Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-470-474
OILAVIY NIZOLARNING PSIXOLOG OLIMLAR TOMONIDAN TADQIQI
Madinaxon Fazliddin qizi Saidvalieva
Nizomiy nomidagi TDPU magistranti
ANNTOTATSIYA
Ushbu maqolada shaxsda axloqiy ong ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim o'rin egallashi va boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borishi yoritilgan.
Kalit so'zlar: oila, shaxs, jamiyat, bola, ong, axloq, qoida, ijtimoy ong, axloqiy ong.
АННТОТАЦИЯ
В данной статье рассматривается роль нравственного сознания в жизни личности как одной из форм общественного сознания и его развитие в тесной связи с другими формами общественного сознания.
Ключевые слова: семья, человек, общество, ребенок, разум, мораль, правило, общественное сознание, нравственное сознание.
KIRISH
Ma'lumki, yosh avlod jamiyatga oilaviy munosabatlar ta'siri ostida kirib keladi. Shunday ekan, mahalliy sharoitda endi rivojini topayotgan psixologiya fanining ijtimoiy psixologiya sohasi, jamiyat buyurtmasiga muvofiq har bir individ shakllanishining asosiy o'chog'i hisoblangan oila va uning muammolarini hozirgi davr talablari darajasida tezroq, aniqroq yechishga yordam bermog'i, oilaviy hayotga taalluqli bo'lgan sub'ektiv jarayonlarni boshqarishning yo'l-yo'riqlarini ko'rsatmog'i, sog'lom, barkomol, mukammal, zukko yoshlarni tarbiyalash ishiga munosib hissasini qo'shmog'i lozim. Fanning shu sohasida tasdig'ini topgan asosiy fakt shundan iboratki, har qanday nizo destruktiv asorat keltirib chiqarmasdan, ularning ba'zilari konstruktiv xarakterga egadir. Uning shakllanish bosqichlarida, oiladagi ustuvor munosabatlar tipi hamda stili muhim rol o'ynaydi. Ya'ni, yosh oiladagi shaxslar ongida shakllangan nizolar to'g'risidagi tasavvurlar, avvalo, er-xotin munosabatlariga, ularning o'z burchlarini ado etishlariga hamda oilada hukmron bo'lgan ma'naviy-psixologik muhitga bog'liqdir.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-470-474
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Oilaviy nizolar va uning xulqqa bo'lgan ta'siri muammosi, oxirgi yillarda rus va sobiq Ittifoq olimlari Yu.Alyoshina, V.Boyko, A.Belkin, I.Kon, S.Kovalyov, I.Golod, A.Xarchev, L.Gozman, Z.Yankovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarning predmeti vazifasini bajargan. Markaziy Osiyolik olimlar V.Polvonova, M.Beysenova, M.Davletshin, G'.Shoumarov, V.Karimova, N.Sog'inov, E.G'oziev, S.Oxunjonova, I.Yoqubov, S.Mirhosilov, E.Usmonov, X.Karimov, R.Samarov va boshqalarning tadqiqotlarida ham oila muammosi, uning farzand tarbiyasiga ta'siri mahalliy shart-sharoitlar ta'siriga bog'lab o'rganilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Oila qanday bo'lishidan qat'iy nazar, nizolardan mutlaqo holi (himoyalangan) bo'la olmaydi. Chunki oilalardagi shaxslararo munosabatlar jarayoni odatda nizosiz kechmaydi. Bu nizolar ma'lum darajada er-xotin munosabatlarini rivojlantiruvchi katalizator vazifasini o'taydi. Nizolarning xilma-xilligi hamda alohida vaziyatlarda namoyon bo'lish xususiyatlarini, olimlar, sub'ektning o'ziga, uning shaxsiy, psixologik xislatlari, yoshi, jinsi, idrok qilishi darajasi kabi omillarga bog'liq bo'ladi, - deb e'tibor etishadi. Mutaxassislar oilaviy nizolarning bir qator tiplarini ajratib ko'rsatishadi. Ulardan asosiylari bo'lib, konstruktiv (jipslovchi) va destruktiv (buzuvchi, vayronkor) tiplar sanaladi. Oilada bo'ladigan konstruktiv nizolar, yagona qarorga kelish, nikohdan qoniqishni his etish orqali namoyon bo'ladigan jarayonlarda o'z ifodasini ko'rsatadi. Shuningdek, er-xotin "to'qnashuv"laridan norozilik, hissiy begonalashish, bezish holatlarini paydo bo'lishi bilan yakunini topadi.
Destruktiv nizolar nikohdan qoniqish hissini kamaytarib, tushunmovchilik, jizzakilik, o'zaro munosabatlardan bezish holatini keltirib chiqaradi. Doimiy takrorlanishi esa, ulardagi qator salbiy hissiyotlarni mustahkamlab, bir-biridan begonalashish holatlarini yuzaga chiqaradi.
Bizning asrimizga kelib, oila muammosini nafaqat nazariy jihatdan, balki ilmiy-amaliy jihatdan o'rganish va tahlil qilish masalasiga keng e'tibor berila boshlandi. Bugungi kunda ushbu muammo bo'yicha yozilgan ilmiy-tadqiqot yo'nalishidagi adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ularni quyidagi guruhlarga ajratish mumkinligini ko'ramiz:
- Oilaviy nizolar, ularning kelib chiqish sabablari va oqibatlari haqidagi fikr-mulohazalar.
- Oilaviy ajralishlar va ularning yuzaga kelish sabablari to'g'risidagi
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-470-474
tadqiqotlar.
- Oilada ota-ona va farzand munosabatlarini tashkil etishga yo'naltirilgan fikrlar.
- Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash masalasiga qaratilgan fikrlar majmuasi.
Oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablari hamda oqibatlari to'g'risidagi fikrlarni tahlil qilar ekanmiz, avvalo uni keltirib chiqaruvchi sabablarga e'tiborni qaratamiz. Rus psixologi V.A.Sisenkoning fikricha, oilaviy nizolarni kelib chiqishining asosiy sababi ulardagi mavjud bir-birini tushuna olish, zarur paytda hamdard bo'lishlik, o'zligini, o'z «Men»ini turmush o'rtog'i tomonidan tan olishlik, o'zini kimgadir kerakligini his qilish ehtiyojlarini turmush o'rtog'i tomonidan qondirilmasligidir. Va aynan ana shu ehtiyojlarning qondirilmaslik holatiga tayangan holda u oilaviy nizolarni kelib chiqish sabablarini belgilovchi quyidagi guruhlarni ajratadi:
- o'z «Men»ini, qadriyatlarini turmush o'rtog'i tomonidan hurmat qilinmasligi natijasida kelib chiqadigan nizolar;
- jinsiy ehtiyojlarini qondirilmasligi sababli vujudga keladigan zo'riqishlar asosida bo'ladigan nizolar;
- turmush o'rtog'i tomonidan erkalatishga, g'amxo'rlik qilishga, hamdard bo'lishga, e'tibor berishga bo'lgan ehtiyojning qondirilmasligi asosida vujudga keladigan nizolar;
- turmush o'rtoqlaridan birining spirtli ichimlikka ruju qo'yish tufayli sodir bo'ladigan nizoli vaziyatlar;
- yashash tarzidan, iqtisodiy ta'minlanganlik darajasidan qoniqmaslik asosida paydo bo'ladigan nizolar;
- xo'jalik vazifalarining taqsimlanishi va uning bajarilishi bilan bog'liq bo'lgan nizolar;
- bo'sh vaqtlardan, dam olish soatlaridan foydalanish to'g'risidagi tasavvurlarning hamda o'zaro qiziqishlardagi tafovutlarning mavjudligi asosidagi nizolar.
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-470-474
1-rasm. V.A.Sisenkoning fikricha, oilaviy nizolarni kelib chiqishining asosiy
sabablari
Albatta, yuqorida ajratib ko'rsatilgan holatlar oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini to'la qamrab ololmaydi. Masalan, o'zbek oilalaridagi qaynona-kelin munosabatlari asosida vujudga keladigan oilaviy nizolarni ko'rsatish mumkin. Lekin, shunday bo'lsada psixologiya fanida birinchilardan bo'lib, oilaviy nizolarning sabablarini guruhlashga harakat qilishning o'zi tahsinga sazovordir. Chunki ushbu guruhlash asosida ularni ma'lum bir tizimga keltirish imkoniyati tug'iladi.
G'.Shoumarov ilmiy izlanishlari, er-xotin o'rtasidagi nizolar, ularning sabablari, shakllari, tashqi ifodalanishi, nizo tashabbuskorini aniqlash va bartaraf etish borasidagi zamonaviy tahlil berganligi bilan ajralib turadi1. Ammo olimning tadqiqotlari doirasiga oilaviy nizolarning bolalar ongidagi ijtimoiy tasavvurlar ko'lamini o'rganish maqsadi kirmagan.
G'.Shoumarov va Sh.Shoumarovlar "Muhabbat va oila" kitobida oiladagi farzandning o'rni masalasini yoritib berishgan. Ularning fikricha, oilada bolalarning ko'p bo'lishi, uning barqarorligini ta'minlovchi asosiy omillardan biri bo'lib xizmat qiladi.
Шоумаров Г.Б. Оила ва мух,аббат. - Т.: 1996. - Б. 3-5Q.
i
Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)
ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |
www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-470-474
XULOSA
Olib borilgan adabiyotlat tahlillaridan shunday xulosaga kelishimiz mumkin, oilaviy nizolar to'g'risidagi ijtimoiy tasavvurlar eng avvalo, oila muhitida va undagi ota-ona hamda o'z roliga bo'lgan munosabatlar ta'sirida shakllanadi hamda oilaviy nizolarning xilma-xilligi, ularning oila a'zolari tomonidan idrok etilishi va his qilinishiga turlicha ta'siri bo'lib, konstruktiv yoki destruktiv xarakterli bo'lib shakllanishi mumkin. O'zaro oilaviy munosabatlar sharoitida demokratik o'zaro munosabatlar uslubi ustuvor bo'lgan oilalarda bolaning ijtimoiy tasavvurlari aniq, ijobiy fikrlashi esa pozitiv bo'ladi.
REFERENCES
1. Лутфуллаева Н.Х. Турмуш курган талабаларнинг оилавий муносабатларга тайёрлигининг ижтимоий психологик хусусиятлари. Психология фанлари номзоди илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертатсия автореферати. -Т.:, 2006
2. Каримова В.М. Ижтимоий тасаввурларнинг шаклланишида эр-хотин муносабатларининг роли. // Узбек оиласининг этнопсихологик муаммолари. Республика илмий-амалий анж. маъруз. киск баёни. - Т.: 1993. - Б. 44-46
3. Каримова В.М. Психология. Укув кулланма. - Т.: АДодирий номидаги Халк мероси нашриёти, 2002. - 171б.