Научная статья на тему '"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI INSON QADRINI ULUG'LASH, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI"'

"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI INSON QADRINI ULUG'LASH, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI" Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Huquqiy islohotlar / Konstitutsiya islohoti / Inson qadr-qimmati Siyosiy erkinliklar / Ijtimoiy tenglik / Fuqarolik jamiyati / Sud tizimi / O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi / Yangi O‘zbekiston strategiyasi / Mahalliy boshqaruv Qonun ustuvorligi

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Azizbek Baxtiyor O’g’li Bahromov

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari, jamiyat hayotida fuqarolarning o'rni, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar keltirilib o'tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI INSON QADRINI ULUG'LASH, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI"»

"O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYASI - INSON QADRINI ULUG'LASH, ERKIN VA FAROVON HAYOTIMIZ KAFOLATI"

Azizbek Baxtiyor o'g'li Bahromov

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura Muxtarxanovna

Inagamova

ANNOTATSIYA:

O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida inson huquqlari va erkinliklarining huquqiy kafolatlari, fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy huquqlari, jamiyat hayotida fuqarolarning o'rni, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Huquqiy islohotlar, Konstitutsiya islohoti, Inson qadr-qimmati Siyosiy erkinliklar, Ijtimoiy tenglik, Fuqarolik jamiyati, Sud tizimi, O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Yangi O'zbekiston strategiyasi, Mahalliy boshqaruv Qonun ustuvorligi.

Kirish O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, huquqiy davlat,fuqaro, shaxsiy va siyosiy huquq, qaror, modda, demokratiya, teng huquqlik Mustaqillik yillari jarayonining tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatli rivojlanishiga, inson taqdiriga bo'lgan munosabatlarning o'zgarishiga olib keldi. Bir piyola choyni oila davrasida, shirin suhbat chog'ida ichar ekanmiz, albatta,shu totli onlar,farovon turmush,qalbimiz xotirjamligi uchun shukrona aytamiz. Bu bebaho ne'matlarni bizga mustaqillik, istiqlol berdi. Asosiy Qonunimiz - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi esa baxtimiz, inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati bo'lib hisoblanadi. Bosh Qomusimiz yurtimiz osoyishtaligi, xalqimizning erkin va farovon hayotining mustahkam huquqiy asosi - poydevori bo'lib xizmat qilayotir. Zero, Konstitutsiyamiz orqali bizga bilim olish, erkin kasb tanlash, malakali tibbiy xizmatdan foydalanish, orzu - istaklarimiz ro'yyobini ko'rish kabi beqiyos huquqlar berdi. Ko'p asrlik tarixiy tajriba shundan darak beradiki, jamiyatning asosiy boyligi - inson. Uzoq asrlar davomida bashariyat ming - minglab qoidalar , nizomlardan jamiyat uchun asosiylarini va o'ta muhimlarini tanlab oldi. Aynan shu qoidalar Konstitutsiyamiz yaratilishiga poydevor bo'ldi. Bu esa o'z navbatida farovon hayotning asosidir. Konstitutsiyada bayon etilgan tushunchalar shu qadar ahamiyatliki, hech bir odam ularsiz yashay olmaydi. Negaki, insonning har kuni duch keladigan muammolarni hal etishga qaratilgan faoliyati ko'pincha mamlakat asosiy qonuniga kiritilgan qoidalar va moddalarga bog'liqdir. Bu sohada Konstitutsiya

125

2024-yil, 7-dekabr

xalqning manfaatlariga, barcha jabhalarni erkinlashtirishga hamda uning farovon hayotiga poydevor bo'lib xizmat qiladigan qonunlarni qabul qilishi zarur. Shu bilan bir qatorda bu borada talaygina islohatlar qilindi. Negaki, hayotning o'zi davr talablariga javob beraolmaydigan qonun hujjatlarini bekor qilib, shu bilan bir qatorda Konstitutsiya va qonunlarga o'zgartirishlar kiritib, uni yanada takomillashtirishni talab etmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Qonun talablari va inson huquqlari - biz uchun oliy qadriyat" deb bejiz aytmaganlaridek, mamlakatimizda inson, uning hayoti, erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Yuqorida qayta-qayta ta'kidlaganimizdek, konstitutsiya erkin va farovon hayotning kafolatidir. Qomusimiz bo'lsa, inson huquq va erkinliklari , uning hayoti , qadr-qimmati uchun yaratilgan. Mamlakatning hayotida yuz bergan o'zgarishlarni mulohaza qilar ekanmiz istiqlolning hayotbaxsh zaminida yurtimizda inson qadrining ulug'lanishini, ayniqsa, biz yoshlarga keng imkoniyatlar yaratilayotganligini hamda barcha islohotlar inson huquq va erkinliklarini ta'minlashga hamda uning qadrini ulug'lashga qaratilganligining guvohi bo'lamiz. Sohibqiron Amir Temur bobomizning "Qayerda qonun hukmronlik qilsa, o'sha yerda erkinlik bo'ladi ", degan o'gitida katta hikmat bor. Bu hikmat hozirgi vaqtda ham o'ziga xos ma'no kasb etmoqda.1

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev aytganidek, "Adolat va haqiqat g'oyasi ijtimoiy hayotimizning barcha jabhalarini qamrab olmog'i lozim. Adolat va haqiqat g'oyasi qonunchilik faoliyatimizning bosh yo'nalishi bo'lmog'i shart ". Albatta, adolatli va erkin jamiyat qurish uchun qonunga tayanamiz va qonun ustuvorligiga erishishimiz lozim. Chunki, har qanday davlatning qudratli va mustahkam bo'lishi, xalqning tinch va farovon hayoti, huquq va erkinliklari, qadr -qimmati qonunlarning ustuvorligiga hamda Konstitutsiyaning farovon hayot asosi,ya'ni,poydevoriga bog'liqdir. Odamlarning huquqiy ongi va madaniyatini shakllantirishda insonlarga o'zlarining huquq va erkinliklarini,burchlarini,o'zlari yashab turgan joyda o'rnatilgan qonunlarga, asosan, ularning shaxsiy va fuqarolik huquq va erkinlik hamda burchlari kafolatlab qo'yilgan asosiy qonun O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va uning normalari tanishtirilishi kerak. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - erkin va farovon hayot poydevori zamirida yaratilib, u jamiyat tayanchi va yurtimiz taraqqiyotining huquqiy kafolati, davlatimiz mustaqilligining yorqin ramzi, inson huquq va erkinliklarining va qadr-

1 Inagamova M.M O'zbekiston Respublikasi yangi konstitutsiyasida ayol huquqlari himoyasining ayrim jihatlari // yangi O'zbekistonning yangi konstitutiyasi: Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi to'plami / O'zbekiston Respublikasi IIB malaka oshirish instituti, 2023 yil 103-106 b.

2024-yil, 7-dekabr

126

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^

qimmatining,ko'p millatli xalqimiz xohish - irodasining qonuniy ifodasi hisoblanadi. Buni Bosh Qomusimizning birinchi moddasidan to oxirgi moddasigacha inson huquq va erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash, vatan ravnaqi hamda jamiyat taraqqiyotiga xizmat qilib kelayotgan umumbashariy g'oyalar singdirilganligidan ham ko'rish mumkin. Asosiy qonunimizda buyuk ne'matlar orasida eng ulug'i " inson uchun ", degan g'oya ilgari surilib, bunda inson qadrini ulug'lash, uning erkin kamol topishi uchun, uning farovon hayot poydevorini yaratish uchun zarur shart - sharoitlar yaratish o'z aksini topgan. Boshgacha qilib aytganda, " fuqaro-jamiyat-davlat " o'rtasidagi izchil hamkorlikning huquqiy yechimi asoslab berilgan. Mamlakatimizda davlatni jamiyatga, xalqqa xizmat qiluvchi institutga aylantirish, uning faoliyatini farovon hayotni qonunlarga tayangan holda qurishga qattiq kirishgan desak xato bo'lmaydi. Fuqaro - jamiyat - davlat o'rtasidagi o'zaro munosabatning oqilona va adolatli huquqiy yechimi Konstitutsiyadir. Bizning mustaqil davlatimizda insonlarning huquq va erkinliklari, ularning sha'ni, qadr - qimmati hamda ularning farovon hayotining kafolati doimiy harakatdagi mexanizmga o'xshashligi ko'rsatib berilgan.2

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining rivojlanish tarixini 3ga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiqdir. Chunki bunga asos O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini qabul qilish va Konstitutsiyaviy referundumlar o'tkazilishidir.

Birinchi bosqich: O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi (1992-2002 yillar); 1992-yil 8-dekabrda 12-chaqiriq O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida qabul qilingan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilinganligini nishonlash maqsadida Konstitutsiya qabul qilingan kun 8-dekabr umumxalq bayrami - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni deb e'lon qilindi. „O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida"gi Konstitutsiyaviy qonun (1991-yil 31-avgust) ushbu Konstitutsiya uchun asos bo'lib xizmat qilgan. Mustaqil O'zbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish g'oyasi ilk bor 1990-yil 20-iyunda bo'lib o'tgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu sessiya prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani tuzish to'g'risida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va xo'jaliklarning

rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-

2 Xaitov Aktam - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri o'rinbosari , O'z.Lider fraksiyasi rahbari -"Konstitutsiya - farovon hayotimiz taraqgiyotining asosiy poydevori" - lider.uz /uz/ ro'znomasi maqolasi bosh sahifa . 09.12.2020 yil. N°1030.

2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

127

sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda e'lon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi yakunlarini ko'rib, loyihani tuzatib va ma'qullab Oliy Kengash sessiyasida ko'rib chiqishga tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama-modda muhokama etilgandan so'ng qabul qilingan.

Ikkinchi bosqich: O'zbekiston Konstitutsiyaviy referundimi (2002-2023 yillar); O'zbekiston tarixidagi birinchi konstitutsiyaviy referendum 2002-yil 27-yanvarda bo'lib o'tdi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan. 1990-yillarda bir palatali O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarori bilan Konstitutsiyaga kichik o'zgartirish va tuzatishlar kiritildi, bu esa umumxalq referendumini o'tkazishni talab qilmadi. 2001-yilda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ikki palatali tizimini joriy etish zarurligi haqidagi gapi o'sha paytdagi 250 deputatdan iborat bir palatali Oliy Majlis deputatlari tomonidan qo'llab-quvvatlangan. O'zbekistonda oxirgi parlament saylovlari 1999-yil dekabr oyida bo'lib o'tgan. Ikki palatali parlament masalasini hal qilish bilan bir vaqtda Prezident Islom Karimovning prezidentlik muddatini shaxsan besh yildan yetti yilgacha oshirishga qaror qilindi, bu esa Prezident Islom Karimovga keyingi prezidentlik saylovini o'tkazmasdan, 2007-yilgacha hokimiyatda bo'lish imkonini berdi. 2005-yilgi saylovlar muddati uzaytirilmasa, uning vakolatlari 2005-yil boshida tugashi kerak edi. Shunday qilib, referendumda ikkita savol qo'yildi: ikki palatali parlamentni joriy etish, shuningdek, Prezident Islom Karimovning vakolatlarini shaxsan besh yildan yetti yilga uzaytirish to'g'risida. 2002-yil 27-yanvarda o'tkazilgan umumxalq referendumi natijalariga ko'ra hamda uning asosida 2003 -yil 24-aprelda qabul qilingan Qonuniga muvofiq, Konstitutsiyaning XVIII, XIX, XX, XXIII boblariga o'zgartirishlar va qo'shimchalar kiritilgan;

Uchinchi bosqich: Yangi tahrirdagi Konstitutsiya (2023-yildan hozirgacha) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini yangilash zarurati 2021-yilning 6-oktabr kuni ikkinchi muddatga saylangan prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan aytilgan. Yangi tahrirdagi Konstitutsiya zamon talabiga muvofiq takomillashtirilishi kerakligi alohida ta'kidlangan. 2022-yil 20-may kuni Konstitutsiyaviy islohotlar3 bo'yicha komissiya tarkibi tasdiqlangan. Komissiya tarkibidan Akmal Saidov, Murod Kamolov, Qutbiddin Burxonov va boshqa mas'ullar joy olgan. 26-maydan fuqarolardan "Mening Konstitutsiyam" portali, Telegram-bot va call-markaz orqali

3 Inagamova M.M. Konstitutsiyaviy islohatlarda inson-jamiyat davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari // "O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati" mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiyasi. Toshkent. 01.12.2023 yil 59-64 b.

2024-yil, 7-dekabr

128

taklif yig'ish boshlandi. Hududlar taqsimoti bo'yicha Toshkent shahri eng faol ekanligi va ular berayotgan takliflarda asosan jinoyat sodir etgan mansabdorlarga beriladigan jazoni og'irlashtirish kerakligi qayd etildi. 18-iyun kuni YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi uzoq muddatli missiyasi rahbari Owen Murphy Oliy Majlis deputatlariga ikkita taklifni ilgari surgan. Birinchisi, prezidentlik yoki deputatlikka nomzodlarni ko'rsatishda qo'yilgan talablar -respublika hududida muayyan muddat yashagani hamda til bilishiga oid talablarni olib tashlash, ikkinchisi, muomala layoqati cheklanganlarga, ya'ni aqli norasolarga ham saylash huquqini berish.

XULOSA

O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-bobi 13-moddasida "O'zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi. Unga ko'ra inson huquq va erkinligi, sha'ni, qadr- qimmati, uning hayoti va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi". Inson huquq va erkinliklari yana bir marotaba aytish lozimki, Konstitutsiya va Qonunlar bilan himoya qilinadi. Biz ana shunday buyuk ishlar arafasida turibmiz. Kuchli iqtisodiyot barpo etib, dunyoda munosib o'rinni egallash, xalqga yuksak sharoitlar yaratish uchun ham juda ko'p ishlarni birgalikda amalga oshirishimiz lozim. Demokratik davlat deganda, inson huquqlari va erkinliklarining ta'minlanishi va inson qadr-qimmatini ulug'lash tushuniladi. Asosiy qonunga hurmat hissini shakllantirish kerak. Betakror mustaqil yurtda barqaror jamiyatni va bardavom taraqqiyotni ta'minlash - barchamizning bosh maqsadimizdir. Bundan yaqqol ko'rinib turibdiki, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi-inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayot kafolatidir.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар/Лnternational Journal of Intellectual and Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий макоми//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

129

2024-yil, 7-dekabr

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun

Tashken^^ammTtmmmPmr^Umammtm^

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б.121-125.

7. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

8. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

9. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

10. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

11. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

12. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул

130

2024-yil, 7-dekabr

мухдррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

13. Shavkat Mirziyoyev - "O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi: Xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir" 2023 yil.

14. Xaitov Aktam - Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri o'rinbosari , O'z.Lider fraksiyasi rahbari - "Konstitutsiya - farovon hayotimiz taraqqiyotining asosiy poydevori" 2020 yil.

15. A.Rahimov - "Konstitutsiya inson huquq va erkinliklarining kafolati" "Xalq so'zi ro'znomasidagi maqolasi 2021 yil

16. Shavkat Mirziyoyev "Konstitutsiya - xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasidir." O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Oliy Majlis palatalarining qo'shma majlisi 2016 yil 14-dekabr.

17. "Konstitutsiya - farovon hayotimiz va taraqqiyotning asosiy poydevori". -O'z.Res. Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi - "Xalq so'zi" ro'znomasi 2021 yil

131

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.