Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
^ashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^
INSON SHA'NI QADR-QIMMATI OLIY QADRIYAT
Shaxzoda Toir qizi Ermatova
Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti o'qituvchisi
Sapaboy Jumaboev
ANNOTATSIYA:
Insonning sha'ni va qadr-qimmati — bu har bir insonning tabiiy huquqlari va erkinliklarining asosiy jihatlaridan biridir. Sha'n va qadr-qimmat, shuningdek, insonning o'ziga bo'lgan hurmati va boshqalar tomonidan hurmat qilinishi bilan bog'liq. Ushbu maqolada insonning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilinishining ahamiyati va konstitutsiyamizda mustahkamlanganligi haqida so'z yuritamiz.
Kalit so'zlar: konstitutsiya, sha'n va qadr-qimmat, huquq ustuvorligi, kamsitish, huquqiy himoya, adolat.
"Inson qadrini yuksaltirish haqiqatda davlat hokimiyati organlarining konstitutsiyaviy
burchi va ustuvor vazifasi bo'lmog'i shart".
Shavkat Mirziyoev
Huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatining asosiy jihatlaridan biri bu har bir insonning sha'ni va qadr-qimmati oliy qadriyat darajasiga ko'tarilganidir. Negaki, inson boshqa mavjudodlardan sha'ni, qadr-qimmatiga, obro'ga egaligi bilan farq qiladi. Inson sha'ni - bu insonning boshqa odamlar oldida o'z ahamiyatini anglashi yoki insonning ma'naviy obro'sidir. Inson qadr-qimmati esa bu shaxsning o'zini o'zi hurmat qilishi, jamiyat a'zosi sifatida o'z mavqei va ahamiyatini anglashidir.1 Qadr-qimmat qadrlangandagina o'zining hayotini munosib barpo eta oladi. Shuning uchun insonning sha'ni obro'si himoya qilinadi. Har biri shaxs o'z hayotini o'zi xohlagancha quradi. Shu bilan birga u boshqalarga zarar yetkazmasligi, qonunlarga hurmat asosida, undan chetga chiqmay yashashi, foydali mehnat bilan shug'ullanishi zarur. Insonlarning sha'ni, obro'siga putur yetkazuvchi har qanday harakat taqiqlanadi. Biror-bir harakat natijasida insonning sha'ni, obro'siga zarar yetsa, unga qonunda belgilangan tartibda tegishli choralar ko'riladi.
1 Янгиланаётган Конституция. 100 саволга 100 жавоб. Узбекистан Республикаси Президенты хузуридаги Конунчилик ва хукукий сиёсат институти. - Тошкент. "Адолат" миллий хукукий ахборот маркази, 2023 йил
https://tstu.uz/
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
89
Qolaversa, yangilangan Bosh qomusimizda inson qadri, manfaati uchun xizmat qiladigan normalar avvalgisidan 3 baravarga ko'paygan2.
Endilikda, fuqarolarimiz biron bir surishtiruv, tergov organlar kelinganda, uning huquqi, shuningdek, ushlab turilishi asoslari, nega davlat organiga keltirilgani haqidagi huquqlari tushuntirilishi asosiy qonuda o'z ifodasini topgan. Ya'ni, aybsizlik prezumsiyasi normasi yanada isloh etilib, Konstitusiyamizning amaldagi 26-moddasida, shaxsning ishi sudda ko'rib chiqilib, uning aybi aniqlanmaguncha u aybdor hisoblangan bo'lsa, endilikda sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmaguncha u aybsiz hisoblanishi mustahkamlanmoqda.3
So'nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda ochiqdan ochiq yoki turli yashirin shaxsiy sahifalar, guruhlar orqali shaxsning qadr-qimmatini kamsitish orqali haqorat qilish va uni sharmanda qilishga qaratilgan holatlar ko'payib bormoqda. Jumladan, tuhmat qilganligi uchun 2018-2022-yillarda 11 574 nafar shaxs ma'muriy javobgarlikka tortilgan. Ayni shu davrda OAV yoki internet orqali ushbu jinoyatni sodir etgan 28 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. OAV va internet tarmog'i orqali haqorat qilish bilan jinoyatini sodir etganligi uchun 2020-yilda 16, 2021-yilda 31, 2022-yilda 58 nafar shaxslar sud tomonidan aybdor deb topilib, tegishli javobgarlikka tortilgan. Shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro'sizlantirilishiga olib keladigan yolg'on axborotni tarqatganlik uchun 2021-2022-yillarda 159 kishi ma'muriy javobgarlikka tortilgan4.
Xalqaro qonunchilikda ham ushbu norma mustahkam himoyalangan. Shuningdek, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948 yil)5, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt (1966 yil)6, Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g'ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya (1984 yil)7 kabi xalqaro hujjatlarga binoan inson sha'ni va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning or-nomusi, shaxsiy hayotiga taalluqli ma'lumotlar oshkor bo'lishiga olib keladigan, hayoti va sog'ligini xavf ostiga qo'yadigan, unga jismoniy, ma'naviy yoki ruhiy azob-uqubat yetkazadigan harakatlar
2 https://ombudsman.uz/oz/news/2023/12/14/inson-huquqlari-shani-va-qadr-qimmati-davlat-himoyasida-qiynoqlarni-oldini-olish-bovicha-o/bekiston-tairibasi
3 Inagamova M.M.. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi -inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64
4 https://adliya.uz
5 https://constitution.uz/oz/pages/humanrights
6 https://lex.uz/docs/-2702116
7 https://lex.uz/docs/-2655293
https://tstu.uz/
2024-yil, 7-dekabr Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi
90
Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun
Tashkent^tate^ransport^niversit^^^^^^^^^^^^^T^eCOnSti
qilish taqiqlanishi shaxs sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilishning asl mohiyatini ko'rsatib beradi.
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, ayniqsa, surishtiruvchi, tergovchi, prokuror, sudya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari o'z faoliyatida har qanday holatda ham inson sha'ni, or-nomusi, va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi, kamsitmasligi, aksincha, ularga insoniy munosabatda bo'lishlari lozim.
Masalan, shaxsiy tintuv tintilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi surishtiruvchi yoki tergovchi tomonidan mutaxassis hamda xolislar ishtirokida o'tkazilishi ham inson sha'ni va qadr-qimmatini ta'minlashga qaratilgan maxsus qoida hisoblanib, uni buzish tegishli javobgarlikka sabab bo'ladi.
Shu nuqtai nazardan, milliy qonunchilikda inson sha'ni va qadr-qimmatiga qarshi sodir etilgan huquqbuzarlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan bo'lsa, fuqarolik qonunchiligida esa ularga yetkazilgan zararni qoplashga doir maxsus normalar nazarda tutilgan.
AQSh, Germaniya, Frantsiya, Ispaniya kabi davlatlar konstitutsiyalarida ham inson sha'ni va qadr-qimmatining daxlsizligini himoya qiluvchi alohida normalar o'z ifodasini topgan.
Ushbu normaning Konstitutsiyamizga kiritilishi inson qadri yuksalayotgan Yangi O'zbekistonda har bir insonning sha'ni va qadr-qimmati to'g'ridan-to'g'ri Konstitutsiya himoyasi ostida ekanligini anglatuvchi kuchli mexanizmni shakllantirishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, insonning sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish — bu har bir jamiyatning asosiy vazifalaridan biridir. Bu, nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki ijtimoiy barqarorlik va tinchlikni ta'minlash uchun ham muhimdir. Har bir inson o'z sha'ni va qadr-qimmatini hurmat qilish huquqiga ega va bu huquqni himoya qilish jamiyatning burchidir. Sha'n va qadr-qimmatni himoya qilish orqali biz yanada adolatli va tinch jamiyatni barpo etishimiz mumkin.
REFERENCES:
Normativ huquqiy hujjatlar.
1. O'zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi -Toshkent ,,O'zbekiston'' -2023.
2. O'zbekiston Respublikasining ,, Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to'g'risida'' gi Qonuni 2017-yil 11-sentabrda yangi tahrirda qabul qilingan.
O'quv ilmiy adabiyotlar. 1. G.M.Tansikboyeva,V.A.Kostetskiy ,,Kanstitutsiyaviy huquq
asoslari"darslik.To'ldirilgan va qayta ishlangan sakkizinchi nashr.-T.:"Sharq" 2019
91
2024-yil, 7-dekabr
2. Karimov.LA.Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.- ,,0'zbekiston'',2010.
3. Husanov O.T.Konstitutsiyaviy huquq: darslik.To'ldirilgan va qayta ishlangan ikkinchi nashr. -Toshkent:Yuridik adabiyotlar publish,2020.
4. Konistitutsiyaviy huquq faniga kirish. 6-nashr.Darslik.Mas'ul muharrir y.f.d.,professor v.b I.R.Bekov//F.F.Umirov.,-Toshkent:Lesson Press nashriyoti,2021
5. Inagamova M.M.. Konstitutsiyaviy islohotlarda inson-jamiyat- davlat masalalarining rivojlanish bosqichlari / «O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. T.: 2023. B. 59-64
92
2024-yil, 7-dekabr