilgan eksperimental tadqiqotlar natijalari pushta qatlamiga solinayotgan o'g'itning kengligi qo'yilgan talab darajasida yoyilishini ta'minlash uchun o'qyoysimon panjali o'g'itlagichning ichiga o'rnatiladigan plastina qabariq shaklda bo'lishi lozimligini ko'rsatdi.
1. F.Xasanova. Pushta olish texnologiyasi//O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali.-Toshkent:2009.
2. X.SHukurullaev. Paxtachilikda texnikadan unumli foydalanish va g'o'za parvarishining qo'shimcha imkoniyatlari.-Toshkent: Nixol-2008.
l
1-ustun; 2-o'g' yoyli panja; 3-naralnik; 4-taglik; 5-yo'naltiruvchi plastina; 6-o'g'it
o'tkazgich; 7-taqsimlagich. 3-rasm. O'q-yoyli panja yumshatgich-o'g'itllagichning sxemasi
ADABIYOTLAR
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son
AVTOMOBIL VA QISHLOQXO'JALIKMASHINALARI
3. N.M.Komilov Pushta olgich-o'g'itlagich ishchi qismlarini takomillashtirish va parametrlarini asoslash. Falsafa doktori dissertatsiyasi-Toshkent-2018.
4. T.S.Xudoyberdiev, A.N.Xudoyorov, B.R.Boltaboev, B.A.Razzaqov. Pushta olgich-o'g'itlagich qurilmasining tuzilishi va ishlashi. "Agrosanoat majmuasi uchun fan, ta'lim va innavatsiya muammolari va istiqbollar" mavzusidagi ilmiy-amaliy anjuman to'plami.-Toshkent,-2019.
5. T.S.Xudoyberdiev, B.N.Tursunov, A.N.Xudoyorov, B.A.Razzaqov. Urug'ning urug' o'tkazgichlardagi xarakatini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar IRRIGATSIYa VA MELIORATSIYa Maxsus son. Toshkent, 2018.
Mexanika va Texnologiya ilmiy jurnali
5-jild, 1-son, 2024 Maxsus son