Научная статья на тему 'SHAXSDA INDIVIDUAL VA IJTIMOIY AXLOQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI'

SHAXSDA INDIVIDUAL VA IJTIMOIY AXLOQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1185
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
oila / shaxs / jamiyat / bola / ong / axloq / qoida / ijtimoy ong / axloqiy ong.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sabohat Xudoybergan Qizi Madiyarova

Ushbu maqolada shaxsda axloqiy ong va ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim o„rin egallashi va boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borishi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHAXSDA INDIVIDUAL VA IJTIMOIY AXLOQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-419-422

SHAXSDA INDIVIDUAL VA IJTIMOIY AXLOQIY ONGNI SHAKLLANTIRISH MEXANIZMLARI

Sabohat Xudoybergan qizi Madiyarova

Nizomiy nomidagi TDPU magistranti

ANNTOTATSIYA

Ushbu maqolada shaxsda axloqiy ong va ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim o'rin egallashi va boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib borishi yoritilgan.

Kalit so'zlar: oila, shaxs, jamiyat, bola, ong, axloq, qoida, ijtimoy ong, axloqiy ong.

АННОТАТЦИЯ

В данной статье рассматривается роль нравственного сознания в жизни личности как одной из форм общественного сознания и его развитие в тесной связи с другими формами общественного сознания.

Ключевые слова: семья, человек, общество, ребенок, разум, мораль, правило, общественное сознание, нравственное сознание.

KIRISH

Insonning har qanday xatti-harakati ong orqali bajariladi, ammo jamiyat ularni saralab, manfaatdor bo'lganlarinigina yuzaga chiqaradi. Axloqiy ongning ijtimoiy ahamiyati ham xuddi ana shundadir. Axloqiy ongda voqealik qonunlar sifatida emas, balki insoniy xatti-harakatlarga qo'yilgan ijtimoiy tartib, talablar, normalar shaklida qayd etiladi. Qoidalarga rioya etilmas ekan axloqiy jihatga putur yetkaziladi va iqtisodiy tomonga ham zarar keltiriladi. Shu sababli axloqiy ong bir tomondan jamiyat yoki guruhning talablari, normativlarini ifodalasa, ikkinchi tomondan shu talablarni anglashning individual, shaxsiy shakli va ularni amalda namoyon qilishdir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Axloqiy ongda normalardan tashqari odatlar, hissiyotlar ham chambarchas bog'lanib ketadi. Aql hissiyotlarga ma'lum ijtimoiy yo'nalish beradi, emotsional xissiyotlar esa ongda o'zining aqliy asosini topadi. Insoniy his-tuyg„ularsiz haqiqatni ochish ham mumkin emas. Demak, tuyg'ularsiz haqiqiy axloqiy ulug'vorlik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-419-422

bo'lmaydi ham. Lekin bu ham xulqning doimiy sababchisi bo'la olmaydi.

Axloqiy ongning markaziy elementi hayot sharoitlari va tarbiya ta'sirida qaror topgan, qat'iy bilimlar va axloqiy tartib-qoidalarga emotsional munosabatdan iborat bo'lgan ishonchdir. Ishonch-xulq normasini sub'ektiv qabul qilish bo'lib, kishi namuna oladigan axloq tamoyillarining to'g'riligi va adolatli ekanligiga amin bo'lishligidir, axloqiy zaruriyatni aqlan tushuntirishdir. Axloqiy ishonch shu bilan cheklanmaydi.

Axloqiy ong aksiologik xususiyatga ega, chunki har bir hodisaga muayyan axloqiy norma, tamoyil, an'ana, qadriyat, ideallar nuqtai nazaridan yondashadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Axloqiy ong ijtimoiy taraqqiyot jarayonida kishilarning ijtimoiy hayotlari va ijtimoiy munosabatlarini boshqarish ehtiyoji tufayli kelib chiqadi. Axloqiy ong voqealikni in'ikos ettirar ekan, boshqa ijtimoiy ong shakllari singari haqiqiy yoki aksincha bo'lishi mumkin. Uning ham haqiqatligi mezoni ijtimoiy tajriba hisoblanadi. Shu bilan birga axloqiy ongning o'ziga xos xususiyatlari ham mavjud.

1. Axloqiy ong boshqa ijtimoiy ong shakllariga nisbatan kishilarning kundalik hayotidagi xulq-atvoriga faolroq ta'sir ko'rsatadi. Axloqiy qarashlar, prinsiplar, ideallar inson faoliyatiga bevosita singib ketgan bo'lib, xatti-harakatga undovchi motivlar hisoblanadi.

2. Fandan farqli ravishda, axloqiy ong insonga kundalik ong, ijtimoiy-ruhiy darajasida ta'sir ko'rsatadi. Faqat yuqori darajada axloqiy ong ilmiy bilim xususiyatlariga ega bo'lsa, axloqiy qarashlar va ideallar nazariy bilimlarga aylanadi.

3. Axloqiy ong, axloqiy bilimlar majburiy (imperativ) xarakterga ega.

Axloqiy ong ikki ajralmas qismdan iborat:

1) individual axloqiy ong;

2) ijtimoiy axloqiy ong.

Individual axloqiy ong tarkibiga: his-tuyg'u, fikr-mulohazasi kiradi.

Ijtimoiy axloqiy ong tarkibiga: jamiyat tomonidan ishlab chiqilib, hayotga tatbiq etiladign axloqiy kodekslar, kategoriyalar, normalar, tamoyillar, g'oyalar va h.k.lar kiradi.

Axloqiy ijtimoiy ong - ong shakllaridan biri sifatida jamiyat hayotida muhim o'rin egallaydi va boshqa ijtimoiy ong shakllari bilan uzviy aloqadorlikda rivojlanib boradi. Masalan, axloq bilan din aloqadorligi masalasida shuni aytish mumkinki, mohiyatan din inson hayotining aloqadorligini taqozo qiladi. Shu bois diniy-sha'riy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-419-422

tamoyillar va me'yorlar, hadisi sharifdagi o'gitlar axloq-odob qoidalari bilan chambarchas bog'liq. Chunonchi, inson eng oliy qadriyat sifatida qat'iy muhofaza etiladi. Din insonni axloqiylashtirishning vositasi sifatida ish ko'radi. Demak, diniy taqvo bilan axloqiy talabning ildizi bir xil.

Axloqiy ong qismlari

individual axloqiy ong

ijtimoiy axloqiy ong

his-tuyg'u

fikr-mulohaza

axloqiy kodekslar

normalar kategoriyalar g'oyalar tamoyillar

1-rasm. Axloqiy ongning ikki ajralmas qismi.

Axloq muayyan jamiyatdagi huquqiy qonun-qoidalar, tamoyil, me'yorlar, urf-odatlar negizida vujudga keladi. Axloq san'at bilan bog'liq bo'lib, yoshlarda axloqiy ideallarni shakllantirishga xizmat qiladi. Axloq fan bilan ham bog'liq. Axloq ayniqsa, ijtimoiy fanlar bilan bog'liq. Ilmiy qarashlar, nazariyalar insonni yuksak axloq egasi, donishmand va halol inson bo'lishga chaqiradi. Lekin ayrim nazariyalar ham borki, "Mal'tus nazariyasi" (XIX asrda paydo bo'lgan) urushlar olib borish g'oyasini ilgari suradi. (Go'yo odamlarning ko'payishi armetik va geometrik progressiya asosida yuz berib, noz-ne'matlarning hududiy yetishmovchiligining oldini olish uchun qirg'inbarot urushlar zarurligi g'oyasini ilgari suradi).

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, bizning axloqiy hayotimiz, barcha axloqiy tajribalarimiz, axloqiy faoliyatimiz ana shu uch omil asosida ro'yobga chiqadi. Axloqiy kodekslarimiz, me'yorlarimiz va tamoyillarimiz ularga asoslanadi. Lekin aldov, yolg'on, soxtalik va totalitar axloqiy zug'um hukmronlik qilgan davrlarda yoki mamlakatlarda axloqiy hissiyot, axloqiy anglash, axloqiy munosabatlar qabul etilgan kodekslar, me'yorlar hamda tamoyillarga ko'pincha to'g'ri kelmaydi. Rasmiy axloqiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-419-422

qonun-qoidalar bilan haqiqiy axloqiy intilishlar orasida ma'naviy jarlik paydo bo'ladi. Tilda bu qonun-qoidalar ko'klarga ko'tarilgani holda, dilda, ich-ichdan ularga qarshilik hukm suradi. Natijada jamiyat uchun fojea bo'lgan axloqiy so'z bilan axloqiy faoliyatning alohida-alohida mavjudligi ro'y beradi. Buni biz sho'rolar davridagi «kommunizm quruvchisining axloqiy kodeksi» bilan shu kodeksni hayotga tatbiq etishga yo'naltirilgan guruhlarning, «shu kodeks asosida yashayapmiz» degan odamlarning poraxo'rligida, tashmachiligida, xudbinligida, yolg'onchiligida ko'rganmiz.

REFERENCES

1. Авдулова Т.П. Предпосылки формирования морального сознания в старшем дошкольном возрасте. Диссертация на соиск. ученой степени канд. пс. н., М.2002.

2. Нартова- Бочавер С.К. Два типа нравственной ориентации лично- сти. // Психологический журнал. 1993. №4.

3. The usage of new pedagogical technologies in lessons. У Исаева, С Джалилова -Молодой ученый, 2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.